13.06.2024 yildagi 331-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va undagi mablagʻlarning hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va undagi mablagʻlarning hisobini yuritish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq soliq toʻlovchilar ish haqining va boshqa daromadlarining mahalliy fond bozorida emissiya qilingan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan qismi tegishli shartlar asosida soliq solinmaydigan daromad turlariga kiritilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son qarori bilan tasdiqlangan 2023 — 2025-yillarda kapital bozorini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 17-bandida shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va pul mablagʻlarining hisobini yuritish tartibini ishlab chiqish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va undagi mablagʻlarning hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va undan foydalanish maqsadlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy investitsiya hisobvaragʻidagi mablagʻlarning hisobini yuritish va ularning holati toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini yopish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va uning ahamiyati yuzasidan keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori D.R. Li zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 13-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
331-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyundagi 331-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va undagi mablagʻlarning hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish, yuritish va yopish, shuningdek, undagi mablagʻlarni hisobga olish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
badal — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mijozning shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadigan ish haqi yoki boshqa daromadining bir qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish va tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, shuningdek, uni nazorat qilish uchun masʼul boʻlgan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz — shaxsiy investitsiya hisobvaragʻi ochilgan paytda Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti hisoblangan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya vositachisi — fond va (yoki) valyuta birjasi aʼzosi boʻlgan, qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar va operatsiyalarni mijozning topshirigʻiga binoan uning nomidan va hisobidan amalga oshiruvchi qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma — shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va yuritishni nazarda tutuvchi brokerlik va depozitariy xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy investitsiya hisobvaragʻi (SHIH) — ushbu Nizom talablarini bajarish maqsadida investitsiya vositachisi tomonidan mijozning qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlarini hisobga olish uchun ochiladigan hisobvaraq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. SHIH mijoz bilan tuziladigan shartnoma asosida investitsiya vositachisi tomonidan ochiladi va yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mijoz badallar qabul qiladigan faqat bitta SHIHga ega boʻlishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. SHIHni ochish uchun mijoz investitsiya vositachisiga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), telefon raqami va elektron pochta manzili koʻrsatilgan arizani ta kd im etadi, shuningdek, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasini ilova qiladi. Investitsiya vositachisi, agar qonun hujjatlari talablari yoki ichki tartib-qoidalarni bajarish uchun zarur boʻlsa, qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. SHIH investitsiya vositachisi tomonidan mijozning tegishli arizasi kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya vositachisi elektron hujjat aylanishi vositalaridan foydalangan holda mijozni masofadan identifikatsiyalash va SHIHni ochishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mijoz quyidagi shartlarga rioya qilgan holda boshqa investitsiya vositachisida yangi SHIHni ochishga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari boshqa investitsiya vositachisida ochilgan SHIH yangi SHIH ochilgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida yopilishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning qimmatli qogʻozlari va (yoki) pul mablagʻlari yuqorida koʻrsatilgan oʻn kunlik muddat ichida avvalgi SHIHdan yangisiga oʻtkaziladi. Bunda qimmatli qogʻozlar va (yoki) pul mablagʻlarini yangi ochilgan SHIHga oʻtkazish muayyan davr mobaynida pul mablagʻlarini kiritishning belgilangan chegarasini buzish deb hisoblanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz yangi SHIHni ochayotgan investitsiya vositachisiga SHIHni yopayotgan investitsiya vositachisidan kiritilgan pul mablagʻlari hamda qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoʻnaltirilgan mablagʻlarning sanalari va miqdorlari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotnomani taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. SHIHni yopayotgan investitsiya vositachisi mijozning talabiga koʻra besh ish kuni ichida boshqa investitsiya vositachisiga mijozning SHIHga nisbatan qoʻllanadigan soliq imtiyozlarini toʻgʻri hisoblab chiqish imkonini beradigan shaklda kiritilgan pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlarni olishga yoʻnaltirilgan mablagʻlarning sanalari hamda mikdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotnomani berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. SHIH qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish uchun moʻljallangan hisobvaraqlarni yuritish va hisobotlarni taqdim etishni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq ochiladi, yuritiladi va yopiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻidagi mablagʻlarning hisobini yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Investitsiya vositachisi soliq davri (kalendar yil) mobaynida SHIHga kiritilgan badallar hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. SHIHga badallar faqat Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bir soliq davri mobaynida SHIHga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlarining umumiy summasi eng kam ish haqining yuz baravaridan oshmasligi lozim. Bunda bir kalendar oy davomida SHIHga oʻtkaziladigan mablagʻlar summasi eng kam ish haqining yigirma baravaridan oshmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. SHIHga belgilangan chegaraviy badal miqdoridan ortiqcha mablagʻ kelib tushgan taqdirda, ortiqcha summa pul mablagʻlari kelib tushgan hisobvaraqqa mablagʻlar kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay qaytarilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. SHIHda hisobga olinadigan qimmatli qogʻozlar boʻyicha olinadigan dividendlar va (yoki) kupon toʻlovlari mijozning koʻrsatmasiga binoan uning investitsiya vositachisida ochilgan boshqa hisobvaragʻiga (mavjud boʻlsa) yoki bank hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. SHIHga kiritilgan mablagʻlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun ishlatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. SHIHda hisobga olinadigan badallar summasi ular birinchi marta kelib tushgan sanadan boshlab kamida oʻn ikki oy davomida SHIHda saqlanib, qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun foydalanilgan taqdirda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar va (yoki) pul mablagʻlari boshqa investitsiya vositachisida yangi ochilgan SHIHga oʻtkazilganda, mijozning birinchi ochilgan SHIHga ilk badali kelib tushgan sanasi pul mablagʻlari birinchi kelib tushgan sana hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mijoz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda SHIHni investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga boshqaruvga topshirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini yopish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mijoz istalgan vaqtda SHIHni yopishga va investitsiya vositachisiga hisobvaraqni yopish toʻgʻrisida ariza berish orqali, shu jumladan, masofadan turib, unga kiritilgan pul mablagʻlarini va (yoki) undagi qimmatli qogʻozlarni qaytarishni talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mijozning tashabbusi bilan pul mablagʻlari SHIHga birinchi marta oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn ikki oylik muddat oʻtmasidan oldin pul mablagʻlari va (yoki) qimmatli qogʻozlar SHIHdan chiqarilgan taqdirda, kiritilgan pul mablagʻlariga soliq solinadi — ulardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi ushlab qolinadi, bundan pul mablagʻlari va (yoki) qimmatli qogʻozlar yangi SHIHga oʻtkazilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Investitsiya vositachisining tashabbusi bilan pul mablagʻlari SHIHga birinchi marta oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn ikki oylik muddat oʻtmasdan oldin SHIH yopilgan taqdirda, mijozda soliq majburiyatlari vujudga kelmaydi. Bunda investitsiya vositachisi mijozning hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarini va (yoki) qimmatli qogʻozlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mijoz tomonidan boshqa investitsiya vositachisida ochilgan SHIHga yoxud Markaziy depozitariydagi tegishli hisobvaraqqa oʻtkazishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. SHIHdan pul mablagʻlari va (yoki) qimmatli qogʻozlarni faqat uni yopish bilan bir vaqtda chiqarishga ruxsat etiladi. SHIHdan pul mablagʻlari va (yoki) qimmatli qogʻozlarni qisman chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHIH faqat undagi barcha qimmatli qogʻozlar sotilgandan yoki mijozning koʻrsatmasiga binoan boshqa SHIHga yoxud boshqa hisobvaragʻiga oʻtkazilgandan keyin yopilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. SHIHdagi qimmatli qogʻozlarni toʻliq sotish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, mazkur qimmatli qogʻozlarning sotilmagan qismi besh ish kunidan kechiktirmay mijozning koʻrsatmasida koʻrsatilgan hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Investitsiya vositachisi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq SHIHni yopish munosabati bilan yuzaga keladigan soliqlarni hisoblab chiqadi va ushlab qoladi. Ushlab qolingan soliq summalari SHIH yopilgan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay budjetga oʻtkazilishi shart. Soliqlar ushlab qolingandan soʻng qolgan mablagʻ mijoz koʻrsatmasida koʻrsatilgan hisobvaraqqa oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. SHIH pul mablagʻlari SHIHga birinchi marta oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn ikki oylik muddat oʻtmasidan oldin yopilganda (pul mablagʻlari va (yoki) qimmatli qogʻozlarni boshqa SHIHga oʻtkazish munosabati bilan yopish hollari bundan mustasno), investitsiya vositachisi ushbu yopilish bilan bogʻliq toʻlanishi lozim boʻlgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar soliqni toʻlash paytida SHIHdagi pul mablagʻlari qoldigʻi mijozning yuzaga kelgan soliq majburiyatini qoplamasa, ushbu SHIHdan pul mablagʻlari va (yoki) qimmatli qogʻozlarni chiqarishga ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mijozning pul mablagʻlari SHIHga birinchi marta oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn ikki oy oʻtgach SHIHdan yechib olingan hollarda investitsiya vositachisi oʻtgan davr uchun SHIHga kiritilgan badallar summasi bilan SHIHdan qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari summasi (shu jumladan, qimmatli qogʻozlarni sotib olishda mijoz tomonidan toʻlangan vositachilik toʻlovlar summasi) oʻrtasidagi farqni aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar SHIHga kiritilgan badallar summasi qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasidan (shu jumladan, qimmatli qogʻozlarni sotib olishda mijoz tomonidan toʻlangan vositachilik toʻlovlari summasidan) ortiq boʻlsa, ushbu ortiqcha summa SHIHdan yechib olinayotganda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Investitsiya vositachisi mijozdan tegishli ariza qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni muddatida SHIHni yopishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Investitsiya vositachisi har oyda soliq organlariga mijozlar tomonidan SHIHni yopish munosabati bilan yuzaga kelgan soliq majburiyatlari toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi belgilagan tartibda elektron shaklda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Investitsiya vositachilari va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari mijozning soʻroviga koʻra uning SHIHdagi qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlarining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. SHIH bilan bogʻliq maʼlumotlarni oshkor qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan masalalar Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga va investitsiya vositachilari faoliyatiga tatbiq etiladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq hal etiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2024-y., 09/24/331/0421-son)