04.10.2024 yildagi 634-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi 468-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish xaqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda taʼlim sohasida raqamli xizmatlardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha raqamlashtirilgan davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, davlat oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish borasida raqamli xizmatlarni koʻrsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, shu jumladan, ushbu xizmatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish zarurati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qaroriga muvofiq talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va magistraturaga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi 468-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar reyestrini shakllantirishda vakolatli organlar masʼuliyatini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasi orqali joriy etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 4-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
634-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 634-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi 468-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uchinchi xatboshidagi “tasdiqlansin” soʻzi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 8-bandning birinchi xatboshisidagi “2019-yil” soʻzlari “har yili” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi mazmundagi 3-ilova bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 468-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Reglament davlat oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash hamda davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — maxsus platforma) orqali qabul qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat xizmatlari mazkur Reglamentga 1 va 2-ilovalarga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ariza beruvchi arizani davlat xizmatlarini koʻrsatish doirasida koʻrib chiqish holatini YIDXP yoki maxsus platforma orqali kuzatib borishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ariza beruvchi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP yoki maxsus platforma orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ariza beruvchi YIDXP yoki maxsus platforma orqali mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi hamda unga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agar soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga besh ish kunidan iborat muddat beriladi. Davlat xizmatlarini koʻrsatishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi xabar ariza beruvchiga bir ish kuni ichida yuborilishi lozim. Davlat xizmatini koʻrsatish muddatining oʻtishi kamchiliklarni bartaraf etish vaqtida toʻxtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmaganligi davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ariza beruvchi davlat xizmatlarini koʻrsatishning har qanday bosqichida ulardan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. YIDXP va maxsus platforma orqali kelib tushgan ariza hamda unga ilova qilingan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan har yili 16-iyuldan 25-avgustga qadar koʻrib chiqilib, tegishliligi boʻyicha oliy taʼlim muassasasi yoki tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik hamda idoralar yoxud Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli komissiyalar) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash toʻgʻrisidagi arizalar vakolatli komissiyalar tomonidan har yili 6-avgustdan 30-avgustga qadar oʻrganib chiqilib, qaror qabul qilinadi va ariza beruvchiga YIDXP yoki maxsus platforma orqali maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ariza beruvchi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda har yili 1-iyuldan 30-iyulga qadar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP yoki maxsus platforma orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ariza beruvchi YIDXP yoki maxsus platforma orqali murojaat etganda, ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani mustaqil ravishda toʻldiradi hamda unga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agar soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga besh ish kunidan iborat muddat beriladi. Davlat xizmatlarini koʻrsatishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi xabar ariza beruvchiga bir ish kuni ichida yuborilishi lozim. Davlat xizmatini koʻrsatish muddatining oʻtishi kamchiliklarni bartaraf etish vaqtida toʻxtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmaganligi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza beruvchi davlat xizmatlarini koʻrsatishning har qanday bosqichida ulardan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. YIDXP yoki maxsus platforma orqali murojaat qilinganda soʻrovnoma avtomatik tarzda tegishli oliy taʼlim muassasasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tegishli oliy taʼlim muassasasi ariza kelib tushgandan boshlab uch ish kuni davomida ariza beruvchining tugatgan oliy taʼlim muassasasiga (nodavlat oliy taʼlim tashkilotiga) diplom maʼlumotlarini tasdiqlash uchun joʻnatadi, bunda har yili 10-avgustga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020/2021 oʻquv yiliga qadar respublika davlat oliy taʼlim muassasasi tomonidan berilgan diplom maʼlumotlari (oʻrtacha balli bilan) tegishli oliy taʼlim muassasasi tomonidan tasdiqlab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasasi tomonidan berilgan diplom maʼlumotlari (oʻrtacha balli bilan) avtomatik tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — HEMIS” axborot tizimidan olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat oliy taʼlim tashkiloti va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari filiallari tomonidan berilgan diplom maʼlumotlari (oʻrtacha balli bilan) tegishli oliy taʼlim tashkiloti tomonidan tasdiqlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotini tugatgan boʻlsa, uning diplom maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining “Nostrifikatsiya” axborot tizimi orqali tekshirib olinadi va diplom oʻrtacha balli hujjatni qabul qilib olgan oliy taʼlim tashkiloti tomonidan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Magistraturaga qabul boʻyicha natijalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) tasdiqlash uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat komissiyasi har yili 25-avgustga qadar oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oliy taʼlim muassasasi har yili 30-avgustga qadar Davlat komissiyasining qaroriga asosan abituriyentning magistraturaga qabul natijasini YIDXP yoki maxsus platforma orqali abituriyentni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar hamda oliy taʼlim muassasalari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasida (keyingi oʻrinlarda — maxsus platforma) roʻyxatdan oʻtadi.

