14.08.2024 yildagi KQ-796-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 14.08.2024 yildagi KQ-796-IV-son
Kuchga kirish sanasi
14.08.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini sifatli ijtimoiy xizmatlar bilan taʼminlash chora-tadbirlari ijrosini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Toshkent viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini sifatli ijtimoiy xizmatlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarining ijrosi oʻrganildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrganish natijalari koʻrsatganidek, viloyatda 2024-yilning birinchi yarim yilligida yalpi hududiy mahsulot hajmi 58,1 trln soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,4 foizni tashkil etgan. Shuningdek, sanoat hajmi 107,1 foizga, qishloq xoʻjaligi 104,1 foizga, bozor xizmatlari 113,1 foizga va qurilish ishlari 113,1 foizga oʻsgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu davrda hududiy investitsiya dasturi doirasida 693,8 mln dollarlik 487 ta loyiha ishga tushirilgan hamda 16,7 mingdan ortiq ish oʻrinlari yaratilgan. 738,9 mln dollarlik xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilgan. 61 ta xorijiy davlatga 579 mln dollarlik sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflar doirasida qiymati 5,2 mlrd dollarlik jami 26 ta investitsiya loyihasi boʻyicha kelishuvlarga erishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizmni rivojlantirish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida viloyatga 468 mingdan ziyod xorijiy turistlar tashrif buyurgan hamda mahalliy sayyohlar soni 7,7 mlndan ortgan. 28 ta oilaviy mehmon uyi hamda 17 ta turagent va 9 ta turoperator faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy bandlik dasturi doirasida joriy yilning yanvar — iyun oylarida 293.6 ming aholining doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ish oʻrinlarida bandligi taʼminlangan. Jumladan, investitsiya loyihalarini ishga tushirish orqali 4.6 ming, xizmat koʻrsatish sohasida 184,4 ming, qishloq xoʻjaligi sohasida 97,3 ming, qurilish sohasida 7,2 ming aholining bandligi taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 9,5 mingdan ziyod loyihalarga 157,8 mlrd soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy budjet daromadlari ijrosi prognozga nisbatan 104 foizga bajarilib, budjetga tushumlar qariyb 2,7 trln soʻmni tashkil qilgan. Tashabbusli budjet jarayonlarining joriy yilgi 1-mavsumi doirasida 348,8 mlrd soʻmlik 313 ta loyiha gʻolib deb topilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining muammolarini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar uchun “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalaridan 65,9 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ sarflangan. Xususan, “Ayollar daflari”ga kiritilgan 30,7 ming xotin-qizlarga hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 7,1 ming yoshlarga amaliy yordam koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturlari doirasida 1 133 ta xonadondan iborat 25 ta koʻp qavatli uy foydalanishga topshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, oʻrganish viloyat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash hamda bandlik dasturlari ijrosini taʼminlashda ayrim kamchilik va muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Sogʻliqni saqlash vazirligi masʼulligida tibbiy uskunalar bilan jihozlashga doir chora-tadbirlar dasturi doirasida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining kardiologiya boʻlimlari 22 ta EKG, 21 ta ExoKG, 18 ta xolter-monitor, 21 ta defibrillyator bilan taʼminlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-2023-yillarda tez tibbiy yordam tizimida mavjud avtotransport vositalari parkini bosqichma-bosqich yangilash dasturiga asosan 15 ta maxsus va 2 ta yoʻl tanlamas avtotransport vositalari bugungi kunga qadar yetkazib berilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi hamda viloyat hokimligi masʼul boʻlgan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablarini tashkil etish loyihasi doirasida 4 ta maktab tashkil etish loyihasi uchun hanuzgacha yer uchastkalari ajratilmagan (muddati 2023-yil iyul) va loyihaning konsepsiyasi ishlab chiqilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat hokimligi masʼulligida joriy yilning 1-iyuliga qadar viloyat hududlarining 2030-yilgacha moʻljallangan ekologik “master-reja”si mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ishlab chiqilmagan hamda tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, viloyat hokimligi masʼulligida joriy yilning 1-iyuliga qadar Bekobod va Yangiyoʻl shaharlarida ichimlik va oqova suv taʼminoti tizimlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektorga berish vazifasi yuzasidan amaliy ishlar boshlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat hokimligi masʼulligida maktablarni zamonaviy kompyuter sinflari bilan taʼminlash maqsadida viloyat budjetidan 11 mlrd soʻm ajratilgan boʻlsa-da, bugungi kunga qadar (muddati 2024-yil 1-aprel) ushbu kompyuter jihozlari xarid qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid vazifalar doirasida sotilishi belgilangan 17 ta obyekt balansda saqlovchilar tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirilmaganligi sababli savdolarga chiqarilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilning 1-martiga qadar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan 1,2 ming gektar yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishi rejalashtirilgan boʻlsa-da, amalda reja doirasida bugungi kunga qadar 115 gektar yer uchastkasi auksion savdolariga chiqarilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, mahalliy sanoatni rivojlantirish, investitsiyalarni faol jalb qilish va eksport hajmini oshirish