1-ILOVA
|
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘limlari |
“Qishloq xo‘jaligini standartlashtirish va sertifikatlashtirish markazi” DUK |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Tumanlar (Quvasoy shahri) loyiha ofislari |
Ko‘chat yetishtirish va namunaviy bog‘larni barpo etishga ixtisoslashgan korxona |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
“O‘zagrologistik” MCHJ |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2-ILOVA
T/r | Tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Moliyalashtirish manbai | Ijro muddati | Mas’ullar |
1. | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash hamda Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi (keyingi o‘rinda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 1. Agentlik to‘g‘risidagi nizomni hamda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | Mablag‘ talab etilmaydi | 2024-yil oktabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Agentlik (Abdullayev) |
2. Hujjat loyihasini o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil noyabr | ||||
2. | Agentlikning respublika va hududiy bo‘linmalari xodimlarining ish samaradorligini oshirish. | 1. Xodimlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy qilish. | Mablag‘ talab etilmaydi | 2024-yil dekabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Agentlik (Abdullayev) |
2. Agentlik xodimlari faoliyatining natijadorligiga qarab (KPI) rag‘batlantirish ko‘rsatkichlarini belgilash. | Doimiy | ||||
3. | Yangidan tashkil etiladigan sanoatlashgan intensiv mevali bog‘ va tokzorlarni namunaviy texnik-iqtisodiy asosda tashkil qilish mexanizmini ishlab chiqish. | 1. Yangidan tashkil etiladigan sanoatlashgan intensiv mevali bog‘ va tokzorlarning namunaviy texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish. | Mablag‘ talab etilmaydi | 2024-yil noyabr | Agentlik (Abdullayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Sanoatlashgan intensiv mevali bog‘ va tokzorlarni barpo etishning ichki nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2024-yil dekabr | ||||
4. | Ko‘chatchilikka ixtisoslashgan xo‘jalik yoki “In-vitro” laboratoriyasiga tegishli bo‘lgan va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan yangi ko‘chatchilik tizimini ishlab chiqish. | 1. Respublikada mavjud ko‘chatchilikka ixtisoslashgan ko‘chatchilik xo‘jaligi yoki “In-vitro” laboratoriyalari ro‘yxatini va ularning yagona reyestrini shakllantirish. | Xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘lari | 2024-yil dekabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Agentlik (Abdullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Sertifikatlangan ko‘chatlar yetishtiradigan “In-vitro” laboratoriyalari va ko‘chatchilik majmualarini barpo etish. | 2025-2026-yillar | ||||
3. Agentlik tomonidan doimiy ravishda sertifikatlanadigan ko‘chatlar ekilishi va agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini monitoring qilish. | Doimiy | ||||
5. | Turkiyaning “Worldagro Sonsultancy Organizasyona.Ş.” kompaniyasi bilan hamkorlikda zamonaviy “in-vitro” laboratoriyasini tashkil etish. | 1. Turkiyalik hamkor bilan kelishuvlarni amalga oshirish va memorandum imzolash. | To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar | 2024-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Agentlik (Abdullayev) |
2. Toshkent shahri hokimligi tomonidan Bektemir tumanidan 50 gektar yer maydonini, shundan, istisno tariqasida, 5 gektar maydonda yer toifasini o‘zgartirgan holda “in-vitro” laboratoriyasini hamda 45 gektarda onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish uchun yer maydonini ajratish. | 2025-yil mart | ||||
3. Loyihani amalga oshirishni boshlash. | 2025-yil iyun | ||||
