Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.01.2025 04.04.2024 yildagi KQ-706-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 04.04.2024 yildagi KQ-706-IV-son
Kuchga kirish sanasi
04.04.2024
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.01.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda mahallalar darajasida aholi muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va samarali yechimini topish, ijtimoiy himoya tizimining manzilliligi va shaffofligini taʼminlash orqali fuqarolar yashash sharoitlarini yanada yaxshilash boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallaning jamiyat hayotidagi oʻrnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan “Mahalla yettiligi” tashkil qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur sohada belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishda “Mahalla yettiligi”ga koʻmaklashish, mahallalarda qabul qilinayotgan qarorlarning haqqoniyligi va asosliligini taʼminlash maqsadida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish sxemasi 1-ilovaga, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)lar Kengashlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash deputatlarini tegishli saylov okruglaridagi mahallalarga biriktirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning hamkorlikdagi faoliyatini ushbu Qarorga 1-ilovadagi sxema asosida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Kengash sessiyasida ushbu sxema asosida ishlarni tashkil etish masalasini Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boʻlinmasi hamda “Mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida koʻrib chiqish va aniq vazifalarni belgilab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda Kengash sessiyasida mahalliy Kengash deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilish hamda masʼullarning faoliyatiga baho berish, shuningdek, Mahalla uyushmasi tuman (shahar) boʻlimi rahbarining Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotini eshitish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari 3-ilovaga muvofiq hududlarga biriktirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan hududdagi mahalliy Kengashlarda ishni Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish sxemasi asosida tashkil etish uchun masʼulligi belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyning bir haftasida oʻzi biriktirilgan hududga chiqqan holda mazkur Qarorda belgilangan vazifalarning sifatli tashkil etilishida mahalliy Kengashlarga amaliy yordam koʻrsatib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida grafik asosida hududlardan yuborilgan takliflarni oʻrganish va muhokama qilish boʻyicha Oliy Majlis Senati Kengashining sayyor yigʻilishlari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yarim yilda Senat Kengashining sayyor yigʻilishlari davomida aniqlangan, “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan bogʻliq respublika darajasidagi masalalar Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritilib, sohaga oid mutasaddilar axborotlari eshitiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda aniqlangan muammolar yechimi boʻyicha Hukumatga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Senatning Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlarga “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha uslubiy koʻmak berib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilning 1-oktabriga qadar “Mahalla yettiligi” va mahalliy Kengashlar hamkorligiga oid amaliyotni tahlil qilib, hamkorlik samaradorligini yanada oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 4-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-706-IV-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi KQ-706-IV-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻrganiladigan masalalar

Mahalliy Kengash deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning 8 ta yoʻnalish boʻyicha oʻzaro hamkorlik masalalari;

“Mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida koʻrsatiladigan 64 turdagi ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalarning manzilliligi va asosliligi;

“Mahalla yettiligi” tomonidan aniqlangan va tuman (shahar), viloyat, respublika darajasida hal etiladigan muammolar.



Oʻrganishni amalga oshiruvchi subyekt

Mahalliy Kengash deputatlari (zaruratga koʻra, hududdagi tegishli idora va tashkilotlar vakillari jalb etilishi mumkin) oʻzi saylangan okrugdagi “Mahalla yettiligi” faoliyatini oʻrganadi hamda yaqin hamkorlik qiladi.


Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashi deputati

“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun oʻzi saylangan okrugdagi mahallalarga mahalliy Kengash kotibiyati tomonidan biriktiriladi.

1 kun

2-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputati

Tegishli mahalladagi “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilgan ishlar holatini (shuningdek, 8 ta hamkorlik yoʻnalishlarini tanlov asosida) oʻrganadi.

Oʻziga biriktirilgan barcha mahallalarda “Mahalla yettiligi” tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalarning manzilliligi va asosliligiga alohida eʼtibor qaratadi.

Kengash kotibiyati tasdiqlaydigan grafik asosida

(bir oy davomida oʻz okrugiga kiruvchi barcha mahallalarda)

3-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputati

Saylov okrugidagi mahalla fuqarolarining qabulini tashkil etadi. Oʻrganish va aholi bilan muloqot natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni va shakllantirilgan takliflarni umumlashtiradi hamda mahalliy Kengash kotibiyatiga taqdim etadi.

Har oyning oxirgi ish kunida

4-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi kotibiyati

Deputatlar tomonidan taqdim etilgan muammolarni tegishli komissiyalar oʻrtasida oʻrganish uchun taqsimlaydi.

