31.08.2024 yildagi 537-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.09.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi xodimlari ish haqini tumanlar (hududlar) boʻyicha tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 24-apreldagi 232-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-son qaroriga muvofiq hamda “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, ishchi xodimlari hamda yuqori malakali mutaxassislarining mehnat samaradorligi, kasbiy va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 484-moddasida noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun mehnatga haq toʻlash koeffitsiyenti ayrim hududlardagi mehnat sharoitlarining xususiyatlari inobatga olingan holda, xodimlarga kompensatsiya xususiyatiga ega boʻlgan ustama toʻlanishi belgilanganligi, shuningdek, ushbu koeffitsiyentlarning eng kam miqdorlari va ularni qoʻllash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Navoiyuran” davlat korxonasi tomonidan viloyatlarda amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida Buxoro viloyatining Shofirkon tumani, Jizzax viloyatining Forish tumani, Navoiy viloyatining Qiziltepa va Xatirchi tumanlari, Qashqadaryo viloyatining Muborak va Koson tumanlari, Toshkent viloyatining Angren shahri, Namangan viloyatining Pop tumanida uranga istiqbolli konlar aniqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi xodimlari ish haqini tumanlar (hududlar) boʻyicha tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 24-apreldagi 232-son qaroriga ilovaga muvofiq ish haqiga belgilangan miqdorlarda tuman (hududiy) koeffitsiyentlari qoʻllaniladigan tuman va shaharlar roʻyxatini kengaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.F. Islamov hamda Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 31-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
537-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-avgustdagi 537-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi xodimlari ish haqini tumanlar (hududlar) boʻyicha tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 24-apreldagi 232-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikkinchi xatboshi “Peshku” soʻzidan keyin “va Shofirkon” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uchinchi xatboshidagi “Gʻallaorol va Zomin tumanlarida, Navoiy viloyatining Navbahor tumanida” soʻzlari “Gʻallaorol, Zomin va Forish tumanlarida, Navoiy viloyatining Navbahor, Qiziltepa va Xatirchi tumanlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1,20 — Navoiy viloyatining Navoiy shahrida va Karmana tumanida, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida, Kitob, Muborak va Koson tumanlarida, Toshkent viloyatining Angren va Olmaliq shaharlarida, Piskent va Ohangaron tumanlarida hamda Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan boʻlinmalar xodimlari uchun”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2024-y., 09/24/537/0681-son)