17.04.2024 yildagi 210-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegara oʻtkazish punktlarida davlat nazoratidan oʻtkazish tartibotlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash, shuningdek, chegara oʻtkazish punktlarida undirilishi belgilangan yigʻimlarni bojxona hududida toʻlash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona hamrohligidagi kuzatuv uchun bojxona yigʻimlarini transport vositasi bojxona hamrohligiga olingandan soʻng ham toʻlash imkoniyatini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara oʻtkazish punktlarida undirilishi belgilangan chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimni bojxona hududida toʻlash imkoniyatini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 17-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
210-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 210-son qaroriga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 800-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona nazorati ostida avtomobil yoʻllarida tashilayotgan tovarlarning bojxona hamrohligidagi kuzatuvini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomning 24-bandi birinchi xatboshisidagi “qonunchilik hujjatlariga muvofiq oldindan” soʻzlari “oldindan yoki bojxona hududida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 214-son qarori 7-bandining birinchi xatboshisidagi “2024-yil 1-yanvarga” soʻzlari “2025-yil 1-sentabrga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabrdagi 737-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi “tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilgunga qadar” soʻzlaridan keyin “yoki bojxona hududida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshisidan “tranzit deklaratsiya rasmiylashtirilgandan soʻng” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ilovaning “1-bosqich” pozitsiyasi “Bajarish muddatlari” ustunidagi “Tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilgunga qadar” soʻzlaridan keyin “yoki bojxona hududida” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalari harakatini yanada tartibli tashkil etish hamda nazorat tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2023-yil 3-oktabrdagi 522-son qarorining 1-bandidagi “chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻim hamda bojxona hamrohligida kuzatib borish uchun bojxona yigʻimi bundan mustasno” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/210/0286-son)