Takliflar kelib tushgan kundan eʼtiboran 1 hafta ichida

5-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi doimiy komissiyalari

Taqdim etilgan muammolarni tuman (shahar) darajasidagi mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari bilan birgalikda oʻrganib, bevosita joyiga chiqqan holda sayyor tarzda muhokama qiladi hamda hal etish choralarini koʻradi.

Oʻrganish natijalari boʻyicha oʻz yechimini topmagan muammolarni Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritadi.

Har oyning oxirgi ish kunida

6-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi

“Mahalla yettiligi” faoliyatini oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlangan masalalar muhokamasiga bagʻishlangan sessiyani oʻtkazadi. Sessiyada:

“Mahalla yettiligi” faoliyati va ular bilan hamkorlik samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi;

Mahalla uyushmasi tuman (shahar) boʻlimi rahbarining Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti eshitiladi;

MFY raislarining faoliyatiga baho beriladi, zaruratga koʻra, ularga nisbatan ishonchsizlik bildiriladi (ushbu norma “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgandan soʻng);

“Mahalla yettiligi” hamda deputatlar tomonidan aniqlangan, tuman (shahar) darajasida hal etilishi lozim boʻlgan masalalar muhokama qilinadi hamda zarur choralar belgilanadi;

viloyat (Toshkent shahar) darajasida hal etiladigan masalalar boʻyicha yuqori turuvchi Kengashga takliflar kiritiladi.

Mazkur sessiyada ushbu hududdan saylangan senator va viloyat (Toshkent shahar) Kengashi deputatlari ishtirok etadi.

Har chorakda

7-bosqich

Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi kotibiyati

Tuman (shahar) Kengashi sessiyasida muhokama qilingan va viloyat (Toshkent shahar) darajasida hal etiladigan masalalarni dastlabki tarzda oʻrganish uchun doimiy komissiyalar oʻrtasida taqsimlaydi.

Takliflar kelib tushgan kundan boshlab 1 hafta ichida

8-bosqich

Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi doimiy komissiyalari

Taqdim etilgan muammolarni viloyat (Toshkent shahar) darajasidagi mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari bilan birgalikda oʻrganib, muhokama qiladi hamda hal qilish choralarini koʻradi.

Oʻrganish natijalari boʻyicha oʻz yechimini topmagan muammolarni Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritadi.

Har oyda

9-bosqich

Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi

Oʻrganishlar natijalarini sessiyada muhokama qilib, masʼullarning hisobotini eshitadi hamda ular faoliyatiga baho beradi, xususan:

“Mahalla yettiligi” vakillarining viloyat (Toshkent shahar) boʻlinmalari rahbarlari faoliyatiga baho beradi;

viloyat (Toshkent shahar) darajasida hal etiladigan masalalar boʻyicha tegishli choralarni belgilaydi;

respublika darajasida hal etiladigan masalalar boʻyicha takliflarni Oliy Majlis Senatiga kiritadi.

Sessiya Oliy Majlis Senatining hududga biriktirilgan qoʻmitasi raisi (doimiy asosda ishlovchi senatori) ishtirokida oʻtkaziladi.

Har chorakda

10-bosqich

Oliy Majlis Senati

Hududlardan yuborilgan takliflarni oʻrganish va muhokama qilish uchun xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi bilan birgalikda Senat Kengashining sayyor yigʻilishini oʻtkazadi.

Alohida grafik asosida

11-bosqich

Oliy Majlis Senati

Senat Kengashining sayyor yigʻilishlari davomida aniqlangan, “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan respublika darajasidagi masalalarni Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritib, mutasaddi rahbarlarning hisobotini eshitadi.

Zarur hollarda, muammolar yechimi boʻyicha Hukumatga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritadi.

