17.10.2024 yildagi PQ-367-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet mamlakatlarda tashkillashtirilgan holda mehnat qilishning institutsional asoslarini mustahkamlash, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, sohada sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, ushbu jarayonga xususiy sektorni yanada kengroq jalb qilish va koʻrsatiladigan xizmatlarni raqamlashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, fuqarolarning xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish va ularga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida 2024-yil 1-noyabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy ish beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan ish oʻrinlari haqidagi barcha maʼlumotlar Migratsiya agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) elektron platformasi, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ochiq eʼlon qilib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning elektron platformasida fuqarolarga oʻzining rezyumesini shakllantirish va joylashtirish hamda eʼlon qilingan ish oʻrinlari boʻyicha tanlovlarda erkin ishtirok etish imkoniyati yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda rivojlangan mamlakatlarga chiqib ketayotgan fuqarolarga tijorat banklari tomonidan Migratsiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan 10 million soʻmgacha miqdorda Markaziy bankning asosiy stavkasidan toʻrt foiz bandga yuqori stavkada ikki yil muddatga mikrokreditlar ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning hududiy filiallari tomonidan fuqarolarning xorijda ishga joylashish bilan bogʻliq, shu jumladan, “ishchi viza”ga oid hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha bepul konsalting xizmatlarini koʻrsatish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2024 — 2026-yillarda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik ushbu dasturning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishini taʼminlasin hamda har olti oyda dasturdagi chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan Migratsiya boʻyicha respublika komissiyasiga hisobot berib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, xorijga ishlash uchun ketmoqchi boʻlgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish tizimini zamon talabiga moslashtirish, shuningdek, mazkur yoʻnalishda xalqaro tan olingan dasturlar va malaka sertifikatlarini joriy qilish maqsadida 2024-yil 1-dekabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Agentlik tomonidan taʼlim tashkilotlarida xorijga ishga ketmoqchi boʻlgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish boʻyicha buyurtmalar joylashtirish tartibi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Agentlik buyurtmalari asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim tashkilotlarida xorijga ishga ketmoqchi boʻlgan fuqarolar uchun davlat granti asosida alohida qabul parametrlari belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan xorijga ishga ketmoqchi boʻlgan fuqarolarni oʻqitish uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan grantlar ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan xalqaro tan olingan taʼlim dasturlari boʻyicha kasbga oʻqish uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi joriy qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Agentlikning elektron platformasida kasbiy taʼlim muassasalari va kasbiy koʻnikmalar markazlarida faoliyat yuritayotgan chet tili fani oʻqituvchilarining reytingi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ingliz, koreys, nemis va yapon tillari boʻyicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilari soni eng koʻp boʻlgan 50 nafar oʻqituvchiga Jamgʻarma hisobidan 50 million soʻmdan subsidiya toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xususiy bandlik agentliklariga chet elda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish hamda ushbu jarayonga hamkor xorijiy ish beruvchilarni jalb qilish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga taʼlim tashkilotlarining boʻsh bino va inshootlarini xususiy bandlik agentliklariga oʻquv kurslarini tashkil qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida tekin foydalanishga berishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovadagi kasbga oʻqitish muassasalarining amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlagan holda Agentlik tasarrufiga oʻtkazish va ular negizida Fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga oʻqitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazining filiallarini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarni oʻqitish uchun 3-ilovadagi kasbga oʻqitish muassasalarini Agentlikka biriktirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka ushbu qarorga 2- va 3-ilovalardagi kasbga oʻqitish muassasalarining boʻsh bino va inshootlaridan tekin foydalanishga, ularni rivojlantirish uchun Jamgʻarma va Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan zarur moliyaviy resurslarni yoʻnaltirishga hamda ularda xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Agentlikning hududiy filiallari rahbarlari bir vaqtning oʻzida Fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga oʻqitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazining hududiy filiallari direktorlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agentlik Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab ushbu qarorga 2- va 3-ilovalardagi kasbga oʻqitish muassasalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro taʼlim dasturlari asosidagi oʻquv kurslarini tashkil etsin hamda ularning bitiruvchilariga xorijiy ish beruvchilar tomonidan tan olinadigan malaka sertifikatlari berilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro sertifikatlash tizimlari talablariga javob beradigan malakani baholash markazlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy ish beruvchilar bilan birgalikda kasbga va chet tillariga oʻqitish boʻyicha kamida 10 ta qoʻshma oʻquv kursini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025-yil 1-iyunga qadar tajribali mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish boʻyicha xalqaro dasturlarda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirokini taʼminlash hamda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan malakali chet ellik oʻqituvchilarni mahalliy taʼlim tashkilotlariga jalb qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xorijda ishga joylashish xizmatlari bozorida takliflarni koʻpaytirish hamda ushbu yoʻnalishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-dekabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy bandlik agentliklari tomonidan litsenziya olish uchun zaxira qilinadigan mablagʻlar miqdori bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravaridan toʻrt ming baravarigacha tushiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy bandlik agentliklariga zaxira qilingan mablagʻlarni Agentlik roziligisiz sarflamaslik sharti bilan tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirish va depozitlardan olinadigan foiz daromadlarini erkin ishlatishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan xorijiy ish beruvchilar va rekruting tashkilotlaridan fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish boʻyicha olingan takliflarni xususiy bandlik agentliklari oʻrtasida ochiq tanlov yoʻli bilan taqsimlash tartibi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-yanvarga qadar Agentlikning fuqarolarni tashkillashtirilgan holda tanlash, xorijga ishga yuborish va ishga joylashtirish bilan bogʻliq funksiyalari bosqichma-bosqich xususiy bandlik agentliklariga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlik Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-martga qadar Agentlikning elektron platformasi va uning mobil ilovasida quyidagi imkoniyatlarni yaratsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarda talab yuqori boʻlgan kasblar, ularni oʻzlashtirish uchun davlat tomonidan koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlash choralari, shuningdek, ushbu kasblarga oʻqitadigan taʼlim tashkilotlari haqida maʼlumot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning xorijiy ish beruvchilar buyurtmasida koʻrsatilgan talablarga javob berishini idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik ravishda baholash (skoring qilish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy bandlik agentliklari va fuqarolar oʻrtasida tuziladigan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarni elektron tarzda rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga xizmat koʻrsatish shartnomalari bandlari xususiy bandlik agentliklari tomonidan oʻz vaqtida va toʻliq bajarilmaganligi hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida murojaat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Fuqarolar tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik muassasalariga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet mamlakatlarning vakolatli organlari va ish beruvchilari bilan hamkorlik oʻrnatish, ularning malakali mutaxassislarga boʻlgan talabi asosida oʻquv kurslarini tashkil qilish yuzasidan Agentlikka koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining migratsiyaga oid xalqaro dasturlarda ishtirokini taʼminlash, chet mamlakatlar vizasini olish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan hukumatlararo va idoralararo bitimlar tuzish boʻyicha kelishuvlarga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda ishlash huquqini beruvchi ruxsatnomalarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq maʼmuriy tartib-taomillarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2024 — 2026-yillarda tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari (O. Abdullayev) tashqi mehnat migratsiyasi masalalarini muvofiqlashtirish va bu borada Agentlikka har tomonlama koʻmaklashish uchun masʼul va javobgar etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Migratsiya boʻyicha respublika komissiyasi (A. Aripov) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik muassasalari, Agentlik va uning xorijdagi vakolatxonalari (vakillari) faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, samaradorlik koʻrsatkichlari tegishli oy uchun bajarilmagan taqdirda, mazkur Komissiyaning taqdimnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik muassasalari hamda Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari rahbarlari (vakillari)ga nisbatan oʻrtacha oylik ish haqining 10 foizigacha miqdorda jarima qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agentlik “Vatandoshlar” jamoat fondi bilan birgalikda xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari bilan quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik qilish choralarini koʻrsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
salohiyatli xorijiy ish beruvchilar bilan yaqin aloqalar oʻrnatish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan munosabati va tasavvurini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularga axborot jihatdan va huquqiy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning mehnat va maishiy sharoitlarini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noqonuniy mehnat migratsiyasida boʻlgan shaxslar bilan doimiy uchrashuvlar oʻtkazib, ularning muammo va ehtiyojlarini hal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar zich yashaydigan hududlarda madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan fuqarolarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish maqsadida 2025-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning xorijdagi qonuniy mehnat faoliyati davlat tomonidan ragʻbatlantiriladi, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelganida ularga oʻz biznesini boshlashi uchun yer uchastkalari va davlat mulki obyektlari ijaraga beriladi, kreditlar ajratiladi, uy-joy ipotekasi taqdim etiladi va ularning bandligi taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish shartnomasi shartlariga asossiz ravishda rioya qilinmagan taqdirda, Jamgʻarma hisobidan ularga ajratilgan subsidiya, kompensatsiya va mikrokreditlar muddatidan avval qaytarib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik doimiy ravishda xorijga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarga ketishdan oldin moslashtirish kurslarida xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish shartnomasini buzish oqibatlari va noqonuniy migratsiyaning xavf-xatarlarini tushuntirib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish maqsadida 2025-yilgi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Jamgʻarmaga 100 milliard soʻm ajratilishini nazarda tutsin hamda keyingi yillarda zarur mablagʻlarni ajratib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Migratsiya agentligi direktori B.A. Musayev va tashqi ishlar vaziri B.O. Saidov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 17-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-367-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi PQ-367-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024 — 2026-yillarda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish.

1. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni ularda huquqiy kolliziyalar, huquqni qoʻllashda turlicha yondashuvlar va murakkabliklar mavjudligi nuqtai nazaridan tahlil etish.

Tahlil asosida tashqi mehnat migratsiyasi sohasini tartibga soluvchi amaldagi qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan hujjatlarni bekor qilish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Migratsiya agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan xususiy bandlik agentliklari faoliyatini litsenziyalash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan tegishli qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

xususiy bandlik agentliklari tomonidan litsenziya olish uchun zaxira qilinadigan mablagʻlar miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravaridan toʻrt ming baravarigacha tushirish;

xususiy bandlik agentliklariga chet elda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish hamda ushbu jarayonga hamkor xorijiy ish beruvchilarni jalb qilish huquqini berish;

xususiy bandlik agentliklarining moddiy-texnika bazasi va ular rahbarining malakasiga qoʻyiladigan talablarni belgilash;

xususiy bandlik agentliklari xodimlari uchun odob-axloq qoidalarini joriy etish;

xususiy bandlik agentliklari faoliyatini baholash mezonlarini belgilash va ularning reytingini tuzish;

xususiy bandlik agentliklari va xorijiy ish beruvchilarning fuqarolar oldida solidar javobgar boʻlishini belgilovchi tartibni joriy etish;

firibgarlik, odam savdosi, terrorizm, ekstremizm bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar tashkil etgan yoki rahbari boʻlgan xususiy bandlik agentliklariga litsenziya berilishini, shuningdek, xususiy bandlik agentliklari tomonidan ushbu jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar bilan mehnat, fuqarolik-huquqiy va agentlik shartnomalari tuzilishini taqiqlash;

xususiy bandlik agentliklari tomonidan xizmat koʻrsatish shartnomalari boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni sugʻurtalash tartibini joriy etish va sugʻurta mukofoti miqdorini xizmat koʻrsatish shartnomasi summasiga hamda fuqaroning Oʻzbekistonga qaytish xarajatlariga mutanosib miqdorda belgilash.

2024-yil dekabr

Migratsiya agentligi,

Adliya vazirligi,

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi,

Bosh prokuratura,

Biznes-ombudsman

4. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini majburiy sugʻurtalash, shuningdek, mazkur sohadagi sugʻurta mahsulotlarini rivojlantirish orqali Migratsiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini oshirish masalalariga oid ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va natijasi boʻyicha asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

5. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning pul oʻtkazmalarini amalga oshirish boʻyicha xarajatlarini kamaytirish masalalariga oid ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflarni kiritish.