6. | Namangan viloyatida “Worldagro Sonsultancy Organizasyona.Ş.”kompaniyasi bilan hamkorlikda sanoatlashgan bog‘ plantatsiyasini tashkil etish. | 1. Xorijiy kompaniya bilan birgalikda intensiv bog‘ barpo etish loyihasini amalga oshirishni kelishish. | 34,0 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya | 2024-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Namangan viloyati hokimligi (Abdurazzoqov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Agentlik (Abdullayev) |
2. Loyihani amalga oshirish uchun Namangan viloyati tumanlaridan 4 ming gektar yer maydonini (past hosilli paxta va g‘alla hamda boshqa ekinlar) aniqlash. | 2025-yil yanvar | ||||
3. Yerni qonunchilikda belgilangan tartibda ajratish chorasini ko‘rish hamda loyihani amalga oshirishni boshlash. | 2024-2025-yillar | ||||
7. | Agentlik tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar reytingi balli baholash tizimini joriy etish. | 1. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining nufuzini oshirish hamda qayta ishlovchi va eksportyor korxonalarga ko‘maklashish maqsadida bog‘dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo‘jaliklarining samaradorligini belgilovchi Tartib loyihasini ishlab chiqish. Bunda: “yashil” toifadagi (90 foizdan oshgan) qishloq xo‘jaligi mahsulot yetishtiruvchi xo‘jaliklarni 2 yil davomida xo‘jalik faoliyatiga aloqador barcha turdagi tekshiruvlardan ozod etish; “qizil” toifadagi qishloq xo‘jaligi mahsulot yetishtiruvchi xo‘jaliklarga 3 yil davomida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat subsidiyasining barcha turlarini olishga cheklovlar kiritish. | Mablag‘ talab etilmaydi | 2025-yil yanvar | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Agentlik (Abdullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar reytingi to‘g‘risidagi tartibini tasdiqlash uchun Qishloq xo‘jaligi vaziriga kiritish. | 2025-yil yanvar | ||||
3. Aniqlangan reyting natijasini yil oxirida Agentlik saytida e’lon qilib borish. | Har yili 1-dekabrga qadar | ||||
8. | Mavjud bog‘ va tokzorlarni xatlovdan o‘tkazib borish. | 1. Respublikada mavjud mevali bog‘ va uzumzorlarni xatlovdan o‘tkazish va ularning ro‘yxatini shakllantirish. | Mablag‘ talab etilmaydi | Har yili yanvar — aprel | Agentlik (Abdullayev), O‘zagroinspeksiya (Vaxabov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
2. Bog‘ va uzumzorlarning elektron ro‘yxatini raqamlashgan (geoportal) axborot tizimiga doimiy joylashtirish. | Doimiy | ||||
9. | Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ yoki tokzor maydonlarining manzilli ro‘yxatini mavsumga qarab shakllantirish. | 1. Meva va uzum bog‘larining pishiqchilik davriga mos ravishda iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ yoki tokzor maydonlarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish. | Mablag‘ talab etilmaydi | 2024-yil noyabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Agentlik (Abdullayev), O‘zagroinspeksiya (Vaxabov) |
2. Agentlik tomonidan iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan deb topilgan bog‘lar va tokzorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar kesimida Soliq qo‘mitasiga tegishli axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali taqdim etib borilishini ta’minlash. | Har yili 1-dekabrga qadar | ||||
10. | “Tayyor holda barpo etish” tamoyili asosida bog‘ va uzumzor barpo etish bilan shug‘ullanuvchi korxonani (injiniring kompaniyasini) tashkil etish va loyihalarni amalga oshirish. | 1. Yangi korxonani o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va nizomini ishlab chiqish. | Agentlik jamg‘arma mablag‘lari | 2024-yil oktabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Agentlik (Abdullayev), Adliya vazirligi (Toshkulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov) |
2. Korxona ustav fondini Agentlikning jamg‘arma mablag‘lari hisobidan shakllantirish va malakali mutaxassislar bilan ta’minlash. | 2024-yil noyabr | ||||
3. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bog‘larni barpo etish loyihalarini Agentlik tizimidagi korxona orqali moliyalashtirish chorasini ko‘rish. | Belgilangan muddatda | ||||
