18.09.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2495-8
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 18.09.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2495-8
Kuchga kirish sanasi
19.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 18-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2495-8]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi O‘RQ-915-son “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-noyabrdagi PF-188-son “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 524-son “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 174-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2495, 2013-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 31-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir P. BOBOJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 20-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
447-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sog‘liqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 8-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuror N. YO‘LDOSHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 5-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 20-avgustdagi 447-son buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 7-banddan “shaxsi va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 69-band quyidagi tahrirdagi o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun JIEMda saqlanayotgan mahkumlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun JIEMda saqlanayotgan mahkumlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqidan qonunga muvofiq va sudning hukmi asosida mahrum etilgan bo‘lmasa, ular ushbu saylovlarda va referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 74-bandi beshinchi xatboshisida “saqlash” degan so‘z “saqlash, tarqatish, iste’mol qilish hamda ulardan foydalanish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 81-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“81. Mahkumlarning fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagi mazmundagi 2661-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2661. JIEMlarning vakolatli mansabdor shaxsi sudning hukmlari, ajrimlari va qarorlarini qayta ko‘rib chiqishda, shuningdek ularni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishtirok etishini davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan mahkumning iltimosiga ko‘ra ta’minlash choralarini ko‘rishi shart. Boshqa hollarda mahkum davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida ko‘rsatilgan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat qilishi mumkin.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 441-band quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan qilmishni sodir etish, yil mobaynida kamida ikki marta mehnatdan bo‘yin tovlash, shuningdek mazkur Qoidalarning 4-ilovasidagi ro‘yxatda nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlarni saqlash, tarqatish, iste’mol qilish hamda ulardan foydalanish jazoni o‘tash tartibini qo‘pol tarzda buzish deb hisoblanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagi mazmundagi 4415 — 44112-bandlar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4415. Manzil-koloniyada tekshiriluvchi mahkumning (bundan buyon matnda tekshiriluvchi mahkum deb yuritiladi) alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holda ekanligini va giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganligini aniqlash manzil-koloniya ma’muriyati yoki tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalari tomonidan maxsus texnik vosita (alkotester, narkotester) yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4416. Quyidagilar alkotester (narkotester) tekshiruvini o‘tkazish uchun asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiriluvchi mahkumning og‘iz bo‘shlig‘idan alkogol hidi kelishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiriluvchi mahkum bir holatda to‘g‘ri tura olmasligi (chayqalib turishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiriluvchi mahkum nutqining buzilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiriluvchi mahkum qo‘l barmoqlarining qaltirashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiriluvchi mahkum yuz terisi rangining sezilarli o‘zgarganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4417. Alkotester (nakotester) tekshiruvi kamida ikki nafar xolis ishtirokida, zarur hollarda esa shifokor yoki boshqa mutaxassis ishtirokida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4418. Alkotester (narkotester) tekshiruvidan oldin manzil-koloniya xodimi tekshiriluvchi mahkum va xolislarni maxsus texnik vositaning (alkotester, narkotester) ishlash tartibi va ko‘rsatkichlari bilan tanishtiradi, ularning talabiga asosan qiyoslash sertifikati (nusxasi)ni ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilgan hujjat va boshqa ko‘rsatkichlar bilan tanishtirilmaganda yoki maxsus texnik vositaning (alkotester, narkotester) nosozligiga shubha mavjud bo‘lganda yoxud alkotester (narkotester) tekshiruvini o‘tkazish jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalari buzilganda, tekshiriluvchi mahkum alkotester (narkotester) tekshiruvidan o‘tishdan bosh tortishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4419. Alkotester (narkotester) tekshiruvi jarayonida manzil-koloniya xodimi tomonidan tekshiriluvchi mahkum bilan muloqotda xushmuomala, unga nisbatan xatti-harakatlari tushunarli va qonunchilik talablari asosida bo‘lishi, shuningdek sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44110. Tekshiriluvchi mahkumning alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holda ekanligini va giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazishda tekshiriluvchi mahkum tomonidan chiqarilgan havo namunasi (biologik suyuqlik (so‘lak) alkotester (narkotester) moslamasini qo‘llash yo‘riqnomasiga asosan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiriluvchi mahkumning og‘iz bo‘shlig‘idan chiqarilgan havodagi etanol bug‘lar konsentratsiyasi ko‘rsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori bo‘lgan hollarda, manzil-koloniya xodimi tekshiriluvchi mahkumga nisbatan alkogolli ichimliklarni iste’mol qilganligi holati yuzasidan xolislar ishtirokida (alkotester moslamasining qiyoslash sertifikati raqami bayonnomada ko‘rsatiladi) mazkur Qoidalarning 39-ilovasiga muvofiq shakldagi bayonnoma rasmiylashtiradi hamda alkotester tekshiruvi natijalarini ushbu bayonnomaga ilova qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44111. Tekshiriluvchi mahkum maxsus moslama (alkotester, narkotester) yordamida tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortgan yoxud unda tekshiruv natijalariga e’tiroz mavjud bo‘lgan hollarda, shuningdek mahkumning og‘iz bo‘shlig‘idan chiqarilgan biologik suyuqlik (so‘lak) narkotester yordamida tekshirilganda uning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganligi aniqlangan taqdirda, manzil-koloniya xodimi tekshiriluvchi mahkumni alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar ta’siridan mast holda ekanligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasiga olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tibbiy tekshiruv natijalari bo‘yicha bayonnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnomada tekshiruv sanasi va tartib raqami alkogolli ichimlik iste’mol qilganlik holatini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tgan shaxslar hisobini yuritish daftarining tartib raqamiga muvofiq holda ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44112. Tekshiriluvchi mahkumning alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holda ekanligini va giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganlik holatini aniqlashda foydalanadigan alkotester (narkotester) vositasi manzil-koloniya navbatchilik qismida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiriluvchi mahkumning alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holda ekanligini va giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganlik holatini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruv mazkur Qoidalarning 40-ilovasiga muvofiq shakldagi kitobda qayd etib boriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirdagi 39 va 40-ilovalar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga

1-ILOVA

“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga

39-ILOVA

Mahkumning mastlik holatini aniqlash

bo‘yicha alkotestr tekshiruvdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi

__ son BAYONNOMA

_________ ________

20___ y. “____”____________

Mahkumning familiyasi, ismi, otasining ismi __________________________________________

_________________________________________________________________________________________

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining hukm qilingan moddasi(lari) va muddati _____

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Tekshiruv o‘tkazilgan kun va aniq vaqt _________________________________________________

Kim tomonidan tekshirilgan (JIEM xodimi) __________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Tekshirilish sababi: ________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Tekshiriluvchining tashqi ko‘rinishi: kiyimlari holati, teri qoplami, jarohat (yaralanish, lat yeyish va boshqalar) ________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Og‘iz bo‘shlig‘idan chiqarilgan hidi ____________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Mahkumning og‘iz bo‘shlig‘idan chiqarilgan havodagi etanol bug‘lar mavjud yoki mavjud emasligi (mavjud bo‘lsa uning miqdori ko‘rsatiladi) ___________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Xulosa: ____________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Tekshiruv o‘tkazgan JIEM xodimi ____________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(F.I.O., imzosi)

Xolislar:

1. _________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(F.I.O., unvoni, kim bo‘lib ishlaydi, imzo)

2. _________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(F.I.O., unvoni, kim bo‘lib ishlaydi, imzo)

3. _________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(F.I.O., unvoni, kim bo‘lib ishlaydi, imzo)

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga

40-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Old tarafi

________________________________________________

(koloniya nomi)

________________________________________________

(bo‘lim, xizmat)

Mahkumning alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holda ekanligini va giyohvandlik

vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganlik holatini qayd etish

KITOBI

20__ yil “___” _____________ boshlangan

20__ yil “___” ______________ tugatildi

ichki qismning chap tomoni

T/r

Mahkumning F.I.O., tug‘ilgan yili, JK moddasi

Tekshiruv o‘tkazish uchun asoslar

Tekshiruv o‘tkazilgan sana, vaqti

Qisqacha tafsilot

1.

2.

ichki qismning o‘ng tomoni

Kim tomonidan tekshirildi

Tekshiruv natijalari

JIEM xodimi imzosi

Mahkumning imzosi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: mazkur kitob navbatchilik qismida saqlanadi va unga Koloniya boshlig‘ining yordamchisi — smena boshlig‘i mas’ul hisoblanadi.”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2024-y., 10/24/2495-8/0729-son)