Har yarim yilda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi KQ-706-IV-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻNALISHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aholining ijtimoiy xizmatlardan xabardorligini oshirish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida mahalla aholisi bilan muloqot tashkil etish (har hafta bir marotaba fuqarolarni qabul qilish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” vakillari bilan birgalikda davlat ijtimoiy himoya tizimi orqali qamrab olingan 250 ga yaqin xizmatlar mohiyati boʻyicha tushuntirishlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahallada aholi muammolarini samarali hal etish, maʼnaviy muhitni saqlash, maʼnaviy-maʼrifiy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning oʻz vazifalarini bajarishda hamkorligini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallada aholini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil etish, kambagʻal oilalarga ajratilayotgan budjet mablagʻlari va boshqa mablagʻlarni maqsadli va manzilli yoʻnaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasiga jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan maqsadli foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallada sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni saqlash, milliy qadriyatlar, urf-odatlar va anʼanalarni targʻib qilish, maʼnaviy-maʼrifiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi”ning ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalar toʻgʻrisidagi kollegial qarorlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va asosli qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallada tegishli qarorlar bajarilishi, hal etilmagan muammolar sabablari hamda aholi yashash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla aholisining mahalla raisi faoliyatidan rozi boʻlishiga erishish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligini taʼminlash, oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun belgilangan mezonlarga asosan subsidiyalarni toʻgʻri ajratish (tomorqa yer egalariga yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, sugʻorish vositalarini xarid qilish, urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish va boshqa asbob-uskunalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlarni toʻgʻri ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar va subsidiyalar ajratish koʻzda tutilgan har bir loyihaning samaradorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla aholisining hokim yordamchisi faoliyatidan rozi boʻlishiga erishish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bilim va koʻnikmalarni egallashda ularga koʻmaklashish va ragʻbatlantirish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga belgilangan mezonlar asosida moddiy yordam, uy-joy uchun subsidiyalarni toʻgʻri ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun kreditlarni toʻgʻri ajratish, maxsus oʻqitish dasturi boʻyicha oʻqitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, sogʻligʻini saqlash, xotin-qizlar sportini rivojlantirish, ularning mehnat va oʻqish sharoitlarini yaxshilash bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla aholisining xotin-qizlar faoli faoliyatidan rozi boʻlishiga erishish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga belgilangan mezonlar asosida moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilish uchun subsidiyalarni toʻgʻri ajratish (asbob-uskunalar, mehnat qurollari, urugʻlik va koʻchatlarni xarid qilish va boshqa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga oʻqitish kurslari xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan professional va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan yoshlarning toʻlov-kontrakt summasining bir qismini toʻlab berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla aholisining yoshlar yetakchisi faoliyatidan rozi boʻlishiga erishish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla hududida jamoat tartibini saqlash choralarini koʻrish, jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha profilaktik ishlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarovsiz, nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla aholisining profilaktika inspektori faoliyatidan rozi boʻlishiga erishish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish, davlat tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻir ahvolga tushgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar va oilalarni aniqlash, ularning ehtiyojlaridan kelib chiqib professional ijtimoiy xizmat koʻrsatish va yordam tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarga belgilangan mezonlar asosida moddiy va boshqa turdagi yordamlarni toʻgʻri koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla aholisining ijtimoiy xodim faoliyatidan rozi boʻlishiga erishish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mahalliy budjet daromadlari barqarorligini taʼminlash boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi imkoniyatlarni ishga solish, soliq bazasini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish hamda oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarning kichik biznes toifasiga oʻtishiga amaliy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla aholisining soliq inspektori faoliyatidan rozi boʻlishiga erishish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi KQ-706-IV-sonli qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman va shaharlarga biriktirilgan senatorlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Familiyasi, ismi va otasining ismi

Lavozimi

Biriktirilgan hudud nomi

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI

(Senatning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Boriy Batirovich Alixanov, qoʻmita raisi oʻrinbosari Batir Djoldasovich Matmuratov)

1.

Annaklicheva Gulistan Axmedovna

“Qoraqalpoq adabiyoti” gazetasi bosh muharriri

Toʻrtkoʻl, Beruniy, Ellikqalʼa tumanlari

2.

Ataniyazova Oral Aminovna

Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti rektori

Moʻynoq, Xoʻjayli, Shumanay, Qonlikoʻl, Qoʻngʻirot tumanlari

3.

Daniyarov Abatbay Saparbayevich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar hokimi

Boʻzatov, Kegeyli, Taxtakoʻpir, Chimboy, Qoraoʻzak tumanlari

4.

Jalmenov Ulikbek Abilayevich

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpogʻiston Kengashi raisi

Nukus shahri, Amudaryo, Nukus, Taxiatosh tumanlari

ANDIJON VILOYATI

(Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Ravshanbek Azadbekovich Alimov)

5.

Ganiyeva Matluba Maxamajanovna

Andijon tumani Orol mahalla fuqarolar yigʻini raisi

Andijon, Baliqchi, Boʻston, Izboskan, Oltinkoʻl, Paxtaobod, Ulugʻnor, Shahrixon tumanlari

6.

Gʻaniyev Akrom Toʻlqinovich

“Nil-granit” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishlab chiqarish boʻyicha direktor oʻrinbosari

Andijon, Xonobod shaharlari, Asaka, Buloqboshi, Jalaquduq, Marhamat, Xoʻjaobod, Qoʻrgʻontepa tumanlari

BUXORO VILOYATI

(Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi Erkin Fayziyevich Gadoyev, Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Shuxrat Askarovich Choʻlliyev)

7.