2025-yil yanvar

6. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat organlari va boshqa ishtirokchilarning vazifa va majburiyatlari aniq belgilash;

xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketgan fuqarolarning huquqlari va majburiyatlarini, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish choralarini belgilash.

2025-yil mart

7. Mehnat migratsiyasi sohasidagi milliy qonunchilikni xalqaro hujjatlarga moslashtirish choralarini koʻrish.

2025-yil aprel

8. Fuqarolarni xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborish jarayonida xususiy sektorning ishtiroki kengaytirilayotganligi munosabati bilan mazkur sohada xorijiy davlatlar bilan tuzilgan xalqaro shartnomalarni qayta koʻrib chiqish.

9. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarni tashkillashtirilgan holda tanlashning yangi shakllarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish.

2025-yil sentabr

2.

Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarning chet mamlakatga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish va ularga sifatli xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash.

Quyidagilarni belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda rivojlangan mamlakatlarga chiqib ketayotgan fuqarolarga tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 10 million soʻmgacha miqdorda Markaziy bankning asosiy stavkasidan toʻrt foiz bandga yuqori stavkada (shundan 4 foiz bank marjasi) ikki yil muddatga mikrokreditlar ajratish tartibini;

xalqaro tan olingan dasturlarni joriy qilgan taʼlim tashkilotlarida kasbga oʻqimoqchi boʻlgan fuqarolarga Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan taʼlim kreditini ajratish tartibini;

“Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida (keyingi oʻrinlarda — Dasturiy majmua) kasbiy taʼlim muassasalari va kasbiy koʻnikmalar markazlarida faoliyat yuritayotgan chet tili fani oʻqituvchilarining reytingini tuzish tartibini;

ingliz, koreys, nemis va yapon tillari boʻyicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilar soni eng koʻp boʻlgan 50 nafar oʻqituvchiga Jamgʻarma hisobidan 50 million soʻmdan subsidiya toʻlash tartibini.

2024-yil dekabr

Migratsiya agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

3.

2025 — 2030-yillarga moʻljallangan xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiya uchun huquqiy hamda tashkiliy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan harakatlar rejasini ishlab chiqish.

2025 — 2030-yillarda xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiya uchun huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan harakatlar rejasini ishlab chiqish. Bunda Harakatlar rejasida, jumladan:

tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi normativ-huquqiy bazani va tashkiliy asoslarni takomillashtirish;

fuqarolik jamiyati institutlari rolini yanada oshirish;

qonunchilik buzilishi holatlarining monitoringi tizimini yoʻlga qoʻyish;

xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va axborot-maʼrifiy ishlarni jadallashtirishni nazarda tutish.

2025-yil fevral

Migratsiya agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat va tijorat xizmatlarini koʻrsatishning, chet elga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarga subsidiyalar ajratishning maʼmuriy tartib-taomillarini maqbullashtirish hamda biznes jarayonlari reyinjiniringini (BPR) oʻtkazish.

1. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat va tijorat xizmatlarini koʻrsatishning, chet elga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarga subsidiyalar ajratishning maʼmuriy tartib-taomillarini tahlil etish hamda biznes jarayonlari reyinjiniringini (BPR) oʻtkazish.

2. Oʻtkazilgan tahlil natijalariga asosan tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat va tijorat xizmatlarini koʻrsatishning, chet elga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarga subsidiyalar ajratishning maʼmuriy tartib-taomillarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

3. Ishlab chiqilgan hujjatlar loyihalarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

4. Kelishilgan loyihalarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil mart

Migratsiya agentligi,

Adliya vazirligi

5.

Dasturiy majmuani takomillashtirish.

1. Dasturiy majmuaning mobil ilovasini ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

Migratsiya agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

2. Dasturiy majmua va uning mobil ilovasida quyidagi qoʻshimcha imkoniyatlarni yaratish:

xorijiy mamlakatlarda talab yuqori boʻlgan kasblar, ularni oʻzlashtirish uchun davlat tomonidan koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlash choralari, shuningdek, ushbu kasblarga oʻqitadigan taʼlim tashkilotlari haqida maʼlumot olish;

fuqarolarning xorijiy ish beruvchilar buyurtmasida koʻrsatilgan talablarga javob berishini idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik ravishda baholash (skoring qilish);

xususiy bandlik agentliklarining xorijiy ish beruvchilar va rekruting agentliklari bilan tuzgan shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish;

xususiy bandlik agentliklari va xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilayotgan fuqarolarga “shaxsiy kabinet” orqali xizmat koʻrsatish;

shaxsni “One-ID”, “Face-ID”, “Mobile-ID” kabi tizimlar orqali identifikatsiya qilishni yoʻlga qoʻyish;

xususiy bandlik agentligi va xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolar oʻrtasidagi xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani elektron tarzda rasmiylashtirish;

xususiy bandlik agentliklari tomonidan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarni faqat hamkor xorijiy ish beruvchilar va (yoki) rekruting agentliklari buyurtmanomalarida koʻrsatilgan boʻsh ish oʻrinlari doirasida tuzish;

fuqarolarga xizmat koʻrsatish shartnomalari bandlari xususiy bandlik agentliklari tomonidan oʻz vaqtida va toʻliq bajarilmaganligi hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida murojaat qilish.

3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi ishonchsiz xorijiy ish beruvchilar va rekruting agentliklari reyestrini yuritish tartibini tasdiqlash:

xorijiy ish beruvchilar va rekruting agentliklarini reyestrga kiritish va chiqarish mezonlarini;

reyestrni Dasturiy majmuada ochiq eʼlon qilib borishni;

xususiy bandlik agentliklarining ishonchsiz xorijiy ish beruvchilar va rekruting agentliklari reyestriga kiritilgan subyektlar bilan tuzilgan shartnomalarini Dasturiy majmuada roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishni.

