Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-son qaroriga
ILOVALitsenziya varaqalarini berishni boshqa asoslarda rad etish qat’iy taqiqlanadi.
Litsenziyalovchi organlar yoki sud litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilishi muddatini belgilashi shart. Bunda ko‘rsatilgan muddat litsenziat litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni maxsus elektron tizim orqali olgan kundan e’tiboran besh ish kunidan kam va olti oydan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turish sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida ular ko‘rgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi. Bunda litsenziya amal qilishining to‘xtatib turilishini sud tomonidan asossiz deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishi qayta tiklangan deb hisoblanadi.
litsenziat litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
“litsenziat tomonidan boshqa litsenziatga belgilangan tartibda biriktirilgan muntazam yo‘nalishda yo‘lovchilarni tashish xizmatini ko‘rsatish;
litsenziya/litsenziya varaqasi qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda.
Litsenziyani/litsenziya varaqasini bekor qilishda, tugatishda, to‘xtatib turishda to‘langan davlat boji qaytarilmaydi.
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari |
|||
|
1-bosqich |
Ariza beruvchi |
1. Litsenziya va litsenziya varaqalari olish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qilish, “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tish. 2. Ma’muriy reglament va ommaviy oferta bilan tanishib chiqish. 3. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lash. |
1. Xohishiga ko‘ra. 2. Murojaat qilganda. |
|||
|
2-bosqich |
1. Davlat xizmatlari markazi 2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 3. “Litsenziya” axborot tizimi |
So‘rovnomani litsenziyalovchi organga yuborish. |
1. 1 soat mobaynida. 2. Avtomatik tarzda. |
|||
|
3-bosqich |
Litsenziyalovchi organ (Transport vazirligi va hududiy boshqarmalari) |
1. Ariza beruvchini litsenziya talab va shartlariga mosligini o‘rganadi. 2. Ariza beruvchini litsenziya talab va shartlariga nomuvofiq deb topilgan taqdirda davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qabul qilgan qarori yuzasidan xabar yuborish. |
1. 2 ish kuni. 2. Avtomatik tarzda. |
|||
|
4-bosqich |
Davlat xizmatlari markazi |
Ariza beruvchini (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) qabul qilingan qaror haqida hamda litsenziya/litsenziya varaqalari berish uchun o‘rnatilgan tartibda davlat boji to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida xabardor qilish. |
1 soat mobaynida |
|||
|
5-bosqich |
Ariza beruvchi |
Litsenziya/litsenziya varaqalari berish haqida qaror kelib tushgandan so‘ng litsenziya varaqalari berish uchun davlat boji to‘lovlari amalga oshiriladi. |
3 oy mobaynida |
|||
|
6-bosqich |
Litsenziyalovchi organ |
1. Ijobiy qaror mavjudligi va litsenziya/litsenziya varaqalari berish uchun to‘lovlar to‘langanidan so‘ng QR-kod bilan himoyalangan litsenziya/litsenziya varaqalarini rasmiylashtirish. 2. Litsenziya/litsenziya varaqalarini (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborish. |
1 ish kunida |
|||
|
7-bosqich |
Davlat xizmatlari markazi |
Litsenziya/litsenziya varaqasini talabgorga o‘zi shaxsan kelganda unga o‘z muhrini qo‘yish yo‘li bilan berish. |
1 soat mobaynida |
|||
|
”; |
“Litsenziya varaqalarini olish uchun korxona ixtiyorida bo‘lgan avtotransport vositalari to‘g‘risida
|
T/r |
Avtotransport vositasining rusumi |
Davlat raqami |
Ishlab chiqarilgan yili |
Yuk ko‘tarish quvvati, yo‘lovchi sig‘imi |
Avtotransport turi |
Tashuv turi hamda avtotransport vositasining toifasi |
Faoliyat turi |
Faoliyat ko‘rsatish muddati |
Avtotransport vositasining texnik holati |
Mulkchilik to‘g‘risida ma’lumotlar, ijara shartnomasi muddati, sanasi, ijaraga beruvchi nomi | ||
|
Avtoransport vositasining qayd etish guvohnomasi raqami |
Berilgan sanasi |
Texnik holati | ||||||||||
|
”; | ||||||||||||
“Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
7-ILOVA
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyatini litsenziyalash
|
1. |
Litsenziya nomi: |
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyati uchun litsenziya/litsenziya varaqalari. |
||||||||||||||||||
|
2. |
Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: |
a) yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo mikroavtobus hamda avtobuslarda tashish; b) yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobillarda tashish; v) yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda tashish; g) yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha mikroavtobuslarda tashish; d) yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yengil avtomobillarda tashish. |
||||||||||||||||||
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik shaxslar. |
||||||||||||||||||
|
4. |
Litsenziyalovchi organ: |
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari. |
||||||||||||||||||
|
5. |
Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) ko‘rsatilgan holda, litsenziya berish to‘g‘risidagi so‘rovnoma va/yoki litsenziya varaqalari olish uchun korxona ixtiyorida bo‘lgan avtotransport vositalarining ro‘yxati bilan birga avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; b) Ariza beruvchida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati yaratib berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar. |
