24.05.2024 yildagi PQ-188-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Yer qa’ridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-79-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) direktori maqomi bo‘yicha vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Agentlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarga atom energiyasi sohasidagi loyihalar doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar konsepsiyalari, parametrlari va shartlarini ishlab chiqishda zarur xizmatlarni, shu jumladan, marketing, muhandislik va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashgan kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik jamiyatlarini tashkil etish (ustav kapitalida ishtirok etish) va mazkur jamiyatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmoqlaridagi loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi Agentlik huzurida Atom energiyasidan foydalanish sohasini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) etib qayta tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning kutilayotgan xarajatlaridan kelib chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda o‘rnatiladigan, “Navoiyuran” davlat korxonasi yillik foydasidan hisoblangan dividendining 4 foizi miqdoridagi ajratmalari;
(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarining grantlari, imtiyozli kreditlari va boshqa maqsadli mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Jamg‘arma mablag‘lari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xodimlari mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va amaliyot o‘tashini, shu jumladan, xorijiy davlatlarga xizmat safarlarini tashkil qilish, xalqaro konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini, shu jumladan, tashqi infratuzilma obyektlarini qurish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq Agentlik zimmasidagi vazifalarni amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida ilmiy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlarni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlarida ilg‘or yadro texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka xorijiy mutaxassislar va konsultantlarni jalb etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik direktoriga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklangan topshiriq va vazifalarni amalga oshirish doirasida konsultantlar sifatida davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, ilm-fan va ta’lim muassasalari, shuningdek, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi yetakchi xalqaro va chet el kompaniyalari mutaxassislarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish yo‘li bilan jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni belgilangan tartibda ishga qabul qilish, shuningdek, Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ularning mehnatiga milliy yoki chet el valyutasida (xorijdagi hisobvaraqlarga o‘tkazgan holda) haq to‘lash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agentlik va uning tizim tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshini belgilashda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq tarif koeffitsiyenti 1,8 baravarga oshirilgan holda qo‘llanishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi 26- va 26/1-uylarda joylashgan bino va inshootlar Agentlik tasarrufida qoldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 24-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-188-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PQ-188-son qaroriga
1-ILOVA

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Atom energiyasidan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Atom energiyasidan foydalanish sohasiga doir davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek, mazkur sohadagi norma va qoidalarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqish hamda qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarida yong‘in xavfsizligi choralari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jismoniy himoyasini ta’minlash choralarini ko‘rish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tasarrufidagi yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini tadqiq etishga, joylashtirishga, loyihalashtirishga, barpo etishga hamda ulardan foydalanishga oid ishlarni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Fundamental tadqiqotlarning, ilmiy izlanish, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlarning loyihalarini tayyorlash hamda amalga oshirishga, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligi tizimini yaratish hamda takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlaridagi yadroviy materiallar va texnologiyalarning, radioaktiv materiallarning tarqalib ketmasligi, shuningdek, radiatsiya hamda yadro xavfsizligini ta’minlashga doir tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan choralar ko‘rish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini, shu jumladan, chet elda tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Avariyaga oid tashqi va ichki rejani ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi hududida radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishning yagona avtomatlashtirilgan davlat tizimini tashkil qilishda va uning ishlashida ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yadroviy materiallar, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i va radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha dasturlarning shakllantirilishini va ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash ustidan idoraviy nazoratni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yadroviy qurilmalarning va (yoki) saqlash punktlarining bosh (ilmiy, konstruktorlik va loyihalashtirish) tashkilotlarini belgilash, ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Atom energiyasidan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, atom energiyasidan tinchlik yo‘lida foydalanish sohasidagi xalqaro shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PQ-188-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Atom energiyasi agentligi

“Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi” DK

Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti filiali

Atom injiniring markazi — “Uzatom Worley Engineering” MChJ QK

Atom energiyasidan foydalanish sohasini rivojlantirish jamg‘armasi

(yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Agentlik boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 49 nafarni tashkil etadi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 07/24/188/0369-son; 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)