07.08.2024 yildagi O‘RQ-938-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 23-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 27-oktabrda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi probatsiyani amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Probatsiya to‘g‘risidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining probatsiya to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya — muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarning ijro etilishini ta’minlashga, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularga barham berishga, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon beradigan shart-sharoitlarni aniqlashga, bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiyaga oid axborot tizimi — manfaatdor davlat organlari o‘rtasida probatsiyani amalga oshirish sohasidagi axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazorati — muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tarzidagi jazoga hukm qilingan shaxslarning, shartli hukm qilingan shaxslarning va jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirishga, ularda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini hamda jamiyatda yurish-turish qoidalariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni shakllantirishga, sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) va majburiyatlarga rioya etilishini ta’minlashga, shuningdek ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilishga qaratilgan faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxs — muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari yoki ozodlikni cheklash tarzidagi jazoga hukm qilingan, shartli hukm qilingan, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan hamda probatsiya hisobiga qo‘yilgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron kuzatuv vositasi (elektron braslet) — ozodlikni cheklash tarzidagi jazoga hukm qilingan shaxsni masofadan turib nazorat qilishga mo‘ljallangan, qo‘lga yoki oyoqqa taqiladigan elektron qurilma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuniylik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insonparvarlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini hurmat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabaqalashtirish va individual yondashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oshkoralik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Qonuniylik prinsipi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratini amalga oshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga og‘ishmay rioya etish hamda ularni bajarish shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Insonparvarlik prinsipi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish hamda boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi muomala hamda jazo turlari qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan intizomiy jazo yoki huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilishi azob-uqubat yetkazilishiga yoxud inson sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga sabab bo‘lmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini hurmat qilish prinsipi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazorati fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish, shuningdek ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan taqiqlar (cheklovlar) hamda majburiyatlar belgilanishi boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklashi, ularga nisbatan taqiqlar (cheklovlar) va majburiyatlar belgilanishiga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Tabaqalashtirish va individual yondashish prinsipi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan belgilanadigan taqiqlar (cheklovlar) va majburiyatlar ularning yoshi, jinsi, sog‘lig‘ining holati, xulq-atvori, ijtimoiy moslashtirish dasturlaridagi ishtiroki hamda ushbu shaxslar sodir etgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyati, ilgari jinoyatlar sodir etganligi uchun javobgarlikka tortilganligi faktlari mavjudligi, shuningdek yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanganligi va ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinganligi hisobga olingan holda tabaqalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ijtimoiy moslashtirish choralari ularning xulq-atvorini ijtimoiy-psixologik baholash natijalari asosida yakka tartibda qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Oshkoralik prinsipi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya sohasidagi faoliyat to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida, Internet jahon axborot tarmog‘ida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi, bundan oshkor etilishi qonun bilan cheklangan axborot mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Probatsiyani amalga oshirish sohasini tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiyani amalga oshirish sohasida yagona davlat siyosati ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiyani amalga oshirish sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vakolatlari doirasida probatsiyani amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiyani amalga oshirish sohasidagi davlat dasturlarining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirishga va ishga joylashtirishga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishni va ularning xulqi-atvorini nazorat qilishni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etishga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va probatsiya hisobiga qo‘yilgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan moddiy yordam berilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslar majburiy jamoat ishlari tarzidagi jazoni o‘tashi mumkin bo‘lgan joylarning (obyektlarning) ro‘yxatini unda ishlarning turlarini va tarkibini ko‘rsatgan holda, tuman va shahar ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) jamoat xavfsizligi xizmatlarining probatsiya bo‘linmalariga (guruhlariga) (bundan buyon matnda tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalari deb yuritiladi) kelishish uchun har chorakda taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslar tomonidan majburiy jamoat ishlari tarzidagi jazoni o‘tash uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalarining probatsiya nazoratidagi shaxslarni uy-joy bilan ta’minlash to‘g‘risidagi taqdimnomalarini ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti probatsiya xizmatining probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining probatsiya xizmati (bundan buyon matnda probatsiya xizmati deb yuritiladi) probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatli organdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya xizmati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiyani amalga oshirish sohasidagi davlat dasturlarining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiyani amalga oshirish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarning ijro etilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiyaga oid axborot tizimining ishlashini, shuningdek unga probatsiya nazoratidagi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarning ish yoki o‘qish joyidan jazoning ijro etilishi bilan bog‘liq axborotni yoki boshqa zarur hujjatlarni so‘rab oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiyani amalga oshirish sohasidagi faoliyat bilan bog‘liq masalalar yuzasidan davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga so‘rovlar yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarning sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) va majburiyatlarga rioya etishi ustidan tekshirishlar o‘tkazish orqali nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish dasturlari ishlab chiqilishini, shuningdek ushbu shaxslarni ijtimoiy moslashtirishga doir tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslar tomonidan takroran huquqbuzarlik sodir etilishi xavfini aniqlaydi va ushbu shaxslarning huquqbuzarliklar sodir etishiga yo‘l qo‘yilmasligiga qaratilgan profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarning majburiy va profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan rag‘batlantirish, intizomiy jazo choralarini, shuningdek huquqiy ta’sir choralarini