borasida ishlar samaradorligi ayrim hududlarda pastligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning birinchi yarim yilligida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmida oʻsish surʼati Parkent (54,9 foiz), Oʻrta Chirchiq (63,3 foiz) tumanlarida va Nurafshon shahrida (74,6 foiz) taʼminlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsalting kompaniyalari tomonidan 4-toifadagi Bekobod, Boʻka va Piskent tumanlari uchun texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgan 120 ta yangi loyihaga tashabbuskor — investorlar jalb qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport prognozi koʻrsatkichlari ijrosi Parkent (61 foiz) va Qibray (82 foiz) tumanlarida bajarilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning 1-iyul holatiga davlat roʻyxatidan oʻtgan 61,5 ming kichik biznes subyektining 43 foizi yoki 26,6 mingtasi faoliyatini toʻxtatib qoʻygan. Ayniqsa, bu koʻrsatkich Boʻka, Yangiyoʻl, Oʻrta Chirchiq tumanlari hamda Nurafshon va Ohangaron shaharlarida yuqori boʻlib, mavjud subyektlarning qariyb 50 foizi faoliyat yuritmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan kreditlar boʻyicha qarzdorlikni undirish ishlari sust, joriy yilning 1-iyul holatiga muammoli kreditlar qoldigʻi 239,8 mlrd soʻmni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 108,3 mlrd soʻmga (9,2 foizga) oshgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat zonalarini muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash boʻyicha qabul qilingan dasturlardagi ayrim tadbirlarning ijrosi taʼminlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ masʼulligida Yangiyoʻl shahar “Biokimyo” KSZda elektr energiyasi tarmogʻini qurish loyihasi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va ekspertiza xulosasi olingan boʻlsa-da, moliyalashtirish masalasi hal etilmagani uchun qurilish ishlari (muddati 2021-2022-yillar) boshlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi va viloyat hokimligi masʼulligida Ohangaron tumanidagi charm-poyabzal kichik sanoat zonasida terini qayta ishlash korxonalari uchun markazlashgan oqova suv tozalash inshootini qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish vazifasi bugungi kunga qadar (muddati 2024-yil aprel) bajarilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil qilish maqsadida boʻsh turgan binolar va yer maydonlariga tadbirkorlarni jalb qilish boʻyicha yetarli darajada targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmaganligi natijasida viloyat boʻyicha 32 ta davlat obyekti uch oydan ortiq auksion savdolarida turgan boʻlishiga qaramasdan sotilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatda 2023-yilda davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan obyekt joylashgan tuman (shahar) budjetlarida qolishi lozim boʻlgan 12,1 mlrd soʻm toʻlaligicha, meʼyoriy-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinmasdan viloyat budjetida qoldirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy bandlik dasturi doirasida aholini daromadli mehnat bilan band qilish borasidagi vazifalar ijrosini taʼminlashda ayrim soha va tumanlarda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil yanvar — iyun oylari uchun bandlik rejasi Oʻrta Chirchiq (69,8 foiz) tumanida hamda Nurafshon shahri (66,9 foiz)da bajarilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirik va hududiy investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga tashkil etiladigan yangi ish oʻrinlarida aholi bandligi Piskent tumanida 23,5 foiz va Boʻka tumanida 55,7 foizga taʼminlangan, xolos.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi sohasida doimiy ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha belgilangan prognoz koʻrsatkichlari Oʻrta Chirchiq (46,1 foiz) va Zangiota (48,6 foiz) tumanlarida toʻlaligicha bajarilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish hisobiga aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish rejasi ham Nurafshon shahrida (58,5 foiz) hamda Bekobod (34,1 foiz) tumanida past darajada ijro etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijdan mehnat migratsiyasidan qaytgan 27,2 mingdan ortiq fuqarolardan atigi 28 foizining (7,7 ming nafari) bandligi taʼminlangan, xolos.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat ishlariga jalb qilish orqali fuqarolarning bandligini taʼminlash dasturi ijrosi Ohangaron (33 foiz) va Chirchiq (36 foiz) shaharlarida hamda Bekobod va Boʻstonlik (32 foiz), Piskent (34 foiz) va Ohangaron (41 foiz) tumanlarida 50 foizni ham tashkil qilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilda tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etish rejasi Yuqori Chirchiq (10 foiz), Quyi Chirchiq (16 foiz), Oʻrta Chirchiq (43 foiz) va Piskent (44 foiz) tumanlarida 50 foizga ham bajarilmagan boʻlsa, Parkent tumanida esa yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasi umuman joriy etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi muammolarini tizimli hal etish, ushbu maqsadda ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish borasida ham kamchiliklar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ayollar daftari”dagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlashda hududdagi boʻsh ish oʻrinlaridan samarali foydalanilmagan. Xususan, Boʻstonliq, Yangiyoʻl va Qibray tumanlarida ushbu toifadagi xotin-qizlarning 90 foizdan ortigʻi oʻzini oʻzi band qilganlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar daftari”dagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 4 245 nafar yoshlarning 1 070 nafariga yoki 25,2 foiziga 2023-yildan buyon amaliy yordam koʻrsatilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy budjet ijrosini taʼminlashda ham ayrim kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan. Xususan, soliq