1-ILOVA
51-ILOVA
PASPORTI
|
1. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik va jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkor) |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“O‘zaviatsiya” agentligi) |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) ruxsatnoma olish uchun obyektning nomi, maqsadi va manzili ko‘rsatilgan ariza. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxs bo‘lgan talabgor uchun — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda); jismoniy shaxs bo‘lgan talabgor uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda); b) obyekt joylashgan joydagi yerning dengiz sathidan mutlaq balandligi, obyektning balandligi, eng yaqin aerodrom uchish-qo‘nish yo‘lagining ikki tarafi boshlanish joyidan X va U bo‘yicha koordinatalari haqidagi ma’lumotlar; v) obyektning 1984-yilgi butunjahon geodeziya koordinatalar tizimi WGS-84dagi geografik koordinatalari (kenglik va uzunlik); g) radioaloqa liniyalari va elektr uzatish liniyalari (shu jumladan, yuqori voltli), radio va elektromagnit nurlanishlar tarqatuvchi obyektlar, elektr yoritish obyektlari, shuningdek, ish jarayonida samoviy hududda elektromagnit, yorug‘lik, akustik, korpuskulyar va boshqa turdagi nurlanishlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan obyektlarning texnik parametrlari; d) radioaloqa liniyalari va elektr uzatish liniyalarining nomlari, elektr uzatish liniyalarining kuchlanishi, aerodromlarning nazorat nuqtasidan 46 km radiusdagi barcha tayanch ustunlarining balandligi va koordinatalari, ular o‘tadigan tuman va viloyatlar, shuningdek, ularning boshlang‘ich va tugash punktlari haqidagi ma’lumotlar. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
6. |
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: |
Yig‘im undirilmaydi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: |
Har bir obyektga ruxsatnoma berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 23 baravariga teng bo‘lgan miqdorda yig‘im shartnoma tuzmasdan undiriladi. Yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga; 11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘larning 60 foizi — vakolatli organning hisobvarag‘iga, 40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
8. |
Arizani ko‘rib chiqish muddati: |
15 kun |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
9. |
Ruxsat etishga oid talab va shartlar: |
Quyidagilarni loyihalashtirish, qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash uchun ruxsatnoma olish zarur: aerodrom nazorat nuqtasidan 46 km radiusda joylashtiriladigan binolar, inshootlar, shuningdek, odamlar, qushlar hamda yovvoyi hayvonlar (kemiruvchilar) ko‘plab to‘planishiga sabab bo‘ladigan obyektlar; aerodrom nazorat nuqtasidan 46 km radiusda joylashtiriladigan radioaloqa liniyalari va elektr uzatish liniyalari (shu jumladan, yuqori kuchlanishli), radio va elektromagnit nurlanishli boshqa obyektlar, shuningdek, yoritish texnikasi obyektlari; aerodrom nazorat nuqtasidan 15 km radiusda joylashtiriladigan portlash xavfi bo‘lgan obyektlar (balandligidan qat’i nazar); joylashtiriladigan joyidan qat’i nazar, chiqarib yuboriladigan gazlarni favqulodda yoqish uchun mash’ala qurilmalari; aerodrom nazorat nuqtasidan 46 km radiusda joylashtiriladigan sanoat va boshqa korxonalar hamda inshootlar, parvoz ko‘rinishini va aerodrom uchish maydonlarining holatini yomonlashtiruvchi obyektlar; joylashtiriladigan yeridan qat’i nazar, mutlaq balandligi 50 m va undan ortiq bo‘lgan obyektlar. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
Cheklanmagan |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
12. |
Izoh: |
1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi joylashtiriladigan joyidan qat’i nazar, mutlaq balandligi 50 m va undan ortiq bo‘lgan obyektlar bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab 5 kun muddat ichida kelishadi. 2. Ruxsatnoma Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomning 4-bobida ko‘rsatilgan hollarda va belgilangan tartibda qayta rasmiylashtiriladi. Har bir obyektga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uchun mazkur Pasportning 7-bandida nazarda tutilgan yig‘imning yarmi undiriladi. 3. Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan o‘rganishlarni o‘tkazishi uchun xarajatlar (xizmat safari va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sug‘urta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi bo‘yicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga ko‘ra qoplanadi. 4. Arizaning namunaviy shakli O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish haqida ARIZA
Izoh. Jismoniy shaxslar uchun familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. 5. Arizaga ilova etiladigan ma’lumotnomaning namunaviy shakli Ruxsatnoma olinishi zarur bo‘lgan obyektning joylashgan joyi haqida MA’LUMOTLAR
Izoh. Mazkur ma’lumotnoma ushbu yo‘nalishda tegishli litsenziyaga ega geodeziya tashkiloti tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanib, arizaga ilova qilingan holatda ariza beruvchi tomonidan taqdim etiladi. 6. Ruxsatnomaning namunaviy shakli Ariza beruvchiga
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
52-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasida ekspluatant sertifikati
PASPORTI
|
1. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida ekspluatant sertifikati |
||||||
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq yuridik yoki jismoniy shaxslar tomondan fuqaro havo kemasidan foydalanish bilan bog‘liq fuqaro aviatsiyasidagi faoliyatni amalga oshirish |
||||||
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik yoki jismoniy shaxslar |
||||||
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“O‘zaviatsiya” agentligi) |
||||||
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) Ekspluatant sertifikatini olish uchun ariza. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi: 1. yuridik shaxsning to‘liq nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O. 2. Quyidagilarni belgilash: ekspluatant sertifikatini berish; ekspluatant sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish; ekspluatant sertifikatini qayta rasmiylashtirish; ekspluatant sertifikatining amal qilishini tiklash; ekspluatant sertifikatining dublikatini berish; ekspluatant sertifikatining amal qilishini to‘xtatish; ekspluatant sertifikatini bekor qilish. 3. Ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar: yuridik shaxslar uchun: 1) Tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan to‘liq nomi; 2) Joylashgan joyi (pochta manzili); 3) Telefon raqamlari; jismoniy shaxslar uchun: 1) Familiyasi, ismi, otasining ismi; 2) Fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari; 3) Turar joy manzili; 4) Telefon raqamlari. 4. Ilova (hujjatlar nomi, ularning raqamlari, imzolangan sana, varaqlar soni, taqdim qilish shakli); b) Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati. Yuridik shaxslar uchun: 1. Havo kemasi joylashgan manzil, taklif qilinadigan parvozlar va faoliyat turlari, foydalanish geografik zonalari (regionlari) haqida ma’lumotlar. 2. Ariza beruvchi tashkilotning tasdiqlangan tarkibiy sxemasi. 3. Havo kemasiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar. 4. Mazkur Pasportning 9-pozitsiyasidagi talablar va shartlarning 5-bandida ko‘rsatilgan boshqaruv xodimlari bo‘yicha ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar lavozimlari, familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning malakalari va fuqaro aviatsiyasida tegishli rahbarlik ishidagi tajribasi ko‘rsatilgan ma’lumotlar. 5. Aviatsiya ekipajlari tarkibi va texnik-muhandis xodimlarning malakalari va ruxsatnomalari to‘g‘risida nomma-nom ma’lumotlar. 6. Foydalaniladigan havo kemalarining turi, modeli, seriyasi, tanish belgilari, parvozga yaroqlilik holati ko‘rsatilgan ma’lumotlar. 7. Havo kemalari joylashgan aeroportda parvozlarni ta’minlash turlari uchun shartnomalar nusxalari. 8. Barcha turdagi majburiy sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta polislari nusxalari. 9. Parvozlarni amalga oshirishga doir qo‘llanma, havo kemasi ekspluatantining texnik xizmat ko‘rsatishni boshqarishga doir qo‘llanmasi, havo kemasiga yer ustida xizmat ko‘rsatishga doir qo‘llanma, xavfli yuklarni tashish bo‘yicha ta’lim va tartibotlarga doir qo‘llanma, havo kemasi og‘irligi va markazlanishini rostlashga doir qo‘llanma, ekipajning yer ustida va parvozdagi tayyorgarlik dasturi, ekspluatantning aviatsiya xavfsizligini ta’minlash dasturi. 10. Havo kemasidan foydalanishga doir qo‘llanma (har bir turdagi havo kemasi uchun), aviatsiyada havo kemasidan foydalanishga doir qo‘llanma (har bir turdagi havo kemasi uchun), texnik xizmat ko‘rsatish dasturi (har bir turdagi havo kemasi uchun), minimal uskunalar ro‘yxati (har bir turdagi havo kemasi uchun), asosiy minimal uskunalar ro‘yxati (har bir turdagi havo kemasi uchun), konfiguratsiyadan og‘ishlar ro‘yxati (har bir turdagi havo kemasi uchun). Jismoniy shaxslar uchun: 1. Havo kemasi joylashgan manzil, taklif qilinadigan parvozlar, parvozlarning geografik zonalari (regionlari) haqida ma’lumotlar. 2. Havo kemasiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar. 3. Ariza beruvchining havo kemasida parvozlarni bajarish uchun malakalari va ruxsatnomalari to‘g‘risida ma’lumotlar. 4. Havo kemalarining turi, modeli, seriyasi, tanish belgilari, parvozga yaroqlilik holati ko‘rsatilgan ma’lumotlar. 5. Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkilot bilan tuzilgan shartnoma nusxalari. 6. Havo kemalari joylashgan aeroportda parvozlarni ta’minlash turlari uchun shartnomalar nusxalari. 7. Barcha turdagi majburiy sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta polislari nusxalari. 8. Parvozlarni amalga oshirishga doir qo‘llanma, havo kemasining ekspluatatsiyasiga doir qo‘llanma, havo kemasining uchish ekspluatatsiyasi bo‘yicha qo‘llanma, havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatish dasturi, ekspluatantining aviatsiya xavfsizligini ta’minlash dasturi. |
||||||
|
6. |
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: |
Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga; 11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘larning 60 foizi — vakolatli organning hisobvarag‘iga, 40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. |
||||||
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 57,3 baravari. Yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga; 11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘larning 60 foizi — vakolatli organning hisobvarag‘iga, 40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. |
||||||
|
8. |
Arizani ko‘rib chiqish muddati: |
60 ish kuni |
||||||
|
9. |
Ruxsat beruvchi talablar va shartlar: |
Ekspluatant tomonidan faoliyatni amalga oshirishda ruxsat beruvchi talablar va shartlar quyidagilardan iborat: a) qonunchilik hujjatlariga majburiy rioya qilish; b) ariza beruvchi o‘zgargan (yuridik shaxs uchun — uning nomi yoki joylashgan manzili (pochta manzili) o‘zgargan, jismoniy shaxs uchun — uning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat joyi o‘zgargan) holatda qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng yetti ish kuni mobaynida “O‘zaviatsiya” agentligini xabardor qilish; v) havo kemasi ekspluatantining belgilangan ruxsat beruvchi talablar va quyida keltirilgan shartlarga muvofiqligi: yuridik shaxslar uchun: 1. Ekspluatant havo kemasiga (mulkka egalik huquqlarida yoki ekipajsiz ijara shartlarida), parvozlarni tashkil etish, amalga oshirish va ta’minlash uchun aviatsiya xodimlariga va ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lishi shart. Ekspluatantning asosiy faoliyat yuritish va havo kemasini joylashtirish manzili O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishi shart. 2. Ekspluatantning havo kemasi belgilangan turlardagi va mintaqalardagi parvozlarni amalga oshirishi uchun tegishli ravishda jihozlangan bo‘lishi, aviatsiya xodimlari esa zarur malakaga va tayyorgarlikka ega bo‘lishlari shart. 3. Ekspluatant belgilangan turdagi faoliyatni amalga oshirish uchun yetarlicha moliyaviy resurslar mavjudligini tasdiqlashi shart. 4. Ekspluatant quyidagilarga ega bo‘lishi shart: aviatsiya xizmati; texnik xizmat; ishlab chiqarish-dispetcherlik bo‘linmasi yoki parvozlarni tashkiliy ta’minlash bo‘yicha tegishli ravishda tayyorlangan xodim (dispetcher); parvozlar xavfsizligi bo‘yicha inspeksiya yoki parvozlar xavfsizligi bo‘yicha ekspluatant rahbarining o‘rinbosari (maslahatchisi); aviatsiya xavfsizlik xizmati yoki aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha ekspluatant rahbarining o‘rinbosari; havoda tashishlar va/yoki aviatsiya ishlarini tashkil etish xizmati yoki havoda tashishlar va/yoki aviatsiya ishlarini tashkil etish uchun mas’ul tegishli ravishda tayyorlangan xodim; tibbiy bo‘linma yoki parvozlarning tibbiy ta’minotini tashkil etish uchun mas’ul shifokor; parvozlarning qidiruv, avariya-qutqaruv ta’minot xizmati yoki parvozlarning avariya-qutqaruv ta’minoti uchun tegishli ravishda tayyorlangan mas’ul xodim; aeronavigatsion ta’minot xizmati yoki aeronavigatsiya ta’minotini tashkil etish uchun tegishli ravishda tayyorlangan mas’ul xodim. 5. Ekspluatant quyidagilar uchun mas’ul boshqaruv xodimlariga ega bo‘lishi shart: havo kemasidan aviatsiyada foydalanish va aviatsiya ishlarini tashkil etish qoidalariga rioya etish (fuqaro aviatsiyasi uchuvchisining amaldagi guvohnomasi bilan); havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va uning qoidalariga rioya etish; parvozlarni tashkil etish, rejalashtirish va amalga oshirishning operativ nazoratini ta’minlash; havoda tashishlar va/yoki aviatsiya ishlari ta’minlanishini tashkil etish; aviatsiya xavfsizligini ta’minlash; parvozlar xavfsizligini ta’minlash nazoratini tashkil etish. 6. Ekspluatant havo kemasining ekipajini tashkil etuvchi, ekspluatantning belgilangan parvozlar dasturini bajarish uchun yetarli miqdorda xodimlarga va havo kemasi ekspluatantining texnik xizmat ko‘rsatishni boshqarishga doir qo‘llanmasiga muvofiq havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va bajarish uchun texnik-muhandis xodimlarga ega bo‘lishi shart. 7. Aviatsiya tarkibi va ekipajning xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari, ekspluatantning texnik-muhandis xodimlari aviatsiya mutaxassisining kerakli malakaviy belgilar va ruxsatlar qayd etilgan amaldagi guvohnomalari bilan tasdiqlangan tegishli maxsus tayyorgarlikka va malakaga ega bo‘lishlari shart. 8. Ekspluatant normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, parvozlar xavfsizligini va aviatsiya xavfsizligini ta’minlashga doir axborotni olish, o‘z aviatsiya xodimlariga yetkazish hamda ularning ijrosini nazorat qilish tizimiga ega bo‘lishi shart. 9. Ekspluatant parvozlarning xavfsizligini boshqarish tizimiga ega bo‘lishi kerak. Ekspluatant parvozlarning xavfsizligini boshqarish tizimi doirasida rahbarlik va o‘z aviatsiya xodimlari tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallangan parvozlarning xavfsizligiga doir hujjatlar tizimiga ega bo‘lishi shart. Maksimal sertifikatlangan 27 000 kg dan ko‘proq og‘irlikdagi havo kemasi ekspluatanti parvozlarning xavfsizligini boshqarish tizimining tarkibiy qismi sifatida parvoz ma’lumotlarini tahlil qilish dasturini ishlab chiqishi va bajarishi shart. 10. Ekspluatant havoda tashishlar va/yoki aviatsiya ishlarini operativ boshqarish uchun har bir havo kemasi bilan aloqa mavjud bo‘lishini ta’minlashi kerak. Havo kemasi bilan aloqa ekspluatant tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli ishlarni bajarish huquqiga ega tashkilot bilan shartnoma asosida ta’minlanishi mumkin. 11. Ekspluatant xavfli yuklarni tashish uchun quyidagilarga ega bo‘lishi kerak: xavfli yuklarni tashish qoidalari bo‘yicha malaka darajasini tasdiqlovchi sertifikatga, shuningdek, ekspluatant nomidan aviatsiyada xavfli yuklarni tashish uchun ruxsat berish (ruxsat berishni rad etish) hamda xavfli yuklarning sinfiga (toifasiga) qarab ularni tashish shartlari to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega mas’ul mutaxassis; aviatsiya tarkibi va ekipajning xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarida xavfli yuklarni tashish qoidalari bo‘yicha malaka darajasini tasdiqlovchi sertifikat; “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan xavfli yuklarni tashish bo‘yicha ta’lim va tartibotlarga doir qo‘llanma. 12. Ekspluatant o‘zi foydalanayotgan har bir havo kemasi: parvozga yaroqli holatda saqlanishini; rejalashtiriladigan parvoz uchun kerakli ishga yaroqli foydalanish va avariya uskunalariga ega bo‘lishini; fuqaro havo kemasi parvozga yaroqliligining amaldagi sertifikatiga ega bo‘lishini ta’minlashi shart. 13. Ekspluatant quyidagi axborot hisobga olinishi va saqlanishini ta’minlashi shart: havo kemasi hamda cheklangan resursli va xizmat muddatli barcha agregatlaridan umumiy foydalanish vaqti (tegishli ravishda soatlar, kalendar vaqti va sikllar); barcha majburiy axborotning muvofiqligi, parvozga yaroqlilikni saqlash to‘g‘risidagi joriy ma’lumotlar; modifikatsiyalar va ta’mirlashlar to‘g‘risida tegishli batafsil ma’lumotlar; havo kemasi yoki uning agregatlari so‘nggi kapital ta’mirlashdan keyin ulardan foydalanish vaqti (tegishli ravishda soatlar, kalendar vaqti va sikllar) to‘g‘risida ma’lumotlar; havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatish dasturining bajarilishi to‘g‘risida joriy ma’lumotlar; texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi dalolatnomani imzolashda barcha talablar bajarilganligini tasdiqlovchi texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar. Mazkur bandning yettinchi xatboshisidan tashqari axborot tegishli agregat foydalanishdan butkul olib tashlangandan so‘ng 90 kundan kam bo‘lmagan muddatda saqlanishi kerak. Ushbu bandning yettinchi xatboshisida ko‘rsatilgan axborot texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi dalolatnoma imzolangandan so‘ng eng kamida bir yil saqlanishi shart. Ekspluatant o‘zgargan holatda, mazkur bandda qayd etilgan axborot yangi ekspluatantga taqdim qilinishi shart. 14. Maksimal sertifikatlangan og‘irligi 5 700 kg dan ko‘proq bo‘lgan havo kemasi ekspluatanti texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanish tajribasini nazorat qilishi, umumlashtirishi va baholashi hamda havo kemasini ishlab chiquvchiga havo kemasining parvozga yaroqliligini ta’minlashga salbiy ta’sirni yuzaga keltiradigan yoki yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan ishdan chiqishlar, nosozliklar, nuqsonlar va boshqa hodisalar to‘g‘risidagi axborotni taqdim qilishi shart. Ekspluatant havo kemasini ishlab chiqaruvchidan parvozga yaroqliligini ta’minlashga doir barcha zarur ma’lumotlar va tavsiyalarni olib, ularni atroflicha tahlil qiladi va tegishli harakatlarni “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiradi. 15. Ekspluatantning havo kemasini barcha modifikatsiyalari va ta’mirlash ishlari havo kemasining parvozga yaroqliligiga doir talablarga javob berishi shart. 16. Ekspluatant havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatilgan va texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi tegishli dalolatnoma “O‘zaviatsiya” agentligi tasdiqlagan tashkilot tomonidan rasmiylashtirilgan holatda, havo kemasida parvozlarni amalga oshiradi. Agar havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatish shartnomaga asosan havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti tomonidan bajarilsa, ushbu shartnomaning texnik sohalari “O‘zaviatsiya” agentligi bilan o‘zaro muvofiqlashtirilishi shart. 17. Havo kemasi parvozga yaroqlilik me’yorlariga asosan va aviatsiyada havo kemasidan foydalanishga doir qo‘llanmadagi foydalanish cheklanishlari doirasida ishlatilishi shart. 18. Havo kemasi ekipajning uchuvchilar tarkibiga havo kemasi parvozining trayektoriyasini nazorat qilish, qoidalar bilan talab qilinadigan har qanday harakatlarni bajarish, kutilgan foydalanish sharoitlarida ushbu havo kemasiga tegishli foydalanish cheklovlariga rioya etish imkonini beradigan asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi shart. 19. Ekspluatant havo kemasining yuklanishini parvozlarni amalga oshirishga doir qo‘llanmaga va ekspluatantning tegishli foydalanish hujjatlariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiradi. 20. Ekspluatant aviatsiya xodimlarining o‘z funksional vazifalari doirasida aviatsiya xavfsizligi chora-tadbirlari bilan tanishib chiqishlarini ta’minlaydi va ekspluatantning aviatsiya xavfsizligini ta’minlash dasturi xodimlar tomonidan bajarilishini tashkil etadi. 21. Ekspluatant ekipajining aviatsiya tarkibi xorijiy mamlakatlarning o‘z vazifalariga tegishli va uchib o‘tiladigan hududlarga, foydalaniladigan aerodromlarga va tegishli aeronavigatsion vositalarga (xalqaro parvozlarni bajarish uchun) qo‘llaniladigan qonunlari, qoidalari va tartibotlari bilan tanishib chiqishi shart. 22. Ekspluatant har bir foydalaniladigan havo kemasi ekipajining uchuvchilar tarkibini havo kemasidan foydalanishga doir qo‘llanma va aviatsiyada havo kemasidan foydalanishga doir qo‘llanma bilan ta’minlashi shart. 23. Ekspluatant ekipajining uchuvchilar tarkibi havo kemasi bortida ularning havo kemasi uchib o‘tadigan hududda qidiruv-qutqaruv xizmatlariga tegishli barcha zarur axborotga ega bo‘lishi shart. 