4. Xorijda tashkillashtirilgan mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqaroga masofadan turib onlayn roʻyxatdan oʻtish va toʻlovlarni amalga oshirish imkonini yaratish maqsadida Dasturiy majmuani Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi, Ichki ishlar vazirligi, tijorat banklari va sugʻurta kompaniyalarining axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilish.

2025-yil yanvar

6.

Fuqarolarni tashkillashtirilgan holda tanlash hamda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga yuborish jarayonlarida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni joriy qilish:

xususiy bandlik agentliklariga ular tomonidan Jamgʻarmada zaxira qilinadigan mablagʻlarni tegishli litsenziya amal qilish muddatiga mutanosib davrga, Agentlik roziligisiz sarflamaslik va mablagʻlar sarflangan taqdirda, belgilangan muddatlarda oʻrnini toʻldirish sharti bilan tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirish huquqini berish;

xususiy bandlik agentliklariga zaxira qilinadigan mablagʻlarni depozitga qoʻyish hisobidan olinadigan foiz daromadlarini mustaqil ishlatishga ruxsat berish;

xususiy bandlik agentliklarining xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarida belgilangan majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni ushbu depozitga joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan Agentlik koʻrsatmasiga asosan qoplash.

2. Agentlik tomonidan xorijiy ish beruvchilar va (yoki) rekruting agentliklaridan jalb qilingan ish oʻrinlarini litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari oʻrtasida taqsimlash tartibini ishlab chiqish va joriy etish.

2024-yil dekabr

Migratsiya agentligi,

Markaziy bank,

Adliya vazirligi

7.

Xususiy bandlik agentliklarining fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish borasidagi imkoniyatlarini kengaytirish.

1. Xususiy bandlik agentliklariga chet elda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish uchun davlat taʼlim tashkilotlari bino va inshootlarini tekin foydalanishga berish.

2025-yil yanvar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Migratsiya agentligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2. Xususiy bandlik agentliklari tomonidan tashkil qilingan oʻquv kurslarining taʼlim sifatini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan monitoring qilish.

Doimiy

8.

Xorijga ishlash maqsadida ketayotgan fuqarolarni kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish, malakasini baholash va ketishdan oldin moslashtirish majmuasini tashkil etish.

Toshkent shahridagi Kasbiy koʻnikmalar markazining Uchtepa filiali binosida xorijga ishlash maqsadida ketayotgan fuqarolarni kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish, malakasini baholash va ketishdan oldin moslashtirish majmuasini tashkil etish.

2026-yil yanvar

Migratsiya agentligi

9.

Migratsiya sohasida vakolatli davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida oʻzaro aloqalarni kengaytirish va ijtimoiy sherikchilikni mustahkamlash.

1. Migratsiya sohasidagi mexanizmlarni takomillashtirish, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga va tahqirlanishga duchor boʻlgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan loyihalar yuzasidan ijtimoiy sherikchilik toʻgʻrisidagi bitim va shartnomalar tuzish.

2. Hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning natijalarini tizimli ravishda OAV va Internet tarmogʻida yoritishni taʼminlash.

2024-yil noyabr

Migratsiya agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi

10.

Xorijdagi oʻzbek diasporalari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ularni migratsiya sohasidagi masalalarni hal etishga jalb etish.

1. Xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini yanada himoya qilish va migratsiya sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish maqsadida:

xorijdagi oʻzbek diasporalari va nodavlat notijorat tashkilotlar roʻyxatini shakllantirish hamda ular bilan mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

nodavlat notijorat tashkilotlarning migratsiya sohasini takomillashtirish, migrantlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan grantlarini jalb qilish boʻyicha muzokaralar olib borish;

mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda migrantlarning nufuzini koʻtarishga qaratilgan materiallarni joylashtirish, ushbu mavzuga oid tok-shou va koʻrsatuvlar tashkil qilish;

xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda mediaforum, boʻsh ish oʻrinlari koʻrgazmalari va ish beruvchilar uchun infoturlar tashkil etish.

2. Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida chet elga chiqayotgan fuqarolar uchun qisqa qoʻllanmalarni chop etish, ularga, shu jumladan aeroport va aholi gavjum joylarda, chet mamlakatlarda boʻlish tartibi toʻgʻrisida birlamchi maʼlumotlar berish.

2025-yil mart

Migratsiya agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

11.

Xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrish.

1. Xorijda ishlayotgan fuqarolar ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan muzokaralar olib borish.

2. Hukumatlararo bitimlar tuzish boʻyicha takliflar kiritish.

2024-yil dekabr

Soliq qoʻmitasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Migratsiya agentligi

12.

Turkiya Respublikasi bilan taʼlim, malaka va ilmiy darajalarni oʻzaro tan olish boʻyicha hukumatlararo bitim loyihasini ishlab chiqish.

1. Turkiya Respublikasining vakolatli organlari bilan taʼlim, malaka va ilmiy darajalarni oʻzaro tan olish boʻyicha hukumatlararo bitim loyihasini ishlab chiqish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.

2025-yil may

Tashqi ishlar vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Migratsiya agentligi

2. Turkiya vakolatli organi tomonidan Oʻzbekiston fuqarolariga Turkiyada mehnat faoliyatini olib borish uchun ruxsatnomalar berilmasligiga sabab boʻlayotgan omillarni bartaraf etish boʻyicha hukumatlararo muzokaralar oʻtkazish.

2025-yil iyun

13.

Xorijiy davlatlarga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish tizimini takomillashtirish.

1. Janubiy Koreyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqib ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin tayyorlovning 4 ta bosqichini Oʻzbekistonda oʻtkazish yuzasidan Koreya tomoni bilan muzokaralar olib borish.

2025-yil yanvar

Migratsiya agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Koreya kasbiy taʼlim tizimiga asoslangan oʻquv kurslarini Oʻzbekistonda tashkil etish.

2025-yil iyun

14.

Tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish.