toʻlovchilarning budjetdan muddati oʻtgan soliq qarzdorligi 577,5 mlrd soʻmni tashkil qilgan yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 157,7 foizga (211,5 mlrd soʻm) oshgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatdagi 36 649 ta korxona va tashkilotning 4 726 tasi (13 foizi) soliq hisobotlarida xodimlar soni 1 nafar etib koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning oʻtgan davrida viloyat budjetining qoʻshimcha manba mablagʻlari hisobidan “Fuqarolar tashabbusi” jamgʻarmasiga umuman mablagʻ ajratilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy budjet mablagʻlaridan foydalanishda “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun tartib-taomillariga zid ravishda 121 ta holatda qariyb 3,1 mlrd soʻmlik xaridlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat mahalliy budjetida shakllangan qoʻshimcha manbalari hisobidan xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan 15 ta holatda jami 465,4 mlrd so6m ajratish boʻyicha yoki manbasi (172,8 mlrd soʻm) mavjud boʻlmagan xarajatlar uchun qarorlar qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat, shahar va tuman hokimliklari tomonidan qoʻshimcha manbalar hisobidan xarid qilingan tovarlar (ishlar) hamda xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz muddatida rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini sifatli ijtimoiy xizmatlar bilan taʼminlash tadbirlarining samaradorligini oshirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi E. Gadoyevning Toshkent viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini sifatli ijtimoiy xizmatlar bilan taʼminlash chora-tadbirlari ijrosini oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Investitsiyalar, sanoat va savdo, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik, Iqtisodiyot va moliya, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, Qishloq xoʻjaligi, Suv xoʻjaligi, Energetika, Sog6liqni saqlash, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklari, Soliq, Oila va xotin-qizlar qoʻmitalari, Davlat aktivlarni boshqarish va Yoshlar ishlari agentliklari hamda Toshkent viloyati hokimligiga viloyat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholini sifatli ijtimoiy xizmatlar bilan taʼminlash borasida belgilangan vazifalarning ijrosi boʻyicha aniqlangan kamchiliklar koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini samarali ijro etilishini taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari samarali ijro etilishini taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” ijrosini nazoratga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Qaror ijrosi yuzasidan III chorak yakuni boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotni joriy yilning 20-oktabriga hamda yakuniy maʼlumotni 2025-yilning 30-yanvariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholini sifatli ijtimoiy xizmatlar bilan taʼminlash borasida belgilangan vazifalarni ijro qilishda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygani uchun Boʻka, Piskent va Yangiyoʻl tumanlari hamda Nurafshon shahri hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlarining faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan resurslardan samarali foydalanish hamda muammoli kreditlarni kamaytirish, yoshlarning bandligini taʼminlash tadbirlarini yetarli darajada tashkil qilmaganligi uchun Yangiyoʻl va Toshkent tumanlari hamda Yangiyoʻl shahri mahallalariga biriktirilgan hokim yordamchilariga nisbatan tegishli choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Soliq qoʻmitasi Davlat budjeti daromadlari ijrosini taʼminlashda, shu jumladan, muddati oʻtgan soliq qarzdorligini qisqartirish borasida sustkashlikka yoʻl qoʻygan Piskent va Qibray tumanlari soliq inspeksiyasi rahbariyatining intizomiy javobgarlik masalasini koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar Bekobod va Yangiyoʻl shaharlarida ichimlik va oqova suv taʼminoti tizimlarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektorga berish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyatida sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlarini balansda saqlovchilardan qabul qilish, oʻz vaqtida auksion savdolariga chiqarish, sotishdan tushgan tushumlarni qonunchilikka muvofiq viloyat hamda obyekt joylashgan tuman va shaharlar mahalliy budjetlariga oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xalq deputatlari Toshkent viloyati, tuman va shahar Kengashlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni, shuningdek, viloyat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan chora-tadbirlar dasturlari ijrosi yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobotlarini Kengash sessiyalarida tizimli ravishda eshitish va tanqidiy muhokama qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjetda shakllantirilgan qoʻshimcha manbalar hisobidan manbasi yetarli boʻlmagan xarajatlar uchun qabul qilingan Kengash qarorlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish hamda kelgusida bu kabi kamchiliklarning oldini olish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat, tuman va shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi bandligi boʻyicha dasturlar ijrosini taʼminlashda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan mutasaddilarga nisbatan taʼsirchan choralar qoʻllash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi E. Gadoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 14-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-796-IV-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 14-avgustdagi KQ-796-IV-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini samarali ijro etilishini taʼminlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

