20.06.1977 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro Mehnat Tashkilotining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
148-sonli Konvensiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarni ish joyidagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishlar tufayli yuzaga keladigan kasbiy xavf-xatardan himoya qilish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro mehnat tashkilotining Bosh konferensiyasi, Xalqaro mehnat byurosining Maʼmuriy kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 1977-yilning 1-iyunida oʻzining oltmish uchinchi sessiyasiga toʻplanib, tegishli xalqaro konvensiyalar va tavsiyalar qoidalarini, xususan: 1953-yildagi Ishchilar salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi tavsiyalar; 1959-yildagi Ish joylarida sogʻliqni saqlash xizmatlari toʻgʻrisidagi tavsiyalar; 1960-yildagi Radiatsiyadan himoya qilish toʻgʻrisidagi konvensiya va tavsiyalar; 1963-yildagi Mashinalarni himoya vositalari bilan jihozlash toʻgʻrisidagi konvensiya va tavsiyalar; 1964-yildagi Ishlab chiqarish jarohatlari boʻyicha nafaqalar toʻgʻrisidagi konvensiya; 1964-yildagi Savdo va muassasalarda gigiyena toʻgʻrisidagi konvensiya va tavsiyalar; 1971-yildagi Benzol toʻgʻrisidagi konvensiya va tavsiyalar; 1974-yildagi Kasbiy saraton toʻgʻrisidagi konvensiya va tavsiyalarni qayd etgan holda, sessiya kun tartibining toʻrtinchi bandi hisoblangan mehnat muhiti: havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishlar toʻgʻrisidagi masalalar boʻyicha bir qator takliflarni qabul qilishga qaror qilib, ushbu takliflarga xalqaro konvensiya shaklini berishga qaror qilib, bir ming toʻqqiz yuz yetmish yettinchi yil iyun oyining yigirmanchi kunida quyidagi 1977-yilgi Ishlab chiqarish muhiti (havoning ifloslanishi, shovqin va tebranish) toʻgʻrisidagi konvensiyasi deb nomlanishi mumkin boʻlgan Konvensiyani qabul qildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I BOʻLIM. QOʻLLANISH SOHASI VA TUSHUNCHALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Konvensiya iqtisodiyot faoliyatining barcha sohalariga qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Konvensiyani ratifikatsiya qilayotgan Tashkilot aʼzosi, ish beruvchilar va xodimlarning manfaatdor vakillik tashkilotlari bilan, agar ular mavjud boʻlsa, maslahatlashuvlardan soʻng, ushbu Konvensiyaning qoʻllanilishi iqtisodiy faoliyatning ayrim sohalariga nisbatan muhim xarakterga alohida muammolarni keltirib chiqarsa, mazkur sohalarni uning qoʻllanilish doirasidan istisno qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Konvensiyani ratifikatsiya qilayotgan Tashkilotning har bir aʼzosi Xalqaro mehnat tashkiloti Ustavining 22-moddasiga muvofiq taqdim etiladigan Konvensiyaning qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi birinchi maʼruzasida ushbu moddaning 2-bandiga binoan istisno qilinishi mumkin boʻlgan sohalarni istisno sabablarini koʻrsatib sanab oʻtadi, shuningdek keyingi maʼruzalarda istisno qilingan sohalarga nisbatan oʻzining qonunchilik va oʻzining amaliy holati toʻgʻrisida hamda Konvensiyaning qanday darajada amalga kiritilgani yoki Konvensiyani bunday sohalarga nisbatan amalga kiritish ehtimoli toʻgʻrisida xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tashkilotning har bir aʼzosi, ish beruvchilar va xodimlarning manfaatdor vakillik tashkilotlari bilan, agar ular mavjud boʻlsa, maslahatlashuvlardan soʻng, mazkur Konvensiyada alohida quyidagilarga nisbatan nazarda tutilgan majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) havoning ifloslanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shovqin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) tebranish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiyaning xavfning bir yoki undan ortiq toifalariga nisbatan majburiyatlarini oʻz zimmasiga olmagan Tashkilot aʼzosi bu haqida oʻzining ratifikatsiya toʻgʻrisidagi hujjatida maʼlum qiladi hamda buni XMT Ustavining 22-moddasiga muvofiq taqdim etiladigan mazkur Konvensiyaning qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi birinchi maʼruzasida asoslab beradi; u keyingi maʼruzalarida istisno qilingan toifalarga yoki xavf-xatar toifalariga nisbatan oʻzining qonunchilik va oʻzining amaliy holati, shuningdek Konvensiyaning qanday darajada amalga kiritilgani yoki uni har bir bunday xavf-xatar toifalariga nisbatan amalga kiritish ehtimoli toʻgʻrisida koʻrsatib oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ratifikatsiya qilish paytida xavf-xatarning barcha toifalariga nisbatan mazkur Konvensiyada nazarda