25.06.2024 yildagi PQ-234-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallalar obodligini ta’minlash, ularni saqlash va obodonlashtirish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishning yangi mexanizmlarini joriy qilish, aholi va kommunal xizmat tashkilotlari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mahallalar hududida yashovchi aholini mahalla obodligiga keng jalb qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumani, “Yuksalish” MFY tajribasi asosida joriy yil yakuniga qadar 1-ilovaga muvofiq mahallalarda, eksperiment tariqasida, xususiy sektor ishtirokida mahalla obodligini ta’minlash bo‘yicha tubdan yangi tizimni joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, mahalla obodligini ta’minlash bo‘yicha eksperiment doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda mahalla obodligi bilan shug‘ullanuvchi “Mahalla servis kompaniyasi” (keyingi o‘rinlarda — Servis kompaniyasi) faoliyati tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servis kompaniyasi mahalla fuqarolar yig‘ini kengashining qarori asosida salohiyatli tadbirkorlar orasidan tanlab olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla fuqarolar yig‘ini hamda Servis kompaniyasi o‘rtasidagi xizmat ko‘rsatish shartnomasini tuzish, istisno tariqasida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servis kompaniyasiga mahallalar binosi hududida bepul foydalanish huquqi asosida xonalar ajratiladi hamda 2-ilovaga muvofiq zarur texnik vositalar va uskunalar ularni soz va ishchi holatda saqlash sharti bilan bepul foydalanishga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servis kompaniyasiga ustuvor ravishda mahallada istiqomat qiluvchi, vaqtincha ishsiz, mavsumiy ishlarga chiqadigan fuqarolar jalb qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servis kompaniyasi hudud obodligini ta’minlash ishlarini mahalla fuqarolar yig‘inining buyurtmasi va nazorati asosida amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) tomonidan Servis kompaniyalarining reyestri yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Servis kompaniyalari faoliyatining samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida eksperiment doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq zarur texnik vositalar va uskunalar Uyushma tomonidan markazlashgan tartibda, istisno tariqasida maxsus axborot portalida e’lonni joylashtirmasdan va xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda o‘tkazmasdan ichki tanlov savdolari asosida eng yaxshi takliflarni tanlash orqali xarid qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ishlar Servis kompaniyasi tomonidan bajariladi, bunda to‘lovlar, istisno tariqasida, tender va tanlov savdolarini o‘tkazmasdan, maxsus axborot portalida tegishli axborotlarni joylashtirmasdan va xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda o‘tkazmasdan, mahalla fuqarolar yig‘ini kengashining qarori asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla aholisining obodonlashtirish va tozalik bilan bog‘liq muammolarini doimiy ravishda o‘rganish hamda bartaraf etish uchun mazkur qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan mahalla fuqarolar yig‘inlariga qo‘shimcha bir nafardan xodim ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ushbu xodimlar shtatini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar joriy yilda Uyushmaga 2024 moliya yili uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2025-yil 1-yanvardan boshlab har yili budjet parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki, Servis kompaniyalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla fuqarolar yig‘inining buyurtmasi asosida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xizmatlarini bajaradi, ariqlar va sug‘orish tizimlarini tozalaydi, ko‘chalarning tozaligini ta’minlaydi, ko‘chatlar ekadi va parvarishlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma asosida ijtimoiy soha obyektlarida obodonlashtirish va kommunal ekspluatatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma asosida chiqindilarni yig‘ib saralaydi va chiqindi korxonalari tomonidan olib chiqib ketilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib, 3-ilovaga muvofiq boshqa turdagi ijtimoiy ahamiyatdagi pulli xizmatlarni ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorga 1-ilovadagi mahallalar obodligini tashkil qilish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorga 2-ilovada ko‘rsatilgan texnik vositalar va uskunalarni xarid qilish, zarur hollarda Servis kompaniyalari uchun qo‘shimcha xona qurish hamda chiqindi yig‘ish shoxobchalarini qurish xarajatlari uchun jinoyat natijasida davlatga yetkazilgan zarar, davlat bojlari, jinoiy va ma’muriy jarimalar, davlat foydasiga boshqa turdagi undiruvlar hamda davlat daromadiga o‘tkaziladigan olib qo‘yilgan mol-mulkni sotishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha undiriladigan mablag‘lardan (taqsimotidan avval) Mahallalar faoliyatini rag‘batlantirish jamg‘armasiga 100 mlrd so‘m yo‘naltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
undirilgan mablag‘lar birinchi navbatda Mahallalar faoliyatini rag‘batlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallani obodonlashtirish ishlari uchun mahalla fuqarolar yig‘inlariga Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2025-yil 1-yanvarga qadar har oyda 20 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, Servis kompaniyalari mahallani obod qilish bilan bog‘liq ishlarni bajarish, shuningdek, mahalla aholisiga mazkur qarorga 3-ilovaga muvofiq boshqa turdagi ijtimoiy ahamiyatdagi pulli xizmatlarni ko‘rsatish doirasida foyda, mol-mulk va yer soliqlari hamda ijtimoiy soliq to‘lovlarini to‘lashdan, shuningdek, Servis kompaniyasi ishchi xodimlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma Soliq qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Servis kompaniyalariga qo‘llaniladigan soliq imtiyozlari bo‘yicha Soliq kodeksiga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Kadastr agentligi tashkil qilinayotgan yangi tizimning samarali yo‘lga qo‘yilishini ta’minlash maqsadida bir oy muddatda mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq mahallalarga tutash bo‘lgan hududlarda chiqindi yig‘ish shoxobchalarini qurish uchun yer maydonlari ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mahalla va Servis kompaniyalari uchun bino-inshootlarni qurish bo‘yicha buyurtmachi etib — Uyushma va uning hududiy bo‘limlari, pudratchi etib — Uyushma huzuridagi “Mahalla binolarini qurish va kapital ta’mirlash direksiyasi” MChJ belgilansin. “Mahalla binolarini qurish va kapital ta’mirlash direksiyasi” MChJga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordamchi pudrat tashkilotlarini yollash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Uyushma, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servis kompaniyalari tomonidan faoliyat yuritish va xizmat ko‘rsatish hamda ularni moliyalashtirish mexanizmlarini nazarda tutuvchi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla” tamoyili asosida yakka tartibdagi uy-joylarda istiqomat qilish va faoliyat yuritish qoidalarini tasdiqlashga oid qaror loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025-yil 1-yanvarga qadar eksperiment natijasi bo‘yicha xususiy sektor ishtirokida mahalla obodligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizimni respublikaning barcha mahallalarida joriy etish bo‘yicha taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda Servis kompaniyasi bino-inshootlari hamda chiqindi yig‘ish shoxobchalarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqib, Uyushmaga taqdim etsin hamda doimiy ravishda quriladigan obyektlar ustidan belgilangan tartibda davlat arxitektura nazoratini o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Uyushma bir oy muddatda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.S. Hidoyatov hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Q.Q. Quranboyev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorning ijrosini har chorakda muhokama qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 25-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-234-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-iyundagi PQ-234-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla servis kompaniyasi” faoliyati tashkil etiladigan mahallalar ro‘yxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Tuman (shahar) nomi

Mahalla nomi

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus shahri

“Jolshilar” MFY

2.

Amudaryo tumani

“Qipchoq” OFY

3.

Beruniy tumani

“Do‘stlik” OFY

4.

Bo‘zatov tumani

“Qusxanatov” OFY

5.

Kegeyli tumani

“Juzim bag‘” OFY

6.

Qonliko‘l tumani

“Sari altin” OFY

7.

Qorao‘zak tumani

A. Dosnazarov OFY

8.

Qo‘ng‘irot tumani

“Xorazm” OFY

9.

Mo‘ynoq tumani

“Qiziljar” OFY

10.

Nukus tumani

“Taqirko‘l” OFY

11.

Taxiatosh tumani

“Naymanko‘l” OFY

12.

Taxtako‘pir tumani

“Qoraoy” OFY

13.

To‘rtko‘l tumani

“Ziyokor” MFY

14.

Xo‘jayli tumani

“Amudaryo” OFY

15.

Chimboy tumani

“Kenes” OFY

16.

Shumanay tumani

“Mamiy” OFY

17.

Ellikqal’a tumani

“Tozabog‘” OFY

18.

Andijon viloyati

Andijon shahri

“Ma’rifat” MFY

19.

Xonobod shahri

“Teyit” MFY

20.

Andijon tumani

“Qoratut” MFY

21.

Asaka tumani

“Ergashobod” MFY

22.

Baliqchi tumani

“Navnihol” MFY

23.

Buloqboshi tumani

“Qumguzar” MFY

24.

Bo‘ston tumani

“Sarbon” MFY

25.

Izboskan tumani

“Birlashgan” MFY

26.

Jalaquduq tumani

“Do‘ngqishloq” MFY

27.

Marhamat tumani

“Birlik” MFY

28.

Oltinko‘l tumani

“Uyushin” MFY

29.

Paxtaobod tumani

“Navbahor” MFY

30.

Ulug‘nor tumani

“Sariqsuv” MFY

31.

Xo‘jaobod tumani

“Xidirsho” MFY

32.

Shahrixon tumani

“Cho‘ja” MFY

33.

Qo‘rg‘ontepa tumani

“Sohibqiron” MFY

34.

Buxoro viloyati

Buxoro shahri

“Otbozor” MFY

35.

Kogon shahri

“Mirzo Ulug‘bek” MFY

36.

Buxoro tumani

“Rabotak” MFY

37.

Vobkent tumani

“Kosari” MFY

38.

Jondor tumani

“Dalmunobod” MFY

39.

Kogon tumani

“Niyoz Xoji” MFY

40.

Olot tumani

“G‘anchi Chandir” MFY

41.

Peshku tumani

“Zandane” MFY

42.

Romitan tumani

“Sho‘rcha” MFY

43.

Shofirkon tumani

“Dorigar” MFY

44.

Qorako‘l tumani

“Qoraxoji” MFY

45.

Qorovulbozor tumani

“Bo‘zachi” MFY

46.

G‘ijduvon tumani

“Qassobon” MFY

47.

Jizzax viloyat

Jizzax shahri

“Qaliya” MFY

48.

Arnasoy tumani

“Yangibo‘ston” MFY

49.

Baxmal tumani

“Tongotar” QFY

50.

G‘allaorol tumani

“Xonimqo‘rg‘on” QFY

51.

Sh. Rashidov tumani

“Yangidiyor” MFY

52.

Do‘stlik tumani

“Qahramon” MFY

53.

Zarbdor tumani

“Toshkesgan” MFY

54.

Zomin tumani

“Qushtol” MFY

55.

Zafarobod tumani

“Bo‘ston” MFY

56.

Mirzacho‘l tumani

“Ipak yuli” MFY

57.

Paxtakor tumani

“Mingchinor” MFY

58.

Forish tumani

“Xonbandi” MFY

59.

Yangiobod tumani

“Sarmich” QFY

60.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri

“Qilichbek qo‘rg‘oncha” MFY

61.

Shahrisabz shahri

“Miraki” MFY

62.

Nishon tumani

“Paxtazor” MFY

63.

Kasbi tumani

“Maymanoq” MFY

64.

G‘uzor tumani

“Guliston” MFY

65.

Muborak tumani

“Sariq” MFY

66.

Kitob tumani

“Denov” MFY

67.

Yakkabog‘ tumani

“Chinobod” MFY

68.

Qarshi tumani

“Omontepa” MFY

69.

Mirishkor tumani

“Guliston” MFY

70.

Shahrisabz tumani

“Sarchashma” MFY

71.

Qashqadaryo viloyati

Koson tumani

“Gulbog‘” MFY

72.

Dehqonobod tumani

“O‘zbekiston” MFY

73.

Ko‘kdala tumani

“Oltindala” MFY

74.

Qamashi tumani

“Kamay” MFY

75.

Chiroqchi tumani

“Navro‘z” MFY

76.

Navoiy viloyati

Navoiy shahri

“Yoshlik” MFY

77.

G‘ozg‘on shahri

“Tumar” MFY

78.

Zarafshon shahri

“Yulduz” MFY

79.

Tomdi tumani

“Tomdibuloq” OFY

80.

Uchquduq tumani

“Yo‘lchilar” MFY

81.

Nurota tumani

G‘afur G‘ulom MFY

82.

Karmana tumani

“O‘zbekiston” MFY

83.

Konimex tumani

“To‘qqiztepa” MFY

84.

Qiziltepa tumani

“So‘fiyon” MFY

85.

Navbahor tumani

“Qorovultepa” MFY

86.

Xatirchi tumani

“Zarafshon” MFY

87.

Namangan viloyati

Namangan shahri

“Barkamol avlod” MFY

88.

Davlatobod tumani

“Orzu” MFY

89.

Yangi Namangan tumani

“Bunyodkor” MFY

90.

Mingbuloq tumani

“Tegirmonboshi” MFY

91.

Kosonsoy tumani

“Qo‘qimboy” MFY

92.

Namangan tumani

“Sho‘rqishloq” MFY

93.

Norin tumani

“Rovot” MFY

94.

Pop tumani

“Eski To‘da” MFY

95.

To‘raqo‘rg‘on tumani

“Zarbdor” MFY

96.

Uychi tumani

“Pastguzar” MFY

97.

Uchqo‘rg‘on tumani

“Qo‘g‘ay” MFY

98.

Chortoq tumani

“To‘pqayrag‘och” MFY

99.

Chust tumani

“Mustaqillik” MFY

100.

Yangiqo‘rg‘on tumani

“Bo‘ston” MFY

101.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri

“Xo‘ja qishloq” MFY

102.

Kattaqo‘rg‘on shahri

“Go‘zalkent” MFY

103.

Bulung‘ur tumani

Fozil Yo‘ldosh MFY

104.

Jomboy tumani

“Guliston” MFY

105.

Ishtixon tumani

“Ko‘tarma” MFY

106.

Kattaqo‘rg‘on tumani

“Kadan” MFY

107.

Qo‘shrabot tumani

“Zarkent” MFY

108.

Samarqand viloyati

Narpay tumani

“Sarbozor” MFY

109.

Nurobod tumani

“Nurbuloq” MFY

110.

Oqdaryo tumani

“Yangiqo‘rg‘on” MFY

111.

Payariq tumani

“Turkibola” MFY

112.

Pastdarg‘om tumani

“Mustaqillik” MFY

113.

Paxtachi tumani

“Amirobod” MFY

114.

Samarqand tumani

“Diyor” MFY

115.

Toyloq tumani

“Bog‘ichinor” MFY

116.

Urgut tumani

“Kenagas” MFY

117.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahri

“Temiryo‘lchi” MFY

118.

Angor tumani

“Yuqori Xo‘jaqiya” MFY

119.

Bandixon tumani

“Birdamlik” MFY

120.

Boysun tumani

“Chilonzor” MFY

121.

Denov tumani

“Vodiy” MFY

122.

Jarqo‘rg‘on tumani

“Qorayontoq” MFY

123.

Qumqo‘rg‘on tumani

“Yangihayot” MFY

124.

Qiziriq tumani

“Buyuk kelajak” MFY

125.

Muzrabot tumani

“Chegarachi” MFY

126.

Oltinsoy tumani

“Xo‘jaipok” MFY

127.

Sariosiyo tumani

“Sangardak” MFY

128.

Termiz tumani

Sh. Rashidov MFY

129.

Uzun tumani

“Yangikuch” MFY

130.

Sherobod tumani

“Dehqonariq” MFY

131.

Sho‘rchi tumani

“Olatemir” MFY

132.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahri

“Nurafshon” MFY

133.

Shirin shahri

“Nurobod” MFY

134.

Yangiyer shahri

“Binokor” MFY

135.

Boyovut tumani

“Tinchlik” MFY

136.

Guliston tumani

“Inoqlik” MFY

137.

Mirzaobod tumani

“T. Axmedov” MFY

138.

Oqoltin tumani

“Mustaqillik” MFY

139.

Sardoba tumani

“Do‘stlik” MFY

140.

Sayxunobod tumani

“Guliston” MFY

141.

Sirdaryo tumani

“Baxmal” MFY

142.

Xovos tumani

“Xovosobod” MFY

143.

Toshkent viloyati

Angren shahri

“Gulzor” MFY

144.

Bekobod shahri

“Q. Farmonov” MFY

145.

Nurafshon shahri

“Qumariq” MFY

146.

Olmaliq shahri

“Chambil” MFY

147.

Ohangaron shahri

“Qo‘rg‘on” MFY

148.

Chirchiq shahri

“Kimyogar” MFY

149.

Yangiyo‘l shahri

“Yangihayot” MFY

150.

Bekobod tumani

“Ilg‘or” MFY

151.

Bo‘ka tumani

“Ezgulik” MFY

152.

Zangiota tumani

“Namuna” MFY

153.

Qibray tumani

“Navro‘z” MFY

154.

Quyi Chirchiq tumani

“Madaniyat” MFY

155.

Oqqo‘rg‘on tumani

“Navbahor” MFY

156.

Parkent tumani

“Kumushkon” MFY

157.

Piskent tumani

“Mingtepa” MFY

158.

Toshkent tumani

“Fayzobod” MFY

159.

Chinoz tumani

“Birlik” MFY

160.

Yuqori Chirchiq tumani

“Guliston” MFY

161.

Bo‘stonliq tumani

“Daxana” MFY

162.

O‘rta Chirchiq tumani

“Do‘stlik” MFY

163.

Ohangaron tumani

“Ungut” MFY

164.

Yangiyo‘l tumani

“G‘alaba” MFY

165.

Farg‘ona viloyati

Quvasoy shahri

“Qo‘chqorchi” MFY

166.

Marg‘ilon shahri

“Bahrin” MFY

167.

Qo‘qon shahri

“Mingtut” MFY,

168.

Farg‘ona shahri

“Simtepa” MFY

169.

Beshariq tumani

“Dehqonto‘da” MFY

170.

Bag‘dod tumani

“Yuksalish” MFY

171.

Buvayda tumani

“Elobod” MFY

172.

Dang‘ara tumani

“Shodlik” MFY

173.

Yozyovon tumani

“Qoratepa” MFY

174.

Quva tumani

“Akbarobod” MFY

175.

Oltiariq tumani

“Yangihayot” MFY

176.

Qo‘shtepa tumani

“Shomirza” MFY

177.

Rishton tumani

“Qoshqayron” MFY

178.

So‘x tumani

“Rovon” MFY

179.

Toshloq tumani

“Istiqlol” MFY

180.

Farg‘ona viloyati

O‘zbekiston tumani

“Kichik Oqmachit” MFY

181.

Uchko‘prik tumani

“Bekobod” MFY

182.

Farg‘ona tumani

“Yangi asr” MFY

183.

Furqat tumani

“Chirkay” MFY

184.

Xorazm viloyati

Urganch shahri

“Gulshan” MFY

185.

Xiva shahri

“Lolazor” MFY

186.

Bog‘ot tumani

“Yangiqadam” MFY

187.

Gurlan tumani

“Navbiryop” MFY

188.

Qo‘shko‘pir tumani

“Oltinvoha” MFY

189.

Urganch tumani

“Oyoqbog‘” MFY

190.

Hazorasp tumani

“Karvak” MFY

191.

Xonqa tumani

“Tayanch” MFY

192.

Xiva tumani

“Atajon To‘ra” MFY

193.

Shovot tumani

“Chig‘atoy” MFY

194.

Yangiariq tumani

“Do‘stlik” MFY

195.

Yangibozor tumani

“Istiqlol” MFY

196.

Tuproqqal’a tumani

Y.Oxunboboyev MFY

197.

Toshkent shahri

Bektemir tumani

“Iykota” MFY

198.

Mirobod tumani

“Qo‘yliqota” MFY

199.

M. Ulug‘bek tumani

“Chingeldi” MFY

200.

Olmazor tumani

“Ibroxim ota” MFY

201.

Sergeli tumani

“Qubaytepa” MFY

202.

Uchtepa tumani

“Ko‘kcha-Oqtepa” MFY

203.

Chilonzor tumani

“Xonto‘pi” MFY

204.

Shayxontohur tumani

“Kattahovuz” MFY

205.

Yunusobod tumani

“Sharq haqiqati” MFY

206.

Yakkasaroy tumani

“Muqimiy” MFY

207.

Yangihayot tumani

“Jaloyir” MFY

208.

Yashnobod tumani

“Bunyodkor” MFY

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: mazkur ro‘yxatga O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-iyundagi PQ-234-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla servis kompaniyasi” uchun xarid qilinadigan zarur texnik vositalar va uskunalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Texnik vositalar va uskunalar nomi

Birligi

Miqdori

Talab etiladigan mablag‘ning cheklangan miqdori

(mln.so‘m)

Jami

72,0

1.

Elektr motoroller

dona

2

50,0

2.

Motokultivator

dona

1

6,0

3.

Dezinfeksiya uskunasi

dona

1

0,5

4.

Pulverizator (kompressori bilan)

dona

1

2,0

5.

Elektr generator

dona

1

6,0

6.

Motoarra

dona

1

1,5

7.

Bolgarka

dona

1

0,5

8.

Perforator

dona

1

3,0

9.

Drel

dona

1

0,5

10.

Shrupovyort

dona

1

0,5

11.

Payvandlash uskunasi

dona

1

1,5

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-iyundagi PQ-234-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla servis kompaniyasi” tomonidan mahalla aholisiga ko‘rsatiladigan pulli xizmatlarning namunaviy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Xizmat turlari nomi

1.

Elektrik xizmati

2.

Santexnik xizmati

3.

Yerga ishlov berish

4.

Daraxtlarga shakl berish va ishlov berish

5.

Maishiy texnikalarni ta’mirlash

6.

Gilam yuvish

7.

Payvandlash

8.

Tandir va o‘choq qurish

9.

Uy-jihozlarini ta’mirlash (mebel)

10.

Oyna va rom o‘rnatish

11.

Quyosh paneli o‘rnatish

12.

Quduq qazib berish

13.

Yordamchi inshootlar qurish

14.

Ko‘mir tashish

15.

Oqova handaqlari va o‘ralar qazish, ularni tozalash

16.

Uyni ta’mirlash

17.

Isitish qozonlarini yasash va o‘rnatish

18.

Mo‘rilarni tozalash

19.

O‘t o‘rish

20.

Ko‘chat ekish va yetkazib berish

21.

Hasharotlarga qarshi dorilash

22.

Tegirmon xizmati

23.

Devorlarga rang berish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: mazkur ro‘yxatga O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 07/24/234/0476-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)