04.04.2024 yildagi KQ-705-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 04.04.2024 yildagi KQ-705-IV-son
Kuchga kirish sanasi
04.04.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini takomillashtirish, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarning izchil davom ettirilishini, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida tashkil etilishini, shuningdek, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining ijro etilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi (bundan buyon matnda Konsepsiya deb yuritiladi) ishlab chiqilishini tashkil etish boʻyicha Komissiya tarkibi 1-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiyani ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhlar tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsepsiyada quyidagi asosiy yoʻnalishlar koʻzda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlarning nazorat faoliyatini tubdan takomillashtirish, ular tomonidan hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga takliflar kiritish mexanizmini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda jamoatchilikning keng ishtirokini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlar faoliyatida oʻzaro va xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish, byurokratiyaga qarshi choralarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlarning mahalliy ijroiya hokimiyati, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorligini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlarning siyosiy partiyalar bilan aloqalarini kuchaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki Komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiya va uni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar dasturi loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan Ishchi guruh faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiya va uni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar dasturining mazkur qarorda belgilangan yoʻnalishlarda va muddatlarda tayyorlanishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilning 1-oktabriga qadar Konsepsiya dastlabki loyihasini mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida muhokamasini (shu jumladan videokonferensaloqa shaklida) tashkil etadi hamda muhokamalar jarayonida bildirilgan takliflar asosida takomiliga yetkazish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilning 1-noyabriga qadar Konsepsiya va uni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishini tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ishchi guruhlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda xalq deputatlari Kengashlari faoliyatidagi joriy amaliyotni oʻrgansin, ularning samarali faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan omil va sabablarni tahlil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda xorijiy mamlakatlarning hududiy vakillik organlari faoliyatiga oid tajribasini, zarur hollarda, chet el xizmat safariga chiqish orqali bevosita oʻrgansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilning 1-avgustiga qadar oʻrganish natijalaridan kelib chiqqan holda Konsepsiya va uni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar dasturi hamda ularni tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va Komissiyaga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashqi ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi bilan birgalikda Konsepsiya loyihasini ishlab chiqish, uning muhokamasida ishtirok etish uchun xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy tadqiqot markazlarining yetakchi ekspertlarini jalb qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruhlarning soʻrovlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarini jalb qilgan holda tegishli masalalar yuzasidan rivojlangan davlatlarning tajribasini chuqur oʻrganib, ular boʻyicha maʼlumotlarning tezkor taqdim etilishini taʼminlab borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu maʼlumotlarni tayyorlashda xorijiy davlatlarning nufuzli ekspertlari, olimlari va mutaxassislari bilan uchrashuvlar va muhokamalar oʻtkazish (shu jumladan videokonferensaloqa shaklida), ulardagi sohaga oid zarur normativ-huquqiy hujjatlarni tarjima qilish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilning 1-sentabriga qadar xorijiy mamlakatlar hududiy vakillik organlarining ijobiy tajribasini Ishchi guruh aʼzolari tomonidan xizmat safariga chiqish orqali bevosita oʻrganilishini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, AQSh, Yevropa (Germaniya, Gollandiya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Daniya, Shvetsiya, Polsha, Shveysariya, Turkiya, Latviya, Estoniya, Litva), MDH (Qozogʻiston, Ozarbayjon, Gruziya) hamda Sharqiy Osiyo davlatlari (Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya) tajribasini bevosita oʻrganishga alohida ahamiyat bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T. Narbayeva zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 4-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-705-IV-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi KQ-705-IV-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilishini tashkil etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOMISSIYA TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Narbayeva Tanzila Kamalovna

—

Oliy Majlis Senati Raisi, Komissiya raisi

2.

Umarov Narimon Majidovich

—

Oliy Majlis Senatining Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi

3.

Alimov Ravshanbek Azadbekovich

—

Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi

4.

Madumarov Tolibjon Abdumalikovich

—

Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisi

5.

Pardayev Azamat Kenjaboyevich

—

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi direktori v.b.

6.

Karimov Alisher Nishanovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari

7.

Aʼloyev Baxromjon Joʻraboyevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

Pekos Oleg Andrevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

9.

Bekmurodov Adham Sharipovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori

10.

Muqumov Quvondiq Xamdamovich

—

Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi direktori, Komissiya kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: zaruratga koʻra Komissiya tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi KQ-705-IV-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Mahalliy Kengashlarning nazorat faoliyatini tubdan takomillashtirish, ular tomonidan hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga takliflar kiritish mexanizmini belgilash yoʻnalishi

1.

Bekmurodov Adham Sharipovich

—

Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori, ishchi guruh rahbari

2.

Irkayev Abdurahim Panjiyevich

—

Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi

3.

Muqumov Quvondiq Xamdamovich

—

Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi direktori

4.

Rustambekov Islambek Rustambekovich

—

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b.

5.

Hamedov Isa Axlimanovich

—

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kafedra mudiri

6.

Hayitov Xushvaqt Saparbayevich

—

Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri

7.

Karimova Nodira Xazratovna

—

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi kotibiyati mudiri

8.

Bobamuratov Asror Raximberdiyevich

—

Iqtisodiyot va moliya vazirligi boʻlimi boshligʻi

9.

Rasulov Nodirbek Madrahimovich

—

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti loyiha rahbari

Mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda jamoatchilikning keng ishtirokini taʼminlash yoʻnalishi

10.

