01.05.2024 yildagi 257-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti xarajatlarining barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga muvofiqligi va iqlim oʻzgarishiga taʼsirini koʻrsatib borish (markirovkalash) mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Davlat budjeti xarajatlarining barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga muvofiqligi va iqlim oʻzgarishiga taʼsirini koʻrsatib borish (markirovakalash) mexanizmlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarorining 9-bandida Davlat budjeti loyihasini shakllantirish va ijrosi boʻyicha hisobotlarda budjet xarajatlarining barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga muvofiqligi va iqlim oʻzgarishiga taʼsirini koʻrsatib borish (markirovkalash) mexanizmlarini joriy etish belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda xalqaro tashkilotlar va xorijiy ekspertlar ishtirokida Davlat budjeti xarajatlarining barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga muvofiqligi va iqlim oʻzgarishiga taʼsirini koʻrsatib borish (markirovkalash) yuzasidan dastlabki takliflar ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat budjeti xarajatlarining barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga muvofiqligi va iqlim oʻzgarishiga taʼsirini koʻrsatib borish (markirovkalash) konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet xarajatlarining barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga muvofiqligi va iqlim oʻzgarishiga taʼsirini tasniflash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlarni tasniflashning maqsadi, obyekti va qamrovi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlarni aniqlash va tasniflash mexanizmlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlarni tasniflash uchun iqlim oʻzgarishiga taʼsirni yumshatish va moslashtirish chora-tadbirlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlarni tasniflash natijalarini eʼlon qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda ushbu qarorning mohiyati va u bilan belgilangan mezonlar masʼul ijrochilar oʻrtasida keng tushuntirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-dekabrga qadar xalqaro tashkilotlar va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, ushbu qaror bilan tasdiqlangan Konsepsiyani takomillashtirish hamda “yashil” budjetlashtirish (tasniflash) tartibini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
257-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 257-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti xarajatlarining barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga muvofiqligi va iqlim oʻzgarishiga taʼsirini koʻrsatib borish (markirovkalash)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KONSEPSIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Konsepsiya Davlat budjeti xarajatlarining barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga muvofiqligi va iqlim oʻzgarishiga taʼsirini koʻrsatib borish (markirovkalash) tartibini joriy etishda konseptual yondashuvlarni belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konsepsiyada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti xarajatlarini barqaror rivojlanish milliy maqsadlari asosida markirovkalash (keyingi oʻrinlarda — xarajatlarni BRMM asosida tasniflash)Davlat budjeti xarajatlarining barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga muvofiqligini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti xarajatlarini iqlim jihatidan markirovkalash (keyingi oʻrinlarda — xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash) — Davlat budjeti xarajatlarini iqlim oʻzgarishiga taʼsiri boʻyicha budjet tasnifi asosida baholash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Konsepsiya quyidagi asosiy yoʻnalishlarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasniflash qamrovi, obyekti va darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chora-tadbirlarning budjet maʼlumotlariga muvofiqligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet jarayonlariga integratsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashni tatbiq qilishga qaratilgan qisqa va uzoq muddatli harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlarni barqaror rivojlanish milliy maqsadlari asosida tasniflashni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash qamrovi, obyekti va darajasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibidagi Davlat budjetining xarajatlari qamrab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tasniflash obyekti quyidagi talablarga mos kelishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq chora-tadbirlarni aniqlash va ularga mos kelish uchun oʻzida yetarli darajada budjet mablagʻlarini umumlashtirgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqlim bilan bogʻliq xarajatlarni budjet jarayonining barcha bosqichlarida kuzatib borish hamda xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashning Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) integratsiya qilish uchun budjet tasniflari va budjet ajratmalari darajasida belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflangan xarajatlar samaradorligini baholash uchun natijalar bilan bogʻlash imkoniyatining mavjud boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashning eng samarali obyekti dasturiy tasnifi (klassifikator) hisoblanadi. Bunda dasturiy budjetlashtirish orqali xarajatlarning asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari, ularning maqsadi, iqlim oʻzgarishiga ehtimoliy taʼsiri yuzasidan maʼlumotlar shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, hozirda mamlakatimizda dasturiy budjetlashtirish toʻliq joriy etilmaganligini inobatga olgan holda, budjet tizimi budjetlarining vazifalar jihatidan tasnifi tasniflashning yaqin istiqboldagi obyekti etib belgilanmoqda. Bunda xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash ushbu tasnifning ikkinchi (kichik boʻlimi) darajasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet xarajatlarining vazifalar jihatdan tasnifi xarajatlarning tarmoq yoʻnalishlari va maqsadlarini (qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi, yoqilgʻi va energetika, chiqindilarni tartibga solish, suv resurslari, ifloslanishning oldini olish, biologik xilma-xillik va tabiatni muhofaza qilish, togʻ-kon sanoati, ishlab chiqarish va qurilish, transport, kommunikatsiyalar va boshqalar) belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashni budjet tizimiga samarali joriy etish uchun har bir tasniflash obyektining barcha iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq xarajatlari bir xil tasniflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy budjetlashtirish toʻliq joriy etilganidan soʻng esa tasniflashning obyekti qayta koʻrib chiqiladi hamda dasturiy budjetlashtirish quyi darajasining tasnifi xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash obyekti sifatida joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashda budjet xarajatlarini aniqlash, shuningdek, tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashda xarajatlar “maqsadlarga asoslangan” yoʻnalishda tasniflanadi. Bunda xarajatlar iqlim yoki “yashil” gʻoya boʻyicha yakuniy natijalarga erishishni maqsad qilgan tadbirlar bilan bogʻliqligi boʻyicha tasniflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashni joriy etish uchun quyidagi 4 ta asosiy tadbirlar belgilanishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼsirni “ijobiy” tarafga yumshatish tadbirlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“salbiy” taʼsirni yumshatish tadbirlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ijobiy” moslashtirish tadbirlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“salbiy” moslashtirish tadbirlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Taʼsirni “ijobiy” tarafga yumshatish tadbirlari quyidagi uch turdagi yoʻnalishdan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfiy yoki nolga yaqin issiqxona gazlari emissiyasiga ega faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqxona gazlarini koʻp emissiya qiluvchi tizim doirasida amalga oshiriladigan, biroq iqlimga zararni neytrallashtirishga qarata emissiyalarni kamaytirishga yordam beradigan oʻtish davri faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishga asos yaratuvchi boshqa faoliyatni ragʻbatlantiradigan tadbirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iqlim oʻzgarishi taʼsirini “ijobiy” tarafga yumshatish tadbirlari ushbu Konsepsiyaga 1-ilovada keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Issiqxona gazlarini koʻp emissiya qiluvchi deb eʼtirof etilgan va emissiya darajasi pastroq muqobil yechimlar mavjud boʻlgan faoliyatlar “salbiy” taʼsirni yumshatish tadbirlari uchun belgilanadi. Shunga koʻra ushbu tadbirlar roʻyxatiga quyidagilar kiritilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻmirning qiymat zanjiri bilan bogʻliq barcha faoliyat turlari, shu jumladan, qazib olish va isteʼmol qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki yonuv dvigatelida ishlaydigan avtotransport vositalarini ishlab