qo‘llaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiyani amalga oshirishga ko‘maklashgan davlat organlarining, muassasalarining va tashkilotlarining xodimlarini, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini hamda fuqarolarni o‘z vakolati doirasida rag‘batlantirish choralarini ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Probatsiya nazoratini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi subyektlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi subyektlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ta’lim tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Mehnat organlarining probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiyani amalga oshirish sohasidagi davlat dasturlarini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga joylashishda ko‘mak olish uchun murojaat etgan probatsiya nazoratidagi shaxslarni ishga joylashtirish yuzasidan choralar ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish qidirayotgan yoki ishsiz deb e’tirof etilgan probatsiya nazoratidagi shaxslarni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratida turgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malaka oshirish davrida qonunchilikda belgilangan tartibda stipendiya to‘laydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlarining va sog‘liqni saqlash muassasalarining probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiyani amalga oshirish sohasidagi davlat dasturlarini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalarining yo‘llanmalari asosida probatsiya nazoratidagi shaxslarning tibbiy ko‘riklarini o‘tkazadi, davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarni psixoaktiv moddalar ta’siridan mastlik holatini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida o‘ziga nisbatan sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy davolanish tayinlangan probatsiya nazoratidagi shaxslarni davolash, profilaktika va dispanser kuzatuviga olish hamda tibbiy-ijtimoiy jihatdan reabilitatsiya qilishga doir faoliyatni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narkologik kasalliklarga chalingan probatsiya nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirishga doir tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslar o‘rtasida sog‘lom turmush tarziga doir tushuntirish ishlarini va targ‘ibotni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hamda uning hududiy bo‘linmalarining probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiyani amalga oshirish sohasidagi davlat dasturlarini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi xotin-qizlarni ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi xotin-qizlarni ishga joylashtirishga, kichik biznesga, xususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etishga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar o‘rtasida ma’muriy huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlarini o‘tkazishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi hamda ularni jismoniy tarbiya va sportga jalb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Ta’lim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va ta’lim tashkilotlarining probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’lim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ta’lim tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiyani amalga oshirish sohasidagi davlat dasturlarini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi o‘quvchilarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirishga, ularga axloq va sog‘lom turmush tarzi asoslarini singdirishga qaratilgan tadbirlarni ta’lim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ta’lim tashkilotlarining ish amaliyotiga joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalarining so‘roviga ko‘ra probatsiya nazoratidagi ta’lim oluvchilarga pedagogik kengash yoki oliy ta’lim tashkiloti kengashi majlisining bayoni asosida murabbiy biriktiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiya koloniyasidan ozod etilgan voyaga yetmaganlarni ta’lim olishga jalb etish choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi o‘quvchilarni sport, texnika to‘garaklariga va boshqa to‘garaklarga jalb etish choralarini ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’lim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ta’lim tashkilotlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining va uning hududiy bo‘linmalarining probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiyani amalga oshirish sohasidagi davlat dasturlarini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi yoshlarni ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi yoshlarni ishga joylashtirishga, yoshlarni kichik biznesga, xususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etishga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi yoshlarni madaniyat va san’at sohasidagi tadbirlarga, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Probatsiya nazoratida ishtirok etuvchi subyektlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar probatsiya nazoratida ixtiyoriy ravishda, probatsiya xizmatining roziligi bilan ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va fuqarolarning probatsiya nazoratida ishtirok etishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalarining so‘rovlariga ko‘ra hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan, probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvoriga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan fuqarolarni aniqlaydi hamda mazkur fuqarolarning roziligi bilan ularni fuqarolar yig‘ini bayoni asosida probatsiya nazoratidagi shaxslarga jamoat tarbiyachisi etib biriktiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil etish, probatsiya nazoratida turgan va ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan shaxslarni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirishga, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga, shuningdek kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb etish choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘tkaziladigan madaniy va sport tadbirlarida probatsiya nazoratidagi yoshlarning faol ishtirok etishiga ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar probatsiya nazoratida o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining probatsiya nazoratida ishtirok etishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirishda ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan, og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan probatsiya nazoratidagi shaxslarga o‘z faoliyatining yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy, huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Probatsiya xizmati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Probatsiya xizmatining tizimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya xizmatining tizimiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti probatsiya xizmatining markaziy apparati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari jamoat xavfsizligi xizmatining probatsiya boshqarmalari (bo‘limlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Probatsiya xizmatining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya xizmati quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslardan probatsiya to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etishni, g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlarni tugatishni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlarning tekshiruvini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ozodlikni cheklash tarzidagi jazoga hukm qilingan, o‘ziga nisbatan muayyan buyumlarga ega bo‘lishga yoki ularni saqlashga doir sud tomonidan taqiq (cheklov) belgilangan shaxslarni ushbu taqiqqa (cheklovga) rioya etilayotganligini tekshirish maqsadida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularning ashyolarini, qo‘l yukini, bagajini ko‘zdan kechirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan o‘ziga nisbatan muayyan vaqtda yashash joyida bo‘lish majburiyati belgilangan, shuningdek o‘ziga nisbatan tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasining roziligisiz yashash joyini o‘zgartirishga, tegishli ma’muriy hudud doirasidan tashqariga chiqishga doir taqiqlar (cheklovlar) belgilangan probatsiya nazoratidagi shaxslarning mazkur taqiqlarga (cheklovlarga) va majburiyatlarga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida probatsiya nazoratidagi shaxslarning yashash joyini ushbu Qonunda belgilangan tartibda tekshirishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat organlarini va tashkilotlarini, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini hamda fuqarolarni probatsiya nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirishga doir faoliyatga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini, shuningdek ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida davlat organlariga, boshqa tashkilotlarga yoki mansabdor shaxslarga bajarilishi shart bo‘lgan taqdimnomalarni o‘z vakolatlari doirasida kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarning mastlik holatini sertifikatlashtirilgan maxsus texnik vosita yordamida yoki tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida mas’ul xodimlar yordamida aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida ushbu shaxslarga jamoat tarbiyachilarini (yashash joyi bo‘yicha) yoki murabbiylarni (o‘qish yoki ish joyi bo‘yicha) biriktirishga doir chora-tadbirlarni ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoni o‘tayotgan probatsiya nazoratidagi shaxslarning ish joyidan ish haqi, ishlagan kunlari, ish haqidan ushlab qolishlarning miqdorlari to‘g‘risidagi hisob-kitob ma’lumotnomalarini olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Probatsiya xizmatining majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya xizmati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning probatsiya nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarga taalluqli so‘roviga binoan tegishli axborotni taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarga ularning xulq-atvori ustidan nazoratning amalga oshirilish tartibini, sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) va majburiyatlarga rioya etilishi shartlarini, shuningdek mazkur taqiqlarni (cheklovlarni) buzgan yoki ushbu majburiyatlarni bajarmagan taqdirda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlarni tushuntirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarning sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) va majburiyatlarga rioya etishini tekshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish ishlarini ularning elektron ijtimoiy-psixologik qiyofasini tuzgan holda ijtimoiy moslashtirish dasturlari asosida amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarning hisobini probatsiyaga oid axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish orqali yuritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga nisbatan jinoyat ishi yopiq sud majlislarida ko‘rilgan probatsiya nazoratidagi shaxslarning shaxsiy yig‘majildlarini belgilangan tartibda yuritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarning genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olinishini ta’minlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarning sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) va majburiyatlarga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mazkur shaxslarning uylariga (kvartiralariga) kirilgan barcha hollar to‘g‘risida yigirma to‘rt soat ichida prokurorni yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan sudga jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish haqida, jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish to‘g‘risida yoxud kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik tufayli jazodan ozod qilish haqida taqdimnomalar kiritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan sud tomonidan belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) va majburiyatlarni to‘liq yoki qisman bekor qilish haqida, shuningdek qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) va majburiyatlar belgilash to‘g‘risida sudga taqdimnomalar kiritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartli hukmni bekor qilish yoki jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni bekor qilish haqida yoxud jazoning o‘talmagan muddatini og‘irroq jazo turiga almashtirish to‘g‘risida sudga taqdimnomalar kiritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsga ozod qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya xizmatining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Probatsiya xizmatini kadrlar bilan to‘ldirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya xizmatini kadrlar bilan to‘ldirish ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya xizmatining ofitserlar tarkibidagi lavozimlari ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilishga doir talablar asosida oliy yuridik yoki pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar yoxud mutaxassis-psixologlar hisobidan to‘ldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Probatsiya xizmatining faoliyati ustidan nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli davlat organlari va tashkilotlar probatsiya xizmatining faoliyati ustidan nazoratni qonunchilikda belgilangan hollarda hamda tartibda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya xizmatining faoliyatida qonunlarning aniq hamda bir xil ijro etilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Probatsiya nazoratidagi shaxslarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan taqiqlar (cheklovlar) va majburiyatlar haqida, jazoni o‘tash tartibi, probatsiya nazoratining shartlari hamda o‘z huquq va majburiyatlari to‘g‘risida axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya xizmati xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sog‘lig‘ini saqlash, shu jumladan tibbiy xulosaga ko‘ra ambulatoriya-poliklinika va statsionar sharoitlarda tibbiy yordam olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordamning va maslahatlarning turlari to‘g‘risidagi axborotni so‘rash hamda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq xavfsiz mehnat sharoitiga ega bo‘lish, dam olish, ta’tilga chiqish, shuningdek mehnatiga haq olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ta’minot olish, shu jumladan qonunchilikka muvofiq pensiya olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga nisbatan probatsiya xizmati xodimlarining xushmuomalada bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, tarjimon xizmatidan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan yordamni olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) va majburiyatlarga, jazoni o‘tash shartlari hamda tartibiga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya xizmati xodimlarining qonuniy talablarini bajarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy moslashtirish dasturida va tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy va profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, shuningdek mastlik va tan jarohati yetkazilganligi holatini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan yoki ekspertizadan o‘tishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron kuzatuv vositasini (elektron brasletni) yechmasligi va uning but saqlanishini ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslar belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) va majburiyatlarni bajarmaganligining huquqiy oqibatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) va majburiyatlarga, shuningdek jazoni o‘tash tartibiga rioya etmaganlik uchun, ularning harakatlarida huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lmagan hollarda, ushbu Qonunda belgilangan tartibda intizomiy jazo yoki huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxs probatsiya xizmatining chaqiruviga binoan uzrli sabablarsiz kelmagan hollarda, u probatsiya xizmatining so‘roviga ko‘ra ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi tomonidan majburiy keltirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Shaxsni probatsiya hisobiga qo‘yish va probatsiya nazoratini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Shaxsni probatsiya hisobiga qo‘yish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni probatsiya hisobiga qo‘yish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya akti yoxud afv etish asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Shaxsni probatsiya hisobiga qo‘yish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni probatsiya hisobiga qo‘yish mazkur shaxsning yashash joyidagi tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasining xodimi tomonidan probatsiyaga oid axborot tizimiga ushbu shaxsning shaxsga doir ma’lumotlarini hamda sudning hukmi, ajrimi yoki qarori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiyaga oid axborot tizimiga kiritilayotgan ma’lumotlar probatsiya xizmati xodimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni probatsiya hisobiga qo‘yish chog‘ida sudning hukmi, ajrimi yoki qarori ushbu shaxsga tanishtirilganligi faktini tasdiqlash uchun barmoqlar izlarini tanib olish tizimidan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni probatsiya hisobiga qo‘yish chog‘ida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga hamda probatsiya nazoratini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi subyektlarga ular tomonidan tegishli choralar ko‘rish uchun xabarnomalar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarni ijro etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarni ijro etish O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan elektron kuzatuv vositasini (elektron brasletni) qo‘llash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron kuzatuv vositasi (elektron braslet) ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni o‘tash tartibi talablarini bajarmayotganligi to‘g‘risida rasmiy ravishda ogohlantirilgan yoki ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni o‘tash davrida jamoat tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasi boshlig‘ining qarori asosida qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron kuzatuv vositasi (elektron braslet) o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra elektron kuzatuv vositasini (elektron brasletni) taqish tavsiya etilmaydigan boshqa shaxslarga qo‘llanilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron kuzatuv vositasi (elektron braslet) probatsiya nazoratida turgan shaxsdan u probatsiya hisobidan chiqarilayotgan vaqtda yechiladi. Probatsiya nazoratidagi shaxs jazoni o‘tash tartibiga rioya etgan va jamoat tartibini buzishga yo‘l qo‘ymagan taqdirda elektron kuzatuv vositasi (elektron braslet) qo‘llanilgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach yechiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron kuzatuv vositasini (elektron brasletni) qo‘llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) va majburiyatlarga rioya etilishi ustidan probatsiya nazoratini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya hisobiga qo‘yilgan shaxsga sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) va majburiyatlarga rioya etish tartibi tushuntiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) va majburiyatlarga rioya etilishi ustidan probatsiya nazorati tekshiruvlar o‘tkazish vositasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud tomonidan belgilangan taqiqlarning (cheklovlarning) va majburiyatlarning xususiyatidan kelib chiqib, tekshiruvlar tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalari tomonidan ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda, shuningdek vakolatli organlarning mutaxassislarini hamda jamoat tarbiyachilarini jalb etgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasining roziligisiz yashash joyini, ish va (yoki) o‘qish joyini o‘zgartirish, tegishli ma’muriy hudud doirasidan tashqariga chiqish yuzasidan sud belgilagan taqiqlarga (cheklovlarga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasining roziligisiz yashash joyini, ish va (yoki) o‘qish joyini o‘zgartirish, tegishli ma’muriy hudud doirasidan tashqariga chiqish yuzasidan sud belgilagan taqiqlarga (cheklovlarga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalari ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari bilan hamkorlikda tekshiruvlar o‘tkazish orqali amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasining roziligisiz ish va (yoki) o‘qish joyini o‘zgartirish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat unga nisbatan ruhiy ta’sirni kamaytirish maqsadida murabbiylardan yoki jamoat tarbiyachilaridan axborot olish orqali amalga oshiriladi, bundan tekshiruv o‘tkazish zarurati yuzaga kelgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqish yuzasidan sud belgilagan taqiqning (cheklovning) ijrosi probatsiya nazoratidagi shaxs probatsiya hisobiga qo‘yilgan kundan e’tiboran probatsiyaga oid axborot tizimi orqali ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqish yuzasidan taqiq (cheklov) belgilangan taqdirda, ushbu taqiqning (cheklovning) amal qilish muddati tugaguniga qadar mazkur fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishi rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar probatsiya nazoratidagi shaxsga ilgari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti berilgan bo‘lsa, ushbu biometrik pasport tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalari tomonidan olib qo‘yilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqish yuzasidan taqiq (cheklov) belgilash to‘g‘risidagi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqish yuzasidan taqiqni (cheklovni) olib tashlash haqidagi axborot almashinuvi probatsiyaga oid axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxs jazoni to‘liq o‘tab bo‘lganidan keyin mazkur shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqish yuzasidan taqiqni (cheklovni) olib tashlash uchun probatsiyaga oid axborot tizimiga kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqish yuzasidan taqiqni (cheklovni) olib tashlash vaqtida probatsiya nazoratidagi shaxsga undan ilgari olib qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Muayyan shaxslar bilan aloqalar o‘rnatish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan shaxslar bilan aloqalar o‘rnatish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat tarbiyachisi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxsning yashash, ish va (yoki) o‘qish joyini kuzatib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyat-qidiruv bo‘linmalarining birgalikda ishlashi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Muayyan huquqdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan huquqdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat sud qarorini tegishli vakolatli organlarga va shaxsning ish joyidagi ma’muriyatga yuborish hamda ushbu sud qarorining ijrosi ustidan nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Transport vositasini boshqarish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositasini boshqarish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilganlikni nazarda tutuvchi sud hukmini ichki ishlar organlarining yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalariga yuborish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan probatsiya nazoratidagi shaxslar transport vositalarini boshqarganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan taqdirda, ichki ishlar organlarining yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalari tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalariga bu haqda axborot yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Aloqa vositalaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa vositalaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat mazkur taqiqqa (cheklovga) rioya etilishi to‘g‘risida ushbu shaxs bilan profilaktik suhbatlar yoki tekshiruvlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa vositalaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishini tekshirish mutaxassislarni jalb etgan holda, maxsus texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida hollarda, aloqa vositalaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishi tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasi xodimining so‘roviga ko‘ra tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida tekshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Alkogolli ichimliklarni iste’mol qilish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alkogolli ichimliklarni iste’mol qilish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalari ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxsning psixoaktiv moddalar ta’siridan mastlik holatida ekanligini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazishga quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
og‘iz bo‘shlig‘idan alkogol hidi kelishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir holatda to‘g‘ri tura olmaslik (chayqalib turish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nutqning buzilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘l barmoqlarining titrashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuz terisi rangining sezilarli tarzda o‘zgarganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruv o‘tkazish uchun asoslardan biri aniqlangan taqdirda, tekshiruv to‘rt soat ichida o‘tkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxsning alkogolli ichimliklar ta’siridan mastlik holatida ekanligini aniqlash uchun tekshiruv havoga chiqarilgan etanol bug‘larini aniqlaydigan va tekshiruv natijalarini qog‘ozda aks ettiradigan sertifikatlangan maxsus texnika vositasi yordamida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruv o‘tkazish oldidan probatsiya nazoratidagi shaxs sertifikatlangan maxsus texnika vositasining texnik xususiyatlarini va ishlash tartibini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatlangan maxsus texnika vositasi yordamida tekshiruv kamida ikki nafar xolisning hozirligida tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasi xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan nafas orqali chiqariladigan havodagi etanol bug‘lari konsentratsiyasi ko‘rsatkichi 0,135 milligramm yoki undan yuqori bo‘lgan hollarda, probatsiya xizmati xodimi probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan uning alkogolli ichimliklar iste’mol qilganligi fakti yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtiradi hamda dalolatnomaga sertifikatlangan maxsus texnika vositasidan foydalangan holda o‘tkazilgan tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi chop etilgan ma’lumotlarni ilova qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxs sertifikatlangan maxsus texnika vositasi yordamida tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan hollarda yoki unda sertifikatlangan maxsus texnika vositasidan foydalangan holda o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga nisbatan e’tirozlar mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek sertifikatlangan maxsus texnika vositasidan foydalangan holda tekshiruv o‘tkazish chog‘ida alkogoldan mastlik holati tasdiqlanmagan taqdirda, probatsiya xizmati xodimi probatsiya nazoratidagi shaxsning psixoaktiv moddalar ta’siridan mastlik holatini aniqlash uchun uni tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasiga tibbiy tekshiruv o‘tkazilishi uchun olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra probatsiya nazoratidagi shaxsning psixoaktiv moddalar ta’siridan mastlik holatida ekanligi tasdiqlangan taqdirda, probatsiya xizmati xodimi tomonidan tekshiruv o‘tkazish sabablari to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi. Tekshiruv o‘tkazish sabablari to‘g‘risidagi dalolatnoma va tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasining tibbiy xulosasi tekshiruv o‘tkazilgan paytdan e’tiboran ikki soat ichida ichki ishlar organlarining hududiy huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy tekshiruvdan o‘tgan probatsiya nazoratidagi shaxsga uning talabiga ko‘ra, tibbiy tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi hujjatning ko‘chirma nusxasi berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda. Yashash joyi, ish va (yoki) o‘qish joyi o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilish yuzasidan sud belgilagan majburiyatning probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud yashash joyi, ish va (yoki) o‘qish joyi o‘zgarganligi to‘g‘risida shartli hukm qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlarni xabardor qilish majburiyatini belgilagan probatsiya nazoratidagi shaxsning yashash joyi, ish va (yoki) o‘qish joyi o‘zgargan taqdirda, ushbu shaxs yashash joyi, ish va (yoki) o‘qish joyi o‘zgarganligi haqida uch ish kuni ichida tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalarini xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda. Yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash yuzasidan sud belgilagan majburiyatning probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash yuzasidan sud belgilagan majburiyatning probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan bajarilishi ustidan nazorat tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalarining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy bo‘linmasi bilan axborot almashishi vositasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxs muayyan daromad manbaiga ega bo‘lmagan taqdirda, mehnat organlari ko‘magida uning bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda. Ishga yoki o‘qishga joylashish yuzasidan sud belgilagan majburiyatning probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud tomonidan o‘ziga nisbatan ishga yoki o‘qishga joylashish yuzasidan majburiyat belgilangan probatsiya nazoratidagi shaxsni ishga yoki o‘qishga joylashtirish maqsadida tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasi xodimi mazkur shaxsni ishga yoki o‘qishga joylashtirishga ko‘maklashish haqida mehnat organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga yoki ta’lim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga hamda ta’lim tashkilotlariga taklif yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxs probatsiya hisobiga qo‘yilgan paytdan e’tiboran bir oy ichida ishga yoki o‘qishga joylashishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxsning bir oy ichida ishga yoki o‘qishga joylashmaganligi ushbu Qonunning 65-moddasiga muvofiq unga nisbatan huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi, bundan probatsiya nazoratidagi shaxs ishsiz deb e’tirof etilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda. Narkologik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini o‘tash yuzasidan sud belgilagan majburiyatning probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud tomonidan zimmasiga narkologik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini o‘tash yuzasidan majburiyat yuklatilgan probatsiya nazoratidagi shaxs ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi tomonidan tegishincha narkologiya muassasasining majburiy davolash bo‘limiga yoki majburiy davolash uchun mo‘ljallangan narkologiya shifoxonasiga yoxud teri-tanosil kasalliklari dispanseriga davolanish kursini o‘tash uchun joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Ijtimoiy moslashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga ijtimoiy, huquqiy, tibbiy, psixologik yordam ko‘rsatish, ularning ta’lim olishiga, kasb-hunar o‘rganishiga va ishga joylashishiga ko‘maklashish vositasida jamiyatning to‘la huquqli a’zosiga aylanishiga qaratilgan faoliyat ijtimoiy moslashtirishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ijtimoiy moslashtirish dasturi asosida ijtimoiy moslashtirish choralari qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxsning ijtimoiy-psixologik qiyofasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs probatsiya hisobiga qo‘yilgan kundan e’tiboran o‘n ish kuni ichida tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasi xodimi va mutaxassis-psixolog tomonidan probatsiya nazoratidagi shaxsning o‘ziga xos alohida belgilarini, ruhiy xususiyatlarini hamda xulq-atvorini baholash natijalari asosida uning individual ijtimoiy-psixologik qiyofasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxsning ijtimoiy-psixologik qiyofasida shaxsga doir ma’lumotlar, shu jumladan shaxsga doir maxsus ma’lumotlar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxs mutaxassis-psixolog tomonidan har uch oyda bir marta suhbatdan o‘tkazilib, suhbat natijalariga ko‘ra probatsiya nazoratidagi shaxsning ijtimoiy-psixologik qiyofasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxsning ijtimoiy-psixologik qiyofasidagi ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasi xodimi va mutaxassis-psixolog shaxsan javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxsni ijtimoiy moslashtirish dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxsni ijtimoiy moslashtirish dasturi tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasi xodimi tomonidan mutaxassis-psixolog bilan hamkorlikda, shaxsning ijtimoiy-psixologik qiyofasi asosida ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxsni ijtimoiy moslashtirish dasturida probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan ijtimoiy moslashtirish choralari, ularni amalga oshirish mexanizmlari, bajarish muddatlari va mas’ul ijrochilar ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxsni ijtimoiy moslashtirish dasturi probatsiyaga oid axborot tizimiga kiritilgan paytdan e’tiboran tasdiqlangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxsni ijtimoiy moslashtirish dasturidan ko‘chirma ushbu shaxs probatsiya hisobiga qo‘yilgan kundan e’tiboran o‘n besh ish kuni ichida tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasi xodimi tomonidan mas’ul ijrochilar e’tiboriga yetkaziladi va bajarish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxsni ijtimoiy moslashtirish dasturiga ijtimoiy moslashtirish choralarining bajarilishi, ularning natijalari to‘g‘risidagi axborot kiritiladi, shuningdek shaxsning ijtimoiy-psixologik qiyofasidagi ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlar haqida mutaxassis-psixolog tomonidan kiritiladigan ma’lumotlar hisobga olingan holda, ijtimoiy moslashtirish dasturiga ijtimoiy moslashtirish choralariga qo‘shimchalar, o‘zgartirishlar kiritish yoki ularni qisman bekor qilish zarurligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxsni ijtimoiy moslashtirish dasturidagi ijtimoiy moslashtirish choralarining to‘g‘ri belgilanganligi uchun tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasining xodimi shaxsan javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxsni ijtimoiy moslashtirish dasturidagi tadbirlar uzrli sabablarsiz belgilangan muddatlarda bajarilmaganligi faktlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi va ularni bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish ularda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini va jamiyatda yurish-turish qoidalariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni shakllantirish, shuningdek ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga ularning o‘ziga xos individual xususiyatlari va ular sodir etgan huquqbuzarliklar hisobga olingan holda ijtimoiy moslashtirish dasturlarida nazarda tutilgan tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarbiya jarayonini amalga oshirish chog‘ida bosma nashrlardan, radio, televideniye, kinofilmlardan, axborot-kutubxona resurslaridan va tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning boshqa vositalaridan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan jamoatchilik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jamoat tarbiyachilari va oila a’zolari jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini baholash mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan mezonlar asosida har uch oyda tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasi xodimi tomonidan baholanadi, baholash natijalari esa mutaxassis-psixolog tomonidan ularning ijtimoiy-psixologik qiyofalarida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori ularga nisbatan rag‘batlantirish choralari, intizomiy jazo chorasi va huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilganligi, shuningdek ularning ijtimoiy moslashtirish dasturlaridagi ishtiroki mezonlariga ko‘ra baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya xizmati xodimi probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini baholash asosida ularni quyidagi toifalar bo‘yicha tasniflaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) probatsiya nazoratidagi neytral xulq-atvorli shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) probatsiya nazoratidagi ijobiy xulq-atvorli shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) probatsiya nazoratidagi salbiy xulq-atvorli shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari qo‘llanilmagan, shuningdek o‘ziga nisbatan ilgari qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasining amal qilish muddati tugagan shaxslar probatsiya nazoratidagi neytral xulq-atvorli shaxslar deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kamida bir marta rag‘batlantirilgan, amaldagi intizomiy jazoga ega bo‘lmagan, tarbiyaviy faoliyatda va ijtimoiy moslashtirish dasturlarida vijdonan ishtirok etayotgan shaxslar probatsiya nazoratidagi ijobiy xulq-atvorli shaxslar deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olib tashlanmagan va bekor qilinmagan intizomiy jazoga ega bo‘lgan yoki tarbiyaviy tadbirlarda hamda ijtimoiy moslashtirish dasturlarida uzrli sabablarsiz ishtirok etmayotgan shaxslar probatsiya nazoratidagi salbiy xulq-atvorli shaxslar deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini baholash natijalari probatsiya xizmati xodimining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qarorning ko‘chirma nusxasi qaror chiqarilgan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida probatsiya nazoratidagi shaxsga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-modda. Probatsiya xizmatining ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari bilan hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarning takroran huquqbuzarlik sodir etishi xavfi aniqlangan taqdirda va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasi ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari bilan birgalikda quyidagi profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarning g‘ayriijtimoiy xulq-atvorini jamoat tarbiyachilarining imkoniyatlaridan foydalanish yordamida o‘zgartirish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni o‘rganish, shuningdek ularni bartaraf etishga qaratilgan aniq takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish, tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasi xodimi ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining profilaktik hisobida turgan va ularning ma’muriy nazoratidagi shaxslarni o‘rganish hamda ijtimoiy moslashtirish ishlarida profilaktika inspektorlariga amaliy-uslubiy jihatdan ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarga ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va huquqiy yordamga muhtoj bo‘lgan probatsiya nazoratidagi shaxslarga probatsiya xizmati xodimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida yordam ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalarining vakolatlariga kirmaydigan ijtimoiy va huquqiy masalalar bo‘yicha probatsiya nazoratidagi shaxslarga tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalarining yo‘llanmalari asosida davlat organlari tomonidan ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlarining taqdimnomasi asosida tuman (shahar) hokimligi yashash joyiga ega bo‘lmagan probatsiya nazoratidagi shaxslarni uy-joy bilan ta’minlash masalasini belgilangan tartibda hal etishda ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish, shuningdek ularni davolash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalarining yo‘llanmalari asosida davlat sog‘liqni saqlash muassasalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan probatsiya nazoratidagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxslarning narkologik, tanosil kasalliklaridan yoki sil kasalligidan davolanishini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixologik yordamga muhtoj bo‘lgan probatsiya nazoratidagi shaxslarga probatsiya xizmatining mutaxassis-psixologlari psixologik yordam ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarning o‘qishiga (ta’lim olishiga) ko‘maklashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasi xodimining so‘roviga asosan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalari umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lmagan, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan probatsiya nazoratidagi shaxslarning ta’lim olishini mazkur shaxslarning yashash joyida joylashgan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalari o‘n sakkiz yoshdan oshgan, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarga ega bo‘lmagan probatsiya nazoratidagi shaxslarga eksternat tartibida yakuniy attestatsiyadan o‘tishida ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarning kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalarining yo‘llanmalariga ko‘ra mehnat organlari, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalari kasb-hunarga ega bo‘lmagan probatsiya nazoratidagi shaxslarning kasb-hunar o‘rganishiga doir tadbirlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalarining yo‘llanmalariga ko‘ra mehnat organlari, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari probatsiya nazoratidagi shaxslarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish, shu jumladan ularni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga, qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlarga yuborish choralarini ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57-modda. Probatsiya nazoratidagi voyaga yetmagan shaxslar bilan ish olib borishning o‘ziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi voyaga yetmagan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish dasturlarini ishlab chiqish chog‘ida ular bilan yakka yoki jamoaviy tartibda suhbatlar o‘tkazilganda va ushbu shaxslarga nisbatan ijtimoiy moslashtirish choralari qo‘llanilganda ularning yoshi, o‘ziga xos individual xususiyatlari hisobga olingan holda, voyaga yetmagan shaxslar oila a’zolarining yoki qonuniy vakillarining ijtimoiy moslashtirishda ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmagan shaxsga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarga ushbu shaxsning o‘ziga xos individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda pedagog, psixolog, vasiylik va homiylik organi vakillari jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasining xodimi tomonidan vasiylik va homiylik organi vakillari bilan birgalikda probatsiya nazoratidagi voyaga yetmagan shaxsning yashash sharoitlari har chorakda o‘rganilib, bu haqda dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan rag‘batlantirish, intizomiy jazo va huquqiy ta’sir choralarining qo‘llanilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan rag‘batlantirish choralarining qo‘llanilishi uchun asoslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunga rioya etish va ijtimoiy-foydali xulq-atvorda bo‘lish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) va majburiyatlarga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy moslashtirish dasturlari asosida o‘tkazilayotgan tadbirlarda, shuningdek tarbiyaviy tadbirlarda muntazam ravishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi boshqa shaxslarga “usta-shogird” prinsipi bo‘yicha kasb-hunar o‘rgatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, fosh etishga ko‘maklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan rag‘batlantirish choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan quyidagi rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashakkurnoma e’lon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yorliq bilan taqdirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasini muddatidan oldin olib tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) va majburiyatlarni to‘liq yoki qisman bekor qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan rag‘batlantirish choralarining qo‘llanilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi to‘g‘risidagi masala tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasi tomonidan har yili kamida ikki marta, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari munosabati bilan ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan rag‘batlantirish choralari tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘ining qaroriga asosan qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan intizomiy jazo chorasining qo‘llanilishi uchun asoslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) yoki majburiyatlarga rioya etilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya xizmati xodimining qonuniy talablari bajarilmaganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasi qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasining qo‘llanilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasi ushbu Qonun talablariga rioya etilgan holda, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘ining qarori asosida qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risidagi qaror ularning shaxsiy yig‘majildi materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir vaqtning o‘zida sodir etilgan bir nechta qoidabuzarlik uchun bitta intizomiy jazo chorasi qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi bevosita sud tomonidan belgilangan taqiqlar (cheklovlar) va majburiyatlar buzilganligi aniqlanganidan keyin, biroq mazkur qoidabuzarlik aniqlangan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay qo‘llaniladi. Intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risidagi qaror o‘ziga nisbatan ushbu qaror chiqarilgan shaxsga imzo qo‘ydirib e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxs tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘ining intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risidagi qarori bilan tanishtiriladi. Probatsiya nazoratidagi shaxs intizomiy jazo chorasining qo‘llanilishi to‘g‘risidagi qaror bilan tanishishni va unga imzo chekishni rad etgan taqdirda dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63-modda. Intizomiy jazo chorasi ustidan shikoyat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxs o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasi ustidan yuqori turuvchi mansabdor shaxsga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intizomiy jazo chorasi ustidan shikoyat qilish uning ijrosini to‘xtatib turmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori turuvchi mansabdor shaxs, prokuror yoki sud intizomiy jazo chorasini bekor qilishga vakolatlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64-modda. Intizomiy jazo chorasining amal qilish muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil davomida amal qiladi. Agar ushbu muddat ichida probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan yangi intizomiy jazo chorasi qo‘llanilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan huquqiy ta’sir choralarining qo‘llanilishi uchun asoslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilishi uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlaganlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartli hukm qilingan probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan sinov muddati davomida jamoat tartibini yoki mehnat intizomini buzganligi uchun ma’muriy yoki intizomiy jazo choralari qo‘llanilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) va majburiyatlarga rioya etmaganlik yoki jazoni o‘tash tartibini buzganlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslardan biri aniqlanganda tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasi tomonidan probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan quyidagi huquqiy ta’sir choralari qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) va majburiyatlar belgilash to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartli hukmni bekor qilish va hukm asosida tayinlangan jazoni ijro etish to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinganlikni bekor qilish to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy jamoat ishlarining o‘talmagan muddatini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo bilan almashtirish to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axloq tuzatish ishlarining o‘talmagan muddatini xuddi shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo bilan almashtirish to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ozodlikni cheklash tarzidagi jazoning o‘talmagan muddatini boshqa turdagi jazo bilan almashtirish to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan huquqiy ta’sir choralarining qo‘llanilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan huquqiy ta’sir choralari ushbu Qonun 65-moddasining talablariga rioya etilgan holda, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘ining qarori asosida qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) va majburiyatlar belgilash to‘g‘risidagi, shartli hukmni bekor qilish haqidagi, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni bekor qilish to‘g‘risidagi yoki jazoning o‘talmagan qismini jazoning og‘irroq turiga almashtirish haqidagi taqdimnoma sudga tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘i tomonidan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Probatsiya nazoratidagi shaxsni probatsiya hisobidan chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxsni probatsiya hisobidan chiqarish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya nazoratidagi shaxsni probatsiya hisobidan chiqarish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni o‘tab bo‘lganlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartli hukmning bekor qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish bekor qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoning o‘talmagan qismi ozodlikdan mahrum qilish yoki jarima bilan almashtirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
takroran jinoyat sodir etganlik uchun hukm qilinganlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik oqibatida jazodan ozod qilinganlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilinganlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hukmining (ajrimining) bekor qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya nazoratidagi shaxsning vafot etganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxsni probatsiya hisobidan chiqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 67-moddasida nazarda tutilgan asoslardan biri yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat kelib tushgan paytdan e’tiboran uch soat ichida tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasi tomonidan probatsiya nazoratidagi shaxsni probatsiya hisobidan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs probatsiya hisobidan chiqarilgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soat ichida tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasi xodimi tomonidan ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasiga probatsiya hisobidan chiqarilgan shaxsni profilaktik hisobga qo‘yish to‘g‘risida topshiriq yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiyani amalga oshirish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70-modda. Probatsiya to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Probatsiya to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 466-moddalar, № 6, 575-modda, № 10, 981-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 187, 188-moddalar, № 4, 265-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 46-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining jami o‘ttiz kundan ko‘prog‘ini o‘tashdan uzrli sabablarsiz bo‘yin tovlasa yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketsa, sud axloq tuzatish ishlarining o‘talmagan muddatini xuddi shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlangan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 481-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan uy-joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoxud ishlash yoki o‘qish vaqtidan, shuningdek ish yoki o‘qish joyigacha borishi va uy-joyiga qaytib kelishi uchun zarur bo‘lgan vaqtdan tashqari qolgan vaqtda uy-joyidan chiqishni cheklashdan iborat”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismining “v” bandidagi “shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan bo‘lsa” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi qismi “g” bandining o‘zbekcha matnidagi “nisbatan qo‘llanilmaydi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi “d” band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d) jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan va jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llanilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi — to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish chog‘ida sud asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, mahkumning zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklatishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishga yoki o‘qishga joylashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsning yashash joyi, ish yoki o‘qish joyi o‘zgarganligi haqida uning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organga xabar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) muayyan joylarga bormaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini o‘tash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni ichki ishlar organlari, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan harbiy xizmatchilarning xulq-atvori ustidan nazoratni esa — harbiy qismlar yoki muassasalarning qo‘mondonligi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organning taqdimnomasiga binoan sud ilgari ushbu shaxsning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni to‘liq yoki qisman bekor qilishi yoxud uning zimmasiga qo‘shimcha majburiyatlar yuklatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokurorning taqdimnomasiga yoki advokatning iltimosnomasiga binoan sud jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni to‘liq yoki qisman bekor qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxs sud tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni o‘talmagan jazo muddati davomida bajarmasa, sud uning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organning taqdimnomasiga binoan uni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni bekor qilish va o‘talmagan jazo muddatini o‘tashi haqidagi masalani ko‘rib chiqadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi qismi o‘ninchi qism deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 74-modda uchinchi qismining “v” bandidagi “shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilgan va jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 588, 592-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 6, 337-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda; 2023-yil, № 2, 104-modda, № 3, 187-modda, № 4, 269-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 21-moddaning birinchi qismidagi, 22-moddaning nomidagi va birinchi qismining birinchi xatboshisidagi, 23-moddaning birinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi, 24-moddaning matnidagi, 25-moddaning matnidagi, 251-moddaning birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi qismlaridagi, 252-moddaning nomidagi va birinchi xatboshisidagi, 253-moddaning ikkinchi xatboshisidagi, 254-moddaning oltinchi xatboshisidagi, 255-moddaning ikkinchi va oltinchi xatboshilaridagi, 256-moddaning to‘rtinchi qismidagi, 257-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi, 26-moddaning birinchi, ikkinchi va beshinchi qismlaridagi, 27-moddaning nomidagi va birinchi xatboshisidagi, 28-moddaning uchinchi xatboshisidagi, 29-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi, 30-moddaning uchinchi qismidagi, 32-moddaning matnidagi, 441-moddaning matnidagi, 442-moddaning birinchi qismidagi, 443-moddaning birinchi, uchinchi va beshinchi qismlaridagi, 444-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi, uchinchi qismining “g” bandidagi, 169-moddaning birinchi qismidagi, 176-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi, 177-moddaning matnidagi, 180-moddaning matnidagi tegishli son va kelishikdagi “jazolarni ijro etish inspeksiyasi” degan so‘zlar tegishli son va kelishikdagi “probatsiya bo‘linmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 22-moddaning ikkinchi qismidagi, 24-moddaning matnidagi, 25-moddaning matnidagi, 29-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi tegishli kelishikdagi “inspeksiya” degan so‘z tegishli kelishikdagi “probatsiya bo‘linmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 595-modda; 2021-yil, № 4, 287-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570-modda, 10-songa ilova) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 30-modda birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisidagi “yoki axloq tuzatish ishlari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 45-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “yoki axloq tuzatish ishlari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 48-modda birinchi qismining o‘n uchinchi xatboshisidagi “yoki axloq tuzatish ishlari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 7-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-938-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)