Viloyat, shahar va tumanlar

Vazirlik, idora va respublika tashkilotlari

Oliy Majlis Senati qoʻmitalari

1.

Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash muassasalarini avtotransport vositalari va zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash.

1. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filiali hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining kardiologiya boʻlinmalarini 22 ta EKG, 21 ta ExoKG, 18 ta xolter-monitor, 21 ta defibrillyatorlar bilan taʼminlash.

2. Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filialiga 15 ta maxsus va 2 ta yoʻl tanlamas avtotransport vositasini ajratish.

3. Qabul qilib olingan avtotransport vositalari va tibbiy asbob-uskunalardan samarali foydalanishni taʼminlash.

2024-yil yakuniga qadar

viloyat hokimligi,

Sogʻliqni saqlash boshqarmasi,

Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi

2.

Davlat — xususiy sheriklik asosida xalqaro standartlarga javob beradigan umumiy oʻrta taʼlim maktablarini qurish va oʻquvchilarga sifatli taʼlim olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

1. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablarini tashkil etish loyihasi doirasida Qibray va Toshkent tumanlarida 4 ta maktab tashkil etish loyihasi uchun yer uchastkalari ajratish.

2024-yil sentabr

viloyat hokimligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi,

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi,

Qibray va Toshkent tumanlari hokimliklari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

2. Mazkur maktablarni davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi va loyihani baholash hujjatini ishlab chiqish.

2024-yil oktabr

3. Tender hujjatlarini va davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim loyihasini ishlab chiqish va xalqaro ochiq tender jarayonlarini eʼlon qilish.

2024-yil dekabr

3.

Viloyat hududidagi maktablarni zamonaviy kompyuter sinflari bilan taʼminlash.

1. Viloyat hududidagi maktablarni zamonaviy kompyuter sinflari bilan taʼminlash uchun mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan 4,0 mlrd soʻm ajratilishi va oʻzlashtirishini taʼminlash.

2. Kompyuter jihozlarini xarid qilish uchun belgilangan tartibda tender savdolarini oʻtkazish va xarid qilish.

3. Zamonaviy kompyuter sinflarini tashkil etish uchun xarid qilingan kompyuter jihozlarni maktablarga yetkazib berish.

2024-yil avgust — dekabr

viloyat hokimligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi,

Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi

4.

Sotilishi belgilangan hamda hozirgi vaqtda balansda saqlovchilar tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirilmagan 17 ta obyektni qisqa muddatda topshirish masalasini hal etish choralarini koʻrish.

1. Sotilishi belgilangan davlat mulk obyektlarini balansda saqlovchilar oʻrnatilgan tartibda Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirilishini rasmiylashtirish.

2024-yil sentabr

viloyat hokimligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi,

Markaziy bank va boshqa tashkilotlar

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

2. Qabul qilib olingan aktivlarni belgilangan tartibda kadastrdan oʻtkazish va auksion savdolarga chiqarish.

3. Obyektlarni sotilishini taʼminlash hamda sotishdan tushgan tushumlarni belgilangan tartibda viloyat hamda obyekt joylashgan shahar va tumanlar mahalliy budjetlariga oʻtkazilishini taʼminlash.

2024-yil yakuniga qadar

5.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan jami 12,4 mlrd soʻmlik mablagʻlarni viloyat hamda tuman (shahar) mahalliy budjetlariga oʻtkazilishini taʼminlash.

1. Davlat koʻchmas mulk obyektlari sotilishidan tushgan mablagʻlarni obyekt joylashgan tuman (shahar) budjetida qoladigan qismini ham toʻlaligicha viloyat budjetiga oʻtkazish toʻgʻrisida qabul qilingan xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qarorlariga tegishli oʻzgartirish kiritish.

2024-yil avgust

viloyat hokimligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi,

Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

2. Joriy yilning birinchi yarim yilligida davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan jami 6,2 mlrd soʻmni viloyat hamda 6,2 mlrd soʻmni viloyatning 16 ta shahar va tumanlari mahalliy budjetlariga oʻtkazilishini taʼminlash.

2024-yil sentabr

3. Kelgusida bu kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish.

doimiy

6.

Yangiyoʻl shahar “Biokimyo” kichik sanoat zonasida elektr energiyasi tarmogʻini qurish ishlarini 2025-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish.

1. Sanoat zonasida joylashgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertiza xulosalarini olish.

2024-yil avgust

viloyat hokimligi,

Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi,

“Toshkent hududiy elektr tarmoqlari,, AJ,

Yangiyoʻl shahar hokimligi

Vazirlar Mahkamasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Energetika vazirligi,

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

2. Elektr energiyasi tarmogʻini qurish ishlarini 2025-yilgi davlat dasturlari doirasida amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

3. Vazirlar Mahkamasi 2025-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida inobatga olish.

2024-yil sentabr

7.

Ichimlik va oqova suv taʼminoti tizimlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etish ishlarini yakunlash.

1. Bekobod va Yangiyoʻl shaharlarida ichimlik va oqova suv taʼminoti tizimlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektorga berish boʻyicha olib borilayotgan ishlar holatini tahlil qilish va muddatining kechikish sabablarini aniqlash.

2. Tahlil jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda amaldagi tartiblarga muvofiqlashtirish.

2024-yil sentabr

viloyat hokimligi,

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ,

Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi,

Bekobod va Yangiyoʻl shahar hokimliklari

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi

3. Ushbu shaharlardagi ichimlik va oqova suv taʼminoti tizimlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektorga berish ishlarini yakunlash.

2024-yil yakuniga qadar

8.

Suv resurslaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash.

