1-ILOVA
|
1. |
A. Aripov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi |
|
2. |
X. Sultonov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari |
|
3. |
O.Q. Abdurahmonov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari |
|
4. |
B. Kurbanov |
— |
Mudofaa vaziri, Respublika komissiyasi ishchi organi rahbari |
|
5. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari |
|
6. |
B. Valiyev |
— |
Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari |
|
7. |
A. Tashkulov |
— |
Adliya vaziri |
|
8. |
X. Umarova |
— |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
|
9. |
B. Musayev |
— |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri |
|
10. |
O. Nazarbekov |
— |
Madaniyat vaziri |
|
11. |
P. Bobojonov |
— |
Ichki ishlar vaziri |
|
12. |
B. Saidov |
— |
Tashqi ishlar vaziri |
|
13. |
K. Sharipov |
— |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
|
14. |
Q. Quronboyev |
— |
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi |
|
15. |
I. Mirzaaliyev |
— |
Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi, “Jadid” gazetasi bosh muharriri |
|
16. |
I. Norqulov |
— |
Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
17. |
B. Yuldashev |
— |
Fanlar akademiyasi prezidenti |
|
18. |
A. Saʼdullayev |
— |
Yoshlar ishlari agentligi direktori |
|
19. |
B. Abdikarimov |
— |
Madaniy meros agentligi direktori |
|
20. |
U. Shadiyev |
— |
Turizm qoʻmitasi raisi |
|
21. |
D. Maxsudov |
— |
Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari |
|
22. |
A. Xodjayev |
— |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori |
|
23. |
U. Yusupov |
— |
“Oʻzarxiv” agentligi direktori |
|
24. |
Sh. Rizayev |
— |
Kinematografiya agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchi |
|
25. |
A. Nuridinov |
— |
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
|
26. |
A. Koʻchimov |
— |
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
|
27. |
A. Joʻraboyev |
— |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
|
28. |
O. Hasanov |
— |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
|
29. |
S. Turdiyev |
— |
“Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi |
|
30. |
S. Saidov |
— |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
|
31. |
Azamat Ziyo |
— |
Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori |
|
32. |
U. Teshaboyeva |
— |
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori |
|
33. |
J. Ismailova |
— |
Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi direktori |
|
34. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
Jadidlar merosi davlat muzeyi direktori |
|
35. |
B. Hasanov |
— |
Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori |
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbai |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Tashkiliy-amaliy tadbirlar |
||||
|
1. |
Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatni oʻrganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi)ning yigʻilishini oʻtkazish va ish rejasini tasdiqlash. |
2024-yil avgust |
- |
Respublika komissiyasi |
|
2. |
Qatagʻon qurbonlari va jadidlarning viloyat, tuman va shaharlar kesimida nomma-nom aniqlash, ularning hayoti va faoliyati, tarixiy xizmatlari haqidagi maʼlumotlarni, arxiv va muzeylarda saqlanayotgan hujjatlarni toʻplash va oʻrganish boʻyicha olimlar va mutaxassislardan iborat tarkibda hududiy ishchi guruhlar tashkil etish. Bunda Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda uning hududiy boʻlimlari ilmiy xodimlari uchun vazirlik va idoralarning idoraviy arxivlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish. |
2024-yil avgust oyidan boshlab doimiy ravishda |
- |
Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy sud, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, “Oʻzarxiv” agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
3. |
Qatagʻon qurbonlari va jadidlar yashab oʻtgan xonadonlarga tashrif buyurish hamda qatagʻon qurbonlari va jadidlarning avlodlari va yaqinlariga zaruratga koʻra moddiy va maʼnaviy koʻmak berish choralarini koʻrish. |
Har yili may, avgust, oktabr oylarida |
“Nuroniy” jamgʻarmasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari, Yoshlar ishlari agentligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi |
|
4. |
Qatagʻon qurbonlari va jadidlarning oila aʼzolari, farzand va nabiralari hamda boshqa yaqinlarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, davlat mukofotlariga tavsiya etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. |
2025-yil mart |
Mahalliy hokimliklarning budjetdan tashqari mablagʻlari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari |
|
5. |
Qatagʻon qurbonlari va jadidlar tugʻilib voyaga yetgan va istiqomat qilgan hududlardagi mahallalarda va umumtaʼlim maktablarida xotira burchaklarini tashkil etish. |
2024-2025-yillar |
“Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
|
6. |
