Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mehmonxona xizmatlarini rivojlantirish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.05.00 Mehmonxona xo‘jaligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasida uch yulduzliga aylantiriladigan mavjud mehmonxonalar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya ajratish bo‘yicha tadbirkorga qo‘yiladigan talablar, subsidiya olish uchun murojaat qilish tartibi hamda taqdim etiladigan hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish tartibi, subsidiya ajratishni rad etish asoslari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom asosida davlat xizmati O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPda davlat xizmatini ko‘rsatishning har bir bosqichida murojaatlarni ko‘rib chiqishni kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Turizm qo‘mitasi organlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi A.O‘. Aqqulov zimmasiga yuklansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 16-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
287-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 287-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasida uch yulduzliga aylantiriladigan mavjud mehmonxonalar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom

1. Ushbu Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan, yulduz toifasiga ega bo‘lmagan mavjud mehmonxonalarni uch yulduzli toifaga aylantirish maqsadida tadbirkorlik subyektiga mehmonxona xonalarini jihozlash uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan qoplab berish uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchadan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — Qoraqalpogiston Respublikasida mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektiga mavjud mehmonxonani uch yulduzli toifaga aylantirgani uchun mehmonxonaning har bir xonasiga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkor — Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan, uch yulduz toifasiga ega bo‘lmagan mavjud mehmonxonani uch yulduzli toifaga aylantirish orqali mehmonxona xonalarini jihozlash uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash maqsadida murojaat qilgan tadbirkorlik subyekti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Subsidiya Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) tomonidan ajratiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.02 Sertifikatlashtirish bo‘yicha organlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish, ularga toifa berish, shuningdek, sertifikatlashtirilgan xizmatlarining standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligining davlat nazorati Qo‘mitaning “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Subsidiya Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan va toifaga ega bo‘lmagan mehmonxona belgilangan tartibda uch yulduzli toifaga ega bo‘lganda ajratiladi.
LexUZ sharhi
Qarang:O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tadbirkor subsidiya olish uchun hujjatlarni topshirish sanasida bankrotlik yoki tugatish jarayonida bo‘lmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tadbirkorga uch yulduzli toifaga aylantiriladigan mavjud mehmonxonalarning har bir xonasiga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan yigirma million so‘mdan subsidiya ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tadbirkorga subsidiya ajratish tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ajratiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tadbirkor davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkor o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi tadbirkor nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya olish maqsadida taqdim etilgan so‘rovnomadagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqiqiyligiga tadbirkor mas’ul hisoblanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. So‘rovnoma to‘ldirilganidan so‘ng tadbirkor ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qo‘mita so‘rovnoma kelib tushgan kundan boshlab o‘n ish kunida uning mazkur Nizomda belgilangan talablarga mosligini o‘rganib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qo‘mita Nizomning 11-bandida belgilangan muddat ichida so‘rovnomani ko‘rib chiqib, subsidiya berish yoki subsidiya berishni rad etish to‘g‘risida (rad etish asoslarini ko‘rsatilgan holda) qaror qabul qiladi hamda qarorning elektron nusxasini tegishli Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etganda) YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Subsidiya berish to‘g‘risidagi qarorda subsidiya miqdori, mehmonxona nomi, yulduz toifasi va xonalar fondi, joylashgan yeri (pochta manzili) va uning kadastr raqami, subsidiya olayotgan tadbirkor (yuridik shaxs) nomi va STIR hamda tijorat bankidagi hisobvarag‘i ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Subsidiya berish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
so‘rovnomada ushbu Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkor ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarda ko‘rsatilgan talablarga javob bermasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir marta subsidiya taqdim etilgan tadbirkor subsidiya olish uchun takroran murojaat qilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya berishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tadbirkor subsidiya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror nusxasini olgan kundan boshlab ikki oy ichida qarorda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi hamda ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, subsidiya olish uchun takroran murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. So‘rovnoma takroran taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunida qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda subsidiya berishni yangi asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan muddat tugagandan so‘ng taqdim etilgan so‘rovnoma yangi berilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Subsidiya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida Qo‘mita tadbirkorning xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankidagi hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Subsidiya berish uchun Jamg‘arma hisobidan mablag‘lar ajratilgan tadbirkorlar ro‘yxati (reyestri) Qo‘mitaning rasmiy veb-saytiga joylashtirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qo‘mita subsidiya berish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish, monitoring qilish va Jamg‘arma hisobidan ajratilgan mablag‘larning tadbirkorga yetkazilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tadbirkor subsidiya ajratilgan davrdan boshlab besh yildan kam bo‘lmagan muddatda mehmonxona xizmatini ko‘rsatishi va mehmonxonaga berilgan yulduz toifasini saqlab qolishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkor besh yil mobaynida mehmonxona xizmatlarini tashkil qila olmagan yoki mehmonxonaning yulduz toifasi pasaygan takdirda, ajratilgan subsidiyani faoliyat yuritgan davriga mutanosib ravishda chegirgan holda, qolgan mablag‘larni Jamg‘armaga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaga qaytariladigan mablag‘lar Qo‘mita qaroriga muvofiq tadbirkor tomonidan Jamg‘armaning maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘mita Jamg‘armaning maxsus hisobvarag‘iga qaytariladigan mablag‘lar tadbirkor tomonidan belgilangan muddatda to‘liq o‘tkazilmagan taqdirda, Qo‘mita mablag‘larni undirish bo‘yicha sudga murojaat qiladi hamda subsidiya sifatida ajratilgan mablag‘larning belgilangan tartibda tadbirkordan qaytarish choralarini ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlar sir saqlanishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tadbirkor vakolatli organlarning xodimlari xatti-harakatlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.12.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasida uch yulduzliga aylantiriladigan mavjud mehmonxonalar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasida uch yulduzliga aylantiriladigan mavjud mehmonxonalar uchun subsidiya ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Tadbirkor
Turizm qo‘mitasiga subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali so‘rovnoma bilan murojaat qiladi.
Tadbirkorning xohishiga ko‘ra
2-bosqich
Turizm qo‘mitasi
So‘rovnomani ko‘rib chiqadi va subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda Davlat xizmatlari markazi yoki tadbirkorning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
10 ish kunda
3-bosqich
Tadbirkor
Subsidiya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni olganda, qarorda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni (ma’lumotlarni) ilova qilgan holda, Turizm qo‘mitasiga takroran Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.
2 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda
4-bosqich
Turizm qo‘mitasi
So‘rovnoma takroran taqdim etilganda, uni qayta ko‘rib chiqish.
5 ish kunda
5-bosqich
Turizm qo‘mitasi
Tadbirkorning tijorat bankidagi hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazib beradi.
10 ish kunda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasida uch yulduzliga aylantiriladigan mavjud mehmonxonalar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SO‘ROVNOMA
I. Tadbirkor to‘g‘risida ma’lumot:
1. Yuridik shaxsning nomi to‘liq nomi
2. Yuridik shaxsning STIR
3. Yuridik shaxsning joylashgan yeri (pochta manzili)
4. Telefon raqami
5. Elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa)
6. Bank rekvizitlari
II. Mehmonxona to‘g‘risida ma’lumot:
7. Mehmonxona nomi
8. Mehmonxona joylashgan manzil
9. Ko‘chmas mulkning kadastr raqami
10. Muvofiqlik sertifikati olingan sana va raqami
11. Mehmonxonadagi xonalarning soni
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2024-y., 09/24/287/0352-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)