chiqarish, ulardan foydalanish va ularni harakatga keltirish uchun benzin, dizel yoqilgʻisi yoki boshqa uglevodorodlardan foydalanish bilan bogʻliq barcha faoliyat turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norasmiy poligonlarda, sanitariya talablariga javob bermaydigan poligonlarda yoki sanitariya talablariga javob beruvchi, biroq chiqindi gazi ushlab qolinmaydigan poligonlardagi chiqindilarni tartibga solish boʻyicha barcha faoliyat turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoramol va qoʻylarning qiymat zanjiri bilan bogʻliq faoliyat turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qazib olinadigan yoqilgʻidan (tabiiy gaz bundan mustasno) energiya ishlab chiqarish yoki isteʼmol qilishning har qanday shakli uchun subsidiyalar, shuningdek, qishloq xoʻjaligi sohasi ishlab chiqarishiga subsidiyalar (issiqxona gazlari emissiyalarini qisqartirishga yoʻnaltiriladigan subsidiyalar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Uzoq muddatli istiqbolda “ijobiy” moslashtirish tadbirlarini aniqlash uchun quyidagi uch bosqichli yondashuvni qabul qilish lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq xatarlar, zaifliklar va taʼsirlarni belgilash — loyiha hujjatlarida kuchli dalillardan foydalangan holda duch kelinishi mumkin boʻlgan iqlim bilan bogʻliq muammolarni aniq koʻrsatishni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu muammolarni hal etish istagini bildirish — loyiha hujjatlarida mavjud tahlillar va baholashlar asosida yuqorida aniqlangan muammolarni hal etish yoʻllari koʻrsatilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatarlar va faoliyatlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatish — loyihada hozirgi va kelajakdagi iqlim muammolarini qanday hal etish koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yaqin istiqbolda “ijobiy” moslashtirish tadbirlarini aniqlash uchun “odatiy” moslashtirish choralari roʻyxatidan foydalaniladi. Ushbu “odatiy” moslashtirish choralari xavf-xatarlar intensivligini kamaytirish, iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq xavf-xatarlarning aholi yoki aktivlarga taʼsirini kamaytirish va muayyan iqlim xatarlariga taʼsirchanlikni kamaytiradigan tadbirlar, masalan, qurgʻoqchilikka taʼsirchanlikni kamaytirish uchun suvdan foydalanish samaradorligini oshirish choralaridan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Konsepsiyaga 2-ilovada “odatiy” moslashtirish choralari roʻyxati keltirilgan. Bunda ushbu roʻyxatdagi tadbirlar amalga oshirilayotganda, ularning haqiqatan ham mamlakatda iqlim oʻzgarishiga moslashish ishlariga hissa qoʻshishi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kelajakdagi qurgʻoqchilik holati va suv tanqisligi xatarlarini inobatga olib, yaqin istiqbolda “salbiy” moslashuv tadbirlari suv sarfini koʻpaytiruvchi tadbirlarni cheklash bilan bogʻliq tadbirlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashda chora-tadbirlarning budjet maʼlumotlariga muvofiqligini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Budjet xarajatlarini iqlim jihatidan dolzarbligi boʻyicha koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Budjet xarajatlarini iqlim uchun dolzarbligi jihatidan “ijobiy”, “salbiy” yoki “neytral” guruhlarga ajratish mumkin. Hozirda budjet tizimi budjetlarining vazifalar jihatidan tasnifidagi satrlarni ushbu guruhlarga ajratish uchun ayrim xarajatlar boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababli, maʼlumotlar vazifalar jihatidan tasnifdagi maʼlum bir budjet satri boʻyicha jami xarajatlarning 75 foizidan koʻprogʻi “ijobiy” ekanligini koʻrsatgan taqdirda, budjet satri iqlimga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan xarajatlar deb hisoblanadi. Agarda jami xarajatlarning 75 foizi “salbiy” boʻlsa, unda budjet satri iqlimga salbiy taʼsir koʻrsatadigan xarajatlar deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshimcha maʼlumotlar ushbu xarajatlarni baholashda yordam bermasa, ushbu satr xarajatlarini neytral xarajatlar sifatida qabul qilinishi maqsadga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Budjet xarajatlarining ekologik holatga, iqlimga taʼsiridan kelib chiqib, yashil rang (iqlim uchun ijobiy), kul rang (iqlimga taʼsiri neytral), jigarrang (iqlimga va atrof-muhitga taʼsiri salbiy) kabi ranglar bilan tasniflash mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol uchun, elektr energiyasida harakatlanuvchi yer usti metro yoʻnalishining qurilishi shaharda oʻrta muddatda yonilgʻida ishlovchi avtotransport vositalari harakatining kamayishi hisobidan atmosferaga zararli gazlarni chiqarishni kamaytiradi. Yaqin istiqbolda esa metro qurilishi yashil maydonlarning kamayishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli ushbu tadbirni moliyalashtirishni oʻrta muddatda — yashil rang (ijobiy) bilan, yaqin istiqbolda — jigarrang (salbiy) bilan tasniflash maqsadga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, shaharlarda jamoat transportining rivojlanishini ragʻbatlantirish va pulli avtomobil toʻxtash joylari infratuzilmasini yaratish tadbirlari havoga chiqariladigan zararli moddalarni kamaytirish omili sifatida ushbu yoʻnalishdagi xarajatlarni yashil rang bilan tasniflash mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Iqlimga bogʻliq xarajatlarni qoʻllab-quvvatlash intensivligini hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Iqlim bilan bogʻliq xarajatlarni qoʻllab-quvvatlash intensivligi (keyingi oʻrinlarda — intensivlik) iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq vazifalarni qoʻllab-quvvatlash asosiy maqsadi boʻlgan hamda asosiy maqsadi boʻlmasada, maʼlum darajada qoʻllab-quvvatlaydigan xarajatlarni farqlash uchun qoʻllaniladi. Biroq, amaldagi budjet tizimi budjetlarining vazifalar jihatidan tasnifi bunday farqlash imkoniyatini bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababli yaqin istiqbolda xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashda intensivlik hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Uzoq muddatli istiqbolda dasturiy budjetlashtirish toʻliq joriy etilganidan soʻng intensivlikni hisobga olish uchun quyidagi tasniflash uslubiyotidan foydalanilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 — asosan iqlim manfaati uchun moʻljallangan faoliyat bilan bogʻliq budjet qatori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 — asosan iqlim manfaati uchun moʻljallanmagan boʻlsa-da, biroq ayrim darajada naf keltirishi mumkin boʻlgan faoliyat bilan bogʻliq budjet qatori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0 — taʼsiri neytral yoki noaniq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
-1 — iqlimga salbiy taʼsir koʻrsatishi kutilayotgan tadbirlar bilan bogʻliq budjet qatori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy budjetlashtirishga aloqador qoʻshimcha maʼlumotlar “taʼsirni yumshatish” va “moslashtirish” tadbirlaridan alohida ravishda intensivlikni baholash imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashni budjet jarayonlariga integratsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashni budjet jarayonlariga integratsiya qilishda quyidagi masalalar koʻrib chiqilishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash boʻyicha masʼul tashkilotni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashning baholash sifatini taʼminlash borasidagi jarayonlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash budjet jarayonining qaysi bosqichida amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashni avtomatlashtirish darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash natijalarini jamoatchilikka oshkor qilish borasidagi yondashuv.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashga masʼul tashkilot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Dasturiy budjetlashtirish muhitida tarmoq vazirlik va idoralari odatda oʻz budjet dasturlari va natijalarini ishlab chiqish va boshqarish uchun masʼul boʻlib, moliyalashtirish qarorlarini qabul qilish, uning samaradorligini taʼminlashda erkinlikka ega. Shu nuqtai nazardan, xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash tarmoq vazirlik va idoralari tomonidan budjet dasturlarini ishlab chiqish va samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash bosqichida amalga oshirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, hozirda Oʻzbekiston Respublikasida dasturiy budjetlashtirish toʻliq joriy etilmaganligini inobatga olgan holda, yaqin istiqbolda xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Uzoq muddatli istiqbolda dasturiy budjetlashtirish toʻliq joriy etilganidan soʻng xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash tarmoq vazirlik va idoralari (birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar) tomonidan budjet dasturlarini ishlab chiqish va samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash bosqichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash sifatini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash sifatini taʼminlashning maqsadi tasniflash jarayoni va maʼlumotlarning belgilangan uslubiyotga