1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Import tovarlar erkin muomalaga chiqarib yuborilguniga qadar bojxona ekspertizasi tayinlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi boʻyicha tovarlar kodini shartli belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 2711-moddasiga muvofiq, shuningdek, deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (keyingi oʻrinlarda — TIF TN) kodini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, shartli TIF TN kodni belgilash orqali ushbu tovarlarni chiqarib yuborish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.03 TN VED kodlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Import tovarlar erkin muomalaga chiqarib yuborilguniga qadar bojxona ekspertizasi tayinlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi boʻyicha tovarlar kodini shartli belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarning TIF TN kodini aniqlash imkoni boʻlmaganda, deklarant yoki bojxona brokeri taqdim etgan bojxona yuk deklaratsiyasi asosida tovarlarning shartli TIF TN kodini belgilash orqali bojxona organi tomonidan chiqarib yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib kiriladigan tovarlar toʻgʻrisidagi bitim asosida TIF TN kodini aniqlash imkoni boʻlmaganda yoki bojxona organi tomonidan TIF TN kodini nazorat qilish yakunlari boʻyicha deklarant yoki bojxona brokeri bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilgandan soʻng shartli TIF TN kodini ularning arizasiga muvofiq aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni shartli TIF TN kodini belgilash orqali deklarant yoki bojxona brokeri xohishiga asosan chiqarib yuborish holatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Bojxona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 4-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
636-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 636-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import tovarlar erkin muomalaga chiqarib yuborilguniga qadar bojxona ekspertizasi tayinlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi boʻyicha tovarlar kodini shartli belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom import tovarlar erkin muomalaga chiqarib yuborilguniga qadar bojxona ekspertizasi tayinlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi boʻyicha tovarlar kodini shartli belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.03 TN VED kodlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlarining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (axborot tizim) — bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning va transport vositalarning bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ularga doir hujjatlar va maʼlumotlarning kiritilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi avtomatlashtirilgan tizim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deklarant — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini oʻz nomidan deklaratsiyalovchi shaxs yoxud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni chiqarib yuborish — bojxona organlarining bojxona rasmiylashtiruvini yakunlovchi va maʼlum qilingan bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqan holda tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilganligini ifodalovchi harakati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi (TIF TN) — tovarlarning tizimlashtirilgan roʻyxati boʻlib, undan tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish maqsadida foydalaniladi va u tovarning raqamli kodli belgilanishini, uning nomini, oʻlchov birliklarini hamda izohlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tovarlar TIF TN boʻyicha tovarlarning shartli kodini belgilash orqali deklarant roziligiga asosan tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar bojxona ekspertizasi tayinlangan hollarda chiqarib yuboradi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.03 TN VED kodlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tovarlarga nisbatan taqiqlar va cheklovlar qoʻllanilishi mumkinligini koʻrsatuvchi belgilar bojxona organlari tomonidan aniqlangan va ularga rioya qilinganligini isbotlovchi dalillar deklarant tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, tovarlar chiqarib yuborilmaydi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.03 TN VED kodlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tovarlarning TIF TN boʻyicha shartli kodi deklarant tomonidan taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi asosida bojxona organi tomonidan aniqlanadi va belgilanadi. Bunda bojxona organi mazkur Nizomda belgilangan tartibda TIF TN boʻyicha tovarlarning shartli kodini mustaqil ravishda belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tovarlar TIF TN boʻyicha tovarlarning shartli kodini belgilash orqali ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq chiqarib yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Shartli TIF TN kodini qoʻllash, aniqlash va belgilash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bojxona organi tomonidan bojxona yuk deklaratsiyasini koʻrib chiqish jarayonida bojxona ekspertizasi tayinlanganligi bois Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 2711-moddasiga asosan deklarantga TIF TN boʻyicha tovarlarning shartli kodini belgilash orqali chiqarib yuborish mumkinligi haqida axborot tizim orqali maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Deklarant TIF TN boʻyicha tovarlarning shartli kodini belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish boʻyicha oʻz roziligini axborot tizimda maʼlum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bojxona organi oʻz ixtiyorida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni solishtiradi va deklarant tomonidan taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi asosida TIF TN boʻyicha tovarlarning shartli kodini mustaqil ravishda belgilaydi hamda bu haqida deklarantni axborot tizim orqali bir ish kuni ichida xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.03 TN VED kodlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Deklarant TIF TN boʻyicha tovarlarning shartli kodini belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish uchun bojxona yuk deklaratsiyasini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 339-moddasiga muvofiq bojxona organi tomonidan belgilangan shartli kodga muvofiq ravishda hisoblab chiqarilgan bojxona toʻlovlari toʻlanganligini taqdim etadi. Bunda bojxona yuk deklaratsiyasida tovarlarni olib oʻtish xususiyatlari tasniflagichiga muvofiq tegishli raqamli kod koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.03 TN VED kodlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bojxona organi tovarlardan namuna va sinamalarni olgan holda, bojxona yuk deklaratsiyasi asosida TIF TN boʻyicha tovalarning shartli kodiga muvofiq tovarlarni chiqarib yuboradi. Bunda bojxona toʻlovlarini toʻlashni taʼminlash vositalari, xususan TIF TN boʻyicha tovarlarning shartli kodi va bojxona yuk deklaratsiyasida maʼlum qilingan TIF TN boʻyicha tovarlarning kodi asosida hisoblab chiqilgan bojxona toʻlovlari orasidagi farq axborot tizimda nazoratga olinadi. Bunda tovarlarning bojxona qiymati Bojxona kodeksi va qonunchilik talablari asosida belgilanadi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.03 TN VED kodlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bojxona ekspertizasi natijasi boʻyicha yakuniy qaror bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) TIF TN boʻyicha tovarlarning shartli kodi tasdiqlangan taqdirda, bu haqida elektron shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi va bojxona organi xodimining elektron imzosi bilan tasdiqlangan holda, deklarantga uch ish kunida ushbu dalolatnoma nusxasi elektron shaklda yuboriladi hamda undan bojxona yuk deklaratsiyasini tuzatish shakli taqdim etilishi soʻraladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasini tuzatish shakli bilan TIF TN boʻyicha tovarlarning shartli kodi asosida toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarini undirib olish choralari koʻriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bojxona yuk deklaratsiyasida maʼlum qilingan TIF TN boʻyicha tovarlarning kodi tasdiqlangan taqdirda, deklarant axborot tizim orqali uch ish kuni ichida xabardor etiladi hamda rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasini tuzatish shakli taqdim etilishi soʻraladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasini tuzatish shakli bojxona organi tomonidan rasmiylashtiriladi va nazoratga olingan ortiqcha toʻlangan bojxona toʻlovlari deklarantning arizasiga asosan bojxona qonunchiligida belgilangan tartibda dastlabki mablagʻlar hisobiga oʻtkaziladi yoki bojxona organlari tomonidan deklarantga qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi 339-moddasi ikkinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan usullar bilan taʼminlangan boʻlsa, ularni Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq belgilangan tartibda deklarantga qaytarish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. TIF TN boʻyicha tovarlarning shartli kodini qoʻllash muddatlari
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.03 TN VED kodlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. TIF TN boʻyicha tovarlarning shartli kodini qoʻllash muddati bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kunni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur muddat bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona organlari tomonidan qabul qiliNgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan muddat oʻtib boʻlsa va (yoki) bojxona ekspertizasi yakuni yuzasidan TIF TN boʻyicha tovarlarning kodi tasdiqlanmagan taqdirda, bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi. Bunda bojxona yuk deklaratsiyasiga tuzatish shakli toʻldiriladi hamda u TIF TN boʻyicha tovarning kodi xususidagi yakuniy qaror hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.03 TN VED kodlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Deklarant bojxona organlari qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, ushbu qaror yuzasidan yuqori turuvchi organlarga va (yoki) sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Nizom talablari TIF TN boʻyicha tovarlarning shartli kodini aniqlash uchun taqdim etilgan har qanday maʼlumot, hujjat yoki bojxona yuk deklaratsiyasining haqiqiyligi yoxud toʻgʻriligini tekshirish boʻyicha bojxona organlarining huquqini cheklamaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 171, 227 –– 22727-moddalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import tovarlar erkin muomalaga chiqarib yuborilguniga qadar bojxona ekspertizasi tayinlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi boʻyicha tovarlar kodini shartli belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIF TN boʻyicha tovarlarning shartli kodini belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Ishtirokchilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Bojxona organi
Bojxona ekspertizasi tayinlanganligi bois Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 2711-moddasiga asosan deklarantga TIF TN boʻyicha tovarlarning shartli kodini belgilash orqali chiqarib yuborish mumkinligini bojxona organlari axborot tizimi orqali maʼlum qiladi.
Bojxona yuk deklaratsiyasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha
2-bosqich
Deklarant
TIF TN boʻyicha tovarlarning shartli kodini belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish boʻyicha oʻz roziligini bojxona organlari axborot tizimida maʼlum qiladi.
1 ish kuni ichida
3-bosqich
Bojxona organi
Ixtiyorida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni solishtiradi va deklarant tomonidan taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi yuzasidan TIF TN boʻyicha tovarlarning shartli kodini mustaqil ravishda belgilaydi hamda bu haqida deklarantni bojxona organlari axborot tizim orqali xabardor qiladi.
Murojaat kelgandan soʻng bir ish kuni ichida
4-bosqich
Deklarant
TIF TN boʻyicha tovarlarning shartli kodini belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish uchun bojxona yuk deklaratsiyasini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 339-moddasiga muvofiq bojxona organi tomonidan belgilangan shartli kodga muvofiq ravishda hisoblab chiqarilgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlaydi va bojxona yuk deklaratsiyasining 37-grafasida tovarlarni olib oʻtish xususiyatlari tasniflagichiga muvofiq “000” raqamini koʻrsatadi.
1 ish kuni ichida
5-bosqich
Bojxona organi
Tovarlardan namuna va sinamalarni olgan holda bojxona yuk deklaratsiyasi asosida TIF TN boʻyicha tovarlarning shartli kodiga muvofiq tovarlarni chiqarib yuboradi.
TIF TN boʻyicha tovarlarning shartli kodi va deklarant tomonidan maʼlum qilingan TIF TN boʻyicha tovarlarning kodi asosida hisoblab chiqilgan bojxona toʻlovlari summasi orasidagi farqni nazoratga oladi.
Toʻlov taʼminlangandan soʻng ikki ish kuni ichida
6-bosqich
Bojxona organining Tasniflash guruhi
Bojxona ekspertizasini oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshiradi.
Bojxona ekspertizasi boʻyicha yakuniy qaror qabul qiladi.
Tovarlar chiqarib yuborilgandan soʻng oltmish kalendar kun ichida
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/636/0794-son)