12.08.2024 yildagi PF-109-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishning koʻchar aktivlarga asoslangan instrumentlarini rivojlantirish orqali kichik va oʻrta biznes subyektlari faoliyati uzluksizligini taʼminlash imkoniyatlarini yanada oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Markaziy bank tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan birgalikda Xususiy huquqni unifikatsiya qilish xalqaro institutining (UNIDROIT) Faktoring boʻyicha namunaviy qonuni asosida Oʻzbekistonda faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaziy bankning pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (keyingi oʻrinlarda — faktoring) faoliyatini amalga oshiruvchi faktoring tashkilotlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faktoring tashkiloti faoliyati nobank kredit tashkiloti sifatida reyestrga kiritish vositasida Markaziy bankda hisob roʻyxatidan oʻtgandan keyin amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilarga ruxsat etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning kontragenti norezident boʻlganda faktoring operatsiyalarini xorijiy valyutada amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit tashkilotlariga faktoring shartnomalari boʻyicha sotib olingan pul talabnomalarini qayta sotishga (refaktoring);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish boʻyicha taqiqni buzganlik uchun javobgarlik bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) voz kechilgan huquqqa boʻlgan talabnomalarning ustuvorligini taʼminlash maqsadida pul talabnomasidan voz kechish toʻgʻrisidagi xabarnomalar garov reyestrida roʻyxatga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) qarzdorning roziligisiz pul majburiyatining valyutasi va toʻlov amalga oshiriladigan mamlakat oʻzgartirilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu Farmonning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan talablardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tegishli qonun loyihasini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaziy bankning Faktoring xizmatlari elektron platformasini (keyingi oʻrinlarda — Faktoring platformasi) joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faktoring platformasida quyidagi imkoniyatlar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari tomonidan faktoring xizmatlaridan foydalanish uchun pul talabnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumot va hujjatlarni kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul talabnomasiga asos boʻlgan hujjatlarning haqiqiyligini tekshirish, shuningdek, qarzdorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tezkor yigʻish va ularning real vaqt rejimida tahlil qilinishini taʼminlash orqali moliyalashtirish jarayonini avtomatlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit tashkilotlari tomonidan taʼminot zanjiri ishtirokchilariga faktoring xizmatlari koʻrsatilishi uchun qulay, tezkor va xavfsiz texnologik infratuzilmani taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Faktoring platformasida pul talabnomalarining haqiqiyligini tekshirish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, qarzdorning toʻlovga qobiliyatliligini baholash va faktoring, jumladan, xalqaro faktoringni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilar Markaziy bank va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Faktoring platformasiga integratsiya qilinishi va axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq qoʻmitasi — elektron hisobvaraq-fakturalar maʼlumotlar bazasi, elektron tovar-transport yuk xati tizimi hamda yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlarini olish imkoniyati bilan soliq toʻlovchilarning elektron bazasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qoʻmitasi — Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — TSOYAEAT).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Markaziy bank soʻroviga koʻra boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarining Faktoring platformasiga integratsiya qilinishi lozimligi belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Markaziy bank kredit tashkilotlari Faktoring platformasiga ulanishi va ushbu platforma orqali raqamli faktoring xizmatlarini koʻrsatishni yoʻlga qoʻyishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxonalarda aksiyador (ishtirokchi, muassis) funksiyasini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar ushbu korxonalarning Faktoring platformasiga ulanishi va tender hamda eng yaxshi takliflarni tanlash orqali tuzilgan hamda muddatli toʻlov koʻzda tutilgan shartnomalar boʻyicha hisobvaraq-fakturalarning platformaga joylashtirib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, kredit tashkiloti boʻlmagan shaxslar tomonidan tashkil etiladigan faktoring elektron platformalarining axborot tizimlari xavfsizligi, kiberxavfsizlik va ularni IT auditdan oʻtkazish boʻyicha talablar Markaziy bank tomonidan oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarining faktoring xizmatlarini ommalashtirish va rivojlantirish, sohaga oid standartlarni ishlab chiqish, faktoring bozori ishtirokchilari oʻrtasida aloqalarni mustahkamlash maqsadida Faktoring milliy assotsiatsiyasini (keyingi oʻrinlarda — Assotsiatsiya) tashkil etish haqidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank Assotsiatsiya bilan birgalikda mahalliy va xalqaro bozorlardagi soʻnggi tendensiyalarni tahlil qilib, faktoringni rivojlantirish choralari koʻrilishi hamda sohadagi masalalar vakolati doirasida hal qilib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Savdo-sanoat palatasi, xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda faktoring sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda sohadagi yetakchi xorijiy banklar va faktoring kompaniyalari bilan aloqalar oʻrnatishga koʻmak bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qoʻyilsinki, tashqi savdo operatsiyalarida faktoringni keng qoʻllash imkoniyatini yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2025-yil 1-yanvardan boshlab eksport kontrakti boʻyicha debitor qarzdorlikni sotib olish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faktoring xizmatlarini koʻrsatuvchi kredit tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — moliya agentlari) rezident boʻlganda, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar TSOYAEATga eksport kontrakti boʻyicha valyuta mablagʻlarini oluvchi sifatida kiritiladi hamda aktivlarni repatriatsiya qilish toʻgʻrisidagi talabning bajarilishini taʼminlash majburiyati mazkur moliya agentlariga oʻtadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya agentlari norezident boʻlganda, aktivlarni repatriatsiya qilish toʻgʻrisidagi talabning bajarilishini taʼminlash majburiyati eksport qiluvchida qoladi. Bunda eksport kontraktlari boʻyicha debitor qarzdorlikni sotib olish shartnomasi asosida norezident moliya agentidan mablagʻ kelib tushganda, aktivlarni repatriatsiya qilish toʻgʻrisidagi talab bajarilgan hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilgan xizmatlar uchun moliya agentlari tomonidan ushlab qolinadigan pul talabnomasi summasining 10 foizidan ortiq boʻlmagan miqdordagi mukofot puli (diskont) debitorlik qarzi sifatida hisobga olinmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) eksport qiluvchining norezidentga (qarzdorga) nisbatan eksport shartnomasidan kelib chiqadigan xorijiy valyutadagi pul talablari evaziga rezident boʻlgan moliya agenti tomonidan milliy valyutada pul mablagʻlari berilganda, eksport qiluvchilar uchun nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amaldagi tartibi saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirish “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari xodimlarining faktoring xizmatlariga oid bilim va kasbiy mahoratlarini oshirish uchun qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil qilish, faktoring xizmatlarini ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faktoring xizmatlaridan xabardorligini oshirish, faktoringning afzalliklari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank tomonidan kredit tashkilotlariga faktoring operatsiyalari hisobini yuritish, garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish, Faktoring platformasida ishlash boʻyicha tushuntirishlar berish va faktoring bozori holati sharhini eʼlon qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qoʻmitasi tomonidan xalqaro faktoring operatsiyalarini TSOYAEATda roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha qoʻllanmalar ishlab chiqish, xorijiy banklar va faktoring kompaniyalari bilan hamkorlik oʻrnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari sifatida quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faktoring xizmatlari hajmini 3 yil davomida 10 baravarga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil yakuniga qadar davlat ulushi mavjud banklar tomonidan koʻrsatilgan faktoring xizmatlari ulushini jami moliyalashtirish hajmida 3 foizga yetkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Markaziy bank manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Markaziy bank raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 12-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-109-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-109-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Oʻzbekistonda faktoring xizmatlari bozorining huquqiy bazasini takomillashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini kiritish. Unda:

