24.07.2024 yildagi 447-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan psixiatriya va narkologiya xizmatini koʻrsatishning yagona tashkiliy-uslubiy vertikal boshqaruv tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 19-iyundagi PQ-196-son qaroriga muvofiq ruhiy kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash, ularga tashxis qoʻyish va davolashni yanada takomillashtirish, respublika psixiatriya muassasalarining moddiy-texnik bazasini va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, faoliyati samaradorligini oshirish hamda sohada samarali boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar psixiatriya va narkologiya xizmati tibbiyot muassasalarini Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallari sifatida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyati 1-son ruhiy asab kasalliklari dispanserini unga Qashqadaryo viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasini qoʻshib yuborish orqali Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Qashqadaryo viloyati filiali sifatida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Qashqadaryo viloyati filiali Qashqadaryo viloyati 1-son ruhiy asab kasalliklari dispanseri va Qashqadaryo viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasining huquqlari hamda majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tizimidagi psixiatriya va narkologiya xizmatlarining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar filiallarini tashkil etish roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar filiallarini tashkil etish roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlamchi boʻgʻin tibbiyot muassasalariga ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmatlarini integratsiya qilish orqali ruhiy holat buzilishini erta aniqlash va davolash choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlamchi boʻgʻin tibbiyot muassasalari shifokorlarining ruhiy holati buzilgan shaxslarni klinik baholash, davolash hamda kuzatib borish boʻyicha koʻnikmalarini rivojlantirish va bilimlarini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslarni dori vositalari bilan ehtiyojga koʻra toʻliq taʼminlash choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi, ayniqsa, bolalar va oʻsmir yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimlarining kasbiy darajasini, shu jumladan mutaxassislarning xorijiy yetakchi tibbiyot taʼlim muassasalarida hamda klinikalarida oʻz ixtisosligi boʻyicha kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolashning zamonaviy usullari boʻyicha stajirovkalarini tashkil etish orqali doimiy ravishda oshirib borish va takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisosligi boʻyicha kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qoʻyish va davolash boʻyicha ilgʻor usullar va texnologiyalarni ishlab chiqishga hamda tibbiyot amaliyotiga joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy yetakchi tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy etish, sayyor maslahatlar (konsultatsiyalar) berish, mahorat darslarini muntazam ravishda oʻtkazib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi psixiatriya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-iyuldagi 207-son qarorining 1-bandi va 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri v.b. A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 24-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
447-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 447-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tizimidagi psixiatriya va narkologiya xizmatlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Idoraviy davlat tashkilotlarining psixiatriya va narkologiya xizmati boʻyicha boʻlinmalari

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Respublika ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi

Respublika kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasi

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar filiallari

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining psixiatriya va narkologiya xizmati yoʻnalishidagi kafedralari

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar filiallari

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarining narkologiya xizmati kabinetlari, mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tumanlararo punktlari

Psixiatriya va narkologiya xizmatlari tibbiyot muassasalari (shifoxona, dispanserlar)

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarining psixiatriya xizmati kabinetlari, tibbiy psixolog kabinetlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
––––––– — tashkiliy-uslubiy rahbarlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
- - - - - - — uslubiy yordam va oʻzaro hamkorlik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 447-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar filiallarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tibbiyot muassasasi nomi

Psixiatriya xizmati yoʻnalishida qayta tashkil etilayotgan Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining filiallari nomi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1-son ruhiy-asab kasalliklari dispanseri

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali

2.

Andijon viloyati ruhiy-asab kasalliklar dispanseri

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Andijon viloyati filiali

3.

Buxoro viloyati ruhiy-asab kasalliklar dispanseri

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Buxoro viloyati filiali

4.

Jizzax viloyati ruhiy-asab kasalliklar dispanseri

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Jizzax viloyati filiali

5.

Qashqadaryo viloyati 1-son ruhiy-asab kasalliklar dispanseri

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Qashqadaryo viloyati filiali

Qashqadaryo viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi

6.

Navoiy viloyati asab-ruhiy kasalliklar dispanseri

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Navoiy viloyati filiali

7.

Namangan viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Namangan viloyati filiali

8.

Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Samarqand viloyati filiali

9.

Surxondaryo viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Surxondaryo viloyati filiali

10.

Sirdaryo viloyati asab va ruhiy kasalliklar dispanseri

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Sirdaryo viloyati filiali

11.

Toshkent viloyati ruhiy-asab kasalliklar dispanseri

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Toshkent viloyati filiali

12.

Fargʻona viloyati 1-son ruhiy kasalliklar shifoxonasi

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Fargʻona viloyati filiali

13.

Xorazm viloyati ruhiy-asab kasalliklar dispanseri

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Xorazm viloyati filiali

14.

Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Toshkent shahar filiali

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Psixiatriya xizmati yoʻnalishida qayta tashkil etilayotgan Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining filiallari yuridik shaxs sifatida qayta tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 447-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar filiallarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tibbiyot muassasasi nomi

Psixiatriya xizmati yoʻnalishida tashkil etilayotgan Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining filiallari nomi

1.

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy filiali

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali

2.

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon viloyati mintaqaviy filiali

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati boʻyicha Andijon viloyati filiali

3.

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati mintaqaviy filiali

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati boʻyicha Buxoro viloyati filiali

4.

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati mintaqaviy filiali

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati boʻyicha Jizzax viloyati filiali

5.

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati mintaqaviy filiali

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati boʻyicha Qashqadaryo viloyati filiali

6.

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Navoiy viloyati mintaqaviy filiali

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati boʻyicha Navoiy viloyati filiali

7.

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati mintaqaviy filiali

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati boʻyicha Namangan viloyati filiali

8.

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati boʻyicha Samarqand viloyati filiali

9.

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati boʻyicha Surxondaryo viloyati filiali

10.

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati mintaqaviy filiali

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati boʻyicha Sirdaryo viloyati filiali

11.

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati mintaqaviy filiali

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati boʻyicha Toshkent viloyati filiali

12.

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Fargʻona viloyati mintaqaviy filiali

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati boʻyicha Fargʻona viloyati filiali

13.

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyati mintaqaviy filiali

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati boʻyicha Xorazm viloyati filiali

14.

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar mintaqaviy filiali

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati boʻyicha Toshkent shahar filiali

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Narkologiya xizmati yoʻnalishida qayta tashkil etilayotgan Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining filiallari yuridik shaxs sifatida qayta tashkil etiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/447/0548-son)