11. | “Tayyor holda barpo etish” tamoyili asosida bog‘ barpo etish va aholiga lizing shartlari asosida berish bo‘yicha (2021-2023-yillar) loyihalarni yangi mexanizm asosida qayta tashkil qilish. | 2021 — 2023-yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Toshkent, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida “Tayyor holda barpo etish” tamoyili asosida bog‘ barpo etish va aholiga lizing shartlari asosida berish bo‘yicha berilgan topshiriqlar o‘rniga yangi mexanizm asosida 2025 — 2027-yillarda sanoatlashgan yangi bog‘larni tashkil etish choralarini ko‘rish. | Hisob-kitoblarga asosan | 2024-2025-yillar | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Agentlik (Abdullayev), Adliya vazirligi (Toshkulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
12. | Milliy brendlarni targ‘ib qilish, eksport geografiyasi va mahsulot turlarini kengaytirishda marketing tadqiqotlarni o‘tkazish. | 1. Mahalliy qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati korxonalarining brend mahsulotlari ro‘yxatini shakllantirish hamda yangi brend mahsulotlari yaratishga ko‘maklashish. | Agentlik jamg‘arma mablag‘lari | 2024-2025-yillar davomida | Agentlik (Abdullayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Xorijiy marketologlar bilan muzokaralar o‘tkazish, mavjud va yangi tashqi bozorlarning mahsulotlarga bo‘lgan talabini o‘rganish, marketing tadqiqotlarini amalga oshirish. | Doimiy | ||||
3. Marketing tadqiqotlar natijasiga ko‘ra sifatli va eksportbop qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. | 2024-2025-yillar | ||||
13. | Mahalliy korxonalarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishga ko‘maklashish. | Xorijiy davlatlar bilan savdo munosabatlarini rivojlantirish uchun mahalliy eksportyorlarga ko‘maklashish maqsadida “Agroko‘makchi” mobil ilovasida meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinishi mumkin bo‘lgan davlatlar va ularning talablari bo‘yicha ma’lumotlar kiritib borilishini ta’minlash. | Mablag‘ talab etilmaydi | Doimiy | O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (Ergashev) |
14. | Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat saqlashning innovatsion yechimlarini joriy etishda amaliy yordam berish. | 1. Xorijiy davlatlarning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat saqlash bo‘yicha zararli bakteriya va mikroorganizmlarni radiatsion (nurlantirish) sterilizatsiya (fumigatsiya) qilish usullarini o‘rganish. | Mablag‘ talab etilmaydi | 2024-yil dekabr | O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (Ergashev), Agentlik (Abdullayev), Tashqi ishlar vazirligi (Saidov), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (Turdikulova), Yadro fizikasi instituti |
2. Rossiya, AQSH, Eron, Pokiston va Xitoy davlatlariga soha mutaxassislarini jalb etib, tajribalarini o‘rganish. | 2024-yil dekabr | ||||
3. Radiatsiya orqali sterilizatsiya qilishni tashkil etish to‘g‘risida o‘rganilgan tajribalarni maqbullashtirish va jalb qilinadigan grantlar to‘g‘risidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil mart | ||||
15. | Sohaga xorijdan malakali mutaxassislarni jalb etish, mahalliy mutaxassislarni o‘qitish va ilm-fan yangiliklarini ishlab chiqarishga joriy etish. | 1. Mahalliy va xorijiy qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasidagi ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga quyish. | Innovatsion rivojlanish agentligi va boshqa moliyaviy manbalar hisobidan | 2024-2025-yillar | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, (Otajonov), Agentlik (Abdullayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Hududlarning tuproq va tabiiy iqlim sharoitlarini hisobga olib, ilmiy yutuqlar, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va intensiv agrotexnologiyadan foydalanish bo‘yicha xorijlik malakali mutaxassislarni jalb etish, joylarda chet el tajribasi asosida seminar va treninglar o‘tkazish. | 2025-yil davomida | ||||