tutilgan majburiyatlarni oʻz zimmasiga olmagan Tashkilotning har bir aʼzosi keyinchalik buni vaziyat taqozo etganda, u Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktorini avval istisno qilingan bir yoki bir nechta toifalarga nisbatan ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan majburiyatlarni oʻz zimmasiga olgani haqida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konvensiya maqsadlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “havoning ifloslanishi” tushunchasi, ularning jismoniy holatidan qatʼi nazar, sogʻliq uchun zararli yoki boshqa xavfli moddalar bilan havoning har qanday ifloslanishini oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “shovqin” tushunchasi eshitish qobiliyatini yoʻqotishi yoki sogʻliq uchun zararli yoxud boshqa xavfli boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday tovushni oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) “tebranish” tushunchasi qattiq jismlar tomonidan inson tanasiga uzatiladigan va sogʻliq uchun zararli yoxud boshqa xavfli boʻlgan har qanday tebranishni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Milliy qonunchilik ish joylarida havoning ifloslanishi, shovqin va tebranish natijasida yuzaga keladigan kasbiy xavf-xatarlardan ogohlantirish va ularni cheklashga, shuningdek ushbu xavf-xatarlardan himoya qilishga yoʻnaltirilgan choralar koʻrish zarurligini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bunday belgilangan choralarni amalda qoʻllashga nisbatan qoidalar texnik meʼyorlar yoʻli bilan amaliy qoidalar toʻplami yoki boshqa tegishli uslub yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vakolatli hokimiyat organi mazkur Konvensiya qoidalarini qoʻllashda ish beruvchilar va xodimlarning manfaatdor vakillik tashkilotlari bilan maslahatlashuvlardan soʻng harakat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ish beruvchilar va xodimlar vakillari 4-moddaga muvofiq belgilangan choralarni amalda qoʻllashga nisbatan qoidalarni ishlab chiqishda jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Konvensiyaga muvofiq belgilangan choralarni qoʻllashga nisbatan ish beruvchilar va xodimlar oʻrtasida barcha darajalarda iloji boricha yaqin hamkorlikni taʼminlash nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Korxonalar ish beruvchilari va xodimlar vakillariga inspektorlarning mazkur Konvensiyaga muvofiq belgilangan choralarning qoʻllanilishi yuzasidan ular tomonidan nazorat qilishda, agar inspektorlarning fikriga koʻra, vakolatli organning umumiy koʻrsatmalari nazorat samaradorligiga zarar yetkazmasa, hamrohlik qilish imkoniyati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ish beruvchilar belgilangan choralarni qoʻllash uchun javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar bir yoki bir nechta ish beruvchi bir vaqtning oʻzida bir ish joyida faoliyat yuritsa, ular belgilangan choralarni qoʻllash maqsadida har bir ish beruvchining oʻz xodimlarining sogʻligʻi va xavfsizligi uchun javobgarligiga zarar yetkazmasdan hamkorlik qilishga majburlar. Tegishli sharoitlarda vakolatli hokimiyat organi bunday hamkorlikni amalga oshirish uchun umumiy tartib-taomillarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xodimlar ish joylarida havoning ifloslanishi, shovqin va tebranish natijasida yuzaga keladigan kasbiy xavf-xatarlarni oldini olish va ularni cheklashga, shuningdek ulardan himoyalanishga yoʻnaltirilgan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etishga majburlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xodimlar yoki ularning vakillari taklif berish, kasbiy tayyorgarlik va maʼlumot olish hamda ish joylarida havoning ifloslanishi, shovqin va tebranish natijasida yuzaga keladigan kasbiy xavf-xatarlardan himoyalanishni taʼminlash uchun tegishli organlarga murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III BOʻLIM. OLDINI OLISH VA HIMOYA QILISH CHORALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Hokimiyatning vakolatli organi ish joylarida havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishning zararli taʼsiri xavfini aniqlash imkonini beradigan toifalarni belgilaydi va zarur hollarda, ushbu toifalar asosida maqbul taʼsir qilish darajasini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hokimiyatning vakolatli organi bunday toifalarni ishlab chiqish va taʼsirning maqbul darajasini belgilashda ish beruvchilar va xodimlarning eng manfaatdor vakillik tashkilotlari tomonidan tayinlangan texnik jihatdan vakolatli shaxslarning fikrini hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu toifalar va taʼsir qilish chegaralari, iloji boricha, ish joyida bir vaqtning oʻzida bir nechta xavf-xatarlarga taʼsir qilish natijasida yuzaga keladigan kasbiy xavfning har qanday oʻsishini hisobga olgan holda, zamonaviy milliy va xalqaro bilim va maʼlumotlar asosida muntazam ravishda oʻrnatiladi, toʻldiriladi hamda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iloji boricha ish joylarida havoning ifloslanishi, shovqin va tebranish natijasida yuzaga keladigan har qanday xavf-xatar quyidagilar yordamida bartaraf etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) loyihalashtirish yoki jihozlashtirish yoxud yangi qurilma yoki jarayonlarda qoʻllaniluvchi yoxud mavjud qurilma va jarayonlarga qoʻshiladigan texnik choralar yordamida; yoki agar buning imkoni boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qoʻshimcha tashkiliy choralar yordamida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar 9-moddaga muvofiq qoʻllaniladigan choralar ish joylaridagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranish darajasini 8-moddada keltirilgan darajasigacha kamayishiga olib kelmasa, ish beruvchi xodimlarni tegishli shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlaydi hamda ularni tegishli holatda saqlaydi. Ish beruvchi xodimlardan mazkur moddaga muvofiq taqdim etilgan shaxsiy himoya vositalarisiz ishlarni bajarishni talab qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ish joylaridagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranish natijasida yuzaga keladigan kasbiy xavf-xatarlar ostida boʻlgan yoki duchor boʻlishi mumkin boʻlgan xodimlar sogʻligʻining holati, hokimiyatning vakolatli organi tomonidan belgilangan vaqt oraligʻiga muvofiq shartlar va sharoitlar orqali nazorat qilinadi. Bunday nazorat hokimiyatning vakolatli organi belgilaganidek, ishga tayinlanishdan oldin dastlabki tibbiy koʻrik va davriy koʻriklarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Manfaatdor xodimlar mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan nazorat bilan bogʻliq hech qanday xarajatlarni oʻz zimmalariga olmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar xodimning ish joyida havoning ifloslanishi, shovqin va tebranish taʼsirida boʻlishi tibbiyot nuqtai nazarin zid boʻlsa, milliy amaliyot va sharoitlarga muvofiq manfaatdor ishchi boshqa toʻgʻri keladigan ish joyiga oʻtkazilishi yoki ijtimoiy taʼminot yoxud har qanday boshqa choralar yordamida uning daromadi saqlanishining barcha choralari koʻrilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Konvensiya amalga oshirilishi uchun koʻriladigan choralar ijtimoiy taʼminot yoki ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari asosida taqdim etiladigan xodimlarning huquqlariga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hokimiyatning vakolatli organi tomonidan belgilanadigan ish joylarida havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishi natijasida xodimlarni kasbiy xavf-xatarlarga duchor qiluvchi jarayonlar, moddalar, mexanizmlar va jihozlar qoʻllanilayotganligi toʻgʻrisida hokimiyatning vakolatli organi xabardor qilinadi va zarur boʻlganda, hokimiyatning vakolatli organi oʻrnatilgan sharoitlarda ularning qoʻllanilishiga ruxsat beradi yoki taqiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha manfaatdor shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishi natijasida yuzaga keladigan ish joylaridagi kasbiy xavf-xatarlar toʻgʻrisida yetarli va tegishli maʼlumotni olishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu xavf-xatarlarni oldini olish va cheklash, shuningdek bu xavf-xatarlardan himoya qilish uchun mavjud vositalar boʻyicha yetarli va tegishli koʻrsatmalarni olishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy sharoitlar va resurslarni hisobga olgan holda, ish joylaridagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranish natijasida yuzaga keladigan xavf-xavflarning oldini olish va cheklash sohasida tadqiqotlarni oʻtkazishda amaliy yordam berish uchun choralar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV BOʻLIM. QOʻLLASH BOʻYICHA CHORALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hokimiyatning vakolatli organi tomonidan belgilanadigan tartib va sharoitlarga muvofiq, ish beruvchi ish joylaridagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranish natijasida yuzaga keladigan xavf-xatarlarning oldini olish va cheklashga taalluqli boʻlgan masalalarni hal qilish uchun vakolatli shaxsni tayinlashi yoki korxonadan tashqari vakolatli xizmat yordamidan yoxud bir nechta korxonalar uchun