Quyidagilar toʻgʻrisida maxsus dastur va lavhalarni efirga uzatib borish:

xorijiy mamlakatlarda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish tartibi va shartlari, chet davlatlarning mehnat va migratsiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar, mazkur kasblarga oʻqitadigan taʼlim muassasalari;

Agentlik, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari, sektorlar, “mahalla yettiligi”, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar;

xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarga davlat tomonidan koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlash choralari.

2024 — 2026-yillar davomida

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Migratsiya agentligi

15.

Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarning huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirish.

Ketishdan oldin moslashtirish tadbirlari doirasida oʻtkaziladigan kurslarda fuqarolarning huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirishga doir mavzular boʻyicha dasturlar ishlab chiqish va mashgʻulotlar tashkil etish.

2024-yil noyabr

Migratsiya agentligi,

Markaziy bank

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi PQ-367-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Migratsiya agentligi tasarrufiga oʻtkaziladigan kasbga oʻqitish muassasalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Tasarruf etuvchi vazirlik

Kasbga oʻqitish muassasasi nomi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi

Andijon viloyati

Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi

Buxoro viloyati

Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi

Jizzax viloyati

Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi

Qashqadaryo viloyati

Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi

Navoiy viloyati

Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi

Namangan viloyati

Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi

Samarqand viloyati

Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi

Surxondaryo viloyati

Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi

Sirdaryo viloyati

Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi

Toshkent viloyati

Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi

Fargʻona viloyati

Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi

Xorazm viloyati

Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi

Toshkent shahri

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Toshkent shahridagi Kasbiy koʻnikmalar markazining Uchtepa filiali

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi PQ-367-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Migratsiya agentligiga kadrlar tayyorlash uchun biriktiriladigan kasbga oʻqitish muassasalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Tasarruf etuvchi vazirlik

Kasbga oʻqitish muassasasi nomi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Nukus Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

Andijon viloyati

Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

Buxoro viloyati

Afshona Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

Jizzax viloyati

Jizzax Abu Ali ibn Sino nomli Jamoat salomatligi texnikumi

Qashqadaryo viloyati

Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

Navoiy viloyati

Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

Namangan viloyati

2-son Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

Samarqand viloyati

Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

Surxondaryo viloyati

Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

Sirdaryo viloyati

Guliston Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

Toshkent viloyati

Yangiyoʻl Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

Fargʻona viloyati

1-son Margʻilon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

Xorazm viloyati

Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

Toshkent shahri

2-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

Qashqadaryo viloyati

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Qashqadaryo viloyati kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazi

Samarqand viloyati

Samarqand viloyati kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazi

Fargʻona viloyati

Fargʻona viloyati kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazi

Toshkent shahri

Toshkent shahri kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi PQ-367-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024 — 2026-yillarda tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari xorijiy davlatlarda tashkillashtirilgan holda mehnat faoliyatini amalga oshirishini tashkil etish boʻyicha istiqbolli loyihalarni aniqlash

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari (Koreya Respublikasi, Yaponiya, Avstraliya)

1.

“Mavsumiy ishlar uchun E-8” viza turi orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Koreyaga yuborish boʻyicha memorandum imzolash.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston fuqarolarini vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilish toʻgʻrisida kelishuvga erishish.

2025-yil mart

Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi,

Migratsiya agentligi

2. Koreya Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy ijroiya hokimiyati organlari oʻrtasida uchrashuvlar tashkil etish va Koreya Respublikasining “Mavsumiy ishlar uchun E-8” viza turi orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Koreyaga yuborish toʻgʻrisida memorandum loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil may

Migratsiya agentligi

3. Koreya Respublikasi (tumanlar maʼmuriyati) va Oʻzbekiston Respublikasi (tuman va shahar hokimliklari) mahalliy ijroiya hokimiyati organlari oʻrtasida memorandum imzolash.

Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq

2.

Yaponiya yirik ish beruvchilari bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Yaponiya davlatida bandligini taʼminlash yuzasidan kelishuvlarga erishish.

1. Yaponiya ish beruvchilari talabiga mos kadrlar bazasini yaratish.

2025-yil mart

Migratsiya agentligi,

Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Yaponiya yirik ish beruvchilari bilan kelishuvlar imzolash.

2025-yil iyun

3. Yaponiya ish beruvchilari talablaridan kelib chiqib, kasbiy taʼlim tashkilotlarida qurilish, tibbiyot, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish kasblari va yapon tili boʻyicha qoʻshma oʻquv kurslarini tashkil qilish.

4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan holda Yaponiyaga ishga yuborish choralarini koʻrish.

Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq

3.

Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlariga Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish boʻyicha imkoniyatlarni yaratish.

1. Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlarining tegishli vazirlik va idoralari bilan muzokaralar oʻtkazish.

2. Migratsiya agentligi vakillarining mazkur davlatlarga ishchi tashriflarini amalga oshirish hamda tegishli vazirlik va idoralari, salohiyatli ish beruvchilari bilan muzokaralar tashkil etish.

2025-yil fevral

Tashqi ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasining Singapurdagi elchixonasi,

Migratsiya agentligi

3. Oʻzaro hamkorlik masalalarida kelishuvlarga erishish va mehnat migratsiyasi dasturlariga qoʻshilish masalalarini oʻrganish.

Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq

Janubiy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlari ( Kuvayt, Qatar)

4.

Kuvayt Davlatida Oʻzbekiston fuqarolarini munosib ish oʻrinlari bilan taʼminlashga qaratilgan huquqiy bazani yaratish maqsadida tegishli kelishuvlarni imzolash.

1. Kelishuv loyihasini ishlab chiqish.

2. Xorijiy tomon bilan kelishuv loyihasi va uni imzolash yuzasidan muzokaralar olib borish.

2025-yil mart

Tashqi ishlar vazirligi,

Migratsiya agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3. Ikki tomonlama hujjatlarni imzolash.

Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq

Migratsiya agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Qatar Davlatida Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish imkoniyatlarini yaratish.