24. Ekspluatant ekipajining uchuvchilar tarkibi radiotelefon aloqa yuritishda ishlatiladigan ingliz tilida so‘zlashishi va uni tegishli darajada tushunishi shart (xalqaro parvozlarni bajarish uchun). 25. Ekspluatant ekipajining uchuvchilar tarkibi va xizmat ko‘rsatuvchi tarkibi o‘zining muayyan vazifalari va javobgarliklari yuzasidan instruktajdan o‘tishlari shart. 26. Ekspluatant tashkiliy tuzilmani, boshqaruv va nazorat metodikasini o‘z ichiga oladigan yer ustida xizmat ko‘rsatish tizimiga ega bo‘lishi shart. 27. Ekspluatant O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq majburiy turdagi sug‘urtalanishlarni ta’minlaydi. 28. Ekspluatant quyidagilarga ega bo‘lishi va ularni bajarishi shart: “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan parvozlarni amalga oshirishga doir qo‘llanma, havo kemasi ekspluatantining texnik xizmat ko‘rsatishni boshqarishga doir qo‘llanmasi, parvozlarning xavfsizligini boshqarish tizimiga doir qo‘llanma, havo kemasidan foydalanishga doir qo‘llanma (har bir turdagi havo kemasi uchun), havo kemasi og‘irligi va markazlanishini rostlashga doir qo‘llanma, havo kemasiga yer ustida xizmat ko‘rsatishga doir qo‘llanma; “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan aviatsiyada havo kemasidan foydalanishga doir qo‘llanma (har bir turdagi havo kemasi uchun), texnik xizmat ko‘rsatish dasturi (har bir turdagi havo kemasi uchun), ekipaj a’zolarining yer ustida va parvozdagi tayyorgarlik dasturi, minimal uskunalar ro‘yxati (har bir turdagi havo kemasi uchun), aviatsiya xavfsizligini ta’minlash dasturi. Hujjatlar inson omili sohalari hisobga olingan holda, ishlab chiqiladi, ularning tuzilishi va mazmuni esa standartlar talablariga va Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) tomonidan tavsiya etiladigan amaliyotga muvofiq bo‘lishi shart. 29. Agar ekspluatant boshqa davlatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan havo kemasidan foydalansa, u havo kemasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatga tegishli standartlar talablarini va Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) tomonidan tavsiya etiladigan amaliyotni bajarishi shart. 30. Ekspluatant o‘z faoliyatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablarini bajarishi shart; jismoniy shaxslar uchun: 1. Ekspluatant havo kemasiga mulkka egalik huquqlarida yoki ekipajsiz ijara shartlarida ega bo‘lishi shart. Ekspluatantning asosiy faoliyat yuritish va havo kemasini joylashtirish manzili O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishi shart. 2. Ekspluatant fuqaro aviatsiyasi uchuvchisining kerakli malaka belgilari va ruxsatlar qayd etilgan amaldagi guvohnomalari bilan tasdiqlangan tegishli maxsus tayyorgarlikka va malakaga ega bo‘lishi shart. 3. Yuqoridagi talab va shartlarning 12, 15, 22, 23, 27 va 30-bandlari talablariga javob berishi va ularni bajarishi shart. 4. Ekspluatant “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan parvozlarni amalga oshirishga doir qo‘llanma, havo kemasidan foydalanishga doir qo‘llanma, aviatsiyada havo kemasidan foydalanishga doir qo‘llanma, havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatish dasturi va aviatsiya xavfsizligini ta’minlash dasturiga ega bo‘lishi va ularni bajarishi shart. |
||||||
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas |
||||||
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
3 yil |
||||||
|
12. |
Izoh: |
1. Ekspluatant sertifikati “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan havo kemasidan foydalanish bilan bog‘liq fuqaro aviatsiyasida faoliyatni amalga oshirish uchun beriladi. Ekspluatant sertifikati jismoniy shaxsga faqat uning shaxsiy ehtiyojlari uchun beriladi. 2. Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan o‘rganishlarni o‘tkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sug‘urta polisini sotib olish xarajatlari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan amalga oshiriladi. 3. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “O‘zaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yig‘im to‘langan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay, ekspluatant sertifikati asl nusxasini beradi. 4. Ekspluatant sertifikati “O‘zaviatsiya” agentligi direktori yoki “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining buyrug‘i bilan vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va “O‘zaviatsiya” agentligining muhri bilan tasdiqlanadi. 5. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi fuqaro havo kemasi uchun ekspluatant sertifikati matni ingliz tilida bo‘lishi lozim. 6. Havo kemasining hujjati hisoblangan ekspluatant sertifikati nusxasi “O‘zaviatsiya” agentligining mas’ul mutaxassisi imzosi bilan tasdiqlanadi. 7. Ekspluatant sertifikatiga muvofiq rasmiylashtirilgan foydalanish xususiyatlari ilova qilinadi. Spetsifikatsiyalar tavsiflarning har bir varag‘i “O‘zaviatsiya” agentligi direktori yoki “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining buyrug‘i bilan vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va “O‘zaviatsiya” agentligining muhri bilan tasdiqlanadi. 8. Ekspluatant sertifikati ikki yoki undan ko‘p yuridik (jismoniy) shaxslarga berilishi mumkin emas va boshqa shaxsga berilmaydi. 9. Ekspluatant faqat amaldagi ekspluatant sertifikati mavjud bo‘lgan holatda va foydalanish xususiyatlaridagi shartlar hamda cheklanishlarga muvofiq havo kemasidan fuqaro aviatsiyasida faoliyatni amalga oshirish maqsadlarida foydalanishi mumkin. 10. “O‘zaviatsiya” agentligi belgilangan tartibda ekspluatant sertifikatini berish uchun kerakli hujjatlarni va O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat organlaridagi ma’lumotlarni axborot hamkorligi tizimi vositasida, shu jumladan, elektron hujjat shaklida oladi. 11. Ekspluatant faoliyatini nazorat qilish ekspluatant sertifikatini berish uchun belgilangan ekspluatantning ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiqligini baholash maqsadida inspeksiya tekshiruvlarini o‘tkazish shaklida amalga oshiriladi. Inspeksiya tekshiruvi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Inspeksiya tekshiruvining natijalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. 12. Ekspluatant sertifikatini berish yoki uning berilishini rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun “O‘zaviatsiya” agentligi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar baholanishini va ariza beruvchining sertifikatlash tekshiruvini amalga oshiradi. 13. Hujjatlarning baholanishida ularning butligi hamda ekspluatantga belgilangan faoliyatga doir ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiqligi tekshiriladi. 14. Sertifikatlash tekshiruvi ariza beruvchining havo kemasi joylashgan manzilda ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. 15. Sertifikatlash tekshiruvi “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining buyrug‘i bilan tayinlangan komissiya tomonidan o‘tkaziladi, ushbu buyruqda komissiya tarkibi, dasturi va tekshiruvni o‘tkazish muddatlari ko‘rsatiladi. 16. Hujjatlar va sertifikatsiyaviy tekshiruv baholanishi natijalariga asosan “O‘zaviatsiya” agentligi ariza beruvchiga ekspluatant sertifikatini beradi (yuboradi) yoki uni ekspluatant sertifikatini berish rad etilganligi haqida tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmagan holda yozma shaklda xabardor qiladi. 17. Ekspluatant sertifikatining amal qilishini to‘xtatish uchun asos hisoblangan bir martalik qo‘pol qoida buzilishiga quyidagi holatlar tegishlidir: havo kemasidan, dvigatellar yoki ularning agregatlaridan belgilangan resurslar va xizmat muddatlaridan yuqori foydalanish; nosoz havo kemasida parvozlarni amalga oshirish; maxsus tayyorgarlikka va/yoki tegishli amaldagi aviatsiya mutaxassisi guvohnomasiga ega bo‘lmagan shaxslarga parvozlarni amalga oshirish yoki aviatsiya texnikasiga xizmat ko‘rsatish uchun ruxsat berish; uchuvchi ekipaj tarkibi a’zolari tomonidan belgilangan parvoz ish vaqti va dam olish vaqti me’yorlarining buzilishi; havo kemasini tashkil etish, ta’minlash, undan foydalanish va parvozlarni amalga oshirish qoidalarining aviatsiya hodisasiga olib kelgan buzilishi; uchuvchi ekipaj tarkibi a’zolarini tayyorlash, ta’minlash va malakasini oshirishga doir belgilangan majburiy talablarning buzilishi; fuqaro aviatsiyasida tekshirilishi lozim bo‘lgan aviatsiya hodisalari va noxush voqealarni yashirish; belgilangan tartibotlar buzilgan holda, havo kemasining tuzilishiga parvozlar xavfsizligiga ta’sir etuvchi o‘zgartishlarni kiritish; aviatsiya xavfsizligi yuzasidan parvozdan oldingi tekshiruvdan o‘tkazilmagan yo‘lovchilarni, qo‘ldagi yuklarni, bagajni, yuklarni, pochtani, bort zaxiralarini tashish; yo‘lovchilarni, bagajni yoki yuklarni tashish bo‘yicha foydalanish cheklovlari buzilishi, havo kemasining yuk ortish yoki yo‘lovchilar kabinalarining me’yordan yuqori yuklanishi. 18. Ekspluatantlar inspeksiya tekshiruvlari quyida belgilanganidan kam bo‘lmagan muddatlarda amalga oshiriladi: perrondagi inspeksiya — uch oyda bir marta; marshrutdagi (parvozdagi) inspeksiya — uch oyda bir marta; asosiy obyektlar inspeksiyasi — yiliga bir marta. 19. Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan o‘rganishlarni o‘tkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sug‘urta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi bo‘yicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga ko‘ra qoplanadi. |
53-ILOVA
Fuqaro havo kemasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma
PASPORTI
|
1. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
Fuqaro havo kemasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma |
||||||||
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
Fuqaro havo kemasini uchishga yaroqlilik sertifikatni olish chog‘ida taqdim etish |
||||||||
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik yoki jismoniy shaxslar |
||||||||
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“O‘zaviatsiya” agentligi) |
||||||||
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
1. Fuqaro havo kemasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani olish uchun: a) ariza; arizada quyidagilar aks ettiriladi: 1) (talabgorning) yuridik shaxsning to‘liq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; 2) havo kemasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar: havo kemasining turi; zavodda berilgan raqami; ishlab chiqarilgan sanasi; havo kemasini ishlab chiqaruvchi; maksimal uchish vazni; o‘rnatilgan dvigatellarning ishlab chiqaruvchisi (tashkilot nomi), turi va soni; bazasi joylashgan manzil; 3) mulkdor to‘g‘risidagi ma’lumot: yuridik shaxslar uchun: tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklini ko‘rsatgan holda to‘liq nomi; joylashgan joyi (pochta manzili); telefon raqami / e-mail; jismoniy shaxslar uchun: familiyasi, ismi, otasining ismi; fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari; yashash joyi manzili; telefon raqami / e-mail; b) havo kemasi turining sertifikati; v) jismoniy yoki yuridik shaxsning fuqaro havo kemasiga bo‘lgan mulkiy huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari (shu jumladan, shartnomalar); g) havo kemasi xorijiy davlat havo kemalari reyestridan chiqarilganligi to‘g‘risida hujjat; d) havo kemasi xorijiy davlatdan O‘zbekiston Respublikasiga kelganda, uchishga yaroqlilik eksport sertifikati. 2. Fuqaro havo kemasini O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestridan chiqarish uchun: a) ariza; arizada quyidagilar aks ettiriladi: 1) (talabgorning) yuridik shaxsning to‘liq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; arizani berish sababi:
2) havo kemasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar: havo kemasining turi; milliy va ro‘yxatga olish belgilari; zavodda berilgan raqami; havo kemasini ishlab chiqaruvchi; maksimal uchish vazni; o‘rnatilgan dvigatellarning ishlab chiqaruvchi, turi va soni; yangi egasi/mulkdorning nomi agar havo kemasi sotilsa yoki topshirilsa; yangi ro‘yxatga oluvchi davlat, agar havo kemasi sotilsa yoki topshirilsa; 3) mulkdor to‘g‘risidagi ma’lumot: yuridik shaxslar uchun: tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklini ko‘rsatgan holda to‘liq nomi; joylashgan joyi (pochta manzili); telefon raqami / e-mail; jismoniy shaxslar uchun: familiyasi, ismi, otasining ismi; fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari; yashash joyi manzili; telefon raqami / e-mail; b) ilgari berilgan hujjatlarning asl nusxalari: fuqaro havo kemasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma; fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati; fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha sertifikat; fuqaro havo kemalarining radio jihozlari uchun sertifikat; v) fuqaro havo kemasining 24-bitli manzili (Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) identifikatsiya kodi) fuqaro havo kemasining radiojihozlar tizimidan chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat; g) SELCAL tizimi ASRI (Aviation Spectrum Resources) kompaniyasining ro‘yxatidan chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat (agar ushbu tizim havo kemasida mavjud bo‘lsa); d) avariya radiomayoqlari KOSPAS-SARSAT tizimining ro‘yxatidan chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat. |
||||||||
|
6. |
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: |
Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga; 11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘larning 60 foizi — vakolatli organning hisobvarag‘iga, 40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. |
||||||||
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 7,8 baravari. Yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga; 11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘larning 60 foizi — vakolatli organning hisobvarag‘iga, 40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. |
||||||||
|
8. |
Arizani ko‘rib chiqish muddati: |
10 ish kuni. Fuqaro havo kemasini xorijiy davlat hududida tekshirish amalga oshirilgan hollarda, muddat 30 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin. |
||||||||
|
9. |
Ruxsat etishga oid talab va shartlar: |
a) fuqaro havo kemasining turiga tegishli bo‘lgan fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligi normalariga muvofiqligini ta’minlash;* b) belgilangan resurslar va xizmat muddati doirasida fuqaro havo kemasidan foydalanish;* v) fuqaro havo kemasida uning parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan konstruktiv o‘zgartirishlar yo‘qligini ta’minlash;* g) O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga rioya qilish.* |
||||||||
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas |
||||||||
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
Cheklanmagan |
||||||||
|
12. |
Izoh: |
1. Ushbu Pasportning qoidalari davlat va eksperimental havo kemalari, deltaplanlar, paraplanlar, parashyutlar, boshqarilmaydigan uchuvchisiz aerostatlar, uchuvchisiz uchish qurilmalari hamda meteorologik maqsadlarda ishlatiladigan uchuvchi sharlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 2. Guvohnomani berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun “O‘zaviatsiya” agentligining vakolatli shaxsi fuqaro havo kemasida tekshiruvni o‘tkazib, fuqaro havo kemasining texnik holatini tekshirish dalolatnomasini rasmiylashtiradi. 3. Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida o‘rganishlarni o‘tkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sug‘urta polisini sotib olish xarajatlari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan amalga oshiriladi. 4. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “O‘zaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yig‘im to‘langan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay guvohnomaning asl nusxasini beradi. 5. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi fuqaro havo kemasi uchun guvohnomaning matni ingliz tilida bo‘lishi lozim. 6. Parvozlarni amalga oshirish vaqtida guvohnoma havo kemasida bo‘lishi lozim. Amaldagi guvohnoma bo‘lmagan hollarda havo kemasida parvozlarni amalga oshirish taqiqlanadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan fuqaro havo kemasiga guvohnoma quyidagi hollarda berilishi mumkin: a) O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida fuqaro havo kemasini ekspluatatsiya qilishda; b) havo kemasini sotib olishda (ijaraga olish). 8. Guvohnomani berish tartib-taomillari talabgorning yozma murojaati asosida “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining buyrug‘i bilan vakolat berilgan mutaxassis tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshiriladi. 9. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida guvohnomani berish tartib-taomillari bajarilgan taqdirda, talabgor oldindan taqdim qilmagan ushbu pasportning 5-bandiga muvofiq guvohnomani berish uchun arizaga ilova qilinadigan (talabgor tomonidan havo kemasini qabul qilganidan keyin rasmiylashtiriladigan) hujjatlar tekshiruv o‘tkaziladigan joyda talabgorning vakolatli mutaxassislari tomonidan taqdim etilishi mumkin. 10. Guvohnoma fuqaro havo kemasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda — davlat reyestri) kiritilganligini va O‘zbekiston Respublikasining milliy mansubligiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. 11. “O‘zaviatsiya” agentligi davlat reyestrini yuritadi. 12. Davlat reyestri qog‘oz va elektron shaklda yuritiladi. Qog‘oz shaklidagi yozuvlar bilan elektron shakldagi yozuvlar o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud bo‘lgan taqdirda, qog‘oz shaklidagi yozuvlar ustuvorlikka egadir. 13. Davlat reyestrida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar “O‘zaviatsiya” agentligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi. 14. Fuqaro havo kemasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat reyestriga kiritilganda, fuqaro havo kemasiga ushbu kemaga qayd etiladigan davlat tanish va ro‘yxat belgilari tayinlanadi. Davlat tanish belgisi lotin alifbosining “UK” ikkita harfidan, ro‘yxat belgisi besh arab raqamlaridan tashkil topadi. Fuqaro havo kemasiga tayinlangan davlat tanish va ro‘yxat belgilari, havo kemasining modifikatsiyasi va/yoki egasi o‘zgarishidan qat’i nazar, havo kemasini ekspluatatsiya qilinishi, butun muddati davomida saqlanib qoladi. 15. Davlat reyestriga kiritilgan fuqaro havo kemasi talabgorning murojaati asosida davlat reyestridan chiqariladi. 16. Taqdim etilgan hujjatlar asosida “O‘zaviatsiya” agentligi fuqaro havo kemasini davlat reyestridan chiqaradi va talabgorga fuqaro havo kemasi davlat ro‘yxatidan chiqarilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani beradi. Fuqaro havo kemasi davlat reyestridan chiqarilgan taqdirda, fuqaro havo kemasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma avtomatik ravishda bekor qilinadi. 17. Talabgor fuqaro havo kemasi davlat ro‘yxatidan chiqarilganligi to‘g‘risida guvohnomani olganidan keyin fuqaro havo kemasiga qayd etilgan davlat tanish va ro‘yxat belgilarini havo kemasidan o‘chirib tashlaydi (yo‘q qiladi). 18. Fuqaro havo kemasi mulkdorining yozma murojaatiga ko‘ra Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar to‘g‘risidagi konvensiya (Keyptaun, 2001 yil 16 noyabr) asosida fuqaro havo kemasini davlat reyestridan chiqarish tartib-taomillari amalga oshirilishi mumkin. 19. Hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab besh ish kunidan oshmagan muddatda fuqaro havo kemasini davlat reyestridan chiqarish va havo kemasi davlat ro‘yxatidan chiqarilganligi to‘g‘risida guvohnomani berish tartib-taomillari amalga oshiriladi. 20. Fuqaro havo kemasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan havo kemasi egasi/mulkdorining ma’lumotlari o‘zgartirilgan taqdirda, talabgor tomonidan fuqaro havo kemasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ariza berilishi shart. 21. Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan o‘rganishlarni o‘tkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sug‘urta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi bo‘yicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga ko‘ra qoplanadi. *Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
54-ILOVA
Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati
PASPORTI
|
1. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq fuqaro havo kemasidan foydalanish |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik yoki jismoniy shaxslar |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“O‘zaviatsiya” agentligi) |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
1. Uchishga yaroqlilik bo‘yicha standart sertifikatni olish uchun: a) ariza; arizada quyidagilar aks ettiriladi: 1) (talabgorning) yuridik shaxsning to‘liq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; 2) havo kemasi:
3) arizani berish sababi; 4) havo kemasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar: havo kemasining turi; davlat tanish va ro‘yxat belgilari; zavodda berilgan raqami; ishlab chiqarilgan joyi va sanasi; dvigatellar / havo vintlari turi; havo kemasi toifasi va/yoki qo‘llanilishi; ta’mirlashlarning soni, joyi va oxirgi ta’mirlash sanasi; havo kemasi bazirovka (arenda) joyi; havo kemasi vaznini oxirgi o‘lchash sanasi va joyi; bo‘sh havo kemasi vazni, kg Sentrovkasi (CAX), %; jihozlangan havo kemasining bo‘sh vazni (Basic Empty Weight), kg Sentrovkasi (CAX), %; maksimal uchish vazni, kg; tayinlangan resurs va xizmat qilish muddati uzaytirishlarini hisobga olgan holda (soat/sikl/sana); ta’mirlararo resursi va xizmat qilish muddati uzaytirishlarini hisobga olgan holda (soat/sikli/sana); ekspluatatsiya boshlangan vaqtdan e’tiboran havo kemasining ishlagan vaqti (soat/sikli); oxirgi ta’mirdan keyin havo kemasining ishlagan vaqti (soat/sikli); 5) dvigatellar to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
