16.09.2024 yildagi 580-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri hududidagi favvoralarni ekspluatatsiya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri hududidagi favvoralarni ekspluatatsiya qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahar hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasini belgilangan tartibda tugatish va uning mavjud qarzdorliklarini Toshkent shahar mahalliy budjetidan 2024-yilda favvoralarni saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasi tomonidan xizmat koʻrsatib kelinayotgan favvoralarni ekspluatatsiya qilish uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlarini masʼul etib belgilash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahri hududidagi favvoralarni ekspluatatsiya qiluvchi davlat organlari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda davlat organlari va tashkilotlari) roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari favvoralarning moddiy-texnik holatini yaxshilash va benuqson ishlashini tashkil etish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favvoralarni ekspluatatsiya qilish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida davlat organlari va tashkilotlariga mavjud boʻsh ish oʻrinlarini, birinchi navbatda, “Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasining qisqartirilayotgan shtat birliklarida mehnat faoliyatini yuritib kelayotgan xodimlar hisobidan toʻldirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasi tomonidan favvoralarni saqlash bilan bogʻliq mavjud moddiy-texnika vositalari hamda asbob-uskunalar davlat organlari va tashkilotlariga tegishliligi boʻyicha topshirilishi va qabul qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent shahar hokimligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yildan boshlab Toshkent shahar mahalliy budjeti parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq favvoralarni ekspluatatsiya qilish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni qayta tashkil etish va tugatishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 3-apreldagi 139-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Toshkent shahar hokimi Sh.B. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 16-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
580-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 580-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri hududidagi favvoralarni ekspluatatsiya qiluvchi davlat organlari va tashkilotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Toshkent shahri hududidagi favvoralar nomi

Ekspluatatsiya qiluvchi davlat organlari va tashkilotlari nomi

1.

Mirzo Ulugʻbek haykali oldidagi favvora

Markaziy maydonlarni obodonlashtirish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi*

2.

“Xalqlar doʻstligi” maydonidagi favvoralar

3.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hududidagi favvoralar

4.

“Xadra” maydonidagi favvora

5.

“Roison” savdo doʻkoni oldidagi favvora

6.

“Amir Temur 1-4” (Skver) hiyobonidagi favvoralar

7.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi oldidagi favvora

8.

Istiqlol koʻchasidagi favvora

9.

“Sayilgoh” favvorasi

10.

Sh.Rashidov koʻchasidagi favvora

11.

“Turkiston” konsert zali oldidagi favvora

12.

“Zvezdochyot” favvorasi

13.

“Shahidlar xotirasi” majmuasi hududidagi favvora

14.

“Minor” masjidi oldidagi favvora

15.

Yahyo Gʻulomov koʻchasidagi favvora

Irrigatsiya xoʻjaligini va koʻkalamzorlashtirish obyektlarini taʼmirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi*

16.

“Hamid Olimjon-2” (sharqiy tomon) favvorasi

17.

“Hamid Olimjon” (gʻarbiy tomon) favvorasi

18.

Sharqshunoslik instituti kutubxonasi oldidagi favvora

19.

Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri oldidagi favvora

20.

“Moviy gumbazlar” favvorasi

21.

“Kosmonavtlar” metro bekatidagi favvora

22.

“Oʻzbekiston” maishiy xizmat koʻrsatish binosi (vokzal) oldidagi favvora

23.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hududidagi favvora

24.

“Sheʼriyat” bogʻidagi favvora

25.

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi oldidagi favvora

26.

“Pushkin” maydonidagi favvora

27.

“Suzuk ota” masjidi oldidagi favvora

Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti*

28.

“Mustaqillik-1” favvorasi

29.

“Mustaqillik-2” favvorasi

30.

“Senat № 1 va № 2” favvoralari

31.

“Mustaqillik — 1-6” favvorasi

32.

“Mustaqillik” bogʻidagi favvora

33.

“Xalqaro forumlar saroyi” oldidagi favvora

34.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yangi binosi oldidagi favvora

Hukumat obyektlariga xizmat koʻrsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi*

35.

“Anhor-2” favvorasi

36.

Afrosiyob koʻchasidagi favvora

37.

“Koʻksaroy” favvorasi

38.

“Mirzo Ulugʻbek” bogʻidagi (kirish qismidagi) favvora

Mirzo Ulugʻbek nomidagi markaziy bogʻ

39.

“Mirzo Ulugʻbek” bogʻidagi (ichkari qismidagi) favvora

40.

“Oqtepa boʻzsuv” kanalidagi favvora

Toshkent shahar Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi*

41.

“Qichqiriq” kanalidagi favvora

42.

Uchtepa hokimligi binosi oldidagi favvora

Uchtepa tumani hokimligi

43.

“Eski-Juva” dehqon bozori hududidagi favvora

“Eski-Juva dehqon bozori” AJ

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: *Obodonlashtirish tashkilotlariga Toshkent shahar mahalliy budjeti hisobidan 1 ta favvora uchun nasosni ishlatish va taʼmirlashga 1 ta chilangar hamda 3 ta favvora uchun 1 ta elektrchi shtat birliklari ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur shtat birliklari, birinchi navbatda, “Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasining qisqartirilayotgan shtat birliklarida mehnat faoliyatini yuritib kelayotgan xodimlar hisobidan toʻldirilishi tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 580-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni qayta tashkil etish va tugatishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 3-apreldagi 139-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat muassasasi va masʼuliyati cheklangan jamiyat sifatida qayta tashkil etiladigan davlat ishtirokidagi korxonalar roʻyxatidan 281-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qonunchilikda belgilangan tartibda tugatiladigan istiqbolsiz, faoliyat koʻrsatmayotgan, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalar roʻyxati quyidagi tahrirdagi 767-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

767.

231.

201059204

“Toshkent favvorasi” DUK

DUK

Toshkent shahri

100

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/580/0723-son)