Achilov Nurmuxamed Nurullayevich

“Parvoz Xumo Ravnaq Trans” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi

Jondor, Olot, Qorakoʻl, Gʻijduvon tumanlari

8.

Raxmatov Murtaza Axmedovich

“Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasteri” uyushmasi raisi

Vobkent, Peshku, Romitan, Shofirkon tumanlari

9.

Xuseynova Abira Amanovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili

Buxoro, Kogon shaharlari, Buxoro, Kogon, Qorovulbozor tumanlari

JIZZAX VILOYATI

(Senatning Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Riskul Ergashboyevich Siddiqov)

10.

Alimova Xalida Raufovna

Jizzax viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori

Zafarobod, Zarbdor, Gʻallaorol tumanlari

11.

Muxtorova Nazira Abdusattarovna

Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi

Jizzax shahri, Mirzachoʻl, Forish tumanlari

12.

Pardayev Nusuratulla

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jizzax viloyati Kengashi raisi

Arnasoy, Doʻstlik, Zomin, Yangiobod tumanlari

13.

Suyarova Sanobar Zarfullayevna

Jizzax viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi

Baxmal, Sharof Rashidov, Paxtakor tumanlari

QASHQADARYO VILOYATI

(Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Tolibjon Abdumalikovich Madumarov)

14.

Irkayev Abduraxim Pandjiyevich

Qarshi davlat universiteti “Milliy gʻoya va maʼnaviyat asoslari” kafedrasi professori

Qarshi shahri, Koson, Qarshi tumanlari

15.

Kurbonov Ilxam Uzakovich

Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi boshligʻi

Kasbi, Koʻkdala, Mirishkor, Nishon, Chiroqchi tumanlari

16.

Fozilov Xurshid Gʻayratovich

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Shahrisabz shahri, Kitob, Shahrisabz, Yakkabogʻ tumanlari

17.

Shamsiyev Shermat Joʻraqulovich

“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori

Dehqonobod, Muborak, Qamashi, Gʻuzor tumanlari

NAVOIY VILOYATI

(Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Kobul Beknazarovich Tursunov)

18.

Orziyeva Dilbar Adizovna

Karmana tumanidagi “Yangi zamon bolalari” oilaviy bolalar uyi tarbiyachisi

Karmana, Nurota, Navbahor tumanlari

19.

Tulekova Ziba Tolibekovna

Tomdi tumani hokimining chegara masalalari boʻyicha yordamchisi v.b.

Zarafshon shahri, Tomdi tumani

20.

Fayziyev Ulugʻbek Ganiyevich

Navoiy shahridagi “Zarafshan Golden Group” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi

Qiziltepa, Konimex, Xatirchi tumanlari, Gʻozgʻon shahri

21.

Xodjayev Jamshid Baxtiyorovich

Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Navoiy shahri, Uchquduq tumani

NAMANGAN VILOYATI

(Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Maxmud Mamatovich Parpiyev)

22.

Abdullaxanov Nosirbek Abdurashitovich

Namangan shahridagi “Anamed” diagnostika markazi direktori

Namangan shahri, Yangi Namangan, Davlatobod, Mingbuloq tumanlari

23.

Najmiddinov Ikromxon

“Nuroniy” jamgʻarmasi Namangan viloyati boʻlimi raisi

Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust, Yangiqoʻrgʻon tumanlari

24.

Umarov Baxtiyor Ganiyevich

Namangan tumanidagi “Istiqlol tekstil dizayn” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori

Kosonsoy, Namangan, Norin, Pop, Toʻraqoʻrgʻon tumanlari

SAMARQAND VILOYATI

(Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Gulnora Maxmudovna Marufova)

25.

Alimova Gavxar Zayirovna

Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi

Kattaqoʻrgʻon shahri, Kattaqoʻrgʻon, Jomboy, Bulungʻur, Payariq tumanlari

26.

Djalolov Shavkat Amonovich

“Agromir group” direktorlar assotsiatsiyasi Kengashi raisi

Samarqand, Toyloq, Urgut tumanlari

27.

Toshev Farmon Isʼhoqovich

“Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalarining birlashgan tahririyati bosh muharriri

Paxtachi, Narpay, Nurobod, Ishtixon, Qoʻshrabot tumanlari

28.

Xalmuradov Rustam Ibragimovich

Samarqand davlat universiteti rektori

Samarqand shahri, Pastdargʻom, Oqdaryo tumanlari

SIRDARYO VILOYATI

(Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Anvar Mirzaaxmedovich Tuychiyev)

29.

