Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar qisqartirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 9-yanvardagi PF-8-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
turar joylarni ijaraga berishning Yagona elektron reyestrini yuritish va ularni sertifikatlashtirish tartibini bekor qilish;
turistik xizmatlarni sertifikatlashtirishda joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga koʻchmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlarni, shu jumladan ijara shartnomasini ilova qilish talabini bekor qilish;
xostel boʻyicha mehmonxona va vaqtincha turar joy xizmati koʻrsatilishini tashkil qilish hamda uni Reyestrga kiritish boʻyicha soʻrovnomaga koʻchmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlarni, shu jumladan ijara shartnomasini ilova qilish talabini bekor qilish.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 6-iyul,
389-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-iyuldagi 389-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarorida:
a) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 2-ilovada:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Markaz ariza beruvchining koʻchmas mulkka doir huquqini belgilaydigan hujjatlar yoki bunday mulkning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi ijara shartnomasini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi”;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Markaz ariza beruvchining koʻchmas mulkka doir huquqini belgilaydigan hujjatlar yoki bunday mulkning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi ijara shartnomasini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi”;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Markaz ariza beruvchining koʻchmas mulkka doir huquqini belgilaydigan hujjatlar yoki bunday mulkning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi ijara shartnomasini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi”;
v) 19-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 861-bandi “n” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish maʼmuriy reglamentining 8-bandida:
a) birinchi xatboshidagi “Xostel boʻyicha mehmonxona” soʻzlari “Xostel, oʻtovli va chodirli oromgohlar boʻyicha mehmonxona” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Vakolatli davlat organi ariza beruvchining arizasiga muvofiq koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida koʻchirma yoki shu turdagi mulkning ijara shartnomasini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/389/0491-son)