Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-son qaroriga
ILOVA“Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish ishlarini amalga oshirish
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Bajarish muddati |
|||
|
1-bosqich |
Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi |
Maktabgacha ta’lim axborot tizimi hamda rasmiy veb-saytida o‘z tizimidagi tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning joylashtirilishini va ularning muntazam onlayn tarzda yangilab borilishini ta’minlash |
Doimiy ravishda |
|||
|
2-bosqich |
Ariza beruvchi |
Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qilish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tish |
Xohishiga ko‘ra |
|||
|
3-bosqich |
1. Davlat xizmatlari markazi 2. YIDXP |
So‘rovnomani maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimiga kiritish |
1. 1 soat ichida 2. Avtomatik tarzda |
|||
|
4-bosqich |
Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi |
a) bolaning tashkilotga qabul qilinganligi bo‘yicha yo‘llanma shakllanganligi haqidagi xabarnomani rasmiylashtirish — ko‘rsatilgan tashkilot guruhida bo‘sh joy mavjud bo‘lsa; b) so‘rovnomani tegishli ravishda umumiy yoki imtiyozli ro‘yxatga kiritish, shuningdek, navbatga qo‘yilganligi haqida xabarnomani rasmiylashtirish — ko‘rsatilgan tashkilot guruhida bo‘sh joy mavjud bo‘lmasa; v) xabarnomani tanlangan tashkilotga va ariza beruvchining telefon raqamiga yuborish. |
Avtomatik tarzda |
|||
|
5-bosqich |
Ariza beruvchi |
Bolalarni tashkilotga qabul qilish bo‘yicha xabarnomadagi tasdiq kodini tashkilotga taqdim etish. |
Xabarnoma shakllangandan so‘ng 15 ish kunida |
|||
|
6-bosqich |
Maktabgacha ta’lim tashkiloti |
Tasdiq kodi asosida bolani tashkilotga qabul qilish bo‘yicha buyruq chiqarish. |
Tasdiq kodi tashkilotga taqdim etilgandan so‘ng 2 ish kunida |
|||
|
”. |
“Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1a-ILOVA
Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi, shuningdek, mobil ilovada shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) tizimi bilan tasdiqlash orqali davlat organlari va tashkilotlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish
|
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Bajarish muddati |
|||
|
|
|||||||
|
|
|||||||
|
|
1-bosqich |
Murojaat qiluvchi |
1. ERI kaliti sertifikatini olish uchun so‘rovnomani va unga ilova qilinadigan hujjatlarni Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali vakolatli organga shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) tizimi bilan tasdiqlab yuborish. |
Xohishiga ko‘ra |
|||
|
|
|||||||
|
|
2. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lash. |
Murojaat qilinganda |
|||||
|
2-bosqich |
Vakolatli organ |
1. Taqdim etilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqish. 2. ERI kalitlarini ro‘yxatga olish va ERI sertifikatini rasmiylashtirish yoki rad etish xabarnomasini tayyorlash. 3. ERI kaliti sertifikatini reyestrga kiritish va SMS-xabar shaklida ERI sertifikatining olinganligini tasdiqlash to‘g‘risida axborot jo‘natish. 4. Rasmiylashtirilgan ERI kaliti sertifikatini yoki asoslangan sabablarga ko‘ra rad etish xabarnomasini murojaat qiluvchiga yuborish. |
Avtomatik tarzda |
||||
|
3-bosqich |
Murojaat qiluvchi |
1. Yagona portal yoki rasmiy axborot resursidagi shaxsiy kabinetdan ERI kaliti sertifikatini yoki asoslangan sabablarga ko‘ra rad etish xabarnomasini olish va olinganligini tasdiqlash. 2. ERI kalitining sertifikatini hamda chop etishga mo‘ljallangan elektron hujjat shaklidagi nusxasini yuklab olganligi haqida tasdiqlagan holda vakolatli organni xabardor qilish. |
1 soat ichida |
||||
|
”; |
|||||||
|
“ |
|
|
21. F.I.O. (vafot etgan shaxs nomidan uning yaqin qarindoshlari murojaat qilganda): |
|
|
22. Vafot etgan shaxsning va ariza beruvchining pasport ma’lumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lsa): |
|
|
”. |
yengil turdan refrejirator turiga;
mikroavtobus turidan yuk-yo‘lovchi turiga;
avtobus turidan furgon turiga;
avtobus turidan maxsus tsisterna (xavfsiz yuklar, masalan, suv, sut mahsulotlari kabi) turiga;
beton-qorgich turidan yuk-manipulyator turiga;
beton-qorgich turidan konteyner tashuvchi turiga;
maxsus turidan maxsus-axlat tashuvchi turiga;
mikroavtobus turidan yuk izotermik furgon turiga;
mikroavtobus turidan M1-toifali yengil (miniven) turiga;
yuk-bortli turdan maxsus turga;
maxsus turdan yuk-bortli-tentli turga;
maxsus turidan maxsus evakuator turiga;
yuk-furgon turidan maxsus-Tez tibbiy yordam turiga;
o‘zi ag‘daruvchi turdan maxsus turga;
o‘zi ag‘daruvchi turidan avtobus turiga;
o‘zi ag‘daruvchi turidan yuk bortli-tentli-furgon turiga;
o‘zi ag‘daruvchi turidan yuk-manipulyator turiga;
o‘tirma tortuvchi turidan maxsus avtoko‘targich (avtovishka) turiga;
o‘tirma tortuvchi turidan yuk-furgon turiga;
yuk-furgon turidan yuk-yo‘lovchi tashuvchi bortli tentli furgon turiga;
yuk-furgon turidan maxsus avtoko‘targich (avtovishka) turiga;
yuk bortli turidan maxsus avtoko‘targich (avtovishka) turiga;
yuk bortli turidan maxsus evakuator turiga;
yuk bortli turidan mikroavtobus turiga;
yuk izotermik turidan yuk bortli tentli furgon turiga;
yuk izotermik turidan yuk-izotermik furgon turiga;
yuk izotermik turidan yuk refrejirator turiga;
platformaga yuk-yo‘lovchi tashuvchi bortli o‘rnatish;
platformaga maxsus evakuator manipulyator o‘rnatish;
platformaga maxsus avtokran o‘rnatish;
refrejirator turidan o‘tirma tortuvchi turiga;
refrejirator turidan beton-qorgich turiga;
yarim tirkamani konteyner tashuvchi yarim tirkamaga o‘zgartirish;
yuk bortli tentli yarim tirkamani konteyner tashuvchi yarim tirkamaga o‘zgartirish;
yengil avtomobillar kuzovini almashtirish;
yarim tirkamani tirkamaga o‘zgartirish;
maxsus transport vositalariga yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va (yoki) maxsus tovushli ishoralar beruvchi moslamalar o‘rnatish;