16. | Issiqxona xo‘jaliklarida yetishtiriladigan mahsulotlar sifatini yaxshilash va hajmini oshirishni ta’minlash. | 1. Issiqxona xo‘jaliklariga malakali agronomlarni jalb etib, sifati va hajmini oshirish uchun malaka treninglarini o‘tkazish. | Agentlik jamg‘arma mablag‘lari | Doimiy | Agentlik (Abdullayev), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Markaziy bank (Nurmuratov), tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
2. Issiqxonada mahsulotlarni yetishtirish hosildorligini oshirish hamda ichki va tashqi bozorlarda realizatsiyasiga ko‘maklashish. | 2024-2025-yillar | ||||
3. Ko‘mir yoqilg‘isida faoliyat yuritayotgan issiqxonalar samaradorligini oshirish, ekologiya xavfsizligi uchun chang-gaz filtrini o‘rnatishda amaliy yordam berish. | 2024-2025-yillar | ||||
17. | Agentlik tizimidagi korxonalar faoliyatini takomillashtirish. | 1. Agentlik tasarrufidagi “Agroservis operator” DUK korxonasini Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markaziga o‘tkazish. | 7,6 milliard so‘m grant mablag‘lari | 2024-yil oktabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi, Agentlik (Abdullayev) |
2. “Agroservis operator” DUKning mavjud qarzdorligini Yevropa Ittifoqining grant mablag‘lari hisobidan kelgusidagi daromadidan qaytarib berish sharti bilan qoplash chorasini ko‘rish. | 2024-yil noyabr | ||||
18. | Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida mahalliy va xorijiy muassasalarda ilmiy tadqiqotchi hamda laboratoriya mutaxassislarini tayyorlash. | 1. Respublika miqyosida oziq-ovqat sohasidagi yosh, qobiliyatli xodimlar va laboratoriya mutaxassislari ro‘yxatini shakllantirish. | Agentlik jamg‘armasi mablag‘lari va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari | 2024-yil noyabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Agentlik (Abdullayev) |
2. Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida rivojlangan xorij davlatlaridagi ilmiy tadqiqot bo‘yicha ixtisoslashgan yetuk ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalari va ishlab chiqarish korxonalarini aniqlash. | 2025-yil yanvar | ||||
3. Ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalari yoki ishlab chiqarish korxonalarini tajribasiga va salohiyatiga ko‘ra tanlab olish hamda ular bilan shartnomalar tuzgan holda hamkorlikni amalga oshirish. | Doimiy | ||||
19. | Eksportbop mahsulotlar yetishtirish, iqtisodiy samara beradigan mevali bog‘ va uzumzorlarni barpo qilish, sog‘lom sifatli ko‘chatlarni ko‘paytirish maqsadida ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. | Hududlarda bog‘dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo‘jaliklaridagi muammolarga ilmiy-amaliy yechim topish maqsadida ko‘chatchilik, agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishi, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish hamda mahsulotlarni qayta ishlashni ichiga olgan 2024 — 2026-yillarga mo‘ljallangan fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ilmiy-texnik loyihalarni shakllantirish hamda ularning grant tanlovlari asosida amalga oshirilishini ta’minlash. | Ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | 2024-yil oktabr | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Agentlik (Abdullayev), Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (Otajonov) |
20. | Bog‘dorchilik va uzumchilik sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. | Mevali bog‘ va uzumning hosildorligi yuqori, sovuqqa va kasallikka chidamli hamda danaksiz yangi navlarini yaratish bo‘yicha ilg‘or xorijiy mamlakatlar, jumladan, AQSH, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya va boshqa mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. | Xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘lari va Jamg‘arma mablag‘lari | 2024-2025-yillar | Agentlik (Abdullayev), O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (Ergashev) |
