24.08.2024 yildagi 527-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallalardagi xotin-qizlar faollarini qoʻllab-quvvatlash hamda “Oqila ayollar” harakati aʼzolarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi ijrosini taʼminlash, shu jumladan, mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, farzand tarbiyasi, oila va xotin-qizlar maʼnaviyatini yanada yuksaltirish, faol va tashabbuskor ayollarning saʼy-harakatlarini birlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda xotin-qizlar faollarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2024-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagilarni joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Oqila ayollar” harakatining faol va tashabbuskor aʼzolarini Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyatiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan har olti oy (yarim yillik) yakuniga koʻra mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravari miqdorida ragʻbatlantirish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika, hududiy va tuman (shahar)lardagi “Oqila ayollar” harakati faoliyatining natijalarini Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari yigʻilishlarida har olti oyda (yarim yillikda) bir marotaba muhokama qilib, faoliyat samaradorligi natijalariga koʻra yuqori koʻrsatkichga erishgan “Oqila ayollar” harakatining eng faol va tashabbuskor aʼzolari aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oqila ayollar” harakatining eng faol va tashabbuskor aʼzolari (respublika darajasida 10 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar darajasida 3 nafardan, tuman (shahar)lar darajasida 2 nafardan) ragʻbatlantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mahalladagi xotin-qizlar faollari ishining samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash natijalariga asosan Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan har olti oy (yarim yillik) yakuni boʻyicha eng yuqori natijalarga erishgan 300 nafar xotin-qizlar faollarini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravari miqdorida ragʻbatlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda eng yuqori natijalarga erishgan xotin-qizlar faollarini ragʻbatlantirish tartibi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tizimidagi xodimlar malakasini oshirishni tashkil etishni taʼminlovchi elektron modulni ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, elektron modulni ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda jamoatchilik nazorati doirasida davlat organlari va tashkilotlarida uch yillik reja asosida genderga oid audit oʻtkazilishi inobatga olinsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gender audit oʻtkazishning natijalariga koʻra xodimlari sonining 30 foizi xotin-qizlardan iborat boʻlgan hamda markaziy apparat rahbari yoki uning oʻrinbosarlaridan biri ayol boʻlgan davlat tashkilotlari roʻyxatini shakllantirish va ularni qoʻshimcha ragʻbatlantirish, ommaviy axborot vositalari orqali eʼtirof etish choralari koʻriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlarini koʻrsatish, taʼlim, ilm-fan, sport hamda sogʻliqni saqlash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar yetarli darajada taʼminlanmagan vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlarda genderga doir kompleks yondashuvni bosqichma-bosqich joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar har yarim yilda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 24-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
527-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-avgustdagi 527-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 31-martdagi 145-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlari yoshidan qatʼi nazar) farzandlariga davolash, dori vositalari olib berish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun mablagʻ zarur boʻlgan holatlarda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi xulosasi va sektor rahbari tavsiyasi bilan tibbiy muolaja xarajatlari “Ayollar daftari” jamgʻarmasi va Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-noyabrdan boshlab xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularga oʻz salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xarajatlari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-ilovaning 4-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3) boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar — boquvchisi vafot etgan, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, ruhiy kasallikka chalingan, I-II guruh nogironligi boʻlgan hamda doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan, bedarak yoʻqolgan (sud qaroriga asosan) yoxud boshqa sabablarga koʻra boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar, farzandlari voyaga yetmagan boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand ayollar, shuningdek, nikohi bekor qilingan ehtiyojmand xotin-qizlar va ehtiyojmand yolgʻiz onalar (FHDY organlarining maʼlumotnomasi asosida)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-kichik band “bevosita parvarishlayotgan” soʻzlaridan keyin “va (yoki) surunkali kasallikning ogʻir turlariga chalingan bolalari mavjud boʻlgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-avgustdagi 437-son qarori bilan tasdiqlangan “Oqila ayollar” harakati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Harakat Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalarida hamda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari huzurida doimiy asosda faoliyat yurituvchi yuridik shaxs boʻlmagan jamoatchilik tuzilmasi hisoblanadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9. Harakat, qoida tariqasida, Qoʻmita huzurida respublika darajasida — 50 nafar, tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari huzurida viloyat darajasida — 35 — 40 nafardan, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari huzurida tuman (shahar) darajasida — 30 nafardan faol va tashabbuskor ayollardan iborat tarkibda shakllantiriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2024-y., 09/24/527/0645-son)