19.07.2024 yildagi PQ-270-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’lumki, 1937 — 1953-yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod xalqimiz vakillari qatag‘on siyosatining qurboni bo‘lgan. Bu yurtdoshlarimizning 13 ming nafari otib tashlangan, minglab kishilar nohaq quloq qilingan, surgunlarga jo‘natilgan. Ular orasida atoqli davlat va siyosat arboblari, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, diniy ulamolar, harbiy soha va sud-huquq tizimi xodimlari, ishchi-dehqonlar va ularning oila a’zolari bo‘lgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatanimizning milliy istiqloli, xalqimiz ozodligi uchun kurashib, shu yo‘lda jonini fido etgan, siyosiy qatag‘on qurbonlari bo‘lgan ota-bobolarimizning hayoti va faoliyatini atroflicha o‘rganish va tadqiq etish, ularning nomlari va xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha keyingi yillarda yurtimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, 2021 — 2024-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatag‘on qurbonlarining nomlari oqlanganini alohida qayd etish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi murakkab va tahlikali davrda mustaqilligimizni har tomonlama mustahkamlash, tariximizning noma’lum sahifalarini tiklash va ilmiy nuqtai nazardan chuqur o‘rganish, inson, uning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida e’tirof etish, shu asosda yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlodning Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini, fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, ularni bugungi tinch, erkin va ozod hayotning qadriga yetish ruhida tarbiyalash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qatag‘on qurboni bo‘lgan shaxslarning hayoti va faoliyatini o‘rganish, ularni nomma-nom aniqlash, tarixiy xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni, arxiv va muzeylar, kutubxonalar va turli fondlarda saqlanayotgan hujjatlarni to‘plash va tadqiq etish, ommalashtirish uchun ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qatag‘on qurbonlarining avlodlari va yaqinlari, o‘sha davr voqealariga guvoh bo‘lgan insonlarning xotiralarini yozib olish, oilaviy arxiv va kutubxonalarda saqlanayotgan tarixiy manbalarni, noyob suratlarni to‘plash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, uning hududlardagi bo‘limlari hamda Jadidlar merosi davlat muzeyining mavzuga doir ma’lumotlar, ashyoviy dalil va hujjatlar, boshqa tegishli eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qatag‘on qilingan yurtdoshlarimiz haqidagi tarixiy haqiqatni tiklash va kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida ko‘p jildlik “Qatag‘on qurbonlari” kitobini chop etish hamda ularning nomlarini Toshkent shahridagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida barpo etiladigan ramziy kitob sahifalariga kiritish ishlarini davom ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet eldagi turli fondlar, arxiv, muzey, kutubxona va boshqa ilmiy-ma’rifiy muassasalar hamda tegishli mutaxassislar bilan hamkorlik o‘rnatgan holda, mavzuga oid ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh avlodni Vatanimiz ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan buyuk ajdodlarimiz xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning jasorati va ibratli faoliyatini targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yo‘lga qo‘yish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasining ishchi organi etib Mudofaa vazirligining umumiy rahbarligida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, “Shon-sharaf” davlat muzeyi mas’ul xodimlari va yetakchi mutaxassislaridan iborat guruh belgilansin.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-fevraldagi PF-20-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining har yili oktabr oyining birinchi haftasini mamlakatimizda Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi Qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligini munosib darajada o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va ularning amalga oshirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qatag‘on qurbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalarining ibratli hayoti va faoliyatini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida yanada keng targ‘ib etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi xalqimizning mustaqillikka erishish yo‘lidagi ko‘p asrlik mardona kurashi, bu yo‘lda siyosiy qatag‘onga uchragan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyati hamda ularning xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari, davra suhbatlari, ta’lim muassasalari va mahallalarda uch avlod uchrashuvlarini tashkil etib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi davlat buyurtmasi asosida spektakllar, badiiy va hujjatli filmlar yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar ishlari agentligi audiovizual mahsulotlar tayyorlab, ularni internet