23.09.2024 yildagi 600-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat pensiya taʼminoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish yoʻlida oʻz yechimini kutayotgan masalalarni hal etish, fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish va natijadorlikka yoʻnaltirish orqali aholi farovonligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat pensiya taʼminoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tarkibi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi davlat pensiya taʼminoti tizimida mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ilgʻor xorijiy tajriba asosida pensiya taʼminoti tizimining barqarorligini taʼminlash va ijtimoiy adolatni mustahkamlashga qaratilgan takliflarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asoslantirilgan takliflarga muvofiq 2025-yil 1-martga qadar Davlat pensiya taʼminoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishchi guruhga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan vazifalarni amalga oshirishda vazirlik va idoralar, ilmiy va taʼlim tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, mahalliy hamda xorijiy ekspert va maslahatchilarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat pensiya taʼminoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasi boʻyicha tayyorlanayotgan takliflarning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish hamda belgilangan vazifalar boʻyicha soʻrov oʻtkazilishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini jalb qilgan holda tegishli masalalar yuzasidan nufuzli xorijiy ekspertlar, olimlar va mutaxassislar bilan uchrashuvlar va muhokamalar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish maqsadida Ishchi guruhga jalb etilgan mutaxassislarni xorijga qisqa muddatli xizmat safariga yuborish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Ishchi guruh aʼzolarini xorijga qisqa muddatli xizmat safariga yuborish bilan bogʻliq xarajatlar (transport, mehmonxona, seminar va oʻquv kurslari, kunlik va boshqalar) Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 23-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
600-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-sentabrdagi 600-son qaroriga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Davlat pensiya taʼminoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, ishchi guruh rahbari

2.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

B.B. Raxmatov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktori, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari (kelishuv asosida)

4.

O.R. Fozilkarimov

iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari

5.

R.E. Turdiboyeva

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari

6.

Sh.M. Rabiyev

adliya vaziri oʻrinbosari

7.

Sh.V. Davronov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi (kelishuv asosida)

8.

J.R. Siddikov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi (kelishuv asosida)

9.

J.I. Abdiyev

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

10.

R.D. Muxammadiyev

Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

11.

B.X. Maxmadaliyev

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi oʻrinbosari

12.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi

kelishuvga koʻra ekspert jalb qilinadi

13.

Osiyo taraqqiyot banki

kelishuvga koʻra ekspert jalb qilinadi

14.

Xalqaro mehnat tashkiloti

kelishuvga koʻra ekspert jalb qilinadi

15.

B.J. Jumamuratov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshligʻi, ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2024-y., 09/24/600/0748-son; 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)