Taʼlim tashkilotlarida “Mustaqillik darslari” doirasida qatagʻon qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalariga bagʻishlangan oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish. |
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab har yili |
Tashkilotchilar mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
7. |
Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va uning hududiy boʻlimlari fondlarini muntazam boyitib borish, yangi ekspozitsiya va koʻrgazmalar tashkil etish hamda bu borada zamonaviy axborot texnologiyalari, multimedia vositalaridan keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish. |
2024 — 2026-yillar |
Davlat budjeti mablagʻlari, tuzilmasida Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi boʻlgan oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
|
8. |
“Qatagʻon qurbonlari” xotira kitoblarini nashr etish hamda joylardagi mahallalarga yetkazilishini taʼminlash. |
2025-yildan boshlab reja asosida |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
9. |
Qatagʻon qurbonlari va jadidlarning xotirasini abadiylashtirish, ularninr merosini chuqur oʻrganish va keng omma oʻrtasida targʻib etish, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va uning hududiy boʻlimlari fondlarini boyitish, zamonaviy axborot texnologiyalari, multimedia vositalari bilan taʼminlash, kitoblar va yoʻl koʻrsatkichlar chop etish va tayyorlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida mahallalar, tumanlar, hududlar va respublika darajasida maxsus fondlar tashkil etish va ularni moliyalashtirish manbalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
2024-yil oktabr |
- |
Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Adliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
II. Ilmiy-tadqiqot ishlari |
||||
|
10. |
Qatagʻon qurbonlari va jadidlar hayoti va ilmiy merosiga bagʻishlangan toʻplam (kitob)lar tayyorlash va ularning taqdimotlarini oʻtkazish. |
2024-yildan boshlab har yili |
Davlat budjeti, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi mablagʻlari |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi |
|
11. |
Oʻzbekiston tarixi, qatagʻon qurbonlari va maʼrifatparvar jadidlar hayoti va faoliyatini chuqur oʻrganish yuzasidan ilmiy loyihalar uchun grantlar ajratish. Ushbu yoʻnalish boʻyicha ilmiy maktab yaratish, maqsadli aspirantura va doktoranturaga qabulni yoʻlga qoʻyish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil dekabr |
Loyiha uchun ajratiladigan grantlar |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
12. |
Mamlakatimiz ozodligi uchun kurashgan va qatagʻonga uchragan shaxslar hayoti va faoliyatini oʻrganish, bu yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish: ilmiy-tadqiqot ishlarini davlat buyurtmasi talablariga muvofiq tanlovlar asosida shakllantirish va ilmiy loyihalarni amalga oshirish; har bir loyiha natijalarini keng ommalashtirish maqsadida alohida koʻrsatuv va teledasturlarda yoritilishini taʼminlash. |
2024 — 2026-yillar |
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, “Oʻzarxiv” agentligi |
|
13. |
Qatagʻon qurbonlari va jadidlar hayotiga oid ijtimoiy tarmoqlarga moʻljallangan videorolik va multimedia mahsulotlarini davlat buyurtmasi asosida tayyorlash. |
Doimiy |
Davlat budjeti mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi |
|
14. |
Sobiq mustabid tuzum davrida zulm va zoʻravonlik qurboni boʻlgan vatandoshlarimiz va ularning avlodlari yashagan va yashayotgan xonadonlarga yodgorlik lavhalari oʻrnatish, mahalla idoralari binolarida Respublika komissiyasi tomonidan belgilanadigan yagona namuna va tegishli tartibda shakllantiriladigan roʻyxat asosida “Qatagʻon qurbonlari xotirasi burchaklari” va “Mahalla xotira kitoblari”ni tashkil etish ishlarini amalga oshirish. |
2024 — 2026-yillar |
Davlat budjeti mablagʻlari, mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi |
|
15. |
Esdalik lavhalari, “Qatagʻon qurbonlari xotirasi burchaklari” va “Mahalla xotira kitoblari”ning yagona namunasi, ularni oʻrnatish va tashkil etish tartibini belgilash yuzasidan Respublika komissiyasiga taklif kiritish. |
2024-yil avgust |
- |
Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
|
16. |
Keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan tub oʻzgarish va islohotlar, avvalambor, mahalladan boshlanayotganini inobatga olib, boy tariximiz va madaniyatimiz, buyuk allomalarimiz merosi, vatanparvar ajdodlarimizning maʼnaviy jasoratini mahallalarda keng targʻib etish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Alohida reja asosida |
Ijrochilarning mablagʻlari |
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
17. |
Hududlarda muayyan mahalla, qishloq va ovulda tugʻilib oʻsgan va ommaviy qatagʻonlar qurboni boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida “Vatanimiz mustaqilligi va xalqimiz ozodligi yoʻlida jonini fido qilgan ajdodlarimizning xotirasi barhayot!” shiori ostida planshetlar va boshqa koʻrgazmali vositalar oʻrnatish. |
