05.06.2024 yildagi PQ-209-son
ONLINE TRANSLATE
Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixiga bag‘ishlangan filmlar turkumini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinematografiya sohasini yangi bosqichga ko‘tarish, milliy davlatchiligimizning uch ming yildan ziyod tarixini, buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini aks ettiruvchi filmlar turkumini ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Kinematografiya agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi hamda ilmiy-ijodiy jamoatchilikning takliflari asosida 2024 — 2027-yillarga mo‘ljallangan “Tirik tarix” filmlar turkumini yaratish dasturi (keyingi o‘rinlarda — “Tirik tarix” dasturi) 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu dastur orqali quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyati, azaliy qadriyat va an’analari, ezgu orzu-intilishlarini chuqur ilmiy asoslarga tayanib, to‘laqonli aks ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatan ozodligi va ravnaqi yo‘lida kurash olib borgan buyuk sarkarda va davlat arboblarining murakkab hayoti va davlatchilik faoliyatini xolis va haqqoniy ko‘rsatib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tariximizda yorqin iz qoldirgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, alloma va mutafakkirlar, shoir va adiblar, ma’rifatparvar jadid bobolarimiz, atoqli san’atkorlarning ilmiy-ijodiy merosi, ularning umumbashariy tamaddun rivojiga qo‘shgan munosib hissasini yuksak g‘oyaviy-badiiy saviyada namoyish etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Kinematografiyani rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy komissiya (keyingi o‘rinlarda — Milliy komissiya) tuzilsin hamda uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy komissiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tirik tarix” dasturi doirasida hamda davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan filmlarni moliyalashtirish manbalarini belgilash va filmlarni ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kinoindustriyani iqtisodiyotning alohida tarmog‘i sifatida rivojlantirish, jumladan, imtiyoz va preferensiyalarga ega maxsus kino hududlari tashkil etish, zamonaviy moddiy-texnik bazaga ega infratuzilmani yaratish hamda kinoprokat tizimini rivojlantirish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filmlar ishlab chiqarishda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, alohida masalalar bo‘yicha ishchi guruhlar tuzish, muhofaza qilinadigan hudud va obyektlarda suratga olish, maxsus va harbiy texnikalarni jalb qilish hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy filmlarni xorijiy kinobozor va kinofestivallarda keng targ‘ib qilish, filmlarni ishlab chiqarishga mahalliy va xorijiy hamkorlar, nodavlat tashkilotlar hamda homiylarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy kinematografiya sohasi ijodkorlari, mutaxassislari va soha vakillarini rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash, xalqaro kinofestivallar g‘oliblarini taqdirlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinematografiya agentligi qoshida tashkil etiladigan, “Tirik tarix” turkumidagi filmlarning budjetini ko‘rib chiqish va ekspert xulosasini berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, kino sohasi bo‘yicha iqtisodchi va moliyachi mutaxassislardan iborat Ekspertlar guruhining tarkibi va xulosalarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tirik tarix” dasturi ijrosi bilan bog‘liq joriy ishlarning mas’ul vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish maqsadida Kuzatuv guruhi tuzish. Kuzatuv guruhi hisobotlari va tahliliy ma’lumotlari har oy yakunlari bo‘yicha Milliy komissiya raisiga va navbatdagi yig‘ilishlarga kiritib borilishini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Filmlarning g‘oyaviy-badiiy saviyasini oshirishga ko‘maklashuvchi milliy kengash (keyingi o‘rinlarda — Milliy kengash) tuzilsin hamda uning tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kino san’atini jamiyatning ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy hayotida, jumladan, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim strategik vosita sifatida shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tirik tarix” dasturi doirasida yaratiladigan filmlarning g‘oyaviy va badiiy mazmuni, adabiy va rejissorlik ssenariylarining yuksak saviyada bo‘lishini ta’minlash choralarini ko‘rish, shuningdek, ijodiy guruhlarga nisbatan aniq vazifa va talablar belgilash hamda tayyorlangan kinoloyihalarni ko‘rib chiqib baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kinomahsulotlarni muvofiqlashtirish, ularni yaratish uchun ustuvor mavzular va janrlar bo‘yicha kvotalarni belgilash, shuningdek, Milliy komissiyaga ishlab chiqarishi boshlangan kinoloyihalarning hajmini oshirish (qisqartirish) yoki vaqtincha to‘xtatib turish bo‘yicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tirik tarix” dasturidagi kinoloyihalarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan tarixiy faktlar va ma’lumotlarni aniq va ishonchli asosda to‘plash va amaliy maslahatlar berish maqsadida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi qoshida tegishli soha mutaxassislaridan iborat ekspertlar ilmiy guruhini tashkil etish. Ushbu guruh tomonidan tayyorlangan tahliliy materiallarni Milliy kengash yig‘ilishlarida muhokama qilib borishni yo‘lga qo‘yish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinematografiya agentligi Milliy komissiya va Milliy kengashning ishchi organi etib belgilansin hamda ularga har chorak yakuni bo‘yicha bajarilgan ishlar va mavjud muammolarni tahlil qilgan holda hisobot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq “Tirik tarix” dasturi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filmlarni ishlab chiqarishda Fanlar akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi va boshqa ilmiy-ma’rifiy muassasalar tarixiy-ilmiy va badiiy masalalar bo‘yicha asosiy hamkorlar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy kengash takliflari asosida Milliy komissiya tomonidan filmlarni ishlab chiqarishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan rejasi tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filmlar ishlab chiqarish uchun kinoloyihalarni tayyorlash bo‘yicha tanlov tashkil etiladi va eng yaxshi kinoloyihalar tanlab olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kinoloyihalarga muvofiq filmlar ishlab chiqarish uchun taqdimot shaklidagi tanlovlar (pitching) asosida kinokompaniyalar aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filmlarni ishlab chiqarish budjeti xorijiy tajriba asosida bozor konyunkturasini hisobga olgan holda shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
badiiy va badiiy-publitsistik filmlar zamonaviy xorijiy formatda yaratiladi hamda ularning namoyishi kinoteatrlar va milliy telekanallarda, shuningdek, xorijiy tillarga dublyaj qilinib, chet el telekanallari va striming platformalarida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filmlarni O‘zbekistonda shakllangan dublyaj san’ati maktabi an’analarini davom ettirgan holda xorijiy tillarga tarjima va dublyaj qilish bo‘yicha tanlovlar tashkil qilinadi hamda zarur chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filmlarni ishlab chiqarishda ustuvor ravishda “O‘zbekfilm” kinokonserni” DUKga import shartnomasi asosida yetkazib beriladigan kino uskunalaridan ijara asosida foydalaniladi, boshqa tadbirkorlik subyektlarining kino uskunalari zamonaviy va ijara to‘lovi arzon bo‘lgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekfilm” kinokonserni” DUK tarkibidagi mavjud suratga olish pavilonlari va ulardagi 3D o‘lchamdagi ekranlardan birinchi navbatda “Tirik tarix” dasturi doirasidagi filmlarni ishlab chiqarishda foydalaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filmlarning boshlang‘ich materiallari uchun “O‘zbekiston milliy kinofondi” davlat muassasasida alohida ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi va ular maxsus server qurilmalarida saqlanishi ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filmlarni ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida respublika bo‘ylab professional va havaskor kino aktyorlarining elektron katalogi shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada faoliyat yuritayotgan kinostudiyalar va teatrlarda saqlanayotgan tarixiy liboslar inventarizatsiyadan o‘tkaziladi, davrlarga mansubligidan kelib chiqib, ularning onlayn elektron katalogi yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tirik tarix” turkumida ishlab chiqariladigan kinoloyihalar alohida belgi (logotip) asosida yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kinematografiya agentligiga mahalliy va xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlik (co-production) asosida “Tirik tarix” dasturi doirasidagi filmlarni yaratishga ruxsat berilsin hamda ushbu hamkorlikda filmlarni shartnoma asosida ishlab chiqarish va targ‘ibotini amalga oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni yo‘naltirishga qaratilgan zarur choralar ko‘rilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat buyurtmasi asosida kinomahsulotlarni ishlab chiqarishga ularning badiiy konsepsiyasi hamda moliyalashtirish hajmi va manbalari Milliy komissiya va Milliy kengashning ijobiy xulosalari asosida ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, davlat ulushi mavjud xo‘jalik birlashmalariga budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tegishli sohalarga oid filmlar ishlab chiqarishga mablag‘larni yo‘naltirishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mamlakatda kinoteatrlar tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida respublikaning har bir tumanida (shahrida) kinoteatrlar barpo etish, tarkibida kinozallari soni 2 tadan va tomoshabinlar sig‘imi 300 kishidan kam bo‘lmagan savdo-ko‘ngilochar komplekslarini qurish uchun tadbirkorlik subyektlariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlari Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat-xususiy sheriklik asosida bepul ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ushbu tizimni samarali tashkil qilish bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi va Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazining Toshkent shahri, Navoiy shoh ko‘chasi, 15-uyda joylashgan “Kinochilar uyi”ni “O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi” deb qayta nomlash haqidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi milliy va retro filmlarning targ‘ibotini amalga oshirish, kinosan’atkorlarning ijodiy kechalari, uchrashuvlarini o‘tkazish, yosh kinochilarning mahoratini oshirish va “ustoz-shogird” an’analarini davom ettirishga xizmat qiladigan ijodiy maskan sifatida faoliyat yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari har chorakda kamida bir marotaba O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida madaniy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, ekskursiyalar tashkil qiladi hamda filmlar namoyishlariga shartnoma asosida jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Milliy komissiya (A. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda ilg‘or xorijiy tajriba asosida milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish, investitsiya mablag‘larini jalb qilish tizimini takomillashtirish va sohada boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish bo‘yicha takliflarni kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-iyunga qadar “O‘zbekfilm” kinokonserni” DUKni zamonaviy kino qurilmalari, texnologik tizimlar va multimedia mahsulotlari bilan jihozlash ishlarini yakunlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2025-yil 1-yanvardan boshlab Kinematografiya agentligining iqtisodiy va ijodiy jihatdan faoliyat mustaqilligini ta’minlash maqsadida unga ajratiladigan budjet mablag‘larini alohida xarajatlar iqtisodiy tasnifining bir satrida o‘tkazib berish amaliyoti joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Kinematografiya agentligining markaziy apparatini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar taqsimoti hamda oylik ish haqi miqdorlari, xodimlarni rag‘batlantirish to‘lovlari Kinematografiya agentligi taqdimnomasiga ko‘ra Milliy komissiya tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Madaniyat vazirligi uch oy muddatda oliy ta’lim muassasasi shaklidagi O‘zbekiston xalqaro kinematografiya akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Kinoakademiya)ni tashkil qilish hamda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab uning faoliyatini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kinoakademiya Toshkent shahri, Chilonzor ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “O‘zbekfilm” kinokonserni” DUK hududidagi binoga (sobiq Tasmani qayta ishlash sexi) operativ boshqarish huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi qoshida kinematografiya sohasi uchun o‘rta maxsus mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash maktabi (keyingi o‘rinlarda — kinomaktab) tashkil qilinsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarixiy-jangovar (blokbaster) filmlarni yaratish bo‘yicha mahalliy va xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilgan holda alohida guruhlar va kurslar (kaskadyorlar, pirotexniklar, grimchilar, tarixiy libos va chiroq ustalari hamda boshqalarni tayyorlash) faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kinomaktabda kinematografiya sohasi uchun o‘rta maxsus mutaxassislar tayyorlashga mo‘ljallangan o‘quv kurslari, seminar treninglar, mahorat darslari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kinomaktabda tahsil olgan ushbu kasb egalari (yordamchi rejissorlar, operatorlar, rassomlar, chiroqchilar va boshqalar) birinchi navbatda “Tirik tarix” dasturidagi filmlarni ishlab chiqarishga jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinomaktab Toshkent shahri, Chilonzor ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “O‘zbekfilm” kinokonserni” DUK hududidagi 2 qavatli binoga (sobiq Chilonzor tumani Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi) operativ boshqarish huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2024-yil yakuniga qadar Kinoakademiya va kinomaktab binolarini kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2023 — 2025-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-459-son qarorida 2024-yil uchun belgilangan mablag‘lardan iqtisod qilingan qismi hisobidan amalga oshirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Madaniyat vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kinematografiya sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi tegishli qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Respublikadagi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarida, o‘rta maktablarda kinolektoriylar, tuman (shahar)larda joylashgan madaniyat markazlarida milliy filmlarning bepul namoyishlari tashkil etilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat markazlarida kinozallar tashkil qilinadi hamda ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan jihozlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu namoyishlar Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi huzuridagi axborot-multimedia striming platformasi (uzbekkino.uz) orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga* muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 4-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kinematografiya agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Samarqand, Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 2024-yil 1-oktabrga qadar xalqaro tajribani o‘rgangan holda yurtimizda “erkin iqtisodiy kinohududlar” va “Sinema park” tashkil qilish bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinematografiyani rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy komissiya hamda Filmlarning g‘oyaviy-badiiy saviyasini oshirishga ko‘maklashuvchi milliy kengash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlarida kinoijodkorlar va ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirokida “Kinokarvon” tadbirlarini tizimli o‘tkazib borish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qaror mazmuni va ijrosini keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul etib madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov va Kinematografiya agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Sh.T. Rizayev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 5-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-209-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-209-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinematografiyani rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Milliy komissiya raisi

2.

O.Q. Abdurahmanov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari

3.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

4.

X.U. Umarova

maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

5.

Q.A. Sharipov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

6.

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

7.

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

8.

B.N. Kurbanov

mudofaa vaziri

9.

O.R. Fozilkarimov

iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari

10.

Sh.T. Rizayev

Kinematografiya agentligi direktori vazifasini bajaruvchi

11.

B.G. Abdikarimov

Madaniy meros agentligi direktori

12.

A.Y. Mavlonov

Bojxona qo‘mitasi raisi

13.

F.F. Abduxalikov

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori

14.

B.O. Onorboyev

Vazirlar Mahkamasi bo‘lim boshlig‘i, Milliy komissiya kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy komissiya tomonidan uning tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi hamda Milliy komissiya raisi o‘rinbosarini belgilashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-209-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filmlarning g‘oyaviy-badiiy saviyasini oshirishga ko‘maklashuvchi milliy kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

X.M. Sultanov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Milliy kengash raisi

2.

Sh.T. Rizayev

Kinematografiya agentligi direktori vazifasini bajaruvchi

3.

O.A. Hasanov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori

4.

S.S. Saidov

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi

5.

F.F. Abduxalikov

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori

6.

A.H. Ziyo

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik

7.

A. Nuriddinov

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi

8.

Sh.S. Sirojiddinov

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik

9.

A.A. Hakimov

san’atshunos, akademik

10.

E.N. A’zamov

“Tafakkur” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston xalq yozuvchisi

11.

I.M. Mirzaaliyev

“Jadid” gazetasi bosh muharriri, O‘zbekiston xalq shoiri

12.

Y.H. Sa’diyev

O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekiston xalq artisti

13.

O.D. Davlatov

Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori

14.

R.R. Abdullayev

O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

15.

H.A. Dadaboyev

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori

16.

M.S. Matchanov

Kinoarboblar uyushmasi raisi

17.

B.K. Adilov

“O‘zbekfilm” kinokonserni direktori

18.

Sh.M. Mahmudov

kinorejissor

19.

H.B. Hasanov

Kinooperator, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

20.

T.S. Saidov

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

21.

Z.A. G‘aniyeva

liboslar bo‘yicha rassom

22.

A.A. Umrzoqov

kinorassom

23.

D.F. Yanovskiy

kompozitor

24.

J.A. Ahmedov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi, kinorejissor

25.

B.B. Muhamedov

Kinematografiya agentligi direktori maslahatchisi, Milliy kengash kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy kengash tomonidan uning tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi hamda Milliy kengash raisi o‘rinbosarini belgilashi mumkin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2024-y., 07/24/209/0409-son)