19.08.2024 yildagi 515-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritishda davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda mazkur tadbirlarni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish orqali sohada yoshlar ishtirokini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritishda davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda mazkur tadbirlarni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan o‘zlashtiriladigan va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish tadbirlarini moliyalashtirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan o‘zlashtirilgan va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlarini qabul qilib olish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish tadbirlari uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qarorida nazarda tutilgan manbalar hisobidan ajratiladigan mablag‘lar tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari zaxirasidagi yer maydonlarini o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish tadbirlarini amalga oshirishda quyidagi maqsadlar uchun yo‘naltiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash va nasos agregatlarini o‘rnatish hamda ishga tushirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish uchun zarur vositalarni sotib olish va o‘rnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sug‘orish (kanal, lotok) va kollektor tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan o‘zlashtiriladigan va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarini lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlari bilan tekislash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror talablari faqatgina davlat resurslari va grant mablag‘lari hisobidan pudrat tashkilotlari tomonidan tuman (Quvasoy shahar) hokimligi zaxirasidagi yerlarning yangidan o‘zlashtirilgan va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilgan maydonlariga nisbatan qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi subyektlari tomonidan o‘z yerida yoki o‘z hisobidagi tutash hududlarda yangi yerlar o‘zlashtirilgan yoki qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilgan hollarda ularga davlat resurslari va grant mablag‘lari hisobidan pudrat tashkilotlarini jalb etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 19-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
515-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 515-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritishda davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda mazkur tadbirlarni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari zaxirasida bo‘lgan yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritishda davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda mazkur tadbirlarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari zaxirasida bo‘lgan yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish tadbirlari pudrat tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qarorida nazarda tutilgan manbalardan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish — sug‘orilmaydigan yerlar toifasida bo‘lgan lalmi yerlar, yaylov va bo‘z yerlar, meliorativ qurilish holatidagi yerlar va qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlarni o‘zlashtirish orqali sug‘oriladigan yerlar sifatida toifalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha ishchi loyiha (keyingi o‘rinlarda — ishchi loyiha) — yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar uchun talab etiladigan xarajatlar hamda ilmiy asoslangan iqtisodiy va texnik hujjatlar, hisob-kitoblar va tavsiflar to‘plami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat tashkiloti — ishchi loyihada belgilangan tadbirlarni amalga oshirish orqali yer maydonlarini qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritadigan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali aniqlanadigan tashkilot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishdan chiqqan yerlar — yillar mobaynida ekin ekilgan va muqaddam sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari toifasida bo‘lib, bugungi kunda meliorativ holati va suv ta’minoti yomonlashgan yer maydonlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Yangidan o‘zlashtiriladigan va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman (Quvasoy shahar) hokimligi zaxirasida bo‘lgan yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi) tomonidan yangidan o‘zlashtiriladigan va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarining manzilli ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — manzilli ro‘yxat) shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq 9 nafar kishidan ko‘p bo‘lmagan tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manzilli ro‘yxatni shakllantirishda tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi tarkibiga boshqa vakolatli davlat tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi tomonidan manzilli ro‘yxatni shakllantirishda qarorlar umumiy ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorlarni qabul qilishda ovozlar teng bo‘lganda, tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi raisi hal qiluvchi ovozga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Manzilli ro‘yxatni shakllantirishda quyidagi muhim jihatlar inobatga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydoni joylashgan joyning 1:10 000 masshtabdagi xaritasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonining qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqish sababi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot (yer balansi) bo‘yicha yer maydonining kontur kesimidagi ma’lumoti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlarini kafolatli suv bilan ta’minlash imkoniyati mavjudligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti suvlari zaxirasining mavjudligi va undan foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar hamda ularning taxminiy hisob-kitoblari to‘g‘risida ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyiha tashkiloti ikki oy muddatda tuman (shahar) hokimliklarining takliflariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari (keyingi o‘rinlarda — buyurtmachi) tomonidan tayyorlangan buyurtmanoma asosida manzilli ro‘yxatdagi yer maydonlarining ishchi loyihalarini ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda loyiha tashkiloti O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tanlov olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha tashkiloti tomonidan ishchi loyihalarni ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida davlat buyurtmachisi bilan rasmiylashtiriladigan shartnomaga asosan 2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan yer maydonlari va cho‘l hududlaridagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun rejalashtirilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari yangidan o‘zlashtiriladigan va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari bo‘yicha ishchi loyihalarda belgilangan tadbirlarning to‘g‘ri hisob-kitob qilinganligiga shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish tadbirlarini moliyalashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2024-yilda