Alohida reja asosida |
Ijrochilarning mablagʻlari |
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi |
|
18. |
Qatagʻon qurbonlari va jadidlik harakati bilan bogʻliq obyektlarni sayyohlik yoʻnalishlariga kiritish, bu mavzuda esdalik sovgʻalari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, mahalliy tadbirkor va hunarmandlar uchun bunday mahsulotlarni tayyorlash va realizatsiya qilish boʻyicha marketing darslarini tashkil etish. |
Alohida reja asosida |
Ijrochilarning mablagʻlari |
Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi |
|
19. |
Jadid maʼrifatparvarlari faoliyatini oʻrgangan tadqiqotchilarning shaxsiy va oilaviy arxivlarida hamda turli kutubxonalarda saqlanayotgan tarixiy manbalarni, noyob suratlarni toʻplash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish hamda toʻplangan ilmiy va tarixiy manbalar bilan Toshkent shahridagi jadid maʼrifatparvarlari asos solgan Turon kutubxonasi fondini boyitib borish. |
Alohida reja asosida |
Davlat budjeti mablagʻlari, mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent shahri hokimligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
|
III. Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar |
||||
|
20. |
“Tarixiy xotira, maʼnaviy va ruhiy tarbiya — Yangi Oʻzbekiston poydevori” degan shior ostida barcha tuman va shaharlarda, mahallalarda, tashkilot va muassasalarda maʼnaviy-maʼrifiy, targʻibot-tushuntirish tadbirlari hamda davra suhbatlari, taʼlim muassasalari va mahallalarda uch avlod uchrashuvlari, xotira va qadrlash mavzusida tadbirlar tashkil etish va oʻtkazish. |
2024-yildan boshlab har yili avgust va oktabr oylarida |
Tashkilotchilar mablagʻlari |
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, OʻzFA, Yozuvchilar uyushmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
21. |
Qatagʻon qurbonlari va jadidlar hayoti, faoliyati, ularning mustaqillik yoʻlidagi kurashlari, maʼrifatparvarlik gʻoyalari haqida badiiy va hujjatli filmlar, multfilmlar va boshqa ijodiy mahsulotlar tayyorlash. Bunda yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, rejissorlar va ijodkorlar oʻrtasida ushbu mavzuga doir eng yaxshi asarlar tanlovini oʻtkazish. |
Doimiy |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, “Oʻzarxiv” agentligi, Fanlar akademiyasi |
|
22. |
Mahalla va xonadonlarda oʻtkazilayotgan tadbir va marosimlarda aholiga: xalqimizning mustaqillikka erishish yoʻlidagi koʻp asrlik mardona kurashi va ajdodlarimizning gʻoyat murakkab davrlarda ham dinu diyonatini asrab, uni hamisha qalbida saqlab kelayotgani hamda ularning ibratli hayoti; Yangi Oʻzbekistondagi bugungi erkin va farovon hayot, vijdon erkinligi va diniy bagʻrikenglik, bu borada xalqimizga yaratilayotgan qulay sharoitlar haqida keng maʼlumotlar berilishiga doimiy eʼtibor qaratish. |
Doimiy |
- |
Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi |
|
23. |
Internet tarmogʻida jadidlar va qatagʻon qurbonlari haqida turli yoshdagi auditoriya, ayniqsa, yoshlar uchun mos keladigan, ularning eʼtiborini tortadigan shakl va koʻrinishdagi materiallarni joylashtirib borish. Bu borada foydalanuvchilar oʻrtasida turli tanlovlar va aksiyalar oʻtkazish. |
Alohida reja asosida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Raqamli texnologiyalar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi |
|
24. |
Fanlar akademiyasi Tarix institutining “Jadidlar.uz” elektron platformasini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish va platformani yangi elektron adabiyotlar, tarixiy manbalar, jadid matbuoti namunalari va audiovizual mahsulotlar bilan boyitish choralarini koʻrish. |
Alohida reja asosida |
Davlat budjeti mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari |
Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Fanlar akademiyasi Tarix instituti |
|
25. |
Qatagʻon qurbonlarining nomlarini tiklash va xotirasini abadiylashtirish boʻyicha xalqaro konferensiya va davra suhbatlari oʻtkazish. |
Alohida reja asosida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, OʻzFA |
|
26. |
“Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda oʻzbek maʼrifatparvarlarining oʻrni va roli” mavzusida Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Ubaydulla Xoʻjayev, Abdurauf Fitrat, Isʼhoqxon Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Choʻlpon, Ashurali Zohiriy, Hoji Muin va boshqa tarixiy qahramonlarimiz jasoratini tahliliy asosda ochib berish, ularning vatanparvarlik gʻoyalarini keng targʻib etish maqsadida alohida risola va videoroliklar tayyorlash. |
2024-yildan boshlab alohida reja asosida |
Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi, ijrochilar mablagʻlari |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Fanlar akademiyasi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
|
27. |
Jadid maʼrifatparvarlari haqida plakatlar toʻplami va taqvimini tayyorlash. |
2025-yil alohida reja asosida |
Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |