1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmoniga muvofiq oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, mahsulotlar sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlarini xalqaro meʼyorlar bilan uygʻunlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmoniga muvofiq quyidagilar Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasimablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro akkreditatsiya forumi (IAF) tomonidan koʻp tomonlama tan olish bitimiga kiritilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda zarur boʻlgan uskuna va laboratoriya jihozlarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, lekin 500 mln soʻmdan oshmagan miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yillik tushumida tayyor oziq-ovqat mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni tashkil qiladigan hamda har yili 1 mln AQSH dollaridan ortiq hajmdagi mahsulotlarni eksport qiluvchi mahalliy korxonalar tomonidan muhandis-texnolog, marketolog, dizayner va xalqaro standartlar boʻyicha xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda, ularga hisoblangan ish haqining 30 foizi, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 baravaridan koʻp boʻlmagan qismi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
476-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-avgustdagi 476-son qaroriga
1-ILOVA

Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.05.00 Sanoat uskunalari, mashinalari va asboblariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoati korxonalarida Xalqaro akkreditatsiya forumiga (keyingi oʻrinlarda — IAF) aʼzo davlatlarda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish va sertifikatlashtirish hamda oziq-ovqat mahsulotlari sinovlari uchun zarur boʻlgan laboratoriya uskunalari, oʻlchash vositalari va jihozlarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrosubsidiya” AT — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiya platformasi tarkibiga kiruvchi hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar va subsidiyalarni ajratish, mahsulot yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmatlar koʻrsatish imkoniyatlarini taʼminlab beradigan axborot tizimi;

ishchi guruh — ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuziladigan Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratishga koʻmaklashuvchi ishchi guruh;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat sanoati korxonasi — sanoat usulida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini birlamchi va chuqur qayta ishlash asosida tayyor yoki yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxs;

laboratoriya uchun zarur boʻlgan uskuna va jihozlar — laboratoriya sinovlari va tahlillarini amalga oshirishda foydalaniladigan jihozlar (sinov va oʻlchash vositalari, standart namunalar, namunalarni sinovga tayyorlash uchun foydalaniladigan vositalar, sinov jarayonida foydalaniladigan elektron dasturlar, prekursorlar, reagentlar, reaktivlar va kimyoviy vositalar);
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.05.00 Sanoat uskunalari, mashinalari va asboblariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat sanoati uskunalari — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan uskunalar va jihozlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifatni boshqarish tizimiga berilgan muvofiqlik sertifikati — xalqaro standartlar talablariga asosan sifatni boshqarish tizimi joriy qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — oziq-ovqat sanoati korxonalariga IAFga aʼzo davlatlarda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish va sertifikatlashtirish, laboratoriyalar uchun zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish hamda ishga tushirish xarajatlarning 50 foizini, biroq 500 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorini qoplash uchun Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻ;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — IAFga aʼzo davlatlarda akkreditatsiya qilingan sertfikatlashtirish organlari tomonidan xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish va sertifikatlashtirish hamda laboratoriyalar uchun zarur boʻlgan uskuna hamda jihozlarni xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish yuzasidan murojaat qilgan oziq-ovqat sanoati korxonasi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro sifatni boshqarish tizimi — xalqaro standart talablariga asosan mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish maqsadida ish jarayonlarini boshqarishni baholovchi boshqaruv tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xulosa — ishchi guruh tomonidan beriladigan va subsidiya ajratish uchun asos hisoblanadigan hujjat.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Subsidiya miqdori korxonalar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish va sertifikatlashtirishga alohida hamda laboratoriya uskunalari va jihozlarini xarid qilib ishga tushirishga alohida hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Subsidiya quyidagi yoʻnalishlarga ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish va sertifikatlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriyalar uchun zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish hamda ishga tushirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilgan va sertifikatlashtirgan hamda laboratoriya uchun zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilib ishga tushirgan talabgorga subsidiya ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorga bajarilgan ishlar uchun faqat bir marotaba subsidiya ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya olish uchun talabgor tomonidan murojaat qilish tartibi va taqdim etiladigan hujjatlar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Talabgor subsidiya olish uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan “Agrosubsidiya” AT orqali ishchi guruhga murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Talabgor arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilganligi boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish va sertifikatlashtirish boʻyicha tuzilgan shartnomalar nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro sifatni boshqarish tizimi joriy qilinganligi yuzasidan muvofiqlik sertifikati nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi nusxasi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.05.00 Sanoat uskunalari, mashinalari va asboblariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) laboratoriya uchun zarur boʻlgan uskuna va jihozlar ishga tushirilganligi boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriya uchun zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriya uchun zarur boʻlgan uskuna va jihozlarga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlari nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriya uchun zarur boʻlgan uskuna va jihozlar xarid qilinganligini, yetkazib berilganligini va oʻrnatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (hisob-faktura va bajarilgan ishlar dalolatnomasi nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriya uchun zarur boʻlgan uskuna va jihozlarning pasportlari nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga tushirilgan laboratoriya uskunalari va jihozlarini talabgor balansiga olganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishga tushirilgan laboratoriya uskuna va jihozlarining ishlab chiqarilgan muddati ikki yildan oshmagan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgordan ushbu bandda koʻrsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Arizadagi maʼlumotlar va taqdim qilingan hujjatlarning toʻgʻriligi hamda haqqoniyligi boʻyicha talabgor javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Talabgor ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni toʻliq yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirmagan holda taqdim qilganda, ishchi guruh tomonidan ikki ish kuni ichida sabablari koʻrsatilib, arizani qabul qilish rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Talabgor tomonidan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar toʻliq boʻlgan taqdirda, ishchi guruh besh ish kuni ichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ariza kelib tushgan kundan boshlab talabgor tomonidan xalqaro sifatni boshqarish tizimi joriy qilinganligi va sertifikatlashtirilganligi, laboratoriya uchun zarur boʻlgan uskuna hamda jihozlar toʻliq ishga tushirilganligini oʻrganadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) talabgorga xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy etish va sertifikatlashtirish hamda laboratoriya uchun zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq 500 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda ajratiladigan subsidiyaning miqdorini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda talabgorga subsidiya ajratishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtiradi hamda uni talabgorga, xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinda — Agentlik) “Agrosubsidiya” AT orqali elektron shaklda yuboradi;
(9-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) talabgorga subsidiya ajratishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtirilganda, talabgorni xulosada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, qayta murojaat qilish huquqiga ega ekanligi haqida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish uchun zaruratga qarab, maxsus malakaga ega boʻlgan mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh rahbari va aʼzolari xulosaning toʻgʻriligi hamda haqqoniyligi uchun masʼul hisoblanadi.

Talabgor ishchi guruhning qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.

10. Ishchi guruh arizani oʻrganishda quyidagi mezonlarga asoslanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ariza va taqdim etilgan hujjatlar, ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi, ishonchliligi hamda ushbu Nizomda belgilangan yoʻnalishlarga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) talabgor tomonidan xalqaro sifatni boshqarish tizimi joriy qilinganligi va sertifikatlashtirganligi, laboratoriya uchun zarur boʻlgan uskuna hamda jihozlar ishga tushirilganligi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ishchi guruh aʼzolari talabgorga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalarni rasmiylashtirishda quyidagilarga masʼul hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — ishchi guruh faoliyatini tashkil qilishga va ishchi guruh tomonidan rasmiylashtirilgan xulosaning haqqoniyligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari — ishlab chiqarish korxonasi va uning laboratoriyasi joylashgan joy, maydoni, ishlovchilar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining viloyatlar hamda Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari — faoliyati boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi ijobiy xulosasining haqqoniyligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik huzuridagi “Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish markazi” DUK direktori — xarid qilingan laboratoriya uskunalari va jihozlarining ishlab chiqarilganligiga ikki yildan oshmaganligiga, standart talablar asosida ishga tushirilganligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning hududiy boʻlimi boshligʻi — ishchi guruh kotibi — talabgorga tegishli tartibda hujjatlarni “Agrosubsidiya” ATga kiritishga koʻmaklashish, ishchi guruh tomonidan oʻz vaqtida koʻrib chiqishga hamda koʻrib chiqish natijalarini talabgor va Agentlikka yuborishga.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agentlik besh ish kuni ichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruh tomonidan “Agrosubsidiya” AT orqali taqdim etilgan ijobiy xulosa hamda unga ilova qilingan hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanganda, “Agrosubsidiya” AT orqali ishchi guruhni, ishchi guruh esa talabgorni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor “Agrosubsidiya” AT orqali xabarni olgandan soʻng oʻn besh kun ichida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmaganda Agentlik tomonidan subsidiya ajratilishi rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agentlik talabgorga subsidiya ajratishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilgandan soʻng oʻn kun ichida talabgorning tijorat bankidagi asosiy hisobvaragʻiga subsidiyani oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Quyidagilar talabgorga subsidiya ajratishni rad etish uchun asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda noaniqliklar yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlari aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar bilan talabgorga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar

15. Agentlik har chorak yakunida oʻzining rasmiy veb-saytida ajratilgan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ajratilgan subsidiyadan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining X bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratishga koʻmaklashuvchi ishchi guruh

TARKIBI

1.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari
2.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
3.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari
4.
Lavozimi boʻyicha
—
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi “Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish markazi” DUK direktori
5.
Lavozimi boʻyicha
—
Agrosanoatni rivojlantirish agentligining hududiy boʻlimi boshligʻi, Ishchi guruh kotibi
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)

2-ILOVA

Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Talabgor
Subsidiya olish uchun “Agrosubsidiya” AT orqali arizaga hujjatlarni ilova qilgan holda ishchi guruhga murojaat qiladi.
Ishlar toʻliq bajarilgandan soʻng
2-bosqich
Ishchi guruh
1. Talabgorning arizasini oʻrganib chiqadi.
2. Subsidiya ajratishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtiradi hamda uni talabgorga, xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni Agentlikka yuboradi.
5 ish kuni ichida
3-bosqich
1. Agrosanoatni rivojlantirish agentligi
2. Ishchi guruh
1. Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ishchi guruhga yuboradi.
2. Hujjatlardagi kamchiliklar toʻgʻrisida talabgorni xabardor qiladi.
5 ish kuni ichida
4-bosqich
1. Talabgor
2. Ishchi guruh
1. Kamchiliklarni bartaraf qilgandan soʻng tegishli hujjatlarni ishchi guruhga yuboradi.
2. Talabgor taqdim etgan hujjatlarni Agentlikka yuboradi.
15 kun ichida
5-bosqich
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi
Subsidiyani talabgorning xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankida ochilgan asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
10 kun ichida
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

