02.07.2024 yildagi 373-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.04.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, sohada sugʻurta xizmatlarini faol joriy etish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya (keyingi oʻrinlarda — subsidiya) ajratish boʻyicha talab etiladigan hujjatlar hamda ularni koʻrib chiqish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosani qabul qilish va subsidiya ajratish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta shartnomasi muddatidan avval bekor qilinganda va (yoki) sugʻurta tovoni toʻlanmagan boʻlsa, sugʻurta shartnomasi boʻyicha qoplab berilgan sugʻurta mukofotining foydalanilmagan davriga mutanosib qismini qaytarish tartibi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi sugʻurta kompaniyalari bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda tabiiy va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda hududlar uchun alohida xavf-xatarlarni hamda tabaqalashgan sugʻurta tariflarini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda adjaster, aktuar va syurveyer xizmatlarini tuzilgan shartnomalarga muvofiq tashkil etsin hamda ularning faoliyatini sertifikatlash, reyestrini yuritish va nazorat qilishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrometeorologiya xizmati agentligi bilan birgalikda iqlim oʻzgarishiga oid tabiiy ofatlar bilan bogʻliq maʼlumotlarni doimiy shakllantirgan holda, sugʻurta kompaniyalari foydalanishi uchun ularning elektron platformalarga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalash sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, oʻqitish va ularning malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta kompaniyalari bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda bilim va koʻnikmalarga ega tajribali agronomlarni qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalash jarayonlariga jalb qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilda ushbu subsidiyalar 2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining hosilini sugʻurtalash xarajatlarining 50 foizini qoplashga subsidiyalar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yildan boshlab har yili Qishloq xoʻjaligi vazirligining hisob-kitoblariga asosan qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun zarur mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 2-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
373-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 373-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining 50 foizini, biroq sugʻurta summasining 4 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom bevosita qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agroplatforma” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Agroplatforma” AT) — Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi tarkibiga kiruvchi hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyilida xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini taʼminlab beradigan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrosubsidiya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Agrosubsidiya” AT) — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish yuzasidan materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish hamda vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish hamda imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish imkonini beruvchi axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“CropAgro” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “CropAgro” AT) — qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning takliflarini qabul qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini elektron joylashtirish, kelishish, maʼlumot va hisobotlarni shakllantirish uchun foydalaniladigan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta shartnomasida belgilangan sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlari oʻrnini qisman qoplash uchun beriladigan mablagʻ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta — muayyan hodisa yuz berganda qishloq xoʻjaligi ekinlari va ularning hosiliga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, tovonlar va boshqa toʻlovlar toʻlash uchun maqsadli pul jamgʻarmalarini tashkil etish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan, qishloq xoʻjaligi subyektlarining manfaatlarini himoya qilishga doir munosabatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta mukofoti — sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda sugʻurtalovchi tashkilotga toʻlanishi shart boʻlgan sugʻurta toʻlovi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta summasi — sugʻurtalovchi tashkilot bilan sugʻurta qildiruvchining oʻzaro kelishuviga asosan belgilanadigan pul mablagʻlari miqdori boʻlib, sugʻurtalovchi tashkilot sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta tovonini undan oshmagan miqdorda toʻlash majburiyatini oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchi tashkilot — sugʻurta qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan va sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta tovoni toʻlovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs boʻlgan tashkilot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta qildiruvchi — sugʻurtalovchi tashkilot bilan sugʻurta shartnomasini tuzgan, sugʻurta shartnomasida kelishilgan sugʻurta mukofotini toʻlovchi va sugʻurtalovchi tashkilot bilan aniq sugʻurta munosabatlariga kiruvchi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta hodisalari — sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan (qishloq xoʻjaligi ekinlariga va ularning hosiliga zarar yetkazuvchi hamda nobud qiluvchi kuchli yomgʻir (jala), doʻl, suv toshqini, dovul, havo haroratining keskin pasayishi (sovib ketishi, muzlashi) yoki koʻtarilishi (jazirama issiq, garmsel), kasallik va zararkunandalarning keskin koʻpayib ketishi) va ularning sodir boʻlishi bilan sugʻurtalovchi tashkilot tomonidan sugʻurta tovoni toʻlovini amalga oshirish majburiyatini keltirib chiqaradigan tabiat hodisalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta shartnomasi — sugʻurtalovchi tashkilot va sugʻurta qildiruvchi oʻrtasida yozma yoki elektron shaklda tuziladigan bitim boʻlib, bunda sugʻurta qildiruvchi unga muvofiq sugʻurta mukofotini (sugʻurta toʻlovini) sugʻurta shartnomasida belgilangan tartibda, muddatlarda va hajmda toʻlash hamda sugʻurta shartnomasida yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish, sugʻurtalovchi tashkilot esa sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan muayyan hodisalar (sugʻurta hodisalari) yuz berganda, sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta tovonini toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sugʻurta shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda ushbu Nizom bilan belgilangan shartlarga mos kelishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi subyektlari — yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi subyektlari, jumladan, fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa subyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlari — gʻoʻza, boshoqli don, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlar, bogʻlar (mevali va rezavor mevali), uzumzorlar, koʻchatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hosil — qishloq xoʻjaligi subyektlari tomonidan yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlaridan olinadigan mahsulot (xomashyo).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining 50 foizini, biroq sugʻurta summasining 4 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda subsidiya uchun talab etiladigan mablagʻlar Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomasiga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har yili “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya uchun ajratilgan mablagʻlar hisobi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida Qishloq xoʻjaligi vazirligi uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining bir qismi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatining 50 foizini qoplab berish boʻyicha murojaat qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sugʻurta qildiruvchi qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofotining 50 foizini, biroq sugʻurta summasining 4 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-son qarori bilan tasdiqlangan “Agroplatforma” axborot tizimidan foydalanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq “Agroplatforma” AT imkoniyatlaridan foydalangan holda roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta qilish nazarda tutilgan sugʻurta qildiruvchining qishloq xoʻjaligi ekinlari “CropAgro” ATga elektron joylashtirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sugʻurta qildiruvchi sugʻurta tashkilotiga sugʻurta mukofotini toʻliq toʻlagandan keyin Qishloq xoʻjaligi vazirligiga sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining subsidiya hisobidan qoplab beriladigan qismini olish uchun “Agrosubsidiya” AT orqali quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta polisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta shartnomasida qayd etilgan sugʻurta mukofotining toʻliq toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov topshiriqnomasi va hisob-faktura.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta qildiruvchi arizadagi maʼlumotlar va ilova qilingan hujjatlarning haqqoniyligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta qildiruvchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatining 50 foizini qoplab berish boʻyicha murojaatni koʻrib chiqish va subsidiya ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi uch ish kuni ichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta qildiruvchining arizasini va unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganish natijalariga koʻra “Agrosubsidiya” AT orqali sugʻurta qildiruvchiga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining 50 foizini, biroq sugʻurta summasining 4 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun subsidiya ajratish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan xulosani tayyorlaydi va elektron imzo bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sugʻurta qildiruvchi qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining 50 foizini, biroq sugʻurta summasining 4 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta qildiruvchining oʻz arizasiga asosan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta qildiruvchi tomonidan soxta hujjatlar, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi subyekti tugatilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar bilan sugʻurta qildiruvchiga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vazirligi sugʻurta qildiruvchiga subsidiya ajratishni rad etgan taqdirda, sugʻurta qildiruvchini bir kun muddatda “Agrosubsidiya” AT orqali rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya ajratish rad etilgan sugʻurta qildiruvchi Qishloq xoʻjaligi vazirligining xulosasida koʻrsatilgan rad etish sabablarini bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta qildiruvchi Qishloq xoʻjaligi vazirligining subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosasidan norozi boʻlganda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qishloq xoʻjaligi vazirligi subsidiya ajratish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa qabul qilingandan soʻng besh ish kuni ichida qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofotining 50 foizini, biroq sugʻurta summasining 4 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun subsidiyani subsidiya.mf.uz elektron tizimi orqali sugʻurta qildiruvchining tijorat bankidagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi har chorak yakuni bilan sugʻurta shartnomasini tugaganligi yoki muddatidan avval bekor qilinganligini monitoring qilib borish maqsadida sugʻurtalovchi tashkilot va sugʻurta qildiruvchidan sugʻurta shartnomasiga oid hujjatlarni va maʼlumotlarni talab qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra sugʻurta shartnomasi muddatidan avval bekor qilinganligi aniqlanganda va (yoki) sugʻurta tovoni toʻlanmagan boʻlsa, Qishloq xoʻjaligi vazirligi sugʻurta shartnomasi boʻyicha qoplab berilgan sugʻurta mukofotining foydalanilmagan davriga mutanosib qismini (sugʻurta agenti vositachiligida tuzilgan sugʻurta shartnomalar boʻyicha vositachilik haqi chegirilmaydi) qaytarish haqida sugʻurta qildiruvchiga ogohlantirish xatini yuboradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sugʻurta qildiruvchi ogohlantirish xatini olgan kundan eʼtiboran bir oy ichida ajratilgan subsidiyani Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida Qishloq xoʻjaligi vazirligi uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sugʻurta qildiruvchi ixtiyoriy ravishda subsidiyani ogohlantirish xatida koʻrsatilgan muddatda va miqdorda qaytarmasa yoki qaytarishni rad etsa, Qishloq xoʻjaligi vazirligi subsidiyani sud tartibida undirish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sugʻurta qildiruvchi tomonidan qaytarilgan yoki sud tartibida undirilgan mablagʻlar Qishloq xoʻjaligi vazirligining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan kunda toʻliq Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratilgan subsidiyalar miqdori hamda sugʻurta qildiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har oyda Qishloq xoʻjaligi vazirligining ochiq maʼlumotlar portalida eʼlon qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Subsidiya berishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish orqali hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda taraflar oʻrtasida kelishmovchiliklar muzokaralar oʻtkazish orqali hal etilmagan taqdirda, nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining bir qismini qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Fermer va dehqon xoʻjaliklari, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar va boshqalar (keyingi oʻrinlarda — sugʻurta qildiruvchi)

Qishloq xoʻjaligi vazirligiga sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining subsidiya hisobidan qoplab beriladigan qismini olish uchun “Agrosubsidiya” AT orqali tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi.

Sugʻurta tashkilotiga sugʻurta mukofotini toʻliq toʻlagandan keyin ixtiyoriy ravishda

2-bosqich

Qishloq hoʻjaligi vazirligi

1. Ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiq sugʻurta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi.

2. “Agrosubsidiya” AT orqali subsidiya ajratish maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosani tayyorlaydi va tasdiqlaydi.

3 ish kuni ichida

3. Qabul qilingan qarorga muvofiq talabgorning tijorat bankidagi asosiy hisobvaragʻiga subsidiyani oʻtkazib beradi.

5 ish kuni ichida

3-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

1. Sugʻurta shartnomasi muddatidan avval bekor qilinganligi aniqlanganda va (yoki) sugʻurta tovoni toʻlanmagan boʻlsa, sugʻurta shartnomasi boʻyicha qoplab berilgan sugʻurta mukofotining foydalanilmagan davriga mutanosib qismini qaytarish haqida sugʻurta qildiruvchiga ogohlantirish xatini yuboradi.

Yil davomida

2. Agar sugʻurta qildiruvchi ixtiyoriy ravishda subsidiyani ogohlantirish xatida koʻrsatilgan muddatda va miqdorda qaytarmasa yoki qaytarishni rad etsa, Qishloq xoʻjaligi vazirligi subsidiyani sud tartibida undirish choralarini koʻradi.

Bir oy ichida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2024-y., 09/24/373/0465-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son; 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)