mijozning kontragenti norezident boʻlganda, faktoring operatsiyalarini xorijiy valyutada amalga oshirishga ruxsat etish;

kredit tashkilotlariga faktoring shartnomalari boʻyicha sotib olingan pul talabnomalarini qayta sotish (refaktoring)ga ruxsat etish;

pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish boʻyicha taqiqni buzganlik uchun javobgarlikni bekor qilish;

voz kechilgan huquqqa boʻlgan talabnomalarning ustuvorligini taʼminlash maqsadida pul talabnomasidan voz kechish toʻgʻrisidagi xabarnomalarni garov reyestrida roʻyxatga olish;

qarzdorning roziligisiz pul majburiyatining valyutasi va toʻlov amalga oshiriladigan mamlakat oʻzgartirilishi mumkin emasligini belgilash;

Markaziy bankka kredit tashkiloti boʻlmagan shaxslar tomonidan tashkil etilgan faktoring elektron platformalarining axborot tizimlari xavfsizligi va ularni IT auditdan oʻtkazish boʻyicha talablar oʻrnatish va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vakolatini berish;

faktoring tashkiloti faoliyatini tashkil qilish va faktoring xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha boshqa mezon va meʼyorlarni aks ettirish.

2024-yil sentabr

Vazirlar Mahkamasi

2.

Faktoring xizmatlari elektron platformasini (keyingi oʻrinlarda — Faktoring platformasi) joriy qilish

1. Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda Faktoring platformasini joriy qilish boʻyicha texnik topshiriqnoma ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

Markaziy bank

(Saydullayev)

2. Faktoring platformasi dasturchilarini tanlash va platformani ishlab chiqishni boshlash.

2025-yil fevral

3. Faktoring platformasini ishga tushirish.

2025-yil avgust — dekabr

4. Faktoring platformasiga quyidagi elektron platformalar va tizimlarni integratsiya qilish:

Elektron hisobvaraq-fakturalar maʼlumotlar bazasi, elektron tovar-transport yuk xati tizimi hamda yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlarini olish imkoniyati bilan soliq toʻlovchilarning elektron bazasini;

Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimini.

2025-yil avgust

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov),

Bojxona qoʻmitasi

(Mavlonov),

Markaziy bank

(Saydullayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

5. Ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxonalarning Faktoring platformasiga ulanishi, tender va eng yaxshi takliflarni tanlash orqali tuzilgan hamda muddatli toʻlov koʻzda tutilgan shartnomalar boʻyicha hisobvaraq-fakturalarni platformaga joylashtirib borilishini taʼminlash.

2025-yil avgust

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Mustafayev),

vazirlik va idoralar

6. Kredit tashkilotlari Faktoring platformasiga ulanishi va ushbu platforma orqali raqamli faktoring xizmatlarini koʻrsatishni yoʻlga qoʻyishni taʼminlash.

2025-yil avgust

Markaziy bank

(Saydullayev)

7. Kredit tashkilotlariga Faktoring elektron platformasida operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha tushuntirishlar berib borish.

doimiy

Markaziy bank

(Saydullayev)

3.

Faktoring xizmati koʻrsatiladigan elektron platformalar uchun minimal talablarni joriy qilish

1. Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan kredit tashkiloti boʻlmagan shaxslar tomonidan tashkil etiladigan faktoring elektron platformalarining axborot tizimlari xavfsizligi va IT auditdan oʻtkazish boʻyicha talablarni ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan talablarni Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlash.

1-banddagi Qonun qabul qilingandan soʻng bir oy muddatda

Markaziy bank

(Turdaliyev)

4.

Tashqi savdo operatsiyalarida faktoringni keng qoʻllash imkoniyatini yaratish

Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — TSOYAEAT)ni takomillashtirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qaror loyihasida eksport kontrakti boʻyicha debitor qarzdorlikni sotib olish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida:

moliya agentlari rezident boʻlganda, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar TSOYAEATga eksport kontrakti boʻyicha valyuta mablagʻlarini oluvchi sifatida kiritilishi hamda aktivlarni repatriatsiya qilish toʻgʻrisidagi talabning bajarilishini taʼminlash majburiyati mazkur moliya agentlariga oʻtishi;

moliya agentlari norezident boʻlganda, aktivlarni repatriatsiya qilish toʻgʻrisidagi talabning bajarilishini taʼminlash majburiyati eksport qiluvchida qolishi. Bunda eksport kontraktlari boʻyicha debitor qarzdorlikni sotib olish shartnomasi asosida norezident moliya agentidan mablagʻ kelib tushganda, aktivlarni repatriatsiya qilish toʻgʻrisidagi talab bajarilgan hisoblanishi;

koʻrsatilgan xizmatlar uchun moliya agentlari tomonidan ushlab qolinadigan pul talabnomasi summasining 10 foizidan ortiq boʻlmagan miqdordagi mukofot puli (diskont) debitorlik qarzi sifatida hisobga olinmasligini nazarda tutish.

2024-yil oktabr

Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov),

Bojxona qoʻmitasi

(Mavlonov),

Markaziy bank

(Abubakirov)

5.

Xalqaro faktoringni rivojlantirish

1. Kredit tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlariga xalqaro faktoring operatsiyalarini TSOYAEATda roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha qoʻllanmalar ishlab chiqish va rasmiy veb-saytlarda joylashtirish.

2025-yil yanvar

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov),

Bojxona qoʻmitasi

(Mavlonov)

2. Oʻzbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi yuqori boʻlgan davlatlardagi xorijiy bank va faktoring kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazish, hamkorlik oʻrnatish va jalb qilish.

2024-2025-yillarda

3. Xalqaro faktoringda xavf-xatarlarni jilovlash maqsadida Oʻzbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi yuqori boʻlgan davlatlar, birinchi navbatda, Xitoy, Rossiya va Qozogʻiston rezidenti boʻlgan tadbirkorlarning ishonchliligini baholash mexanizmlarini ishlab chiqish.

2025-yil avgust

6.

Faktoring xizmatlarini koʻrsatuvchi kredit tashkilotlari xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish

1. Kredit tashkilotlari xodimlarining faktoring xizmatlariga oid bilim va kasbiy mahoratlarini oshirish uchun qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil qilish boʻyicha reja-grafik tasdiqlash.

2024-yil sentabr

Markaziy bank

(Saydullayev),

2. Kredit tashkilotlari xodimlarini oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish. Bunda sohada tajribaga ega xorijiy konsultantlarni jalb qilish.