ARIZA
__________________________________________________________________________da faoliyat yuritayotgan
(hudud nomi)
______________________________________________________________korxonasi 20___ yilda “___”_____________
____________________________(talabgor tashkilot nomi)
xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilib sertifikatlashtirdi va quyidagi laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna hamda jihozlarni xarid qilib ishga tushirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmonida belgilangan subsidiya ajratilishi uchun xulosa berishingizni soʻrayman.
Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki nomi:__________________________________________________________
Tijorat bankidagi asosiy hisobvaraq va boshqa maʼlumotlar:
Subsidiya olish uchun qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etmoqdaman (ilova qilinadi). Ularning haqiqiyligini kafolatlayman hamda javobgarlikni oʻz zimmamga olaman.
Talabgor__________________________
(imzo)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratishga koʻmaklashuvchi ishchi guruh
XULOSASI
_______________________________________________________________da faoliyat yuritayotgan
(hudud nomi)
____________________________________________________korxonasi 20___ yilda “___”___________
_________________(talabgor tashkilot nomi)
xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilib sertifikatlashtirgan va quyidagi zarur uskuna hamda laboratoriya jihozlarini xarid qilib ishga tushirgan:
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmoniga asosan “__________________” korxonasiga __________________________soʻm miqdorida subsidiya ajratish maqsadga _________________________ deb topildi.
muvofiq/muvofiq emas
Ishchi guruh aʼzolari:
T/r
F.I.O
Imzo
Lavozimi
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari
2.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
3.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari
4.
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi “Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish markazi” DUK direktori
5.
Agrosanoatni rivojlantirish agentligining hududiy boʻlimi boshligʻi, Ishchi guruh kotibi
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-avgustdagi 476-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom mahalliy oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan muhandis-texnolog, marketolog, dizayner va xalqaro standartlar boʻyicha xorijiy mutaxassislar (keyingi oʻrinlarda — xorijiy mutaxassis) ish haqining bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrosubsidiya” AT — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiya platformasi tarkibiga kiruvchi hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar va subsidiyalarni ajratish, mahsulot yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmatlar koʻrsatish imkoniyatlarini taʼminlab beradigan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruh — ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuziladigan Mahalliy oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi ishchi guruh;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat sanoati korxonasi — sanoat usulida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini birlamchi va chuqur qayta ishlash asosida tayyor yoki yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — talabgor tomonidan xorijiy mutaxassisga toʻlangan ish haqining 30 foizi, biroq bir oyga har bir xorijiy mutaxassis uchun respublikada belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 baravarigacha boʻlgan qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasidan (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) ajratiladigan mablagʻ;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — yillik tushumida tayyor yoki yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni tashkil qiladigan hamda har yili 1 (bir) million AQSH dollaridan ortiq hajmdagi mahsulotlarni eksport qilgan va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan oziq-ovqat sanoati korxonasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassis — oʻz mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil ish tajribasiga, muhandis-texnolog, marketolog, dizayner va xalqaro standartlar boʻyicha mutaxassislikka hamda Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xulosa — ishchi guruh tomonidan beriladigan va subsidiya ajratish uchun asos hisoblanadigan hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomga muvofiq ajratiladigan subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida Jamgʻarma uchun rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida Jamgʻarma uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xorijiy mutaxassisni jalb qilgan talabgorga har bir kasb (lavozim) boʻyicha faqat bir nafar xorijiy mutaxassis uchun subsidiya ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya olish uchun talabgor tomonidan murojaat qilish tartibi va taqdim etiladigan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Talabgor xorijiy mutaxassis bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzib, ish haqi hisoblagandan soʻng subsidiya olish uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan “Agrosubsidiya” AT orqali ishchi guruhga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Talabgor arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va joylashgan joyi (pochta va elektron manzili), xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining nomi va bankdagi hisobvaragʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassisni ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan berilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomaning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassis bilan tuzilgan mehnat shartnomasi va uning mehnat faoliyatiga oid hujjat nusxasi hamda hisoblangan ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi bir yil davomida kamida 1 (bir) mln AQSH dollari miqdoridagi mahsulot eksportga yoʻnaltirilganligi va yillik tushumda eksport qilingan tayyor yoki yarim tayyor mahsulotlar ulushi kamida 30 foizni tashkil qilganligi haqidagi maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining xorijiy valyuta kirimi tasdiqlangan maʼlumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassisni kamida 5 yillik ish tajribaga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgordan ushbu bandda koʻrsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor arizadagi maʼlumotlar va taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi boʻyicha javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish hamda subsidiya xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ishchi guruh talabgorning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi arizasini besh ish kuni ichida ushbu Nizom talablariga muvofiq oʻrganib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ishchi guruh aʼzolari talabgorga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosani rasmiylashtirishda quyidagilarni oʻrganishga masʼul hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) hokimi — ishchi guruh tomonidan talabgorning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi arizasi oʻz vaqtida va joyida toʻliq oʻrganilishiga hamda rasmiylashtirilgan hujjatlarning haqqoniyligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari — yillik tushumda eksport qilingan tayyor mahsulotlar ulushi kamida 30 foizni tashkil qilganligi hamda har yili qiymati 1 (bir) mln AQSH dollaridan ortiq hajmdagi mahsulot eksport qilinganligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi — xorijiy mutaxassislarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda mehnat faoliyatiga oid hujjatni olganligi hamda talabgor va xorijiy mutaxassis oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasining toʻgʻri rasmiylashtirilganligi hamda ish haqi toʻgʻri hisoblanganligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) soliq inspeksiyasining boshligʻi — xorijiy mutaxassisga hisoblangan ish haqidan soliqlar toʻlanganligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning tuman (shahar) loyiha ofisi mutaxassisi — ishchi guruh kotibi — talabgorning tegishli tartibda hujjatlarning “Agrosubsidiya” ATga kiritishiga koʻmaklashish hamda koʻrib chiqish natijalari talabgor va Agentlikka yuborilishiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Talabgor ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni toʻliq yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan holda taqdim qilganda, ishchi guruh tomonidan ikki ish kunida sabablari koʻrsatilib, arizani qabul qilish rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Talabgorning arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar toʻliq boʻlgan taqdirda, ishchi guruh besh ish kuni ichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) talabgorning yillik tushumda eksport qilingan tayyor mahsulotlar ulushi kamida 30 foizni tashkil qilganligini hamda oxirgi bir yil davomida kamida 1 (bir) mln AQSH dollari miqdoridagi mahsulotni eksportga yoʻnaltirganligini oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) talabgorga xorijiy mutaxassislarni jalb qilganda, ularga hisoblangan ish haqining 30 foizi, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratiladigan subsidiya miqdorini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda talabgorga subsidiya ajratishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtiradi hamda uni talabgorga, xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni Agentlikka “Agrosubsidiya” AT orqali elektron shaklda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda subsidiya ajratishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa bir yil muddatga amal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) talabgorga subsidiya ajratishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtirilganda, talabgorni xulosada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilish huquqiga ega ekanligi haqida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish uchun zaruratga qarab, maxsus malakaga ega boʻlgan mutaxassislarni ham jalb qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh rahbari va aʼzolari xulosaning toʻgʻriligi hamda haqqoniyligi uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor ishchi guruhning qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Talabgor ishchi guruhning subsidiya ajratishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi amal qilib turgan muddat ichida ish haqi toʻlanganligi haqidagi maʼlumotnomani ilova qilgan holda, har oyning 10-sanasiga qadar Agentlikka talabnoma taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik talabgorga subsidiya ajratishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa asosida taqdim etilgan har oylik talabnomaga muvofiq oʻn kun ichida talabgorning tijorat bankidagi asosiy hisobvaragʻiga subsidiyani oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agentlik har chorak yakunida oʻzining rasmiy veb-saytida ajratilgan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ajratilgan subsidiyadan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining X bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Mahalliy oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI

tuman (shahar) hokimi, Ishchi guruh rahbari
2.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
3.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi
4.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) soliq inspeksiyasining boshligʻi
5.
Lavozimi boʻyicha
—
Agrosanoatni rivojlantirish agentligining tuman (shahar) loyihasi ofisi mutaxassisi, Ishchi guruh kotibi
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Talabgor
Subsidiya olish uchun “Agrosubsidiya” AT orqali arizaga hujjatlarni ilova qilgan holda ishchi guruhga murojaat qiladi.
Ishlar toʻliq bajarilgandan soʻng
2-bosqich
Ishchi guruh
1. Talabgorning arizasini oʻrganib chiqadi.
2. Subsidiya ajratishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtiradi hamda uni talabgorga, xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni Agentlikka yuboradi.
5 ish kuni ichida
3-bosqich
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi
Subsidiyani talabgorning xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankida ochilgan asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
10 kun ichida
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ARIZA
____________________________________________________________________________da faoliyat yuritayotgan
(hudud nomi)
_____________________________korxonasi 20____ yilda “____” ____________________quyidagi ishlarni bajardi.
______(talabgor tashkilot nomi)
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun quyidagi mutaxassislar jalb etildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmonida belgilangan subsidiyani ajratish uchun xulosa berishingizni soʻrayman.
Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki nomi:_____________________________________________________________
Tijorat bankidagi asosiy hisobvaraq va boshqa maʼlumotlar:
Subsidiya olish uchun qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etmoqdaman. Ularning haqiqiyligini kafolatlayman hamda javobgarlikni oʻz zimmamga olaman.
Talabgor_________________________
(imzo)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish boʻyicha ishchi guruhning
XULOSASI
__________________ tumanida (shahrida) oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xorijiymutaxassislarni jalb qilishga subsidiya ajratish boʻyicha _________________ tumani (shahri) ishchi guruhi “___________________”ning 20____ yil “_______”dagi “_____”-son murojaatini oʻrganib chiqdi va quyidagilarni aniqladi:
1. Jalb etilgan mutaxassisning F.I.O: _______________________;
2. Jalb etilgan xodimning mutaxassisligi: _______________________;
3. Fuqaroligi: __________________;
4. Tamomlagan oliy taʼlim muassasasi nomi: ___________________________;
5. Mutaxassisligi boʻyicha ish staji: ____________________________;
6. Qoplab beriladigan ish haqi miqdori: _____________________;
XULOSA:
“___________________”ga jami ________________ mln soʻm subsidiya ajratish maqsadga ____________________________ deb topildi.
______muvofiq (muvofiq emas)
Ishchi guruhning aʼzolari:
T/r
F.I.O
Imzo
Lavozimi
1.
Tuman (shahar) hokimi, Ishchi guruh rahbari
2.
Tuman (shahar) hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
3.
Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi
4.
Tuman (shahar) soliq inspeksiyasining boshligʻi