23.08.2024 yildagi PQ-301-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumanining Toshkent shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]

Kreativ iqtisodiyotning dunyo miqyosida iqtisodiy o‘sish, aholini ish bilan ta’minlash, madaniy-ijtimoiy va innovatsiyalar taraqqiyotidagi roli tobora ortib borayotganini e’tiborga olib, mamlakatimizda bu sohani milliy qadriyatimizni inobatga olgan holda jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahonning ilg‘or tajribalari, zamonaviy ijodiy va innovatsion yutuqlarini hayotga samarali tatbiq etishni hamda kreativ iqtisodiyot bo‘yicha xalqaro miqyosda o‘zaro fikr-mulohaza almashish va hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Toshkent shahrining global muloqotlar va madaniy markaz sifatidagi nufuzini yanada oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2024-yil 2 — 4-oktabr kunlari Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumani (keyingi o‘rinlarda — Butunjahon anjumani) yuqori saviyada o‘tkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy qo‘mita) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qo‘mita (A.N. Aripov) Butunjahon anjumanini yuqori darajada o‘tkazishga har jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘rsin, vazirlik va idoralar tomonidan bu boradagi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi hamda ularning faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Butunjahon anjumani doirasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Toshkent shahrida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zamonaviy san’at markazi huzuridagi Art-rezidensiyalarning tantanali foydalanishga topshirilishini tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fransuz madaniyat markazi, Milliy restavratsiya markazi loyihalari, shuningdek, Abulqosim madrasasi va “Ohunguzar” madaniy meros obyektida kreativ iqtisodiyot klasterlarini yaratish loyihalari taqdimotlarini o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Butunjahon anjumaniga taklif etilgan ishtirokchilar, xalqaro ekspertlar, soha vakillari va keng jamoatchilikni jalb etgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategik islohotlar agentligi bilan birgalikda “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi qonun loyihasini takomillashtirishni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi hamda uni 2025-2026-yillarda amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi loyihasi Butunjahon anjumani yakuni bo‘yicha ishlab chiqilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Butunjahon anjumani dasturiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Jamg‘arma:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ soha bo‘yicha Vazirlar yig‘ilishini (Ministerial meeting);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dunyo va mamlakatimiz kreativ soha vakillarining salohiyatini namoyish etishga qaratilgan maxsus ko‘rgazmani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ iqtisodiyot, uning ahamiyati va Butunjahon anjumani haqida aholini xabardor qilishga qaratilgan seminar va davra suhbatlari, maslahat uchrashuvlari, amaliy mashg‘ulotlar, taqdimotlar, tantanali taqdirlash marosimlari kabi tadbirlarni o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Madaniyat vazirligi yuksak bayramona ruhda madaniy-ma’rifiy, konsert-tomosha, shou dasturlar, filmlar namoyishlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi hunarmandchilik, amaliy va tasviriy san’at mahsulotlari, esdalik sovg‘alari ko‘rgazma-savdolarini o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Turizm qo‘mitasi mehmonxonalarda zarur joylarni band qilsin, ixtisoslashtirilgan sayohatlar dasturlarini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Butunjahon anjumani va uning doirasidagi tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirsin, sahna maydonlari va joylarni yuqori darajada tayyorlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reklama bilbordlari va ekranlarida Butunjahon anjumani to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ijtimoiy axborot sifatida bepul joylashtirilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumanining Toshkent shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashqi ishlar vazirligi Jamg‘armaning viza talabnomalariga binoan, Butunjahon anjumanida ishtirok etadigan xorijiy ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlarni undirmasdan (bepul), zarur hollarda Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Butunjahon anjumani va uning doirasidagi tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi — jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sog‘liqni saqlash vazirligi — tibbiy yordam ko‘rsatish hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi bo‘yicha choralarni ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Jamg‘arma bilan birgalikda bir hafta muddatda ommaviy axborot vositalari uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lgan Butunjahon anjumanining matbuot markazi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ysin, shuningdek, tadbirni yuksak saviyada xalqaro miqyosda keng yoritish uchun xorijiy ommaviy axborot vositalarini jalb qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Tashkiliy qo‘mitaning Ishchi organi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“InterForum” davlat unitar korxonasi Butunjahon anjumanini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Bosh operator hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralarning birinchi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan topshiriqlar, shuningdek, Tashkiliy qo‘mita hamda Ishchi organning boshqa tezkor ko‘rsatmalari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bojxona qo‘mitasi Jamg‘arma buyurtmalariga muvofiq Butunjahon anjumanini o‘tkazishni tashkil etish uchun olib kiriladigan va olib chiqiladigan vaqtinchalik va doimiy yuklar, asbob-uskunalar, shuningdek, targ‘ibot-tashviqot mahsulotlarining bojxona hujjatlari soddalashtirilgan tarzda bojxona bojini undirmagan holda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Butunjahon anjumanini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, uning moliyalashtirish manbalarini belgilash hamda xarajatlar smetasini tasdiqlash bo‘yicha qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Butunjahon anjumanining mamlakatimizda o‘tkazilishining ahamiyati, ushbu xalqaro tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, uning doirasidagi tadbirlarni hamda mazkur qaror yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi G.O. Umerova hamda Toshkent shahar hokimi Sh.B. Umurzaqov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 23-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-301-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PQ-301-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

1.

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi

2.

S.Sh. Mirziyoyeva

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi, Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari

3.

G.O. Umerova

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari o‘rinbosari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi

4.

Sh.B. Umurzakov

Toshkent shahar hokimi

5.

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

6.

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

7.

L.Sh. Qudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

8.

K.A. Sharipov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

9.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

10.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

11.

A.B. Tadjixanov

madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari

12.

A.A. Xodjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

13.

B.A. Zufarov

“InterForum” DUK direktori

14.

A.A. Mannopov

Madaniyat va sanatni rivojlantirish jamg‘armasi raisi o‘rinbosari, Tashkiliy qo‘mita kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2024-y., 07/24/301/0650-son)