2024-2025-yillarda, grafikka asosan

Tijorat banklari, mikromoliya va faktoring tashkilotlari,

Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi

7.

Tijorat banklarida faktoring xizmatlari koʻlamini kengaytirish

1. Davlat ulushi mavjud banklarda faktoringni rivojlantirishga masʼul rais oʻrinbosarini belgilash.

2024-yil sentabr

“Oʻzmilliybank” AJ

(Mirsoatov),

AT “Xalq banki”

(Atabayev),

“Agrobank” ATB

(Mamatqulov),

“Mikrokredit-bank” ATB

(Boʻtayev),

“Asakabank” AJ

(Tulyaganov),

“Oʻzsanoatqurilish-bank” ATB

(Akbarjonov),

“Turonbank” ATB

(Mirzayev),

ATB “Biznesni rivojlantirish banki”

(Annaklichev),

AT “Aloqa bank”

(Irisbekova)

2. Faktoring xizmatlarini ommalashtirish boʻyicha marketing va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2024-yil sentabr, doimiy

3. Faktoring sohasidagi ilgʻor xorijiy hamkorlarni jalb qilgan holda, davlat ulushi mavjud banklar taʼsischiligida faktoring tashkilotlarini tashkil etish.

Bunda faktoring tashkiloti faoliyatiga malakali xorijiy hamkorlar jalb etilishini taʼminlash.

2024-2025-yillarda

4. Davlat ulushi mavjud banklar tomonidan koʻrsatilgan faktoring xizmatlari ulushini jami moliyalashtirish hajmida 3 foizga yetkazish. Bunda banklar uchun choraklik maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash.

2026-yil dekabr

8.

Faktoring bozorini tahlil qilish va tushuntirishlar berish

1. Faktoring bozori holati sharhini eʼlon qilib borish. Bunda:

faktoring bozori ishtirokchilari tomonidan qoʻllanayotgan diskont stavkalari;

faktoring xizmatlari koʻrsatilgan sohalar;

faktoring xizmatlarini koʻrsatishda xavf-xatarlar yuzaga kelganda, ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalarni nazarda tutish.

2025-yil apreldan oyidan boshlab har chorakda

Markaziy bank

(Turdaliyev)

2. Kredit tashkilotlariga faktoring operatsiyalari hisobini yuritish, garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish hamda Faktoring platformasida operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha tushuntirishlar berib borish.

doimiy

9.

Faktoringga raqamli yechimlarni keng joriy qilish

1. Faktoring sohasidagi startap va IT loyihalarni moliyalashtirish uchun davlat ilmiy dasturlari doirasida grant ajratishni yoʻlga qoʻyish.

2025-yil yanvar

Innovatsion rivojlanish agentligi

(Rajabbayev)

2. “IT-park” rezidentlari tomonidan elektron faktoring sohasidagi startap loyihalarni ishlab chiqishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy qilish boʻyicha Hukumatga takliflar kiritish.

2025-yil yanvar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

10.

Tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida faktoring xizmatidan foydalanishni ommalashtirish

1. Tadbirkorlik subyektlarining faktoring xizmatlaridan xabardorligini oshirish va tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishda faktoringning afzalliklarini tushuntirishga qaratilgan seminar va davra suhbatlarini tashkil etish reja-grafigini tasdiqlash.

2024-yil sentabr

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Markaziy bank

(Turdaliyev),

tarmoq uyushmalari

2. Reja-grafik asosida seminar va davra suhbatlarini oʻtkazish.

Doimiy

11.

Undiruvni garovga olingan koʻchar mulkka qaratish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha bozor ishtirokchilari va davlat organlarining xabardorligini oshirish

1. Oliy sud va Markaziy bank oʻrtasida undiruvni garovdagi mulkka, shu jumladan, koʻchar mulkka qaratish tizimini takomillashtirish boʻyicha oʻzaro hamkorlik oʻrnatish.

2024-yil oktabr

Oliy sud

(Islamov),

Markaziy bank

(Nurmuratov)

2. Sudlar tomonidan koʻrib chiqilgan koʻchar mulk taʼminoti asosida moliyalashtirish bilan bogʻliq daʼvo ishlari boʻyicha qarorlarni “public.sud.uz” veb-sahifasida izlash imkonini yaratish.

2024-yil noyabr

Oliy sud

(Islamov)

3. Iqtisodiy sudlarda koʻchar mulk taʼminoti asosida moliyalashtirish bilan bogʻliq nizolarni koʻrib chiqish amaliyotini umumlashtirish hamda muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Har yili 1-martga qadar

4. Undiruvni garovga olingan koʻchar mulkka qaratishdagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqib, Markaziy bank va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

Majburiy ijro byurosi

(Egamberdiyev)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2024-y., 06/24/109/0613-son)