16.07.2024 yildagi 427-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yengil sanoat sohasida o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot tarmoqlaridagi tarkibiy o‘zgarishlar natijasida yaratilayotgan yangi ish o‘rinlarida to‘qimachilik sohasida ish beruvchilarning ehtiyojiga mos bo‘lgan o‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlash, rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida o‘qitishni tashkil etish hamda soha korxonalarining malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi kollejlar negizida yengil sanoat korxonalari uchun o‘rta maxsus professional ta’lim darajasida kadrlar tayyorlaydigan Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dizayner va texnologlar tayyorlash texnikumlari bazasida tikuvchilik hamda to‘qimachilik mahsulotlari dizayneri, modelyer-konstruktor, yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi kabi yo‘nalishlarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakali dizayner va texnolog kadrlar tayyorlash jarayoniga Germaniya, Italiya, Turkiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston kabi xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini joriy etish hamda to‘qimachilik korxonalari xodimlarini xorijiy davlatlarning yengil sanoat korxonalarida malaka oshirishga yuborish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani O‘zbekiston ovozi ko‘chasi 78-uy manzilda joylashgan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga tegishli sobiq Xo‘jaobod qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji binosida davlat-xususiy sheriklik asosida Dizayner va texnologlar tayyorlash texnikumi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida davlat sherigi — Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti bilan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq aniqlangan xususiy sherik o‘rtasida tuzilgan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda ijtimoiy va investitsiyaviy majburiyatlarni belgilash nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufida tashkil etiladigan Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlarining ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘qimachilik sanoati tarmoqlari uchun mehnat bozorida raqobatbardosh hamda yuqori malakaga ega o‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon modalarining so‘nggi tendensiyalarini tadqiq qilish, yengil sanoat buyumlarini istiqbolli modellashtirish va turli xil liboslar kolleksiyalarini yaratish, bu borada xorijiy laboratoriyalarni jalb qilish va konsalting-maslahatlar berish, metodik seminar va mahorat darslarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchi korxonalardagi yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni (muhandislar, texnologlar) “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi mablag‘lari hisobidan ta’lim jarayoniga jalb etish orqali o‘quv jarayonining sifatini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan xalqaro tashkilotlarning grantlarini jalb qilgan holda, o‘quvchilarni to‘qimachilik sanoati rivojlangan Germaniya, Italiya, Turkiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston kabi davlatlarda bevosita ishlab chiqarish korxonalariga malaka oshirishga yuborishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilarning kasbiy ko‘nikmalari ish beruvchilar va xolis ekspertlar tomonidan baholanishini tashkil qilish, shuningdek, o‘qitish yakuni bo‘yicha beriladigan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar xorijiy davlatlarda ham tan olinishi uchun zarur choralarni ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kadrlar Xalqaro tasniflagichning kamida 3 yoki 4-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, 2 yildan kam bo‘lmagan muddatda kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida tayyorlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi mablag‘lari hisobidan xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, to‘qimachilik korxonalari ishchi-xodimlarining stajirovkasini tashkil qilish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish choralari ko‘riladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlarida ta’lim oluvchilar tajriba va ko‘nikma orttirishi uchun xorijga yuboriladi hamda ularga orttirgan tajribalarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida to‘qimachilik korxonalarida 2 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda korxona rahbarining tavsiyasi asosida Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlarida ta’lim olgan o‘quvchilar tanlab olinadi hamda tegishli shartnomalar imzolanadi. Shartnoma shartlari buzilgan taqdirda, sarflangan xarajatlar ishga qabul qilingan o‘quvchilardan undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) har yili Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlarining kamida 10 nafar ta’lim oluvchilar “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ, soha korxonalarining o‘z mablag‘lari hamda xalqaro tashkilotlarning grantlari hisobidan to‘qimachilik sanoati rivojlangan Germaniya, Italiya, Turkiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston kabi davlatlarda bevosita ishlab chiqarish korxonalariga malaka oshirishga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlari xodimlariga professional ta’lim muassasalari uchun qo‘llaniladigan mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Andijon, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududning ixtisoslashuvi, salohiyati, investitsiya loyihalari, tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va mehnat bozori talablaridan kelib chiqib, tegishlicha davlat va xususiy sektorning to‘qimachilik sohasida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim oluvchilarining ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etiladigan aniq korxonalarni ta’lim muassasalariga biriktirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘qimachilik sohasida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, ushbu muassasalarga o‘quvchilarni qabul qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2025-2026-yillarda Toshkent shahri, Andijon va Qashqadaryo viloyatlaridagi Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlari tajribasi asosida soha mutaxassislarini tayyorlash texnikumlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Andijon, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlari hamda ish beruvchilarning o‘zaro uyg‘unlikda faoliyat yuritishini hamda o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyoti hududdagi soha korxonalarida o‘tkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-mayga qadar Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqsin hamda ularning ijrosini nazorat qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarning (davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan ta’lim tashkiloti hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari bundan mustasno) ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari, xomashyo va yonilg‘i-moylash materiallari hamda kommunal xizmatlar xarajatlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy saqlash, faoliyat yuritish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va kadrlar tayyorlash xarajatlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining mablag‘lari, o‘quvchilarni davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vaxabov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 16-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
427-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-iyuldagi 427-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufida tashkil etiladigan Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Yangi tashkil etiladigan dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumi nomi

Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumi joylashadigan manzil

Quvvati

Ishga tushirish muddati

Biriktirilgan oliy ta’lim muassasasi

Mas’ullar

1.

Toshkent shahar dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumi

Olmazor yengil sanoat kolleji

430

2024/2025 o‘quv yilidan

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

Savdo-sanoat palatasi,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2.

Qarshi dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumi

Qarshi tuman yengil sanoat kolleji

640

2024/2025 o‘quv yilidan

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

Savdo-sanoat palatasi,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

3.

Andijon dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumi

sobiq Xo‘jaobod qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji

700

2024/2025 o‘quv yilidan

Namangan to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

Savdo-sanoat palatasi,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/427/0514-son)