||||||||||||||||||
|
6. |
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari. |
||||||||||||||||||
|
7. |
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: |
1. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji undirilmaydi. 2. Avtomototransport vositasining bir birligi uchun 1 yilga litsenziya varaqalari berilganligi uchun:
|
||||||||||||||||||
|
8. |
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: |
2 ish kuni. |
||||||||||||||||||
|
9. |
Litsenziya talablari va shartlari: |
a) litsenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularni shaylashda qonunchilik hujjatlariga, tashish qoidalariga majburiy rioya qilinishi, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi; b) qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs shtatida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va avtotransportlardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan, belgilangan tartibda Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dasturlar bo‘yicha malakasini oshirib, malaka imtihonidan o‘tgan mansabdor shaxslarning mavjud bo‘lishi; v) litsenziat foydalanayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya varaqasi mavjud bo‘lishi; g) avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tganligini va texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud bo‘lishi; d) qonunchilik hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli tashilishi; e) tenderlar natijalari bo‘yicha vakolatli organlar bilan shartnoma asosida: yo‘lovchilarni yo‘lovchilar huquqlariga, harakatlanishning belgilangan jadvallariga, transportda yurish tariflariga rioya etgan, yo‘lovchilarning belgilangan toifalarini bepul va imtiyozli tarzda tashishni ta’minlagan, qoida buzish, antisanitariya holatlariga, xizmat ko‘rsatish sifatining past bo‘lishiga yo‘l qo‘ymagan holda, avtomobilda muntazam tashish (yo‘nalishsiz taksilardan tashqari); muntazam yo‘nalishlarga sun’iy yo‘ldoshli harakatni kuzatish navigatsiya qurilmalari bilan to‘liq jihozlangan avtotransport vositalarini chiqarish hamda avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatiga integratsiya qilgan holda, ularning harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida belgilangan serverga muntazam uzatilishini tashkil etish; j) tashish va yong‘in xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik jihatdan soz holatda saqlash, asrash, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, texnika xavfsizligini ta’minlash, avtotransport vositalarini yo‘lga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkazish va haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; z) yangidan olinayotgan va to‘ldirilayotgan avtotransport vositalariga litsenziatlar tomonidan qo‘shimcha litsenziya varaqalarining o‘z vaqtida olinishi; i) shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda avtomobilda tashishlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalarida servis ustaxonasining tamg‘asi qo‘yilgan nazorat priborlari (taxograflar) mavjud bo‘lishi; k) yo‘nalishsiz taksilarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi; l) muntazam yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarda faoliyat yuritadigan avtotransport vositalarining tender shartnomalarida mavjud bo‘lishi. |
||||||||||||||||||
|
10. |
Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas. |
||||||||||||||||||
|
11. |
Litsenziyaning amal qilish muddati: |
1. Litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmaydi. 2. Litsenziya varaqasi bir yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi. Agar ashyoviy huquqlar va ijara shartnomasi yoki tender shartnomasining amal qilish muddati bir yildan kam bo‘lsa, litsenziya varaqasining amal qilish muddati ularning muddati bilan cheklanadi. |
||||||||||||||||||
|
12. |
Izoh. |
Ariza beruvchi litsenziyalovchi organga murojaat qilganda, bir ariza bilan ushbu litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan litsenziya turlarining bir necha qismini olish huquqiga ega. Litsenziya varaqasining amal qilishi litsenziya varaqasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi. Ariza beruvchi taqdim etgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqiqiyligi uchun javob beradi. Yuridik shaxs shtatida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va avtotransportlardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning mavjud bo‘lishiga oid talablar Transport vazirligi tomonidan belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq avtomobil tashuvlari xavfsizligini ta’minlash xizmatining ishchisi (mutaxassisi) sifatida o‘rindoshlik asosida ishlashi taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 19-dekabrdagi PQ-443-son qarorining 9-bandiga muvofiq elektromobillar va gibrid avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvarga qadar litsenziya varaqalari berilganligi uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan. |
||||||||||||||||||
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
8-ILOVA
Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash
|
1. |
Litsenziya nomi: |
Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati uchun litsenziya/litsenziya varaqalari. |
|
2. |
Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: |
Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish. |
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar. |
|
4. |
Litsenziyalovchi organ: |
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi. |
|
5. |
Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, litsenziya berish to‘g‘risidagi so‘rovnoma va/yoki litsenziya varaqalarini olish uchun korxona ixtiyorida bo‘lgan avtotransport vositalarining ro‘yxati bilan birga avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga hamda haydovchilik guvohnomasiga oid ma’lumotlar, litsenziya berish to‘g‘risidagi so‘rovnoma va/yoki litsenziya varaqalarini olish uchun ariza beruvchi ixtiyorida bo‘lgan avtotransport vositalarining ro‘yxati bilan birga avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; b) ariza beruvchida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati yaratib berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar. |
|
6. |
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari. |
|
7. |
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: |
1. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji undirilmaydi. 2. Avtomototransport vositasining bir birligi uchun 1 yilga litsenziya varaqalari berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari. Bunda yuklarni avtomobil transportida tashishda foydalaniladigan shatakchi avtomobillarga litsenziya varaqalari berganlik uchun davlat boji undirilmaydi. |
|
8. |
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: |
2 ish kuni. |
|
9. |
Litsenziya talablari va shartlari: |
a) litsenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularni shaylashda qonunchilik hujjatlariga, tashish qoidalariga majburiy rioya qilinishi, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi; b) qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs shtatida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va avtotransport vositalaridan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan, belgilangan tartibda Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dasturlar bo‘yicha malakasini oshirib, malaka imtihonidan o‘tgan mansabdor shaxslarning mavjud bo‘lishi; v) litsenziat foydalanayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya varaqasi mavjud bo‘lishi; g) avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tganligini va texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud bo‘lishi; d) tashish va yongin xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik jihatdan soz holatda saqlash, uni asrash, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, texnika xavfsizligini ta’minlash, avtotransport vositalarini yo‘lga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkazish va haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; e) yangidan olinayotgan va to‘ldirilayotgan avtotransport vositalariga litsenziat tomonidan qo‘shimcha litsenziya varaqalarining o‘z vaqtida olinishi; j) xalqaro yuk tashishlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalarida servis ustaxonasining tamg‘asi qo‘yilgan nazorat priborlari (taxograflar) mavjud bo‘lishi. |
|
10. |
Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas. |
|
11. |
Litsenziyaning amal qilish muddati: |
1. Litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmaydi. 2. Litsenziya varaqasi bir yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi. Agar ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati bir yildan kam bo‘lsa, litsenziya varaqasining amal qilish muddati ularning muddati bilan cheklanadi. |
|
12. |
Izoh. |
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuk avtomobili yoki shatakchi avtomobil hamda xorijiy davlat hududida ro‘yxatga olingan tirkama yoki yarim tirkamadan iborat transport vositalari tarkibidan foydalangan holda amalga oshiriladigan xalqaro tashishda yuk avtomobili yoki shatakchi avtomobilga olingan litsenziya varaqasi avtotransport vositalarining butun tarkibi uchun amal qiladi. Litsenziya varaqasining amal qilishi litsenziya varaqasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi. Ariza beruvchi (yuridik shaxslar) litsenziyalovchi organga murojaat qilganda, bir ariza bilan ushbu litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan litsenziya turlarining bir necha qismini olish huquqiga ega. Ariza beruvchi taqdim etgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqiqiyligi uchun javob beradi. Yuridik shaxs shtatida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va avtotransport vositalaridan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning mavjud bo‘lishiga oid talablar Transport vazirligi tomonidan belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq avtomobilda tashish xavfsizligini ta’minlash xizmatining ishchisi (mutaxassisi) sifatida o‘rindoshlik asosida ishlashi taqiqlanadi. |
|
”; |
“nazorat qiluvchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmasi”;
“Bunda shaharlararo-viloyatlararo hamda xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tender g‘olibi shartnomani akseptlashdan oldin avtovokzal va avtostansiyalar bilan tuzilgan shartnomani axborot tizimiga yuklaydi.
lot bo‘yicha takliflardagi ma’lumotlarning haqiqiyligi tasdiqlanmaganligi oqibatida to‘plangan ballar keyingi qatnashchi to‘plagan ballardan kamayib ketsa;
e) shaharlararo-viloyatlararo hamda xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtovokzal va avtostansiyalar bilan tegishli shartnoma tuzish;
|
Mezon nomi |
Qo‘llash uchun koeffitsiyent |
|
|
1. Shahar (yo‘nalishli taksi), shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlardagi avtobus va mikroavtobuslarda yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar mavjudligi |
Konditsioner (iqlim-nazorati tizimi) |
1,20 |
|
Internet jahon axborot tarmog‘i |
1,15 |
|
|
Biohojatxona (bazaviy komlektatsiyada nazarda tutilgan bo‘lsa) |
1,10 |
|
|
Aholining imkoniyati cheklangan guruhlari uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlovchi uskunalar (bazaviy komlektatsiyada nazarda tutilgan bo‘lsa) |
1,10 |
|
|
Telefon quvvatlagichlari |
1,05 |
|
|
Bekatlarni e’lon qilish audio tizimi |
1,05 |
|
|
2. Shahar avtobus yo‘nalishlaridagi avtobuslarda yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar mavjudligi |
Konditsioner (iqlim-nazorati tizimi) |
2,0 |
|
Aholining imkoniyati cheklangan guruhlari uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlovchi uskunalar (bazaviy komlektatsiyada nazarda tutilgan bo‘lsa) |
2,0 |
|
|
Bekatlarni e’lon qilish audio tizimi |
1,5 |
|
|
Videokuzatuv tizimlari |
1,5 |
|
|
Yo‘lovchilarni hisoblash qurilmalari |
1,5 |
|
|
Internet jahon axborot tarmog‘i |
1,5 |
|
Ushbu band faqat 8 o‘rindan oshiq avtobuslar va mikroavtobuslar uchun tatbiq etiladi. Tashuvchi qo‘shimcha qulayliklarning doim soz va funksional holatda saqlanishini ta’minlash majburiyatini oladi. Mazkur band bilan belgilangan koeffitsiyentlar miqdori har bir avtotransport uchun alohida hisoblanadi.
(12+5,75+2,1) : 10 = 1,98
“Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Tender g‘olibining har bir avtotransport vositasiga yo‘lovchilarni muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan elektron guvohnoma
|
1. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
Muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi elektron guvohnoma. |
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlarda ishtirok etish. |
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik shaxs. |
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi yoki uning hududiy bo‘linmasi. |
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
Guvohnoma olish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirilishi lozim: shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) hamda xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlarda ishtirok etish; eng ko‘p ball to‘plab tender g‘olibi deb e’tirof etilish; vakolatli organ bilan o‘zaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi shartnomani rasmiylashtirish. |
|
6. |
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: |
Mavjud emas. |
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: |
Mavjud emas. |
|
8. |
Arizani ko‘rib chiqish muddati: |
Shartnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng 1 soat ichida. |
|
9. |
Ruxsat etishga oid talab va shartlar: |
Shartnomada ko‘rsatilgan talab va shartlariga rioya etilishi. |
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas. |
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
Shartnoma amal qilish muddatiga qadar. |
|
12. |
Izoh: |
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq shartnoma tuzilganidan so‘ng tenderda g‘olib chiqqan qatnashchining lot bo‘yicha taklif qilgan har bir avtotransport vositasi uchun yo‘lovchilarni muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi elektron guvohnoma rasmiylashtiriladi. |