2. YIDXP yoki maxsus platforma orqali murojaat etganda, Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani mustaqil ravishda toʻldiradi.

3. Maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.

Har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

YIDXP yoki maxsus platforma orqali kelib tushgan arizalarni, ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish va tegishli oliy taʼlim muassasasi yoki tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar yoxud Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli komissiyalar) yuboradi.

Har yili 16-iyuldan 25-avgustga qadar

3-bosqich

Vakolatli komissiyalar

Hujjatlarni koʻrib chiqadi, natijasi boʻyicha qaror qabul qiladi hamda YIDXP yoki maxsus platforma orqali xabardor qiladi.

Har yili 6-avgustdan 30-avgustga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga oʻqishga kirish uchun YIDXP yoki maxsus platformada roʻyxatdan oʻtadi.

2. YIDXP yoki maxsus platforma orqali murojaat etganda, ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani mustaqil ravishda toʻldiradi.

3. Maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.

Har yili 1-iyuldan 30-iyulga qadar

2-bosqich

1. YIDXP

2. Maxsus platforma

Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarning arizalarini, maʼlumotlarini tegishli oliy taʼlim muassasalariga yuboradi.

1. 10 daqiqa mobaynida

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Oliy taʼlim muassasasi

1. Kelib tushgan arizalarni, maʼlumotlarni qabul qiladi. Tegishliligi boʻyicha abituriyentning bakalavr diplomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlash uchun tugatgan oliy taʼlim muassasasiga (nodavlat oliy taʼlim tashkilotiga) yuboradi.

Uch ish kuni davomida

2. Ariza beruvchining diplom maʼlumotlarini tekshirib, tasdiqlaydi.

Har yili 10-avgustga qadar

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi

Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga qabul natijalarini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Har yili 25-avgustga qadar

5-bosqich

Oliy taʼlim muassasasi

Davlat komissiyasining qaroriga asosan abituriyentning magistraturaga qabul natijasini YIDXP yoki maxsus platforma orqali xabardor qiladi.

Har yili 30-avgustga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOʻROVNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

I. Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar

1.1. Familiyasi, ismi va otasining ismi

1.2. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi va raqami, JSHSHIR maʼlumotlari)

1.3. Fuqaroligi

1.4. Telefon raqami

1.5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

II. Ariza beruvchining oʻqiyotgan (oʻqigan) oliy taʼlim muassasasi boʻyicha maʼlumotlar

2.1. Oliy taʼlim muassasasining nomi

2.2. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi yoki magistratura mutaxassisligi shifri va nomi

2.3. Taʼlim shakli

2.4. Taʼlim turi

2.5. Taʼlim kursi

III. Ariza beruvchining oʻqishini koʻchirish (qayta tiklash) istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va oʻqishni koʻchirish (koʻchirib tiklash) sababi boʻyicha maʼlumotlar

3.1. Oliy taʼlim muassasasining nomi

3.2. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi yoki magistratura mutaxassisligi shifri va nomi

3.3. Taʼlim shakli

3.4. Oʻqishni koʻchirish (koʻchirib tiklash) sababi

3.5. Oʻqishni koʻchirish (koʻchirib tiklash) sababini asoslovchi hujjatlar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarning toʻliq va haqiqiyligini hamda toʻgʻri koʻrsatilganligini tasdiqlayman.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti hamda Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari bilan toʻliq tanishdim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOʻROVNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

I. Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar

1.1. Familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi)

1.2. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi va raqami, JSH SHIR maʼlumotlari)

1.3. Fuqaroligi

1.4. Telefon raqami

1.5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

II. Ariza beruvchining oʻqigan oliy taʼlim muassasasi boʻyicha maʼlumotlar

2.1. Oʻqigan oliy taʼlim muassasasining nomi

2.2. Oʻqigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi shifri va nomi

2.3. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom va uning ilovasi nusxalari

2.4. Xorijiy davlatda oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma nusxasi (xorijiy davlatdagi oliy taʼlim tashkilotini tugatgan ariza beruvchilar uchun)

III. Ariza beruvchining magistraturaga kirish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi, xorijiy til sertifikati va imtiyozlari boʻyicha maʼlumotlar

3.1. Magistratura mutaxassisligiga kirish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasining nomi

3.2. Magistratura mutaxassisligi shifri va nomi

3.3. Taʼlim tili

3.4. Qabul koʻrsatkichining turi (maqsadli yoki umumiy)

3.5. Xorijiy til sertifikati

3.6. Imtiyozlarni asoslovchi hujjatlar (mavjud boʻlsa)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarning toʻliq va haqiqiyligini hamda toʻgʻri koʻrsatilganligini tasdiqlayman.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti hamda Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari bilan toʻliq tanishdim.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2024-y., 09/24/634/0782-son)