1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Temir daftar” orqali ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga muvofiq 2024-yil 1-martdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarni “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritish, shuningdek, ushbu daftarlar hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hamda Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish va subsidiyalar ajratish “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyning 5-sanasiga qadar “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” uchun mablagʻlarni taqsimlovchi masʼul tashkilotlar tomonidan mazkur jamgʻarmalarda shakllangan mablagʻlar ularga kiritilgan fuqarolar soniga mutanosib ravishda tegishliligi boʻyicha har bir mahalla kesimida taqsimlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Temir daftar” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan yuritilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi tomonidan koʻrsatiladigan yordamlar fuqarolarning ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish va shunday vaziyatga tushganlarni ogʻir vaziyatdan chiqarish maqsadida ijtimoiy xodim tomonidan “Mahalla yettiligi”ga koʻrib chiqish uchun kiritilgan holda koʻrsatilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2024-yil 25-iyunga qadar Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari hamda tuman va shaharlar boʻlinmalari huzuridagi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi tuman (shahar) hokimliklari huzuriga oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, amaldagi moliyalashtirish manbalarini saqlab qolgan holda, tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimlarida alohida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari ikki hafta muddatda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasining maxsus hisobvaraqlaridagi qoldiq mablagʻlar tegishligicha tuman (shahar) hokimliklarining gʻaznachilik boʻlimlarida alohida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari huzuridagi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasining qoldiq mablagʻlari tuman (shahar) hokimliklarining alohida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ushbu tuman (shahar)da yashovchi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning soniga mutanosib ravishda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va oilalarga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalarni “Temir daftar”ga kiritish, hisobini yuritish hamda undan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yil 1-iyuldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmonining 12-bandiga muvofiq kelib tushgan mablagʻlarning “Temir daftar”ga yoʻnaltiriladigan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan yagona maxsus hisobvaraqda yigʻilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻilgan mablagʻlar tuman (shahar)lardagi aholi soni, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar va nogironligi boʻlgan shaxslar soni hamda “Temir daftar”da roʻyxatga olingan oilalar soniga mutanosib ravishda tuman (shahar) “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga avtomatik ravishda taqsimlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi chorak boshlanishidan 10 kun avval ushbu bandda belgilangan koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda, tuman va shaharlarga taqsimlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar ulushini foiz koʻrinishida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tuman (shahar) hokimliklari va “Mahalla yettiligi”:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yordam koʻrsatish masalasi faqat “Inson” ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish markazlarining ijtimoiy xodimlari tomonidan keys-menejment asosida oʻtkazilgan oʻrganish yakuni boʻyicha shakllantirilgan tavsiyanoma boʻlgan taqdirda koʻrib chiqilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasidan mahalla fuqarolar yigʻinlari uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan bir kun ichida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga belgilangan tartibda yordam koʻrsatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi 2024-yil 1-iyulga qadar “Statistika” integrallashgan axborot tizimining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 31-iyulga qadar “Ijtimoiy himoya” AT orqali “Temir daftar”ga kiritish va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yordam koʻrsatish bilan bogʻliq tartib-taomillarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-avgustga qadar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga manzilli xayriya qilinishini taʼminlash maqsadida kraudfanding tizimini joriy etsin hamda “Ijtimoiy himoya” ATda kraudfanding faoliyati bilan bogʻliq tartib-taomillarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-oktabrga qadar “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan koʻrsatilayotgan ijtimoiy yordamlarni “Ijtimoiy karta” orqali moliyalashtirish tartibini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 31-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
313-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va oilalarga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yordam koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi tuman (shahar) hokimliklari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tashkil etiladi va uning mablagʻlari tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimlarida alohida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida yigʻiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yordamlar koʻrsatish fuqarolarning ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish va shunday vaziyatga tushganlarni ogʻir ijtimoiy vaziyatdan chiqarish maqsadida yordam koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlaridan ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan shaxslar va oilalar ularning murojaati yoki bevosita “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlari tomonidan keys-menejment usulidan foydalangan holda oʻtkaziladigan oʻrganishlar natijalari boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar (shaharlar) xalq deputatlari Kengashlari qaroriga asosan tumanlar (shaharlar) budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorakda ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmonining 12-bandiga muvofiq oʻtkaziladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kraudfanding mexanizmlari orqali kelib tushgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmaklari va grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga maqsadli mablagʻlar ajratilgan taqdirda, ushbu mablagʻlar faqat shu maqsadlar uchun sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Nizomning 5-bandi toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus hisobvaraqda jamlanadi hamda har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan quyidagi koʻrsatkichlarga muvofiq taqdim etiladigan foizlarga asosan tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalariga avtomatik ravishda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25 foizi — tumanlar (shaharlar)dagi aholi soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25 foizi — tumanlar (shaharlar)da yashovchi nogironligi boʻlgan shaxslar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25 foizi — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25 foizi — “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar soniga qarab.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Agentlik tomonidan mazkur bandda nazarda tutilgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining “Statistika” integrallashgan axborot tizimi va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT)dan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Nizomning 6-bandida belgilangan koʻrsatkichlar boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar miqdoriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib toifalarga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi shahar va tumanlarining roʻyxatiga muvofiq tuman (shahar)ning ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda belgilangan toifasi boʻyicha quyidagi tuzatish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 0,85;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 0,95;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,03;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,06;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,1.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Har oyning 5-sanasiga qadar tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan oldingi oyda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasida shakllangan mablagʻlarni (avvalgi oylardan oʻtuvchi qoldiqlarni inobatga olgan holda) quyidagi koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda, mutanosib ravishda tumanlar (shaharlar)dagi mahalla fuqarolar yigʻinlari boʻyicha taqsimlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25 foizi — mahalla fuqarolar yigʻinidagi aholi soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25 foizi — mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi nogironligi boʻlgan shaxslar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25 foizi — mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25 foizi — mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar soni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda belgilangan koʻrsatkichlar boʻyicha maʼlumotlar ushbu Nizomning 6-bandida belgilangan tartibda olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla fuqarolar yigʻinlari boʻyicha taqsimlangan mablagʻlarga doir maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya” ATga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq taqsimlanadigan mablagʻlar miqdorini tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashabbusiga koʻra mahalla fuqarolar yigʻinlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasida shakllangan umumiy mablagʻlar doirasida kamaytirish yoki koʻpaytirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan yordamlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi dasturlar boʻyicha yordam koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻir va uzoq vaqt davolanish talab etiladigan kasallikka chalingan oilalarga yordam koʻrsatish dasturi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi darajali ehtiyojlarni qoplashga koʻmaklashish dasturi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sharoitiga ega boʻlmagan oilalarni qoʻllab-quvvatlash dasturi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isitish taʼminotidan uzilgan oilalarga yordam koʻrsatish dasturi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan dasturlar boʻyicha quyidagi yordamlar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ogʻir va uzoq vaqt davolanish talab etiladigan kasallikka chalingan oilalarga yordam koʻrsatish dasturi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda — BHM) 10 baravarigacha boʻlgan miqdorda dori-darmon bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BHMning 50 baravarigacha boʻlgan miqdorda davolanish xarajatlarini (yashash va yoʻl xarajati bilan birga) qoplash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda dori-darmon bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun bitta oilaga bir yilda ikki marta, davolanish xarajatlarini qoplash uchun esa bir yilda bir marta yordam koʻrsatilishi mumkin. BHMning 5 baravarigacha boʻlgan mablagʻlar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi, qolgan holatlarda esa tegishli mablagʻlar shartnoma asosida oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) birinchi darajali ehtiyojlarni qoplashga koʻmaklashish dasturi doirasida BHMning 1 baravari miqdorida oziq-ovqat, 5 baravarigacha miqdorida kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash. Bunda oziq-ovqat bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash bir chorakda bir marta, kiyim-kechak bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash esa bir yilda ikki marta belgilanishi mumkin hamda mablagʻlar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning bank plastik kartasiga oʻtkaziladi yoki shartnoma asosida natura koʻrinishida beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) uy-joy sharoitiga ega boʻlmagan oilalarni qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olti oy davomida har oyda ijara shartnomasining 50 foizi, biroq BHMning 4 baravaridan oshmagan miqdorda vaqtincha boshpana uchun xarajatlarni (ijara toʻlovini toʻliq yoki bir qismini) qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BHMning 50 baravarigacha boʻlgan miqdorda faqat bir marotaba uy-joyini taʼmirlash, shu jumladan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning yashash sharoitini moslashtirish xarajatlarini qoplash. Bunda ushbu kichik bandda nazarda tutilgan mablagʻlar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning bank plastik kartasiga yoki shartnoma asosida oʻtkazib beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) isitish taʼminotidan uzilgan oilalarga yordam koʻrsatish dasturi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir yilda koʻpi bilan ikki marotaba kuz-qish mavsumida (1-oktabrdan 15-martga qadar) BHMning 1 baravarigacha boʻlgan miqdorda kommunal xarajatlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuz-qish mavsumida BHMning 2 baravarigacha boʻlgan miqdorda koʻmir bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu kichik bandda nazarda tutilgan mablagʻlar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning bank plastik kartasiga yoki taʼminot korxonalariga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda nazarda tutilgan mablagʻlar miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetining hamda tumanlar (shaharlar) budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan koʻpaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga koʻra ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarga ham yoʻnaltirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda — ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs yoki oilaning ahvoli keys-menejment asosida oʻrganiladi hamda unga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yordam koʻrsatish boʻyicha tavsiya shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda — keys-menejment natijasi boʻyicha shakllantirilgan tavsiya asosida yordam koʻrsatish “Mahalla yettiligi” tomonidan kollegial tarzda koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi. Bunda “Mahalla yettiligi”ning yigʻilishlari har oyda ikki marta — oyning 15 va oxirgi sanasigacha oʻtkaziladi, kechiktirib boʻlmaydigan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi bosqichda — “Mahalla yettiligi”ning yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi kollegial qarori asosida tuman (shahar) hokimligi tomonidan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan tegishli mablagʻlar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ijtimoiy xodim tomonidan birinchi bosqich doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs yoki oilaning ahvoli quyidagi asoslar boʻyicha keys-menejment asosida oʻrganib chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning murojaati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy xodim tomonidan xonadonma-xonadon yurish natijasida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Elektron axborot almashish tizimlari orqali quyidagi holatlar tasdiqlangandan soʻng keys-menejment oʻtkazish natijasida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsga (oilaga) “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan yordamlarni koʻrsatish toʻgʻrisida ijtimoiy xodim tomonidan “Ijtimoiy himoya” AT orqali tavsiyanoma shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oʻrganilayotgan oila “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da kam taʼminlangan oila sifatida roʻyxatda turganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mazkur bandning “a” kichik bandi shartlariga toʻgʻri kelmagan holda quyidagi soʻrovlarga rad javobi kelganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) soliq organlarining maʼlumotiga koʻra oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2,5 baravaridan ortiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestrida bittadan ortiq koʻchmas mulk va yer uchastkasi yoki bir va undan ortiq noturar joylar mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) oila aʼzolarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz nomiga rasmiylashtirilgan yoxud ishonchnomaga asosan quyidagilar mavjudligi:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilgan muddati 12 yildan (oila aʼzosi I yoki II guruh va 18 yoshgacha bolalikdan nogiron boʻlsa, 7 yildan) oshmagan, texnik holati soz boʻlgan yengil avtotransport vositasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilgan muddati 15 yildan oshmagan, texnik holati soz boʻlgan yuk tashuvchi avtotransport vositasi, avtobus, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran hamda boshqa qurilish texnikasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki va undan ortiq, texnik holati soz boʻlgan yengil hamda yuk tashuvchi avtotransport vositalari, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) oila aʼzolarining tijorat banklaridagi depozit hisobvaraqlarida murojaat qilingan oyda amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 20 baravari va undan ortiq miqdorda mablagʻlar mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) oila aʼzolarida murojaat qilingan oyda bozor qiymati mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 20 baravari va undan ortiq summani tashkil etuvchi qimmatli qogʻozlar mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oila aʼzolari “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”ga roʻyxatda turmasligi yoki joriy yilda ushbu daftarlar orqali moddiy yordam koʻrsatilmaganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiyanoma bir kun ichida koʻrib chiqish uchun “Mahalla yettiligi”ga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Mahalla yettiligi” tomonidan ijtimoiy xodimning tavsiyanomasi besh kun ichida kollegial tartibda koʻrib chiqiladi va quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs yoki oilaga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yordam koʻrsatish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsiyanomada koʻrsatilgan yordam miqdori “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasida shakllangan mablagʻlarning mahalla fuqarolar yigʻini boʻyicha taqsimlangan miqdoridan ortiq boʻlgan taqdirda, koʻrsatiladigan yordamlarning miqdorini kamaytirish yoki yordam koʻrsatishni keyingi oyga kechiktirish haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs yoki oilaga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yordam koʻrsatishni rad etish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” tomonidan qabul qilinadigan qaror matni “Ijtimoiy himoya” ATda avtomatik shakllantiriladi. Bunda koʻrsatiladigan yordamning miqdori fuqaroning ehtiyojidan kelib chiqib, ijtimoiy xodim tomonidan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “Mahalla yettiligi” tomonidan ijtimoiy xodimning tavsiyanomasi har bir oila boʻyicha alohida koʻrib chiqilib, ovoz beriladi hamda “Mahalla yettiligi” aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan oilaga yordam koʻrsatish boʻyicha qaror qabul qilinadi. Bunda ovozlar teng boʻlib qolganda, ijtimoiy xodimning ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan muddatda “Mahalla yettiligi” vakillari tomonidan ovoz berilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” vakillari tomonidan berilgan ovozlarga asosan qaror qabul qilish tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “Mahalla yettiligi” tomonidan yordam ajratish boʻyicha qaror qabul qilishda quyidagi shaxslar yoki oilalarga ustuvorlik beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksa va I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boquvchisi nogironligi boʻlgan shaxs boʻlgan oilalarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs boʻlgan yoki ogʻir kasallikka chalingan (butunlay yoki qisman oʻzini-oʻzi boqish imkoniga ega boʻlmagan, faoliyati koʻrsata olmaydigan) shaxslarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boquvchisini yoʻqotgan oilalarga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu Nizomning 16-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan bir nafar oilaga yordam koʻrsatish ketma-ket uch marotaba keyingi oyga kechiktirilganda, yordamni tayinlash “Ijtimoiy himoya” AT tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratiladigan yordamlarni olish uchun ijtimoiy yordam olish istagida boʻlgan oila (shaxs) tomonidan qayta murojaat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tuman (shahar) hokimliklari “Mahalla yettiligi”ning ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarorlarining ushbu mahalla fuqarolar yigʻinlariga ajratilgan mablagʻlar doirasida koʻpi bilan bir oy muddatda ijrosini taʼminlaydi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davolash muassasalariga hamda uy-joy ijarasi boʻyicha toʻlovlar tegishli shartnomalar boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazib beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar koʻrinishidagi yordamlar tovarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar maxsus axborot portalida eʼlon joylashtirmasdan va xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlash orqali aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul koʻrinishidagi yordamlar AT “Xalq banki”ning hududiy filiallarida ochilgan bank plastik kartalariga oʻtkazib beriladi. Bunda zarur maʼlumotlar AT “Xalq banki”ning tegishli axborot tizimlaridan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan tovarlar bevosita yordam oluvchining yashash manziliga yetkazib beriladi hamda bu toʻgʻrisida tovarni yetkazib beruvchi va “Mahalla yettiligi”ning bir nafar vakili ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ijtimoiy xodim tomonidan ushbu Nizomning 14 va 15-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish jarayonida oilaga shoshilinch yordam koʻrsatish lozimligi aniqlanganda, zudlik bilan “Ijtimoiy himoya” AT orqali tavsiyanoma shakllantiriladi hamda “shoshilinch” grifi ostida koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun “Mahalla yettiligi”ga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tavsiyanoma “Mahalla yettiligi” tomonidan bir sutka ichida koʻrib chiqilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tasarruf etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tuman (shahar) hokimliklari quyidagilar uchun masʼul hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan muddatda “Mahalla yettiligi”ning qarorida koʻrsatilgan yordam boʻyicha mablagʻlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlaridan moliyalashtirilgan yordamlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda “Ijtimoiy himoya” ATga kiritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq bepul yoki imtiyozli tarzda yordam koʻrsatiladigan shaxslarga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan aynan shu turdagi yordam koʻrsatilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yordam olish uchun murojaatlarni koʻrib chiqish bosqichlari boʻyicha ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga SMS-xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda SMS-xabarnoma yuborish bilan bogʻliq xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

26. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan koʻrsatilgan yordamlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya” ATga kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan mazkur Nizomga muvofiq tumanlar (shaharlar)da ijtimoiy yordamlar uchun ajratilgan mablagʻlarning samarali va maqsadli ishlatilishi boʻyicha nazorat amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalarni “Temir daftar”ga kiritish, hisobini yuritish hamda undan chiqarish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalarni aniqlash, “Temir daftar”ga kiritish, ularning ijtimoiy muammolarini bartaraf etishga qaratilgan yordam koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Temir daftar” “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalar “Temir daftar”ga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalarni “Temir daftar”ga kiritish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar / 01.06.04.03 Qariganda, mehnat layoqatini yoʻqotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum boʻlganda ijtimoiy taʼminot olish huquqi;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi oilalar “Temir daftar”ga kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir vaqtning oʻzida oilada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatga layoqatli shaxs mavjud boʻlmasa yoki yagona boquvchisi ogʻir kasal yoki nogironligi boʻlgan oila aʼzosi (lari)ni parvarish qilish bilan band boʻlsa;

ogʻir kasal yoki nogironligi boʻlgan oila aʼzosi mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaning moddiy ahvoli ogʻir boʻlsa;

uy-joyi yoʻq yoki holati yomon ahvolda boʻlsa;

b) bir vaqtning oʻzida oilada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatga layoqatli shaxs mavjud boʻlmasa yoki yagona boquvchisi ogʻir kasal boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila aʼzosi yolgʻiz yoki yolgʻiz yashovchi boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaning moddiy ahvoli ogʻir boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyi yoʻq yoki holati yomon ahvolda boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bir vaqtning oʻzida oilada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatga layoqatli shaxs mavjud boʻlmasa yoki yagona boquvchisi ogʻir kasal yoki nogironligi boʻlgan oila aʼzosi (lari)ni parvarish qilish bilan band boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boquvchisini yoʻqotgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaning moddiy ahvoli ogʻir boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyi yoʻq yoki holati yomon ahvolda boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) bir vaqtning oʻzida oilada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona boquvchi 3 va undan ortiq voyaga yetmagan farzandlarini tarbiyalayotgan yolgʻiz ona (ota, vasiy yoki homiy) boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaning moddiy ahvoli ogʻir boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyi yoʻq yoki holati yomon ahvolda boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) bir vaqtning oʻzida oilada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 va undan ortiq oila aʼzolarida ogʻir kasallik yoki I va II guruh nogironligi belgilangan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaning moddiy ahvoli ogʻir boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyi yoʻq yoki holati yomon ahvolda boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan oilalar voyaga yetgan aʼzolarining “Temir daftar”ga kiritish uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) orqali yoki bevosita “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga borish orqali taqdim etgan murojaati yoxud “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlari tomonidan xonadonma-xonadon yurish jarayonida aniqlangan holatlar boʻyicha kiritiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oilaning “Temir daftar”ga kiritish haqidagi murojaati yoki ijtimoiy xodim tomonidan aniqlangan holatlar boʻyicha ikki ish kunida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlari tomonidan ushbu oilalar (shaxslar)ning mazkur Nizom 4-bandida belgilangan toifaga toʻgʻri kelishi keys-menejment usuli orqali oʻrganish natijasida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlari tomonidan murojaatda keltirilgan oila ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan toifaga toʻgʻri kelishi toʻgʻrisida xulosaga kelinganda, “Ijtimoiy himoya” AT orqali “Temir daftar”ga kiritish boʻyicha tavsiyanoma shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tavsiyanomani shakllantirishdan avval “Temir daftar”ga kiritish soʻralayotgan oilaning ijtimoiy himoyaga muhtojligi, shu jumladan, moddiy ahvoli, uning ixtiyorida boʻlgan koʻchar va koʻchmas mulklar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar (oilalar) kiritiladigan boshqa daftar va reyestrlarga kiritilganligi yoki ulardan yordam olganligiga doir va boshqa maʼlumotlar idoralararo elektron axborot tizimi orqali “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlaridan yordam koʻrsatish boʻyicha tavsiyanoma shakllantirish uchun belgilangan tartibda tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shakllantirilgan tavsiyanoma bir ish kuni ichida koʻrib chiqish uchun “Mahalla yettiligi”ga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ijtimoiy xodim tomonidan murojaatda keltirilgan oila ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan toifaga toʻgʻri kelmasligi toʻgʻrisida xulosaga kelinganda, murojaat boʻyicha asoslantirilgan javob xati yuboriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Mahalla yettiligi” ijtimoiy xodimning tavsiyanomasini uch ish kuni ichida kollegial tarzda koʻrib chiqib, oddiy koʻpchilik ovozi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilani “Temir daftar”ga kiritish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilani “Temir daftar”ga kiritishni rad etish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” tomonidan qaror qabul qilishda ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, ijtimoiy xodimning ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” tomonidan qabul qilinadigan qaror matni “Ijtimoiy himoya” ATda avtomatik shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Mahalla yettiligi”ning qarori bir ish kuni ichida murojaat qilgan oilaga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga ijtimoiy yordam va xizmatlar koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Ijtimoiy himoya” ATda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning tarkibi, oila aʼzolari haqidagi batafsil maʼlumot, oilaning zaif tomonlari, muhtojligi koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Temir daftar”ga kiritilgan oilaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlarda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi orqali ijtimoiy yordam koʻrsatiladi va subsidiyalar ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularning roziligi bilan homiylik yordamlarini maqsadli jalb qilish uchun tegishli maʼlumotlar ochiq tarzda “Ijtimoiy himoya” ATdagi kraudfanding platformasida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kraudfanding platformasi orqali:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xayriya qilish istagida boʻlgan shaxslar keyslarni koʻrib chiqib, toʻliq yoki qisman homiylik qilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylik yordamlari toʻgʻridan-toʻgʻri natura shaklida muhtoj oilaning oʻziga yoki “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga maqsadli ravishda yoʻnaltirilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilgan yordamlar ijtimoiy xodim tomonidan kraudfanding platformasida aks ettirib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochilgan keyslarni xayriya qiluvchilar geografik hududlar kesimida koʻrishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bir yil davomida “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan yordamlar soni cheklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. “Temir daftar”dan chiqarish tartibi
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.12.00 Hukm, ajrim va qarorlarni ijro qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oilalar quyidagi hollarda “Temir daftar” dan chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir toifa boʻyicha belgilangan yordamlar toʻliq koʻrsatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq davlat taʼminotiga olinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz arizasiga koʻra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Temir daftar”ga kirishda notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ijtimoiy xodim mazkur Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan holatlarga asosan oilalarni “Temir daftar”dan chiqarish boʻyicha “Mahalla yettiligi”ga “Ijtimoiy himoya” AT orqali tavsiya beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “Mahalla yettiligi” ijtimoiy xodim tomonidan “Temir daftar”dan chiqarish tavsiya etilayotgan oilalarni uch ish kuni ichida mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan asoslardan birining mavjudligi boʻyicha oʻrganib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy xodim tavsiyasi “Mahalla yettiligi” aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan maʼqullangan taqdirda, oilani “Temir daftar”dan chiqarish boʻyicha qaror qabul qilinadi va bu toʻgʻrisidagi maʼlumot “Ijtimoiy himoya” ATga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “Temir daftar”dan chiqarilayotgan oilalar ijtimoiy xodim tomonidan bir kun ichida bu haqda xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi “Ijtimoiy himoya” ATga maʼlumotlarning kiritilishi yuzasidan monitoring yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. “Temir daftar”ga kirish boʻyicha qilingan murojaatlarni koʻrib chiqish bosqichlari boʻyicha ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga SMS-xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda SMS-xabarnoma yuborish bilan bogʻliq xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalarni “Temir daftar”ga kiritish, hisobini yuritish hamda undan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalarni “Temir daftar”ga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Fuqaro
Ariza beruvchi onlayn shaklda yoki ijtimoiy xodim orqali murojaat qiladi.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi
1. Ariza beruvchilarning ijtimoiy holati va muammolarini keys-menejment usulidan foydalangan holda aniqlaydi.
1. Uch ish kunida
2. Keys-menejment natijasida oilani “Temir daftar”ga kiritish boʻyicha xulosa qilinganda, tavsiyanoma shakllantiriladi va koʻrib chiqish uchun “mahalla yettiligi”ga kiritadi.
2. Bir ish kunida
3-bosqich
“Mahalla yettiligi”
1. Koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
1. Uch ish kunida
2. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida fuqaroni xabardor qiladi.
2. Bir ish kunida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-avgustdagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan Rivojlanishda orqada qolayotgan hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori boʻlgan mahallalarda aholi bandligini taʼminlash orqali oilalarning daromad manbaini yaratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi oltinchi xatboshisidan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) har yili 1-sentabrga qadar Davlat budjeti parametrlarida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlash maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga keyingi yil uchun uy-joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar hamda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritib borsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tashkil etilgan oilaviy bolalar uylarining ijtimoiy ahvoli, bolalarning oilaga moslashuvi, uy xoʻjaligini yuritish va ulardagi boshqa jamoaviy munosabatlarning shakllanishida mahalla fuqarolar yigʻini raislari, mahalladagi ijtimoiy xodim va xotin-qizlar faollari doimiy ravishda ijtimoiy moslashuv monitoringini yuritish tizimini yoʻlga qoʻysin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola — ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi, bolani tarbiyalashdan yoki uning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlaganligi, shu jumladan, uzrsiz sabablarga koʻra oʻz bolasini tugʻuruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga oʻxshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortganligi, tashlab (qoldirib) ketilgan yoki topib olinganligi sababli ota-onasi nomaʼlum boʻlgan, yolgʻiz (ota) ona vafot etgan ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyga muhtoj yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola — oʻzlariga biriktirilgan turar joyga ega boʻlmagan va merosxoʻr va mol-mulkka egalik qilishning boshqa shakllari bilan nomida uy-joy boʻlmagan Mehribonlik uylari, “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining Bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari, homiylik, oilaga tarbiyaga (patronat) berilgan, oilaviy bolalar uylari (keyingi oʻrinlarda — muqobil joylashtirish shakllari) yoki Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarida (keyingi oʻrinda — oʻquv-tarbiya muassasasi) tarbiyalangan 18 yoshga toʻlgan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“onlayn-navbat” axborot tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan yuritiladigan axborot tizimiga kiritilgan uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“31. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joy ular muqobil joylashtirish shakllariga yoki oʻquv-tarbiya muassasasiga yuborilgan hududdan sotib olinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylar Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) koʻchmas mulkning birlamchi bozoridagi qurilgan koʻp kvartirali uylardagi turar joylar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) koʻchmas mulkning ikkilamchi bozoridagi qurilgan koʻp kvartirali uylardagi turar joylar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) belgilangan narx doirasida yakka tartibdagi turar joy sotib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan uy-joylar qonunchilikka muvofiq belgilangan narxlar doirasida hududiy “Xalqparvar” komissiyalari xulosasiga hamda uy-joylarni baholash natijalariga asosan xarid qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

uy-joyga muhtoj yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan xarid qilingan uylar hisobidan ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyga muhtoj yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga koʻchmas mulkning ikkilamchi bozoridagi qurilgan koʻp kvartirali uylardagi turar joylar yoki yakka tartibdagi turar joy xarid qilinganda, uning narxi shu hududdagi koʻchmas mulkning birlamchi bozoridagi qurilgan koʻp kvartirali uylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar oʻrtasida nikoh tuzilgan hollarda esa, 50 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 2 xonali kvartiralar narxidan oshmasligi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan baholangan boʻlishi lozim”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-banddagi “Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda — kotibiyat)” soʻzlari “va Agentlikning hududiy boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil joylashtirish shakllariga berishda, ularning yashash joyi boʻyicha uy-joyini bolada saqlab qolish kafolati belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Biriktirilgan uy-joyga ega boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar muqobil joylashtirish shakllarida va oʻquv-tarbiya muassasasida boʻlgan toʻliq davrda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni oʻtash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan davrida uy-joyga boʻlgan huquqini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil joylashtirish shakllariga berishda yoki oʻquv-tarbiya muassasasida tarbiyalanayotgan davrida ota-onalar yoki boshqa shaxslar tomonidan sotib yuborilishi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilishi natijasida bolalar mavjud uy-joydan mahrum boʻlgan holat aniqlangan taqdirda, Agentlikning hududiy boshqarmalari yoki bolaning qonuniy vakillari bitimni haqiqiy emas deb topish uchun sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar roʻyxatida turganida yoki biriktirilgan uy-joyga ega boʻlganida, ularning yoshi 23 yoshdan katta boʻlmagan davrda, taʼlim muassasalarida, ijtimoiy uylarida, muqobil joylashtirish shakllarida boʻlgan yoki oʻquv-tarbiya muassasida boʻlgan toʻliq davrda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni oʻtash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan davrida meros boʻyicha hamda davlat tomonidan beriladigan uy-joy olishga va uni saqlab qolishga boʻlgan huquqini saqlab qoladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar muqobil joylashtirish shakllarida boʻlish muddatining tugashidan bir yil oldin yoki shu muddatda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ularning qonuniy vakillari bilan birgalikda mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan holatlar mavjudligini oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan holatlarning biri yoki bir nechtasi mavjud boʻlgan taqdirda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yoki ularning qonuniy vakillari bilan birgalikda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani oʻz hisobida saqlab turilgan uy-joyiga qaytib borishining imkoni yoʻq deb topish hamda uni “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritish masalasini koʻrib chiqish uchun Agentlikning tegishli hududiy boshqarmalariga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agentlikning hududiy boshqarmalari yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining yashash joyi boʻyicha oʻz hisobida saqlab turilgan uy-joyga qaytib borishiga toʻsqinlik qiladigan holatlar mavjudligi toʻgʻrisidagi murojaatni 10 ish kuni davomida koʻrib chiqadi va asoslantirilgan xulosa qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarda, ilgari unga band qilingan uy-joyga qaytib borishiga imkon bermaydigan yoki maqsadga muvofiq boʻlmagan holatlar mavjudligi toʻgʻrisida ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda (muqobil joylashtirish shakllarida boʻlish yoki oʻquv-tarbiya muassasasida muddatining tugashiga qadar), “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ularni “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Onlayn-navbat” axborot tizimiga muqobil joylashtirish shakllariga olingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritilgan uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqidagi barcha tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, saqlaydi, maʼlumotlarni doimiy yangilab boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari zarur hollarda, uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga tegishli maʼlumotlarni uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar va ularning qonuniy vakillaridan soʻrab oladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“18. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ular muqobil joylashtirish shakllarida boʻlish hamda oʻquv-tarbiya muassasasida tarbiyalanishi muddatining tugashidan bir yil avval uy-joyga muhtojlar sifatida “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-banddagi “kotibiyatlar” soʻzi “Agentlikning hududiy boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-banddagi “Kotibiyat” soʻzi “Agentlikning hududiy boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-banddagi “Xalq taʼlimi vazirligi” soʻzlari “ustidan nazorat Agentlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agarda 18 yoshga toʻlgan uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻquv-tarbiya muassasasini tugatmagan hollarda, ushbu toifadagi bolalar oʻquv-tarbiya muassasasini tugatgan yilda uy-joy bilan taʼminlanadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning asoslantirilgan murojaati asosida Agentlik hududiy boshqarmalari tomonidan uy-joyning umumiy maydonini kengaytirish va mazkur bandda nazarda tutilgan talablarni saqlab qolish sharti bilan sotishga ruxsat beriladi”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-banddagi “Xalq taʼlimi vazirligi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“31. Davlat budjeti parametrlarida Agentlik uchun ajratilgan mablagʻlar tarkibida alohida satrda mablagʻlar rejalashtirilib, keyinchalik haqiqiy talabdan kelib chiqqan holda Agentlikning hududiy boshqarmalariga qayta taqsimlash orqali yoʻnaltiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“33. Ushbu mablagʻlar Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasiga asosan uy-joyni balansda saqlovchining hisobraqamiga yoki uy-joy egasining bank omonat hisobraqamiga hamda qurilish pudrat tashkiloti hisobraqamiga pul oʻtkazish yoʻli bilan oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼmirlash va jihozlash bilan bogʻliq xarajatlar tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, “Mehr daftari” jamgʻarmasi va Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyni baholash va unga boʻlgan huquqlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar mazkur Nizomning 31-bandida belgilangan mablagʻlar hisobidan qoplanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“34. Agentlikning hududiy boshqarmalari uy-joy berish toʻgʻrisidagi qarorini (buyruqni) qabul qiladi va tuman (shahar) hokimligiga yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ushbu Nizomga 2-ilovada belgilangan namunadagi orderni berish uchun yuboradi. Bunda tuman (shahar) hokimligi qaror (buyruq) kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga orderni rasmiylashtiradi va Agentlikning hududiy boshqarmalariga yuborilishini taʼminlaydi. Mazkur order berilgan uy-joyga koʻchib kirish uchun asos hisoblanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 341-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“341. Agentlikning hududiy boshqarmalari tuman (shahar) hokimligi tomonidan order rasmiylashtirib berilgandan soʻng 5 ish kuni mobaynida ushbu uy-joyni yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga belgilangan tartibda rasmiylashtirib berilishini taʼminlaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-bandning birinchi xatboshisidagi “, rasmiylashtirilgan sanadan boshlab oʻn yil muddatga” soʻzlari “va 30 yoshga toʻlguniga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-banddagi “Tuman (shahar) hokimliklari” soʻzlari “Agentlikning hududiy boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“42. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola u muqobil joylashtirish shakllarida boʻlish yoki oʻquv-tarbiya muassasasida tarbiyalanish muddatining tugayotgan yilning oxiriga qadar boʻlgan muddatda uy-joylar bilan taʼminlanadilar, ushbu nizomning 9-bandidagi holatlar bundan mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-banddagi “Tuman (shahar) hokimliklari” soʻzlari “Agentlikning hududiy boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-banddagi “tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish shuʼbalari” soʻzlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“46. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning ajratilgan uy-joyda yashashi, ijtimoiy hayotga moslashishida qiyinchiliklar aniqlangan taqdirda, unga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va mahalla organi faollari bilan birgalikda ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Uy-joyga muhtoj sifatida hisobga qoʻyilgan hamda uy-joy bilan taʼminlangan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi yillik maʼlumotlar Agentlikning hududiy boshqarmalari Agentlikka va tuman (shahar) hokimliklari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvarigacha, oʻz navbatida, Agentlik va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Statistika agentligiga hisobot yilidan keyingi yilning 25-yanvarigacha taqdim etilishi lozim”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Order egasi bilan bir qatorda uy-joyga uning quyidagi oila aʼzolari ham birgalikda yashashi hisobga olingan.
T/r
Qarindoshlik darajasi
F.I.O.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (seriyasi, raqami)
Tugʻilgan sanasi
1.
turmush oʻrtogʻi
2.
farzandlar
______________ tumani (shahri) hokimi
______________________
QR-kod
(F.I.O.)
______________________ tumani (shahri) hokimi____________________20____ yil.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Order egasi 30 yoshga toʻlguniga qadar uy-joyni sotishga, almashtirishga yoki boshqacha turdagi begonalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu order uy-joyga koʻchib kirish uchun asos hisoblanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 33-bandning ikkinchi xatboshisidan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi va boshqa” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 39-bandning birinchi xatboshisidan “va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
5.
Zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida, bir martalik moddiy yordam berish.
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
10.
Bir martalik moddiy yordam berish.
bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
12.
Bir martalik moddiy yordam berish.
bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
17.
Sektor rahbari xulosasi asosida, bir martalik moddiy yordam berish.
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
18.
Bir martalik moddiy yordam berish.
bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
41.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sayohatlarini tashkil etish.
Hisob-kitobga koʻra
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-apreldagi 211-son qarori bilan tasdiqlangan Hududlarda aholi bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflar va aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni oʻz ichiga olgan “Yoʻl xaritasining” 4-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2024-yil 11-martdagi 123-son qarorining 5-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“xizmatlarning narxi eng yaxshi tijoriy takliflar asosida shakllantiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qaroriga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 28-apreldagi 250-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoni)” 2021-yil 23-iyuldagi 450-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 16-avgustdagi 524-son qaroriga 1-ilovaning 35-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-son qarori)” 2021-yil 6-oktabrdagi 624-son qaroriga ilovaning 7-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qaroriga 2-ilovaning 18-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 31-martdagi 145-son qarorining 13-bandi hamda qarorga 4-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 1026-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-iyundagi 312-son qaroriga 4-ilovaning 6-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2022-yil 8-iyuldagi 375-son qaroriga 1-ilovaning 27-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2022-yil 9-avgustdagi 438-son qaroriga 1-ilovaning 79-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini soddalashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 17-oktabrdagi 547-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq hoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 26-apreldagi 237-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-apreldagi 213-F-son farmoyishi.