Artukbayeva Xaytxan

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati boʻlimi rahbari

Shirin shahri, Guliston tumani

30.

Boqiyev Farxod Esanovich

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari

Guliston shahri, Boyovut, Oqoltin tumanlari

31.

Sotiboldiyev Ulugʻbek Norxojayevich

Mirzaobod tumanidagi “Bek corp” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori

Mirzaobod, Sayxunobod, Sardoba tumanlari

32.

Uralova Dilfuza Djumanovna

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi

Yangiyer shahri, Sirdaryo, Xovos tumanlari

SURXONDARYO VILOYATI

(Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Odiljon Karimovich Iminov)

33.

Boʻtayeva Baxtigul Abraxmatovna

Qiziriq tumanidagi 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori

Boysun, Sherobod, Qiziriq, Qumqoʻrgʻon tumanlari

34.

Kadirov Baxadir Tuxtayevich

Termiz shahridagi “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi boshqaruvi raisi

Jarqoʻrgʻon, Oltinsoy, Shoʻrchi tumanlari

35.

Sanginov Abdugʻani Abdurahmonovich

“Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi

Sariosiyo, Uzun, Denov, Boysun tumanlari

36.

Soatov Arzikul Chorshanbiyevich

“Nuroniy” jamgʻarmasi Surxondaryo viloyati boʻlimi raisi

Termiz shahri, Angor, Muzrabot, Termiz tumanlari

TOSHKENT VILOYATI

(Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Kutbidin Nukritdinovich Burxanov, Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi Malika Akbarovna Kadirxanova)

37.

Burxanov Kutbidin Nukritdinovich

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi

Nurafshon shahri, Oʻrta Chirchiq, Oqqoʻrgʻon tumanlari

38.

Kadirxanova Malika Akbarovna

Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi

Yangiyoʻl shahri, Zangiota, Toshkent, Chinoz, Quyi Chirchiq, Yangiyoʻl tumanlari

39.

Toirov Mahmudjon

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari, “Adabiyot ziyosi” gazetasi bosh muharriri

Ohangaron, Chirchiq shaharlari, Boʻstonliq, Ohangaron, Parkent, Qibray, Yuqori Chirchiq tumanlari

40.

Xursanov Abdullo Xalmuradovich

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi

Angren, Bekobod, Olmaliq shaharlari, Bekobod, Boʻka, Piskent tumanlari

FARGʻONA VILOYATI

(Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Manzura Alimovna Salimova)

41.

Sultanov Ibroxim Ashiraliyevich

Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidagi “Ismoiljon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari

Fargʻona, Margʻilon, Quvasoy, Qoʻqon shaharlari, Beshariq, Dangʻara, Yozyovon, Quva, Qoʻshtepa, Toshloq, Bagʻdod, Buvayda, Oltiariq, Rishton, Soʻx, Uchkoʻprik, Fargʻona, Furqat, Oʻzbekiston tumanlari

XORAZM VILOYATI

(Senatning Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi Baxadir Sadullayevich Tajiyev)

42.

Durdiyeva Gavhar Salayevna

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mintaqaviy boʻlimi — Xorazm Maʼmun akademiyasi ilmiy laboratoriyasi mudiri

Xiva shahri, Xiva, Yangiariq tumanlari

43.

Sadullayeva Faraxat Aminovna

Xorazm viloyati Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari

Urganch shahri, Gurlan, Shovot tumanlari

44.

Sharipov Umarbek Kuranbayevich

Xorazm viloyati Urganch tumanidagi “Tillo domor” xususiy korxonasi rahbari

Urganch, Xonqa, Bogʻot, Xazorasp tumanlari

45.

Kurbanov Ravshanbek Davletovich

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori maslahatchisi

Qoʻshkoʻpir, Yangibozor, Bogʻot tumanlari

TOSHKENT SHAHRI

(Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Diloram Gafurdjanovna Tashmuxamedova, Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Nariman Madjitovich Umarov)

46.

Ziyo Azamat Xamid oʻgʻli

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti direktori

Uchtepa, Shayxontohur, Bektemir tumanlari

47.

Kalanov Rustam Abduxakimovich

“Nuroniy” jamgʻarmasi Toshkent shahar boʻlimi raisi

Sergeli, Yangihayot, Mirobod, Yunusobod tumanlari

48.

Sagdullayev Shamansur Shaxsaidovich

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti direktori

Mirzo Ulugʻbek, Yakkasaroy, Yashnobod tumanlari

49.

Tashmuxamedova Diloram Gafurdjanovna

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

Chilonzor, Olmazor tumanlari