1. Yirik ish beruvchi kompaniyalar bilan maqsadli muzokaralar oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil fevral

Tashqi ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasining Qatar Davlatidagi elchixonasi,

Migratsiya agentligi

2. Ish beruvchilar talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston fuqarolarini kasb-hunar va chet tillariga oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarida tayyorlash.

Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Migratsiya agentligi

3. Kasb-hunar va chet tillariga oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga yuborishni yoʻlga qoʻyish.

Migratsiya agentligi

Yevropa davlatlari (Avstriya, Slovakiya, Sloveniya, Xorvatiya, Belgiya, Niderlandiya, Vengriya, Buyuk Britaniya, Litva, Latviya, Estoniya, Finlyandiya, Italiya, Ispaniya, Chexiya, Germaniya, Shvetsiya, Turkiya)

6.

Avstriya davlatining yirik ish beruvchi kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

1. Yirik ish beruvchi kompaniyalar bilan maqsadli muzokaralar oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil mart

Tashqi ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasi,

Migratsiya agentligi

2. Mehnat migratsiyasi dasturlariga qoʻshilish imkoniyatlarini oʻrganish.

2025-yil iyun

3. Ish beruvchilar talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston fuqarolarini kasb-hunar va chet tillariga oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarida tayyorlash.

Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Migratsiya agentligi

4. Kasb-hunar va chet tillariga oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga yuborishni yoʻlga qoʻyish.

Migratsiya agentligi

7.

Slovakiyaning avtosanoat va mashinasozlik sohasidagi kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazish.

1. Slovakiyaning avtosanoat va mashinasozlik sohasidagi kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazish.

2. Oʻzaro hamkorlik masalalarida kelishuvlarga erishish va mehnat migratsiyasi dasturlariga qoʻshilish masalalarini oʻrganish.

3. Slovakiyaning avtosanoat va mashinasozlik sohasidagi yirik ish beruvchi kompaniyalari bilan maqsadli muzokaralar oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil may

Tashqi ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasi,

Migratsiya agentligi,

Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

4. Ish beruvchilar talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston fuqarolarini yuk tashuvchi avtomashina va avtobus haydovchiligiga oʻqitishni tashkil etish.

2025-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi,

Migratsiya agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

5. Yuk tashuvchi avtomashina va avtobus haydovchiligiga oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga yuborishni yoʻlga qoʻyish.

2026-yil mart

Migratsiya agentligi

8.

Sloveniya va Xorvatiya davlatlarining yirik ish beruvchi kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

1. Yirik ish beruvchi kompaniyalar bilan maqsadli muzokaralar oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil fevral

Tashqi ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasi,

Migratsiya agentligi

2. Ish beruvchilar talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston fuqarolarini kasb-hunar va chet tillariga oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarida tayyorlash.

2025-yil may

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Migratsiya agentligi

3. Kasb-hunar va chet tillariga oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga yuborishni yoʻlga qoʻyish.

2025-yil noyabr

Migratsiya agentligi

9.

Belgiya bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik oʻrnatish.

1. Belgiya hukumati bilan mehnat migratsiyasi boʻyicha kelishuvlarni tuzish, Oʻzbekistonning mehnat migrantlari uchun yillik kvotalar sonini oshirish, viza talablarini yengillashtirish boʻyicha muzokaralar olib borish.

2025-yil sentabr

Tashqi ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasi,

Migratsiya agentligi

2. Oʻzaro hamkorlik masalalarida kelishuvlarga erishish va mehnat migratsiyasi dasturlariga qoʻshilish masalalarini oʻrganish.

2025-yil noyabr

3. Yirik ish beruvchi kompaniyalar bilan maqsadli muzokaralar oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Migratsiya agentligi

4. Ish beruvchilar talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston fuqarolariga ingliz va fransuz tillarini oʻrgatish, kasbga tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslarini (dasturlash, qurilish, tibbiyot) tashkil etib, ularni tamomlagan fuqarolarga sertifikatlar taqdim qilish.

Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq

5. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga yuborishni yoʻlga qoʻyish.

Migratsiya agentligi

10.

Niderlandiyaning yirik ish beruvchi korxonalari bilan hamkorlik oʻrnatish.

1. Niderlandiya Hukumati bilan mehnat migratsiyasi boʻyicha kelishuvlarni tuzish, Oʻzbekistonning mehnat migrantlari uchun yillik kvotalar sonini oshirish, viza talablarini yengillashtirish boʻyicha muzokaralar olib borish.

2025-yil aprel

Tashqi ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasi,

Migratsiya agentligi

2. Oʻzaro hamkorlik masalalarida kelishuvlarga erishish va mehnat migratsiyasi dasturlariga qoʻshilish masalalarini oʻrganish.

2025-yil avgust

3. Yirik ish beruvchi kompaniyalar bilan maqsadli muzokaralar oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oliy taʼlim, fan

va innovatsiyalar vazirligi,

Migratsiya agentligi

4. Ish beruvchilar talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston fuqarolariga ingliz va fransuz tillarini oʻrgatish, kasbga tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslarini (dasturlash, qurilish, tibbiyot) tashkil etib, ularni tamomlagan fuqarolarga sertifikatlar taqdim qilish.

Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq

5. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga yuborishni yoʻlga qoʻyish.

Migratsiya agentligi

11.

Vengriyada Oʻzbekiston fuqarolarini munosib ish oʻrinlari bilan taʼminlashga qaratilgan huquqiy bazani yaratish maqsadida tegishli kelishuvlarga erishish.

1. Kelishuv loyihasini ishlab chiqish.

2. Xorijiy tomon bilan kelishuv loyihasi va uni imzolash yuzasidan muzokaralar olib borish.

2025-yil mart

Tashqi ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasining Vengriyadagi elchixonasi,

Migratsiya agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3. Ikki tomonlama hujjatlarni imzolash choralarini koʻrish.

Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq

12.

Buyuk Britaniyada hamshiralarni ishga joylashtirish uchun qulaylik yaratish va ish bilan taʼminlash koʻlamini oshirish.

