Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 29.04.1994 yildagi 228-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

RESPUBLIKA KO‘CHMAS MULK BIRJASINING SAMARALI FAOLIYAT KO‘RSATISHINI TA’MINLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 1994-yil 15-martdagi PF-789-son Farmonga muvofiq tashkil etilgan Respublika ko‘chmas mulk birjasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugallanmagan qurilish obyektlarini ham o‘z ichiga oluvchi respublika va mintaqaviy ko‘chmas mulk bozorlarini shakllantirish tartibini belgilangan tartibda bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning davlat, tarmoq va mintaqaviy dasturlaridan kelib chiqqan holda ko‘chmas mulk obyektlarining sotuvga qo‘yilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk bozori mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolari, tanlovlar, kimoshdi savdolari orqali xususiylashtirishning va davlat tasarrufidan chiqarishning borishini ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk bozorini shakllantirishga va uning faoliyatiga doir ilmiy, uslubiy, o‘quv va ommabop adabiyotlarni tarjima chop etish va tarqatish ishlarini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari joylarda Respublika ko‘chmas mulk birjasi brokerlik va idoralarining bo‘limlarini tashkil etishda hamda joylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat mulki qo‘mitasining ilovaga muvofiq kimoshdi savdosida va tanlovlarda sotiladigan davlat mulkiga haq to‘lash, ularni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevral 55-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga bir oy muddatda ko‘chmas mulk operatsiyalari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida naqd pul bilan va naqd pulsiz shakldagi hisob-kitoblarning qoidasini ishlab chiqish va belgilash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Respublika ko‘chmas mulk birjasi Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasidagi 7-uyga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi (Sharonov) Respublika ko‘chmas mulk birjasining faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratsin, uning talabnomalariga binoan zarur jihozlar va asbob-uskunalar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Respublika ko‘chmas mulk birjasi va uning bo‘limlari huzurida notariuslar ishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Respublika ko‘chmas mulk birjasi va uning bo‘limlari talabnomalariga binoan ularni zarur, shu jumladan ixtisoslashtirilgan aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 29-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
228-son

Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 29-apreldagi 228-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimoshdi savdosida va tanlovlarda sotiladigan davlat mulkiga haq to‘lash, ularni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINCHALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom kimoshdi savdosida, tanlovlar (keyingi o‘rinlarda –– kimoshdi savdosida sotiladigan davlat mulkiga haq to‘lash, ularni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xususiylashtirish obyektlarini kimoshdi savdosida sotishdan olingan mablag‘lar kimoshdi sadosi qatnashchilarining xususiylashtirish obyektlari bilan oldindan tanishganliklari uchun ulardan tushadigan pul mablag‘lari, kimoshdi savdosida chiptalar sotish, g‘olib obyektni sotib olishni rad etgan taqdirda belgilangan tartibda qaytarilmagan garov summasi hamda bevosita obyektlarni sotish hisobiga shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Kimoshdi savdosi natijalarini rasmiylashtirish va sotib olinadigan obyektlar uchun hisob-kitob qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kimoshdi savdosi natijalari to‘g‘risidagi yakuniy bayonnoma imzolangandan keyin kechi bilan 10 kun muddatda sotuvchi bilan xaridor o‘rtasida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oldi-sotdi shartnomasi imzolanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kimoshdi savdosi yakunlari bo‘yicha tuziladigan oldi-sotdi shartnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotilgan obyektning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni mulkning yangi egasiga berish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridorning hisob-kitob qilish shakli va muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sotib olinadigan obyekt uchun summaning hammasi ilova qilinayotgan tartibga (1-ilova) muvofiq xaridor tomonidan Davlat mulki qo‘mitasining maxsus schyotiga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Obyektning to‘liq qiymati to‘lab bo‘lingandan xamda Davlat mulki qo‘mitasi, uning hududiy boshqarmasi tomonidan Davlat orderi berilgandan keyin xaridor obyektning mulk egasi huquqiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyekt qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan taqdirda egalik qiluvchi birinchi badalni to‘lagandan keyin Davlat mulki qo‘mitasi unga obyektni boshqarish va undan foydalanish huquqini beruvchi vaqtinchalik guvohnoma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-dekabr 475-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Respublika ko‘chmas mulk birjasi daromadlari va ularni taqsimlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Birja yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarga, ro‘yxatdan o‘tkazilgan firma belgisiga, o‘z nomi yozilgan dumaloq muhrga va bosma ish qog‘ozlariga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Birjaning daromadlari birja yig‘imlari, a’zolik badallari, kimoshdi savdosini o‘tkazishdan olingan daromadlar hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun boshqa tushumlar hisobiga shakllanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-dekabr 475-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Birjaning daromadlari birja xodimlariga mehnat haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish, birjaning moddiy texnika negizini kengaytirish va uning faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Kimoshdi savdosida bitishuvlar tuzishda tomonlarning javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kimoshdi savdosida obyektlarni sotuvchilar va xaridorlarning javobgarligi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ular o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimoshdi savdolarida sotiladigan obyektlarni sotib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI

Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladigan, kimoshdi savdolarida jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan obyektlar uchun to‘lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Obyektni dastlabki baholash qiymatining 10 foizi miqdoridagi mablag‘ kimoshdi savdosini o‘tkazishga qadar garov puli sifatida to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-avgustdagi 362-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-avgust 362-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-avgust 362-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-avgust 362-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sotib olish summasi o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda xaridor garovdan tashqari to‘langan summaning yarmini to‘lagan holda obyektga egalik qilish huquqidan mahrum etiladi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. To‘lashga qodir emaslik tufayli xaridor tomonidan sotib olinmagan obyekt kimoshdi savdosiga takroran qo‘yiladi yoki Davlat mulk qo‘mitasining qaroriga binoan oldingi mulkdorga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kimoshdi savdolarida sotiladigan mulkchilikning davlatga tegishli bo‘lmagan shaklidagi obyektlarni sotib olish shartlari va muddatlarini mulkdor tomonidan obyektni sotish talabnomasi berilganda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kimoshdi savdolarida obyektlarni erkin almashtiriladigan valyutaga sotish tartibi belgilangan tartibda tasdiqlangan maxsus nizom bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-dekabrdagi 475-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)