muvofiqligini taʼminlash. Bunda tasniflash jarayonining shaffofligi va iqlim bilan bogʻliq xarajatlar boʻyicha maʼlumotlarning sifatliligi taʼminlanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababli xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash jarayoni hamda natijalari tegishli davlat organi yoki iqlim oʻzgarishini yumshatish va moslashish siyosatini ishlab chiqish hamda yuritishga masʼul tashkilot tomonidan davriy ravishda sifati baholanishi va taʼminlanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Yaqin istiqbolda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash jarayoniga tasniflash sifatini taʼminlash uchun iqlim oʻzgarishi boʻyicha ekspertlarni jalb etish maqsadga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Uzoq muddatli istiqbolda xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash sifati iqlim oʻzgarishini yumshatish va moslashish siyosatini ishlab chiqish hamda yuritish masʼul davlat tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashda budjet jarayoni bosqichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash budjet jarayonining eng dastlabki bosqichlarida, shu jumladan, budjet soʻrovlari, budjet dasturlarini shakllantirish bosqichida amalga oshirilishi lozim. Bu esa, oʻz navbatida, budjet dasturlari va ularning samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, budjet muhokamalarini oʻtkazish hamda ustuvor vazifalarni belgilashda iqlim oʻzgarishi siyosatining maqsadlari va natijalarini hisobga olish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababli uzoq muddatli istiqbolda dasturiy budjetlashtirish toʻliq joriy etilganidan soʻng xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash tarmoq vazirlik va idoralari tomonidan budjet dasturlarini ishlab chiqish bosqichida amalga oshiriladi hamda tasniflash natijalari budjet soʻrovlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi. Bunda tarmoq vazirlik va idoralari tomonidan budjet soʻrovlari taqdim etilishida iqlim oʻzgarishiga bogʻliq deb belgilangan budjet dasturlari boʻyicha iqlim oʻzgarishi jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlari belgilanishi muhim hisoblanadi. Bu, oʻz navbatida, budjet xarajatlarini iqlim oʻzgarishi boʻyicha siyosat samaradorligini baholash imkoniyatini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Yaqin istiqbolda dasturiy budjetlashtirish toʻliq joriy etilguniga qadar xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga budjet soʻrovlari taqdim etilganidan soʻng, vazirlik tomonidan budjet loyihasini ishlab chiqish vaqtida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashni avtomatlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash vositalarining DMBATga integratsiya qilinishi kelgusi yillarda xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash ishlarini, budjet xarajatlarining iqlim oʻzgarishi maqsadlariga qanchalik mosligini baholashni yengillashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Yaqin istiqbolda xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash DMBATga integratsiya qilinguniga qadar oddiy uslubda avtomatlashtirilmagan holatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Uzoq muddatli istiqbolda dasturiy budjetlashtirish toʻliq joriy etilganidan soʻng xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashni DMBATga integratsiya qilish koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash natijalarini nashr etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash natijalari doimiy asosda jamoatchilikka oshkor qilib boriladi. Maʼlumotlar davriy ravishda eng kami bilan bir yilda bir marta chop etib boriladi hamda oʻzida rejalashtirilgan va ijro etilgan xarajatlarni aks ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Dasturiy budjetlashtirish toʻliq joriy etilganidan soʻng eʼlon qilinadigan iqlim xarajatlari boʻyicha budjet maʼlumotlari nafaqat iqlim xarajatlarining umumiy hajmi, ularning iqlim bilan bogʻliq xarajatlari budjet tasnifi, iqtisodiyot tarmoqlari va masʼul organlar boʻyicha taqsimotini, balki iqlim jihatidan kutilayotgan foyda va natijalarni ham qamrab olishi zarur. Shu sababli xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash iqlim oʻzgarishi jihatidan budjet samaradorligi koʻrsatkichlari ham joriy etilishi bilan birga amalga oshirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashni budjet jarayoniga integratsiya qilish boʻyicha umumlashtirilgan jadval mazkur Konsepsiyaga 3-ilovada nazarda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Davlat budjeti xarajatlarini barqaror rivojlanish milliy maqsadlari asosida tasniflash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Xarajatlarni barqaror rivojlanish milliy maqsadlari (keyingi oʻrinlarda — BRMM) asosida tasniflash davlat budjeti loyihasini tayyorlash hamda koʻrib chiqishda hisobga olinadi va aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Xarajatlarni BRMM asosida tasniflash mablagʻlarni taqsimlash, qoʻshimcha moliyalashtirishni talab qiluvchi sohalarni aniqlash va xarajatlar samaradorligini tahlil qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish jarayonini takomillashtirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Xarajatlarni BRMM asosida tasniflash budjet mablagʻlaridan foydalanishda shaffofligini, ochiqlikni va javobgarlikni oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Xarajatlarni BRMM asosida tasniflash jarayonida davlat budjeti mablagʻlarining kengroq qamrab olinishi, BRMM boʻyicha budjet xarajatlari miqdori haqida toʻliqroq maʼlumot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Xarajatlarni BRMM asosida tasniflash uchun budjet xarajatlari tasnifi barqaror rivojlanish vazifalariga emas, balki maqsadlarga asoslangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Xarajatlarni BRMM asosida tasniflash obyekti budjet tizimi budjetlarining vazifalar jihatidan tasnifi etib belgilanmoqda. Bunda xarajatlarni BRMM asosida tasniflash ushbu tasnifning ikkinchi (kichik boʻlimi) darajasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Budjet xarajatlarining vazifalar jihatidan tasnifi davlat siyosati nuqtai nazaridan (maqsadlar, vazifalar, yakuniy natijalar) budjet xarajatlarining maqsadini aniq tasvirlab bermasada va dasturiy tasnif sifatida xarajatlarni BRMM asosida tasniflash uchun samarali obyekt sifatida qaralmasada, hozirgi vaqtda bu tasnif tasniflash maqsadlari uchun foydalanish mumkin boʻlgan eng foydali tasnif hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Xarajatlarni BRMM asosida tasniflashda budjet xarajatlarining vazifalar jihatidan tasnifidan foydalanilishi natijalarni DMBATga integratsiya qilish, uni budjet xarajatlari bilan bogʻlash imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Yaqin istiqbolda xarajatlarni BRMM asosida tasniflash DMBATga integratsiya qilinguniga qadar oddiy uslubda avtomatlashtirilmagan holatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzoq muddatli istiqbolda dasturiy budjetlashtirish toʻliq joriy etilganidan soʻng xarajatlarni BRMM asosida tasniflash DMBATga integratsiya qilish koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Xarajatlarni BRMM asosida tasniflash BRMM sohasida rivojlanishni davlat va xususiy moliyalashtirish, shuningdek, xalqaro moliyalashtirish doirasida kuzatish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq vazifalar BRMM da ham nazarda tutilgani sababli barcha “yashil” tashabbuslar uchun xarajatlarni aniqlashda alohida “yashil” tasniflash uslubiyotidan foydalanilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Budjet xarajatlarini tasniflash tizimida har bir vazifalar jihatidan tasnif satrlari ikki marta, jumladan BRMM asosida tasniflash vaqtida hamda xarajatlarni iqlim jihatidan va “yashil” tasniflash vaqtida tasniflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Xarajatlarni BRMM asosida tasniflash jarayonida vazifa jihatidan tasnifning faqat bitta BRMMga erishishga koʻmaklashadigan budjet satri hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Xarajatlarni BRMM asosida tasniflash tizimini joriy etishning dastlabki bosqichlarida BRMMga kiritilmaydigan xarajatlar, shu jumladan, davlat organlarining ish haqi xarajatlari tasniflanmaydi. Bunday xarajatlarni tasniflash keyingi bosqichlarda, jumladan tasniflash tizimi yanada mukammallashishi hisobiga bir modda bir nechta BRMMga erishishga koʻmaklashganda hamda BRMMga erishishga foizdagi hissa boʻyicha vazn koʻrsatkichlari tizimi ishlab chiqilganda joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Kelgusida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vazifa jihatidan tasnifning budjet satrlarini BRMMning har bir maqsadlariga bogʻlash uchun belgilangan roʻyxatni ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti xarajatlarining barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga muvofiqligi va iqlim oʻzgarishiga taʼsirini koʻrsatib borish (markirovkalash) konsepsiyasiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqlim oʻzgarishi taʼsirini “ijobiy” tarafga yumshatish tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tarmoqlar

Maxsus tadbir nomi

Muvofiqlik mezonlari

Energetika

Elektr energiyasi, isitish energiyasi, mexanik energiya yoki sovitish uchun qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish.

Issiqxona gazlari emissiyasi qazib olinadigan yoqilgʻi ishlab chiqarishdan kelib chiqadigan issiqxona gazlari emissiyasidan sezilarli darajada past boʻlishi kerak.

Dastlabki bosqichda ishlab chiqilgan suyuq bioyoqilgʻi bundan mustasno.

Elektr energiyasi, isitish, mexanik energiya yoki sovitish uchun qayta tiklanadigan energiya hamda qazib olinadigan energiyadan birgalikda foydalanish.

Issiqxona gazlari emissiyasi qazib olinadigan yoqilgʻi ishlab chiqarishdan kelib chiqadigan issiqxona gazlari emissiyasidan sezilarli darajada past boʻlishi kerak.

Bunda faqat qayta tiklanadigan energiya manbalariga yoʻnaltirilgan xarajatlar kiritilishi kerak.

Past uglerodli vodorodni ishlab chiqarish, saqlash yoki ishlatish.

Uglerod darajasi juda past boʻlgan elektr energiyasidan foydalangan holda suvni elektroliz qilish orqali yoki uglerodni ushlash va ushlangan CO2ni saqlash yoki utilizatsiya qilish bilan bugʻ yordamida tabiiy gazdan oʻgirish (konversiya) qilish orqali hosil boʻlgan vodorod. Sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirish natijasini hosil qilishi kerak.

Koʻmirdan gazga oʻtish kabi uglerod darajasi baland boʻlgan yoqilgʻilarni uglerod darajasi pastroq boʻlgan yoqilgʻiga almashtirish

Elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun toʻgʻri kelmaydi.

Qazib olinadigan yoqilgʻiga oʻtilgan holatda, zavodning ishlash muddatidan oshmasligi kerak.

Chiqindi gazdan yoqilgʻi yoki xomashyo sifatida foydalanish.

Issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishi kerak.

Koʻmir qatlamidan olinadigan metan gazi, yangi neft qazib olish konlaridan olingan yoʻldosh gaz va yangi gaz qazib olish konlaridan olingan shaxta metan gazi istisno qilinishi kerak.

Bir manbadan energiya ishlab chiqarishdan elektr energiyasi, isitish energiyasi va mexanik energiyasi yoki sovitish uchun energiyani birgalikda ishlab chiqarishga, masalan, birlashgan issiqlik va elektr energiyasi stansiyalariga oʻtish.

Bunday transformatsiya samaradorlikning sezilarli darajada yaxshilanishini taʼminlashi kerak.

Energiya ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish.

Samaradorlikning sezilarli darajada yaxshilanishini taʼminlashi kerak.

Uglerodni ushlab qolish va saqlash.

CO2 saqlanishi muntazam tusga ega boʻlishi kerak.

Koʻproq past uglerodli energiyani taʼminlash maqsadida energiyani saqlash va tarmoq barqarorligini takomillashtirish choralari.

Qazib olinadigan yoqilgʻiga taalluqli emas.

Past uglerodli elektr energiyasi ulushini oshiradigan yangi elektr energiyasi uzatish yoki tarqatish infratuzilmasi.

Past uglerodli elektr energiyasi ulushining oshishiga olib keluvchi infratuzilmani namoyish qilish salohiyatiga ega boʻlishi kerak.

Isitish yoki sovitish tizimlari energiyasi uchun yangi uzatish yoki tarqatish infratuzilmasi.

Isitish yoki sovitish energiyasi qazib olinadigan yoqilgʻidan olinmasligi kerak.

