Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2002 19.04.1994 yildagi 215-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2002
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FAOLIYATNING AYRIM TURLARI BILAN ShUFULLANISh UChUN MAXSUS RUXSATNOMALAR (LITSENZIYALAR) BERISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻFRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan, xorijiy va qoʻshma korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 18-apreldagi 1034-XII-son qaroriga muvofiq hamda faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish jarayonini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-maydagi 240-son qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-oktabrdagi 462-son qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-martdagi 147-son qarorining 2-bandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 17-iyundagi 290-son qarori 6-bandining uchinchi xatboshi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 5-oktabrdagi 481-son qarorining 6-bandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-dekabrdagi 610-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 19-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
215-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 19-apreldagi 215 son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
K I R I Sh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan, xorijiy va qoʻshma korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida shugʻullanishlari mumkin boʻlgan faoliyatning ayrim turlarini belgilaydi, litsenziyalarni rasmiylashtirish va berishni tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. FAOLIYAT TURLARI ROʻYXATI VA LITSENZIYALARNI BERUVChI ORGANLAR ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berishga quyidagi davlat organlari vakolatlidirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Faoliyat turlari‎

Organning nomi‎

1‎

2‎

Qurol-yarogʻ va unga oʻq-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, ularga butlovchi elementlar va priborlar, agar ular boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va maxsus asbob-uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tuzatish va sotish‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Portlovchi va zaharli moddalar hamda ular shugʻullangan buyumlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish va sotish‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Jangovor zaharlovchi moddalar va ulardan himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va sotish‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Raketa-kosmik komplekslar, aloqa tizimlari va ularni boshqarish vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tuzatish va sotish‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Uran va boshqa parchalanuvchi materiallarni qazib olish, shuningdek, ulardan yasalgan buyumlarni ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlash, koʻmish va sotish‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Boʻshab qoladigan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilish, foydalanish, koʻmish) va qayta ishlash‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Harbiy mahsulotlarni namoyish etish va reklama qilish‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Ov va sport oʻq otish qurollarini va ular uchun oʻq-dorilarni, shuningdek, sovuq qurollarni, (milliy turdagi pichoqlardan tashqari) ishlab chiqarish, tuzatish va sotish‎ Ichki ishlar vazirligi‎
Neft va gazni qazib olish, qayta ishlash va neft mahsulotlarini sotish‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toshlarni qazib olish‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslarni hamda chiqindilarni tayyorlash va qayta ishlash‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Radioaktiv moddalar va izotoplar foydalanilgan priborlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish hamda sotish‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Atom energetikasi obyektlarini (qurilmalar, asbob-uskunalar, tizimlar va apparaturalar), magistral truboprovodlar, koʻpriklar, tunnellarni, shuningdek, mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish-montaj qilish, ishlatish va tuzatish‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Oʻta xavfli obyektlar va potensial xatarli korxonalarni qurish hamda ishlatish, ular uchun asbob-uskunalar, nazorat qilish va avariyaga qarshi himoya tizimlarini tayyorlash‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Xazina va bank biletlari, tangalar, qiymatli qogʻozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va shu kabilar), ordenlar va medallarni, pochta toʻlov belgilarini ishlab chiqarish‎ Markaziy bank‎
Tibbiy yordam koʻrsatish‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi‎
Tarkibida narkotik moddalar boʻlgan ekinlarni ekish, oʻstirish va sotish ‎ Ichki ishlar vazirligi‎
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat (tarkibida giyohvandlik moddalari boʻlgan oʻsimliklar oʻstirishdan tashqari)‎ Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi‎
Tarkibida giyohvandlik moddalari boʻlgan oʻsimliklar oʻstirish bilan bogʻliq faoliyat‎ Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi‎
Qimorxonalar tashkil etish, lotereya oʻyinlarini oʻtkazish va shu kabilar‎ Moliya vazirligi‎
Yongʻinga qarshi avtomatika, qoʻriqlash, yongʻin va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarini loyihalash, tuzatish, montaj qilish, sozlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish‎ Ichki ishlar vazirligi‎
Yoʻlovchilar va yuklarni temir yoʻl, havo, dengiz hamda avtomobil transportida tashish‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsiya kinovideofilmlar va dasturlarni ishlab chiqarish‎ “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi
Kinovideodasturlar nusxasini koʻpaytirish, dublyaj kilish, sotish‎ “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi
Kinovideoma�sulotlar prokati‎ “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi
Suratga olishlarni va kinovideo faoliyatning boshqa turlarini tashkil etish boʻyicha xizmatlar, shu jumladan, vositachilik xizmatlari koʻrsatish‎ “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi
Magistral va xalqaro aloqa liniyalarini loyihalashtirish, qurish va ishlatish‎ Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi
Shifrlash texnikasini ishlab chiqarish, tuzatish, sotish va ishlatish‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Metrologiya asbob-uskunalarini ishlab chiqarish va sotish‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini bajarish‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Qiymatli qogʻozlar bozorida investitsiya muassasasi sifatidagi faoliyat‎ Vazirlar Mahkamasi
Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullari bilan tuzatish, qurilish-montaj ishlarini bajarish‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Mahsulot va xizmatlarni sertifikatsiyalash‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Auditorlik faoliyati‎ Moliya vazirligi‎
Ishlab chiqarish, turar-joy, xoʻjalik va qishloq xoʻjaligi maqsadlaridagi binolarni loyihalashtirish va ularni qurish uchun muhandislik-texnik qidiruv ishlarini bajarish‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarining, diniy taʼlim muassasalarining faoliyati‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash‎

Vazirlar Mahkamasi‎

Atir, upa-elik va pardoz buyumlari maishiy kimyo tovarlari tayyorlash‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi‎
Turizm sohasidagi faoliyat‎ Vazirlar Mahkamasi‎
Oʻzbekiston Respublikasi va uni tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish ‎

Vazirlar Mahkamasi‎‎

Toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarga badiiy xizmat koʻrsatish (konsert qoʻyish)‎

Vazirlar Mahkamasi‎‎

Gramplastinkalar, audiokasetalar va lazer disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, koʻpaytirish va sotish‎

Vazirlar Mahkamasi‎‎

Noshirlik faoliyati ‎

Vazirlar Mahkamasi‎‎ ‎

Oziq-ovqat spirti, aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish‎

Vazirlar Mahkamasi‎‎ ‎ ‎

(2-bandning oʻn toʻqqizinchi, yigirmanchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 29-yanvardagi 56-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 1-2-son, 8-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi zarurat boʻlganda litsenziya berish huquqini tegishli boshqaruv organlariga berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatda koʻrsatilgan faoliyat turlarining har bir guruhi boʻyicha alohida litsenziya rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. LITSENZIYALARNI RASMIYLAShTIRISh VA BERISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Litsenziya olish uchun litsenziya berishga vakil qilingan organga quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼsis hujjatlari yoki ularning tasdiqlangan nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya berganlik uchun yigʻimning toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya berish uchun vakil qilingan tegishli davlat boshqaruv organlari tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda belgilanadigan boshqa hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun litsenziya berish vakolatiga ega boʻlgan organning schyotiga ariza beruvchi tomonidan eng kam ish haqining yarmi miqdorida yigʻim oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Litsenziya berganlik uchun quyidagi miqdorlarda davlat poshlinasi toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar va tashkilotlar uchun — eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlovchilarning kamida 50 foizini nogironlar, urush, Qurolli Kuchlar faxriylari yoki pensiya yoshiga yetganlar (pensionerlar) tashkil qiladigan korxonalar va tashkilotlar uchun, shuningdek, kichik korxonalar uchun — eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat poshlinasi respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonalari (tashkilotlari)ga ular uchun davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan belgilangan ishlab chiqarish ixtisosiga muvofiq litsenziyalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻim va davlat poshlinasini toʻlamay;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza berilgan vaqtdan boshlab bir hafta muddatda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Litsenziya berish (bermaslik) toʻgʻrisidagi qaror toʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlar olingandan soʻng 10 kundan kechiktirmay qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berish uchun vakil qilingan organ tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan, shuningdek, amaldagi qonunchilik talablariga va mazkur Nizomga muvofiq kelmaydigan hujjatlar topshirilgan hollarda litsenziyalar berishni rad etish huquqiga egadir. Boshqa sabablarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sabablariga koʻra litsenziyalar berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berishni rad etish haqidagi qaror asoslangan boʻlishi va ariza beruvchiga yozma shaklda yuborilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar ariza beruvchi tomonidan qayta rasmiylashtirilgan taqdirda ular 5 kun muddatda takroran koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Litsenziya berish uchun vakil qilingan organ zarur hollarda tegishli xulosalarni tayyorlash uchun mehnat shartnomalari boʻyicha haq toʻlagan holda ekspertlarni jalb qilish huquqiga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Litsenziya 5 yil muddatga, neft mahsulotlarini sotish boʻyicha esa 3 yil muddatga, oziq-ovqat spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun — ikki yil muddatga beriladi. Ariza beruvchining asosli iltimosi boʻyicha litsenziyaning amal qilish muddati, belgilangan miqdordagi tegishli poshlina toʻlagan holda, yana shuncha muddatga uzaytirilishi mumkin. Litsenziya muddatini uzaytirish yozma ravishda tasdiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-yanvar 2-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Faoliyat koʻrsatish uchun berilgan litsenziya uni bergan organ tomonidan quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin.:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) agar litsenziya olish uchun taqdim etilgan materiallarda haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar mavjudligi aniqlansa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agar korxona (tashkilot) litsenziyada belgilangan faoliyat turlariga rioya qilmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tegishli faoliyat turiga berilgan litsenziyani bekor qilish uchun asoslar aniqlangan taqdirda litsenziyani bergan organ korxona (tashkilot)ga buzishlarni bartaraf etish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma beradi. Agar korxona, tashkilot yozma koʻrsatma olgandan soʻng 30 kun muddat ichida buzishlarni bartaraf etmasa, litsenziya bergan organ uni bekor qiladi va tegishli faoliyat toʻxtatilishi kerak boʻlgan muddatni tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi 3 kun muddatda korxona (tashkilot)ga va korxona (tashkilot) joylashgan hududdagi hokimlikka yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Korxona (tashkilot) litsenziya berishni rad etish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini olgandan soʻng 30 kun muddatda sudga shikoyat arizasi berish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‎_____________________________________________________________________

(litsenziya berish uchun vakil qilingan vazirlik (idora)ning nomi)‎

_____________________________________________________________________‎
_______________________________________________huquqiga ega boʻlishi uchun‎

(faoliyat turining nomi)‎

litsenziya berish toʻgʻrisida‎

A R I Z A‎

1. Ariza beruvchining nomi ______________________________________‎_______
2. Pochta manzilgohi ___________________________________________________‎
telefon ____________ , telefaks ____________ , teleks _____________________‎
3. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning roʻyxati‎
M. Oʻ. ‎

Rahbarning imzosi‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‎_____________________________________________________________________

(litsenziya berish uchun vakil qilingan vazirlik (idora)ning nomi)

-son LITSENZIYA

Shahar Berilgan kuni‎
Shu haqda berildiki,___________________________________________________
‎‎_____________________________________________________________________

(ariza beruvchining nomi)

‎‎_____________________________________________________________________
__________________________________________shugʻullanish huquqiga ega boʻldi.‎

(faoliyat turining nomi)‎

Litsenziya berish uchun vakil qilingan vazirlik
(idora)ning rahbari‎‎
M. Oʻ. ‎

(imzosi)‎

(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1994-y., 4-son, 23-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 9-10-son, 146-modda; 2001-y., 1-2-son, 7-modda; 1-2-son, 8-modda; 5-son, 24-modda)