Karimov Alisher Nishanovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari

11.

Chinmirzayev Alisherbek Dilshodbek oʻgʻli

—

Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi boʻlimi mudiri, ishchi guruh kotibi

12.

Umarov Dilmurad Abdialimovich

—

Adliya vazirligi Huquqni qoʻllashni metodik taʼminlash boshqarmasi boshligʻi

13.

Malikova Gulchehra Rixsibayevna

—

Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti bosh ilmiy xodimi

14.

Roʻzmetov Xayrulla Ibadullayevich

—

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti masʼul xodimi

15.

Bekchanov Davron Masharipovich

—

Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra professori

16.

Asadov Shavkat Gaybullayevich

—

Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra professori

17.

Abduraimov Saydulla Berdishukurovich

—

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri

18.

Bekmurodov Bobur Mansurovich

—

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi

Mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish yoʻnalishi

19.

Umarov Narimon Majidovich

—

Oliy Majlis Senatining �ud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi, ishchi guruh rahbari

20.

Toshev Farmon Isʼhoqovich

—

Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi

21.

Ortiqov Nodirjon Xayrulloyevich

—

Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi direktori oʻrinbosari, ishchi guruh kotibi

22.

Bekov Ixtiyor Rustamovich

—

Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri

23.

Tulteev Ilyas Tavasovich

—

Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti shoʻba mudiri

24.

Babajanov Atabek Davronbekovich

—

Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi fakultet dekani

25.

Muratayev Serikbek Alpamisovich

—

Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri

26.

Matibayev Toshpoʻlat Baltabayevich

—

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi oʻrinbosari (kelishuv asosida)

27.

Yunusov Baxodirjon Jaloldinovich

—

Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi

Mahalliy Kengashlar faoliyatida oʻzaro va xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yoʻnalishi

28.

Alimov Ravshanbek Azadbekovich

—

Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi, ishchi guruh rahbari

29.

Aʼloyev Baxromjon Joʻraboyevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

30.

Nazarov Alisher Abdurahmonovich

—

Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi boʻlimi mudiri, ishchi guruh kotibi

31.

Islomov Ilyos Nurmamatovich

—

Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi masʼul xodimi

32.

Ismoilov Baxodir Islamovich

—

Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti shoʻba mudiri

33.

Xusanov Ozod Tillaboyevich

—

Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra professori

34.

Isroilova Zarina Sadriddinovna

—

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti oʻqituvchisi

35.

Karimov Sherzod Adxamdjanovich

—

Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashi kotibiyati mudiri

36.

Gafurov Aziz Tulkunovich

—

Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputati

37.

Tulyakov Eldor Sobirjonovich

—

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori

Mahalliy Kengashlar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish, byurokratiyaga qarshi choralar belgilash yoʻnalishi

38.

Pekos Oleg Andrevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari

39.

Alimov Nodirjon Rustamovich

—

Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi bosh mutaxassisi, ishchi guruh kotibi

40.

Mansurov Anvar Rustamovich

—

“Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ Elektron hukumat loyihalari boʻyicha direktori

41.

Xoʻjayev Kamoliddin Ulugʻbek oʻgʻli

—

Adliya vazirligining Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori

42.

Xamdamova Shirin Mirzayuldashevna

—

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti oʻqituvchisi

43.

Anarov Atabek Abduvaliyevich

—

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri

Mahalliy Kengashlarning mahalliy ijroiya hokimiyati, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorligini takomillashtirish yoʻnalishi

44.

Madumarov Tolibjon Abdumalikovich

—

Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisi, ishchi guruh rahbari

45.

Nurillayev Elmurod Roʻzimurotovich

—

Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi boʻlimi mudiri, ishchi guruh kotibi

46.

Djumaniyazov Mansur Bazarbayevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri

47.

Mirzaraximov Feruz Abdumannabovich

—

Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti shoʻba mudiri

48.

Yuldashev Aziz Ergashevich

—

Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra professori v.b.

49.

Olimjonov Odil Olimovich

—

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi masʼul xodimi

50.

Abduraxmonov Abdushokir Abdukarimov

—

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri

51.

Mamadjanov Shuxrat Muratovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departament mudiri oʻrinbosari

Mahalliy Kengashlarning siyosiy partiyalar bilan aloqalarini kuchaytirish yoʻnalishi

52.

Pardayev Azamat Kenjaboyevich

—

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi direktori v.b., ishchi guruh rahbari

53.

Altiyev Abdurashid Sultanovich

—

Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi boʻlimi mudiri, ishchi guruh kotibi

54.

Alimov Nasim Hoshimovich

—

OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi markazi rahbari (kelishuv asosida)

55.

Yusupov Boymurod Jumayevich

—

XDP Markaziy Kengashi Deputatlik birlashmalari ishini muvofiqlashtirish va Jamoatchilik qabulxonalari bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi (kelishuv asosida)

56.

Tilavoldiyev Nodirbek Xakimovich

—

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi oʻrinbosari (kelishuv asosida)

57.

Ergashev Sarvar Atakulovich

—

“Adolat” SDP markaziy apparatining Davlat hokimiyati vakillik organlaridagi deputatlik guruhlari bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi (kelishuv asosida)

58.

Xofizov Baxriddin Turdiyevich

—

Ekopartiya Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari v.b. (kelishuv asosida)

59.

Dadasheva Aqida Abdujabbarovna

—

Transport universiteti kafedra mudiri

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: zaruratga koʻra ishchi guruhlar tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.