Mavjud elektr, issiqlik yoki gazni uzatish va taqsimlashda samaradorlikni oshirish yoki texnik yoʻqotishlarni kamaytirish.

Bu energiya yoki sof issiqxona gazlaridan foydalanish samaradorligi sezilarli darajada yaxshilanishini taʼminlashi kerak.

Elektr, issiqlik yoki gazni taqsimlashda tijoriy maqsadlarida foydalanishdagi va (toʻlovlarni) yigʻib olishdagi yoʻqotishlarini kamaytirish; yoki isteʼmolchi talabini boshqarishga qaratilgan chora-tadbirlar.

Isteʼmolchilar tomonidan toʻlanadigan toʻlovlar samarasini oshirish kerak.

Tashish va saqlash infratuzilmasida issiqxona gazlarining qochqin chiqindilarini kamaytirish.

Konchilik va metall ishlab chiqarish

Qayta tiklanadigan energiya, energiya samaradorligi texnologiyalari va boshqalar uchun muhim boʻlgan minerallar va metall rudalarini qazib olish.

Agar yakuniy foydalanish turi maʼlum boʻlsa, yakuniy foydalanish iqlim oʻzgarishining taʼsirini yumshatish bilan bogʻliqligini koʻrsatishi kerak. Agar yakuniy foydalanish turi nomaʼlum boʻlsa, global darajada global foydalanishning aksariyat qismi iqlim oʻzgarishining taʼsirini yumshatish uchun ekanligini koʻrsatish kerak.

Qayta tiklanadigan energiya, energiya samaradorligi texnologiyalari va boshqalarda asosan ishlatiladigan yoki muhim ahamiyatga ega boʻlgan metallar yoki qotishmalarni ishlab chiqarish.

Agar yakuniy foydalanish turi maʼlum boʻlsa, yakuniy foydalanish iqlim oʻzgarishining taʼsirini yumshatish bilan bogʻliqligini koʻrsatishi kerak. Agar yakuniy foydalanish turi nomaʼlum boʻlsa, global darajada global foydalanishning aksariyat qismi iqlim oʻzgarishining taʼsirini yumshatish uchun ekanligini koʻrsatishi kerak.

Ishlab chiqarish

Mavjud konlarda sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish.

Sof issiqxona gazlari emissiyalarini, uglerod intensivligini (masalan, bir birlik boshiga CO2) yoki energiya intensivligini (masalan, bir birlik boshiga gigajoul) sezilarli darajada kamaytirishi kerak.

Bir manbadan energiya ishlab chiqarishdan elektr energiyasi, isitish energiyasi va mexanik energiyasi yoki sovitish uchun energiyani birgalikda ishlab chiqarishga, masalan, birlashgan issiqlik va elektr energiyasi stansiyalariga oʻtish.

Bunday transformatsiya samaradorlikning sezilarli darajada yaxshilanishini taʼminlashi kerak.

Yangi yuqori samarali yoki past uglerodli ishlab chiqarish obyektlari yoki mavjud ishlab chiqarish obyektida yangi qoʻshimcha uskunalar yoki ishlab chiqarish liniyalari.

Tegishli milliy darajada maqbul boʻlgan mezon koʻrsatkichdan sezilarli darajada pastroq uglerod emissiya yoki energiya sarfini namoyish qilishi kerak.

Qazib olinadigan yoqilgʻi asosida ishlaydigan uskunalar yoki jarayonlarni elektr energiyasida ishlaydigan uskunalar yoki jarayonlar bilan almashtirish.

Uglerodni ushlab qolish va saqlash.

CO2 saqlanishi muntazam tusga ega boʻlishi kerak.

Issiqxona gazlari emissiyasining oldini olish yoki uni kamaytirish uchun sanoat infratuzilmasini modernizatsiya qilish.

Sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak.

Isteʼmolni yoki chiqindilarni kamaytiruvchi mavjud yoki yangi/ilgʻor sanoat jarayonlarni yaxshilash yoki joriy qilish.

Sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak

Past uglerodli energiya yoki chiqindilardan hosil qilingan energiyani birlashtirish imkonini beruvchi energiyani saqlash texnologiyalarini joriy qilish.

Saqlash qazib olinadigan yoqilgʻiga taalluqli emas.

Faqat qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish, energiya samaradorligi yoki boshqa past uglerodli texnologiyalar uchun butlovchi qismlar, uskunalar ishlab chiqarish yoki infratuzilmani yaratish.

Past uglerodli vodorodni ishlab chiqarish.

Uglerod darajasi juda past boʻlgan elektr energiyasidan foydalangan holda, suvni elektroliz qilish orqali yoki uglerodni ushlash va ushlangan CO2ni saqlash yoki utilizatsiya qilish bilan bugʻ yordamida tabiiy gazdan oʻgirish (konversiya qilish) orqali hosil boʻlgan vodorod. Sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirish natijasini hosil qilishi kerak.

Chiqindi gazdan xomashyo yoqilgʻisi sifatida foydalanish.

Issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishi kerak.

Koʻmir qatlamidan olinadigan metan gazi, yangi neft qazib olish konlaridan olingan yoʻldosh gaz va yangi gaz qazib olish konlaridan olingan shaxta metan gazi istisno qilinishi kerak.

Qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi, yerdan foydalanish va baliqchilik

Qishloq xoʻjaligida energiya sarfini kamaytirish.

Sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak.

Tuproq tarkibida uglerod zaxiralarini koʻpaytirish yoki eroziyaga qarshi kurash, shu jumladan, yaylovlardan foydalanishni tartibga solish orqali tuproq tarkibidagi uglerod yoʻqotilishining oldini olish.

Yer usti yoki yer ostidagi uglerod zaxiralarining sezilarli koʻpayishiga olib kelishi kerak

Qishloq xoʻjaligida qoʻllaniladigan amaliyot yoki operatsiyalarini bajarishda tarkibida CO2 boʻlmagan issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish.

Sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak.

Chorvachilikda metan yoki boshqa issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish.

Sof issiqxona gazlari emissiyasi hajmi yoki surʼatini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak.

Oʻrmon xoʻjaligini barqaror boshqarish, oʻrmonlarning kesilishi yoki yer degradatsiyasining oldini olish.

Yer usti yoki yer ostidagi uglerod zaxiralarining sezilarli koʻpayishiga yoki sof issiqxona gazlari emissiyasi hajmi yoki surʼatini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak.

Baliqchilik yoki suv dunyosi obyektlarida CO2 intensivligini pasaytirish.

Sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi va mahalliy ekotizimning degradatsiyasiga olib kelmasligi kerak.

Oziq-ovqat mahsulotlari yoʻqotilishini yoki oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish yoki past uglerodli diyetani targʻib qilish.

Sof issiqxona gazlari emissiyasi hajmi yoki surʼatini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak.

Biomaterial ishlab chiqarish.