6) havo vintlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
7) talabgor to‘g‘risidagi ma’lumot: yuridik shaxslar uchun: tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklini ko‘rsatgan holda to‘liq nomi; joylashgan joyi (pochta manzili); telefon raqami / e-mail; jismoniy shaxslar uchun: familiyasi, ismi, otasining ismi; fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari; yashash joyi manzili; telefon raqami / e-mail; b) havo kemasida uning uchishga yaroqliligini aniqlash uchun nazorat-sinov parvozlari (nazorat uchishlari) bajarilganligi to‘g‘risidagi hujjat (bayonnoma, dalolatnoma va boshqalar) nusxasi, ushbu parvoz amalga oshirilgan bo‘lsa; v) ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan havo kemasini tashqi bo‘yash individual/namunaviy sxemasi; g) havo kemasining vazni va sentrovkasini aniqlash to‘g‘risidagi hujjat (bayonnoma, hisobot, dalolatnoma va boshqalar) nusxasi; d) ariza beruvchi tomonidan o‘tkazilgan fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligiga doir tekshiruv to‘g‘risidagi hujjat (bayonnoma, hisobot, dalolatnoma va boshqalar) nusxasi; e) havo kemasi komponentlarining resursini hisobga olish, dvigatellari, uchishga yaroqlilik bo‘yicha direktivalar, servis byulletenlari va texnik xizmat ko‘rsatish dasturi ishlari bo‘yicha hujjatlar (reyestrlar, qaydnomalar, hisobga olish kartochkalari va boshqalar) nusxalari; j) ushbu havo kemasiga tegishli bo‘lgan “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan texnik xizmat ko‘rsatish dasturi va minimal jihozlar ro‘yxati; z) havo kemasi formulyari (maksimal uchish vazni 5000 kg dan kam bo‘lgan havo kemalari uchun); i) resurs va/yoki xizmat muddatini uzaytirish bo‘yicha ishlar bajarilgan havo kemasiga uchishga yaroqlilik bo‘yicha standart sertifikat berilgan bo‘lsa, quyidagi hujjatlar nusxalari: aniq bir namunaviy havo kemasi uchun resurs va/yoki xizmat muddatini belgilash to‘g‘risidagi havo kemasi loyihachisining (ishlab chiqaruvchisining) qarorlari (xulosalari va boshqalar); resurs va/yoki xizmat muddatini uzaytirish mumkinligini aniqlash maqsadida havo kemasining texnik holatini tadqiq etish bo‘yicha havo kemasi loyihalovchisining (ishlab chiqaruvchisining) dasturi; havo kemasining texnik holatini tadqiq etish bo‘yicha dastur natijalariga ko‘ra havo kemasining texnik holatini baholash to‘g‘risidagi dalolatnoma; havo kemasining texnik holatini baholash to‘g‘risidagi dalolatnomada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi dalolatnoma. 2. Uchishga yaroqlilik bo‘yicha maxsus sertifikatni olish uchun a) ariza; arizada quyidagilar aks ettiriladi: 1) (talabgorning) yuridik shaxsning to‘liq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; 2) Havo kemasi:
3) arizani berish sababi; 4) havo kemasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar: havo kemasining turi; davlat tanish va ro‘yxat belgilari; zavodda berilgan raqami; ekspluatatsiyasi boshlangan vaqtdan e’tiboran havo kemasining ishlagan vaqti (soat/sikli); oxirgi ta’mirdan keyin havo kemasining ishlagan vaqti (soat/sikli); oxirgi operativ/davriy texnik xizmat ko‘rsatish (sana, texnik xizmat ko‘rsatish uchun karta/naryadlarining raqami); parvozning maqsadi va mo‘ljallangan yo‘nalishi; maxsus parvozni amalga oshirish uchun ekipaj tarkibi; havo kemasining konstruksiyasi va xarakteristikalari uning konstruksiyasi turiga nomuvofiqligi haqida batafsil tavsif; parvozni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ekspluatatsion cheklovlar va maxsus jihozlar ro‘yxati; parvoz xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tegishli tekshiruvlar yoki sinovlarning natijalari; parvoz uchun aviatsiya yoqilg‘isining hisoblangan miqdori va havo kemasining aslida uchib chiqish vazni; havo kemasi belgilangan maqsadlar va cheklovlar bilan xavfsiz parvozni ta’minlashga qodirligi haqida ma’lumot; b) havo kemasi joylashgan joyda bartaraf etilishi mumkin bo‘lmagan, ushbu turdagi havo kemasining ekspluatatsiya hujjatlariga ko‘ra ruxsat berish va cheklovlar doirasidan chetga chiqqan zarar va/yoki nosozliklar havo kemasining konstruksiyasi yoki uning komponentlarida mavjud bo‘lgan hollarda parvozni amalga oshirish imkoniyati to‘g‘risida fuqaro havo kemasining ishlab chiqaruvchisi (loyihalovchi) bilan kelishuv; v) ariza beruvchining uchuvchi-texnik komissiyasi tomonidan tayyorlangan, xavfsiz parvozni amalga oshirish imkoniyati to‘g‘risidagi xulosa qayd etilgan fuqaro havo kemasining texnik holatini baholash dalolatnomasi. 3. Uchishga yaroqlilik bo‘yicha eksport sertifikatini olish uchun a) ariza; arizada quyidagilar aks ettiriladi: 1) (talabgorning) yuridik shaxsning to‘liq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; 2) arizani berish sababi; 3) havo kemasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar: havo kemasining turi; davlat tanish va ro‘yxat belgilari; zavodda berilgan raqami; ishlab chiqarilgan joyi va sanasi; dvigatellar / havo vintlari turi; havo kemasi toifasi va/yoki qo‘llanilishi; ta’mirlashlarning soni, joyi va oxirgi ta’mirlash sanasi; havo kemasi bazirovka joyi; havo kemasi vaznining oxirgi o‘lchash sanasi va joyi; bo‘sh havo kemasi vazni, kg Sentrovkasi (CAX), %; jihozlangan havo kemasining bo‘sh vazni (Basic Empty Weight), kg Sentrovkasi (CAX), %; maksimal uchish vazni, kg; tayinlangan resursi va xizmat qilish muddati uzaytirishlarini hisobga olgan holda (soat/sikl/sana); ta’mirlararo resursi va xizmat qilish muddati uzaytirishlarini hisobga olgan holda (soat/sikli/sana); ekspluatatsiya boshlangan vaqtdan e’tiboran havo kemasining ishlagan vaqti (soat/sikli); oxirgi ta’mirdan keyin havo kemasining ishlagan vaqti (soat/sikli); 4) dvigatellar to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
5) havo vintlari to‘g‘risida ma’lumotlar:
6) talabgor to‘g‘risidagi ma’lumot: yuridik shaxslar uchun: tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklini ko‘rsatgan holda to‘liq nomi; joylashgan joyi (pochta manzili); telefon raqami / e-mail; jismoniy shaxslar uchun: familiyasi, ismi, otasining ismi; fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari; yashash joyi manzili; telefon raqami / e-mail; b) vakolatli shaxslar tomonidan imzolangan havo kemasini qabul qilish-topshirish dalolatnomasining nusxasi; v) yangi ro‘yxatga olish davlatining Aviatsiya ma’muriyatidan fuqaro havo kemasi ushbu davlatda ro‘yxatga olinishi to‘g‘risidagi xabarnomaning nusxasi; g) havo kemasida uning uchishga yaroqliligini aniqlash uchun nazorat-sinov parvozlari (nazorat uchishlari) bajarilganligi to‘g‘risidagi hujjat (bayonnoma, dalolatnoma va hokazo) nusxasi, ushbu parvoz amalga oshirilgan bo‘lsa; d) havo kemasining vazni va sentrovkasini aniqlash to‘g‘risidagi hujjat (bayonnoma, hisobot, dalolatnoma va hokazo) nusxasi; e) ariza beruvchi tomonidan o‘tkazilgan fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligiga doir tekshiruv to‘g‘risidagi hujjat (bayonnoma, hisobot, dalolatnoma va hokazo) nusxasi; j) havo kemasi komponentlarining resursini hisobga olish, dvigatellari, uchishga yaroqlilik bo‘yicha direktivalar, servis byulletenlari va texnik xizmat ko‘rsatish dasturi ishlari bo‘yicha hujjatlar (reyestrlar, qaydnomalar, hisobga olish kartochkalari va boshqalar) nusxalari; z) havo kemasi formulyari (maksimal uchish vazni 5 000 kg dan kam bo‘lgan havo kemalari uchun); i) resurs va/yoki xizmat muddatini uzaytirish bo‘yicha ishlar bajarilgan havo kemasiga uchishga yaroqlilik bo‘yicha standart sertifikat berilgan bo‘lsa, quyidagi hujjatlar nusxalari: aniq bir namunaviy havo kemasi uchun resurs va/yoki xizmat muddatini belgilash to‘g‘risidagi havo kemasi loyihachisining (ishlab chiqaruvchisining) qarorlari (xulosalari va boshqalar); resurs va/yoki xizmat muddatini uzaytirish mumkinligini aniqlash maqsadida havo kemasining texnik holatini tadqiq etish bo‘yicha havo kemasi loyihalovchisining (ishlab chiqaruvchisining) dasturi; havo kemasining texnik holatini tadqiq etish bo‘yicha dastur natijalariga ko‘ra havo kemasining texnik holatini baholash to‘g‘risida dalolatnoma; havo kemasining texnik holatini baholash to‘g‘risidagi dalolatnomada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida dalolatnoma; k) ilgari berilgan uchishga yaroqlilik sertifikatining asl nusxasi. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
6. |
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: |
Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga; 11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘larning 60 foizi — vakolatli organning hisobvarag‘iga, 40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 7,8 baravari. Yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga; 11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘larning 60 foizi — vakolatli organning hisobvarag‘iga, 40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
8. |
Arizani ko‘rib chiqish muddati: |
10 ish kuni. Fuqaro havo kemasini xorijiy davlat hududida tekshirish amalga oshirilgan hollarda, muddat 30 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
9. |
Ruxsat etishga oid talab va shartlar: |
a) fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligi saqlanishini ta’minlash;* b) havo kemasi quyidagilarga ega bo‘lishi kerak: havo kemasida ro‘yxatga olish va davlat belgilari aks ettirilishi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasvirini ifodalovchi belgi tushirilgan holda tashqi bo‘yalishi;* havo kemasining asosiy kirish yo‘lagida ko‘rinadigan joyga o‘rnatilgan, havo kemasining turi, havo kemasining ro‘yxatga olish va davlat tanish belgilari ko‘rsatilgan tanituvchi tablo;* v) belgilangan resurslar va xizmat muddati doirasida fuqaro havo kemasidan foydalanish;* g) belgilangan muddatlarda uchishga yaroqlilik direktivalari, majburiy byulletenlar va nazorat tariqasida tekshiruvlarni bajarish;* d) O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga rioya qilish.* |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
1. Uchishga yaroqlilik bo‘yicha standart sertifikat bir kalendar yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. 2. Uchishga yaroqlilik bo‘yicha maxsus sertifikat o‘n besh kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. 3. Uchishga yaroqlilik bo‘yicha eksport sertifikati bir kalendar oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
12. |
Izoh: |
1. Uchishga yaroqlilik sertifikati O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish uchun fuqaro havo kemasi uchishga yaroqliligi normalariga muvofiqligini tasdiqlaydi. 2. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchishga yaroqlilik sertifikatining uch turi qo‘llaniladi: uchishga yaroqlilik bo‘yicha standart sertifikat; uchishga yaroqlilik bo‘yicha maxsus sertifikat; uchishga yaroqlilik bo‘yicha eksport sertifikati. 3. Uchishga yaroqlilik sertifikatiga sertifikatning aniq turini aniqlaydigan ikkita harfdan iborat raqam (CA — uchishga yaroqlilik bo‘yicha standart sertifikat, SC — uchishga yaroqlilik bo‘yicha maxsus sertifikat, YEC — uchishga yaroqlilik bo‘yicha eksport sertifikati) va tartib raqami, ortib boruvchi oraliq raqam beriladi. 4. Quyidagi hollarda uchishga yaroqlilik bo‘yicha standart sertifikat beriladi: fuqaro havo kemasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestriga kiritilgandan (uchishga yaroqlilik bo‘yicha standart sertifikatini dastlabki berish), radiojihozlar sertifikati va shovqinlar bo‘yicha sertifikat olgandan keyin; avval berilgan uchishga yaroqlilik bo‘yicha standart sertifikatning amal qilish muddati tugaganda; fuqaro havo kemasining toifasi va/yoki qo‘llanilishi o‘zgarganda. Uchishga yaroqlilik bo‘yicha standart sertifikat raqami ekspluatatsiyada bo‘lgan butun davr mobaynida aniq bir fuqaro havo kemasida saqlanib qoladi. 5. Fuqaro havo kemasi va/yoki parvozlarni amalga oshirish sharoitlari uchishga yaroqlilik normalari talablariga javob bermasa, quyidagi hollarda uchishga yaroqlilik bo‘yicha maxsus sertifikat beriladi: ta’mirlash, modifikatsiyalash yoki texnik xizmat ko‘rsatish lozim bo‘lgan joyga, shuningdek, saqlab turish joyiga havo kemasi uchib borishi uchun; havo kemasi joylashgan joyda bartaraf etilishi mumkin bo‘lmagan, ushbu turdagi havo kemasining ekspluatatsiya hujjatlariga ko‘ra ruxsat berish va cheklovlar doirasidan chetga chiqqan zarar va/yoki nosozliklar havo kemasining konstruksiyasi yoki uning komponentlarida mavjud bo‘lsa; xavf solishi mumkin bo‘lgan hududdan yoki fors-major holati yuzaga kelganda fuqaro havo kemasini evakuatsiya qilish uchun; “O‘zaviatsiya” agentligi qaroriga ko‘ra boshqa har qanday holatlarda. Uchishga yaroqlilik bo‘yicha maxsus sertifikat faqat ma’lum bir parvozni amalga oshirish uchun haqiqiy hisoblanadi va fuqaro havo kemasi sertifikatda ko‘rsatilgan ekspluatatsiya cheklovlarini hisobga olgan holda, belgilangan yo‘nalish bo‘ylab xavfsiz parvozni amalga oshirishga qodirligini tasdiqlaydi. 6. Uchishga yaroqlilik bo‘yicha eksport sertifikati, fuqaro havo kemasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestridan chiqarilib, uni xorijiy davlatning aviatsiya ma’muriyati yurisdiksiyasiga o‘tkazish chog‘ida beriladi. 7. Uchishga yaroqlilik standart sertifikatini berish uchun fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligiga doir tekshiruv o‘tkaziladi. Tekshiruv dasturi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan belgilanadi. Maksimal uchish vazni 5 700 kg dan kam bo‘lgan fuqaro havo kemasida “O‘zaviatsiya” agentligi mutaxassisi tomonidan fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligiga doir tekshiruv o‘tkazilmasligiga yo‘l qo‘yiladi. 8. Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida o‘rganishlarni o‘tkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sug‘urta polisini sotib olish xarajatlari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan amalga oshiriladi. 9. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “O‘zaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yig‘im to‘langan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay uchishga yaroqlilik sertifikatining asl nusxasini beradi. 10. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi fuqaro havo kemasi uchun uchishga yaroqlilik sertifikati matni ingliz tilida bo‘lishi lozim. 11. Parvozlarni amalga oshirish vaqtida uchishga yaroqlilik sertifikati havo kemasida bo‘lishi lozim. Amaldagi uchishga yaroqlilik sertifikati bo‘lmagan hollarda havo kemasida parvozlarni amalga oshirish taqiqlanadi. 12. Fuqaro havo kemasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestridan chiqarilgan taqdirda, uchishga yaroqlilik sertifikati avtomatik ravishda bekor qilinadi. 13. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan fuqaro havo kemasiga uchishga yaroqlilik sertifikati quyidagi hollarda berilishi mumkin: a) O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida fuqaro havo kemasini ekspluatatsiya qilish; b) havo kemasini sotib olish (ijaraga olish). 14. Uchishga yaroqlilik sertifikatini berish tartib-taomillari talabgorning yozma murojaati asosida “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining buyrug‘i bilan vakolat berilgan mutaxassis tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshiriladi. 15. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikatini berish tartib-taomillari bajarilgan taqdirda, talabgor oldindan taqdim qilmagan ushbu pasportning 5-bandiga muvofiq uchishga yaroqlilik sertifikatini berish uchun arizaga ilova qilinadigan (talabgor tomonidan havo kemani qabul qilganidan keyin rasmiylashtiriladigan) hujjatlar, tekshiruv o‘tkaziladigan joyda talabgorning vakolatli mutaxassislari tomonidan taqdim etilishi mumkin. 16. Talabgor ekspluatatsiya qiladigan fuqaro havo kemalariga xorijiy davlat Aviatsiya ma’muriyati tomonidan berilgan uchishga yaroqlilik sertifikatini, bunday sertifikatni berish talablari Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlariga muvofiq bo‘lishi sharti bilan “O‘zaviatsiya” agentligi haqiqiy deb tan oladi. 17. Fuqaro havo kemasini ishlab chiqaruvchi davlat yoki havo kemasining turiga doir sertifikatni bergan vakolatli organ tomonidan belgilangan uchishga yaroqlilik normalarini “O‘zaviatsiya” agentligi tan oladi. 18. Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida o‘rganishlarni o‘tkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sug‘urta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi bo‘yicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga ko‘ra qoplanadi. *Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
55-ILOVA
Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha sertifikat
PASPORTI
|
1. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha sertifikat |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq fuqaro havo kemasidan foydalanish |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik yoki jismoniy shaxslar |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“O‘zaviatsiya” agentligi) |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) ariza; arizada quyidagilar aks ettiriladi: 1) (talabgorning) yuridik shaxsning to‘liq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; 2) havo kemasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar: havo kemasini ishlab chiqaruvchi; havo kemasining turi; havo kemasining modeli; havo kemasining toifasi; milliy va ro‘yxatga olish belgilari; zavodda berilgan raqami; ishlab chiqarilgan joyi va sanasi; maksimal uchish vazni; maksimal qo‘nish vazni; shovqin bo‘yicha sertifikatlash standarti; 3) dvigatellar to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
4) havo vintlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
5) talabgor to‘g‘risidagi ma’lumotlar: yuridik shaxslar uchun: tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklini ko‘rsatgan holda to‘liq nomi; joylashgan joyi (pochta manzili); telefon raqami / e-mail; jismoniy shaxslar uchun: familiyasi, ismi, otasining ismi; fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari; yashash joyi manzili; telefon raqami / e-mail; b) fuqaro havo kemasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma; v) havo kemasida parvoz qilish chog‘ida ishlatiladigan qo‘llanma; g) shovqin bo‘yicha sertifikatsiya o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat; d) havo kemasidan foydalanish paytida shovqin darajasi me’yorlariga ta’sir qiladigan modifikatsiyalar va o‘zgartirishlar havo kemasida bajarilmaganligini tasdiqlovchi hujjat; e) qo‘shimcha ma’lumotlar, agar havo kemasida ruxsat etilgan shovqin darajasi me’yorlariga erishish uchun zarur bo‘lgan tegishli konstruktiv o‘zgartirishlar bajarilgan bo‘lsa. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
6. |
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: |
Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga; 11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘larning 60 foizi — vakolatli organning hisobvarag‘iga, 40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 7,8 baravari. Yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga; 11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘larning 60 foizi — vakolatli organning hisobvarag‘iga, 40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
8. |
Arizani ko‘rib chiqish muddati: |
10 ish kuni. Fuqaro havo kemasini xorijiy davlat hududida tekshirish amalga oshirilgan hollarda, muddat 30 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
9. |
Ruxsat etishga oid talab va shartlar: |
a) fuqaro havo kemasining amaldagi shovqin standartlariga mosligi ko‘rsatilgan, tasdiqlangan namunaviy konstruksiyaga muvofiqligini ta’minlash;* b) fuqaro havo kemasida uning shovqin xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan konstruktiv o‘zgartirishlar yo‘qligini ta’minlash;* v) O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga rioya qilish.* |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
Cheklanmagan |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
12. |
Izoh: |