umumiy boʻlgan xizmatdan foydalanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilotning har bir aʼzosi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) milliy amaliyot va shartlarga muvofiq qonun hujjatlarida yoki boshqa usul bilan ushbu Konvensiya qoidalarini amalga oshirish uchun zarur choralarni, shu jumladan tegishli jazo choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mazkur Konvensiya qoidalarining qoʻllanilishi ustidan nazoratni tegishli inspeksiya xizmatlariga topshiradi yoki tegishli inspeksiya oʻtkazilayotganligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V BOʻLIM. YAKUNIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konvensiyani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlar roʻyxatga olish uchun Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktoriga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Konvensiya faqat ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan Tashkilot aʼzolarini birlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiya Tashkilot ikki aʼzosini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Keyinchalik ushbu Konvensiya Tashkilotni har bir aʼzosi uchun uning ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjati roʻyxatga olingan sanadan oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning biron-bir aʼzosi, Konvensiya dastlab kuchga kirgan paytdan boshlab oʻn yillik davr tugaganidan keyin uni toʻliq yoki mazkur Konvensiyaning 2-moddasida keltirilgan bir yoki bir nechta xavf-xatarlar toifalariga nisbatan Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktoriga roʻyxatga olish uchun yuborilgan denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjat orqali Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Denonsatsiya Xalqaro mehnat byurosida denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjat roʻyxatga olinganidan keyin bir yil oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning har bir aʼzosi, yuqoridagi bandda qayd etilgan oʻn yillik muddat oʻtganidan keyin bir yil ichida mazkur moddada koʻzda tutilgan denonsatsiya huquqidan foydalanmagan boʻlsa, navbatdagi oʻn yillik muddatni kutishga majbur boʻladi va shunga koʻra, u bu modda shartlariga binoan ushbu Konvensiyani har oʻn yillik muddat tugashi bilan denonsatsiya qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktori Tashkilot aʼzolari tomonidan yuborilgan barcha ratifikatsiya qilish va denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarini roʻyxatga olganligi haqida Xalqaro mehnat tashkilotining barcha aʼzolariga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bosh direktor Tashkilot aʼzolarini u tomonidan qabul qilingan ikkinchi ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjat roʻyxatga olingani haqida xabardor qilgan holda, ularning eʼtiborini ushbu Konvensiyaning kuchga kirgan sanasiga qaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 102-moddasiga muvofiq, yuqoridagi moddalar qoidalariga binoan oʻzi roʻyxatga olgan barcha ratifikatsiya qilish, bayonot va denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarga oid toʻla maʼlumotlarni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga roʻyxatga olish uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro mehnat byurosi Maʼmuriy kengashi zarur deb topganda, Bosh konferensiyaga ushbu Konvensiyaning qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi maʼruzani taqdim etadi va uni toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqish haqidagi masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish yoki kiritmaslikni hal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar Konferensiya mazkur Konvensiyani toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqadigan yangi konvensiya qabul qilsa va yangi konvensiyada zid keluvchi qoidalar mavjud boʻlmasa, u holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Tashkilotning biror aʼzosi tomonidan qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi 19-modda qoidalaridan qatʼi nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan sanadan eʼtiboran, mazkur Konvensiya Tashkilot aʼzolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi uchun yopiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Konvensiya, har qanday holatda ham, uni ratifikatsiya qilgan, biroq qayta koʻrib chiqilayotgan yangi konvensiyani ratifikatsiya qilmagan Tashkilot aʼzolariga nisbatan shakli va mazmuni boʻyicha oʻz kuchida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konvensiyaning ingliz va fransuz tilidagi matnlari bir xil kuchga ega.