21. | Respublikada sanoatlashgan intensiv mevali bog‘ va uzumzorlarning ko‘rgazmali maydonlari, issiqxonalar, “in-vitro” laboratoriyalari va dehqonlarning ilg‘or tajribasini keng targ‘ib qilish, xalqaro yetakchi nashrlar, telekanallar va boshqa ommaviy-axborot vositalari xodimlari uchun mamlakat bo‘ylab press turlarni tashkil etish. | 1. Xalqaro yetakchi nashrlar, telekanallar, mashhur agroblogerlarni aniqlab, ular bilan intensiv bog‘ va uzumzorlar, namunali bog‘lar, issiqxonalar, “in-vitro” laboratoriyalari va dehqonlarning ilg‘or tajribasini keng targ‘ib qilish maqsadida muzokaralar olib borish va ularni jalb qilish. | Agentlik jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan | 2024-yil dekabr | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Agentlik (Abdullayev) |
2. Xalqaro yetakchi nashrlar, telekanallar vakillari, mashhur agroblogerlar ishtirokida intensiv bog‘ va uzumzorlar, namunali bog‘lar, issiqxonalar, “in-vitro” laboratoriyalari va dehqonlarning ilg‘or tajribasini ko‘rsatish uchun press turlar tashkil etish. | 2024-2025-yillar oktabr | ||||
3. Press turlar natijasida qilingan ishlarni ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida doimiy ravishda namoyish etishni tashkillashtirish. | Doimiy | ||||
22. | Mevali bog‘ va uzumzorlarni ijara huquqi bilan rasmiylashtirib berishning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqish. | 1. Mevali bog‘ va uzumzorlarni ijara huquqi bilan rasmiylashtirib berish tartibini soddalashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. | Mablag‘ talab etilmaydi | 2024-yil noyabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Kadastr agentligi (Po‘latov), Agentlik (Abdullayev) |
2. Ishlab chiqilgan takliflarga asosan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2024-yil dekabr | ||||
23. | Respublikada anjir, funduk va zaytunzorlarni barpo etish choralarini ko‘rish. | 1. Turkiya, Ozarbayjon, Gruziya, Ispaniya va Italiya davlatlariga anjir, funduk va zaytun yetishtirish texnologiyalarini o‘rganish bo‘yicha mutaxassislarni xizmat safariga yuborish, ular bilan tajribalar almashish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. | Qishloq xo‘jaligi vazirligi jamg‘armasi mablag‘lari | 2024-2025-yillar davomida | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Xolmurodov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Andijon viloyati hokimligi (Abduraxmonov) |
2. Andijon viloyatida 100 gektar maydonda plantatsiya usulida “Andijon anjirzorlari” bog‘ini tashkil etish. | Hisob-kitoblarga asosan | 2025-yil aprel | |||
3. Jalaquduq, Xo‘jaobod, Romitan, Vobkent, Xatirchi, Nurota, Konimex, Karmana, Qiziltepa, Nurota, Namangan, Uchqo‘rg‘on, Boyovut, Sayxunobod, Guliston, Jarqo‘rg‘on, Uzun, Bo‘stonliq, Parkent, Buvayda, Beshariq, Uchko‘prik, Urganch tumanlari va Samarqand shahrida anjir yetishtirishga ixtisoslashgan mahallalarni tanlab olib, anjirzorlar maydonini kengaytirish, ushbu tumanlarda anjirni qayta ishlash, saqlash, saralash va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil sentabr | ||||
24. | Respublikaning 24 ta tumanidagi anjirchilik bilan to‘liq va qisman shug‘ullanayotgan 102 ta mahalladagi 20 ming aholi tomorqalarida Romitan va Urganch tajribasi asosida anjir yetishtirishni rivojlantirish. | 1. Mahallalarda anjir ekadigan xonadonlar ro‘yxatini shakllantirish va ko‘chat yetkazib beruvchi subyektlarni aniqlash. | Tijorat banklarining imtiyozli kreditlari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | 2025-yil yanvar | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
2. Anjir ko‘chatini ekadigan xonadonlar talabidan kelib chiqib, moliyaviy (kredit) resurslar ajratish choralarini ko‘rish. | 2025-yil may | ||||
3. Tumanlarda anjir ko‘chatlarini parvarishlash bo‘yicha Romitan va Urganch tumanining usta dehqonlari ishtirokida amaliy seminarlar o‘tkazish. | Reja-grafik asosida | ||||
25. | Aholi xonadonlariga 2025 — 2028-yillar davomida 1 mln tup anjir, zaytun va funduk ko‘chatlarini ekish. | 1. Aholiga anjir, zaytun va funduk ko‘chatlarini “Tomorqa xizmati” MCHJ tomonidan yetkazib berish. | Tijorat banklarining imtiyozli kreditlari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | 2025 — 2028-yillar davomida | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov), O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (Ergashev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
2. Aholiga anjir, zaytun va funduk yetishtirish, parvarishlash va kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli mutaxassislar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatib borish. | Reja-grafik asosida | ||||
26. | Agentlikning faoliyatini tubdan yaxshilash hamda xodimlariga shart-sharoitlar yaratish uchun bino va zaruriy jihozlar bilan ta’minlash. | 1. Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oqibat” MFY, Markaz-1 Buyuk ipak yo‘li mavzesi, 42-uy manzili bo‘yicha joylashgan binoning noturar bo‘lgan 1-qavati va yerto‘lasi Agentlikka operativ boshqaruv huquqi asosida berilishini ta’minlash. | Hisob-kitoblarga asosan | 2024-yil oktabr | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi (M. Atadjanov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Agentlik (Abdullayev) |
2. Binoni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hamda uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan o‘rnatilgan tartibda qoplash. | 2024-yil oktabr | ||||
27. | Agentlikning hududiy bo‘linmalari xodimlari uchun shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko‘rish. | 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hududiy bo‘linmalar xodimlari uchun tumanlar hokimliklarining ma’muriy binosi yoki boshqa idora, tashkilotlardan alohida xona ajratib, zaruriy ish sharoiti, uskuna va jihozlar bilan ta’minlash. | Hisob-kitoblarga asosan | 2024-yil oktabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tumanlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Agentlik (Abdullayev) |
2. Agentlik xodimlarining samarali faoliyat olib borishlari uchun mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlash uchun xarajatlarni davlat budjeti, grant va boshqa taqiqlanmagan manbalar hisobidan moliyalashtirish. | 2024-yil dekabr |
3-ILOVA
|
T/r |
Hudud (viloyat)lar nomi |
Jami tashkil etiladigan maydon, jami (gektar) |
shundan |
Shu jumladan, 2024 — 2027-yillarda tashkil etiladigan maydon, gektar |
|||||||||
|
fermer, qishloq xo‘jaligi korxonasi |
aholi tomorqasi |
Anjir |
shundan |
Funduk |
shundan |
Zaytun |
shundan |
||||||
|
fermer, qishloq xo‘jaligi korxonasi |
Aholi tomorqasi |
fermer, qishloq xo‘jaligi korxonasi |
aholi tomorqasi |
fermer, qishloq xo‘jaligi korxonasi |
aholi tomorqasi |
||||||||
|
1. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
105 |
35 |
70 |
93 |
35 |
58 |
12 |
|
12 |
|
|
|
|
2. |
Andijon |
1 035 |
534 |
501 |
788 |
420 |
368 |
184 |
74 |
110 |
63 |
40 |
23 |
|
3. |
Buxoro |
723 |
320 |
403 |
640 |
295 |
345 |
83 |
25 |
58 |
|
|
|
|
4. |
Jizzax |
757 |
372 |
385 |
603 |
288 |
315 |
154 |
84 |
70 |
|
|
|
|
5. |
Qashqadaryo |
1 284 |
593 |
691 |
964 |
440 |
524 |
208 |
98 |
110 |
112 |
55 |
57 |
|
6. |
Navoiy |
432 |
222 |
210 |
332 |
172 |
160 |
100 |
50 |
50 |
|
|
|
|
7. |
Namangan |
1 059 |
513 |
546 |
792 |
372 |
420 |
185 |
91 |
94 |
82 |
50 |
32 |
|
8. |
Samarqand |
1 349 |
714 |
635 |
861 |
490 |
371 |
488 |
224 |
264 |
|
|
|
|
9. |
Surxondaryo |
1 420 |
728 |
692 |
1 031 |
557 |
474 |
234 |
109 |
125 |
155 |
62 |
93 |
|
10. |
Sirdaryo |
478 |
218 |
260 |
405 |
185 |
220 |
73 |
33 |
40 |
|
|
|
|
11. |
Toshkent |
773 |
373 |
400 |
630 |
310 |
320 |
143 |
63 |
80 |
|
|
|
|
12. |
Farg‘ona |
966 |
524 |
442 |
736 |
393 |
343 |
165 |
81 |
84 |
65 |
50 |
15 |
|
13. |
Xorazm |
353 |
130 |
223 |
330 |
130 |
200 |
23 |
|
23 |
|
|
|
|
JAMI: |
10 734 |
5 276 |
5 458 |
8 205 |
4 087 |
4 118 |
2 052 |
932 |
1 120 |
477 |
257 |
220 |
|