O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
“Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 1-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2156-5]
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-son “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2010-yil 28-oktabrdagi 01-02/12-8, 20-son “Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2156, 2010-yil 19-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 47-son, 439-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-aprel,
117-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-aprel,
13-son
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-son qaroriga
ILOVA
“Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. Qarorning muqaddimasidagi “Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 6-moddasiga” degan so‘zlar “Qonuniga” degan so‘z bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) muqaddimadan “O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida”gi, 2016-yil 20-iyundagi 212-son “Bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan shartli ozod etiladigan vaqtincha olib kirilayotgan ayrim tovarlarning ro‘yxatini, ularni ozod etish shartlarini, shuningdek imtiyozlarning amal qilish muddatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
b) 1-banddagi “Davlat bojxona qo‘mitasining” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
d) 2-bandda:
sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilardagi “Davlat bojxona qo‘mitasi” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshidagi “Davlat bojxona qo‘mitasining” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
e) 15-bandda:
quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshisi bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddatni hisoblash transport vositasini vaqtincha olib kirish rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran boshlanadi.”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
f) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod etilgan muddat o‘tgandan so‘ng xorijiy avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida to‘qson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun olib chiqib ketish muddatining o‘tkazib yuborilgan har kuni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yig‘imni to‘lash sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.”;
g) 17-bandda:
birinchi xatboshidagi “Davlat bojxona qo‘mitasining” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
h) 23-banddagi “Davlat bojxona qo‘mitasi” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)