19.07.2024 yildagi PQ-270-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.02.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini oʻrganish, targʻib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumki, 1937 — 1953-yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod xalqimiz vakillari qatagʻon siyosatining qurboni boʻlgan. Bu yurtdoshlarimizning 13 ming nafari otib tashlangan, minglab kishilar nohaq quloq qilingan, surgunlarga joʻnatilgan. Ular orasida atoqli davlat va siyosat arboblari, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, diniy ulamolar, harbiy soha va sud-huquq tizimi xodimlari, ishchi-dehqonlar va ularning oila aʼzolari boʻlgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatanimizning milliy istiqloli, xalqimiz ozodligi uchun kurashib, shu yoʻlda jonini fido etgan, siyosiy qatagʻon qurbonlari boʻlgan ota-bobolarimizning hayoti va faoliyatini atroflicha oʻrganish va tadqiq etish, ularning nomlari va xotirasini abadiylashtirish boʻyicha keyingi yillarda yurtimizda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, 2021 — 2024-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatagʻon qurbonlarining nomlari oqlanganini alohida qayd etish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi murakkab va tahlikali davrda mustaqilligimizni har tomonlama mustahkamlash, tariximizning nomaʼlum sahifalarini tiklash va ilmiy nuqtai nazardan chuqur oʻrganish, inson, uning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida eʼtirof etish, shu asosda yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlodning Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuygʻusini, fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, ularni bugungi tinch, erkin va ozod hayotning qadriga yetish ruhida tarbiyalash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini oʻrganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qatagʻon qurboni boʻlgan shaxslarning hayoti va faoliyatini oʻrganish, ularni nomma-nom aniqlash, tarixiy xizmatlari haqidagi maʼlumotlarni, arxiv va muzeylar, kutubxonalar va turli fondlarda saqlanayotgan hujjatlarni toʻplash va tadqiq etish, ommalashtirish uchun ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qatagʻon qurbonlarining avlodlari va yaqinlari, oʻsha davr voqealariga guvoh boʻlgan insonlarning xotiralarini yozib olish, oilaviy arxiv va kutubxonalarda saqlanayotgan tarixiy manbalarni, noyob suratlarni toʻplash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, uning hududlardagi boʻlimlari hamda Jadidlar merosi davlat muzeyining mavzuga doir maʼlumotlar, ashyoviy dalil va hujjatlar, boshqa tegishli eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qatagʻon qilingan yurtdoshlarimiz haqidagi tarixiy haqiqatni tiklash va kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida koʻp jildlik “Qatagʻon qurbonlari” kitobini chop etish hamda ularning nomlarini Toshkent shahridagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida barpo etiladigan ramziy kitob sahifalariga kiritish ishlarini davom ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet eldagi turli fondlar, arxiv, muzey, kutubxona va boshqa ilmiy-maʼrifiy muassasalar hamda tegishli mutaxassislar bilan hamkorlik oʻrnatgan holda, mavzuga oid ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh avlodni Vatanimiz ozodligi yoʻlida jonini fido qilgan buyuk ajdodlarimiz xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning jasorati va ibratli faoliyatini targʻib etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yoʻlga qoʻyish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasining ishchi organi etib Mudofaa vazirligining umumiy rahbarligida Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi, “Shon-sharaf” davlat muzeyi masʼul xodimlari va yetakchi mutaxassislaridan iborat guruh belgilansin.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-fevraldagi PF-20-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyining har yili oktabr oyining birinchi haftasini mamlakatimizda Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi Qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligini munosib darajada oʻtkazish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va ularning amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qatagʻon qurbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalarining ibratli hayoti va faoliyatini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida yanada keng targʻib etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi xalqimizning mustaqillikka erishish yoʻlidagi koʻp asrlik mardona kurashi, bu yoʻlda siyosiy qatagʻonga uchragan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyati hamda ularning xotirasiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari, davra suhbatlari, taʼlim muassasalari va mahallalarda uch avlod uchrashuvlarini tashkil etib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi davlat buyurtmasi asosida spektakllar, badiiy va hujjatli filmlar yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar ishlari agentligi audiovizual mahsulotlar tayyorlab, ularni internet tarmogʻida ommalashtirsin, shuningdek, foydalanuvchilar oʻrtasida turli tanlov, musobaqa va aksiyalar oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Fanlar akademiyasi Tarix institutining “Jadidlar.uz” elektron platformasini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish va platformani yangi elektron adabiyotlar, tarixiy manbalar, jadid matbuoti namunalari va audiovizual mahsulotlar bilan boyitish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladigan “Mustaqillik darslari” doirasida qatagʻon qurbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalariga bagʻishlangan oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm qoʻmitasi qatagʻon qurbonlarining nomlari bilan bogʻliq muzey va obyektlarni sayyohlik yoʻnalishlariga kiritish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi bilan birgalikda Respublika komissiyasining qarori asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qatagʻon qurbonlari va jadidlik harakati vakillari boʻlgan shaxslar tugʻilib oʻsgan, yashagan xonadonlarni aniqlasin va ularda esdalik lavhalarini oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda va umumtaʼlim maktablarida tegishli tarzda “Qatagʻon qurbonlari xotirasi burchaklari”ni, stendlar va boshqa koʻrgazmali vositalarni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda belgilangan vazifalar mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qatagʻon qurbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalarining hayoti va faoliyati, ilmiy-ijodiy merosi, shuningdek, oʻsha davrdagi siyosiy-ijtimoiy jarayonlar boʻyicha tadqiqotlar olib borish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mavzuga oid ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasining tanlovlar asosida shakllantirilishi hamda ilmiy loyihalarning amalga oshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, “Oʻzarxiv” agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi qatagʻon qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalarining ilmiy-ijodiy faoliyatiga tegishli nodir kitoblar, qoʻlyozma asarlar, tarixiy hujjatlar va boshqa materiallarni taʼmirlasin hamda raqamlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzarxiv” agentligi Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda davlat arxivlarida saqlanayotgan qatagʻon qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalariga oid muayyan arxiv hujjatlarini belgilangan tartibda maxfiylikdan chiqarish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar qatagʻon qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalarining nomlarini aniqlash borasida izlanishlar olib borish uchun Respublika komissiyasi tavsiyasiga asosan, tegishli idoraviy arxivlardan foydalanish imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi qatagʻon qurbonlarining hayoti va faoliyatiga doir chet ellardagi mavjud manbalarni izlab topish va oʻrganishda xorijdagi ilmiy-tadqiqot markazlari, nufuzli universitet va fondlar hamda soha mutaxassislari bilan yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda amaliy yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Madaniy meros agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shaxsiy va oilaviy arxivlarda saqlab kelinayotgan qatagʻon qurbonlari faoliyatiga bevosita daxldor boʻlgan qoʻlyozma, kitob, surat va buyum shaklidagi tarixiy-madaniy ashyolarning davlat muzeylari fondlariga qabul qilib olinishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va uning hududlardagi boʻlimlari fondlarini muntazam boyitib borish, ularda yangi ekspozitsiya va koʻrgazmalar tashkil etish hamda bu borada zamonaviy raqamli texnologiyalar va multimedia vositalaridan keng foydalanishni yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Bojxona qoʻmitasi ushbu qaror bilan belgilangan vazifalarni bajarishda daxldor vazirlik, idora va tashkilotlarga har tomonlama yordam koʻrsatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Adliya vazirligi Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda mustabid tuzum davrida siyosiy qatagʻonga uchragan shaxslarni reabilitatsiya qilish tartibini nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yildan boshlab qatagʻon qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalariga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazish, “Qatagʻon qurbonlari” xotira kitoblarini, kitob va albomlar, yoʻl koʻrsatkichlarini tayyorlash, shuningdek, koʻrgazmalar tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda inobatga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyining tuzilmasini takomillashtirish, jumladan, uning tarkibida multimedia, nashriyot va matbaa boʻlinmalarini tashkil etish hamda muzey va uning hududiy boʻlimlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini oʻrganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga qatagʻon qurbonlarining hayoti va faoliyati, ularning ilmiy-ijodiy merosining mohiyati va tarbiyaviy ahamiyatini targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni keng yoritish, mavzuga oid telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarni muntazam efirga uzatish hamda matbuot nashrlari va internet sahifalarida maqolalar eʼlon qilib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 19-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-270-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi PQ-270-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini oʻrganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi

2.

X. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari

3.

O.Q. Abdurahmonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari

4.

B. Kurbanov

Mudofaa vaziri, Respublika komissiyasi ishchi organi rahbari

5.

Lavozimi boʻyicha

Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari

6.

B. Valiyev

Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari

7.

A. Tashkulov

Adliya vaziri

8.

X. Umarova

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

9.

B. Musayev

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

10.

O. Nazarbekov

Madaniyat vaziri

11.

P. Bobojonov

Ichki ishlar vaziri

12.

B. Saidov

Tashqi ishlar vaziri

13.

K. Sharipov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

14.

Q. Quronboyev

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi

15.

I. Mirzaaliyev

Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi, “Jadid” gazetasi bosh muharriri

16.

I. Norqulov

Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

17.

B. Yuldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

18.

A. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

19.

B. Abdikarimov

Madaniy meros agentligi direktori

20.

U. Shadiyev

Turizm qoʻmitasi raisi

21.

D. Maxsudov

Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari

22.

A. Xodjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

23.

U. Yusupov

“Oʻzarxiv” agentligi direktori

24.

Sh. Rizayev

Kinematografiya agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchi

25.

A. Nuridinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

26.

A. Koʻchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

27.

A. Joʻraboyev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

28.

O. Hasanov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

29.

S. Turdiyev

“Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi

30.

S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

31.

Azamat Ziyo

Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori

32.

U. Teshaboyeva

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori

33.

J. Ismailova

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi direktori

34.

Lavozimi boʻyicha

Jadidlar merosi davlat muzeyi direktori

35.

B. Hasanov

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi ishida ishtirok etish uchun soha yoʻnalishidagi boshqa mutaxassislar ham jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi PQ-270-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini oʻrganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

I. Tashkiliy-amaliy tadbirlar

1.

Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatni oʻrganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi)ning yigʻilishini oʻtkazish va ish rejasini tasdiqlash.

2024-yil avgust

-

Respublika komissiyasi

2.

Qatagʻon qurbonlari va jadidlarning viloyat, tuman va shaharlar kesimida nomma-nom aniqlash, ularning hayoti va faoliyati, tarixiy xizmatlari haqidagi maʼlumotlarni, arxiv va muzeylarda saqlanayotgan hujjatlarni toʻplash va oʻrganish boʻyicha olimlar va mutaxassislardan iborat tarkibda hududiy ishchi guruhlar tashkil etish.

Bunda Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda uning hududiy boʻlimlari ilmiy xodimlari uchun vazirlik va idoralarning idoraviy arxivlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish.

2024-yil avgust oyidan boshlab doimiy ravishda

-

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oliy sud,

Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

“Oʻzarxiv” agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3.

Qatagʻon qurbonlari va jadidlar yashab oʻtgan xonadonlarga tashrif buyurish hamda qatagʻon qurbonlari va jadidlarning avlodlari va yaqinlariga zaruratga koʻra moddiy va maʼnaviy koʻmak berish choralarini koʻrish.

Har yili may, avgust, oktabr oylarida

“Nuroniy” jamgʻarmasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari,

Yoshlar ishlari agentligi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

“Mahalla” xayriya jamoat fondi

4.

Qatagʻon qurbonlari va jadidlarning oila aʼzolari, farzand va nabiralari hamda boshqa yaqinlarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, davlat mukofotlariga tavsiya etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2025-yil mart

Mahalliy hokimliklarning budjetdan tashqari mablagʻlari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari

5.

Qatagʻon qurbonlari va jadidlar tugʻilib voyaga yetgan va istiqomat qilgan hududlardagi mahallalarda va umumtaʼlim maktablarida xotira burchaklarini tashkil etish.

2024-2025-yillar

“Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

6.

Taʼlim tashkilotlarida “Mustaqillik darslari” doirasida qatagʻon qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalariga bagʻishlangan oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab har yili

Tashkilotchilar mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

7.

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va uning hududiy boʻlimlari fondlarini muntazam boyitib borish, yangi ekspozitsiya va koʻrgazmalar tashkil etish hamda bu borada zamonaviy axborot texnologiyalari, multimedia vositalaridan keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish.

2024 — 2026-yillar

Davlat budjeti mablagʻlari, tuzilmasida Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi boʻlgan oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

8.

“Qatagʻon qurbonlari” xotira kitoblarini nashr etish hamda joylardagi mahallalarga yetkazilishini taʼminlash.

2025-yildan boshlab reja asosida

Davlat budjeti mablagʻlari

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

9.

Qatagʻon qurbonlari va jadidlarning xotirasini abadiylashtirish, ularninr merosini chuqur oʻrganish va keng omma oʻrtasida targʻib etish, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va uning hududiy boʻlimlari fondlarini boyitish, zamonaviy axborot texnologiyalari, multimedia vositalari bilan taʼminlash, kitoblar va yoʻl koʻrsatkichlar chop etish va tayyorlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida mahallalar, tumanlar, hududlar va respublika darajasida maxsus fondlar tashkil etish va ularni moliyalashtirish manbalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2024-yil oktabr

-

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Adliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Fanlar akademiyasi

II. Ilmiy-tadqiqot ishlari

10.

Qatagʻon qurbonlari va jadidlar hayoti va ilmiy merosiga bagʻishlangan toʻplam (kitob)lar tayyorlash va ularning taqdimotlarini oʻtkazish.

2024-yildan boshlab har yili

Davlat budjeti, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi mablagʻlari

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi

11.

Oʻzbekiston tarixi, qatagʻon qurbonlari va maʼrifatparvar jadidlar hayoti va faoliyatini chuqur oʻrganish yuzasidan ilmiy loyihalar uchun grantlar ajratish.

Ushbu yoʻnalish boʻyicha ilmiy maktab yaratish, maqsadli aspirantura va doktoranturaga qabulni yoʻlga qoʻyish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil dekabr

Loyiha uchun ajratiladigan grantlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi

12.

Mamlakatimiz ozodligi uchun kurashgan va qatagʻonga uchragan shaxslar hayoti va faoliyatini oʻrganish, bu yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish:

ilmiy-tadqiqot ishlarini davlat buyurtmasi talablariga muvofiq tanlovlar asosida shakllantirish va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

har bir loyiha natijalarini keng ommalashtirish maqsadida alohida koʻrsatuv va teledasturlarda yoritilishini taʼminlash.

2024 — 2026-yillar

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

“Oʻzarxiv” agentligi

13.

Qatagʻon qurbonlari va jadidlar hayotiga oid ijtimoiy tarmoqlarga moʻljallangan videorolik va multimedia mahsulotlarini davlat buyurtmasi asosida tayyorlash.

Doimiy

Davlat budjeti mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Fanlar akademiyasi

14.

Sobiq mustabid tuzum davrida zulm va zoʻravonlik qurboni boʻlgan vatandoshlarimiz va ularning avlodlari yashagan va yashayotgan xonadonlarga yodgorlik lavhalari oʻrnatish, mahalla idoralari binolarida Respublika komissiyasi tomonidan belgilanadigan yagona namuna va tegishli tartibda shakllantiriladigan roʻyxat asosida “Qatagʻon qurbonlari xotirasi burchaklari” va “Mahalla xotira kitoblari”ni tashkil etish ishlarini amalga oshirish.

2024 — 2026-yillar

Davlat budjeti mablagʻlari, mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

15.

Esdalik lavhalari, “Qatagʻon qurbonlari xotirasi burchaklari” va “Mahalla xotira kitoblari”ning yagona namunasi, ularni oʻrnatish va tashkil etish tartibini belgilash yuzasidan Respublika komissiyasiga taklif kiritish.

2024-yil avgust

-

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Fanlar akademiyasi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

16.

Keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan tub oʻzgarish va islohotlar, avvalambor, mahalladan boshlanayotganini inobatga olib, boy tariximiz va madaniyatimiz, buyuk allomalarimiz merosi, vatanparvar ajdodlarimizning maʼnaviy jasoratini mahallalarda keng targʻib etish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.

Alohida reja asosida

Ijrochilarning mablagʻlari

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

17.

Hududlarda muayyan mahalla, qishloq va ovulda tugʻilib oʻsgan va ommaviy qatagʻonlar qurboni boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida “Vatanimiz mustaqilligi va xalqimiz ozodligi yoʻlida jonini fido qilgan ajdodlarimizning xotirasi barhayot!” shiori ostida planshetlar va boshqa koʻrgazmali vositalar oʻrnatish.

Alohida reja asosida

Ijrochilarning mablagʻlari

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

18.

Qatagʻon qurbonlari va jadidlik harakati bilan bogʻliq obyektlarni sayyohlik yoʻnalishlariga kiritish, bu mavzuda esdalik sovgʻalari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, mahalliy tadbirkor va hunarmandlar uchun bunday mahsulotlarni tayyorlash va realizatsiya qilish boʻyicha marketing darslarini tashkil etish.

Alohida reja asosida

Ijrochilarning mablagʻlari

Turizm qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

19.

Jadid maʼrifatparvarlari faoliyatini oʻrgangan tadqiqotchilarning shaxsiy va oilaviy arxivlarida hamda turli kutubxonalarda saqlanayotgan tarixiy manbalarni, noyob suratlarni toʻplash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish hamda toʻplangan ilmiy va tarixiy manbalar bilan Toshkent shahridagi jadid maʼrifatparvarlari asos solgan Turon kutubxonasi fondini boyitib borish.

Alohida reja asosida

Davlat budjeti mablagʻlari, mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Toshkent shahri hokimligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

III. Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar

20.

“Tarixiy xotira, maʼnaviy va ruhiy tarbiya — Yangi Oʻzbekiston poydevori” degan shior ostida barcha tuman va shaharlarda, mahallalarda, tashkilot va muassasalarda maʼnaviy-maʼrifiy, targʻibot-tushuntirish tadbirlari hamda davra suhbatlari, taʼlim muassasalari va mahallalarda uch avlod uchrashuvlari, xotira va qadrlash mavzusida tadbirlar tashkil etish va oʻtkazish.

2024-yildan boshlab har yili avgust va oktabr oylarida

Tashkilotchilar mablagʻlari

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

OʻzFA,

Yozuvchilar uyushmasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

21.

Qatagʻon qurbonlari va jadidlar hayoti, faoliyati, ularning mustaqillik yoʻlidagi kurashlari, maʼrifatparvarlik gʻoyalari haqida badiiy va hujjatli filmlar, multfilmlar va boshqa ijodiy mahsulotlar tayyorlash.

Bunda yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, rejissorlar va ijodkorlar oʻrtasida ushbu mavzuga doir eng yaxshi asarlar tanlovini oʻtkazish.

Doimiy

Davlat budjeti mablagʻlari

Kinematografiya agentligi,

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

“Oʻzarxiv” agentligi,

Fanlar akademiyasi

22.

Mahalla va xonadonlarda oʻtkazilayotgan tadbir va marosimlarda aholiga:

xalqimizning mustaqillikka erishish yoʻlidagi koʻp asrlik mardona kurashi va ajdodlarimizning gʻoyat murakkab davrlarda ham dinu diyonatini asrab, uni hamisha qalbida saqlab kelayotgani hamda ularning ibratli hayoti;

Yangi Oʻzbekistondagi bugungi erkin va farovon hayot, vijdon erkinligi va diniy bagʻrikenglik, bu borada xalqimizga yaratilayotgan qulay sharoitlar haqida keng maʼlumotlar berilishiga doimiy eʼtibor qaratish.

Doimiy

-

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

“Mahalla” xayriya jamoat fondi

23.

Internet tarmogʻida jadidlar va qatagʻon qurbonlari haqida turli yoshdagi auditoriya, ayniqsa, yoshlar uchun mos keladigan, ularning eʼtiborini tortadigan shakl va koʻrinishdagi materiallarni joylashtirib borish.

Bu borada foydalanuvchilar oʻrtasida turli tanlovlar va aksiyalar oʻtkazish.

Alohida reja asosida

Ijrochilar mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

24.

Fanlar akademiyasi Tarix institutining “Jadidlar.uz” elektron platformasini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish va platformani yangi elektron adabiyotlar, tarixiy manbalar, jadid matbuoti namunalari va audiovizual mahsulotlar bilan boyitish choralarini koʻrish.

Alohida reja asosida

Davlat budjeti mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

Fanlar akademiyasi Tarix instituti

25.

Qatagʻon qurbonlarining nomlarini tiklash va xotirasini abadiylashtirish boʻyicha xalqaro konferensiya va davra suhbatlari oʻtkazish.

Alohida reja asosida

Ijrochilar mablagʻlari

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

OʻzFA

26.

“Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda oʻzbek maʼrifatparvarlarining oʻrni va roli” mavzusida Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Ubaydulla Xoʻjayev, Abdurauf Fitrat, Isʼhoqxon Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Choʻlpon, Ashurali Zohiriy, Hoji Muin va boshqa tarixiy qahramonlarimiz jasoratini tahliliy asosda ochib berish, ularning vatanparvarlik gʻoyalarini keng targʻib etish maqsadida alohida risola va videoroliklar tayyorlash.

2024-yildan boshlab alohida reja asosida

Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi, ijrochilar mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Fanlar akademiyasi,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Madaniyat vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

27.

Jadid maʼrifatparvarlari haqida plakatlar toʻplami va taqvimini tayyorlash.

2025-yil alohida reja asosida

Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Fanlar akademiyasi,

Madaniyat vazirligi,

Badiiy akademiya,

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 07/24/270/0534-son)