1. Shovqinlar bo‘yicha sertifikat O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrida ro‘yxatga olingan va shovqin bo‘yicha sertifikatlash o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lgan fuqaro havo kemalariga beriladi. 2. Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan o‘rganishlar uchun xarajatlar (xizmat safari va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sug‘urta polisini sotib olish xarajatlari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan amalga oshiriladi. 3. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “O‘zaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yig‘im to‘langan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay shovqinlar bo‘yicha sertifikatning asl nusxasini beradi. 4. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi fuqaro havo kemasi uchun shovqinlar bo‘yicha sertifikat matni ingliz tilida bo‘lishi lozim. 5. Parvozlarni amalga oshirish vaqtida shovqinlar bo‘yicha sertifikat havo kemasida bo‘lishi lozim. Amaldagi shovqinlar bo‘yicha sertifikat bo‘lmagan hollarda havo kemasida parvozlarni amalga oshirish taqiqlanadi. 6. Fuqaro havo kemasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestridan chiqarilgan taqdirda, shovqinlar bo‘yicha sertifikat avtomatik ravishda bekor qilinadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan fuqaro havo kemasiga shovqinlar bo‘yicha sertifikat quyidagi hollarda berilishi mumkin: O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida fuqaro havo kemasini ekspluatatsiya qilish; havo kemasini sotib olish (ijaraga olish). 8. Shovqinlar bo‘yicha sertifikatni berish tartib-taomillari talabgorning yozma murojaati asosida “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining buyrug‘i bilan vakolat berilgan mutaxassis tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshiriladi. 9. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida shovqinlar bo‘yicha sertifikatni berish tartib-taomillari bajarilgan taqdirda, talabgor oldindan taqdim qilmagan ushbu pasportning 5-bandiga muvofiq shovqinlar bo‘yicha sertifikatni berish uchun arizaga ilova qilinadigan (talabgor tomonidan havo kemani qabul qilganidan keyin rasmiylashtiriladigan) hujjatlar, tekshiruv o‘tkaziladigan joyda talabgorning vakolatli mutaxassislari tomonidan taqdim etilishi mumkin. 10. Shovqinlar bo‘yicha sertifikatda ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘zgartirilgan taqdirda, havo kemasida modifikatsiyalar bajarilgan hollarda, talabgor tomonidan shovqinlar bo‘yicha sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berilishi shart. 11. Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan o‘rganishlar uchun xarajatlar (xizmat safari va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sug‘urta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi bo‘yicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga ko‘ra qoplanadi. *Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
56-ILOVA
Fuqaro havo kemalarining radio jihozlari uchun sertifikat
PASPORTI
|
1. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
Fuqaro havo kemalarining radiojihozlari uchun sertifikat |
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq fuqaro havo kemasidan foydalanish |
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik yoki jismoniy shaxslar |
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“O‘zaviatsiya” agentligi) |
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) ariza; arizada quyidagilar aks ettiriladi: 1) (talabgorning) yuridik shaxsning to‘liq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; 2) havo kemasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar: havo kemasini ishlab chiqaruvchi; havo kemasining turi; milliy va ro‘yxatga olish belgilari; zavodda berilgan raqami; 3) radiosignallarni uzatuvchi radiojihozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
4) havo kemasiga tegishli bo‘lgan chaqiruv signallari, kodlar va manzillar to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
5) talabgor to‘g‘risidagi ma’lumot: yuridik shaxslar uchun: tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklini ko‘rsatgan holda to‘liq nomi; joylashgan joyi (pochta manzili); telefon raqami / e-mail; jismoniy shaxslar uchun: familiyasi, ismi, otasining ismi; fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari; yashash joyi manzili; telefon raqami / e-mail; b) fuqaro havo kemasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma; v) havo kemani ishlab chiqaruvchisining o‘rnatilgan uskunalari ro‘yxati yoki ekvivalent hujjat; g) arizada ko‘rsatilgan komponentlar uchun texnik xizmat ko‘rsatish qo‘llanmalari (component maintenance manual); d) avariya radiomayoqlarini qayta dasturlashni tasdiqlovchi hujjat; e) fuqaro havo kemasining 24-bitli manzili (Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) identifikatsiya kodi) fuqaro havo kemasining radiojihozlar tizimiga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat; j) avariya radiomayoqlari KOSPAS-SARSAT tizimining ro‘yxatiga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat; z) ASRI (Aviation Spectrum Resources) kompaniyasida ro‘yxatiga kiritilganligi bilan birga havo kemasiga SELCAL kodi berganligini tasdiqlovchi hujjat, agar ushbu tizim havo kemasida mavjud bo‘lsa. |
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
6. |
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: |
Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga; 11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘larning 60 foizi — vakolatli organning hisobvarag‘iga, 40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. |
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 7,8 baravari. Yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga; 11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘larning 60 foizi — vakolatli organning hisobvarag‘iga, 40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. |
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
8. |
Arizani ko‘rib chiqish muddati: |
10 ish kuni. Fuqaro havo kemasini xorijiy davlat hududida tekshirish amalga oshirilgan hollarda, muddat 30 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin. |
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
9. |
Ruxsat etishga oid talab va shartlar: |
a) fuqaro havo kemasining turiga tegishli bo‘lgan fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligi normalariga muvofiqligini ta’minlash;* b) ma’lum bir havo kemasiga tegishli bo‘lgan chaqiruv signallarini, kodlarni va manzillarni qo‘llashni ta’minlash, bunda ularni boshqa havo kemasida qo‘llash huquqi berilmaydi;* v) O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga rioya qilish.* |
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas |
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
Cheklanmagan |
|||||||||||||||||||||||||||||||||
|
12. |
Izoh: |
1. Radiojihozlar sertifikati O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrida ro‘yxatga olingan fuqaro havo kemalariga beriladi. 2. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “O‘zaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yig‘im to‘langan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay radiojihozlar sertifikatining asl nusxasini beradi. 3. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi fuqaro havo kemasi uchun radiojihozlar sertifikatining matni ingliz tilida bo‘lishi lozim. 4. Parvozlarni amalga oshirish vaqtida radiojihozlar sertifikati havo kemasida bo‘lishi lozim. Amaldagi radiojihozlar sertifikati bo‘lmagan hollarda, havo kemasida parvozlarni amalga oshirish taqiqlanadi. 5. Fuqaro havo kemasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestridan chiqarilgan taqdirda, radiojihozlar sertifikati avtomatik ravishda bekor qilinadi. 6. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan fuqaro havo kemasiga radiojihozlar sertifikati quyidagi hollarda berilishi mumkin: O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida fuqaro havo kemasini ekspluatatsiya qilish; havo kemasini sotib olish (ijaraga olish). 7. Radiojihozlar sertifikatini berish tartib-taomillari talabgorning yozma murojaati asosida “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining buyrug‘i bilan vakolat berilgan mutaxassis tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshiriladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida fuqaro havo kemasining radiojihozlar sertifikatini berish tartib-taomillari bajarilgan taqdirda, talabgor oldindan taqdim qilmagan ushbu pasportning 5-bandiga muvofiq radiojihozlar sertifikatini berish uchun arizaga ilova qilinadigan (talabgor tomonidan havo kemani qabul qilganidan keyin rasmiylashtiriladigan) hujjatlar, tekshiruv o‘tkaziladigan joyda talabgorning vakolatli mutaxassislari tomonidan taqdim etilishi mumkin. 9. Radiojihozlar sertifikatida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘zgartirilgan taqdirda, havo kemasiga boshqa chizma raqami bilan radiojihozlar o‘rnatilgan hollarda, talabgor tomonidan radiojihozlar sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ariza berilishi shart. 10. Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan o‘rganishlarni o‘tkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sug‘urta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi bo‘yicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga ko‘ra qoplanadi. *Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
57-ILOVA
Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti sertifikati
PASPORTI
|
1. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti sertifikati |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik shaxslar |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“O‘zaviatsiya” agentligi) |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) ariza; arizada quyidagilar ko‘rsatiladi: 1) arizani berish sababi:
2) talabgor to‘g‘risidagi ma’lumot: tashkilotning ro‘yxatga olingan nomi; tashkilotning ro‘yxatga olingan joyi, ro‘yxat raqami; tashkilotning joylashgan joyi, manzili; tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasi bo‘yicha ishlarni bajarish manzili (davlat, shahar, aeroport nomi va boshqalar); telefon raqami / e-mail; tashkilot rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi va bog‘lanish uchun ma’lumotlari; sifat tizimiga nisbatan vakolatli shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi va bog‘lanish uchun ma’lumotlari. 3) ma’lum qilinayotgan faoliyat sohasi haqida ma’lumot:
b) talabgor tomonidan amalga oshirilgan, tashkilotning ma’lum qilinayotgan faoliyat sohasiga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risidagi hujjat (bayonnoma, hisobot, dalolatnoma va boshqalar) nusxasi; v) kelishilgan tashkilotning faoliyati bo‘yicha qo‘llanma; g) kelishilgan sifati bo‘yicha qo‘llanma; d) kelishilgan parvoz xavfsizligini boshqarish qo‘llanmasi; e) rahbar xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari, shuningdek, ularning ma’lumoti va ish tajribasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; j) ruxsat beruvchi xodimlarning ro‘yxati; z) boshqa davlatlarning aviatsiya ma’muriyatlarini tasdiqlash (sertifikatlar) to‘g‘risidagi mavjud hujjatlar ro‘yxati, mavjud bo‘lsa. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
6. |
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: |
Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga; 11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘larning 60 foizi — vakolatli organning hisobvarag‘iga, 40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: |
1-jadval
Izoh. Bir nechta A va/yoki V toifali ruxsatlarga ega bo‘lgan tashkilotlar uchun faqat eng yuqori to‘lov olinadi. Bir nechta C va/yoki D toifali ruxsatlarga ega bo‘lgan tashkilotlar uchun har bir toifali ruxsati uchun to‘lov olinadi. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga; 11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘larning 60 foizi — vakolatli organning hisobvarag‘iga, 40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
8. |
Arizani ko‘rib chiqish muddati: |
45 ish kuni |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
9. |
Ruxsat etishga oid talab va shartlar: |
Umumiy talablar 1. Tashkilot quyidagi talablarga javob berishi lozim: a) ishlab chiqarish masalalarining samarali hal qilinishini ta’minlovchi tashkiliy tuzilmasiga va o‘zining faoliyatini boshqarish tizimiga ega bo‘lish;* b) belgilangan faoliyat sohasiga muvofiq ishlar tashkil etilishi va bajarilishiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan amaldagi hamda belgilangan tartibda hisobga olingan ekspluatatsiya hujjatlariga ega bo‘lish;* v) texnik xizmat ko‘rsatish (reglament) dasturi, uchishga yaroqlilik direktivalari, “O‘zaviatsiya” agentligining buyruq va ko‘rsatmalari, havo kemasini loyihalashtiruvchining (ishlab chiquvchining) byulletenlari bo‘yicha havo kemasiga va uning komponentlariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlari bajarilishini ta’minlash;* g) fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari va ularning talablarini hamda tashkilotning ichki hujjatlarini (shu jumladan, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan hamda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda) o‘z vaqtida o‘rganish va ijro etish maqsadida xodimlar e’tiboriga yetkazish tartib-taomillariga ega bo‘lish;* d) ishlarni bajarish va xodimlar uchun kerakli sharoitlarni yaratish uchun binolar, inshootlar, zarur energiya turlari, ishlab chiqarish xonalari, omborxona, ofis va maishiy binolarga ega bo‘lish;* e) havo kemasini loyihalovchining (ishlab chiquvchining) hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lgan uskunalar va asboblarga, shuningdek, ularni yaroqli holda saqlash tizimiga ega bo‘lish;* j) havo kemasini loyihalashtiruvchining (ishlab chiquvchining) hujjatlariga muvofiq ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan komponentlar, ehtiyot qismlar va sarflash materiallarining kerakli zaxirasiga ega bo‘lish;* z) tashkilot shtatida rejalashtirilgan ishlarning bajarilishini ta’minlashga yetarlicha malakaga ega bo‘lgan xodimlarning mavjud bo‘lishi;* i) xodimlarning malaka darajasini saqlash (oshirish), ularni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimiga ega bo‘lish;* k) aviatsiya texnikasida texnik xizmat ko‘rsatish, modifikatsiyalash, ta’mirlash ishlari va boshqa ishlar to‘la hajmda va texnik xizmat ko‘rsatish (reglament) dasturi, uchishga yaroqlilik direktivalari, “O‘zaviatsiya” agentligining buyruq va ko‘rsatmalari, havo kemasini loyihalovchi (ishlab chiquvchi)ning byulletenlariga muvofiq bajarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ro‘yxatga olinishi va saqlanishini ta’minlash;* l) barcha texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarning tegishli darajada bajarilishini kafolatlaydigan sifatni ta’minlash tizimiga ega bo‘lish;* m) tashkilotning faoliyati bo‘yicha qo‘llanmaga va sifat bo‘yicha qo‘llanmaga ega bo‘lish;* n) parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimiga ega bo‘lish.* Ishlab chiqarish obyektlari 2. Tashkilot quyidagi shartlar bajarilishini ta’minlashi kerak: a) barcha rejalashtiriladigan ishlarni bajarish uchun, xususan, ob-havoning noqulay sharoitlaridan himoya qilishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish obyektlarining mavjudligi. Quyidagi ishlarni amalga oshirish vaqtida bir-biridan ajratilgan, ifloslanish va atrof-muhit ta’siridan himoya qilishni ta’minlaydigan sex va angarlarning mavjudligi: havo kemalariga davriy texnik xizmat ko‘rsatish — davriy texnik xizmat ko‘rsatishning rejalashtirilgan ish hajmiga ko‘ra, havo kemalarning soni va o‘lchami bo‘yicha yetarli bo‘lgan angarlar; komponentlarga texnik xizmat ko‘rsatish — komponentlarga texnik xizmat ko‘rsatishning rejalashtirilayotgan ish hajmini ta’minlash uchun yetarlicha keng bo‘lgan sex (laboratoriya, uchastka)lar; b) ushbu bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan barcha rejalashtirilgan ishlarni boshqarishni ta’minlash, shuningdek, texnik xizmat ko‘rsatish standartlarida belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga sharoit yaratish maqsadida ruxsat beruvchi xodimlarni joylashtirish uchun xizmat (ofis) xonalarining mavjudligi; v) ishlab chiqarish muhiti, shu jumladan, uskunalar bilan ishlash uchun angarlar, sexlar (laboratoriyalar, uchastkalar) sharoitlari ehtimoliy maxsus talablarni hisobga olgan holda, u yerda bajariladigan ishlarga mos bo‘lishi. Alohida sharoitlarda maxsus ishlar turlarini bajarish hollaridan tashqari mehnat sharoitlari xodimlarning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak, shu bilan birga: harorat rejimi xodimlar ortiqcha noqulayliksiz, ularga yuklangan ishlarni bajarish uchun mos ravishda ta’minlanishi kerak; chang va boshqa shunga o‘xshash havo ifloslanishi omillari minimallashtirilgan bo‘lishi kerak, havo kemasi va/yoki komponent yuzasida ko‘rinadigan chang qoplamasi paydo bo‘lishiga, ish joyining bunday ifloslanish darajasiga yo‘l qo‘yilmaydi. Chang yoki yuza qismida ko‘rinadigan chang qoplamasi shaklida boshqa ifloslanishlar paydo bo‘lsa, qulay ish sharoitlari tiklanguniga qadar barcha ifloslanishga sezgir tizimlarning joylarini zich ravishda yopish kerak; yorug‘lik barcha turdagi tekshiruvlar, ko‘riklar va boshqa texnik ishlar samarali bajarilishini ta’minlash kerak; shovqin xodimlarga ishlarni bajarishda xalaqit bermasligi kerak. Shovqin manbaini rostlashning imkoni bo‘lmagan hollarda, ko‘rsatilgan xodimlar ortiqcha shovqinning ishlarni bajarishga salbiy ta’sirini istisno qiluvchi zarur shaxsiy shovqindan himoya qilish vositalari bilan ta’minlanishi kerak; texnik xizmat ko‘rsatishda aniq bir ish uchun yuqorida tavsiflanganlardan farq qiladigan ishlab chiqarish muhiti maxsus sharoitlari yaratilishi talab qilinadigan bo‘lsa, bunday sharoitlar yaratilishi kerak bo‘ladi. Bunday maxsus sharoitlar texnik xizmat ko‘rsatish hujjatlarida ko‘rsatiladi; tezkor texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish sharoitlari ishlar ortiqcha zo‘riqish va charchash holatlarisiz bajarilishini ta’minlashi lozim. Shu sababli, ish sharoitlari harorat, namlik, tuman, muz, qor, shamol, yorug‘lik, chang yoki havoning boshqa tarzda ifloslanishi sababli noqulay darajagacha yomonlashgan hollarda, aniq ish yoki texnik xizmat ko‘rsatish turi qulay ish sharoitlari tiklanguniga qadar to‘xtatib turilishi kerak; g) komponentlar, uskunalar, asboblar va materiallarni joylashtirish uchun xavfsizlik vositalari bilan jihozlangan omborxonalarning mavjudligi. Saqlash sharoitlari talablarga javob beradigan hamda bermaydigan komponentlar va materiallarni hamda barcha komponentlar, materiallar, uskunalar va asboblarni alohida saqlash imkoniyatini ta’minlashi kerak. Saqlash sharoitlari aviatsiya texnikasi ishlab chiqaruvchilarining ko‘rsatmalariga javob berishi, ushbu xonalarga kirish esa chegaralangan bo‘lib, faqat vakolatli xodimlarga kirish ruxsati berilishi kerak. Xodimlar 3. Tashkilotda mas’ul rahbarga ishlar buyurtmachisining talablariga muvofiq texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha ishlarni o‘z vaqtida bajarish va moliyalashtirish uchun javobgarlik yuklanadi. Tashkilot mas’ul rahbarning majburiyatlari quyidagilardan iborat: a) ushbu Talablarning 55-bandiga muvofiq texnik xizmat ko‘rsatish uchun barcha zarur resurslar mavjudligini ta’minlash. Bu tashkilot tomonidan tasdiqlashning haqiqiyligini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan omildir; b) ushbu Talablarning 54-bandiga muvofiq parvozlar xavfsizligi va aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish sifati sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va joriy qilish. 4. Tashkilotning ushbu talablarga doimo muvofiq bo‘lishi bo‘yicha javobgarlik yuklangan rahbar xodimlari tayinlangan bo‘lishi zarur. Rahbar xodimlar bevosita tashkilotning mas’ul rahbariga bo‘ysunadi, shu bilan birga: a) bir kishi yoki vakolatli shaxslar guruhi (rahbar xodimlar) o‘zida ushbu tashkilotdagi texnik xizmat ko‘rsatishni boshqarish tuzilmasini namoyon qiladi va ushbu talablarda nazarda tutilgan barcha vazifalarning bajarilishi yuzasidan javobgar bo‘ladi; b) rahbar xodimlar havo kemalariga yoki komponentlarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan tegishli bilim, ish tajribasi va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart. 5. Mazkur Talablarning 3-bandiga ko‘ra mas’ul rahbar sifat tizimiga, jumladan mazkur Talablarning 62-bandiga asosan qaytadigan aloqa tizimiga javobgar shaxsni tayinlashi zarur. Ushbu tayinlagan shaxs tashkilotning mas’ul rahbariga sifat va talablarga muvofiqlik masalalari to‘g‘risida axborot berilishini ta’minlash maqsadida mas’ul rahbar oldiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish huquqiga ega bo‘lishi lozim. 6. Tashkilot quyidagilarga ega bo‘lishi shart: a) tasdiqlanish sohasiga muvofiq ishlarni rejalashtirish, bajarish, ishlab chiqarishni boshqarish, tashkilotda sifatni nazorat qilish uchun yetarli bo‘lgan o‘z xodimlariga egaligini tasdiqlovchi ish bilan ta’minlanganlik rejasi; b) shtatdagi haqiqiy xodimlarning soni aniq ish smenasiga yoki ish davriga rejalashtirilgandan kam bo‘lgan hollarda, bajarishga qabul qilingan ishlarni tezkorlik bilan qayta rejalashtirish tartib-taomillari; v) tashkilot va ekspluatant o‘rtasidagi texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasida nazarda tutilgan ishchi texnologik kartalarni, texnik xizmat ko‘rsatish dasturlarini, minimal uskunalar ro‘yxatini va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun muhandislik bo‘limi. 7. Tashkilot “O‘zaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan tartib-taomillarga muvofiq texnik xizmat ko‘rsatishni bajarishda, boshqarishda yoki sifatni nazorat qilishda ishtirok etuvchi xodimlarning bilim va malaka darajasini belgilashi va nazorat qilishi kerak. Tashkilot texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi barcha xodimlarning o‘ziga yuklangan vazifalar va mas’uliyatlarga muvofiq dastlabki va keyingi ta’lim olishini ta’minlaydi. Tashkilot tomonidan joriy etiladigan o‘quv dasturida inson imkoniyatlari sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish, shu jumladan, havo kemasini ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari bilan shug‘ullanadigan boshqa xodimlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish maqsadida mashg‘ulotlar ko‘zda tutilishi kerak. 8. Tashkilot havo kemalarini va/yoki komponentlarni putur yetkazmasdan nazorat qilish kabi uchishga yaroqlilikni ta’minlash bilan bog‘liq maxsus turdagi ishlarni bajaruvchi yoki nazorat qiluvchi xodimlar havo kemalarini va/yoki komponentlarini ishlab chiqaruvchilarning normativ talablariga javob beradigan malakaga ega bo‘lishini ta’minlashi zarur. 9. Sifat tizimiga javobgar shaxs ishlarni bajarish uchun ruxsat berilgan xodimlarga tashkilot nomidan ruxsatnomalar berilishi uchun ham javobgar bo‘lishi kerak. Bunday shaxs sifat bo‘yicha qo‘llanmada ko‘rsatilgan tartib-taomillarga muvofiq yuqorida ko‘rsatilgan ruxsatnomalarni berish yoki qaytarib olishni amaliy jihatdan rasmiylashtirish bo‘yicha vakolatlarni boshqa shaxsga topshirish huquqiga ega. 10. Tashkilot barcha muhandis-texnik xodimlarning ro‘yxatini yuritishi lozim. Xodimlar ro‘yxatida quyidagilar ko‘rsatilishi zarur: a) “O‘zaviatsiya” agentligi va tashkilot tomonidan texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislarga berilgan guvohnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; b) xodimlarning barcha o‘tgan tayyorgarliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; v) berilgan ruxsatnomalarning sohalari; g) chegaralangan yoki bir martalik ruxsatnomalarga ega bo‘lgan xodimlar bo‘yicha ma’lumotlar. 11. Tashkilot ro‘yxatidagi ma’lumotlarni shaxs muhandis-texnik xodimlar tarkibidan ishdan bo‘shagan kundan yoki ruxsatnoma bekor qilingan kundan e’tiboran kamida ikki yil davomida saqlashi shart. Bundan tashqari, muhandis-texnik xodimlar tarkibidan ishdan bo‘shayotgan xodimning so‘rovi bo‘yicha tashkilot unga yuqorida ko‘rsatilgan ro‘yxatdan ko‘chirma berishi shart. 12. Muhandis-texnik xodimlar tarkibidagi shaxsning so‘roviga ko‘ra unga yuqorida ko‘rsatilgan ro‘yxatdan shaxsiy ma’lumotlarni olishga ruxsat berilishi shart. 13. Texnik xizmat ko‘rsatishdan keyin havo kemasini parvozga qo‘yish huquqini beruvchi ruxsatnoma tashkilot tomonidan ruxsat beruvchi xodimlarga qog‘oz yoki elektron ko‘rinishda beriladi. 14. Ruxsat beruvchi xodimlar ushbu bo‘limning 13-bandiga muvofiq berilgan ruxsatnoma mavjudligini tasdiqlovchi hujjatni 24 soat ichida vakolatli shaxsga taqdim etishi shart. Uskunalar, asboblar va materiallar 15. Tashkilot faoliyatning tasdiqlangan sohasiga muvofiq aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan uskunalar, asboblar va materiallarga ega bo‘lishi lozim. Aviatsiya texnikasini ishlab chiqaruvchi ko‘rsatmasi bo‘yicha aniq uskunalar yoki asboblardan foydalanish belgilangan bo‘lsa, tashkilot aynan shu uskunalar yoki asboblardan foydalanishi lozim, tashkilotning faoliyati bo‘yicha qo‘llanmada uskunalar yoki asboblarning boshqa turlaridan foydalanish bo‘yicha tartib-taomillar bayon etilgan hollar bundan mustasno. Uskunalar va asboblar doimiy ravishda tashkilotning tasarrufida bo‘lishi lozim, uskunalar va asboblar kamdan-kam hollarda kerak bo‘lib, ular doimiy tasarrufda mavjud bo‘lishi zarur bo‘lmagan hollar bundan mustasno. Bunday holatlar tashkilotning faoliyati bo‘yicha qo‘llanmada batafsil bayon etilgan bo‘lishi zarur. Davriy texnik xizmat ko‘rsatish uchun tasdiqlangan tashkilot havo kemasini tekshirish va ko‘zdan kechirish ishlarining puxta bajarilishi uchun zarur bo‘lgan barcha platformalar (yoki bunga ekvivalent bo‘lgan uskunalar) va boshqa zarur vositalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 16. Tashkilot barcha uskunalar va asboblarning, ayniqsa, nazorat qilish vositalarining hisobi yuritilishini hamda ishlash layoqati va aniqlikni ta’minlash davrida metrologik nazoratdan o‘tkazilishini ta’minlashi zarur. Tashkilot bunday metrologik nazoratni va bu hollarda foydalaniladigan standartlar bo‘yicha hisobga olish hujjatlarining yuritilishini ta’minlashi lozim. Komponentlar 17. Barcha komponentlar, standart mahsulotlar va materiallar quyidagicha tasniflanishi va ajratilishi kerak: a) qoniqarli holatda bo‘lgan, foydalanish uchun ruxsat berilgan (masalan, FAA 8130-3 yoki EASA Form 1 yoki ekvivalent hujjat) va ushbu bo‘limning 18-bandiga muvofiq markirovka qo‘yilgan komponentlar; b) ishga yaroqsiz, mazkur bo‘limning talablariga muvofiq texnik xizmat ko‘rsatish ishlari bajarilishi zarur bo‘lgan komponentlar; v) ushbu Talablarning 25-bandiga muvofiq tasniflanadigan, tiklab bo‘lmaydigan komponentlar; g) ishlab chiqaruvchi tomonidan asosiy qismlarning tasvirlangan katalogida va/yoki texnik xizmat ko‘rsatish hujjatlarida ko‘rsatilgan, havo kemasida, dvigatelda, havo vintida yoki havo kemasining boshqa komponentida foydalaniladigan standartli mahsulotlar; d) texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida sarflash materiallari va xomashyo sifatida foydalaniladigan materiallar. Barcha materiallar materialning aniq markasi uchun rasmiylashtirilgan, talablarga (o‘ziga xos xususiyatlarga) muvofiqligini tasdiqlovchi ma’lumotlardan va materialning ishlab chiqaruvchisi hamda yetkazib beruvchisi ko‘rsatilgan kelib chiqish manbaidan iborat kuzatuv hujjatlariga ega bo‘lishi lozim. 18. Texnik xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya qilish qo‘llanmasida almashtirilishi mumkinligi ko‘zda tutilgan komponentlarda mahsulot kodi, chizma va zavod raqami markirovkasi tushirilgan bo‘lishi kerak. Agar komponentning o‘lchami kichik bo‘lsa va markirovkani to‘liq hajmda bajarish mumkin bo‘lmasa, zarur ma’lumotlar kuzatuv hujjatlariga kiritilishi kerak. 19. Ekspluatatsiya hujjatlarida nazarda tutilgan komponentlarning pasportlariga (yorlig‘iga) nisbatan tashkilot ularni rasmiylashtirish va yuritish tartib-taomillariga ega bo‘lishi kerak. 20. Komponentni havo kemasiga o‘rnatishdan oldin tashkilot turli modifikatsiyalar va/yoki uchishga yaroqlilik direktivalari qo‘llanilishini hisobga olgan holda aniq komponent o‘rnatilishining to‘g‘riligini, kuzatuv hujjatlarning mavjudligini va ular tashkilotda belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishi zarur. 21. Havo kemasiga kuzatuv hujjatlari (masalan, EASA Form 1, formulyar, pasport, yorliq, talon, birka) rasmiylashtirilgan, aniq turdagi havo kemasining tasdiqlangan konstruktorlik-texnologik hujjatlariga muvofiq bo‘lgan, zarur reglament ishlari o‘tkazilgan (kirish nazorati, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash) faqat konditsion (tasdiqlangan) komponentlarni o‘rnatish mumkin. 22. Havo kemasidan yechilgan komponentlar uchun kuzatuv hujjatlari rasmiylashtirilishi, ulash joylari teshiklari va ulagichlar begona predmetlar tushishidan va ifloslanishdan himoyalangan bo‘lishi kerak. 23. Tashkilot havo kemasi va/yoki komponent turiga berilgan sertifikat egalariga “O‘zaviatsiya” agentligiga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida aniqlangan, nokonditsion (tasdiqlanmagan) butlovchi qismlar, standart mahsulotlar yoki komponentlar va ularning kuzatuv hujjatlari to‘g‘risida haqqoniy va to‘la ma’lumot taqdim etishi zarur. Komponentlarning va kuzatuv hujjatlarining yuqorida qayd etilgan talablarga nomuvofiqligi to‘g‘risida shubha paydo bo‘lganda yoki nomuvofiqligi tasdiqlanganda, ularni havo kemasiga o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday hollarda komponentlarni nokonditsion (tasdiqlanmagan) va havo kemasida foydalanish uchun yaroqsiz deb tasniflash kerak. Bunday mahsulotlar aniqlangan nomuvofiqlikning aniq xususiyatini tavsiflagan holda zudlik bilan izolyatsiya qilinishi lozim. 24. Tashkilotning faoliyati bo‘yicha qo‘llanmada tegishli tartib-taomillar va texnologiyalar ko‘rsatilgan bo‘lsa, tashkilot texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish chog‘ida o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlarida foydalanish uchun tarkibiy qismlarning cheklangan nomenklaturasini ishlab chiqarish huquqiga ega. Standart mahsulotlar va komponentlar (mahkamlash elementlari va boshqalar) qabul qilingan milliy yoki tarmoq standartlariga va konstruktorlik-texnologik hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarilgandagina, ulardan ma’lum bir turdagi havo kemasida texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalanishga ruxsat etiladi. O‘ta mas’uliyatli detallar toifasiga kiradigan komponentlardan havo kemasida foydalanishga ularni havo kemasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlab chiqarish ma’qullangan holda ruxsat etiladi. 25. Belgilangan resurslarini yoki xizmat muddatini ishlab bo‘lgan yoxud ta’mirlab bo‘lmaydigan buzilish holatiga kelgan (shikastlangan) komponentlar qayta tiklanmaydigan deb tasniflanadi hamda ekspluatatsiyaga, shu jumladan, komponentlarning aylanma tizimiga qaytarilmaydi, komponentning resursi (xizmat muddati) uzaytirilgan yoki uni ta’mirlash uchun hujjatlar ishlab chiqilib, tasdiqlangan hollar bundan mustasno. Quyidagi komponentlar turlari odatda qayta tiklab bo‘lmaydigan deb tasniflanadi: 1) ta’mirlab bo‘lmaydigan nuqsonli komponentlar; 2) ishlab chiqarilganiga doir hujjatlarga nomuvofiq bo‘lgan va bunday hujjatlarga muvofiq keltirish imkoni bo‘lmagan komponentlar; 3) nomaqbul modifikatsiyaga yoki qayta ishlashga yuborilgan, to‘g‘rilab bo‘lmaydigan komponentlar; 4) cheklangan yaroqlilik muddati yetib kelgan yoki oshib ketgan yoxud kuzatuv hujjatlarida mavjud bo‘lmagan yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarga ega bo‘lgan mahsulotlar; 5) ekstremal sharoitlarda bo‘lganligi, qizib ketish yoki zararli sharoitlar tufayli uchishga yaroqliligi holatini qaytarish imkoniyati bo‘lmagan komponentlar; 6) qo‘llaniladigan uchishga yaroqlilik direktivalariga muvofiqlashtirish imkoni bo‘lmagan komponentlar; 7) texnik xizmat ko‘rsatish va/yoki ishlab chiqarishni kuzatish va ekspluatatsiya ma’lumotlarini tiklab bo‘lmaydigan komponentlar. 26. Tashkilot yaroqsiz komponentlar xizmat ko‘rsatishga va belgilangan maqsadlariga ko‘ra ekspluatatsiyaga qaytishini istisno etuvchi sharoitlarda joylashtirilishi choralarini ko‘rishi lozim. Texnik xizmat ko‘rsatish hujjatlari 27. Tashkilot o‘z tasarrufida texnik xizmat ko‘rsatish, shu jumladan, modifikatsiyalash va ta’mirlash ishlarini bajarishda qo‘llaniladigan texnik xizmat ko‘rsatish hujjatlariga ega bo‘lishi va ulardan foydalanishi zarur. 28. Texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘llaniladigan hujjatlar quyidagilar hisoblanadi: a) havo kemasi yoki komponentga nisbatan nazoratni amalga oshiruvchi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan chiqarilgan va qo‘llaniladigan har qanday talablar, texnologiyalar va ekspluatatsiya direktivalari yoki boshqa ma’lumotlar; b) havo kemasi yoki komponent bo‘yicha nazoratni amalga oshiruvchi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan chiqarilgan va qo‘llaniladigan har qanday uchishga yaroqlilik direktivalari; v) havo kemasi turiga berilgan sertifikat (shu jumladan uning qo‘shimchalari) egalari tomonidan hamda aviatsiya texnikasini sertifikatlash talablariga muvofiq bunday ko‘rsatmalarni chiqaradigan tashkilotlar tomonidan chiqarilgan uchishga yaroqlilikni talab darajasida saqlash bo‘yicha qo‘llaniladigan ko‘rsatmalar, xorijiy havo kemalari yoki komponentlar uchun esa — havo kemalari yoki komponentga nisbatan nazoratni amalga oshiruvchi xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan uchishga yaroqlilik bo‘yicha ishlab chiqilgan majburiy ma’lumotlar; g) mazkur Talablarning 30-bandiga muvofiq chiqarilgan har qanday qo‘llaniladigan hujjatlar va ma’lumotlar. 29. Tashkilot ishlab chiqarish xodimlari tomonidan foydalaniladigan texnik xizmat ko‘rsatish hujjatlarida to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri tartib-taomillar yoki texnologiyalar, ma’lumotlar yoki ko‘rsatmalar aniqlangan taqdirda, bunday ma’lumotlarning ro‘yxatga olinishini va texnik xizmat ko‘rsatish hujjatlari muallifiga xabar berilishini ta’minlovchi tartib-taomillarni belgilashi shart. 30. Tashkilot texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalarga tashkilotning sifat bo‘yicha qo‘llanmasida belgilangan tartibdagina o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. Ushbu o‘zgartirishlarga nisbatan tashkilot ular texnik xizmat ko‘rsatishning ekvivalent yoki yanada yuqoriroq standartlari ta’minlashini ifodalab berishi hamda havo kemasi turiga berilgan sertifikat egasini bunday o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabardor qilishi zarur. 31. Tashkilot o‘z faoliyatida qo‘llash uchun ishchi texnologik kartalarini ishlab chiqish bo‘yicha umumiy tizimni yaratishi shart. Bundan tashqari, tashkilot mazkur Talablarning 27 va 28-bandlari bilan nazarda tutilgan texnik xizmat ko‘rsatish hujjatlaridan ushbu ishchi texnologik kartalariga to‘la va aniq ma’lumotlarni kiritishi lozim yoki texnik xizmat ko‘rsatish hujjatlarida ko‘rsatilgan texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish bo‘yicha muayyan ko‘rsatmalarga doir aniq havolalarni ishchi texnologik kartalarida berishi zarur. Ishchi texnologik kartalarini kompyuterdan foydalangan holda shakllantirishga va ma’lumotlar bazasini ruxsatsiz o‘zgartirishlardan to‘g‘ri himoyalash sharoitlarini yaratish va zaxira ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lish sharti bilan elektron bazada saqlashga yo‘l qo‘yiladi. Bunda zaxira ma’lumotlar bazasi asosiy ma’lumotlar bazasiga har qanday o‘zgartirish kiritilgan vaqtdan boshlab 24 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda yangilanishi lozim. Texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha murakkab ishlar bajarilishining hisobini yuritish uchun ularning texnologiyalari ishlarni aniq va tushunarli bosqichlarga taqsimlagan holda ishchi texnologik kartalarga kiritilishi kerak. Tashkilot o‘zining ishchi texnologik kartalari tizimidan foydalanishni talab qilgan havo kemasi ekspluatantiga texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlarini taqdim etayotganda, ekspluatantning bunday kartalar tizimidan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Bu holda tashkilot havo kemasi ekspluatantining ishchi texnologik kartalari to‘g‘ri bajarilishini ta’minlaydigan tartib-taomillarni qabul qilishi shart. 32. Tashkilot o‘z xodimlariga texnik xizmat ko‘rsatish hujjatlaridan to‘siqsiz foydalanish imkoniyatini ta’minlashi zarur. 33. Tashkilot texnik xizmat ko‘rsatish hujjatlari holatini nazorat qilish uchun ushbu hujjatlar o‘z vaqtida yangilanishini ta’minlaydigan tartib-taomillarni belgilashi zarur. Hujjatlar holatining bu kabi nazoratini ekspluatant va/yoki buyurtmachining o‘zi amalga oshirib, o‘zi texnik xizmat ko‘rsatish hujjatlarini taqdim etayotgan bo‘lsa, tashkilot ekspluatant va/yoki buyurtmachining texnik xizmat ko‘rsatish hujjatlariga barcha zarur o‘zgartirishlar kiritilganligini tasdiqlovchi xatni yoxud havo kemasining ekspluatanti va/yoki buyurtmachi taqdim etgan va foydalanilishi lozim bo‘lgan texnik xizmat ko‘rsatish hujjatlari mavqeyi belgilangan shartnomani yoxud texnik xizmat ko‘rsatish hujjatlarining o‘zgartirishlarni hisobga olish varag‘ini taqdim etishi zarur. Ishlab chiqarishni rejalashtirish 34. Tashkilot bajariladigan ishlarning hajmi va murakkabligiga javob beradigan hamda barcha resurslarni, shu jumladan xodimlar, uskunalar, asboblar, materiallar, texnik xizmat ko‘rsatish hujjatlari, texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini xavfsiz bajarish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish xonalarini rejalashtirishda foydalaniladigan ishlab chiqarishni rejalashtirish tizimiga ega bo‘lishi shart. 35. Texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini rejalashtirish va smenali ishlarni tashkil etish insonning psixofiziologik cheklovlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi zarur. 36. Smena almashishi yoki bajaruvchilar tarkibining o‘zgarishi sababli texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini davom ettirish yoki tugatish boshqa shaxslarga topshirilishi zarurati tug‘ilganda, tegishli ma’lumotlar ishni topshiruvchi tomonidan yangi kelayotgan xodimlarga tegishlicha topshirilishi lozim. Texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi guvohnoma 37. Texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi guvohnoma mazkur Talablarning “Texnik xizmat ko‘rsatish hujjatlari” bo‘limida ko‘rsatilgan texnik xizmat ko‘rsatish hujjatlarining mavjudligini va ulardan foydalanilganligini hisobga olgan holda, tashkilot tomonidan texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha ishlar shartnomaga muvofiq to‘liq va sifatli bajarilgani tekshirilgandan so‘ng, shuningdek, parvozlar xavfsizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi nomuvofiqliklarning yo‘qligi tasdiqlangandan keyin tashkilot nomidan ishlarni bajarishga tegishli ruxsatnoma berilgan ruxsat beruvchi va muhandis-texnik xodimlar tomonidan rasmiylashtiriladi. 38. Texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi guvohnoma har qanday texnik xizmat ko‘rsatish ishlari yakuniga yetgandan keyin parvozlar tiklanguniga qadar rasmiylashtirilishi zarur. 39. Bajarilgan texnik xizmat ko‘rsatish ishlari jarayonida yangi aniqlangan buzilishlar, shikastlanishlar yoki yakuniga yetkazilmagan ishlar havo kemasi ekspluatanti e’tiboriga yetkazilishi zarur, bunda buzilishlar, shikastlanishlarni bartaraf etish yoki shartnoma bo‘yicha yakuniga yetkazilmagan operatsiyalarni oxiriga yetkazish uchun havo kemasi ekspluatanti roziligini olish ko‘zda tutiladi. Havo kemasi ekspluatanti mazkur bandda ko‘rsatilgan ishlar bajarilishiga rozilik bermagan hollarda, mazkur Talablarning 41-bandi qoidalari tatbiq etiladi. 40. Texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi guvohnoma havo kemasi bortidan demontaj qilingan har qanday komponentda texnik xizmat ko‘rsatish ishlari yakuniga yetkazilganidan keyin rasmiylashtirilishi zarur. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan komponentning formulyarida (pasporti, yorlig‘i) qo‘yilgan belgi yoki xorijiy komponentlar uchun — yorliq (EASA Form 1 yoki uning ekvivalenti) komponentda texnik xizmat ko‘rsatish bajarilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma hisoblanadi. 41. Mazkur Talablarning 39-bandidan, istisno tariqasida, tashkilot tomonidan shartnomada nazarda tutilgan barcha texnik xizmat ko‘rsatish ishlari to‘la-to‘kis yakuniga yetkazilishining imkoni bo‘lmagan hollarda, tashkilot berilgan havo kemasi uchun tasdiqlangan cheklovlar doirasida texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi guvohnomani berishga haqli. Tashkilot bunday guvohnomani imzolashdan oldin havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi guvohnomada umumiy ravishda ushbu holatni aks ettirishi lozim. 42. Mazkur Talablarning “Komponentlar” bo‘limi va 38-bandidan, istisno tariqasida, tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi guvohnoma berilgan komponent yo‘qligi tufayli asosiy bazirovkasi yoki texnik xizmat ko‘rsatish liniyasi/tashqi liniya stansiyasi hisoblanmagan joyda havo kemasi majburan turib qolganda, tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi guvohnoma berilmagan komponentni ko‘pi bilan 30 soat uchish vaqtiga teng bo‘lgan muddatga yoxud asosiy bazirovkasi yoki texnik xizmat ko‘rsatish liniyasi/tashqi liniya stansiyasiga birinchi bor qaytishigacha bo‘lgan vaqtga, qaysi biri ertaroq bo‘lishiga qarab, havo kemasiga vaqtincha o‘rnatishga ruxsat beriladi. Bunday istisno havo kemasi ekspluatantining ko‘rsatilgan komponent qo‘yilishiga roziligi hamda ushbu komponent uning ekspluatatsiyasiga ruxsat beruvchi hujjatlarga ega bo‘lishi sharti bilan qo‘llaniladi. Ushbu shartlarga rioya qilinmagan hollarda, texnik xizmat ko‘rsatish ishlariga nisbatan qo‘llaniladigan barcha talablarga va ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishi lozim. Bunday komponentlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vaqt cheklovlari bo‘yicha muddatlar tugaganidan keyin havo kemasi bortidan demontaj qilinishi lozim, mazkur Talablarning 38-bandi va “Komponentlar” bo‘limiga muvofiq texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtirilgan hollar bundan mustasno. Texnik xizmat ko‘rsatish ishlari to‘g‘risida hisobga olish ma’lumotlari 43. Tashkilot bajarilgan ishlar bo‘yicha barcha ma’lumotlarni hisobga olishi zarur. 44. Tashkilot texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi guvohnomaga nisbatan barcha talablarga rioya qilinganligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan hisobga olish ma’lumotlarini, shu jumladan, subpudratchi (boshqa tashkilot)lar tomonidan rasmiylashtiriladigan aviatsiya texnikasini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish to‘g‘risidagi hujjatlarni saqlashga majbur. 45. Tashkilot mazkur Talablarning 47-bandida ko‘rsatilgan muddatlarda quyida qayd etilgan ma’lumotlar saqlanishini ta’minlashi shart: 1) havo kemasini va xizmat muddati cheklangan barcha komponentlarni ekspluatatsiya qilishning umumiy vaqti (soatlar, kalendar vaqti va sikllarga nisbatan); 2) uchishga yaroqlilikni saqlash haqidagi barcha majburiy ma’lumotlar muvofiqligi to‘g‘risida joriy ma’lumotlar; 3) modifikatsiyalar va ta’mirlashlar bo‘yicha tegishli batafsil ma’lumotlar; 4) majburiy ta’mirlararo xizmat muddatiga muvofiq havo kemasini yoki uning komponentlarini oxirgi ta’mirdan keyin ekspluatatsiya qilish vaqti (soatlar, kalendar vaqti va sikllarga nisbatan); 5) havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatish dasturiga rioya qilinganligi haqida joriy ma’lumotlar; 6) texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi guvohnomani imzolashda barcha talablar bajarilganligini tasdiqlaydigan texnik xizmat ko‘rsatishga doir batafsil ma’lumotlar. 