qo‘shimcha 218 ming gektar yer maydonini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritishni moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) hisobidan ajratiladigan 200 mlrd so‘m bo‘yicha Jamg‘arma bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunida qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan yer maydonlari va cho‘l hududlaridagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun rejalashtirilgan 100 mlrd so‘m bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan depozit shartnomasini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tuzilgan depozit shartnomalariga asosan o‘zlarining hududlarida yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritishni moliyalashtirish uchun tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jamg‘armaga buyurtmanomalarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jamg‘arma taqdim etilgan buyurtmanomalarga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari uchun budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaklida ochiladigan g‘azna hisobvaraqlariga 12 oy muddatga mablag‘larni foizsiz depozitga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik qo‘mitasida ochilgan hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitga joylashtiriladigan mablag‘lardan boshqa maqsadlarda foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun pudrat tashkilotlarini, istisno tariqasida, eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali aniqlaydi hamda ular bilan belgilangan tartibda shartnomani rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan pudrat tashkiloti quyidagi mezonlarga muvofiq tanlab olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuridik shaxs bo‘lgan, shuningdek, ushbu yo‘nalishda ish va xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan hamda tajribaga ega bo‘lgan tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat tashkilotining malakali mutaxassislarga ega ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish, shu maqsadda irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini ta’mirlash-tiklash, rekonstruksiya qilish hamda qurish ishlarini amalga oshiradigan pudrat tashkilotining moliyaviy imkoniyati va infratuzilmasi holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat tashkilotida maxsus texnikalar va kichik mexanizmlarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov jarayonlarida quyidagi pudrat tashkilotlari ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etish (ajratish, qo‘shilish), bankrot deb topish yoki tugatishga doir ish yuritish jarayoni boshlangan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulki musodara qilingan hamda muassislik kelishuvi, moliyaviy ishtirok, xolding va boshqa shaklda ifodalangan bevosita tashkiliy-huquqiy yoki bir-biriga moliyaviy qaramligi mavjud bo‘lgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari pudrat tashkiloti bilan rasmiylashtirgan shartnomaga muvofiq tasdiqlangan ishchi loyihada ko‘rsatilgan mablag‘larning dastlabki 15 foiz bo‘nak mablag‘larini uch kun muddatda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pudrat tashkilotining tijorat bankidagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Pudrat tashkiloti dastlabki bo‘nak mablag‘lari tijorat bankidagi hisobvarag‘iga tushgandan so‘ng, kechi bilan o‘n kun muddatda ishchi loyihada belgilangan tadbirlarni bajarishga kirishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ishchi loyihada belgilangan tadbirlarning 80 foizi pudrat tashkiloti tomonidan amalga oshirilgandan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari shartnomada nazarda tutilgan mablag‘ning 80 foizini belgilangan tartibda pudrat tashkilotining tijorat bankidagi hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Pudrat tashkiloti tomonidan ishchi loyihada belgilangan barcha tadbirlar to‘liq bajarilib, ishlar qabul qilingandan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari shartnomada belgilangan mablag‘ning qolgan 5 foizini pudrat tashkilotining tijorat bankidagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yer maydonlarini haqiqatdan ham yangidan o‘zlashtirilganligi yoki qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilganligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligidan xulosa olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Pudrat tashkiloti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga ishchi loyihada belgilangan barcha tadbirlarning bajarilganligi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yangidan o‘zlashtirilgan va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlarini qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yangidan o‘zlashtirilgan va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlari tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi tomonidan ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq tuziladigan dalolatnomalar asosida qabul qilib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yangidan o‘zlashtirilgan yer maydonlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining xulosasiga muvofiq qabul qilinadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining qaroriga asosan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasining tegishli (sug‘oriladigan va shartli sug‘oriladigan) turiga o‘tkaziladi hamda belgilangan tartibda yer hisobotiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Yangidan o‘zlashtirilgan va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlarining ijara huquqi tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari tomonidan belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar yangidan o‘zlashtirilgan va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlarining ijara huquqini sotib olish uchun elektron onlayn-auksion savdolarida ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yangidan o‘zlashtirilgan va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlari uchun sarflangan mablag‘lar ushbu yer maydonlarining ijara huquqini elektron onlayn-auksion savdolarida sotishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yangidan o‘zlashtirilgan va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlari uchun sarflangan mablag‘lar belgilangan tartibda mahalliy budjet orqali tegishli ulushlarda Jamg‘armaga hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi yangidan o‘zlashtirilgan va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlari haqiqatdan ham foydalanishga kiritilganligi hamda ulardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazorat o‘rnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish tadbirlari uchun ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish tadbirlari uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadsiz ishlatilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritishda davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda mazkur tadbirlarni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (Quvasoy shahar) hokimligi zaxirasidagi yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha tuman (Quvasoy shahar) komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Tuman (Quvasoy shahar) hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, komissiya raisi

2.

Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

3.

Tuman (Quvasoy shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i

4.

Tuman (Quvasoy shahar) suv yetkazib berish xizmati rahbari

5.

Davlat kadastrlari palatasining tuman (Quvasoy shahar) filiali rahbari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tuman (Quvasoy shahar) komissiyasiga mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlar rahbarlari kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritishda davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda mazkur tadbirlarni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

______________ tuman (Quvasoy shahar) komissiyasining ______________ hududida tuman (Quvasoy shahar) hokimligi zaxirasidagi yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirilishi yuzasidan

DALOLATNOMASI

2024-yil “____” _____________

____________ hududi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga yer ajratish orqali ularni daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman (Quvasoy shahar) hokimligi zaxirasidagi yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish bo‘yicha bajarilgan ishlar quyidagi tarkibdagi tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi:

T/r

F.I.O

Lavozimi

1.

Lavozimi bo‘yicha

Tuman (Quvasoy shahar) hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, komissiya raisi

2.

Lavozimi bo‘yicha

Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

3.

Lavozimi bo‘yicha

Tuman (Quvasoy shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i

4.

Lavozimi bo‘yicha

Tuman (Quvasoy shahar) suv yetkazib berish xizmati rahbari

5.

Lavozimi bo‘yicha

Davlat kadastrlari palatasining tuman (Quvasoy shahar) filiali rahbari

6.

tomonidan 2024-yil “____” ______________ kuni yangidan o‘zlashtirilib, qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritilgan yer maydoni joyida ko‘rib chiqildi.

Yer maydonini o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirgan pudrat tashkiloti: ________________________________________________________________________________________.

Loyiha ishlarini bajargan korxona (loyiha instituti): ________________________________________________________________________________________.

___________ tumani (Quvasoy shahar) “_____________” hududida joylashgan, ____________ konturdagi jami ___________ gektar yer maydonini o‘zlashtirish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra ___________________________________________________ tadbirlarini bajarish rejalashtirilgan.

Tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi tomonidan o‘rganish jarayonida quyidagi ishlar amalga oshirilganligi aniqlandi: _________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Bajarilgan ishlar natijasida ___________ konturdagi jami _________ gektar yer maydoni qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqli holga keltirilganligi, _________ gektar yer maydoni ekin ekishga tayyorlanganligi (yoki ekilganligi, ______ gektarda bog‘, ______ gektarda tokzor, ______ gektarda tutzor barpo etilganligi) aniqlandi.

E’tirozlar: ________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________.

Yangidan o‘zlashtirilgan yer maydonlarining konturlar kesimidagi jadvali va xaritasi ilova qilinadi.

Monitoring natijasida jami _________ gektar yangidan o‘zlashtirilgan yer maydonini qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun qabul qilish hamda yer toifasining _______________ (sug‘oriladigan va shartli sug‘oriladigan) turiga o‘zgartirish maqsadga muvofiq deb topildi.

Tuman (Quvasoy shahar) hokimidan ushbu dalolatnomani tasdiqlab berish so‘ralsin.

