30.05.2024 yildagi PQ-200-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish, tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha har yili oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini (keyingi oʻrinlarda — ochiq muloqot) yuqori saviyada tashkil qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda tadbirkorlar muammolarini oʻrganish va hal qilish boʻyicha ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda — hududiy ishchi guruhlar) 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq muloqotni yuqori saviyada oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy chora-tadbirlarni tezkor va sifatli amalga oshirish, bu borada ekspert guruhlari, hududiy ishchi guruhlar, masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlar murojaatlari va takliflarini tunu kun qabul qilish va umumlashtirish, tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, tadbirkorlarning alohida masalalarini joylarda tezkorlik bilan hal qilishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda tadbirkorlar bilan muloqot haftaliklarini tashkil etish, ochiq muloqotni oʻtkazish joyi va muddati boʻyicha takliflar va ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish hamda Tadbirkorlar kunini keng nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika komissiyasi (J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) har yili 15-iyunga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq muloqot doirasida tadbirkorlar murojaatlarini tunu kun qabul qilish va umumlashtirish boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar xodimlaridan iborat Respublika shtabi, shuningdek, hududiy ishchi guruhlar va 3-ilovaga muvofiq yoʻnalishlar boʻyicha ekspert guruhlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Jamoatchilik kengashi), vazirlik va idoralar rahbarlari, salohiyatli investor va tadbirkorlar ishtirokida matbuot anjumanlari, davra suhbatlari, muloqot haftaliklarini tashkil qilish, infografika va videoroliklar tayyorlash boʻyicha mediarejani tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har yili 15-iyulga qadar ochiq muloqot oʻtkazish joyi, muddati va amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Savdo-sanoat palatasi mediarejaga asosan ochiq muloqot doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijalarini ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq har yili 15-iyundan boshlab ochiq muloqot oʻtkazilgunga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Respublika shtabi (D. Vahobov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus elektron platformalar, Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Call-markaz xizmati, ijtimoiy tarmoqlar va sayyor qabullar orqali tadbirkorlarning murojaatlari tunu kun qabul qilinishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har kuni tadbirkorlar murojaatlarini ekspert guruhlari va hududiy ishchi guruhlarga yuboradi hamda murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi yigʻma maʼlumotlarni Respublika komissiyasiga taqdim etib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har hafta tadbirkorlar murojaatlari asosida aniqlangan tizimli muammolarni Jamoatchilik kengashida muhokama qilib, ularning yechimlari boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Respublika komissiyasiga kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ekspert guruhlari tadbirkorlar murojaatlari asosida aniqlangan tizimli muammolarni tahlil qilib, har hafta ularning yechimi boʻyicha takliflarni Respublika shtabiga kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) hududiy ishchi guruhlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har kuni tadbirkorlardan kelib tushgan individual xususiyatga ega masalalar joyida hal qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har hafta biriktirilgan hududning har bir tumani (shahri)ga chiqqan holda, tadbirkorlar bilan sayyor qabullar tashkil etadi, aniqlangan tizimli muammolar va ularning yechimi boʻyicha takliflarni Respublika shtabiga kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi (J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev) Respublika shtabi, ekspert guruhlari va hududiy ishchi guruhlar ishiga masʼuliyatsizlik bilan munosabatda boʻlgan xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar koʻrilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda ochiq muloqot doirasida murojaatlarni qabul qilish, umumlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, ochiq muloqot natijalari, qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini joylashtirib borish imkonini beruvchi Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” elektron platformasini (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) ishga tushirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 15-iyunga qadar Respublika shtabi, ekspert guruhlari va hududiy ishchi guruhlarni joylashtirish va ularni zarur moddiy-texnik jihozlar bilan taʼminlash masalasini hal qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-avgustga qadar “Faol tadbirkor” koʻkrak nishoniga biznesdagi muvaffaqiyatlari va ijtimoiy faolligi bilan namuna boʻlayotgan tadbirkorlar orasidan nomzodlar roʻyxatini oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiyaga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Qosimov) Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) bilan birgalikda bir oy muddatda elektron platformaga “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portalini integratsiya qilsin, muntazam ravishda ochiq muloqot doirasida kelib tushgan murojaatlar oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqilishini nazorat qilsin hamda qonunbuzilish holatlari boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Respublika komissiyasi (J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev) har yili ochiq muloqot oʻtkazilgandan soʻng uch kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha qaror loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish sxemasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2024-yildagi ochiq muloqoti Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtkazilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2024-yil avgust oyida xalqaro biznes forum tashkil etilishi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchilari bilan hamkorlikda salohiyatli investorlarni jalb etib, kelishuvlar amalga oshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchilari bilan hamkorlikda “Qoraqalpogʻistonda biznes qiling” dasturi doirasida yirik xorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar brendlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining 2024-yilda ochiq muloqot va xalqaro biznes forumni tashkil qilish bilan bogʻliq xarajatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining asoslantirilgan hisob-kitoblari asosida Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi, Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hamda Savdo-sanoat palatasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov, J.A. Xodjayev, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil D.S. Qosimov va Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vahobov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 30-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-200-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi PQ-200-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish boʻyicha respublika komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari, Respublika komissiyasi hamraisi

2.

J.A. Xodjayev

Bosh vazir oʻrinbosari, Respublika komissiyasi hamraisi

3.

D.A. Vahobov

�avdo-sanoat palatasi raisi, Respublika komissiyasi kotibi Respublika shtabi rahbari

4.

D.S. Qosimov

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil

5.

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

6.

B.A. Musayev

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

7.

A.D. Tashkulov

adliya vaziri

8.

B.I. Zakirov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

9.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

10.

I.Y. Abdurahmonov

qishloq xoʻjaligi vaziri

11.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

12.

J.T. Mirzamahmudov

energetika vaziri

13.

B.F. Islamov

togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri

14.

A.A. Abduxakimov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri

15.

A.A. Xudayarov

sogʻliqni saqlash vaziri v.b.

16.

N.N. Saydullayev

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

17.

Sh.A. Aminov

Bosh prokuror oʻrinbosari

18.

Sh.T. Polvanov

Oliy sud raisi oʻrinbosari

19.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

20.

A.J. Ortikov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

21.

Sh.D. Kudbiyev

Soliq qoʻmitasi raisi

22.

A.Y. Mavlonov

Bojxona qoʻmitasi raisi

23.

A.U. Qayumov

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

24.

F.J. Pulatov

Kadastr agentligi direktori

25.

A.R. Jumanazarov

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori

26.

S.S. Annaklichev

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruvi raisi

27.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi PQ-200-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda tadbirkorlar muammolarini oʻrganish va hal qilish boʻyicha ishchi guruhlarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Lavozim boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Ishchi guruh rahbari

2.

Lavozim boʻyicha

Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi boshligʻi, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

3.

Lavozim boʻyicha

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining hududdagi bosh inspektori

4.

Lavozim boʻyicha

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hududiy boʻlinmasi boshligʻi

5.

Lavozim boʻyicha

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hududiy boʻlinmasi boshligʻi

6.

Lavozim boʻyicha

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hududiy boʻlinmasi boshligʻi

7.

Lavozim boʻyicha

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hududiy boʻlinmasi boshligʻi

8.

Lavozim boʻyicha

Adliya vazirligi hududiy boʻlinmasi boshligʻi

9.

Lavozim boʻyicha

Raqamli texnologiyalar vazirligi hududiy boʻlinmasi boshligʻi

10.

Lavozim boʻyicha

Qishloq xoʻjaligi vazirligi hududiy boʻlinmasi boshligʻi

11.

Lavozim boʻyicha

Transport vazirligi hududiy boʻlinmasi boshligʻi

12.

Lavozim boʻyicha

Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi boshligʻi

13.

Lavozim boʻyicha

Soliq qoʻmitasi hududiy boshqarmasi boshligʻi

14.

Lavozim boʻyicha

Bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmasi boshligʻi

15.

Lavozim boʻyicha

Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmasi boshligʻi

16.

Lavozim boʻyicha

Kadastr agentligi hududiy boshqarmasi boshligʻi

17.

Lavozim boʻyicha

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boʻlinmasi boshligʻi

18.

Lavozim boʻyicha

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hududiy korxonasi rahbari

19.

Lavozim boʻyicha

“Hududgaztaʼminot” AJ hududiy filiali rahbari

20.

Lavozim boʻyicha

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ hududiy korxonasi rahbari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: zaruratga koʻra, Ishchi guruh faoliyatiga boshqa vazirlik va idoralar vakillari jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi PQ-200-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlar muammolarini tahlil qilish boʻyicha ekspert guruhlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻNALIShLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Masalalar

Masʼul vazirlik va idoralar

I. Tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash

1.

Kreditlash va mikromoliya xizmatlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (muvofiqlashtiruvchi organ),

Markaziy bank,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ,

tijorat banklari

2.

Subsidiya, kompensatsiya, kafillik va boshqa koʻmak choralari

II. Soliq tizimini takomillashtirish

3.

Soliq siyosati

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (muvofiqlashtiruvchi organ),

Soliq qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi

4.

Soliq maʼmuriyatchiligi

5.

Soliq imtiyozlari va preferensiyalari

III. Ishlab chiqarish maydonlari bilan taʼminlash

6.

Yer uchastkalarini ajratish

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (muvofiqlashtiruvchi organ),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Kadastr agentligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Biznes-ombudsman,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

7.

Bino va inshootlar bilan taʼminlash

8.

Maxsus iqtisodiy zonalarda loyihalarni joylashtirish

9.

Qurilishga ruxsat berish va arxitektura-qurilish nazorati

IV. Infratuzilma bilan taʼminlash

10.

Elektr taʼminoti

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (muvofiqlashtiruvchi organ),

Energetika vazirligi,

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

11.

Gaz taʼminoti

12.

Ichimlik suvi va kanalizatsiya

13.

Yoʻl infratuzilmasi

V. Transport-logistika

14.

Temir yoʻl, aviatsiya va avtotransportda tashish

Transport vazirligi (muvofiqlashtiruvchi organ),

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ,

Savdo-sanoat palatasi,

Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi

15.

Logistika tizimi

VI. Tadbirkorlar mahsulotlariga bozor topish

16.

Birja va davlat xaridlari

Raqobat qoʻmitasi (muvofiqlashtiruvchi organ),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

17.

Elektron tijorat va raqamli infratuzilma

18.

Raqobatni rivojlantirish

VII. Tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalar

19.

Investitsiyalarni jalb etish

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (muvofiqlashtiruvchi organ),

Bojxona qoʻmitasi,

Markaziy bank,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Biznes-ombudsman,

eksport-importda ruxsatnomalarni berishga masʼul idoralar

20.

Eksport va import masalalari

21.

Bojxona imtiyozlari va maʼmuriyatchiligi

22.

Tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirish

23.

Sertifikatlashtirish masalalari

VIII. Tadbirkorlikni tartibga solishni soddalashtirish

24.

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari

Adliya vazirligi (muvofiqlashtiruvchi organ),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqobat qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Biznes-ombudsman,

Soliq qoʻmitasi,

litsenziya, ruxsatnomalar berish va davlat xizmatlarini koʻrsatishga masʼul idoralar

25.

Davlat xizmatlarini koʻrsatish

26.

Majburiy talablar va byurokratik toʻsiqlarni kamaytirish

27.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi

IX. Tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish

28.

Tadbirkorlik faoliyatida davlat nazorati

Biznes-ombudsman (muvofiqlashtiruvchi organ),

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Savdo-sanoat palatasi

29.

Xususiy mulk huquqi daxlsizligi

30.

Nizolar va sudga oid masalalar

31.

Sud hujjatlari ijrosi

32.

Korrupsiyaga qarshi kurashish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi PQ-200-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddati


I bosqich

Respublika komissiyasi

1. Respublika shtabi, ekspert guruhlari va hududiy ishchi guruhlarni tashkil etadi.

2. Maxsus elektron platformalar, Call-markaz xizmati va boshqa vositalar orqali murojaatlarni qabul qilishni tashkil etadi.

3. Matbuot anjumanlari, davra suhbatlari, muloqot haftaliklarini tashkil qilish, infografika va videoroliklar tayyorlash boʻyicha mediarejani tasdiqlaydi.

Har yili

15-iyunga qadar


Savdo-sanoat palatasi, hokimliklar

Respublika shtabi, ekspert guruhlari va hududiy ishchi guruhlarni joylashtiradi va ularni zarur jihozlar bilan taʼminlaydi.


II bosqich

Respublika

shtabi

1. Tadbirkorlarning murojaatlarini ekspert guruhlari va hududiy ishchi guruhlarga yuboradi.

2. Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi yigʻma maʼlumotlarni Respublika komissiyasiga taqdim etadi.

Har kuni


III bosqich

Hududiy ishchi guruhlar

1. Tadbirkorlardan kelib tushgan individual xususiyatga ega masalalarni joyida hal qiladi.

Har kuni


2. Biriktirilgan hududning har bir tumani (shahri)ga chiqqan holda, tadbirkorlar bilan sayyor qabullar tashkil etadi.

3. Tizimli muammolar va ularning yechimi boʻyicha takliflarni Respublika shtabiga kiritadi.

Har hafta


Ekspert
guruhlari

Tizimli muammolarni tahlil qilib, yechimlari boʻyicha Respublika shtabiga takliflar kiritadi.

Har hafta


IV bosqich

Respublika

shtabi

Tizimli muammolar yechimlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Respublika komissiyasiga takliflar kiritadi.

Har hafta


V bosqich

Respublika

komissiyasi

Ochiq muloqot oʻtkazish joyi, muddati, amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.

Har yili

15-iyulga qadar


VI bosqich

Respublika

komissiyasi

Ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha qaror loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.

Har yili ochiq muloqot oʻtkazilgandan soʻng uch kun muddatda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2024-y., 07/24/200/0381-son)