46. Tashkilot havo kemasining ekspluatantiga tashkilot tomonidan rasmiylashtirilgan har bir texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasini, shuningdek, ta’mirlash yoki modifikatsiya qilish ishlarini bajarishda foydalanilgan ta’mirlashga yoki modifikatsiyaga doir har qanday hujjatlarning nusxasini taqdim etishi zarur. 47. Tashkilot texnik xizmat ko‘rsatish ishlari to‘g‘risidagi hisobga olish ma’lumotlarini va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari bilan bog‘liq hujjatlarni ushbu ishlar bajarilgan aniq havo kemasi yoki havo kemasi komponenti tashkilotdan chiqarilgan sanadan boshlab ikki yil davomida quyidagicha saqlashi shart: a) mazkur bandda nazarda tutilgan ma’lumotlar shikast yetkazilishidan va yo‘q qilinishdan himoyalangan bo‘lishi lozim; b) ma’lumotlarni arxivlashtirish va zaxira sifatida saqlash uchun foydalaniladigan barcha kompyuter jihozlari ma’lumotlarning ishchi nusxalari kiritilgan jihozlardan alohida hamda ushbu jihozlar va arxiv ma’lumotlari yaxshi holatda saqlanishini ta’minlovchi sharoitlarda joylashtirilishi lozim; v) tashkilot o‘z faoliyatini tugatgan taqdirda, oxirgi ikki yil davomida bajarilgan texnik xizmat ko‘rsatish ishlari to‘g‘risidagi barcha saqlangan hisobga olish ma’lumotlari oxirgi buyurtmachiga yoki tegishli havo kemasining yoki komponentning egasiga topshirilishi yoki “O‘zaviatsiya” agentligining ko‘rsatmalariga binoan saqlanishi ta’minlanishi lozim. Uchishga yaroqlilik me’yorlari buzilishi bo‘yicha hisobot yuritish 48. Tashkilot “O‘zaviatsiya” agentligiga, havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazgan davlatga va havo kemasi yoki komponentning namunaviy konstruksiyasi yoki namunaviy konstruksiyasi modifikatsiyasi uchun javobgar bo‘lgan tashkilotga, zaruratga ko‘ra ekspluatant davlatiga mazkur tashkilot tomonidan aniqlangan havo kemasining yoki komponentning parvozlar xavfsizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan yoki bunday ta’sir ko‘rsatilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan uchishga yaroqlilik me’yorlarining har qanday buzilishlari holatlari to‘g‘risida hisobot yuborishi shart. 49. Tashkilot hech bo‘lmaganda quyidagi sabablar va holatlar bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan yoki aniqlangan har qanday buzilish, nosozlik yoki nuqson haqida xabar berishi kerak: a) tegishli yong‘in signalizatsiyasi tizimi to‘g‘ri ishlagan yoki ishlamaganligini ko‘rsatgan holda parvoz vaqtidagi yong‘inlar; b) tegishli yong‘in signalizatsiyasi tizimi bilan jihozlanmagan havo kemasining parvozi vaqtidagi yong‘inlar; v) parvoz vaqtida yong‘in haqidagi signalizatsiya noto‘g‘ri ishlab ketgani; g) dvigateldan chiquvchi gaz oqimi, dvigatelning o‘zi, unga yaqin joylashgan konstruksiyalar, uskunalar yoki komponentlarning ta’siri oqibatida parvoz vaqtida yuzaga kelgan shikastlanishlar; d) parvoz vaqtida ekipaj kabinasi yoki yo‘lovchilar salonida havo kemasi komponentlarining biri oqibatida tutun, bug‘lar, zaharli yoki zaharli bo‘lmagan bug‘lanishlar to‘planishi yoki sirkulyatsiyasi paydo bo‘lishi; e) parvoz vaqtida dvigatel o‘z-o‘zidan o‘chib qolishi; j) havo kemasining dvigateliga yoki konstruksiyasiga tashqi shikast yetkazilishi oqibatida parvoz vaqtida dvigatelning o‘chib qolishi; z) begona obyektlar tushishi yoki muz bilan qoplanishi tufayli parvoz vaqtida dvigatelning o‘chib qolishi; i) parvoz vaqtida bittadan ortiq dvigatelning o‘chib qolishi; k) flyuger tizimi orqali havo vintining shamol yo‘nalishi bo‘ylab aylanishi yoki ushbu tizim parvoz vaqtida aylanishlar soni oshib ketishini nazorat qila olmasligi; l) parvoz vaqtida yoqilg‘i tizimida yoki yoqilg‘i drenaj tizimida yoqilg‘i uzatishda yuzaga kelgan kamchiliklar yoki xavfli tarzda yoqilg‘ining oqib chiqishi; m) parvoz vaqtida shassi chiqarilishi yoki yig‘ishtirilishi, shassining tavaqasi ochilishi yoki yopilishi; n) havo kemasi yerda harakatlanishi vaqtida tormoz tizimining komponentlaridan kelib chiqqan tormoz boshqaruvi kuchining yo‘qolishi; o) havo kemasi planerida yirik ta’mirlash ishlarini o‘tkazish zarurati; p) ishlab chiquvchi/ishlab chiqaruvchi tomonidan ruxsat etilgan maksimal darajadan oshadigan yoriqlar, doimiy deformatsiya yoki havo kemasining planer konstruksiyasidagi korroziya; r) parvoz vaqtida havo kemasining tizimlari yoki komponentlaridan kelib chiqqan avariya holatlari (dvigatel o‘chib qolishi bundan mustasno); s) ma’lum yoki shubha qilinayotgan mexanik shikastlanishlar yoki buzilishlar oqibatida yuzaga kelgan parvozni har qanday holda to‘xtatib qo‘yish, yo‘nalishda havo kemasini rejadan tashqari almashtirish yoki parvoz rejasini o‘zgartirish holatlari; t) nosozlik, buzilish yoki nuqson tufayli muddatidan oldin yechib olingan dvigatellarning soni, bunda ularning seriyasi, modeli va ular o‘rnatilgan havo kemasi turi ko‘rsatiladi; u) havo vinti parvoz vaqtida shamolning yo‘nalishi bo‘ylab o‘rnatilishi, bunda havo vintining, u o‘rnatilgan dvigatel va havo kemasining turi ko‘rsatiladi; Yuqorida qayd etilganlardan tashqari, tashkilot havo kemasida o‘rin olgan yoki har qanday vaqtda aniqlangan buzilish, nosozlik yoki nuqson havo kemasining xavfsiz ekspluatatsiyasiga tahdid solishi yoki tahdid solishi mumkinligi to‘g‘risidagi fikrda bo‘lsa, har bir tashkilot bunday buzilish, nosozlik yoki nuqson haqida xabar berishi kerak. 50. Tashkilot uchishga yaroqlilik me’yorlarining buzilishlari to‘g‘risida ichki hisobot tizimini yaratishi va tashkilotning faoliyati bo‘yicha qo‘llanmada bayon etishi zarur. Ushbu tizim bunday hisobot ma’lumotlarini yig‘ish va baholashni, shu jumladan, mazkur Talablarning 49-bandiga binoan hisobot berilishi lozim bo‘lgan holatlarni baholash natijalari bo‘yicha saralash tartib-taomillarini ta’minlashi lozim. Ko‘rsatilgan tartib-taomillar salbiy tendensiyalarni, kamchiliklarni bartaraf etish uchun amalga oshirilgan tuzatish ishlarini belgilashi, shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan holatlar bo‘yicha barcha mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish tartibi hamda zaruratga ko‘ra ushbu ma’lumotlarni tarqatish uslublarini o‘z ichiga olishi kerak. 51. Tashkilot aniqlagan barcha qoidabuzilishlar, ularni aniqlash sharoitlari va tahlil qilish natijalari to‘g‘risida barcha kerakli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hisobotlar tashkilot tomonidan yuborilishi kerak. 52. Tashkilot havo kemasining uchishga yaroqliligi talab darajasida bo‘lishini uning tijorat ekspluatanti bilan tuzilgan shartnoma asosida ta’minlayotgan bo‘lsa, bu holda tashkilot belgilangan ekspluatantga qarashli havo kemasining yoki komponentning uchishga yaroqlilik me’yorlariga ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday holat to‘g‘risida havo kemasining ekspluatantiga ham hisobot yuborishi zarur. 53. Tashkilot imkon qadar qisqa muddatda, ammo hisobot berilishi majburiy bo‘lgan holatlar aniqlangan vaqtdan e’tiboran 72 soatdan kechiktirmagan holda hisobot tayyorlashi va yuborishi shart. Aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish xavfsizligi va sifati sohasidagi siyosat, sifat tizimi va qo‘llaniladigan texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyalari 54. Tashkilot aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish xavfsizligi va sifati sohasida o‘zining siyosatini o‘rnatishi hamda mazkur Talablarning “Tashkilotning faoliyati bo‘yicha qo‘llanma” bo‘limiga muvofiq tashkilotning faoliyati bo‘yicha qo‘llanmaga tegishli qoidalar kiritishi zarur. 55. Tashkilot texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirilgan havo kemasi va komponentlar belgilangan talablarga javob berishini ta’minlash vositasi sifatida hujjatlar bilan rasmiylashtiriladigan sifat tizimini ishlab chiqishi va ta’minlab borishi lozim. Sifat tizimi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan va tizimning asosiy hujjati hisoblangan sifat bo‘yicha qo‘llanma, shuningdek, quyidagilarni nazarda tutuvchi standartlar, ko‘rsatmalar va boshqa hujjatlar bilan tartibga solinishi kerak: tashkilotning sifat sohasidagi siyosati; tashkilotning tashkiliy va ishlab chiqarish tuzilmasi; sifat tizimi tuzilmasi va boshqaruvining tashkil etilishi; sifat tizimi elementlari (funksiyalari) tarkibi va ularga qo‘yiladigan talablar, shu jumladan, ularni amalga oshirish tartib-taomillari; tashkilot mansabdor shaxslarining sifat tizimiga doir vazifalari va javobgarligi; tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasida funksiyalarning taqsimlanishi; turli xil havo kemalariga va mahsulotlarga texnik xizmat ko‘rsatish xususiyatlari. 56. Sifat tizimi talablari tushunarli shaklda bayon etilishi va bajaruvchilarga yetkazilishi lozim. 57. Sifat tizimi hujjatlari samarali qo‘llanilishi va ularda belgilangan tartib va talablar amalga oshirilishi lozim. 58. Tashkilotda joriy etilgan sifat tizimi ushbu talablarga va sifat standartlari talablariga javob berishi kerak. 59. Tashkilotning sifat bo‘yicha qo‘llanmasida havo kemasining xususiyatlari va texnologik jarayonlarning ekspluatatsiya hujjatlari talablaridan chetga chiqishlarni (nomuvofiqliklar) ko‘rib chiqish tartib-taomillari ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Havo kemasining xususiyatlari va parametrlari hamda mahsulotlar namunaviy konstruksiyaga nomuvofiqligi bo‘yicha qabul qilingan qarorlar ularning ishlab chiquvchisi (ishlab chiqaruvchisi) bilan kelishilgan bo‘lishi kerak. Mahsulotlar xususiyatlarining ruxsat etilgan nomuvofiqliklarini ko‘rib chiqish materiallari (texnik yechimlar varaqalari, ruxsat berish kartalari va boshqalar) havo kemasiga (komponentga) texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi hujjatlar bilan birga saqlanishi lozim. 60. Ishlarning metrologik ta’minoti O‘lchashlar birligini ta’minlash tizimi standartlariga rioya etgan holda amalga oshirilishi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: metrologiya laboratoriyalari mutaxassislarini tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish; o‘lchash vositalarini tekshirish; o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish va pasportlashtirish; o‘lchash vositalarining reyestrini yuritish; tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan texnologik va konstruktorlik hujjatlarning metrologik ekspertizasini o‘tkazish. 61. Tashkilotning sifat bo‘yicha qo‘llanmasida ushbu talablarga muvofiq texnik xizmat ko‘rsatish ishlarining to‘g‘ri bajarilishini ta’minlovchi tartib-taomillar va texnologiyalar nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. Ushbu tartib-taomillarda inson omilining jihatlari va insonning psixofiziologik xususiyatlari hisobga olingan bo‘lishi hamda mazkur Talablarning “Texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi guvohnoma” bo‘limiga muvofiq havo kemasi yoki komponent ekspluatatsiyasiga ruxsat berilishini ta’minlash uchun ishlarni bajarishga doir aniq buyurtma yoki shartnoma mavjud bo‘lishi nazarda tutilishi kerak. Mazkur bo‘limning talablariga muvofiq tashkilot tomonidan belgilangan yoki belgilanishi lozim bo‘lgan texnik xizmat ko‘rsatish tartib-taomillarida va texnologiyalarida texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarishga doir barcha jihatlar, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan xizmatlarni jalb etish va ularning bajarilishini nazorat qilish holatlari qamrab olingan bo‘lishi, shuningdek, tashkilot tomonidan ishlash uchun qabul qilingan tartib nazarda tutilgan bo‘lishi lozim. Havo kemasiga operativ va davriy texnik xizmat ko‘rsatish ishlariga nisbatan tashkilot ko‘p sonli xatoliklarni kamaytiruvchi va o‘ta mas’uliyatli funksional tizimlardagi ishlarda xato harakatlarning oldini oluvchi tartib-taomillarni belgilashi zarur. Belgilangan tartib-taomillarda aniq turdagi (shakldagi) texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish chog‘ida bir xil ekzemplyardagi havo kemasining bittadan ortiq funksional tizimida o‘rnatilgan bir nechta bir xil turdagi komponentlar qismlarga ajratilishi va yig‘ilishini talab qiladigan ishlarni hamda tekshirishlarni bajarish bitta shaxsga ruxsat berilmasligi kafolatlanishi lozim. Ammo, tashkilotda ko‘rsatilgan ishlarni bajaradigan shaxs bitta bo‘lsa, u holda barcha bir xil turdagi ishlar yakuniga yetkazilgandan keyin ko‘rsatilgan ishlar ushbu shaxs tomonidan qo‘shimcha ravishda nazorat qilinishiga doir operatsiya tashkilotning ishchi texnologik kartalariga kiritilishi shart. “O‘zaviatsiya” agentligi yoki havo kemasini ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan hujjatlardan foydalangan holda, shikastlanishlar baholanishini hamda modifikatsiya qilish va ta’mirlash ishlari bajarilishini ta’minlovchi texnik xizmat ko‘rsatish tartib-taomillari va texnologiyalari belgilangan bo‘lishi shart. 62. Tashkilot quyidagi elementlarni o‘z ichiga olgan sifat tizimini yaratishi lozim: a) havo kemasiga va/yoki komponentlarga nisbatan o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini va uchishga yaroqlilik holatida bo‘lgan havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatish ishlari to‘g‘ri bajarilishini ta’minlash uchun tartib-taomillar va texnologiyalarning to‘g‘riligini nazorat qilish maqsadida mustaqil auditorlik tekshiruvlari. Eng kichik tashkilotlarda sifat tizimining auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish qismi ushbu Pasport asosida berilgan sertifikatga ega boshqa tashkilot bilan yoki tegishli texnik bilimlarga hamda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish bo‘yicha hujjatlar bilan tasdiqlangan qoniqarli tajribaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs bilan tuzilgan shartnoma asosida tuzilishi mumkin; b) mazkur Talablarning 4-bandiga binoan tayinlangan shaxsga yoki shaxslar guruhiga, shuningdek, mazkur bandning “a” kichik bandiga muvofiq o‘tkazilgan mustaqil auditorlik tekshiruvlarining natijalari bo‘yicha tuzilgan hisobotlar asosida tuzatish choralarining o‘z vaqtida ko‘rilishini ta’minlovchi tashkilot mas’ul rahbariga taqdim etiladigan sifat sohasidagi hisobot ma’lumotlari bo‘yicha o‘zaro muloqot tizimi. 63. Sifat bo‘yicha qo‘llanmada tashkilotning bugungi holatini aks ettiruvchi o‘zgartirishlar o‘z vaqtida kiritilishi kerak. Sifat bo‘yicha qo‘llanma va unga kiritiladigan o‘zgartirishlar “O‘zaviatsiya” agentligi bilan kelishilishi shart. 64. Tashkilotning hajmi, faoliyat doirasi, bajariladigan ishlar hajmi va turiga qarab, tashkilotning xohishiga ko‘ra sifat bo‘yicha qo‘llanma tashkilotning faoliyati bo‘yicha qo‘llanmaning havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tarkibiy qismi bo‘lishi mumkin. Tashkilotning faoliyati bo‘yicha qo‘llanma 65. Tashkilot “O‘zaviatsiya” agentligiga quyidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lgan tashkilotning faoliyati bo‘yicha qo‘llanmani (keyingi o‘rinlarda — faoliyat bo‘yicha qo‘llanma) taqdim etishi zarur: a) tashkilot faoliyati ushbu Pasport asosida berilgan sertifikat shartlariga muvofiqligi to‘g‘risida tashkilot rahbari tomonidan imzolangan deklaratsiya, shuningdek, ushbu muvofiqlikni talab darajasida muntazam ravishda ta’minlash bo‘yicha majburiyatlar; b) ushbu Talablarning “Aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish xavfsizligi va sifati sohasidagi siyosat, sifat tizimi va qo‘llaniladigan texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyalari” bo‘limiga muvofiq tashkilotda o‘rnatilgan tashkilotning parvoz xavfsizligi va sifat sohasidagi siyosati, sifat tizimi va qo‘llaniladigan texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyalari; v) ushbu Talablarning 4-bandiga binoan tayinlangan shaxslarning ismi, familiyasi, otasining ismi va lavozimlari ro‘yxati, huquq va majburiyatlari, ularning bo‘ysunuvi ko‘rsatilgan tashkilot boshqaruv tuzilmasi, shu jumladan, ular tashkilot nomidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri “O‘zaviatsiya” agentligiga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan masalalar; g) so‘ralayotgan tasdiqlash sohasiga muvofiq tashkilot faoliyat sohasining tavsifi; d) tashkilotning arizasida ko‘rsatilgan har bir manzilda joylashgan ishlab chiqarish obyektlarining umumiy tavsifi; e) texnik xizmat ko‘rsatish xodimlarining malaka darajasini belgilash uchun ishlatiladigan tartib-taomillarning tavsifi; j) texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi guvohnomani imzolash vakolatiga ega bo‘lgan xodimlar va ularning vakolatlari to‘g‘risida ma’lumotlar; z) texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi hisobga olish ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va saqlash usullarining tavsifi. Hisobga olish ma’lumotlarida texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi guvohnomani imzolashga doir barcha talablar bajarilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak; i) texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi guvohnomani tayyorlash tartibining ta’rifi hamda bunday guvohnomani imzolash uchun talab etiladigan shartlar va holatlarning ta’rifi; k) tashkilot texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlarini taqdim etayotgan havo kemasi ekspluatanti va/yoki tashkilot (shundaylar mavjud bo‘lsa) bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish tartibi; l) havo kemasining uchishga yaroqliligini saqlashga salbiy ta’sir ko‘rsatgan yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan buzilishlar, nosozliklar, nuqsonlar va boshqa hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni havo kemasi ishlab chiqaruvchisiga va “O‘zaviatsiya” agentligiga taqdim etish tartib-taomillarining ta’rifi; m) havo kemasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan yuboriladigan uchishga yaroqlilikka oid ma’lumotlarni olish, o‘zining hujjatlariga o‘zgartirishlarni kiritish va tarqatish tartib-taomillarining ta’rifi; n) texnik xizmat ko‘rsatish liniyasi/tashqi liniya stansiyasi bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish tartibi (mavjud bo‘lsa); o) zaruratga ko‘ra ekspluatantning texnik xizmat ko‘rsatish talablari va tartib-taomillariga muvofiqlikni ta’minlash uchun foydalaniladigan qo‘shimcha tartib-taomillarning ta’rifi. 66. Faoliyat bo‘yicha qo‘llanmada tasdiqlanishi lozim bo‘lgan faoliyat sohasi belgilanishi kerak (ushbu Pasportning 12-bandida “Tashkilotlarning faoliyat turlari bo‘yicha beriladigan klasslar va ruxsatlar tizimi” jadvali keltirilgan). 67. Faoliyat bo‘yicha qo‘llanmaga tashkilotning joriy holatini aks ettiruvchi o‘zgartirishlar o‘z vaqtida kiritilishi kerak. Faoliyat bo‘yicha qo‘llanma va unga kiritiladigan barcha o‘zgartirishlar “O‘zaviatsiya” agentligi bilan kelishilishi zarur. Faoliyat bo‘yicha qo‘llanmaga kiritilgan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar nusxalari qo‘llanma taqdim etilgan barcha tashkilotlarga yoki shaxslarga darhol yuboriladi. 68. Mazkur Talablarning 67-bandiga rioya qilinishini istisno qilmagan holda, faoliyat bo‘yicha qo‘llanmaga kiritilayotgan ikkilamchi o‘zgartirishlar tashkilot tomonidan qo‘llanmani yuritish bo‘yicha o‘rnatilgan tartiblarni bajarish jarayonida tasdiqlanishi mumkin. 69. Yuqoridagi talablarga qo‘shimcha ravishda faoliyat bo‘yicha qo‘llanmaga quyidagi qoidalarni kiritish kerak: a) tashkil etish va boshqarish: tashkilotning tartib-taomillari va xodimlarning ular bilan bog‘liq vakolatlari, shuningdek, ularga doimiy ravishda rioya etib borilishi faoliyat bo‘yicha qo‘llanmada belgilanganligini tasdiqlaydigan va rahbar tomonidan imzolangan ariza; 65-bandning “v” kichik bandiga muvofiq tayinlangan shaxslar vakolatlarining taqsimoti va o‘zaro bog‘liqligi ko‘rsatilgan tashkilot sxemasi; tashkilotning tasdiqlangan faoliyat turlari, ruxsat beruvchi ruxsatnomalari, joylashgan joyi va xodimlariga nisbatan kiritilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida “O‘zaviatsiya” agentligini xabardor qilish tartib-taomillari; tasdiqlangan faoliyat turlari bilan bog‘liq xizmatlarni taqdim etuvchi boshqa tashkilotlar bilan munosabatlar yoki shartnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; faoliyat bo‘yicha qo‘llanmaga o‘zgartirish kiritish tartibi; b) texnik xizmat ko‘rsatish tartib-taomillari: yetkazib beruvchilarni baholash; tashqi yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazilgan havo kemalari komponentlari va materiallarning kirish nazorati; texnik xizmat ko‘rsatishda foydalanish uchun havo kemalarining komponentlarini va materiallarni omborga joylash, markirovkalash, hujjatlashtirish va omborxonadan berish; asboblar va uskunalarni qabul qilish; asboblar va uskunalarni kalibrovkalash; xodimlar tomonidan asbob va uskunalardan foydalanish, shu jumladan, ruxsat etilgan boshqa turdagi asbob va uskunalardan foydalanish; texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish uchun ishlab chiqarish bazasining tozalik standartlari; texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar hamda ularning havo kemalari va komponentlarini yetkazib beruvchilarning ekspluatatsiya ma’lumotlari bilan o‘zaro bog‘liqligi, shu jumladan, o‘z vaqtida o‘zgartirishlarni kiritish hamda shtatdagi xodimlar foydalanishi uchun imkoniyat yaratish masalalari; ta’mirlashning tartib-qoidalari va texnologiyalari; havo kemasi ekspluatantining texnik xizmat ko‘rsatish dasturiga muvofiqlikni ta’minlash tartib-taomillari; uchishga yaroqlilik direktivalarini amalga oshirish tartibi; majburiy bo‘lmagan modifikatsiyalarni bajarish tartibi; texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foydalaniladigan hujjatlar va ularni yuritish; hisobga olinadigan texnik ma’lumotlarni nazorat qilish; texnik xizmat ko‘rsatishda aniqlangan nuqsonlar bilan ishlash; texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirish; ekspluatant uchun ma’lumotlarni hisobga olish (tashkilotning o‘zi ekspluatant bo‘lmasa); ushbu Talablarning “Uchishga yaroqlilik me’yorlari buzilishi bo‘yicha hisobot yuritish” bo‘limiga binoan nuqsonlar va boshqa hodisalar haqida hisobotlar; havo kemalarining nuqsonlari bo‘lgan komponentlarini omborga qaytarish tartibi; ta’mirlash va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun tashqi pudratchilarga yuborilgan nuqsonli komponentlarning aylanmasini nazorat qilish; texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi hisobga olish ma’lumotlarini yuritish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimni boshqarish; subpudratchilar bilan ishlash tartibi; texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus tartib-taomillar, masalan: dvigatelni sinash (tekshirish); havo kemasining germetikligini tekshirish (bosim ostida sinab ko‘riladi); havo kemalarini shatakka olish; havo kemalarini yerda boshqarish; v) operativ va davriy texnik xizmat ko‘rsatish tartib-taomillari: havo kemalari komponentlari, asboblar, uskunalar va boshqalar aylanmasini nazorat qilish; havo kemalariga yoqilg‘i quyish, tayyorlash, muz qoplashiga qarshi himoya qilish va boshqa ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan operativ texnik xizmat ko‘rsatish tartib-taomillari; texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida nuqsonlar va takrorlanuvchi nuqsonlar bilan ishlash; birgalikda foydalaniladigan tarkibiy qismlardan va ijaraga olingan tarkibiy qismlaridan (pooling) foydalanish tartibi; texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida aniqlangan havo kemalarining nuqsonli komponentlarini omborga qaytarish tartibi; g) sifat tizimi tartib-taomillari: tashkilotda foydalaniladigan tartib-taomillar (quality audit) sifatini nazorat qilish; havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatish sifatni nazorat qilish; kamchiliklarni bartaraf etish sifatini nazorat qilish; texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi guvohnomani imzolaydigan xodimlarni (ruxsat beruvchi xodimlar — certifying staff) tayyorlash va ishga qo‘yish tartib-taomillari; ruxsat beruvchi xodimlar reyestrini yuritish; sifat tizimi xodimlarini (quality audit personnel) tayyorlash va ishga qo‘yish tartib-taomillari; aviamexaniklarni tayyorlash va ishga qo‘yish tartib-taomillari; qabul qilingan tartib-taomillarga rioya qilishdan ozod qilish tartibi (exemption process); tashkilotda qabul qilingan tartib-taomillardan chetga chiqish uchun ruxsat berish tartibi; putur yetkazmasdan nazorat qilish (NDT), payvandlash kabi va boshqalar maxsus ishlar turlariga ruxsat berish tartibi; ushbu tashkilotda joylashgan va berilgan tasdiqlash sertifikatida nazarda tutilgan faoliyatga aloqador ishlarda band bo‘lgan yetkazib beruvchilar brigadalarining faoliyatini nazorat qilish; subpudratchilar bilan ishlash sifatini tekshirish (yoki ularning akkreditatsiyasini uchinchi shaxslar tomonidan tan olish, masalan, putur yetkazmasdan nazorat qilish sohasida ishlaydigan va “O‘zaviatsiya” agentligidan boshqa davlat tomonidan tartibga solish organi tomonidan tasdiqlangan tashkilotlarning xizmatlaridan foydalanish); d) berilgan tasdiqlash sertifikati vakolatlari va shartlariga muvofiq tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatda foydalaniladigan standart hujjatlarning misollari, masalan: texnik hujjatlarni yuritish shakllari; nuqsonlarni va ularni bartaraf etish ishlarini hisobga olish shakllari. Tashkilotning huquqlari 70. Tashkilot quyidagi ishlarni bajarish huquqiga ega: a) tasdiqlash sertifikati berilgan har qanday havo kemasiga va/yoki komponentga sertifikatda va faoliyat bo‘yicha qo‘llanmada ko‘rsatilgan joylashish manzilida texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish; b) tasdiqlash sertifikati berilgan har qanday havo kemasiga va/yoki komponentga birinchi tashkilotning sifat tizimi doirasida ishlaydigan boshqa tashkilotda texnik xizmat ko‘rsatish ishlari bajarilishini tashkil etish. Mazkur holat bu kabi texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini hamda mazkur Talablarning 66-bandiga muvofiq tasdiqlangan faoliyat sohasi bilan cheklangan ishlarni bajarish uchun ushbu Pasportga binoan tasdiqlash sertifikatiga ega bo‘lmagan tashkilotlar tomonidan bajariladigan ishlarga tegishlidir. Faoliyatining bu sohasiga havo kemasiga davriy texnik xizmat ko‘rsatish yoki dvigatel yoxud uning modulini rejali nazorat ko‘rigidan o‘tkazish yoki ta’mirlash ishlarining to‘la hajmini kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi; v) tasdiqlash sertifikati berilgan har qanday havo kemasiga va/yoki komponentga har qanday joylarda texnik xizmat ko‘rsatish, bunda quyidagi shartlar belgilanadi: aniqlangan buzilishlar va shikastlanishlarni bartaraf etish yoxud texnik xizmat ko‘rsatishni operativ bajarish uchun birdan paydo bo‘lgan zaruratni ta’minlash maqsadida bu kabi ishlarni amalga oshirish zarurati bo‘lganda; bu kabi ishlarni faoliyat bo‘yicha qo‘llanmaning qoidalariga rioya qilgan holda bajarish; g) tasdiqlash sertifikati berilgan har qanday havo kemasi va/yoki komponentga faqat murakkab bo‘lmagan texnik xizmat ko‘rsatish turlarini bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan, operativ texnik xizmat ko‘rsatish punkti deb belgilangan joylarda texnik xizmat ko‘rsatish, bunda faoliyat bo‘yicha qo‘llanmada bunday joylar ro‘yxati mavjud bo‘lishi va ko‘rsatilgan ishlarni ushbu joylarda bajarish uchun ruxsat berilgan bo‘lishi shart; d) texnik xizmat ko‘rsatish ishlari yakuniga yetkazilgandan so‘ng mazkur Talablarning “Texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi guvohnoma” bo‘limiga binoan texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirish. Tashkilotning ishlar turi bo‘yicha cheklovlari 71. Tashkilot texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish uchun ishlab chiqarish binolari, uskunalar, asboblar, materiallar, texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hujjatlar va ruxsat beruvchi xodimlar mavjud bo‘lgandagina tasdiqlash sertifikati berilgan havo kemasiga va/yoki komponentga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarishi mumkin. Tasdiqlangan tashkilotda o‘zgarishlar 72. “O‘zaviatsiya” agentligi tashkilotning ruxsat berishga oid talab va shartlarga doimiy ravishda muvofiqligini o‘rnatishi va zarurat bo‘lganda tasdiqlash sertifikatiga o‘zgartirishlar kiritishi uchun tashkilot barcha rejalashtirilayotgan quyidagi o‘zgartirishlar to‘g‘risida, ular kiritilmasidan oldin xabar berishi zarur: a) tashkilotning nomi; b) tashkilot joylashgan manzil; v) mas’ul rahbar; g) mazkur Talablarning 4-bandiga muvofiq tayinlangan har qanday shaxs (rahbar xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari, shuningdek, qaysi ta’lim muassasasini tamomlaganligi hamda ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etgan holda); d) tasdiqlashga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish binolari, uskunalar, asboblar, materiallar, ish tartibi, texnologiyalar va ruxsat beruvchi xodimlar. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
3 yil |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
12. |
Izoh: |
Umumiy qoidalar 1. Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini tasdiqlangan faoliyat sohasi ro‘yxati ilova qilingan tashkilot sertifikati mavjudligi sharti bilan havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tasdiqlangan tashkilot (keyingi o‘rinlarda — tashkilot) amalga oshiradi. Sertifikatga ega bo‘lmagan tashkilot havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish huquqiga ega emas. 2. Tashkilotning quyidagi faoliyat sohasi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlanishi lozim: a) havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish dasturiga (reglamentiga) muvofiq havo kemasi, aviadvigatellar va ularning komponentlariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarining barcha turlari; b) maxsus ishlar (putur yetkazmasdan nazorat qilish, havo kemasi modifikatsiyalarini bajarish, havo kemasining massasi va markazlanishini aniqlash, dvigatellar diagnostikasi va boshqalar). 3. Faoliyat sohasini tasdiqlash uchun tashkilotni sertifikatlash va sertifikatni berish “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan mazkur Pasport asosida amalga oshiriladi. 4. Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan o‘rganishlarni o‘tkazishi uchun xarajatlar (xizmat safari va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sug‘urta polisini sotib olish xarajatlari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan amalga oshiriladi. 5. Tasdiqlangan faoliyat sohasi to‘liq havo kemasiga yoki uning komponentlariga texnik xizmat ko‘rsatish yoki ushbu ishlarni birgalikda turli ko‘rinishda bajarish ishlarini o‘z ichiga olishi mumkin. 6. Tashkilot quyidagicha faoliyat yuritishi mumkin: a) havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish asosiy faoliyat turi bo‘lgan mustaqil tashkilot sifatida; b) havo kemasi ekspluatanti, aviakompaniya, aeroport, aviata’mirlash yoki aviasozlik zavodining havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan, havo kemalariga asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajaradigan bo‘linmasi sifatida. 7. Tasdiqlangan tashkilot havo kemasi ekspluatantiga qarashli tashkilotning bir qismi hisoblanmasa, u holda havo kemasi ekspluatanti va tashkilot o‘rtasida yozma shaklda rasmiylashtirilgan, havo kemasining uchishga yaroqliligini saqlash bo‘yicha tomonlarning vazifalari va majburiyatlari belgilangan shartnoma tuzilishi kerak. Mazkur shartnomaning texnik jihatlari “O‘zaviatsiya” agentligi bilan kelishilishi lozim. 8. Tashkilot havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish dasturida (reglamentida) nazarda tutilgan ba’zi turdagi ishlarni boshqa tashkilotlarga shartnoma asosida topshirishi mumkin. Bu shartnomaning texnik tomonlari “O‘zaviatsiya” agentligi bilan kelishib olinishi lozim. 9. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “O‘zaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yig‘im to‘langan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay sertifikatning asl nusxasini beradi. Sertifikat ingliz va rus tillariga tarjima qilingan bo‘lishi mumkin. Sertifikat “O‘zaviatsiya” agentligi direktori yoki “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining buyrug‘i bilan vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va “O‘zaviatsiya” agentligining muhri bilan tasdiqlanadi. 10. Tashkilot havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bitta yoki bir nechta liniya/tashqi liniya stansiyasiga ega bo‘lsa, bu holda tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasi ro‘yxatlari havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha asosiy stansiyaga va havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha har bir liniya yoki tashqi liniya stansiyasiga beriladi. Tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxati “O‘zaviatsiya” agentligi direktori yoki “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining buyrug‘i bilan vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va “O‘zaviatsiya” agentligining muhri bilan tasdiqlanadi. 11. Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan o‘rganishlar uchun xarajatlar (xizmat safari va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sug‘urta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi bo‘yicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga ko‘ra qoplanadi. Ariza beruvchini sertifikatlash 12. Ariza beruvchini sertifikatlash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: a) ariza beruvchi tomonidan rasmiy ariza taqdim etish; b) arizani dastlabki baholash; v) asoslovchi hujjatlarni ekspertiza qilish; g) ariza beruvchining ruxsat etishga oid talab va shartlarga muvofiqligini tekshirish bo‘yicha inspektorlik tekshiruvini o‘tkazish hamda tekshiruv natijalari bo‘yicha aniqlangan nomuvofiqliklar ko‘rsatilgan hisobot rasmiylashtirish; d) ariza beruvchidan asoslovchi hujjatlarning ekspertizasi natijasida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni va 1-toifali nomuvofiqliklar bartaraf qilingani to‘g‘risidagi hisobotni olish; e) tekshiruv natijalari bo‘yicha sertifikat berish yoki bermaslik to‘g‘risidagi qaror ko‘rsatilgan xulosa tayyorlash; j) sertifikatni va tashkilot tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxatini rasmiylashtirish. Arizani dastlabki baholash va asoslovchi hujjatlarni ekspertiza qilish 13. Arizani dastlabki baholash arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanidan so‘ng amalga oshiriladi. Arizani dastlabki baholashda quyidagilar tekshiriladi: a) ariza beruvchi haqidagi ma’lumotlarning yetarliligi va arizaning uni rasmiylashtirish bo‘yicha belgilangan talablarga muvofiqligi; b) asoslovchi hujjatlarning to‘liqligi. 14. Ariza va asoslovchi hujjatlar kelib tushgandan so‘ng, “O‘zaviatsiya” agentligi asoslovchi hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazadi. Inspektorlik tekshiruvini o‘tkazish 15. Asoslovchi hujjatlar ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng ariza beruvchi bilan kelishilgan holda inspektorlik tekshiruvini o‘tkazish sanasi va muddati aniqlanadi. 16. “O‘zaviatsiya” agentligi direktori tomonidan inspektorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha komissiyani tuzish to‘g‘risida buyruq chiqarilib, unda komissiya tarkibi hamda inspektorlik tekshiruvlarini o‘tkazish dasturi va muddati belgilanadi. 17. Komissiya tarkibiga boshqa tashkilotlarning rahbarlari bilan kelishilgan holda ularning mutaxassislari (ekspertlari) kiritilishi mumkin. 18. Inspektorlik tekshiruvlarining dasturi aniq bir ariza beruvchining xususiyatlari hisobga olingan holda, inspektorlik tekshiruvlarining namunaviy dasturi asosida ishlab chiqiladi. Inspektorlik tekshiruvlarining namunaviy dasturi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan belgilanadi. 19. Inspektorlik tekshiruvlarining bevosita o‘tkazilishi, komissiya a’zolari o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishi va tekshiruv natijalarining rasmiylashtirilishi uchun javobgarlik komissiya raisi zimmasiga yuklanadi. 20. “O‘zaviatsiya” agentligining buyrug‘i va inspektorlik tekshiruvlarining dasturi inspektorlik tekshiruvlari boshlanishidan besh kundan oshmagan muddatda ariza beruvchiga yuboriladi va komissiya a’zolarining e’tiboriga yetkaziladi. 21. Inspektorlik tekshiruvlarining maqsadi ariza beruvchi o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini hamda tashkilotning haqiqiy holati va arizada ko‘rsatilgan ishlarning barcha turlari bo‘yicha ariza beruvchining faoliyati taqdim etilgan hujjatlarda to‘g‘ri aks ettirilganligini tasdiqlashdan iborat. 22. Tashkilotda inspektorlik tekshiruvlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi: a) ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish; b) axborot bilan ta’minlanganlik; v) xodimlar bilan ta’minlanganlik; g) ishlab chiqarish bazasi; d) texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarining tashkil etilishi; e) texnik xizmat ko‘rsatishning sifat tizimi; j) texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarining moddiy-texnik ta’minoti; z) texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarining moliyaviy ta’minoti. Inspektorlik tekshiruvlarining natijalarini rasmiylashtirish 23. Inspektorlik tekshiruvlarining natijalari har bir tekshiruv yo‘nalishi bo‘yicha hisobot ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Nomuvofiqliklar mavjud bo‘lgan taqdirda, hisobot ariza beruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi shart. Hisobot shakli va uni rasmiylashtirish tartibi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan belgilanadi. 24. Inspektorlik tekshiruvlari jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklar 1-toifali va 2-toifali nomuvofiqliklarga bo‘linadi. 1-toifali nomuvofiqliklar — havo kemasining uchishga yaroqlilik darajasini saqlab turishni ta’minlashga to‘sqinlik qiladigan har qanday nomuvofiqliklar. 1-toifali nomuvofiqliklar sertifikatning berilishiga to‘sqinlik qiladi va Ruxsat etishga oid talab va shartlarda “*” bilan belgilangan. 2-toifali nomuvofiqliklar — havo kemasining uchishga yaroqlilik darajasini saqlab turish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, ammo belgilangan talablar yoki tartiblardan chetga chiqishlarni namoyon etuvchi har qanday nomuvofiqliklar 2-toifali nomuvofiqliklar bo‘lib, sertifikatning berilishiga to‘sqinlik qilmaydi. Inspektorlik tekshiruvlarining natijalari bo‘yicha qaror qabul qilish 25. Xulosa — inspektorlik tekshiruvlarining natijalari bo‘yicha yakuniy hujjat hisoblanib, unda tekshiruvlarning natijalari, “O‘zaviatsiya” agentligi komissiyasining xulosalari, bajarilishi majburiy bo‘lgan tavsiyalar va 1-toifali nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddatlari aks ettiriladi. Xulosaning nusxasi ariza beruvchiga yuboriladi. 26. Ariza beruvchi xulosalarni va tavsiyalarni inobatga olgan holda, “O‘zaviatsiya” agentligiga quyidagilarni taqdim etishi kerak: a) 1-toifali nomuvofiqliklarning bartaraf etilganligi to‘g‘risida hisobot (zarurat bo‘lganda, “O‘zaviatsiya” agentligining qarori bo‘yicha, nomuvofiqliklarning haqiqatan bartaraf etilganligi tekshiruvi o‘tkaziladi); b) 2-toifali nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi. Bu rejada inspektorlik tekshiruvlarida aniqlangan nomuvofiqliklar, ularning bartaraf etilishi bo‘yicha tadbirlar, bajarish muddati va tadbirlarning bajarilishi bo‘yicha mas’ul shaxslar ko‘rsatiladi. 27. 2-toifali nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi “O‘zaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan bo‘lishi kerak. “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni hisobga olgan holda, ariza beruvchi tomonidan chora-tadbirlar va muddatlar to‘g‘rilangan bo‘lishi kerak. 28. 25-bandning “a” kichik bandiga muvofiq aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilmagan yoki xulosada belgilangan muddatda bartaraf etilmagan bo‘lsa, “O‘zaviatsiya” agentligi sertifikatni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Sertifikat berish 29. Sertifikatning asl nusxasi xulosada qayd etilgan “O‘zaviatsiya” agentligining qarori bo‘yicha rasmiylashtiriladi. 30. Ariza beruvchi yangi sertifikat yoki tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxatini olgandan keyin ilgari berilgan sertifikat yoki tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxati “O‘zaviatsiya” agentligiga qaytarilishi kerak. Sertifikatni qayta rasmiylashtirish 31. Sertifikat Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomning 4-bobida ko‘rsatilgan hollarda va o‘rnatilgan tartibda hamda Tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasini qisqartirish hollarida qayta rasmiylashtiriladi. Tasdiqlangan faoliyat sohasini kengaytirish 32. Tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasini kengaytirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: a) tashkilot tomonidan yangi turdagi havo kemalari, komponentlar va texnologik jarayonlarni o‘zlashtirish; b) liniyali/tashqi liniyali stansiyani tashkil etish. 33. Tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasi sertifikatni berish uchun o‘rnatilgan tartibda kengaytiriladi. 34. Tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasini kengaytirish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish uchun mazkur Pasportning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan yig‘im undiriladi. 35. Faoliyat sohasi yangi tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxatini berish orqali kengaytiriladi. 36. Yangi tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxatining amal qilish muddati sertifikatning amal qilish muddati doirasida belgilanadi. Sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va sertifikatni bekor qilish 37. Sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va sertifikatni bekor qilish Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomning 5-bobida ko‘rsatilgan hollarda va o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. 38. Sertifikatning amal qilishi quyidagi hollarda ham to‘xtatib turiladi: O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida amal qilgan va tashkilotni tasdiqlashda rioya etilgan talablarni buzish (ularga rioya qilmaslik) hollari aniqlanganda; “O‘zaviatsiya” agentligining parvozlar xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki umuman tashkilotning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalari bajarilmaganda. Xorijiy tashkilotlarni sertifikatlash 39. Xorijiy tashkilotlarni sertifikatlash jarayoni mazkur tashkilot O‘zbekiston Respublikasi ekspluatantlarining havo kemalariga va/yoki ularning komponentlariga reja asosida texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini uzoq muddatli shartnomalar asosida bajarishni ko‘zda tutgan holda va texnik xizmat ko‘rsatgan havo kemasiga (komponentiga) ekspluatatsiya qilishga ruxsat beruvchi guvohnomani berish huquqiga ega bo‘lgan hollarda amalga oshiriladi. 40. Xorijiy tashkilotni sertifikatlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi tashkilotini sertifikatlash tartibidan farq qilmaydi. 41. Xorijiy tashkilotlar quyidagi shartlarga rioya etilgandagina sertifikatlanadi: a) havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotni tasdiqlash to‘g‘risidagi hujjat Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotiga (IKAO) a’zo bo‘lgan xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan bo‘lishi lozim; b) havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotni tasdiqlash to‘g‘risidagi hujjatni bergan vakolatli organ tomonidan tashkilotga qo‘yilgan talablar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) tomonidan belgilangan minimal standartlarga javob berishi yoki ulardan yuqori bo‘lishi lozim. 42. Xorijiy tashkilot mas’ul rahbar (bosh boshqaruvchi) boshchiligidagi tashkilotga nisbatan umumiy ravishda sertifikatlanadi. Tashkilotning mas’ul rahbari sertifikatni bergan vakolatli organ va “O‘zaviatsiya” agentligi oldida sertifikatning shartlari hamda cheklovlariga muvofiqlikni ta’minlash uchun to‘liq javobgarlikni zimmasiga olishi lozim. 43. “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan tashkilotlar bilan shartnoma asosida ishlarni bajaradigan xorijiy tashkilotlarga sertifikat berilishi talab qilinmaydi. Bunda “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan tashkilotning faoliyati bo‘yicha qo‘llanmasida quyidagi talablarga asoslangan tegishli tartib-taomillar mavjud bo‘lish sharti qo‘yiladi: a) tashkilot shartnoma bo‘yicha topshirilayotgan ishlarga nisbatan sertifikatga ega bo‘lishi kerak; b) tashkilot yordamchi pudratchining muvofiqligini baholashni (audit) amalga oshirishi kerak; v) tashkilot shartnoma bo‘yicha topshirilgan ishlar bajarilgandan keyin sifatni nazorat qilish va ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish, shu jumladan, havo kemasining uchishga yaroqliligini tegishli darajada saqlab turishga doir tegishli talablarga rioya qilish bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasida saqlab qolishi lozim; g) tashkilotning faoliyati bo‘yicha qo‘llanmada shartnoma asosida topshirilgan faoliyat turlariga nisbatan boshqarish va nazorat qilish zarur bo‘lgan tartib-taomillarning ta’rifi, shuningdek, ushbu faoliyat turlarini boshqarish topshirilgan xodimlar uchun ko‘rsatmalar bo‘lishi kerak. Tashkilotning faoliyatini nazorat qilish 44. Tashkilotning faoliyati “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan inspektorlik tekshiruvlari orqali quyidagi maqsadlarda nazorat qilinadi: a) tashkilotni tasdiqlashda rioya etilgan talablarga tashkilot shu kunda muvofiqligini baholash; b) tashkilotning faoliyati jarayonida yuzaga keladigan, tashkilotning amaldagi hujjatlariga kiritilishi talab etiladigan o‘zgarishlarni aniqlash, bu o‘zgarishlarning tashkilot faoliyatiga ko‘rsatadigan ta’sirini baholash; v) tasdiqlangan faoliyat sohasi ro‘yxatiga kiradigan aniq ishlarning bajarilishini nazorat qilish. 45. Tekshiruvlar quyidagi turlarga bo‘linadi: a) reja asosida inspeksiya tekshiruvlari; b) rejadan tashqari inspeksiya tekshiruvlari. 46. Reja asosida inspeksiya tekshiruvlari fuqaro aviatsiyasi tashkilotlarining faoliyatini nazorat qilish jadvaliga muvofiq, lekin o‘n ikki oyda kamida bir marotaba o‘tkaziladi. 47. Rejadan tashqari inspeksiya tekshiruvlari sertifikat berishda belgilangan shartlar va cheklovlar talablariga muvofiqlikni baholash uchun o‘tkaziladi. 48. Tashkilotda rejadan tashqari inspektorlik tekshiruvlarini o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: a) havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish sifatining darajasi pasayganligi va havo kemalarining parvozlar xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi jiddiy qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; b) tashkilotning faoliyati jarayonida vujudga kelgan belgilangan talablarga nomuvofiqligi. 49. Inspektorlik tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi ushbu Pasport talablariga javob berishi kerak. Tekshiruvlar bo‘yicha hujjatlar “O‘zaviatsiya” agentligida 1 yil davomida saqlanadi. 50. Tashkilot “O‘zaviatsiya” agentligining komissiyasi uchun barcha ish sharoitlarini yaratib berishi shart. Komissiyaning ish tartibi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan belgilanadi. 51. Inspektorlik tekshiruvlari natijalari bo‘yicha hisobot rasmiylashtiriladi. Hisobotda tekshirish jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar va tekshirilayotgan tashkilot faoliyatining tekshirilgan yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan talablarga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Nomuvofiqliklar aniqlanganda, hisobot tekshirilayotgan tashkilotning vakili tomonidan imzolanishi lozim. 52. Sertifikat egasi aniqlangan nomuvofiqliklar to‘g‘risida hisobotni olgach, nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqishi va kelishilgan muddatda nomuvofiqliklarning muvaffaqiyatli bartaraf etilganligi to‘g‘risida “O‘zaviatsiya” agentligiga hisobot taqdim etishi lozim. Tashkilotlarning faoliyat turlari bo‘yicha beriladigan klasslar va ruxsatlar TIZIMI 1. Ishlarning turlari bo‘yicha standartlashtirilgan ruxsatlar va aviatsiya texnikasi klasslari ro‘yxati “Tashkilotlarning faoliyat turlari bo‘yicha beriladigan klasslar va ruxsatlar tizimi” jadvalida berilgan. Tashkilot tegishli cheklovlar bilan tasdiqlangan ruxsatni olishi kerak (bir klassda bitta ruxsat yoki barcha klasslarda barcha ruxsat shaklida o‘zgarishi mumkin). 2. Tashkilot ushbu ruxsatlar tizimining 11-bandi talablarini hisobga olgan holda, “Tashkilotlarning faoliyat turlari bo‘yicha beriladigan klasslar va ruxsatlar tizimi” jadvaliga muvofiq tegishli klasslar va ishlarni bajarishga beriladigan ruxsatlarni tashkilotning faoliyati bo‘yicha qo‘llanmasining tasdiqlangan faoliyat sohasida ko‘rsatishi shart. 3. “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan ishlarning turlari bo‘yicha klasslar va ruxsatlar doirasida tashkilotning faoliyati bo‘yicha qo‘llanmasida ko‘rsatilgan faoliyat sohasi, tasdiqlashning aniq chegaralari belgilanadi. Shuning uchun ham ishlarning turlari bo‘yicha tasdiqlangan klasslar va beriladigan ruxsatlar hamda tashkilot faoliyat sohasi bir-biri bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi lozim. 4. “A” toifali ruxsat klassi tashkilot havo kemasi bortidan komponentlarni demontaj qilmagan holda, havo kemalariga va komponentlarga (shu jumladan, dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalariga) texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish huquqiga egaligini bildiradi. Istisno tariqasida, “O‘zaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan faoliyat bo‘yicha qo‘llanmada nazorat tartib-taomillari ko‘rsatilganda, texnik xizmat ko‘rsatish imkonini yaratish maqsadida demontaj qilish havo kemasining ekspluatatsiya hujjatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruxsat etilganda, texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida komponentlarni vaqtincha demontaj qilish mumkin. Cheklovlar bo‘limi texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bunday ishlarning ta’rifini o‘z ichiga oladi. 5. “V” toifali ruxsat klassi tashkilot demontaj qilingan dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalariga faqat dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalaridan komponentlar demontaj qilinmagan holda, texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish huquqiga egaligini bildiradi. Texnik xizmat ko‘rsatish imkonini yaratish maqsadida demontaj qilish dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalarining ekspluatatsiya hujjatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruxsat etilganda, texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida komponentlarni vaqtincha demontaj qilish hollari bundan mustasno. Cheklovlar bo‘limi texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bunday ishlarning ta’rifini o‘z ichiga oladi va bu tasdiqlashning amal qilish doirasini belgilaydi. “V” toifali ruxsat klassiga ega bo‘lgan tashkilot nazorat qilish bo‘yicha tegishli tartib-taomillar faoliyat bo‘yicha qo‘llanmada ko‘rsatilgan bo‘lsa, operativ va davriy texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida havo kemasiga o‘rnatilgan dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish huquqiga ega. Faoliyat bo‘yicha qo‘llanmadagi tasdiqlangan faoliyat sohasida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ruxsat berilgan faoliyat turlari aks ettirilgan bo‘lishi lozim. 6. “S” toifali ruxsat klassi tashkilot havo kemasiga yoki dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalariga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan, havo kemasi bortidan demontaj qilingan komponentlarga (dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalari bundan mustasno) texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish huquqiga egaligini bildiradi. Cheklovlar bo‘limi texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bunday ishlarning tavsifini o‘z ichiga oladi. Tasdiqlashning amal qilish doirasini belgilaydi. Shu bilan birga, “S” toifali ruxsat klassiga ega bo‘lgan tashkilot faoliyati bo‘yicha qo‘llanmasida nazoratga oid tegishli tartib-taomillar ko‘rsatilgan bo‘lsa, havo kemasiga operativ va davriy texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida yoxud dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish bazasida havo kemalariga o‘rnatilgan komponentlarga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish huquqiga ega. Faoliyat bo‘yicha qo‘llanmadagi tasdiqlangan faoliyat sohasida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ruxsat berilgan faoliyat turlari aks ettirilgan bo‘lishi lozim. 7. “D” toifali ruxsat klassini ta’riflash ehtiyoji yo‘q va ushbu klass aniq bir havo kemasi, dvigatel yoki komponent bilan bog‘liq emas. Maxsus ishlar turiga kompozit materiallarning yuzasiga ishlov berish, qum (drob) bilan ishlov berish (mustahkamlash), qoplamalar, bo‘yash, putur yetkazmasdan nazorat (NDT) qilish, payvandlash va boshqalar kiradi. 8. “A” toifali ruxsat klasslari “operativ texnik xizmat ko‘rsatish” yoki “davriy texnik xizmat ko‘rsatish” turlariga bo‘linadi. Tashkilot tomonidan davriy texnik xizmat ko‘rsatish, operativ texnik xizmat ko‘rsatish yoki ikkala toifa bo‘yicha ham tasdiqlangan bo‘lishi mumkin. Tashkilot manzilida joylashgan operativ texnik xizmat ko‘rsatish xizmati operativ texnik xizmat ko‘rsatish toifasi bo‘yicha tasdiqlanishi lozim. 9. “Cheklovlar” bo‘limi muayyan bir tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasi ro‘yxatini shakllantirishda foydalaniladi. “Tashkilotlarning faoliyat turlari bo‘yicha beriladigan klasslar va ruxsatlar tizimi” jadvali mumkin bo‘lgan cheklovlar turlarini belgilaydi, bunda texnik xizmat ko‘rsatish ishlarining turlari har bir ruxsat klassi oxirida yoziladi, shuning uchun havo kemasi yoki dvigatelning turi yoki ishlab chiqaruvchisiga emas, balki har bir tashkilotga muhimroq bo‘lgan texnik xizmat ko‘rsatish ishlariga ko‘proq urg‘u berish mumkin. 10. “A” va “V” toifali ruxsat klasslari uchun cheklovlar bo‘limining “Tashkilotlarning faoliyat turlari bo‘yicha beriladigan klasslar va ruxsatlar tizimi” jadvali turkumlar (seriya), turlar va guruhlar bo‘yicha havolalarni o‘z ichiga oladi. “Turkum” so‘zi bir xil turdagi havo kemalarning va/yoki dvigatellarning to‘plamini anglatadi, jumladan, Airbus 300, Airbus 320 yoki Boeing 737 yoxud RB211. Bunday turkum yoki turlarning har qanday soni ko‘rsatilishi mumkin. “Tur” so‘zi aniq bir tur yoki modelni bildiradi, misol uchun Airbus 310-240 yoki RB 211-524B4. “Guruh” esa, jumladan, “Cessna” porshenli bir dvigatelli samolyotlar yoki “Lycoming” turbinasiz porshenli dvigatellar va boshqalarni anglatadi. 11. Ishlab chiqarish imkoniyatlarining tez-tez o‘zgartirish kiritib boriladigan kengaytirilgan ro‘yxatiga “O‘zaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan va faoliyat bo‘yicha qo‘llanmada aks ettirilgan tartib-taomillarga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilishi lozim. Ushbu tartib-taomillarda ishlab chiqarish imkoniyatlari ro‘yxatini (capability list) yuritish, o‘zgartirishlarni kiritishni nazorat qilish va buning uchun zarur bo‘lgan harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha javobgar shaxs belgilanishi kerak. Mazkur harakatlar ro‘yxatga kiritiladigan mahsulotlar va ishlar turi mazkur Pasportda belgilangan talab va shartlarga muvofiqligini ta’minlaydi. 12. Barcha texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini rejalashtirish va bajarish uchun faqat bitta xodimni yollaydigan tashkilot ishlar turi bo‘yicha chegaralangan ruxsatlar soniga ega bo‘lishi mumkin. Ruxsat beriluvchi chegirmalar quyidagilardan iborat:
Muayyan tashkilotning ishlab chiqarish imkoniyatlariga qarab, bunday tashkilotga “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan faoliyat sohasiga nisbatan qo‘shimcha cheklovlar qo‘yilishi mumkin. Tashkilotlarning faoliyat turlari bo‘yicha beriladigan klasslar va ruxsatlar tizimi jadvali
* Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
58-ILOVA
PASPORTI
|
1. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosa |
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish |
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik shaxslar |
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“O‘zaviatsiya” agentligi) |
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) ariza; arizada quyidagilar ko‘rsatiladi: 1) ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumotlar: tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan to‘liq nomi; joylashgan joyi (pochta manzili); telefon raqami; elektron manzili; 2) fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmasi haqida ma’lumot: nomlanishi (turi); belgilangan maqsadi; seriya raqami (zavod, identifikatsiya raqami va boshqalar); ishlab chiqarilgan sana; ishlab chiqaruvchining nomi; ishlab chiqaruvchi joylashgan joy; maksimal uchish vazni; o‘rnatilgan dvigatellar turi; o‘rnatilgan dvigatellar soni; dvigatel kuchi (tortish); radioelektron vositalar haqida ma’lumot; vakolatli organning radiochastota spektridan foydalanishga ruxsatnomasi; fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmasi saqlanadigan manzil (joy); 3) fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalari operatorlari to‘g‘risida ma’lumot: F.I.O.; maxsus tayyorgarligi to‘g‘risida ma’lumotlar; fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmasi operatorining o‘z vazifalarini bajarishga yaroqliligi to‘g‘risida tibbiy xulosa; 4) idoraviy vazifalar ro‘yxati: 1. ______________________; 2. ______________________; b) uchuvchisiz uchish qurilmasiga mulk huquqi, mulkni sotish yoki ijaraga berish to‘g‘risidagi shartnomalar nusxasi; v) uchuvchisiz uchish qurilmasi uchun ishlab chiqaruvchining pasporti nusxasi yoki unga tenglashtirilgan hujjat (sifat sertifikati, muvofiqlik sertifikati); g) uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqaruvchining hujjati (qo‘llanma, yo‘riqnoma, texnik tavsif) nusxasi; d) ariza beruvchining parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanmasi. |
|
6. |
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: |
Yig‘im undirilmaydi |
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 69,5 baravari. Yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga; 11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘larning 60 foizi — vakolatli organning hisobvarag‘iga, 40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. |
|
8. |
Arizani ko‘rib chiqish muddati: |
15 ish kuni |
|
9. |
Ruxsat beruvchi talablar va shartlar: |
a) fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchish qurilmalarining parvozlari O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshirilishi; b) zarur xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda va Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlaridan ruxsat olingandan keyingina fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalari, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz aviatsiya tizimlariga O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanishga ruxsat berilishi; v) fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalari faqat ajratilgan havo hududidan foydalanishi; Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalarini saqlashga qo‘yiladigan umumiy talablar: a) uchuvchisiz uchish qurilmalarini saqlash uchun begonalar kirishi man etilgan va signalizatsiya vositalari (zarurat bo‘lganda, videokuzatuv vositalari) bilan jihozlangan, harorat rejimi, to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlarining, issiqlik va boshqa turdagi nurlanishning yorug‘lik ta’siri, shuningdek, yong‘inga qarshi xavfsizlik bo‘yicha ishlab chiqaruvchi talablariga mos keladigan ixtisoslashtirilgan bino ajratish; b) uchuvchisiz uchish qurilmalarini ularning turiga mos keladigan maxsus konteynerlarda saqlash; v) uchuvchisiz uchish qurilmalarini qisman yoki demontaj qilingan holda, ularning darhol uchishini istisno qiladigan sharoitda saqlash; g) uchuvchisiz uchish qurilmalarini dala (ishlab chiqarish) sharoitida ularning turiga qarab maxsus joylash konteynerlarida akkumulyatordan alohida ajratilgan holda saqlash. Bunda joylash konteyneri muhrlangan bo‘lishi va saqlash uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxs nazorati ostida bo‘lishi kerak; d) saqlash uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxsga uchuvchisiz uchish qurilmasini tashlab ketish yoki boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi. |
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati |
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
Cheklanmagan |
|
12. |
Izoh: |
1. Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosa uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun beriladi. 2. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “O‘zaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yig‘im to‘langan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosa asl nusxasini beradi. 3. Uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosa “O‘zaviatsiya” agentligi direktori yoki “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining buyrug‘i bilan vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va “O‘zaviatsiya” agentligining muhri bilan tasdiqlanadi. 4. Uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosa nusxasi “O‘zaviatsiya” agentligida saqlanadi. 5. Uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosa ikki yoki undan ortiq yuridik shaxslarga berilishi mumkin emas va boshqa shaxsga berilmaydi. 6. Ekspluatant amaldagi uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosadan faqat o‘z faoliyatini amalga oshirish maqsadlarida foydalanishi mumkin. 7. “O‘zaviatsiya” agentligi belgilangan tartibda mustaqil ravishda uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risida xulosa berish uchun kerakli hujjatlarni va O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat organlaridagi ma’lumotlarni axborot hamkorligi tizimi vositasida, shu jumladan elektron hujjat shaklida oladi. 8. “O‘zaviatsiya” agentligi ekspluatant uchun belgilangan ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi. 9. “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosa berish yoki berishni rad qilish to‘g‘risida qaror ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar asosida qabul qilinadi. 10. Hujjatlarning baholanishida ularning butligi hamda ekspluatantga belgilangan faoliyatga doir ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiqligi tekshiriladi. 11. Hujjatlar baholanishi natijalariga asosan “O‘zaviatsiya” agentligi ariza beruvchiga uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risida xulosa beradi (yuboradi) yoki uni uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosani berish rad etilganligi haqida tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirilmagan holda yozma shaklda xabardor qiladi. 12. Ekspluatantning manzili o‘zgarganda, uchuvchisiz uchish qurilmasi uni qayta jihozlash bilan bog‘liq modifikatsiya qilinganda (nomi o‘zgarganda), foydalanilayotgan uchuvchisiz uchish qurilmasi ro‘yxatdan chiqarilganda, uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosada ko‘rsatilgan uchuvchisiz uchish qurilmasi operatori (operatorlari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zgarganda, ekspluatant yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga yetti ish kuni ichida “O‘zaviatsiya” agentligiga xulosani qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi shart. Ekspluatant tomonidan yuqoridagi talablar bajarilmaganda, fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat etish to‘g‘risidagi xulosa to‘xtatiladi. 13. Ekspluatant faoliyati uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosada belgilangan ekspluatantning ruxsat beruvchi talablar va shartlarga joriy muvofiqligini baholash maqsadida inspeksiya tekshiruvlarini o‘tkazish shaklida nazorat qilinadi. Inspeksiya tekshiruvining natijalari hisobotlar shaklida rasmiylashtiriladi. 14. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanadigan ekspluatantlarning inspeksiya tekshiruvlari ikki yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. 15. Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan o‘rganishlar uchun xarajatlar (xizmat safari va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sug‘urta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi bo‘yicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga ko‘ra qoplanadi. |
|
”. |
2-ILOVA