02.07.2024 yildagi 378-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish tartibini soddalashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 9-yanvardagi PF-8-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va aholi punktlari ko‘chalari, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shuningdek, umumiy foydalanish uchun yopiq bo‘lmagan xo‘jalik avtomobil yo‘llari bo‘ylab xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalariga qo‘yiladigan talab va shartlarni belgilovchi avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma pasportini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnomani maxsus elektron tizim orqali rasmiylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnomani “Litsenziya” axborot tizimi va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 2-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
378-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 378-son qaroriga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-ilovaning 56-bandi “b” va “g” kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-bandning beshinchi xatboshisidagi “Nizomga 2 — 47-ilovalarda” so‘zlari “Nizomga 2 — 48-ilovalarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi mazmundagi 48-ilova bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga
48-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Avtotransport vositasida xavfli yuklarni tashish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Jismoniy yoki yuridik shaxslar (yuk tashuvchi)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) Ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, yashash manzili, telefon raqami;

transport vositasi va (yoki) tirkamasining rusumi, ishlab chiqarilgan yili, turi (kuzov-sisternali, konteyner-sisterna), davlat raqami belgilari, transport vositalari va (yoki) tirkamalarining oxirgi majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan sanasi.

b) Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

avtotransport vositasida tashiladigan xavfli yukning nomi, BMT ro‘yxati bo‘yicha moddaning tartib raqami, sinfi, kichik sinfi va kodi hamda uning hajmi va vazni to‘g‘risida ma’lumot;

avtotransport vositasi va (yoki) tirkamalarining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxasi;

transport vositasining bir martalik texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Yig‘im undirilmaydi.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

10 ish kuni.

9.

Ruxsat etishga doir talab

va shartlar:

a) Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-yanvardagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalariga rioya qilish;

b) yonilg‘i baki akkumulyator batareyasidan uzoqlikda yoki undan o‘tib bo‘lmaydigan to‘siq bilan ajratilgan bo‘lishi, shuningdek dvigatel, elektr simlari va tutun chiqaradigan quvurdan uzoqda bo‘lishi hamda bakdan yoqilg‘i oqqanda tashilayotgan xavfli yukka tushmasdan bevosita yerga quyiladigan tarzda joylashgan bo‘lishi kerak. Bak, bundan tashqari tubi va yonlaridan himoyaga (g‘ilofga) ega bo‘lishi kerak. Yonilg‘i dvigatelga o‘z-o‘zidan berilmasligi kerak;

v) avtotransport vositasidan 2, 3, 4 va 5-darajali xavfli yuklarni tashish uchun bir marta foydalanilgan taqdirda glushitelning chiqarish trubasi chiqish o‘yig‘iga alangani o‘chiruvchi to‘r o‘rnatilishi lozim;

g) 2, 3, 4 va 5-darajali xavfli yuklarni tashiydigan vositalarning elektr uskunalari quyidagi talablarni qondirishi kerak:

elektr uskunasining nominal kuchlanishi 24 voltdan ortiq bo‘lmasligi kerak;

elektr simi korroziyaga uchramaydigan choksiz qobiq bilan himoyalangan simlardan iborat bo‘lishi hamda uning qizib ketishini to‘liq oldini oladigan tarzda hisoblab chiqilgan bo‘lishi kerak;

elektr tarmog‘i yumshoq predoxranitellar (zavodda tayyorlangan) yoki avtomatik viklyuchatellar yordamida oshirilgan yuklamadan saqlangan bo‘lishi kerak;

elektr o‘tkazma ishonchli izolyatsiyaga ega bo‘lishi, mustahkam mahkamlanishi va avtotransport vositasining konstruktiv qismlariga urilish va yorilishlaridan zarar ko‘rmaydigan tarzda joylashtirilishi hamda sovutish tizimidan ajralib chiqqan issiqlikdan va ishlatilgan gazlardan himoyalangan bo‘lishi kerak;

agar akkumulyatorlar dvigatel kapoti ostiga joylashtirilmagan bo‘lsa, u holda ular izolyatsiyalovchi ichki devorlar bilan ekvivalent mustahkamlikda metalldan yoki boshqa materialdan ventilyatsiya qilinadigan bo‘lmada bo‘lishi kerak;

avtotransport vositasi akkumulyatorni elektr zanjiridan ikki polosali viklyuchatel (yoki boshqa vosita) yordamida ajratish uchun moslangan bo‘lishi kerak, u imkoni boricha akkumulyatorga yaqin joyda bo‘lishi kerak. Viklyuchatelni boshqarish – to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki masofadan turib boshqarish privodi ham haydovchining kabinasidan, ham avtotransport vositasining tashqarisida bo‘lishi kerak. U oson topilishi va farq qiladigan belgi bilan belgilanishi kerak. Viklyuchatel ishlab turgan dvigatelda elektr zanjirining xavfli ortiqcha yuklamasini keltirib chiqarmasdan uning kontakti ishlayotgan dvigatelda ulanadigan tarzda bo‘lishi kerak.

rezbali sokolga ega bo‘lgan lampalardan foydalanish taqiqlanadi.

Avtotransport kuzovlarining ichida tashqi elektr simlar tarmog‘i bo‘lmasligi kerak, kuzov ichidagi yoritish elektr lampalari mustahkam to‘suvchi to‘r yoki panjaraga ega bo‘lishi kerak;

d) avtotransport vositalari uchqunga xavfsiz bo‘lgan materialdan 200 mm uzunlikdagi yerga tegib turadigan metall zanjir va to‘xtash joyida statistik va atmosfera elektr zaryadlaridan himoya qilish uchun metall shtir bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

Neft mahsulotlari tashiydigan avtotsisternalar kamida 2,5 mm kesimli va neft mahsulotlarini oqizish va quyishda yerga ulanish uchun kamida 20 mm uzunlikdagi egiluvchan ko‘p tomirli sim bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

g) “Furgon” tipidagi kuzovli avtotransport vositasida kuzov to‘liq yopiq bo‘lishi, mustahkam bo‘lishi, tirqishlari bo‘lmasligi hamda tashilayotgan xavfli yukning xossasiga qarab tegishli ventilyatsiya tizimi bilan jihozlanishi kerak. Ichki qoplash uchun uchqun chiqarmaydigan materiallardan foydalaniladi, yog‘och materiallar o‘tga chidamli modda bilan qoplanishi kerak. Eshiklar yoki eshikka qulf solingan bo‘lishi kerak. Eshik yoki eshiklar konstruksiyasi kuzovning qattiqligini pasaytirmasligi kerak.

Ochiq kuzovlarni qoplash uchun brezentdan foydalanilgan hollarda, u o‘t olishi qiyin bo‘lgan va suv o‘tkazmaydigan matodan tayyorlanishi va bortni ular darajasidan 200 mm yopishi hamda zapor moslamali metall reykalar yoki zanjirlar bilan mahkamlanishi kerak;

j) avtotransport vositasida orqa tomonda butun sisternada kenglikda zarbalardan yetarli darajada saqlaydigan bamper bo‘lishi kerak. Sisternaning orqa devori bilan bamperning orqa qismi o‘rtasidagi masofa kamida 100 mm ni tashkil etishi kerak (ushbu masofa sisterna devorining chet orqa nuqtasidan boshlab yoki tashilayotgan moddaga tegib turgan chiqib turuvchi armaturadan boshlab o‘lchanadi);

l) quvurlar va rezervuarning yuqori qismiga o‘rnatilgan sisternalarning yordamchi uskunalari silkitilgan holda shikastlanishlardan himoyalangan bo‘lishi kerak. Bunday himoya konstruksiyasi shakli samarali himoyani ta’minlashi kerak bo‘lgan kuchayadigan halqalar, himoya qopqoqlari, uzuna yoki bo‘ylama elementlar shaklida tayyorlanishi kerak;

m) avtotransport vositasi quyidagi soz instrumentlar va asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi kerak:

avtotransport vositasini avariya yuz berganda ta’mirlash uchun qo‘lda ishlatiladigan asboblar to‘plami;

yong‘inni o‘chirish uchun belkurak va qumning zarur zaxirasi;

har bir avtotransport vositasi uchun kamida bitta yurib ketishdan saqlaydigan tirgak, tirgakning o‘lchami avtotransport vositasi tipiga va uning g‘ildiragi diametriga muvofiq bo‘lishi kerak;

to‘q sariq rangli o‘chib yonadigan (yoki doimiy) avtonom ta’minlanadigan ikkita fonar. Ular ulardan foydalanish xavfli yuklarning yonishini yuzaga keltirmaydigan tarzda konstruksiyalangan bo‘lishi kerak. Tunda to‘xtaganda yoki ko‘rish yaxshi bo‘lmaganda, agar avtotransport vositasining chiroqlari nosoz bo‘lsa, bitta fonar taxminan 10 m masofada avtotransport vositasi oldiga va boshqasi taxminan 10 m masofada avtotransport vositasining orqasida o‘rnatiladi;

dori qutisi va tashiladigan xavfli moddalarni neytrallashtirish vositalari.

Yuklarni xavfsiz tashish shartlarida va avariya kartochkasida nazarda tutilgan hollarda avtotransport vositasi tashilayotgan xavfli moddani neytrallashtirish hamda haydovchi va kuzatuvchi xodimning yakka tartibdagi himoya vositalari bilan butlanishi kerak;

n) xavf to‘g‘risidagi axborot tizimi jadvallarini avtotransport vositalariga mahkamlash ularning ishonchli fiksatsiyasini ta’minlaydigan maxsus qurilmalar yordamida bajarilishi kerak.

Xavf to‘g‘risidagi axborot tizimi jadvallari avtotransport vositasining oldida (bamperda) va orqada, transport vositasining raqami belgilarini va tashqi chiroqlari priborlarini to‘smagan, shuningdek avtotransport vositasining gabaritlaridan turtib chiqmagan holda uning bo‘ylama o‘qiga perpendikulyar joylashtirilishi kerak;

k) xavfli yuklarni tashish uchun gaz generatorli avtotransport vositalarini qo‘llash taqiqlanadi;

p) xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalariga bittadan ortiq tirkama yoki yarim tirkama tirkalmasligi kerak.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Xavfli yuklarni tashish uchun sig‘imlarning yaroqliligi O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Guvohnoma 6 oy muddatga beriladi.

12.

Izoh:

I. Xavfli yuklar o‘ziga xos xossalari va xususiyatlari tufayli muayyan omillar mavjud bo‘lgani taqdirda tashish, yuk ortish-tushirish ishlari jarayonida tashilayotgan yuklar, texnika vositalari, qurilmalar, bino va inshootlar, boshqa obyektlarning portlashi, yonishi yoki shikastlanishiga, shuningdek odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof muhitga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan moddalar, materiallar, buyumlar, chiqindilar.

II. Agar yo‘nalishning uzunligi 400 kilometrdan ortiq bo‘lsa yoki tashish kechasi amalga oshirilsa, xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalarining bir haydovchi bilan harakatlanishi taqiqlanadi.

III. Qish vaqtida tog‘ sharoitlarida xavfli yuklarni tashishda yukni tashuvchilar avtotransport vositalarini protektorning qishki shinalari bilan butlashlari kerak.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma pasportiga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

№ ______

Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi

GUVOHNOMA

1. Ushbu guvohnoma quyidagi avtotransport vositasi Yo‘l harakati qoidalari hamda O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi va quyidagi sinflar va kichik sinflarda nazarda tutilgan xavfli yuklarni tashish uchun ruxsat etiladi:

___________________________________________________________________________________________

(xavfli yukning nomi, BMT ro‘yxati bo‘yicha moddaning tartib raqami, sinfi, kichik sinfi ko‘rsatiladi)

2. Avtotransport vositasining ishlab chiqaruvchisi va kuzov turi:__________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________________________________________________

(yopiq, ochiq, sisterna, yarim tirkama va boshqalar)

___________________________________________________________________________________________

3. Avtotransport vositasining davlat raqam belgisi va shassi raqami: _____________________________________________________________

___________________________________________________________________________________________________________________________

4. Murojaat etuvchining nomi (jismoniy shaxslar uchun — F.I.O.), joylashgan manzili (jismoniy shaxslar uchun — yashash manzili):

___________________________________________________________________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________________

5. Amal qilish muddati:______________________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________________________________________

Vakolatli organ rahbari_____________________________________________________________________________________________________

(egallab turgan lavozimi, F.I.O., elektron imzosi,)

”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2022-yil 15-avgustdagi 444-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi “a” va “v” kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2024-y., 09/24/378/0480-son)