Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.06.2018 07.09.1998 yildagi 382-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.06.2018
Hujjat 07.09.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOShKENT ShAHRINI NEFT MAHSULOTLARI BILAN TAʼMINLAShNI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli “Neft-gaz tarmogʻida litsenziyalash tartibotlarini qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznesni yuritishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika isteʼmolchilarining neft mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini yanada toʻliq qondirish, aholini ular bilan taʼminlashda zarur tartib oʻrnatish va jismoniy shaxslar tomonidan neft mahsulotlarini noqonuniy sotish hollarini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, 1998-yil 15-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar, shu jumladan xorijiy va qoʻshma korxonalar tomonidan neft mahsulotlarini sotishga doir faoliyat faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahar hokimligi tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus ruxsatnoma (litsenziya)ga ega boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan barcha turdagi neft mahsulotlarini sotish taqiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 19-apreldagi 215-sonli qarori bilan tasdiqlangan Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi (oʻninchi xatboshi) “Neft va gazni qazib olish, qayta ishlash va” soʻzlaridan keyin “neft mahsulotlarini” soʻzlari bilan toʻldirilsin va soʻngra matn boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Neft mahsulotlarini sotishga litsenziya olish huquqiga ega boʻlish uchun hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibini, shuningdek tomonlarning javobgarligi koʻrsatilgan litsenziyaning namunaviy shaklini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neft mahsulotlarini sotishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalariga avtobenzinning ularning buyurtmasiga muvofiq har sutkada kafolatli yetkazib berilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalariga avtobenzin, ularning quvvatidan kelib chiqqan holda, toʻliq miqdorda berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar hokimligi “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi bilan birgalikda avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining neft mahsulotlarini isteʼmolchilarga uzluksiz berilishini taʼminlaydigan ish tartibini oʻrnatsin, bunda shaharning eng serqatnov uchastkalarida, shu jumladan aylanma yoʻlda joylashgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining butun sutka davomida ishlashini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining neft mahsulotlari sotishdan olingan har kungi tushumining oʻz vaqtida inkassatsiya qilinishini taʼminlasinlar, bunda xizmat xodimlarining tungi vaqtdagi xavfsizligini taʼminlashga alohida eʼtibor bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi neft mahsulotlarining oʻgʻirlanish yoʻllarini, ularning bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishi hollarini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha muntazam ravishda qoʻshma tekshirishlar oʻtkazsinlar, neft mahsulotlarini sotish borasida noqonuniy faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortishga doir qattiq choralar koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini va ularga tutash hududlarni hamda uy-joy imoratlarini yongʻindan muhofaza qilishning ahvoli ustidan umumiy nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi qonun hujjatlariga neft mahsulotlarini sotishga litsenziya berish va ularni sotish qoidalarini buzganlik uchun jazoni kuchaytirish boʻyicha oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar tayyorlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bosh vazir Oʻ. T. Sultonov 3 kun muddatda maxsus attestatsiya komissiyasi tarkibi boʻyicha takliflar kiritsin va bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi markaziy apparati rahbar xodimlarini, neft mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublika, viloyatlar va Toshkent shahar korxonalari va neft bazalari rahbarlarini, shuningdek avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari rahbarlari va mutaxassislarini navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini neft mahsulotlari bilan taʼminlashda yoʻl qoʻyilgan qoida buzishlar va suiisteʼmolchiliklar uchun qonunchilikka muvofiq jinoiy ish qoʻzgʻash maqsadida materiallarni prokuratura organlariga berishgacha boʻlgan qattiq javobgarlik choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining neft mahsulotlarini xususiylashtirilgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalariga shartnoma asosida sotish boʻyicha tajribasini respublikaning boshqa mintaqalariga yoysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-iyundagi 290-son qarorining 5, 6, 7-bandlari; ushbu qaror bilan tasdiqlangan Xususiylashtirilgan xususiy avtoyonilgʻi quyish shoxobchalarining ishlash tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizom 2-bandining birinchi xatboshi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 10-iyundagi 215-son qarorining 5, 6-bandlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 107-son qarorining 4-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 7-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
382-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom avtomobil yonilgʻisini quyish shoxobchalari, moy almashtirish va avtoservis punktlari orqali neft mahsulotlarini sotish qoidalarini hamda avtomobil yonilgʻisini quyish shoxobchalari (AYQSh)ning ishlash tartibini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aholiga avtomobil benzini va dizel yonilgʻisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida faqat umumiy foydalanishdagi turgʻun va konteyner, shu jumladan xususiylashtirilgan AYQShlar orqali, texnik moylar va moylash materiallari esa moy almashtirish punktlari, ixtisoslashtirilgan avtoservis punktlari va avtodoʻkonlar orqali sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi AYQShlar tomonidan sanitariya, ekologiya, yongʻinga qarshi meʼyorlar va savdo qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlaydi va toʻliq javob beradi. Bu meʼyorlar va qoidalar buzilgan taqdirda litsenziyalar olib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xususiylashtirilgan AYQShlarga neft mahsulotlarini yetkazib berish Toshkent shahar neft mahsulotlari bilan taʼminlash korxonasi (keyingi oʻrinlarda “Toshshaharneftmahsulot” korxonasi deb ataladi) bilan neft mahsulotlarini sotish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs oʻrtasidagi, neft mahsulotlarini yetkazib berish va sotish, ular uchun oʻzaro hisob-kitob shartlarini va tomonlarning javobgarligini nazarda tutuvchi Namunaviy shartnoma (ilova qilinadi) asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshshaharneftmahsulot” korxonasi AYQShlarning buyurtmanomalari oʻz vaqtida va uzluksiz ravishda qondirilishi uchun toʻliq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namunaviy shartnoma qoidalari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha xususiylashtirilgan AYQShlarga tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sotilayotgan neft mahsulotlari sifati belgilangan davlat standartlariga va texnik shartlarga javob berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Neft mahsulotlari bilan taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi neft mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda “Toshshaharneftmahsulot” korxonasiga bozor fondini ajratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ajratilgan bozor fondi AYQShlar, shu jumladan xususiylashtirilgan AYQShlar boʻyicha ularning ehtiyojlari va quvvatlarini hisobga olgan holda “Toshshaharneftmahsulot” korxonasi tomonidan taqsimlanadi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Toshshaharneftmahsulot” korxonasi tomonidan AYQShlar boʻyicha tasdiqlangan neft mahsulotlari bozor fondi ularni yetkazib berishni taʼminlash uchun neftbazalarga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Neftbazalar tasdiqlangan bozor fondi doirasida ehtiyojni hisobga olgan holda neft mahsulotlarini AYQShlarga har kecha-kunduz yetkazib berilishini taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. AYQShlarga neft mahsulotlari “Toshshaharneftmahsulot” korxonasining ixtisoslashtirilgan avtomobil transportida tamgʻalangan sisternalarda yetkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ayoqshlarda neft mahsulotlarini qabul qilish va sotish, shoxobchalarning ishlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. AYQShga tushadigan hamma neft mahsulotlari majburiy ravishdagi sifat pasporti bilan tovar-transport yukxati boʻyicha qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tovar-transport yukxatida koʻrsatilgan miqdor bilan amalda qabul qilingan neft mahsulotlari miqdori oʻrtasida farq boʻlmagan taqdirda operator qabul qilingan yukxatini imzolaydi, uning bir nusxasini AYQShda qoldiradi, uch nusxasini esa neft mahsulotlarini yetkazib kelgan haydovchiga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kelib tushgan neft mahsulotlari miqdori tovar-transport yukxati bilan toʻgʻri kelmagan taqdirda kamomad yuzasidan belgilangan shakl boʻyicha dalolatnoma tuziladi va belgilangan tartibda neftbazaga taqdim etiladi. Neft mahsulotlarining kamomadi toʻgʻrisida tovar-transport yukxatining barcha nusxalariga tegishlicha belgi qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Neft mahsulotlarining AYQShga kelib tushishi va kirim qilinishini nazorat qilish uchun belgilangan shakldagi kelib tushgan neft mahsulotlarini hisobga olish daftari yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob daftarining betlari raqamlanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Daftardagi varaqlar soni korxona rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Aholiga neft mahsulotlari nazorat-kassa mashinalarini majburan qoʻllagan holda naqd pulga sotiladi, yuridik shaxslarning avtomashinalariga esa yagona davlat pattasi boʻyicha ixtisoslashtirilgan AYQShlarda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Har bir AYQShning ishlash tartibi, kecha-kunduz ishlovchi AYQShlarni belgilangan holda, Toshkent shahar hokimligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ayoqshlardan texnik foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. AYQShlarning oʻlchov vositalari bilan jihozlanishi, texnika xizmati koʻrsatish, foydalanish tartibi, ularni saqlash va tejash, shuningdek xizmat koʻrsatish madaniyati amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AYQSh tegishli javonlar, reklama taxtalari, koʻrgazmali tashviqot vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. AYQSh hududidagi beton va asfalt qoplamalari va avtomobil yoʻlidan kirish yoʻlaklari nuqsonsiz boʻlishi kerak. AYQSh uchun maydonchalar tekis boʻlishi va avtomashinalarning kolonnalar va quyish moslamalari yoniga bemalol kelishini taʼminlashi kerak. AYQSh binolari, inshootlari, maydonchalari, shuningdek unga tutashgan hududlar sanitariya-maishiy, estetik, yongʻinga qarshi va ekologik talablarga javob berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AYQShda foydalaniladigan asbob-uskunalar va avtomatik ravishda quyish texnikasi tegishli meʼyorlarga javob berishi va atrof muhitni ifloslantirmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. AYQSh hududlari qorongʻi paytlarda tegishli meʼyorlarga muvofiq yoritilishi kerak. Asosiy eʼtibor neft mahsulotlarini toʻldirish va quyish joylarining yoritilishiga qaratilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. AYQSh telefon va ovozni kuchaytiradigan aloqa va qoʻriqlash signalizatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. AYQSh xodimlari “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi korxonalari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq tayyorlov, qayta tayyorlov, malaka oshirish, texnika va yongʻin xavfsizligi boʻyicha bilim tekshiruvidan oʻtishi shart. “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasining tegishli guvohnomasi mavjud boʻlgandagina ishlashga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Ayoqshda hisob va hisobot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Har bir smena tugagandan soʻng schyotchiklarning jamlama koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadigan smena davomida neft mahsulotlarining kelib tushganligi va sotilgan neft mahsulotlarining miqdori, smena boshlanishidagi neft mahsulotlarining qoldigʻi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda belgilangan shakl boʻyicha smena hisoboti tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Rezervuarlarda qolgan neft mahsulotlarining qoldigʻini oʻlchash asosida smena oxiriga kelib neft mahsulotlarining haqiqiy qoldigʻi aniqlanadi, bu hisobotning tegishli ustunida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Smenani qabul qilishda va topshirishda namunaviy oʻlchagichlar yordamida har bir yonilgʻi tarqatuvchi kolonkaning amaldagi oʻlchov xatolari foizlarda va litrlarda aniqlanadi va smena hisobotida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Smena hisoboti ikki nusxada tuziladi va smenani topshiruvchi va qabul qiluvchi operatorlar tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobotning birinchi nusxasi tovar-transport yukxati, neft mahsulotlarini qabul qilish dalolatnomalari, naqd pullar topshirilishini tasdiqlovchi hujjatlar bilan smenani topshiruvchi operator tomonidan tilxat bilan korxona buxgalteriyasiga beriladi, ikkinchi nusxasi esa AYQShda smena hisoboti kitobida qoladi va smenalar operatorlari uchun nazorat nusxasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Har bir AYQShda neft mahsulotlarini hisobga olish va oʻlchovlarning haqqoniyligini va birligini taʼminlash, shuningdek ularning sifatini nazorat qilish uchun “Oʻzdavstandart” markazi tomonidan qoʻllashga ruxsat etilgan va Davlat metrologiya xizmatining tamgʻasiga yoki tekshirish guvohnomasiga ega boʻlgan zarur asbob-uskunalar va oʻlchov vositalari boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Har bir AYQShda neft mahsulotlarini xatlash belgilangan tartibda, bir oyda kamida bir marta oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Xatlash majburiy tartibda quyidagi hollarda ham oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishni qabul qilish - topshirish kunida — moddiy javobgar shaxslar almashgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻmarish, talon-taroj, oʻgʻirlik yoki suiisteʼmol qilish, shuningdek buzilish faktlari aniqlanganda — bunday faktlar aniqlanganda darhol;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin yoki tabiiy ofatlar (suv bosishi, zilzila va boshqalar)dan keyin — yongʻin yoki tabiiy ofat tugashi bilan darhol.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrini neft
mahsulotlari bilan taʼminlash
toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalariga neft mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy shartnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri‎ 199_yil “___”____________‎
Bundan keyin “Etkazib beruvchi” deb ataluvchi Toshkent shahar neft mahsulotlari bilan taʼminlash korxonasi nomidan‎‎‎
‎‎___________________________________________________________________________bir tomonidan
hamda bundan keyin “Isteʼmolchi” deb ataluvchi‎‎___________________________________________nomidan
______________________________ikkinchi tomondan quyidagilar toʻgʻrisida shartnoma tuzdilar:‎‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shartnomaning mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. yetkazib beruvchi Isteʼmolchiga quyidagi neft mahsulotlarni sotadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Nomi‎

Miqdori (tonna)‎

Narxi (1 tonna uchun soʻm)‎

Muddatlari‎

_________________‎
‎(avtobenzin)

_________________‎
‎(dizel yoqilgʻisi)

_________________‎
‎(moylar)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Isteʼmolchi aholiga neft mahsulotlarini faqat xususiylashtirilgan turgʻun va konteynerli avtomobil yoqilgʻisi quyish shoxobchalarida sotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzaro hisob-kitoblar tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Ushbu shartnoma va toʻlov topshiriqnomasi Etkazib beruvchi bilan Isteʼmolchi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Isteʼmolchi olinadigan neft mahsulotlari uchun Etkazib beruvchining hisob-kitob schyotiga mablagʻlar oʻtkazish yoʻli bilan oldindan belgilangan tartibda haq toʻlash majburiyatini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3. Hisob-kitob schyotiga mablagʻlar kelib tushgach yetkazib beruvchi Isteʼmolchiga neft mahsulotlari berish yuzasidan tegishli neft bazasiga yozma ruxsatnoma (topshiriq, bildirishnoma) joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Neft mahsulotlarini sotish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Etkazib beruvchi Isteʼmolchiga neft mahsulotlarini operatsiya amalga oshirilayotgan vaqtda amalda boʻlgan ulgurji narxlar boʻyicha sotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Neft mahsulotlari narxlari oʻzgargan taqdirda Etkazib beruvchi Isteʼmolchini bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Isteʼmolchi aholiga neft mahsulotlarini respublikada belgilangan chakana narxlar boʻyicha naqd pulga, toʻliq tushumni nazorat-kassa apparatlari orqali kirim qilgan va tasdiqlangan tartibga muvofiq albatta inkassatsiya qilgan holda sotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4. Isteʼmolchining xususiylashtirilgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarida Etkazib beruvchidan sotib olingan va boshqa manbalardan olingan neft mahsulotlarini ayni bir vaqtda sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5. Isteʼmolchining xususiylashtirilgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalariga neft mahsulotlari yetkazib berish Etkazib beruvchining maxsus avtotransporti bilan, kelishilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tomonlarning javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. Etkazib beruvchi tuzilgan shartnomaga muvofiq va avtomobil yoqilgʻisi quyish shoxobchasining ish tartibini hisobga olgan holda oʻz vaqtida, bir maromda, turiga, sifatiga rioya etgan holda neft mahsulotlarining yetkazib berilishi uchun Isteʼmolchi oldida javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. Isteʼmolchi neft mahsulotlarining oʻz vaqtida qabul qilib olinishi va oʻzaro hisob-kitoblar amalga oshirilishi uchun Etkazib beruvchi oldida javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. Isteʼmolchi neft mahsulotlarini saqlashning texnikaviy shart-sharoitlari va xavfsizligi uchun, shuningdek ularning belgilangan narxga va sifati rioya qilgan holda hamda tasdiqlangan standartga muvofiq aholiga uzluksiz sotilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4. Isteʼmolchi neft mahsulotlarining uchinchi shaxslarga ulgurji qayta sotilishiga va ularning respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.5. Etkazib beruvchi va Isteʼmolchi Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.6. Ushbu shartnoma shartlari buzilgan taqdirda tomonlar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Nizomlarni qoʻrib chiqish va shartnomaning amalda boʻlishini toʻxtatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.1. Tomonlardan biri ushbu shartnoma shartlarini buzgan taqdirda uning amalda boʻlishi toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2. Ushbu shartnoma boʻyicha barcha kelishmovchiliklar va nizolar tomonlar oʻrtasida hal qilinadi. mustaqil ravishda hal qilib boʻlmaydigan nizoli masalalar paydo boʻlgan hollarda ular xoʻjalik sudi orqali koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.3. Ushbu shartnoma 199_yil “___”_________gacha amalda boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Etkazib beruvchi‎

Isteʼmolchi‎

__________________‎
‎(imzo)

__________________‎
‎(imzo)

__________________‎
‎(F. I. O., lavozimi)

__________________‎
‎(F. I. O., lavozimi) ‎

Keyingi tahrirga qarang.