Sof issiqxona gazlari emissiyasi hajmi yoki surʼatini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak. Bunda biomassa oziq-ovqat sanoati bilan raqobatlashmaydigan barqaror va ijtimoiy jihatdan maqbul manbalardan olinishi kerak.

Suv taʼminoti va chiqindi suvlar

Suv taʼminoti tizimlarining energiya samaradorligini oshirish, shu jumladan, energiya sarfini va yoʻqotishlarni kamaytirish.

Bu sezilarli darajada energiya samaradorligi yaxshilanishiga yoki sof issiqxona gazlari emissiyasining kamayishiga olib kelishi kerak.

Avitotsisternalar yordamida yoki boshqa yuqori emissiyali suv taʼminotini quvurli suv tizimlari bilan almashtirish.

Sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak.

Energiya samaradorligi yuqori boʻlgan yangi suv taʼminoti loyihalari.

Mamlakatda mavjud eng yaxshi texnologiyadan foydalanishi yoki emissiyasiz boʻlishi kerak (masalan, gravitatsiya asosida suv taʼminoti).

Suv yoʻqotilishini kamaytirish, energiyani tejashni ragʻbatlantirish, chiqindi suvlarni tozalash borasidagi maqsadlarga erishish yoki undan ham oshirish va boshqalar uchun ishlatish va texnik xizmat koʻrsatishni yaxshilash.

Chiqindi suvlarni, najasli yoki zararsizlantirilgan loyni yigʻish va tozalash orqali issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish.

Sof issiqxona gazlari emissiyasi hajmini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak.

Mavjud chiqindi suvlarni tozalash va boshqarish inshootlarining energiya yoki ish samaradorligini takomillashtirish.

Sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak.

Chiqindi suvlarni, najasli yoki zararsizlantirilgan loyni yigʻishni yaxshilash.

Sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak.

Chiqindi suvlarni qayta ishlatish.

Sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak

Qattiq maishiy chiqindilarni tartibga solish

Ajratib olingan chiqindilarni alohida yigʻish va tashish.

Qayta foydalanish yoki qayta ishlash uchun materiallar xususiyatini tiklashni yengillashtirishi kerak.

Ajratib olingan chiqindilarni saqlash, jamlash yoki tashish.

Qayta foydalanish yoki qayta ishlash uchun materiallar xususiyatini tiklashni yengillashtirishi kerak.

Qayta foydalanish imkonini taʼminlash.

Aks holda mahsulot chiqindiga chiqarilishi mumkinligini, u asl foydalanishga qaytarilishi va kelajakda qayta tiklash yoki qayta ishlashga xavf tugʻdirmasligini namoyish qilishi kerak.

Chiqindilardan materiallarni mexanik jarayonlar yoxud mexanik boʻlmagan jarayonlar yordamida qayta tiklash.

Qayta foydalanish yoki qayta ishlashga tayyorlash uchun chiqindilardan ikkilamchi materiallarni qayta tiklashga qaratilgan boʻlishi va sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishiga olib kelishi kerak.

Chiqindilarni anaerobik usulda eritish/parchalash.

Biologik chiqindilar manba joyida ajratib olinib, ular alohida yigʻilishi va biogazdan unumli foydalanilishi kerak. Parchalangan qoldiqlar yoqib tashlanmasligi kerak. Metan oqib ketishining oldini olish boʻyicha choralar koʻrilishi kerak.

Kompostlash.

Hosil boʻlgan kompost iloji boʻlgan oʻrinlarda tabiiy oʻgʻit yoki tuproq tuzilmasini qayta tiklovchi unsur sifatida ishlatilishi kerak va yoqib tashlanmasligi kerak.

Biologik chiqindilar va ularning qiymatini qayta tiklashning boshqa turlari.

Biologik chiqindilar manba joyida ajratib olinib, ular alohida yigʻilishi, va bu jarayonlar emissiyani sezilarli darajada kamaytirishiga olib kelishi kerak.

Aralash qoldiq chiqindilarni mexanik yoki biologik usullar bilan tozalash.

Qayta tiklangan materiallar qayta ishlash uchun yaroqli boʻlishi kerak va sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak. Utilizatsiya qilinadigan biologik chiqindilar organik tarkibiy qismlarni barqarorlashtirish uchun biologik usulda tozalanishi kerak.

Chiqindilarni yoqib tashlash.

Sof issiqxona gazlari emissiyalarining sezilarli darajada kamayishini namoyish qilishi va eng yaxshi mavjud texnologiyalardan foydalanilishi kerak (ayniqsa, issiqlik va elektr quvvat energiyasi kombinatsiyasi asosida).

Eski chiqindi poligonlarini yoki poligon uchastkalarini yopish ishlari doirasida poligon gazini olish.

Olingan chiqindi poligon gazidan unumli foydalanilishi yoki agarda bu iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq boʻlmasa, yoqib tashlanishi kerak. Chiqindi poligonlarida metan emissiyaning oldini olish boʻyicha choralar koʻrilishi kerak.

Yangi sanitar chiqindi poligonlarida yoki poligon uchastkalarida poligon gazini olish.

Sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak. Olingan chiqindi poligon gazidan unumli foydalanilishi yoki agarda bu iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq boʻlmasa, yoqib tashlanishi kerak. Chiqindi poligonlarida metan emissiyaning oldini olish boʻyicha choralar koʻrilishi kerak.

Chiqindilarni utilizatsiya qilish inshootlarida energiya samaradorligini oshirish.

Sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak.

Transport

Shahar va qishloq jamoat transporti.

Yuqori uglerodli transport turlaridan modal siljishga olib kelishi kerak.

Motorsiz transport va jamoat velosipedlari mexanizmini joriy qilish dasturlari.

Yuk va yoʻlovchilarni shaharlararo temir yoʻl transportida tashish.

Yuqori uglerodli transport turlaridan modal siljishga olib kelishi kerak. Qazib olinadigan yoqilgʻini tashish bilan bogʻliq faoliyat bundan mustasno

Avtobus yoki shaharlararo jamoat transporti.

Yuqori uglerodli transport turlaridan modal siljishga olib kelishi kerak

Yuklarni yoki yoʻlovchilarni tashish uchun suv transporti.

Yuqori uglerodli transport turlaridan modal siljishga olib kelishi kerak. Qazib olinadigan yoqilgʻini tashish bilan bogʻliq faoliyat bundan mustasno.

Yoʻlovchi yoki yuk transporti parki yoki toʻgʻridan-toʻgʻri chiqindilari nol yoki past darajada boʻlgan tegishli infratuzilma.

Qazib olinadigan yoqilgʻi tashish transporti bundan mustasno.

Bioyoqilgʻi yoki sintetik yoqilgʻidan foydalangan holda tashish faoliyati.

Hayotiy sikl mobaynida chiqariladigan issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishga olib kelishi kerak. Birinchi avlod bioyoqilgʻidan foydalanish bilan bogʻliq faoliyat bundan mustasno.

Transportga talabni boshqarish siyosati hamda intellektual transport tizimlari.