tarmog‘ida ommalashtirsin, shuningdek, foydalanuvchilar o‘rtasida turli tanlov, musobaqa va aksiyalar o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Fanlar akademiyasi Tarix institutining “Jadidlar.uz” elektron platformasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish va platformani yangi elektron adabiyotlar, tarixiy manbalar, jadid matbuoti namunalari va audiovizual mahsulotlar bilan boyitish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan “Mustaqillik darslari” doirasida qatag‘on qurbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalariga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm qo‘mitasi qatag‘on qurbonlarining nomlari bilan bog‘liq muzey va obyektlarni sayyohlik yo‘nalishlariga kiritish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi bilan birgalikda Respublika komissiyasining qarori asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati vakillari bo‘lgan shaxslar tug‘ilib o‘sgan, yashagan xonadonlarni aniqlasin va ularda esdalik lavhalarini o‘rnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda va umumta’lim maktablarida tegishli tarzda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi burchaklari”ni, stendlar va boshqa ko‘rgazmali vositalarni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda belgilangan vazifalar mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qatag‘on qurbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalarining hayoti va faoliyati, ilmiy-ijodiy merosi, shuningdek, o‘sha davrdagi siyosiy-ijtimoiy jarayonlar bo‘yicha tadqiqotlar olib borish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mavzuga oid ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasining tanlovlar asosida shakllantirilishi hamda ilmiy loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, “O‘zarxiv” agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalarining ilmiy-ijodiy faoliyatiga tegishli nodir kitoblar, qo‘lyozma asarlar, tarixiy hujjatlar va boshqa materiallarni ta’mirlasin hamda raqamlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zarxiv” agentligi Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda davlat arxivlarida saqlanayotgan qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalariga oid muayyan arxiv hujjatlarini belgilangan tartibda maxfiylikdan chiqarish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalarining nomlarini aniqlash borasida izlanishlar olib borish uchun Respublika komissiyasi tavsiyasiga asosan, tegishli idoraviy arxivlardan foydalanish imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga doir chet ellardagi mavjud manbalarni izlab topish va o‘rganishda xorijdagi ilmiy-tadqiqot markazlari, nufuzli universitet va fondlar hamda soha mutaxassislari bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Madaniy meros agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shaxsiy va oilaviy arxivlarda saqlab kelinayotgan qatag‘on qurbonlari faoliyatiga bevosita daxldor bo‘lgan qo‘lyozma, kitob, surat va buyum shaklidagi tarixiy-madaniy ashyolarning davlat muzeylari fondlariga qabul qilib olinishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va uning hududlardagi bo‘limlari fondlarini muntazam boyitib borish, ularda yangi ekspozitsiya va ko‘rgazmalar tashkil etish hamda bu borada zamonaviy raqamli texnologiyalar va multimedia vositalaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Bojxona qo‘mitasi ushbu qaror bilan belgilangan vazifalarni bajarishda daxldor vazirlik, idora va tashkilotlarga har tomonlama yordam ko‘rsatilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Adliya vazirligi Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘onga uchragan shaxslarni reabilitatsiya qilish tartibini nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yildan boshlab qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalariga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish, “Qatag‘on qurbonlari” xotira kitoblarini, kitob va albomlar, yo‘l ko‘rsatkichlarini tayyorlash, shuningdek, ko‘rgazmalar tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda inobatga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining tuzilmasini takomillashtirish, jumladan, uning tarkibida multimedia, nashriyot va matbaa bo‘linmalarini tashkil etish hamda muzey va uning hududiy bo‘limlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyati, ularning ilmiy-ijodiy merosining mohiyati va tarbiyaviy ahamiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni keng yoritish, mavzuga oid teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni muntazam efirga uzatish hamda matbuot nashrlari va internet sahifalarida maqolalar e’lon qilib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 19-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-270-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi PQ-270-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A. Aripov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi

2.

X. Sultonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Respublika komissiyasi raisi o‘rinbosari

3.

O.Q. Abdurahmonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari

4.

B. Kurbanov

Mudofaa vaziri, Respublika komissiyasi ishchi organi rahbari

5.

Lavozimi bo‘yicha

Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari

6.

B. Valiyev

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari

7.

A. Tashkulov

Adliya vaziri

8.

X. Umarova

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

9.

B. Musayev

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri

10.

O. Nazarbekov

Madaniyat vaziri

11.

P. Bobojonov

Ichki ishlar vaziri

12.

B. Saidov

Tashqi ishlar vaziri

13.

K. Sharipov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

14.

Q. Quronboyev

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi

15.

I. Mirzaaliyev

Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi, “Jadid” gazetasi bosh muharriri

16.

I. Norqulov

Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

17.

B. Yuldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

18.

A. Sa’dullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

19.

B. Abdikarimov

Madaniy meros agentligi direktori

20.

U. Shadiyev

Turizm qo‘mitasi raisi

21.

D. Maxsudov

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari

22.

A. Xodjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

23.

U. Yusupov

“O‘zarxiv” agentligi direktori

24.

Sh. Rizayev

Kinematografiya agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchi

25.

A. Nuridinov

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi

26.

A. Ko‘chimov

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

27.

A. Jo‘raboyev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

28.

O. Hasanov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

29.

S. Turdiyev

“Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi

30.

S. Saidov

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

31.

Azamat Ziyo

Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori

32.

U. Teshaboyeva

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori

33.

J. Ismailova

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori

34.

Lavozimi bo‘yicha

Jadidlar merosi davlat muzeyi direktori

35.

B. Hasanov

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi ishida ishtirok etish uchun soha yo‘nalishidagi boshqa mutaxassislar ham jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi PQ-270-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Mas’ul ijrochilar

I. Tashkiliy-amaliy tadbirlar

1.

Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatni o‘rganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi)ning yig‘ilishini o‘tkazish va ish rejasini tasdiqlash.

2024-yil avgust

-

Respublika komissiyasi

2.

Qatag‘on qurbonlari va jadidlarning viloyat, tuman va shaharlar kesimida nomma-nom aniqlash, ularning hayoti va faoliyati, tarixiy xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni, arxiv va muzeylarda saqlanayotgan hujjatlarni to‘plash va o‘rganish bo‘yicha olimlar va mutaxassislardan iborat tarkibda hududiy ishchi guruhlar tashkil etish.

Bunda Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda uning hududiy bo‘limlari ilmiy xodimlari uchun vazirlik va idoralarning idoraviy arxivlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish.

2024-yil avgust oyidan boshlab doimiy ravishda

-

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oliy sud,

Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

“O‘zarxiv” agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3.

Qatag‘on qurbonlari va jadidlar yashab o‘tgan xonadonlarga tashrif buyurish hamda qatag‘on qurbonlari va jadidlarning avlodlari va yaqinlariga zaruratga ko‘ra moddiy va ma’naviy ko‘mak berish choralarini ko‘rish.

Har yili may, avgust, oktabr oylarida

“Nuroniy” jamg‘armasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari,

Yoshlar ishlari agentligi,

“Nuroniy” jamg‘armasi,

“Mahalla” xayriya jamoat fondi

4.

Qatag‘on qurbonlari va jadidlarning oila a’zolari, farzand va nabiralari hamda boshqa yaqinlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, davlat mukofotlariga tavsiya etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2025-yil mart

Mahalliy hokimliklarning budjetdan tashqari mablag‘lari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi,

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari

5.

Qatag‘on qurbonlari va jadidlar tug‘ilib voyaga yetgan va istiqomat qilgan hududlardagi mahallalarda va umumta’lim maktablarida xotira burchaklarini tashkil etish.

2024-2025-yillar

“Mahalla” xayriya jamoat fondi mablag‘lari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

6.

Ta’lim tashkilotlarida “Mustaqillik darslari” doirasida qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalariga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish.

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab har yili

Tashkilotchilar mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

7.

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va uning hududiy bo‘limlari fondlarini muntazam boyitib borish, yangi ekspozitsiya va ko‘rgazmalar tashkil etish hamda bu borada zamonaviy axborot texnologiyalari, multimedia vositalaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

2024 — 2026-yillar

Davlat budjeti mablag‘lari, tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

8.

“Qatag‘on qurbonlari” xotira kitoblarini nashr etish hamda joylardagi mahallalarga yetkazilishini ta’minlash.

2025-yildan boshlab reja asosida

Davlat budjeti mablag‘lari

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

9.

Qatag‘on qurbonlari va jadidlarning xotirasini abadiylashtirish, ularninr merosini chuqur o‘rganish va keng omma o‘rtasida targ‘ib etish, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va uning hududiy bo‘limlari fondlarini boyitish, zamonaviy axborot texnologiyalari, multimedia vositalari bilan ta’minlash, kitoblar va yo‘l ko‘rsatkichlar chop etish va tayyorlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida mahallalar, tumanlar, hududlar va respublika darajasida maxsus fondlar tashkil etish va ularni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2024-yil oktabr

-

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Adliya vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Fanlar akademiyasi

II. Ilmiy-tadqiqot ishlari

10.

Qatag‘on qurbonlari va jadidlar hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan to‘plam (kitob)lar tayyorlash va ularning taqdimotlarini o‘tkazish.

2024-yildan boshlab har yili

Davlat budjeti, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mablag‘lari

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi

11.

O‘zbekiston tarixi, qatag‘on qurbonlari va ma’rifatparvar jadidlar hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish yuzasidan ilmiy loyihalar uchun grantlar ajratish.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha ilmiy maktab yaratish, maqsadli aspirantura va doktoranturaga qabulni yo‘lga qo‘yish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil dekabr

Loyiha uchun ajratiladigan grantlar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi

12.

Mamlakatimiz ozodligi uchun kurashgan va qatag‘onga uchragan shaxslar hayoti va faoliyatini o‘rganish, bu yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish:

ilmiy-tadqiqot ishlarini davlat buyurtmasi talablariga muvofiq tanlovlar asosida shakllantirish va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

har bir loyiha natijalarini keng ommalashtirish maqsadida alohida ko‘rsatuv va teledasturlarda yoritilishini ta’minlash.

2024 — 2026-yillar

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

“O‘zarxiv” agentligi

13.

Qatag‘on qurbonlari va jadidlar hayotiga oid ijtimoiy tarmoqlarga mo‘ljallangan videorolik va multimedia mahsulotlarini davlat buyurtmasi asosida tayyorlash.

Doimiy

Davlat budjeti mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Fanlar akademiyasi

14.

Sobiq mustabid tuzum davrida zulm va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan vatandoshlarimiz va ularning avlodlari yashagan va yashayotgan xonadonlarga yodgorlik lavhalari o‘rnatish, mahalla idoralari binolarida Respublika komissiyasi tomonidan belgilanadigan yagona namuna va tegishli tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat asosida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi burchaklari” va “Mahalla xotira kitoblari”ni tashkil etish ishlarini amalga oshirish.

2024 — 2026-yillar

Davlat budjeti mablag‘lari, mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

15.

Esdalik lavhalari, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi burchaklari” va “Mahalla xotira kitoblari”ning yagona namunasi, ularni o‘rnatish va tashkil etish tartibini belgilash yuzasidan Respublika komissiyasiga taklif kiritish.

2024-yil avgust

-

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Fanlar akademiyasi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

16.

Keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan tub o‘zgarish va islohotlar, avvalambor, mahalladan boshlanayotganini inobatga olib, boy tariximiz va madaniyatimiz, buyuk allomalarimiz merosi, vatanparvar ajdodlarimizning ma’naviy jasoratini mahallalarda keng targ‘ib etish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.

Alohida reja asosida

Ijrochilarning mablag‘lari

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

17.

Hududlarda muayyan mahalla, qishloq va ovulda tug‘ilib o‘sgan va ommaviy qatag‘onlar qurboni bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida “Vatanimiz mustaqilligi va xalqimiz ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimizning xotirasi barhayot!” shiori ostida planshetlar va boshqa ko‘rgazmali vositalar o‘rnatish.

Alohida reja asosida

Ijrochilarning mablag‘lari

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

18.

Qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati bilan bog‘liq obyektlarni sayyohlik yo‘nalishlariga kiritish, bu mavzuda esdalik sovg‘alari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mahalliy tadbirkor va hunarmandlar uchun bunday mahsulotlarni tayyorlash va realizatsiya qilish bo‘yicha marketing darslarini tashkil etish.

Alohida reja asosida

Ijrochilarning mablag‘lari

Turizm qo‘mitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

19.

Jadid ma’rifatparvarlari faoliyatini o‘rgangan tadqiqotchilarning shaxsiy va oilaviy arxivlarida hamda turli kutubxonalarda saqlanayotgan tarixiy manbalarni, noyob suratlarni to‘plash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish hamda to‘plangan ilmiy va tarixiy manbalar bilan Toshkent shahridagi jadid ma’rifatparvarlari asos solgan Turon kutubxonasi fondini boyitib borish.

Alohida reja asosida

Davlat budjeti mablag‘lari, mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Toshkent shahri hokimligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

III. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar

20.

“Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya — Yangi O‘zbekiston poydevori” degan shior ostida barcha tuman va shaharlarda, mahallalarda, tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari hamda davra suhbatlari, ta’lim muassasalari va mahallalarda uch avlod uchrashuvlari, xotira va qadrlash mavzusida tadbirlar tashkil etish va o‘tkazish.

2024-yildan boshlab har yili avgust va oktabr oylarida

Tashkilotchilar mablag‘lari

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

O‘zFA,

Yozuvchilar uyushmasi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

21.

Qatag‘on qurbonlari va jadidlar hayoti, faoliyati, ularning mustaqillik yo‘lidagi kurashlari, ma’rifatparvarlik g‘oyalari haqida badiiy va hujjatli filmlar, multfilmlar va boshqa ijodiy mahsulotlar tayyorlash.

Bunda yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, rejissorlar va ijodkorlar o‘rtasida ushbu mavzuga doir eng yaxshi asarlar tanlovini o‘tkazish.

Doimiy

Davlat budjeti mablag‘lari

Kinematografiya agentligi,

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

Yozuvchilar uyushmasi,

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi,

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

“O‘zarxiv” agentligi,

Fanlar akademiyasi

22.

Mahalla va xonadonlarda o‘tkazilayotgan tadbir va marosimlarda aholiga:

xalqimizning mustaqillikka erishish yo‘lidagi ko‘p asrlik mardona kurashi va ajdodlarimizning g‘oyat murakkab davrlarda ham dinu diyonatini asrab, uni hamisha qalbida saqlab kelayotgani hamda ularning ibratli hayoti;

Yangi O‘zbekistondagi bugungi erkin va farovon hayot, vijdon erkinligi va diniy bag‘rikenglik, bu borada xalqimizga yaratilayotgan qulay sharoitlar haqida keng ma’lumotlar berilishiga doimiy e’tibor qaratish.

Doimiy

-

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi,

“Nuroniy” jamg‘armasi,

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi,

“Mahalla” xayriya jamoat fondi

23.

Internet tarmog‘ida jadidlar va qatag‘on qurbonlari haqida turli yoshdagi auditoriya, ayniqsa, yoshlar uchun mos keladigan, ularning e’tiborini tortadigan shakl va ko‘rinishdagi materiallarni joylashtirib borish.

Bu borada foydalanuvchilar o‘rtasida turli tanlovlar va aksiyalar o‘tkazish.

Alohida reja asosida

Ijrochilar mablag‘lari

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

24.

Fanlar akademiyasi Tarix institutining “Jadidlar.uz” elektron platformasini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish va platformani yangi elektron adabiyotlar, tarixiy manbalar, jadid matbuoti namunalari va audiovizual mahsulotlar bilan boyitish choralarini ko‘rish.

Alohida reja asosida

Davlat budjeti mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Fanlar akademiyasi Tarix instituti

25.

Qatag‘on qurbonlarining nomlarini tiklash va xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiya va davra suhbatlari o‘tkazish.

Alohida reja asosida

Ijrochilar mablag‘lari

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

O‘zFA

26.

“Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘zbek ma’rifatparvarlarining o‘rni va roli” mavzusida Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Ubaydulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat, Is’hoqxon Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Ashurali Zohiriy, Hoji Muin va boshqa tarixiy qahramonlarimiz jasoratini tahliliy asosda ochib berish, ularning vatanparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib etish maqsadida alohida risola va videoroliklar tayyorlash.

2024-yildan boshlab alohida reja asosida

Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi, ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Fanlar akademiyasi,

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Madaniyat vazirligi,

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

27.

Jadid ma’rifatparvarlari haqida plakatlar to‘plami va taqvimini tayyorlash.

2025-yil alohida reja asosida

Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Fanlar akademiyasi,

Madaniyat vazirligi,

Badiiy akademiya,

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 07/24/270/0534-son)