1. 2021-2022-yillarda paxta va boshoqli don maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etgan fermer va dehqon xoʻjaliklarida ushbu texnologiyalardan samarasiz foydalanilganligi sababli Piskent (3 424 mln soʻm), Oʻrta Chirchiq (206,7 mln soʻm) va Boʻka (724 mln soʻm) tumanlarida subsidiyalarni budjetga qaytarish choralarini koʻrish.

2. Joriy yilda rejadagi 43,3 ming gektar yer maydonida suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etish.

2024-yil davomida

viloyat hokimligi,

tuman hokimliklari,

Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi,

“Chirchiq-Ohangaron” ITHB boshqarmasi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

9.

2024-yilda aholini doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ish oʻrinlarida band qilish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar ijrosini taʼminlash.

1. Viloyat boʻyicha investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 23,6 ming, xizmat koʻrsatish sohasida 500 ming, qishloq xoʻjaligida 172,6 ming hamda qurilish sohasida 9,3 ming nafar aholining bandligini taʼminlash.

2. Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlar ijrosini xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida muhokama qilib borish.

2024-yil davomida

viloyat hokimligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi,

Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi,

Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

har oyda

10.

Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, shu jumladan norasmiy ishlayotgan fuqarolar bandligini legallashtirish.

1. Soliq hisobotlarida xodimlar sonini 1 nafar etib koʻrsatgan 4 726 ta korxonalar faoliyatini oʻrganish va amalda ishlayotgan xodimlarning haqiqiy sonini soliq hisobotlariga kiritilishini taʼminlash.

2. Norasmiy band boʻlgan aholining rasmiy bandligini taʼminlash, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar oʻrtasida kafolatlangan mehnat stajiga ega boʻlish uchun ijtimoiy soliqni toʻlash boʻyicha nazorat va targʻibot ishlarini kuchaytirish.

3. Soliq maʼmurchiligi asosida soliq solish obyektlarini toʻliq hisobga olish.

2024-yil davomida

viloyat hokimligi,

Soliq boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari

Soliq qoʻmitasi

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

11.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini tizimli hal etish va daftardan chiqarilishini taʼminlash.

1. Joriy yil yakuniga qadar “Ayollar daftari”ga kiritilgan 90,4 ming xotin-qizlarning muammolarini tizimli hal etish va daftardan chiqarilishini taʼminlash.

2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolari toʻliq va tizimli hal etilishini taʼminlash, xususan, daromadli mehnat bilan band qilish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, moddiy va tibbiy yordam koʻrsatish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash.

2024-yil davomida

viloyat hokimligi,

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi, tijorat banklari

Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi

3. Koʻrsatilgan yordamlarning haqqoniyligini manzilli oʻrganish va natijalarini xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalari muhokamasiga kiritish.

har chorakda

12.

Tashabbusli budjet jarayonlarida gʻolib deb topilgan loyihalarni oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlash va pudrat tashkilotlari tomonidan ishlarni jadallashtirish.

1. 2023-yilda oʻtkazilgan “Tashabbusli budjet” jarayonlarida gʻolib deb topilgan va qurilish ishlari yakuniga yetkazilmagan Bekobod, Piskent tumanlari va Chirchiq shahridagi 3 ta (3,9 mlrd soʻmlik) obyekt boʻyicha ishlarni yakunlash.

2. “Tashabbusli budjet” jarayonining 1-mavsumida gʻolib deb topilib, bugungi kunga qadar qurilish ishlari boshlanmagan obyektlarni aniqlash va ishlarni jadallashtirish.

3. Ishlar toʻliq yakunlangan loyihalarni tashabbuskorlar, mahalla raisi va faollarining ish sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyin foydalanishga qabul qilish.

2024-yil yakuniga qadar

viloyat hokimligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi,

Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

13.

Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorlar oldidagi mavjud qarzdorlikni bartaraf etish.

1. Viloyatda joriy yilning 1-iyul holatiga ijro qilinmay turgan sud qarorlari hisobiga toʻgʻri keladigan 65 mlrd soʻmlik qarzdorlikni (shundan, 40 mlrd soʻmni joriy yil sentabr oyida, qolgan qismini yil yakuniga qadar) bartaraf etish.

2. Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʻyilishida Oʻzbekiston Respublikasining “Er uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.

2024-yil sentabr, dekabr

viloyat hokimligi,

Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi