1-ILOVA
T/r | Tadbir nomi | Ijro muddati | Mas’ul tashkilotlar |
I. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar | |||
1. | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi g‘oya va asosiy tamoyillarni o‘zida aks ettiruvchi ko‘rgazmali vositalarni (plakat, panno, videorolik va boshqalarni) tayyorlash. | 2024-yil 20-noyabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi |
2. | Ko‘rgazmali vositalarni viloyat, shahar, tuman markazlari shoh ko‘chalari, xiyobonlar, bayram tadbirlari o‘tadigan joylarda, tashqi reklama obyektlarida, bilbordlarda, LED-ekranli konstruksiyalarda, jamoat transportida (avtobus, metro, poyezd, samolyot) va jamoat joylarida (bozor, gipermarket, savdo shoxobchalari, bekat, aeroport va aviakassalar, temiryo‘l vokzallari va kassalari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari va b.) joylashtirish. | 2024-yil 20 — 25-noyabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, O‘zMTRK, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Transport vazirligi |
3. | Davlat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari, mahalliy hokimliklar, davlat xizmatlari markazlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari binolarining kirish joylarida “Konstitutsiya burchaklari”ni tashkil etish va ularda ushbu tashkilotlar faoliyati xususiyatidan kelib chiqib Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan axborot bannerlarini joylashtirish. | 2024-yil noyabr oyidan boshlab | Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy hokimliklar, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi |
4. | Olimlar, huquqshunoslar va mutaxassislardan iborat targ‘ibot guruhlarini shakllantirish va mehnat jamoalari, mahallalarda, olis va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida, harbiy qismlarda, jazoni ijro etish muassasalarida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha uchrashuvlar, jonli muloqot, suhbatlar va boshqa madaniy-ma’rifiy va huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish. | 2024-yil noyabr-dekabr | Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, mahalliy hokimliklar, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi |
5. | “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida aholining barcha qatlamlari o‘rtasida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini targ‘ib etish ma’rifat oyligini o‘tkazish. | 2024-yil dekabr | Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Adliya vazirligi, O‘zMTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi |
6. | Aholi fikrini inobatga olgan holda tuman va shahar markazlarida (Toshkent shahrining Sayilgoh ko‘chasida) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab “Konstitutsiya ko‘chasi (maydoni, mahallasi)”ni tashkil etish, unda: Konstitutsiyaning yaratilishi, takomillashtirish bosqichlarini ifoda etadigan “Konstitutsiya tarixi” burchagi va fotoko‘rgazmasini tashkil etish; Konstitutsiyani o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy metodika asosida tayyorlangan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va maxsus adabiyotlar ko‘rgazmasini tashkil etish; konstitutsiyaviy huquqlar bo‘yicha sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar burchaklarini tashkil etish va ularga ko‘rgazmali materiallarni joylashtirish; “Konstitutsiya ko‘chasi”ni targ‘ibot va ko‘rgazmali bannerlar bilan bezatish; Konstitutsiyaga oid turli ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish, fuqarolarning Konstitutsiyaga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha viktorina loyihasini amalga oshirish, g‘olib fuqarolarni Konstitutsiya kitobi, Konstitutsiya ramzi tushirilgan mahsulotlar bilan taqdirlash. | 2024-yil 5 — 8-dekabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, Oliy sud, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz |
7. | Mahallalarda, maktablar hovlilarida 6-dekabrda Konstitutsiya kuni munosabati bilan davlat bayrog‘ini ko‘tarish marosimini tashkil etish, unda Konstitutsiyadagi birdamlik g‘oyalari ifodalangan sahna ko‘rinishlari, she’r va ashulalarni o‘z ichiga olgan tadbirlar tashkil etish. | 2024-yil 6-dekabr | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi |
8. | “Constitution.uz” veb-sayti bazasida elektron Konstitutsiya kutubxonasini yaratish. Kutubxonada quyidagi materiallarni joylashtirib borish: Konstitutsiyaga oid saralangan ilmiy va ommabop materiallarni; O‘zbekiston tarixida qabul qilingan barcha konstitutsiyalarni; Konstitutsiya moddalari mohiyatini sodda va tushunarli tilda ochib beruvchi, maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan animatsion videoroliklarni; Konstitutsiya mazmun-mohiyati va tarixiga bag‘ishlangan intervyularni; Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi test savollarini. “Constitution.uz” veb-saytida “Bolalar uchun Konstitutsiya” deb nomlangan alohida sahifa yaratib, unda Konstitutsiya bo‘yicha bolalar auditoriyasiga mo‘ljallangan animatsion videoroliklar va boshqa materiallarni joylashtirib borish. | 2024-yil noyabr Doimiy ravishda | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, TDYU, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, “O‘zarxiv” agentligi |
9. | O‘zbekiston tarixi muzeyida O‘zbekiston Konstitutsiyasiga bag‘ishlangan bo‘limni yangi eksponantlar bilan boyitish. | 2024-yil noyabr | Madaniy meros agentligi, “O‘zarxiv” agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Adliya vazirligi |
10. | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlarining ko‘rgazmasini tashkil etish. | 2024-yil 1 — 7-dekabr | Oliy Majlis palatalari, Konstitutsiyaviy sud (kelishuv asosida), “O‘zarxiv” agentligi |
11. | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining audio shaklini ixtisoslashtirilgan va ko‘zi ojizlar maktablarida tarqatish. | 2024-yil 25-noyabr | Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
II. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot ishlari | |||
12. | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini, uning islohotlarga mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilayotganini targ‘ib qiluvchi maxsus ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda OAVda keng yoritish. | 2024-yil 1 — 8-dekabr | O‘zMTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, O‘zA, AOKA, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
13. | Fuqarolar kundalik hayotida ko‘p uchraydigan vaziyatlarda (mulk huquqi kafolatlari, Miranda qoidalari va b.) Konstitutsiya normalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanilishi bo‘yicha ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda ularni davlat organlari va tashkilotlarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga joylashtirish va keng targ‘ib qilish. | 2024-yil noyabr-dekabr | O‘zMTRK, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, davlat organlari va tashkilotlari |
14. | Ommaviy axborot vositalarida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatiga oid media tadbirlarni (maxsus ko‘rsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik, titr, radioeshittirish, maqola, viktorina va munosabatlar) amalga oshirish (alohida media reja asosida). Davlat telekanallar belgisi yonida Konstitutsiya bayrami belgisini joylashtirish. | 2024-yil noyabr-dekabr | AOKA, O‘zMTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, O‘zA, Adliya vazirligi |
15. | Konstitutsiyaviy komissiyaning ayrim a’zolari bilan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi tarixiga bag‘ishlangan intervyular tayyorlash hamda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida yoritish. | 2024-yil 1 — 8-dekabr | Konstitutsiyaviy sud, O‘zMTRK, O‘zA, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, “Xalq so‘zi” va “Yangi O‘zbekiston” gazetalari, Adliya vazirligi |
16. | Konstitutsiya kuni munosabati bilan radioviktorina o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash. | 2024-yil 7-8-dekabr | O‘zMTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, AOKA, Adliya vazirligi |
17. | Markaziy va hududiy bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida: 1) Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini, uning hayotimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar va qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarning bosh omili ekanini targ‘ib etish, shu mavzuda telemuloqotlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish; 2) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan alohida ruknlar tashkil etish, huquqiy jurnal va gazetalarning maxsus sonlarini chop etish. | 2024-yil 1 — 8-dekabr | O‘zMTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, O‘zA, “Xalq so‘zi” va “Yangi O‘zbekiston” gazetalari, AOKA, Adliya vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, IIV, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura |
18. | Ommaviy axborot vositalarida “Konstitutsiya — suveren davlat kafolati”, “Konstitutsiya — demokratik davlat kafolati”, “Konstitutsiya — huquqiy davlat kafolati”, “Konstitutsiya — ijtimoiy davlat kafolati”, “Konstitutsiya — dunyoviy davlat kafolati” mavzularida turkum maxsus ko‘rsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik va radioeshittirishlarni tayyorlash. | 2024-yil noyabr-dekabr | AOKA, O‘zMTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, O‘zA, Adliya vazirligi |
19. | “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida shahar, tuman markazlaridagi davlat organlari binolariga o‘quvchi va talabalarning sayohatlarini tashkil etish va OAVda ularning taassurotlari haqida maqola va postlar berib borish. | 2024-yil oktabr-dekabr | Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
20. | Konstitutsiyaning ahamiyati borasida aholi o‘rtasida sotsiologik so‘rov o‘tkazish. | 2024-yil noyabr | “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi |
21. | Davlat va jamoat arboblari, aktyor, xonanda, mashhur sportchilar, bloger va faollarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga Konstitutsiyaga oid munosabatlarni joylashtirish. | 2024-yil 7-8-dekabr | Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, AOKA |
22. | Jurnalist va blogerlar o‘rtasida “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola” tanlovini o‘tkazish. | 2024-yil noyabr | Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, AOKA |
23. | #Meningkonstitutsiyam, #Konstitutsiyakuni xeshteglari ostida videoroliklar olish, ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish. | 2024-yil 1 — 10-dekabr | O‘zMTRK, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi |
III. “Konstitutsiya oyligi” doirasida o‘tkaziladigan bayram va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar | |||
24. | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida o‘tkaziladigan konsert tadbirlarini san’at ustalari va yosh ijrochilar ishtirokida yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish. | 2024-yil 7-dekabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
25. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Konstitutsiya sayillarini tashkil etish, unda tomosha va bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish. | 2024-yil 4 — 7-dekabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
26. | Harbiy qism va bo‘linmalarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali saflanish tadbirlarini o‘tkazish, harbiy va o‘quv tayyorgarlikda alohida namuna ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarni rag‘batlantirish va taqdirlash. | 2024-yil 4 — 7-dekabr | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati |
27. | Kinoteatrlarda har bir film namoyishidan oldin Konstitutsiya kuni bayramiga bag‘ishlangan ijtimoiy videoroliklarni tomoshabinlarga ko‘rsatish. | 2024-yil 1 — 8-dekabr | Madaniyat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
28. | Fuqarolarga Konstitutsiya kuni bayrami munosabati bilan SMS-xabar sifatida tabrik yo‘llash. | 2024-yil 8-dekabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
29. | Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida Konstitutsiyaga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yinini va boshqa intellektual o‘yinlarni hududiy va respublika miqyosida yuqori darajada o‘tkazish. | 2024-yil dekabrdan e’tiboran | “Zakovat intellektual klubi”NNT, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, IIV, Milliy gvardiya, Adliya vazirligi |
30. | Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan sport marafonlari (yugurish, marsh) va musobaqalarini (voleybol, futbol, shaxmat va b.) uyushtirish. Jahon, Osiyo va Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari, ishtirokchilari bilan uchrashuvlar tashkil etish. | 2024-yil 2 — 6-dekabr | Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
IV. “Konstitutsiya oyligi” doirasida davlat organlari va tashkilotlarida tashkil etiladigan tadbirlar | |||
31. | Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish doirasida qilingan ishlar bo‘yicha matbuot anjumanlari tashkil etish hamda unda davlat organlari va tashkilotlarining axborotlarini eshitish. | 2024-yil noyabr-dekabr | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
32. | Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar birinchi darajali rahbarlari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish doirasida tegishli organ tomonidan qilingan ishlar haqida maqola tayyorlash va chop etish. | 2024-yil noyabr-dekabr | Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi |
33. | Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun Konstitutsiyaning qoida va normalarini chuqurlashtirib o‘rgatishga qaratilgan o‘quv seminarlar tashkil etish. | 2024-yil noyabr-dekabr | Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya |
34. | Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida, mahalliy hokimliklarda, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat tashkilotlarida “Mening Konstitutsiyam 32 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktantini tashkil etish. | 2024-yil 1 — 8-dekabr | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, vazirlik va idoralar |
35. | O‘zbekistonning chet eldagi muassasalarida va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari yoki xalqaro tashkilotlar shtab-kvartiralarida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni” ma’rifiy tadbirlarini tashkil etish. | 2024-yil 1 — 8-dekabr | Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” AA |
36. | O‘zbekistonning chet eldagi muassasalari va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari veb-saytlarida, xorijiy mamlakatlarning ommaviy axborot vositalarida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan materiallarni joylashtirish. | 2024-yil 1 — 8-dekabr | Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” AA |
37. | Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani xorijiy tillarga (fransuz, ispan, arab, qozoq, tojik, turkman, qirg‘iz va b.) tarjima qilish ushbu davlatlar elektron resurslariga va O‘zbekistonning ushbu davlatdagi konsullik muassasalari veb-saytlarida joylashtirish. | 2024-yil oktabr — dekabr | Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, “Dunyo” AA |
38. | Konstitutsiyaviy sudning mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylik holati to‘g‘risida axborotini taqdim etish. | 2024-yil 6-dekabr | Konstitutsiyaviy sud (kelishuv asosida) |
39. | “Konstitutsiya oyligi” doirasida Oliy Majlis palatalarida “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazish va uning doirasida Qonunchilik palatasi va Senat binosi bo‘ylab ekskursiya tashkil etish, majlislar zali va muzey, kutubxona, deputat va senatorlarning faoliyati bilan tanishtirish. | 2024-yil 2 — 6-dekabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati (kelishuv asosida) |
40. | Fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatishni, shu jumladan, ichki ishlar organlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 16 yoshga to‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ID-kartani topshirish jarayonlarini bayramona tashkil etish. | 2024-yil 6-dekabr | Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, mahalliy hokimliklar |
41. | Davlat organlari rasmiy veb-saytlarining alohida bo‘limida “Konstitutsiya sahifasini”ni yaratish, unda tegishli davlat organi faoliyatiga oid Konstitutsiya normalarini tushuntirishga qaratilgan ko‘rgazmali materiallar, infografika va boshqa vizual axborotlarni joylashtirish. | 2024-yil sentabr | Vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar |
42. | Konstitutsiya targ‘ibotida faol ishtirok etgan fuqarolarni Konstitutsiya kuni arafasida “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash. | 2024-yil dekabr | Adliya vazirligi |
V. “Konstitutsiya oyligi” doirasida ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan targ‘ibot tadbirlari | |||
43. | Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini o‘tkazish (namunaviy dars materiallari asosida). | 2024-yil 2 — 6-dekabr | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, TDYU |
44. | Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiada tashkil etish va OAVda keng yoritish. | Har yili 1 — 7-dekabr | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, O‘zMTRK, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi |
45. | Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Xalq Konstitutsiyasi”, “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya bilimdoni”, “Konstitutsiya — kelajagim mash’ali” mavzularida rasmlar va insholar tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash. | 2024-yil 2 — 6-dekabr | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
46. | Ta’lim muassasalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirokida “Konstitutsiyani o‘rganamiz”, “Konstitutsiya — adolat tantanasi” mavzularida uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, huquqiy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish. | 2024-yil 2 — 6-dekabr | Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
47. | Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini sodda tilda tushuntirishga qaratilgan “Moddalar gapiradi” nomli turkum videoroliklar tayyorlash va manzilli tarqatish. | 2024-yil 2 — 6-dekabr | Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
48. | “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Konstitutsiya o‘quvchilar nigohida” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi va ko‘rgazmalarini tashkil etish. | 2024-yil 2 — 6-dekabr | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, mahalliy hokimliklar |
49. | Ta’lim tashkilotlarini bayroqlar va sharlar, shuningdek, o‘quvchilar yasagan o‘yinchoqlar, ramzlar bilan bezatish. | 2024-yil 2 — 6-dekabr | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
50. | O‘zbekiston yoshlarining Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan I konferensiyasini o‘tkazish. | 2024-yil 6-dekabr | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
51. | Oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar o‘rtasida “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovini tashkil etish. | har yili noyabr-dekabr | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
52. | Yuridik ixtisoslik bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotlari va yuridik fakultetlarda Konstitutsiya xonalarini tashkil qilish. | 2024-yil noyabr | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tarkibida yuridik oliy ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralar |
53. | Konstitutsiyani hayotga tatbiq etish bo‘yicha erishilgan yutuqlar va oldimizda turgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish. | 2024-yil 6-dekabr | Adliya vazirligi, Oliy Majlis palatalari, Konstitutsiyaviy sud, (kelishuv asosida), Tashqi ishlar vazirligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti |
2-ILOVA
1. | A.N. Aripov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi |
2. | R.Q. Davletov | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari |
3. | D.B. Kadirov | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi |
4. | X.M. Sultonov | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayteri |
5. | J.A. Qo‘chqorov | — | Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri |
6. | Sh.B. Umurzakov | — | Toshkent shahar hokimi, Tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari |
7. | A.J. Toshqulov | — | adliya vaziri |
8. | O.A. Nazarbekov | — | madaniyat vaziri |
9. | B.O. Saidov | — | tashqi ishlar vaziri |
10. | P.R. Bobojonov | — | ichki ishlar vaziri |
11. | B.N. Qurbonov | — | mudofaa vaziri |
12. | A.H. Qo‘ldoshev | — | favqulodda vaziyatlar vaziri |
13. | R.M. Jo‘rayev | — | Milliy gvardiya qo‘mondoni |
14. | X.U. Umarova | — | maktabgacha va maktab ta’limi vaziri |
15. | K.A. Sharipov | — | oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri |
16. | A.A. Xudayarov | — | sog‘liqni saqlash vaziri |
17. | Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
18. | A.I. Ikramov | — | sport vaziri |
19. | B.E. Zahidov | — | kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri |
20. | A.A. Xodjayev | — | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori |
21. | R.J. Qurbonov | — | Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi |
22. | Sh.T. Rizayev | — | Kinematografiya agentligi bosh direktori |
23. | A.Z. Sa’dullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori |
24. | A.A. Jo‘raboyev | — | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
25. | A. Ko‘chimov | — | O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
26. | O.A. Xasanov | — | Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari |
27. | Lavozimiga ko‘ra | — | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari |