28.05.2024 yildagi PQ-195-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 23-iyun kuni Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (keyingi o‘rinlarda — FIFA) Kengashining navbatdagi yig‘ilishida 2024-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionati (keyingi o‘rinlarda — Jahon chempionati) O‘zbekistonda o‘tkazilishi belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida 2024-yil 14-sentabr — 6-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, uni yuqori darajada tashkil etish va o‘tkazish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy qo‘mita) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda — Chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tashkiliy qo‘mitaga (A. Aripov) quyidagi vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ul davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon, Buxoro va Toshkent shaharlarida Jahon chempionati o‘tkaziladigan joylar zamonaviy texnik va telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozlanishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon, Buxoro va Toshkent shaharlarida madaniy tadbirlar va xorijiy mehmonlarning sayohatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon chempionati ishtirokchilarining O‘zbekistonga kelib-ketishi, ularga viza rasmiylashtirilishi, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon chempionati bo‘lib o‘tadigan hududlarni obodonlashtirish ishlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon chempionati bo‘lib o‘tadigan hududlarda sport obyektlari va mehmonxonalarning tayyorgarligini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Tashkiliy qo‘mitaga ushbu vazifalarni amalga oshirish doirasida Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish bilan bog‘liq tezkor qarorlarni qabul qilish vakolati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jahon chempionatini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Sport vazirligi Andijon, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Tashkiliy qo‘mitaning Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil qilish bilan bog‘liq ko‘rsatmalari bajarilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Turizm qo‘mitasi (U. Shadiyev) O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon chempionatining rasmiy futbol to‘pini, logotipini, ramzini (maskot) ommaga tanishtirish marosimlari hamda matbuot anjumanlarini tashkil etish va o‘tkazish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil iyun va avgust oylarida Jahon chempionati bosh sovrini — Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika bo‘ylab “Trophy experience” futzal turi marshrutini ishlab chiqsin va uning amalga oshirilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, Jahon chempionati doirasida amalga oshiriladigan xarajatlar quyidagi tartibda moliyalashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon chempionatining delegatlari, ishtirokchilari hamda FIFA rasmiy mehmonlarini Toshkent shahridagi aeroportda kutib olish va kuzatish, xizmat avtotransport vositalari ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon chempionatining rasmiy futbol to‘pini, logotipini, ramzini (maskot) ommaga tanishtirish va rasmiy ochilish (Opening ceremony) marosimlari hamda matbuot anjumanlarini tashkil etish va o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon chempionati uchun targ‘ibot materiallarini (videoroliklar, tarqatma materiallar, bannerlar va boshqalar) tayyorlash va chop etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon, Buxoro va Toshkent shaharlarida rasmiy xorijiy mehmonlar, ishtirokchilar, ularga biriktirilgan gid-tarjimon va volontyor kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda tashkiliy masalalarni tezkor hal qilish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh (Local Organization Committee) a’zolarining markazlashgan holda ovqatlanishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon chempionati sport obyektlarini ijaraga olish, bezatish (bannerlar, LED monitorlar va boshqalar) hamda axborot-ko‘ngilochar tizim (Infotainment) uchun FIFA talabnomasi asosida zarur jihozlar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon chempionati o‘tkaziladigan obyektlar, konferensiya va ko‘rgazma zallari, matbuot xonalarini LED monitorlar, zarur texnika vositalari, sinxron tarjima jihozlari va yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon chempionatini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sport jihozlari va anjomlari hamda asbob-uskunalarni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro translatsiya markazi FIFA talablariga muvofiq faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan texnika vositalari bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon chempionatini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha “Xavfsizlik konsepsiyasi”ga muvofiq texnik vositalar hamda uskunalarni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon chempionati o‘tkaziladigan sport obyektlarini umumiy sug‘urta (mulkiy va javobgarlik) qilish hamda FIFA xodimlari uchun hayotni sug‘urta (jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati) qilish xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Turizm qo‘mitasining Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mehmonlar, Tashkiliy qo‘mita a’zolarining respublika hududida harakatlanishi uchun avia va temir yo‘l chiptalarini xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon chempionati doirasida xorijiy (ingliz, arab, fransuz, ispan, portugal, nemis) tillarda sinxron tarjimonlar ishtirokini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon chempionatini targ‘ib qiluvchi rasmiy videorolikni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon chempionati bosh sovrini — Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika bo‘ylab “Trophy experience” futzal turini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon chempionatini xorijiy ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoa a’zolari va rasmiy mehmonlar joylashtirilishi belgilangan mehmonxonalarga “Xavfsizlik konsepsiyasi”ga muvofiq texnik uskunalarni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Andijon, Buxoro, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahri mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon chempionati o‘tkaziladigan va diqqatga sazovor joylarni obodonlashtirish hamda tadbir o‘tkazish uchun tayyor holga keltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aeroport va temir yo‘l vokzallarida hamda markaziy ko‘chalar bo‘ylab o‘rnatilgan bannerlar va LED monitorlarda Jahon chempionatini keng yoritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy ishtirokchilar, ularga biriktirilgan gid-tarjimon hamda volontyor kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillarini Andijon, Buxoro va Toshkent shaharlari bo‘ylab harakatlanishi uchun transport vositalari bilan ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon, Buxoro, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari ikki hafta muddatda mazkur kichik bandda ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni ajratish bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining talabnomasiga asosan uch oy muddatda Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslarni identifikatsiyalovchi va chiptalarni zamonaviy texnologiyalar (QR-kod) yordamida ro‘yxatga oluvchi va tekshiruvchi maxsus onlayn platforma ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, platformani ishlab chiqish va undan foydalanish uchun maxsus uskunalar (moslama)ni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi hamda mazkur platforma beg‘araz ravishda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tasarrufiga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sport vazirligi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining talabnomalariga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Z. Narzullayev) 2024-yil avgust — oktyabr oylarida Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar, shuningdek, Jahon chempionati o‘yinlariga chiptalari mavjud bo‘lgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temir yo‘l chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Transport vazirligi (I. Maxkamov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoa a’zolarining sport obyektlari va mashg‘ulot maydonlariga borib kelishi uchun alohida avtobuslar ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar hamda o‘yin kunlari chiptalari mavjud bo‘lgan shaxslar uchun jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyatlarini yaratish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Andijon va Buxoro viloyatlari hokimliklarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon shahridagi universal sport majmuasini Andijon davlat universiteti balansiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro shahridagi universal sport majmuasini Buxoro davlat universiteti balansiga operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazib berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon va Buxoro viloyati hokimliklari mazkur bandda ko‘rsatilgan universal sport majmualarida qurilish-montaj ishlari tugallanganidan so‘ng ushbu majmualardan foydalanish bo‘yicha ruxsatnoma olish hamda tegishli hududi bilan birgalikda topshirish, Andijon va Buxoro davlat universitetlari esa qabul qilib olish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon va Buxoro shaharlaridagi universal sport majmualaridan Jahon chempionatini tashkil etish va o‘tkazishda beg‘araz foydalaniladi hamda kelgusida ushbu obyektlardan jismoniy madaniyat va sport faoliyati ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
universal sport majmualarining joriy faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan, bino-inshootlarni saqlash va xodimlar mehnatiga haq to‘lash xarajatlari tegishliligi bo‘yicha Andijon va Buxoro davlat universitetlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston milliy axborot agentligi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-iyulga qadar FIFA tomonidan belgilangan talablarga asosan Jahon chempionati uchrashuvlarini efirga uzatish huquqi uchun litsenziya olish masalasini hal qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-iyulga qadar Jahon chempionatini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish bo‘yicha mediarejani ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sport vaziri A.I. Ikramov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi A.A. Azizov hamda Andijon, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 28-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-195-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-maydagi PQ-195-son qaroriga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2024-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi

2.

A.A. Azizov

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi, Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari

3.

A.I. Ikramov

sport vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari

4.

J.A. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri

5.

K.A. Sharipov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

6.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

7.

A.A. Xudayarov

sog‘liqni saqlash vaziri v.b.

8.

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

9.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

10.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

11.

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

12.

A.H. Qo‘ldoshev

favqulodda vaziyatlar vaziri

13.

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qo‘mondoni

14.

U.R. Shadiyev

Turizm qo‘mitasi raisi

15.

A.K. Ko‘chimov

O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori

16.

A.A. Djurabayev

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniya raisi

17.

Sh.K. Abduraxmanov

Andijon viloyati hokimi

18.

B.K. Zaripov

Buxoro viloyati hokimi

19.

Sh.B. Umurzakov

Toshkent shahri hokimi

20.

Sh.Sh. Xudaykulov

“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi

21.

J.O. Umarxodjayev

“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi v.b.

22.

Z.G‘. Narzullayev

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi

23.

R.S. Irmatov

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti, Tashkiliy qo‘mita mas’ul kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-maydagi PQ-195-son qaroriga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddat

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

1.

2024-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatini (keyingi o‘rinlarda — Jahon chempionati) o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sport jihozlari va anjomlari hamda asbob-uskunalarni xarid qilish.

1. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Jahon chempionatini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sport jihozlari va anjomlari hamda asbob-uskunalar ro‘yxatini shakllantirish.

2. FIFA tavsiyasiga ko‘ra maxsus 6 juft futzal darvozasini xarid qilish.

3. Jahon chempionati o‘tkaziladigan 3 ta sport obyektiga futzal darvozalarini o‘rnatish.

4. Jahon chempionatini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa sport jihozlari va anjomlari hamda asbob-uskunalarni xarid qilish choralarini ko‘rish.

2024-yil avgust

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

2.

Jahon chempionatini targ‘ib qiluvchi rasmiy videorolik tayyorlash.

1. FIFA mutaxassislari tavsiyasiga ko‘ra Jahon chempionatining rasmiy videoroligini tayyorlash.

2024-yil iyun

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Turizm qo‘mitasi

(U. Shadiyev),

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

2. Ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ibot tashkil qilish.

2024-yil iyun — oktyabr

3.

FIFAning xavfsizlik talablari bo‘yicha treninglar tashkil qilish.

1. Treninglar o‘tkazish muddatlarini belgilash va ishtirokchilarni jalb qilish.

2. Andijon, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrida Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya vakillari uchun trening tashkil qilish.

2024-yil iyun — avgust

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

4.

Jahon chempionatining rasmiy marosimlari, matbuot anjumanlarini tashkil etish va o‘tkazish.

1. Ishtirokchilar ro‘yxatini tuzish va ularni jalb qilish.

2. Jahon chempionatining rasmiy futbol to‘pini, logotipini, ramzini (maskot) ommaga tanishtirish marosimlari va matbuot anjumanlarini tashkil etish.

2023-yil iyun — oktyabr

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov),

Turizm qo‘mitasi

(U. Shadiyev),

Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmanov),

Buxoro viloyati hokimligi

(B. Zaripov),

Toshkent shahri hokimligi

(Sh. Umurzakov)

3. Aeroport va temir yo‘l vokzallarida hamda markaziy ko‘chalar bo‘ylab o‘rnatilgan bannerlar va LED monitorlarda Jahon chempionatini keng yoritish.

Mahalliy budjet mablag‘lari

5.

Jahon chempionati ishtirokchilari va muxlislar uchun qulayliklar yaratish.

1. Buxoro, Farg‘ona, Toshkent xalqaro aeroportida Jahon chempionati ishtirokchilari, muxlislari uchun shart-sharoitlarni yaxshilash va zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish.

2. Axborot belgilarini o‘rnatish.

3. Buxoro, Farg‘ona va Toshkent xalqaro aeroportlarida tashkiliy masalalarni tezkor hal qilish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh shtab tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

4. Xorijiy ishtirokchilar va mehmonlar uchun mahalliy aviaqatnovlarga belgilangan tartibda joylarni band qilish.

5. Xorijiy ishtirokchilar uchun qatnovdagi poyezdlarning barcha turlariga belgilangan tartibda temir yo‘l chiptalari zaxirasini yaratish va rasmiylashtirish.

2024-yil avgust — oktyabr

Ijrochilar mablag‘lari

“Uzbekistan Airports” AJ

(J. Umarxodjayev),

Buxoro viloyati hokimligi

(B. Zaripov),

Farg‘ona viloyati hokimligi

(X. Bozarov),

Toshkent shahri hokimligi

(Sh. Umurzakov),

“Uzbekistan Airways” AJ

(Sh. Xudaykulov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

(Z. Narzullayev)

6.

Jahon chempionati davrida ishtirokchilarning viza masalalarini tezkor hal qilish.

1. Jahon chempionatida ishtirok etadigan xorijiy ishtirokchilar hamda rasmiy mehmonlarni viza yig‘imlaridan ozod qilish hamda vizalarning Buxoro, Farg‘ona va Toshkent xalqaro aeroportlarida bepul rasmiylashtirilishini ta’minlash.

2. Jahon chempionati davrida ishtirokchilarning viza masalalarini tezkor hal qilish uchun Tashqi ishlar vazirligining xodimlarini ajratish.

3. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatga muvofiq Jahon chempionatida ishtirok etadigan xorijiy VIP mehmonlarga yo‘llanadigan taklifnomalarni diplomatik kanallar orqali xorij tomonga yetkazish.

2024-yil avgust — oktyabr

Ijrochilar mablag‘lari

Tashqi ishl�r vazirligi

(B. Saidov),

“Uzbekistan Airports” AJ

(J. Umarxodjayev),

Buxoro viloyati hokimligi

(B. Zaripov),

Farg‘ona viloyati hokimligi

(X. Bozarov),

Toshkent shahri hokimligi

(Sh. Umurzakov),

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

7.

Jahon chempionatini tashkil etish va o‘tkazish jarayoniga oliy ta’lim muassasalaridan volontyorlar va tarjimonlarni (ingliz, arab, fransuz, ispan, portugal, nemis tillari bo‘yicha) jalb etish.

1. Oliy ta’lim muassasalaridan volontyorlar va tarjimonlar (ingliz, arab, fransuz, ispan, portugal, nemis tillari bo‘yicha) jamoalarini shakllantirish va tasdiqlash.

2024-yil iyun

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

2. Jahon chempionati davrida xoriji� mehmonlar uchun oliy ta’lim muassasalaridan jalb etilgan volontyorlar va tarjimonlarni fanlarni keyinchalik o‘zlashtirish sharti bilan o‘quv mashg‘ulotlaridan ozod etish choralarini ko‘rish.

2024-yil avgust

3. Oliy ta’lim muassasalaridan volontyorlar va tarjimonlar uchun o‘quv treninglar tashkil qilish hamda zarur vositalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

2024-yil sentyabr-oktyabr

8.

Jahon chempionati doirasida xorijiy (ingliz, arab, fransuz, ispan, portugal, nemis) tillar bo‘yicha sinxron tarjimonlarni ajratish.

1. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining talabnomalariga muvofiq, Jahon chempionati doirasida xorijiy (ingliz, arab, fransuz, ispan, portugal, nemis) tillar bo‘yicha sinxron tarjimonlarni ajratish.

2. Sinxron tarjimonlarning ovqatlanishini tashkil qilish hamda ularning harakatlanishi uchun tegishli transport vositalarini ajratish.

2024-yil avgust — oktyabr

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Turizm qo‘mitasi

(U. Shadiyev),

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

9.

Jahon chempionati o‘tkaziladigan sport obyektlari va mehmonxonalarda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga amal qilish.

1. Jahon chempionati o‘tkaziladigan sport obyektlari va mehmonxonalardagi tibbiyot xonalarini FIFA talablariga muvofiq tibbiy jihozlar bilan ta’minlash.

2. Akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha belgilangan shifoxonalardagi alohida tibbiyot bo‘limlarida yashil yo‘lakchalar tashkil etish hamda xizmat ko‘rsatuvchi malakali tibbiyot xodimlarini biriktirish.

2024-yil avgust — oktyabr

Ijrochilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

10.

Jahon chempionati o‘tkaziladigan obyektlar hamda ularning atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil qilish.

1. Jahon chempionati o‘tkaziladigan obyektlar hamda ularning atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash.

2. Jahon chempionatini o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlarda tegishli asbob-uskunalar va jihozlardan yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda foydalanilishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatish.

2024-yil avgust — oktyabr

Ijrochilar mablag‘lari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Qo‘ldoshev)

11.

Jahon chempionati doirasida foydalanish uchun targ‘ibot materiallarini (tarqatma materiallar, bukletlar va boshqalarni) tayyorlash.

1. Jahon chempionatida foydalanish uchun tarqatma materiallar dizaynini ishlab chiqish.

2. Jahon chempionati mohiyatidan kelib chiqqan holda tarqatma materiallar tayyorlash.

3. Tarqatma materiallardan Jahon chempionati davomida foydalanish.

2024-yil iyun — oktyabr

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

12.

Jahon chempionati bosh sovrini — Jahon kubogini ommaga tanishtirish marosimini o‘tkazish.

1. “Trophy tour” marosimini tashkil etishda ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni jalb etish.

2. Tashrif buyuruvchilar ro‘yxatini shakllantirish va tashrif dasturini ishlab chiqish.

3. ”Trophy tour” marosimini yuqori saviyada tashkil qilish va ommaviy axborot vositalarida yoritish.

2024-yil iyun — avgust

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Turizm qo‘mitasi

(U. Shadiyev),

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

13.

Jahon chempionati ishtirokchilari uchun bepul “Wi-Fi” hududlarini tashkil etish.

Jahon chempionati ishtirokchilari va mehmonlari joylashadigan VVIP, VIP zonalar, mehmonxonalar, anjuman zallari, sport obyektlari, mashg‘ulot maydonlari va matbuot markazida bepul “Wi-Fi” hududlarini tashkil etish.

2024-yil avgust — oktyabr

Mahalliy budjet mablag‘lari

Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmanov),

Buxoro viloyati hokimligi

(B. Zaripov),

Toshkent shahri hokimligi

(Sh. Umurzakov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

14.

Toshkent shahrida Jahon chempionatining rasmiy ochilish marosimini (Opening ceremony) belgilangan tartibda o‘tkazish.

1. Jahon chempionatining rasmiy ochilish marosimi dasturini ishlab chiqish.

Bunda ochilish marosimining madaniy dasturida FIFAga a’zo mamlakatlarning madaniyatini aks ettiruvchi kuy va qo‘shiqlarni inobatga olish.

2024-yil iyul

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Toshkent shahri hokimligi

(Sh. Umurzakov)

2. Jahon chempionatining delegatlari, ishtirokchilarini hamda FIFA rasmiy mehmonlarini xalqaro tadbirga jalb qilish choralarni ko‘rish.

3. Jahon chempionatining rasmiy ochilish marosimini tashkil qilish.

2024-yil sentyabr

15.

Jahon chempionatining rasmiy marosimlarini tashkil etish.

1. Jahon chempionatining rasmiy marosimlari ssenariysi va badiiy dasturlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2024-yil avgust

Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

2. Tadbirlarni, shu jumladan, konsert dasturlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun taniqli san’atkorlar ishtirokini belgilangan tartibda (shartnoma asosida) ta’minlash.

2024-yil sentyabr-oktyabr

16.

Jahon chempionati munosabati bilan tezyurar poyezdlarni brending (bezash) qilish.

Toshkent — Samarqand — Navoiy — Buxoro yo‘nalishlaridagi tezyurar poyezdlarni Jahon chempionati brendi bilan bezatish choralarini ko‘rish.

2024-yil avgust

Ijrochilar mablag‘lari

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

(Z. Narzullayev)

17.

Jahon chempionatini o‘tkazish davrida xavfsizlikni ta’minlash.

1. Jahon chempionati o‘tkaziladigan sport obyektlari, mashg‘ulot maydonlari va mehmonxonalarni o‘rganish.

2. O‘rganish natijalari bo‘yicha FIFAning xavfsizlik talablarini inobatga olgan holda Jahon chempionatini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha “Xavfsizlik konsepsiyasi”ni ishlab chiqish.

3. Jahon chempionati musobaqalari, rasmiy futbol to‘pini, logotipini, timsolini (maskot) ommaga tanishtirish marosimlari, “Trophy experience” futzal turi hamda matbuot anjumanlarida xavfsizlik talablarini ta’minlash.

2024-yil avgust — oktyabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Qo‘ldoshev)

4. Jahon chempionatini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha “Xavfsizlik konsepsiyasi”ga muvofiq texnik vositalar hamda uskunalarni xarid qilish.

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari

Turizm qo‘mitasi

(U. Shadiyev),

Sport vazirligi

(A. Ikramov)

18.

Jahon chempionatini yoritish ishlarini tashkil qilish.

1. Toshkent shahrida Jahon chempionatining xalqaro translatsiya markazini tashkil etish.

2024-yil iyun

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

(A. Djurabayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

O‘zbekiston milliy axborot agentligi

(A. Ko‘chimov),

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

(R. Irmatov)

2. Toshkent shahri, Andijon va Buxoro viloyatlaridan efir signallarini qabul qilish hamda uzatish choralarini ko‘rish.

2024-yil avgust — oktyabr

3. Jahon chempionatini targ‘ib etuvchi videoroliklar namoyishi uchun tomoshabinlar uchun qulay bo‘lgan paytni inobatga olib, telekanallarda efir vaqtini ajratish.

4. Jahon chempionati o‘tkaziladigan obyektlar, konferensiya va ko‘rgazma zallari, matbuot xonalarini LED monitorlar, zarur texnika vositalari, sinxron tarjima jihozlari va yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash.

5. Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, Jahon chempionati veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borish.

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Turizm qo‘mitasi

(U. Shadiyev)

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2024-y., 07/24/195/0375-son)