12.09.2024 yildagi 570-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolariga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish hamda sohada raqamlashtirish jarayonlarini izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolarida shaffoflikni yanada oshirish, birja faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan texnik-texnologik hamda moliyaviy talablarni takomillashtirish, yuqori likvidli tovarlarni yagona bozor tamoyili asosida realizatsiya qilish hamda tizimga raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, 2024-yil 1-noyabrdan boshlab quyidagi talablar bajarilgan taqdirda, tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini litsenziyalashga yoʻl qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulk huquqi asosida litsenziyalangan elektron birja savdolari tizimining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy hisobda xotirasi kamida 100 TV boʻlgan server uskunalari hamda alohida maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron birja savdolari tizimining uzluksiz hamda tashqi aralashuvlardan himoyalangan holda faoliyat koʻrsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning har bir hududida yuqori tezlikdagi himoyalangan internet tarmogʻi orqali birja savdolarida ishtirok etish imkoniyatining yaratilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki axborot tizimi bilan integratsiyalashgan savdo operatsiyalari boʻyicha mablagʻlar kirim va chiqim amaliyotlarini inson omilisiz amalga oshiruvchi dasturiy taʼminotning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Birja savdolarida ishtirok etadigan tadbirkorlik subyektlarining mablagʻlarini moliyaviy xavf-xatarlardan kafolatli himoyalash uchun tovar-xom ashyo birjalari ustav kapitalining eng kam miqdori 2024-yil 1-noyabrdan boshlab 100 milliard soʻm hamda 2025-yil 1-iyuldan boshlab 200 milliard soʻm etib belgilansin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar-xom ashyo birjalarining ustav kapitali faqat mablagʻlar koʻrinishida shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil yakuni va kelgusida har yil yakuni boʻyicha tovar-xom ashyo birjalari moliyaviy faoliyati yuzasidan katta toʻrtlik (“Big four”) auditorlik tashkilotlaridan biri tomonidan mustaqil auditdan oʻtkazish tartibi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalda faoliyat koʻrsatayotgan tovar-xom ashyo birjalari oʻz ustav kapitalini tegishli ravishda shakllantirmagan taqdirda, ularning litsenziyasi vakolatli organ yoki sud qaroriga asosan toʻxtatib turilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika birjasi) faoliyatini rivojlantirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolari shaffofligi hamda axborot xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, tashqi aralashuvlarga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja axborot texnologiyalari infratuzilmasini yanada takomillashtirish, elektron savdo platformalarini doimiy ravishda modernizatsiya qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja xodimlari va aʼzolarining malakasini oshirish, joylarda savdo ishtirokchilari orasida birja mexanizmlarini keng targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar derivativlari hamda qarama-qarshi auksion savdolarini amaliyotga joriy etish choralarini koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Respublika birjasi yangi savdo instrumentlarini amaliyotga joriy qilishda ilgʻor xorijiy birjalar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, dasturiy taʼminot tizimlarini ishlab chiqish yoki xarid qilish, xalqaro ekspert hamda konsultantlarni jalb qilish, shuningdek, xalqaro hamjamiyatda Respublika birjasining ishonchli va barqaror imijini shakllantirish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, 2024-yil 1-noyabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport-import operatsiyalari doirasida Respublika birjasi orqali tuzilayotgan “forvard” bitimlar boʻyicha mahsulot narxlarini yetkazib berish muddatidan kelib chiqib, xalqaro axborot agentliklarining indeks va respublika tovar-xom ashyo birjalari kotirovkalari asosida shakllanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori likvidli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari tomonidan mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri sotishda mahsulot narxi mazkur tovar boʻyicha amaldagi Respublika birjasi oʻrtacha narxidan (kotirovka) past boʻlmasligi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Birja faoliyatini kengaytirish, sohaga yangi moliyaviy vositalarni joriy qilish, shuningdek, savdo ishtirokchilariga yanada qulayliklar yaratish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
forvard birja bitimlari boʻyicha kiritiladigan avans miqdorini kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari boʻyicha auksion oʻtkazish tartibini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar-xom ashyo birjalarining elektron savdo tizimlariga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini litsenziyalash pasportini yangi tahrirda tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 12-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
570-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 570-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ faoliyatini kengaytirish, sohaga yangi moliyaviy vositalarni joriy qilish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Birja savdo hajmlari va ishtirokchilarini yanada oshirish

1.

Birja savdolari orqali sotilayotgan mahsulotlar sifatini aniqlash boʻyicha syurveyerlik xizmatini joriy etish.

Syurveyerlik xizmatini koʻrsatish tartibini ishlab chiqish;

syurveyerlik xizmatini koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, birja ishtirokchilariga ularning xizmatini keng taklif qilish hamda talabga koʻra pulli xizmat koʻrsatish asosida tovar sifatini aniqlash va unga xulosa berish.

2024-yil oktabr

“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ

2.

Yangi savdo mexanizmlarini joriy qilish orqali birjaning tashqi savdo operatsiyalari hajmini oshirish.

Birjada tuzilgan forvard bitimlari boʻyicha mahsulotni yuklashda, mahsulot uchun narxni xalqaro axborot agentliklari hamda xorijiy birjalar kotirovkalaridan kelib chiqib shakllantirish tartibini joriy etish;

tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida birja bitimining ijrosi toʻgʻrisidagi axborotni birja hamda tegishli tijorat banklari tomonidan kiritish va qayta tahrirlash imkoniyatini yaratish.

2024-yil oktabr

“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

3.

Birja orqali sotilishi majburiy boʻlgan mahsulotlarga bir-biridan farq qiluvchi narxlarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻymaslik.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari toʻliq (qisman) birja orqali sotilishi majburiy boʻlgan korxonalar roʻyxatini shakllantirish;

mazkur korxonalar tomonidan oʻz mahsulotlarini birjada hamda birjadan tashqari toʻgʻridan-toʻgʻri sotishda belgilangan boshlangʻich narxlarni oʻrganish hamda oʻtkazilgan oʻrganish yakunlariga koʻra tayyorlangan tahliliy maʼlumotlarni Soliq qoʻmitasi va Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga kiritish;

aynan bir xil mahsulotga bir-biridan farq qiluvchi boshlangʻich narx qoʻllanilgan holatlar aniqlangan taqdirda, ushbu korxonalarga nisbatan qonunchilik doirasida tegishli choralar koʻrish va bu kabi holatlarni bartaraf etish.

doimiy

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi,

“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ

4.

Aholi tomorqalarida yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qilish jarayonlariga elektron tijorat faoliyatini izchil tatbiq qilish.

Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari ularga ajratilgan yer maydonlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishga moʻljallangan “Uzex agro” elektron savdo portalini yaratish va ishga tushirish.

“Uzex agro” elektron savdo portalida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish tartibini belgilash.

“Uzex agro” elektron savdo tizimini “Online Mahalla” elektron platformasi bilan integratsiya qilish.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarini portalga jalb qilishda hamda ushbu mahsulotlarni xaridorlarga, shu jumladan, davlat buyurtmachilariga sotishni yoʻlga qoʻyishda hokim yordamchilarining vazifalarini belgilash.

2024-yil oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ,

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

II. Hisob-kitob operatsiyalarini yanada takomillashtirish

5.

Birja hisob-kitob-kliring palatasi huzurida yuridik maqomga ega boʻlmagan Birja bitimlari ijrosini kafolatlash fondini tashkil etish.

Birja bitimlari ijrosini kafolatlash fondini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibini ishlab chiqish.

Bunda:

fond mablagʻlarini birja aʼzolariga, ularga yuklatilgan moliyaviy majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash uchun tijorat asosida ajratish;

fondning huquq va majburiyatlarini belgilash; fond mablagʻlarining samarali va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatish.

2024-yil oktabr

“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

6.

Birja bitimlari boʻyicha toʻlov va yetkazib berish muddatini pullik xizmat asosida differensial uzaytirish tartibini joriy etish.

Differensial tartibda birja bitimlari boʻyicha toʻlov va yetkazib berish muddatini uzaytirish mumkin boʻlgan tovarlar roʻyxatini shakllantirish.

Elektron tizimda texnik ishlarni amalga oshirish.

2024-yil oktabr

“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ

III. Tovar derivativlarini joriy qilish boʻyicha ishlarni jadallashtirish

7.

Yangi savdo vositalar savdosini tashkil qilish.

Rivojlangan birjalar (Dubay — DMCC, AQSh — Chicago Mercantile Exchange Group, New York Intercontinental Exchange, Germaniya — Deutsche Boerse Group AG, Xitoy — Dalian Commodity Exchange) bilan tajriba almashinuvini tashkil qilish.

Xalqaro ekspert hamda konsultantlarni jalb qilish; xorijiy hamkorlarni jalb qilgan holda moliyaviy vositalar savdosi boʻyicha elektron tizimni ishlab chiqish va ishga tushirish;

savdo qoidalarini ishlab chiqish hamda savdo ishtirokchilari uchun oʻquv seminarlar tashkil qilish.

2024-yil

“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

8.

Birja savdolarida qarama-qarshi auksion savdolarini tashkil qilish hamda forvard bitimlar asosida tovarlarni qayta sotish tartibini joriy etish.

Qarama-qarshi auksion va forvard bitimlar boʻyicha tovarlarni qayta sotish yuzasidan savdolarni oʻtkazish uchun texnik yechimlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.

Qarama-qarshi auksion va forvard bitimlari boʻyicha tovarlarni qayta sotish uchun savdo qoidalarini ishlab chiqish hamda yangi savdo turlari boʻyicha brokerlar uchun oʻquv-seminarlari tashkil qilish.

2024-yil noyabr

“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

9.

Xorijiy hamkorlar koʻmagida xalqaro birjalarning global derivativ bozorlarida savdo qilish imkoniyatini yaratish

Tovar derivativlari bozorini joriy qilish borasida yuqori tajribaga ega xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

Xorijiy hamkorlarning xalqaro birjalar global derivativ bozorlariga kirish boʻyicha texnologik yechimlari va imkoniyatlarini tahlil qilish.

Birja huzurida ulushdorlik asosida xorijiy hamkorlar ishtirokidagi qoʻshma korxona tashkil qilish.

Tovar derivativlari savdosining “Mahalliy bozorga” mos modelini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

2024-2025-yillar

“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ

IV. Raqamli texnologiyalardan keng foydalanish va axborot texnologiyalari infratuzilmasini yanada takomillashtirish

10.

Davlat raqami belgilari boʻyicha savdolarda ishtirokchiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish.

Axborot tizimida quyidagilarni nazarda tutuvchi texnik ishlarni amalga oshirish:

oldindan oʻrnatilgan algoritm asosida narx taklifini berish — Algotrading;

ishtirokchilar maʼlumotlarini vazirlik va idoralar bilan axborot almashinuvini yoʻlga qoʻygan holda avtomatik yangilanib borishini taʼminlash.

2024-yil oktabr

“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ,

Ichki ishlar vazirligi

11.

UZEX mobil ilovalarini barcha platformalar uchun joriy etish.

Birja savdolari va davlat xaridlari maxsus axborot portalining Android va IOS tizimlaridagi mobil ilovalarini toʻliq ishga tushirish. Bunda:

foydalanuvchilar uchun oson va qulay dasturiy tizimni yaratish;

mobil ilova ishlab chiqishga professional dasturchilarni jalb etish.

2024-yil dekabr

“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ

12.

Zaxira maʼlumotlarni qayta ishlash markazini tashkil qilish orqali axborotlarni saqlash sigʻimini kengaytirish.

Mavjud axborot tizimlar, ularning texnik koʻrsatkichlari hamda maʼlumotlar hajmidan kelib chiqqan holda, Zaxira maʼlumotlarni qayta ishlash markazi uchun texnik talabni ishlab chiqish.

Maʼlumotlarni joylashtirish uchun “Data-markaz”NN tanlash, “Data-markaz” va Birja oʻrtasida yuqori oʻtkazuvchanlikka ega aloqani oʻrnatish va zarur internet tezligi bilan taʼminlash.

Avtoraqamlar auksion savdosi elektron tizimining aks nusxasini Zaxira maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga oʻtkazish va sinov tariqasida “Mirroring” usulida tizimga ortiqcha yuklamalarsiz aks nusxalashni sinovdan oʻtkazish.

Ijobiy sinov natijalariga koʻra birjaning qolgan maʼlumotlar bazalarini bosqichma-bosqich Zaxira maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga oʻtkazish.

2024-2025-yillar

“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ

V. Xalqaro miqyosda zamonaviy oʻzbek birjasi imijini shakllantirish

13.

Tovar-xom ashyo birjalari tizimida mahalliy indekslarni joriy qilish.

Tovar-xom ashyo birjalarida mahalliy indekslarni yuritish tartibini ishlab chiqish.

Soliq va bojxona organlari tomonidan bozor narxlarini hisoblashda tovar-xom ashyo birjalari mahalliy indekslaridan keng foydalanish.

2024-yil oktabr

“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

14.

Tovarlarning birja standartlari va xalqaro “benchmark”ni shakllantirish.

Sohalararo milliy raqamli narxlar indikativi platformasi va savdo tizimini ishlab chiqish. Bunda xorijiy hamkorlar va malakali ekspertlarni jalb qilish.

Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida tovar derivativlari va tovarlar savdosi tashkilotchilari bilan aloqalarni faollashtirish.

2024-yil dekabr

“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 570-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Birja savdolarida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 20-bandidagi “10 foizdan kam boʻlmagan” soʻzlari “10 foizgacha boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini auksion oʻtkazish yoʻli bilan oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berishda toʻlovdan kelib tushgan mablagʻlar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining uch yarim baravari miqdorida toʻlov davlat raqami belgisini ishlab chiqarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun maxsus gʻazna hisobvaragʻiga, qolgan mablagʻlarning 80 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, 20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va boshqa xarajatlar maxsus jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-ilovaning 22-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Savdolar axborot tizimida favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar yuzaga kelganda birja tomonidan uzaytirilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi 223-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjalari savdolarida import kontraktlar tuzish tartibining 10-bandidagi “biroq bitishuv summasining kamida 15 foizi miqdorida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 687-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar-xom ashyo birjalarining elektron savdo tizimlariga qoʻyiladigan umumiy talablar toʻgʻrisida nizomning 26-bandi quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“dastur darajasida ishlaydigan va trafik tahlili yordamida veb-ilovalarni himoya qiluvchi veb-ilovalar uchun xavfsizlik devori — trafikni filtrlash vositasi (WAF);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimi infratuzilmasida sodir boʻlayotgan xavfsizlik hodisalari haqida maʼlumotlarni real vaqt rejimida toʻplash va tahlil qilish uchun moʻljallangan dasturiy tizim (CIEM)”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarorida 32-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini litsenziyalash

PASPORTI

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1. Litsenziya nomi:

Birja faoliyati uchun litsenziya.

2. Litsenziyalanadigan faoliyat turlari:

Tovar-xom ashyo birjasi faoliyati.

3. Ariza beruvchilar toifasi:

Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi yuridik shaxslar.

4. Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi.

5. Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Litsenziya berish toʻgʻrisida ariza, unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, asosiy faoliyat turi, telefon raqami, elektron pochta manzili koʻrsatiladi.

2. Birja tovarlari bilan savdo qilish qoidalari nusxasi.

3. Ustav jamgʻarmasining shakllantirilgani toʻgʻrisida maʼlumotnoma.

4. Birja savdolari elektron tizimi hamda hisob kitob-kliring tizimining Tovar-xom ashyo birjalarining elektron savdo tizimlariga qoʻyiladigan umumiy talablar toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan talablarga javob berishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning ijobiy xulosasi.

6. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi.

7. Litsenziya berilgani uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida.

8. Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari:

20 ish kuni.

9. Litsenziya talablari va shartlari:

a) litsenziyalash sohasidagi qonunchilik hujjatlarining muayyan qoidalariga rioya etish;

b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan, maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha zamonaviy markazga ega boʻlgan va Tovar-xom ashyo birjalarining elektron savdo tizimlariga qoʻyiladigan umumiy talablar toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan talablarga javob beradigan hamda ularga asosan ishlab turgan mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan elektron birja savdo tizimining mavjudligi *;

v) ustav fondining ariza berilgan sanada bazaviy hisoblash miqdorining kamida qirq ming baravari miqdorida shakllantirilgani.

Bunda ustav fondini 2024-yil 1-noyabrdan boshlab yuz mlrd soʻm, 2025-yil 1-iyuldan boshlab ikki yuz mlrd soʻm miqdorida faqat mablagʻ koʻrinishida shakllantirish;

g) litsenziya talabgori (litsenziat) rahbari bir vaqtning oʻzida boshqa tovar-xom ashyo birjalarida rahbarlik lavozimini egallashiga yoʻl qoʻymaslik;

d) quyidagi shaxslar litsenziatning rahbari boʻlishi mumkin emas *:

moliya-iqtisod, yuridik, matematika yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan kamida bittasi boʻyicha oliy maʼlumotli boʻlmagan shaxslar;

qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarda, axborot texnologiyalari sohasida yoki koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha davlat boshqaruvi organlarida kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlmagan shaxslar;

yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan shaxslar yoki ularning aybi bilan yoʻl qoʻyilgan litsenziya talablari va shartlari buzilgani uchun tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi toʻxtatilgan paytda, agar bunday toʻxtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt oʻtmagan boʻlsa;

iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;

e) tuzilgan birja bitimlari bajarilishining kafolatlanish tizimi mavjudligi;

j) qonunchilik hujjatlariga muvofiq axborotning maxfiyligini taʼminlash *;

z) birja savdosi qoidalarining mavjudligi *, unda:

birja aʼzolari, ularning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisidagi nizom;

birja aʼzoligiga qabul qilish, aʼzolikni toʻxtatib turish va tugatish tartibi;

birja aʼzolarining birja savdolarida ishtirok etishga ruxsat berish tartibi;

birja tovarlarini muomalaga qoʻyish va muomaladan chiqarishga ruxsat berish tartib-taomillari;

tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taʼminlash uchun sharoit yaratish tartibi;

birja savdolarini oʻtkazish tartibi, birja bitimlarining turlari;

birja savdolarida muomalada boʻladigan hosila moliyaviy vositalarning (derivativlarning) tavsifi;

birja tovarlarini kotirovkalash (ularning narxini belgilash) va ular toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish tartibi;

birja tovarlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish, birja bitimlari va birja savdolari natijalarini roʻyxatga olish hamda rasmiylashtirish tartibi;

birja savdolari ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;

birjada narxlarning shakllanish jarayonini nazorat qilish tartibi;

birja savdolari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish tartibi;

birja savdolari qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qoidalar;

birjada nizolarni hal etish tartibi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining bajarilishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar;

birja savdolarida narxlar manipulyatsiyasi va maxfiy axborotdan noqonuniy foydalanishning oldini olish choralari toʻgʻrisidagi qoidalarning mavjudligi;

i) birja savdolarida faqat oldindan eʼlon qilinadigan, isteʼmolchilar va mahsulot ishlab chiqaruvchilar keng tanishishi mumkin boʻlgan birjaning kotirovkalash varagʻiga kiritilgan tovarlarni sotish, oldindan eʼlon qilinadigan birjaning kotirovkalash varagʻiga kiritilmagan tovarlar sotilishiga qoʻyilgan taqiqlarning mavjudligi;

k) birja tovarlariga boʻlgan talab va taklifning nisbati asosida ularni kotirovkalash (narx belgilash);

l) axborotlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq oshkor qilinishi;

m) litsenziyalovchi organ talabiga koʻra tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq axborotni, shu jumladan, internet tarmogʻidan foydalangan holda shaxsiy kabinet orqali birja tovarlarining qoʻyilishi, sotilishi va hisob-kitob-kliring palatasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish. Bunda vakolatli organga birja savdolari jarayonlarini onlayn nazorat qilish imkonini yaratish *;

n) birja savdolarini faqat Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida hamda xorijiy davlatlardagi barcha birja aʼzolariga savdolarda bir vaqtning oʻzida qatnashish imkoniyatini beruvchi va teng kirishini taʼminlovchi markazlashtirilgan elektron tizimda oʻtkazish hamda respublikaning har bir hududida yuqori tezlikdagi himoyalangan internet tarmogʻi orqali birja savdolarida ishtirok etish imkoniyatini yaratish. Bunda birja savdolarini tashkil etishda raqobatni cheklovchi talab va shartlarning joriy etilishini taqiqlash;

o) tovar-xom ashyo birjasining elektron savdo tizimida avtomatik ravishda tuziladigan hamda tovar nomi, oʻlchov birligi, lotlar soni, operatsiya turi, tovarning savdoga qoʻyilgan narxi va bitimda roʻyxatdan oʻtkazilgan narx, tovarni yetkazib berish shartlari, bitim tomonlari, bitim amalga oshirilgan aniq vaqt koʻrsatilgan, elektron protokollar tarzida kiritilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni uch yil mobaynida saqlash;

p) tovar-xom ashyo birjasining kotirovkalash varagʻiga faqat bir xil standartga, bir turdagi xossalarga ega boʻlgan, ulgurji turkumlar bilan sotiladigan hamda dastlabki koʻzdan kechirishni talab qilmaydigan birja tovarlarini kiritish;

r) litsenziya olish, uni qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlarning soxta, yolgʻon va notoʻgʻri emasligini taʼminlash;

s) litsenziat qayta tashkil etilganda uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin besh ish kunida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida murojaaT qilinishi;

t) zamonaviy server uskunalari bilan jihozlangan va maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha zamonaviy markazning mavjudligi *, unda:

infratuzilmani tashkil etish uchun kamida 5 ta server uskunasi, har bir server uskunasi 2 ta protsessor va kamida 100 TV xotiraga ega boʻlishi;

bir vaqtning oʻzida axborot tizimining kamida 5 000 ta soʻrovni qayta ishlash tezligini taʼminlay olishi;

kodli qulflar yoki biometrik tizim bilan himoyalangan kirish eshiklariga ega boʻlishi;

yonmaydigan materiallardan koʻtarilgan pollar (falshpol) bilan jihozlangan boʻlishi;

isitilgan va namlikni yoʻqotuvchi toza havo oqimini taʼminlovchi tizimga ega boʻlgan, 24/7 rejimda ishlovchi asosiy va zaxira sovitish texnikalari bilan jihozlanishi;

kuzatuv kameralari bilan jihozlanishi;

kamida 2 soat elektr taʼminoti uzluksizligini (generator ishga tushirilgunga qadar) taʼminlovchi quvvat manbaiga (UPS) ega boʻlishi;

maxsus gaz yordamida avtomatik yongin oʻchirish tizimiga ega boʻlishi;

maʼlumotlarni qayta ishlash markazining 60 foizi quvvat bilan kamida 2 sutka davomida ishlashini taʼminlovchi generator uskunasiga ega boʻlishi;

u) axborot xavfsizligini taʼminlash *, bunda: dasturiy servis va ilovalarning uzluksiz ishlashini taʼminlovchi internet, idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi hamda boshqa asosiy va zaxira aloqa tarmoqlariga ulangan boʻlishi;

maʼlumotlar uzatish tarmogʻini himoya qilish uchun chegara zonalarini IDS/IPS funksiyalari, antivirus, spam filtr va boshqalarga ega apparat xavfsizlik devorlari bilan jihozlangan boʻlish;

dasturiy ilovalardagi axborotlarni shifrlangan holda uzatish va qabul qilishni taʼminlovchi yechimlarga ega boʻlish;

veb dasturiy ilovalar amaldagi SSL sertifikatlari bilan himoyalangan boʻlishi;

maʼlumotlar bazalarini dastur ishlab chiquvchilar va administratorlar tomonidan oʻzgartirilishidan himoya qilish uchun RAM tizimiga ega boʻlish;

xodimlar tomonidan maʼlumotlarning sizib chiqishini nazorat qilish uchun DLP tizimga ega boʻlish;

f) har yil yakuni boʻyicha tovar-xom ashyo birjalari moliyaviy faoliyati yuzasidan xalqaro auditorlik tashkilotlari tomonidan mustaqil auditdan oʻtkazish;

x) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qarori bilan tasdiqlangan monopolist korxonalar tomonidan bozor tamoyillari asosida sotiladigan roʻyxatga kiritilgan mahsulot turlari, xom ashyo va materiallar tovar xom ashyo birjalari tomonidan birja faoliyati uchun litsenziya olgandan boshlab olti oy davomida litsenziya talablari va shartlarini buzish holatlari aniqlanmagan taqdirda sotilishiga yoʻl qoʻyiladi;

ch) vakolatli organlar bilan kelishilgan holda birja tarkibiga axborot xavfsizligi va korrupsiyaga qarshi komplayens tuzilmasining tashkil etilganligi.

10. Litsenziya berishda kelishiladigan organlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi.

2. “Kiberxavfsizlik markazi” DUK.

11. Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan.

12. Izoh:

* qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talablar va shartlar.

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2024-y., 09/24/570/0715-son)