Yuqorida keltirilganlarni

to‘g‘ri deb imzo chekuvchilar:

__________________________________

__________________________________

__________________________________

__________________________________

__________________________________

__________________________________

__________________________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tuman (Quvasoy shahar) komissiyasining barcha a’zolari dalolatnomani imzolaydi va tashkilotlar muhri bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritishda davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda mazkur tadbirlarni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

____________ tuman (Quvasoy shahar) komissiyasining ____________ hududida tuman (Quvasoy shahar) hokimligi zaxirasidagi yer maydonini qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilishi yuzasidan

DALOLATNOMASI

2024-yil “____” ___________

____________ hududi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga yer ajratish orqali ularni daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman (Quvasoy shahar) hokimligi zaxirasidagi yer maydonlarini qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha bajarilgan ishlar quyidagi tarkibdagi tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi:

T/r

F.I.0

Lavozimi

1.

Lavozimi bo‘yicha

Tuman (Quvasoy shahar) hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, komissiya raisi

2.

Lavozimi bo‘yicha

Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

3.

Lavozimi bo‘yicha

Tuman (Quvasoy shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i

4.

Lavozimi bo‘yicha

Tuman (Quvasoy shahar) suv yetkazib berish xizmati rahbari

5.

Lavozimi bo‘yicha

Davlat kadastrlari palatasining tuman (Quvasoy shahar) filiali rahbari

6.

tomonidan 2024-yil “____” ___________ kuni qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydoni joyida ko‘rib chiqildi.

Yer maydonini qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish loyihasini amalga oshirgan pudrat tashkiloti: _______________________________________________

Loyiha ishlarini bajargan korxona (loyiha instituti): _________________________________________________________________________________________.

_____________ tumani (Quvasoy shahar) “________________” hududida joylashgan, ______________ konturdagi jami ______________ gektar yer maydonini qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra ______________________

_____________________________________________________________________________ tadbirlarini bajarish rejalashtirilgan.

Tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi tomonidan o‘rganish jarayonida quyidagi ishlar amalga oshirilganligi aniqlandi: _________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________.

Bajarilgan ishlar natijasida ______________ konturdagi jami _________ gektar yer maydoni qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqli holga keltirilganligi, ________ gektar yer maydoni ekin ekishga tayyorlanganligi (yoki ekilganligi, _____ gektarda bog‘, _____ gektarda tokzor, gektarda tutzor barpo etilganligi) aniqlandi.

E’tirozlar: ________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________.

Qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlarining konturlar kesimidagi jadvali va xaritasi ilova qilinadi.

Monitoring natijasida qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilgan jami _______ gektar yer maydonini qishloq xo‘jaligida foydalanish maqsadga muvofiq deb topildi.

Tuman (Quvasoy shahar) hokimidan ushbu dalolatnomani tasdiqlab berish so‘ralsin.

Yuqorida keltirilganlarni

to‘g‘ri deb imzo chekuvchilar:

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tuman (Quvasoy shahar) komissiyasining barcha a’zolari dalolatnomani imzolaydi va tashkilotlar muhri bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 515-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagi mazmundagi 11-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari — har kalendar yilning 1-martiga qadar yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini o‘z mablag‘i hisobidan amalga oshirish istagida bo‘lgan talabgorlarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish va ijrosini ta’minlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi — yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini o‘z mablag‘i hisobidan amalga oshirgan talabgorlarning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga belgilangan subsidiyalar o‘tkazib berilishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi — yangidan o‘zlashtirilgan va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlari bo‘yicha monitoring yuritish, shuningdek, ushbu yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish hamda belgilangan imtiyozlar tatbiq qilinishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi — har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalarni nazarda tutish hamda belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralarga o‘tkazib berishga mas’uldirlar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-band “qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni” so‘zlaridan keyin “yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Ushbu Nizom qoidalari 2024-yildan boshlab yangidan o‘zlashtirilgan va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlarida irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini ta’mirlash-tiklash, rekonstruksiya qilish hamda qurish ishlarini o‘z mablag‘i hisobidan amalga oshirgan talabgorlarga nisbatan tatbiq etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 515-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Tomchilatib sug‘orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va moliyalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 21-iyundagi 176-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining ““O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasining ustavini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 5-dekabrdagi 969-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)” 2018-yil 7-dekabrdagi 995-son qaroriga 1-ilovaning 73-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 124-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qarori)” 2020-yil 7-iyuldagi 429-son qaroriga 1-ilovaning 19-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2024-y., 09/24/515/0633-son)