Transportning yanada samarali turlariga oʻtish uchun boʻlgan umumiy talabning pasayishiga olib kelishi kerak.

Chiqindi gazidan transport yoqilgʻisi sifatida foydalanish.

Sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak.

Havo transporti harakatini samarali boshqarish.

Sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak.

Aeroport tizimlarining samarali ishlashi yoki joylarda qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish.

Sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak

Binolar, jamoat inshootlari va yakuniy isteʼmol tomonida energiya samaradorligi

Yangi va/yoki mavjud binolar va hududlarda energiya va resurslar isteʼmolini yoki CO2 emissiyasini kamaytirish yoxud uglerod chiqindilarining ushlab qolinishini orttirish choralari.

Energiya isteʼmoli, resurs isteʼmoli yoki CO2 emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak. Tegishli hollarda “yashil” texnologiya qoʻllab qurilgan binolarni sertifikatlash talablariga javob berishi kerak.

Yangi va/yoki mavjud binolar va hududlarda energiya va resurslar isteʼmolini yoki CO2 emissiyasini kamaytirish yoxud jamoat joylari yoki inshootlarda uglerod chiqindilarining ushlab qolinishini orttirish choralari.

Energiya isteʼmoli, resurs isteʼmoli yoki CO2 emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak.

Energiya samaradorligini oshirish yoki mavjud jihoz va uskunalardan taraluvchi emissiyalarni kamaytirish.

Energiya isteʼmoli, resurs isteʼmoli yoki CO2 emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak.

Natijada emissiyalarni kamaytirishga olib keluvchi jihoz va uskunalarni almashtirish (masalan, yoritish).

Energiya isteʼmoli, resurs isteʼmoli yoki CO2 emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak. Eng yaxshi mavjud texnologiyalar qoʻllanishi kerak.

Raqamli texnologiyalar

Mavjud maʼlumot markazlarining ularda qayta tiklanadigan energiyani joriy qilish orqali energiya samaradorligini oshirish.

Sof issiqxona gazlari emissiyasi hajmi yoki surʼatini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak.

Xalqaro energiya samaradorligi standartlariga javob beradigan va asosan mahalliy qayta tiklanadigan energiyadan quvvat oladigan yangi maʼlumot markazlari.

Energiya samaradorligi yuqori boʻlgan telekommunikatsiya tarmoqlari.

Sof issiqxona gazlari emissiyalarining sezilarli darajada kamayishini yoki energiya samaradorligi koʻrsatkichlari bozor standartlaridan ancha yuqori ekanligini namoyish qilishi kerak.

Ilmiy-tadqiqot, ishlanmalar va innovatsiyalar

Qayta tiklanadigan energiya manbalarini tadqiq qilish yoki yaratish, energiya samaradorligini oshirish, past uglerodli texnologiyalar yoki toʻliq dekarbonizatsiyaga erishishga yordam beradigan boshqa texnologiyalar.

Past uglerodli texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlaydigan, lekin ayni vaqtda, qazib olinadigan yoqilgʻini razvedka qilish, qazib olish, qayta ishlash yoki tashish yoki qazib olinadigan yoqilgʻidan elektr energiyasi ishlab chiqarishni bevosita qoʻllab-quvvatlovchi faoliyat (uglerodni ushlash va saqlash texnologiyalari bundan mustasno) qabul qilinishi mumkin emas.

Tarmoqlararo

Taʼminot tizimi boʻylab energiya yoki materiallardan foydalanishni kamaytirishga yoki iqtisodiyotning davriy tizimlarini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar.

Sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak.

Talab/ehtiyojni tartibga solish.

Chora-tadbirlar energiya yoki resurslarga boʻlgan talab/ehtiyojni qanday kamaytirishini namoyish qilishi kerak

Xizmatlarni elektron tarzda yetkazish.

Xizmat koʻrsatish yoki amalga oshirishni keng miqyosda oʻzgartirishga va shu orqali sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga erishadi yoki ushbu turdagi birinchi xizmatni tashkil qiladi

Qazib olinadigan yoqilgʻini qazib olish, qayta ishlash va tashish obyektlarini yopishni qoʻllab-quvvatlashga, shu jumladan zarar koʻrgan ishchilarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan moliyalashtirish.

Iqtisodiy foydalanish davri tugashidan ancha oldin yopilishni maqsad qilishi kerak boʻlib, zarar koʻrgan ishchilarni qoʻllab-quvvatlash choralari bunday obyektlarning erta yopilishi bilan aniq tarzda bogʻliq boʻlishi kerak.

CO2ni tashish, undan foydalanish yoki uni saqlash.

Sof issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelishi kerak boʻlib, utilizatsiya qazib olinadigan yoqilgʻi ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlamasligi kerak.

Emissiyani kamaytirish va/yoki energiya yoki resurslar samaradorligi standartlari, past uglerodli texnologiyalar uchun fiskal imtiyozlar, uglerod narxini belgilash, shahar zichligini kamaytirish boʻyicha tarmoqlararo harakatlar strategiyasi.

Harakatlar strategiyasi uglerod miqdorining koʻpayishiga yoki sof issiqxona gazlari emissiyasining sezilarli darajada kamayishiga olib keladigan chora-tadbirlarga qaratilgan boʻlishi kerak.

Issiqxona gazlari monitoringi.

Issiqxona gazlari emissiyasiga doir maʼlumotlarni toʻplashni yaxshilashga olib kelishi kerak.

Energiya auditi.

Energiya isteʼmolini yoki issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishga alohida eʼtibor qaratilgan boʻlishi kerak.

Iqlim oʻzgarishining taʼsirini yumshatishga qaratilgan taʼlim, oʻqitish, salohiyatni oshirish yoki xabardorlikni oshirish.

Iqlim oʻzgarishiga qarshi yoki karbonsizlashtirish boʻyicha harakat rejalari boʻyicha maʼlumotlarni yetkazish.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti xarajatlarining barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga muvofiqligi va iqlim oʻzgarishiga taʼsirini koʻrsatib borish (markirovkalash) konsepsiyasiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqlim taʼsiriga “odatiy” moslashtirish choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tarmoqlar

“Odatiy” moslashtirish choralari

Qishloq xoʻjaligi

Issiqlik va qurgʻoqchilikka chidamli ekinlar/urugʻlarni keng tarqatish va qoʻllash;

Qishloq xoʻjaligi sohasida band aholi uchun iqlim/ob-havo maʼlumotlarini yaxshilash;

Tejamkor irrigatsiya;

Aholisi iqlim oʻzgarishi taʼsiriga tobe boʻlgan hududlarda barqaror qishloq xoʻjaligi va mintaqaviy rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash.

Oʻrmon xoʻjaligi

Oʻrmonlarni koʻpaytirish (suv toshqini xavflarini kamaytirish uchun);

Tuproq eroziyasini kamaytirish uchun oʻrmon maydonlarini tiklash/himoya qilish;

Tuproq eroziyasini kamaytirish uchun barqaror oʻrmon boshqaruvi;

Oʻrmonlarni muhofaza qilish bilan bogʻliq faoliyat (yashash muhitini yoki flora-fauna turlarni saqlashga qaratilgan oʻrmon xoʻjaligi faoliyati).