1. Tibbiyot terminologiyasiga asoslangan ingliz tili tayyorlov kurslarini tashkil etish.

2025-yil iyun

Migratsiya agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi

2. “Occupational English Test” (OET) tibbiyot sohasida ingliz tilini baholash markazi filiali faoliyatini Oʻzbekistonda yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokara oʻtkazish va filialni ochish.

2025-yil sentabr

13.

Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha Yevropa davlatlariga tashrif rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha Yevropa davlatlariga tashrif rejasini kelishish uchun Migratsiya boʻyicha respublika komissiyasiga taklif kiritish.

2024-yil noyabr

Migratsiya agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Tasdiqlangan tashrif rejasi bajarilishini taʼminlash.

2025-yil dekabr

3. Tashriflar yakuni boʻyicha erishilgan kelishuvlar ijrosini taʼminlash.

Kelishuvlarda belgilangan muddatlarda

14.

Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi fuqarolar uchun viza rasmiylashtirishda qulay shart-sharoitlar yaratish.

1. “VFS Global” viza markazi bilan muzokaralar olib borish.

2025-yil mart

Tashqi ishlar vazirligi,

Migratsiya agentligi

2. Hamkorlik memorandumini imzolash va Migratsiya agentligi binosida viza markazlarining front ofisini tashkil etish choralarini koʻrish.

Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq

15.

Latviya, Litva, Estoniya va Finlyandiyaning yirik ish beruvchi kompaniyalari bilan Oʻzbekistondan malakali ishchi kuchini jalb qilish boʻyicha manzilli va tizimli muzokaralar olib borish.

1. Yirik ish beruvchi kompaniyalar bilan maqsadli muzokaralar oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil aprel

Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Latviyadagi elchixonasi, Migratsiya agentligi

2. Ish beruvchilar talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston fuqarolarini kasb-hunar va chet tillariga oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarida tayyorlash.

Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oliy taʼlim, fan

va innovatsiyalar vazirligi,

Migratsiya agentligi

3. Kasb-hunar va chet tillariga oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga yuborishni yoʻlga qoʻyish.

Migratsiya agentligi

16.

Italiyaning yirik ish beruvchilari bilan Oʻzbekiston fuqarolarini qishloq xoʻjaligi, qurilish va xizmat koʻrsatish sohalarida yuqori malaka talab etilmaydigan ishlarga jalb etish yuzasidan muzokaralar oʻtkazish.

1. Italiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy siyosat vazirligi bilan muzokaralar oʻtkazish va “Decreto Flussi” dasturiga Oʻzbekistonni qoʻshish.

2025-yil fevral

Tashqi ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasi,

Migratsiya agentligi

2. Ish beruvchilar roʻyxatini shakllantirish va ular bilan Oʻzbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish masalasi yuzasidan muzokaralar olib borish.

2025-yil iyun

3. Oʻzbekistonlik ishchilarni ish beruvchi korxonalarga va mavsumiy ishga joylashtirish imkoniyatlarini koʻrib chiqish.

2025-yil noyabr

17.

Ispaniya davlati bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik oʻrnatish.

1. Oʻzbekiston fuqarolarining ispan tilini oʻrganish darajasini oshirish maqsadida Servantes institutining filialini mamlakatimizda ochish masalasini koʻrib chiqish.

2025-yil mart

Tashqi ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniyadagi elchixonasi,

Migratsiya agentligi

2. Mehnat migratsiyasi dasturlariga qoʻshilish imkoniyatlarini oʻrganish.

2025-yil iyul

3. Ish beruvchilar talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston fuqarolarini kasb-hunar va chet tillariga oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarida tayyorlash.

Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Migratsiya agentligi

4. Oʻzbekistonlik ishchilarni ish beruvchi korxonalarga ishga joylashtirish imkoniyatlarini koʻrib chiqish.

Migratsiya agentligi

18.

Chexiya Mehnat va ijtimoiy muhofaza vazirligi bilan muzokaralar olib borish.

1. Chexiya Mehnat va ijtimoiy muhofaza vazirligi hamda sohaga aloqador boshqa idoralar bilan muzokaralar olib borish.

2024-yil dekabr

Tashqi ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi,

Migratsiya agentligi

2. Oʻzbekistonlik ishchilarni jalb qilish uchun ajratiladigan kvotalar sonini koʻpaytirish masalalarini kelishish.

2025-yil mart

3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan tartibda ishga jalb qilish imkoniyatini oʻrganish.

Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq

19.

Oʻzbekistonlik ishchilarning nemis tilini V1-V2 darajasida bilishi va tegishli diplom (sertifikat) bilan tasdiqlangan kasbiy malakani egallashi uchun imkoniyatlar yaratish.

Germaniyaning nemis tili va kasb-hunarni oʻqitishga ixtisoslashgan muassasa va shirkatlarini jalb qilgan holda oʻzbekistonlik ishchilar uchun oʻquv kurslarini tashkil qilish.

2024 — 2026-yillar

Migratsiya agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

boshqa aloqador vazirlik va idoralar

20.

Shvetsiyaning yirik ish beruvchi kompaniyalari bilan Oʻzbekistondan tegishli talablarga javob beradigan ishchi kuchini jalb qilish boʻyicha manzilli va tizimli muzokaralar olib borish.

1. Yirik ish beruvchi kompaniyalar bilan maqsadli muzokaralar oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish.

2. Mehnat migratsiyasi dasturlariga qoʻshilish imkoniyatlarini oʻrganish.

2025-yil mart

Tashqi ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi,

Migratsiya agentligi

3. Oʻzbekistonlik ishchilarni Shvetsiyada mavsumiy ishlarga jalb qilish imkoniyatini oʻrganish.

2025-yil iyun

4. Ish beruvchilar talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston fuqarolarini kasb-hunar va chet tillariga oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarida tayyorlash.

Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Migratsiya agentligi

5. Taʼlim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan fuqarolarni tashkillashtirilgan holda ishga yuborishni yoʻlga qoʻyish.

Migratsiya agentligi

21.

Turkiya bilan Oʻzbekiston fuqarolari uchun “ishchi viza”ni rasmiylashtirish va ish ruxsatnomasini berish jarayonlarini soddalashtirishga kelishish.

1. Tegishli vazirlik va idoralar bilan muzokaralar oʻtkazish.

2025-yil mart

Tashqi ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi,

Migratsiya agentligi

2. Muzokaralar natijasi boʻyicha Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan tartibda ishga jalb qilish choralarini koʻrish.

Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq

Amerika Qoʻshma Shtatlari

22.

Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni oʻrnatish masalalarida muzokara oʻtkazish.

1. Ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida oʻtkaziladigan siyosiy maslahatlashuvlar, shuningdek, har yili oʻtkaziladigan Oʻzbekiston-AQSh strategik sheriklik muloqoti (SPD) kun tartibi doirasida Oʻzbekistonni “N-2” ishchi vizasini olishi mumkin boʻlgan davlatlar roʻyxatiga kiritish masalasini koʻrib chiqish.

2025-yil may

Tashqi ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi,

Migratsiya agentligi

2. Ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida konsullik maslahatlashuvlarini tashkil qilish masalasini koʻrib chiqish.

3. AQShning Toshkentdagi elchixonasi va Oʻzbekistonning manfaatdor idoralari oʻrtasida boʻlib oʻtadigan muzokaralarda xorij tomoniga Oʻzbekistonda migratsiya sohasida olib borilayotgan ijobiy oʻzgarishlarni yetkazish.

2025-yil oktabr

4. Masʼul vazirlik va idoralar vakillaridan tashkil topgan delegatsiyaning AQShga tashrifini amalga oshirish.

2025-yil noyabr

5. Tashkillashtirilgan tartibda migrantlarni AQShga yuborish boʻyicha ikki tomonlama bitim ishlab chiqish hamda xorij tomoni bilan kelishish.

Xorijiy tomon bilan kelishuvga muvofiq

II. Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, ularni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda vatandoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish

Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi davlatlari (Koreya Respublikasi, Yaponiya)

23.

Koreyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining nufuzini koʻtarish, ish beruvchilar tomonidan ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish, shuningdek, Koreya Respublikasida noqonuniy boʻlishning salbiy oqibatlarini keng jamoatchilikka yoritib borish.

1. Mehnat migrantlari faoliyatida duch keladigan muammolarni oʻrganish.

2. Fuqarolarning huquq va manfaatlari buzilganlik holatlari yuzasidan monitoring olib borish.

3. Elchixona va vakolatxona tomonidan tashkil etilgan vatandoshlar bilan uchrashuvlar va tadbirlarga keng ommani jalb qilish.

4. Noqonuniy mehnat migratsiyasiga oid axboriy buklet va flayerlarni tayyorlash.

5. Internet tarmogʻi, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa OAV orqali migratsiyaga oid maʼlumotlarni yoritib borish.

6. Uchrashuv va tadbirlarda mazkur masalalarning mohiyatini yoritib borish.

2024 — 2026-yillar

Migratsiya agentligi,

Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi

24.

Xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro aloqani yoʻlga qoʻyish orqali Yaponiyadagi mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish mexanizmini yaratish.

1. Mehnat migrantlari faoliyatida duch keladigan muammolarni oʻrganish.

2. Fuqarolarning huquq va manfaatlari buzilganlik holatlari yuzasidan monitoring olib borish.

3. Xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari bilan targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish.

2024 — 2026-yillar

Migratsiya agentligi,

Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Yevropa davlatlari

25.

Yevropa davlatlaridagi vatandoshlarimiz va Oʻzbekiston Respublikasining Yevropa davlatlaridagi elchixonalari oʻrtasidagi munosabatni va oʻzaro ishonchni mustahkamlash hamda fuqarolarimiz bilan ular boʻlib turgan davlatda ish bilan taʼminlash borasida hamkorlik oʻrnatish.

1. Oʻzbek diasporasi vakillari va yetakchilari bilan mustahkam aloqalarni oʻrnatish va ular orqali barcha vatandoshlarimiz bilan yaqindan muloqot oʻrnatish.

2025-yil mart

Oʻzbekiston Respublikasining Yevropa davlatlaridagi elchixonalari,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Oʻzbek diasporasi vakillari bilan mehnat migrantlari masalasida hamkorlik tizimini tashkil qilish.

3. Diaspora vakillari yordamida Yevropa davlatlarida ishsiz qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish.

2025-yil dekabr

Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanada

26.

AQShdagi Oʻzbekiston fuqarolari va vatandoshlarimiz bilan yaqindan hamkorlik aloqalarni yoʻlga qoʻyish va mazkur davlatlarda fuqarolarimizni ish bilan taʼminlash borasida hamkorlik oʻrnatish.

1. Oʻzbek diasporasi vakillari va yetakchilari bilan mustahkam aloqalarni oʻrnatish va ular orqali barcha vatandoshlarimiz bilan yaqindan muloqot oʻrnatish.

2. Oʻzbek diasporasi vakillari bilan mehnat migrantlari masalasida hamkorlik tizimini yoʻlga qoʻyish.

2024 — 2026-yillar

Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi,

Tashqi ishlar vazirligi

27.

Kanadadagi Oʻzbekiston fuqarolari va vatandoshlarimiz bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda vatandoshlar uyushmalari salohiyatidan keng foydalanish.

1. Mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni oʻqitish va ishga joylashishiga yordam berish, turli xayriya aksiyalarini uyushtirishda vatandoshlar uyushmalari salohiyatidan keng foydalanish.

2. Vatandoshlar uyushmalari bilan birgalikda sport va madaniy tadbirlarni uyushtirish.

3. Vatandoshlar uyushmalari bilan birgalikda Kanadada Oʻzbekiston madaniy, ilmiy va maʼnaviy merosini keng targʻib qilish, oʻzbek tili, madaniyati va anʼanalarini saqlab qolish ishlarini amalga oshirish.

2024 — 2026-yillar

Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 07/24/367//0846-son)