26.08.2024 yildagi 529-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash, ularning erkin hayot kechirishlari, taʼlim olishlari yoki oʻzlari xohlagan faoliyat turlari bilan shugʻullanishlari uchun teng huquq va imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikning turli shakllaridan himoya qilishning samarali tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilib, aybdor shaxslarga ogʻirroq javobgarlik choralarini qoʻllash boʻyicha qonunchilik hujjatlari takomillashtirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ushbu yoʻnalishdagi ishlarni davom ettirgan holda, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan shaxslarga himoya orderlarini berish boʻyicha qoʻshimcha qulayliklarni yaratish zarurati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son hamda “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 10-maydagi PQ-175-son qarorlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan ishonchli himoya qilish borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga himoya orderini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya orderini elektron shaklda rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya orderini rasmiylashtirish jarayonini avtomatlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktika inspektori tomonidan himoya orderini tashabbus tartibida berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tazyiq va zoʻravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga YIDXP orqali himoya orderini rasmiylashtirish va berish toʻlovlarsiz amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-dekabrdan boshlab bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq va zoʻravonlik holati aniqlanganda, profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi tashabbus tartibida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga himoya orderini YIDXP orqali rasmiylashtirish va berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha texnik topshiriqlarni ishlab chiqib, zarur boʻlgan axborot tizimlari oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 26-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
529-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-avgustdagi 529-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini taʼminlash va monitoring olib borish toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Himoya orderi ichki ishlar organlarining Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni hisobga olish yagona axborot tizimi orqali roʻyxatga olinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 5-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jabrlanuvchiga nisbatan bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq hamda zoʻravonlik holati aniqlanganda, profilaktika inspektori himoya orderini tashabbus tartibida beradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“51. Shaxs Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat etgan taqdirda, ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani mustaqil ravishda elektron shaklda toʻldiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 9-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YIDXP orqali yuborilgan murojaatlar profilaktika inspektorining planshetiga avtomatik tarzda yuboriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi “taqdim etilgan” soʻzlaridan keyin “yoki YIDXP orqali kelib tushgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi “shart-sharoitlarini” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, bir kalendar yil davomida mavjud boʻlgan tazyiq hamda zoʻravonlik holatlarini” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 11-bandning toʻrtinchi xatboshisi “dalolatnoma rasmiylashtiradi” soʻzlaridan keyin “murojaat YIDXP orqali yuborilgan taqdirda, murojaatchiga uni rad etish asoslari koʻrsatilgan holda qaytarilganligi haqida xabar yuboriladi;” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13. Himoya orderi jabrlanuvchi hamda zoʻravonlik sodir etgan shaxs ishtirokida profilaktika inspektori tomonidan planshet yordamida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Himoya orderi hujjatning haqiqiyligini tekshirish imkonini beruvchi QR-kod (matrik shtrixli kod)ga ega boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“14. Elektron shaklda rasmiylashtirilgan himoya orderi jabrlanuvchi hamda zoʻravonlik sodir etgan shaxsga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jabrlanuvchi yoki zoʻravonlik sodir etgan shaxsga himoya orderini elektron shaklda yuborishning imkoni boʻlmaganda yoki ularning talabiga asosan himoya orderining chop etilgan qogʻoz nusxasi ham taqdim etilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) 21-bandning “d” kichik bandidagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) 35-band chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini taʼminlash va monitoring olib borish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

“Tadbirlar” ustuni 3-pozitsiyasidagi “taqdim etilgan” soʻzlaridan keyin “yoki YIDXP orqali kelib tushgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Subyektlar” ustuni 6-pozitsiyasidagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) quyidagi mazmundagi 4-ilova bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini taʼminlash va monitoring olib borish toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish xizmatini koʻrsatish uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOʻROVNOMA

Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

1. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

2. Pasport yoki identifikatsiyalovchi

ID-kartasi seriyasi va raqami:

3. Familiyasi:

4. Ismi:

5. Otasining ismi:

6. Tugʻilgan yili va sanasi:

7. Yashash manzili:

8. Telefon raqami:

Murojaatning qisqacha mazmuni:

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 31-avgustdagi 434-son qaroriga ilova 7-bandining yigirmanchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2024-y., 09/24/529/0652-son)