Biologik xilma-xillikning boshqa turlari

Suv-botqoq yerlarini himoya qilish yoki qayta tiklash;

Suv resurslarini saqlab qolish;

Tuproq eroziyasini kamaytirish/oldini olish chora-tadbirlari.

Energetika

Iqlim taʼsiriga chidamli energiya infratuzilmasi;

GESlarning unumdorligini/resurs samaradorligini oshirish;

Iqlim oʻzgarishi taʼsiriga tobe xoʻjaliklar uchun energiya yetkazib berish xizmatlarini koʻrsatishni yaxshilash.

Suv va chiqindi suvlar

Suvni tejash va suvni saqlash samaradorligini oshirish boʻyicha tadbirlar;

Birinchi navbatda, iqlim oʻzgarishi taʼsiriga tobeligi yuqori boʻlishi mumkin boʻlgan aholiga eʼtibor qaratgan holda ichimlik suvining sifatini yaxshilash va miqdorini orttirish boʻyicha chora-tadbirlar;

Suv toshqinlari ehtimoli yoki jiddiyligini kamaytiradigan suv va kanalizatsiya xizmatlari va infratuzilma bilan bogʻliq faoliyat;

Yer osti yoki yer usti suvlarini muhofaza qilishni yaxshilaydigan chiqindi suvlarni tartibga solish sxemalari;

Chiqindi suvlarni qayta ishlash sxemalari.

Transport

Iqlim taʼsiriga chidamli transport infratuzilmasi;

Iqlim oʻzgarishi taʼsiriga tobe aholining yoʻl transporti (va boshqa transport turlari)dan foydalanish imkoniyatini yaxshilash.

Sanoat

Iqlim xavf-xatarlari taʼsiriga tobelikni kamaytirish maqsadida sanoat obyektlarini modernizatsiya qilish;

Tejamkor suv sarfi asosida ishlab chiqarish texnologiyalariga oʻtish.

Taʼlim

Oʻquv dasturlarida iqlim va atrof-muhit haqida xabardorlikni oshirish chora-tadbirlari

Sogʻliqni saqlash

Issiqlik bosimi kabi iqlim oʻzgarishi natijasida keng tarqalgan sogʻliq uchun xavf-xatarlarga qarshi choralar koʻrishga yordam beradigan chora-tadbirlar

Mikrobiologik sifat bilan bogʻliq oziq-ovqat xavfsizligi qoidalarini kuchaytirish

Boshqa ijtimoiy infratuzilma

Asosiy xizmatlarni koʻrsatish va iqlim oʻzgarishi taʼsiriga tobe boʻlgan aholi uchun oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar.

Moliya

Iqlim xavflari bilan bogʻliq sugʻurtalash faoliyati.

Turizm

Ekoturizm (tabiiy ekotizimlarning salbiy omillar taʼsiriga qarshi bardoshliligini saqlash va qishloq joylarida iqtisodiy manbalarni diversifikatsiya qilish uchun).

Toshqinlardan himoya qilish

Suv ombori toʻgʻonlarini boshqarish, suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf qilish kabi toshqindan himoya qilish choralari.

Favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini monitoring qilish, oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, ularning oqibatlarini kamaytirish

Favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash hamda xavfli tabiiy-texnogen jarayon va hodisalar xavfini baholash;

Favqulodda vaziyatning oldini olish, bartaraf etish va oqibatlarini kamaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan favqulodda vaziyatni eʼtirof etish va bartaraf etish toʻgʻrisida tegishli qarorlar qabul qilish;

Tabiiy ofatlar oqibatida yetkazilgan zararni aniqlash va baholash ishlarini tashkil etish.

Strategik va ommaviy xabardorlik

Moslashtirish strategiyalari, rejalari va siyosatni ishlab chiqish;

Iqlim oʻzgarishi, iqlim oʻzgarishining sabablari va oqibatlari hamda moslashtirish roli haqida jamoatchilikning xabardorligini orttirish.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti xarajatlarining barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga muvofiqligi va iqlim oʻzgarishiga taʼsirini koʻrsatib borish (markirovkalash) konsepsiyasiga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti xarajatlarini iqlim jihatidan tasniflanishini budjet jarayoniga integratsiya qilish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UMUMLASHTIRILGAN JADVAL
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash elementi

Yaqin istiqboldagi yondashuv

Uzoq istiqboldagi yondashuv

Budjet qamrovi

Davlat budjeti

Konsolidatsiyalashgan budjet: Davlat budjeti (respublika budjeti va mahalliy budjetlar), davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari va budjet muassasalarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari (shu jumladan, xalqaro davlat moliyasi)

Xarajatlar qamrovi

Barcha budjet xarajatlari (joriy va investitsiya xarajatlari)

Tasniflash obyekti

Vazifa jihatidan tasnifning ikkinchi darajasi (kichik boʻlim)

Dasturiy tasnifning (klassifikator) eng past darajasi boʻlgan choralar.

Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash uchun masʼul organ

Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Budjet dasturlari boʻyicha masʼul boʻlgan vazirliklar (idoralar) tomonidan amalga oshiriladi (1-darajali budjet taqsimlovchilari).

Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash sifatini taʼminlash

Iqlim oʻzgarishi taʼsirini yumshatish va unga moslashtirish siyosati boʻyicha ekspertlar.

Iqlim oʻzgarishi taʼsirini yumshatish va unga moslashtirish siyosati uchun masʼul davlat organi.

Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashda budjet jarayoni bosqichlari

Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga budjet soʻrovi taqdim etilganidan soʻng, vazirlik tomonidan budjet loyihasini ishlab chiqish vaqtida amalga oshiriladi.

Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash tarmoq vazirliklar (idoralar) tomonidan budjet dasturlarini ishlab chiqish bosqichida amalga oshiriladi va xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash natijalari budjet soʻrovlari doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.

Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashni avtomatlashtirish

Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash DMBATga integratsiya qilinguniga qadar oddiy uslubda, avtomatlashtirilmagan holatda amalga oshiriladi.

Dasturiy budjetlashtirish toʻliq joriy etilganidan soʻng xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflashni DMBATga integratsiya qilinishi koʻrib chiqiladi.

Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash natijalarini ommaga oshkor qilish

Xarajatlarni iqlim jihatidan tasniflash natijalari doimiy asosda jamoatchilikka oshkor qilib boriladi. Maʼlumotlar davriy ravishda, eng kami bilan bir yilda bir martta chop etib boriladi hamda oʻzida rejalashtirilgan va ijro etilgan xarajatlarni aks ettiradi.

Iqlim xarajatlari toʻgʻrisidagi nashr etilgan maʼlumotlar bir xil darajada moliyaviy va nomoliyaviy jihatlarga qaratilgan.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 09/24/257/0318-son)