1-ILOVA
1. | A. Aripov | — | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika idoralararo komissiyasi raisi |
2. | A. Burxanov | — | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori, Respublika idoralararo komissiyasi raisi oʻrinbosari |
3. | A. Tashkulov | — | adliya vaziri, Respublika idoralararo komissiyasi raisi oʻrinbosari |
4. | N. Yoʻldoshev | — | Bosh prokuror |
5. | A. Boboyev | — | Hisob palatasi raisi |
6. | B. Musayev | — | kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri |
7. | J. Mirzamahmudov | — | energetika vaziri |
8. | B. Zakirov | — | qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri |
9. | B. Islamov | — | togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri |
10. | I. Maxkamov | — | transport vaziri |
11. | I. Abduraxmonov | — | qishloq xoʻjaligi vaziri |
12. | Sh. Xamrayev | — | suv xoʻjaligi vaziri |
13. | Sh. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
14. | P. Bobojonov | — | ichki ishlar vaziri |
15. | X. Umarova | — | maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
16. | K. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
17. | A. Xudayarov | — | sogʻliqni saqlash vaziri v.b. |
18. | I. Norqulov | — | iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
19. | N. Saydullayev | — | Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari |
20. | A. Ortiqov | — | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori |
21. | J. Tursunov | — | Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi |
22. | A. Djurabayev | — | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
23. | A. Qayumov | — | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
24. | U.Sh. Xusainov | — | Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori v.b. |
25. | B. Sidiqov | — | “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi |
26. | Q. Sanaqulov | — | “Navoiy KMK” AJ boshqaruvi raisi |
27. | B. Eshmuratov | — | “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi |
28. | Z. Narzullayev | — | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi |
29. | Sh. Xudaykulov | — | “Uzbekistan airways” AJ boshqaruvi raisi |
30. | U. Rozukulov | — | “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi |
31. | A. Akbarjonov | — | “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi |
32. | K. Tulyaganov | — | “Asakabank” ATB boshqaruvi raisi |
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Muddati |
Masʼul |
|
I. Qonunchilik hujjatlarini “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiqlashtirish choralari |
||||
|
1. |
Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish tizimini yoʻlga qoʻyish, shu jumladan, davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari roʻyxati hamda Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrini belgilash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2024-yil |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (A. Musayev), Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlari |
|
2. |
Qonunchilik hujjatlarini “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga “paket” prinsipi asosida kompleks muvofiqlashtirish hamda ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihalari |
2024-yil |
Adliya vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
|
3. |
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan shaxs davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingandan soʻng tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatib turish tartibini belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil |
Adliya vazirligi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (A. Musayev) |
|
II. Manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralari |
||||
|
4. |
“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq roʻyxatini shakllantirish. |
Axborot-tahliliy |
2024-yil |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Markaziy bank (N. Saydullayev) |
|
5. |
Davlat organlari va tashkilotlarida yaqin qarindoshlar bevosita boʻysunuvda yoki nazorat yoʻnalishidagi tashkilotlarda ishlayotgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish. |
Axborot-tahliliy |
2024-yil |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil |
Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh |
|
|
6. |
Davlat organlari va tashkilotlarida hamda ularning boʻysunuvida boʻlgan tashkilotlarda xodimlar oʻrindoshlik asosida ishlayotgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish. |
Axborot-tahliliy |
2024-yil |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil |
Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh |
|
|
7. |
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish holatlarini aniqlash. Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil |
Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh |
|
8. |
2023-yil davomida yaqin qarindoshi mansabdor shaxs sifatida ishlayotgan obyektni tekshirishda davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining ishtirok etish holatlarini aniqlash hamda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini tahlil qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil |
Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh |
|
9. |
Davlat organlari va tashkilotlaridan ishdan boʻshagan xodimning ikki yil ichida oʻz ish joyida bevosita nazoratida boʻlgan tashkilotlarga ishga kirish holatlarini aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish. |
Axborot-tahliliy |
2024-yil |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil |
Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh |
|
|
10. |
2023-yil davomida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirish va davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish. |
Axborot-tahliliy |
2024-yil |
Hisob palatasi (A. Boboyev), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) |
|
Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil |
Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh |
|
|
11. |
Xodim oʻzi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa tashkilotning nazoratida boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyektining aksiyalariga yoki ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga egalik qilgan, shuningdek, ushbu tadbirkorlik faoliyati subyektlarining boshqaruv organi aʼzosi boʻlgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish. |
Axborot-tahliliy |
2024-yil |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil |
Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh |
|
|
12. |
Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini baholash uchun joriy etilgan “E-anticor.uz” platformasi orqali 2023-yildagi manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq maʼlumotlarni tahlil qilish. |
Axborot-tahliliy |
2024-yil iyul |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), davlat organlari va tashkilotlari |
|
13. |
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari tomonidan 2024-yilda manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha toʻldirilgan yillik deklaratsiyalarni tahlil qilish. |
Axborot-tahliliy |
2024-yil |
Davlat organlari va tashkilotlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) |
|
Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil |
||
|
14. |
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etilayotganligini oʻrganish, bunday cheklovlarning samaradorligini tahlil qilish. |
Axborot-tahliliy |
2024-yil oktabr |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Hisob palatasi (A. Boboyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
|
15. |
Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar berish va ularni tartibga solish tizimi joriy etilmagan tashkilotlardagi holatlarni tahlil qilish. |
Axborot-tahliliy |
2024-yil avgust |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Hisob palatasi (A. Boboyev), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), davlat organlari va tashkilotlari |
|
16. |
Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari, odob-axloq komissiyalari tashkil etilganligini va faoliyati yoʻlga qoʻyilganligini tahlil qilish hamda mavjud imkoniyatlar doirasida alohida tuzilmalarni tashkil etish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil oktabr |
Davlat organlari va tashkilotlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Hisob palatasi (A. Boboyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
|
17. |
2023-yil davomida davlat organlari va tashkilotlariga jismoniy va yuridik shaxslardan manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish. |
Axborot-tahliliy |
2024-yil sentabr |
Davlat organlari va tashkilotlari, Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Hisob palatasi (A. Boboyev), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (A. Musayev) |
|
18. |
Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, savdo platformalari va boshqa dasturiy taʼminotlari “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun bilan belgilanayotgan talablarga muvofiqligini oʻrganish hamda mavjud moliyaviy imkoniyatlari doirasida ularni takomillashtirish boʻyicha tashkiliy choralarni koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil oktabr |
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
|
19. |
Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar berishning elektron tizimi yoʻlga qoʻyilganligini oʻrganish hamda bunday tizimni joriy etish imkoniyatlarini tahlil qilish. |
Axborot-tahliliy |
2024-yil sentabr |
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), davlat organlari va tashkilotlari |
|
20. |
Manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash uchun davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlarining oʻzaro integratsiyasi holatlarini oʻrganish. Bunda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash uchun zarur maʼlumotlarni soʻrov asosida olish imkoniyatini yaratish choralarini koʻrish. |
Axborot-tahliliy |
2024-yil sentabr |
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), davlat organlari va tashkilotlari |
|
21. |
Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash uchun sharoit yaratish maqsadida: “E-anticor.uz” elektron platformasida manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushirilishini; Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining tegishli axborot tizimlarini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan integratsiya qilinishini taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burxanov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (A.Tashkulov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), (Sh.Kudbiyev), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (A. Musayev) |
|
22. |
“E-anticor.uz” elektron platformasida quyidagi imkoniyatlarni yaratish: xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda davlat fuqarolik xizmatchilari qabul qilgan sovgʻalar elektron reyestrini yuritish; manfaatlar toʻqnashuvi holatlari boʻyicha statistik maʼlumotlarni shakllantirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burxanov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (A.Tashkulov) |
|
23. |
Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestri, mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllarini tasdiqlash hamda davlat organlari va tashkilotlariga yuborish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Adliya vazirligi |
|
24. |
Mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning tasdiqlangan namunaviy shakllarini davlat organlari va tashkilotlari rasmiy veb-saytlariga joylashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
III. Manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha xodimlarning bilim va koʻnikmalarini aniqlash hamda tushuntirish ishlarini amalga oshirish choralari |
||||
|
25. |
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini onlayn test sinovlari orqali baholash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha tashkiliy choralarni belgilash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil iyul |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) |
|
26. |
Milliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish, kadrlar bilan ishlash boʻlinmalari xodimlarining va Odob-axloq komissiyasi aʼzolarining manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash, ularni boshqarish va bartaraf etish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirib borish. |
Reja-grafik asosida |
2024-yil |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) |
|
27. |
Davlat xaridlarida va boshqa budjet moliyaviy xarajatlarni amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish va tartibga solish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun onlayn oʻquv trening oʻtkazish. |
Reja-grafik asosida |
2024-yil iyul |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Hisob palatasi (A. Boboyev), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
28. |
Davlat xizmatida yuzaga keladigan manfaatlar toʻqnashuvi holatlari, ularni bartaraf etish choralari boʻyicha milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga asoslangan uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish hamda davlat organlari va tashkilotlariga elektron tarqatish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil avgust |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
29. |
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ish stolida eslatma sifatida foydalanishi uchun manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlar va bunday vaziyatlarda koʻriladigan choralar boʻyicha illustrativ tarqatma materiallarni ishlab chiqish hamda tarqatish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil avgust |
Davlat organlari va tashkilotlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
IV. Manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash va bartaraf etishda jamoatchilik ishtirokini taʼminlash choralari |
||||
|
30. |
Tele- va radiodasturlar orqali “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda ularni bunday holatlar haqida xabardor boʻlgan taqdirda tegishli idoralarga xabar berishga chaqirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil oktabr |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) |
|
31. |
Milliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda OAV vakillari uchun manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan maxsus oʻquv treninglar oʻtkazish. |
Reja-grafik asosida |
2024-yil |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) |
|
32. |
Davlat organlari va tashkilotlarining yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarning manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya holatlari boʻyicha xabar berish mumkin boʻlgan aloqa kanallarini OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targʻib qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil |
Davlat organlari va tashkilotlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |