01.07.2024 yildagi PQ-241-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻllar va yoʻl infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini taʼminlash hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikadagi avtomobil yoʻllarini yaxshilash, ichki koʻchalarni asfalt bilan qoplash va zamonaviy piyodalar yoʻlakchalarini barpo etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilib, bu maqsadlar uchun birgina 2023-yilda 15 trillion 295 milliard soʻm, jumladan “Tashabbusli budjet” loyihasi boʻyicha 1 trillion 271 milliard soʻm ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, yoʻllarning yaxshi holatda saqlanishini taʼminlash va nazorat qilish boʻyicha samarali mexanizmlar yoʻlga qoʻyilmaganligi joylarda asfalt qoplamasi va trotuarlarni nazoratsiz buzish hamda avvalgi koʻrinishini tiklamasdan tashlab ketish holatlari koʻpayishiga sharoit yaratmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy mulk hisoblangan yoʻllar va yoʻl infratuzilmasini asrab-avaylash, shaharlar va boshqa aholi punktlariga zamonaviy qiyofa baxsh etish, shuningdek, bu borada fuqarolar va yuridik shaxslarning masʼuliyatini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasida mahallalar, koʻcha va yoʻllar, qishloq, tuman va shaharlarni ozoda holatda saqlash, ulardagi mavjud infratuzilmani asrab-avaylash, hududlarni koʻkalamzorlashtirish ishlariga davlat organlari va tashkilotlari bilan bir qatorda har bir fuqaro va tashkilot birdek masʼul ekanligi alohida taʼkidlab oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining amaldagi qonunchilikni belgilangan tartibda takomillashtirish orqali 2024-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagi tartibni joriy etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar har qanday yuridik shaxs tomonidan yoʻllar, trotuarlar va boshqa yoʻl infratuzilmasi obyektlarida (keyingi oʻrinlarda — yoʻl obyekti) qurilish ishlarini olib borish, yoʻl obyektini har qanday koʻrinishda taʼmirlash, buzish, qazish, oʻzgartirish yoki rekonstruksiya qilish (keyingi oʻrinlarda — qurilish va taʼmirlash ishlari) faqatgina tegishli ruxsatnoma olingandan soʻng amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish boʻyicha davlat xizmatlari davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 5 kun muddatda koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnoma yoʻl obyektini balansida saqlovchi viloyat yoki tuman (shahar) hokimliklari yoxud boshqa tashkilotlar tomonidan, kommunikatsiya tarmoqlaridagi avariya bilan bogʻliq yoki boshqa kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda esa tuman (shahar) hokimligi tomonidan beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomada yoʻl obyektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish huquqi berilgan shaxs, qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirishning maqsadi va muddati, ruxsatnomaning haqiqiyligini tekshirish imkonini beruvchi QR-kod, shuningdek, ushbu muddat ichida yoʻl obyektining avvalgi holatini tiklamaslik tegishli maʼmuriy va fuqaroviy javobgarlikka sabab boʻlishi haqida ogohlantirish koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl obyektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish vaqtida ruxsatnoma hamma uchun koʻrinadigan joyga ilib qoʻyilishi yoki har qanday shaxsning birinchi talabiga koʻra taqdim etilishi shart hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotgan joyda xavfsizlik choralarini koʻrish masʼuliyati ruxsatnoma berilgan shaxs zimmasiga yuklatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnoma olmasdan turib yoʻl obyektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, qurilish va taʼmirlash ishlari maydonida belgilangan tartibda ruxsatnomani ilib qoʻymaslik yoki taqdim etmaslik, qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotgan joyda xavfsizlik choralarini koʻrmaslik, shuningdek, qurilish va taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng yoʻl obyektining avvalgi holatini tiklash boʻyicha majburiyatni bajarmaslik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yoʻl obyektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma berish tartibini tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihalarini belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnoma olmasdan turib yoʻl obyektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, qurilish maydonida belgilangan tartibda ruxsatnomani ilib qoʻymaslik yoki taqdim etmaslik, qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotgan joyda xavfsizlik choralarini koʻrmaslik, shuningdek, qurilish va taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng yoʻl obyektining avvalgi holatini tiklash boʻyicha majburiyatni bajarmaslik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Adliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan qoidalar qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etilganidan soʻng, yoʻl obyektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma “Litsenziya” axborot tizimida berilishi bilan bogʻliq tegishli chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl obyektida qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilganidan soʻng uning avvalgi koʻrinishini tiklamaslik holati yuzasidan ruxsatnoma bergan tashkilot yoki hududiy profilaktika inspektori ruxsatnomada nazarda tutilgan qurilish ishlarini amalga oshirish muddati tugagan kundan eʼtiboran 10 kunlik muddatda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish va yetkazilgan moddiy zararni undirish boʻyicha zarur choralarni koʻrishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl obyektiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori yoʻl obyektini balansida saqlovchi mahalliy hokimliklar yoxud boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnoma olmasdan turib yoʻl obyektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirganlik yoki yoʻl obyektining avvalgi holatini tiklash boʻyicha majburiyatni bajarmaslik holati boʻyicha tegishli dalillarni taqdim qilgan holda huquqbuzarlik aniqlanishiga faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi va Shaharsozlik kodeksi, shuningdek, amaldagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq bino va inshootlarning mulkdorlari yoki foydalanuvchilari oʻzlariga biriktirilgan yer uchastkasi va unga tutash hududlarda obodonlashtirish ishlari uchun masʼul ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Hududlar qiyofasini yaxshilash maqsadida eksperiment tariqasida 2024-yil 1-sentabrdan 2025-yil 1-sentabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilab beradigan muayyan hududda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar amalga oshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar va yuridik shaxslarning ularga tegishli bino va inshootga tutash hududlarni obodonlashtirish borasidagi masʼuliyati ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali har bir mahallada mahalla raislari tomonidan tushuntirilishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp qavatli uylar hovlisi va atrofi, yoʻl hamda koʻcha chetlarining obodonlashtirilgan namunaviy koʻrinishini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl va koʻcha chetlaridagi boʻsh yerlarni koʻkalamzorlashtirish boʻyicha dastur tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar oʻz vaqtida va samarali tashkil etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-noyabrga qadar joylarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalaridan kelib chiqib, hududlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda obodonlashtirish qoidalarining amaliyotda samarali ishlashini taʼminlashga qaratilgan, xususan fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan obodonlashtirish borasidagi majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javobgarlikni aniq belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) hokimlari boshchiligida hududiy ichki ishlar organlari va boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida ishchi guruhlar tuzilib, ular zimmasiga yoʻllar va koʻchalarga oʻzboshimchalik bilan toʻsiq oʻrnatish holatlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish va bartaraf etish hamda aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik masalasini hal etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi 2024-yil 1-sentabrga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga batafsil axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-241-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2024-y., 07/24/241/0461-son)