06.05.2024 yildagi 267-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) granti asosida Milliy texnik malakani baholash va malaka oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash, shuningdek, ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, ishsiz aholining zamonaviy kasb va tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 146-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarning 160 ming nafarini talabgor kasblarga oʻqitish hamda ularning kamida 5 ming nafari kasbiy malaka darajasini tasdiqlash va ularga malaka pasportlarini taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) granti asosida Milliy texnik malakani baholash va malaka oshirish markazi faoliyatini tashkil etish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) granti hisobidan Koreya tajribasi asosida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi muassisligida davlat taʼlim muassasasi shaklidagi Milliy texnik malakani baholash va malaka oshirish markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ishga marhamat” monomarkazlari huzuridagi Oʻquv-maslahat ofislari (keyingi oʻrinlarda — Ofislar) faoliyatini transformatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy malakani baholash va tasdiqlash, oʻqituvchi, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, muhandis-ustalar, pedagog kadrlar hamda taʼlim faoliyatiga bevosita aloqador boshqa rahbar-xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining milliy malaka tizimini xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professional standartlarni ishlab chiqishda ularni xorijiy tashkilotlar hamda ilmiy hamjamiyatlar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali takomillashtirib borish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan ishchi kasblar boʻyicha mutaxassislar tayyorlashga doir oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va ilmiy adabiyotlar yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Markaz Koreya tajribasi asosida milliy malakani baholash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining milliy malaka tizimiga oid qonunchilik hujjatlari asosida kasbiy malakani baholash, tasdiqlash va malaka pasportlarini berish faoliyatini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Markaz qonunchilik hujjatlarga muvofiq kasbiy malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtadi va oʻz faoliyatini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Markaz faoliyati Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Markazning tashkiliy tuzilmasi, shtatlar jadvali, shuningdek, xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari oliy taʼlim muassasalari rahbar, oʻqituvchi hamda boshqa xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, ustama, ragʻbatlantirish va mukofotlash miqdorlariga teng ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan mustaqil belgilanadi hamda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 15-sentabrga qadar Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) granti hisobidan Markaz faoliyatini tashkil etish, shuningdek, Markaz uchun bino va inshootlarni foydalanishga topshirishni taʼminlasin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz uning binosi toʻliq qurib bitkazilib, topshirilgunga qadar Toshkent shahar Sergeli tumani Sergeli-8 mavzesida joylashgan Toshkent shahridagi ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitish markaziga tegishli binoga tekin foydalanish huquqi asosida vaqtincha joylashtirilsin hamda faoliyatini boshlash uchun yetarli xonalar ajratilishi va mebellar, jihozlar, kompyuter hamda tashkiliy texnika vositalari bilan taʼminlash choralari koʻrilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 25-oktabrga qadar Markazni yuqori malakali va tajribali kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ofislar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarida kasb-hunar, tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillar boʻyicha jahon standartlari hamda ish beruvchilarning talablariga binoan oʻquv rejasi, dasturlari va uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish hamda takomillashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandis ustalar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari va oʻqituvchilarning malakasini oshirish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqilgan oʻquv rejasi, dasturlari va uslubiy qoʻllanmalarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda amaliyotga tatbiq etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2024-yil 1-iyundan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlarining oʻqituvchilari hamda muhandis ustalarini maqomi boʻyicha professional taʼlim muassasalari pedagoglariga tenglashtirish hamda ularga ushbu xodimlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va ijtimoiy himoya kafolatlari tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislarga bajarilgan ishlar uchun toʻlanadigan toʻlov miqdori ularning malakasi, tajribasi va ularga yuklanadigan ish hajmidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislarning Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizasini olishga konsullik yigʻimlari hamda yashash joyida roʻyxatga olinganlik uchun undiriladigan davlat boji “Ishga marhamat” monomarkazlari mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2024-yil 30-dekabrga qadar ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarning 160 ming nafarini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish hamda ularning kamida 5 ming nafari kasbiy malaka darajasini tasdiqlash orqali ularga malaka pasportlarini taqdim etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2024-yil 15-noyabrga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga inson hayoti, sogʻligi va xavfsizligi bilan bogʻliq boʻlgan kasblarni majburiy sertifikatlashtirish tizimini tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritsin. Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari bilan birgalikda inson hayoti, sogʻligi va xavfsizligi bilan bogʻliq boʻlgan kasblar (lavozim)larni aniqlashga doir tadqiqotlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadqiqotlar natijasiga koʻra 2024-2025-yillarda bosqichma-bosqich majburiy sertifikatlashtiriladigan kasb (lavozim)larni tarmoq va hududlar kesimida joriy etish reja-grafigini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy sertifikatlashtirish uchun kasbiy faoliyatning muayyan turi boʻyicha shaxsning koʻnikmalarini ifodalaydigan, bilimi, qobiliyati va mahoratiga oid talablarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy sertifikatlashtiriladigan kasb (lavozim)larni tajriba-sinov tariqasida joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaz Toshkent shahrining Sergeli tumani Sergeli-8 mavzesida joylashgan Toshkent shahridagi ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitish markaziga tegishli hududda quriladigan binoda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 6-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
267-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/267/0330-son)