02.04.2024 yildagi PQ-149-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.04.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining bandligini taʼminlash va daromad topishga qaratilgan faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash borasidagi tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari (keyingi oʻrinlarda — dasturlar) doirasidagi loyihalar avvalgi yillarda ajratilgan kreditlarning soʻndirilishi va qoʻshimcha mablagʻlar yoʻnaltirilishi hisobidan moliyalashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturlar doirasida soʻndirilgan kreditlar hisobidan shakllangan resurslar birinchi navbatda mazkur hududdagi loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni moliyalashtirish uchun maqsadli jamgʻarmalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining resurslari tijorat banklariga Markaziy bankning asosiy stavkasida joylashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, resurs mablagʻlari va kredit boʻyicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasaytirilishi, oshirilgan taqdirda esa oʻzgarishsiz qolishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2024-yil 1-apreldan boshlab dasturlar doirasida kreditlar oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 33 million soʻmgacha, bir yildan soʻng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qoʻshimcha 50 mln soʻmgacha revolver asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yoʻnalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yer maydoni 10 sotixdan ortiq boʻlgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 mln soʻmgacha garovsiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln soʻmgacha garovsiz ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilikni rivojlantirish yoʻnalishida kreditlar tuman (shahar) veterinariya boʻlimi tomonidan identifikatsiya qilingan (birkalash usuli) va haqiqatdan yetkazib berilgan chorva mollarini (qoramol, qoʻy, echki) sotib olishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi tomorqasida biznesni yoʻlga qoʻyish uchun oʻzlarining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda tadbirkorlik qilishni istagan Kambagʻal oilalar reyestri va Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga issiqxona qurish, chorva mollari boqish, parrandachilik, quyonchilik, tomorqaga mavsumiy ekinlar ekish uchun kreditlar naqd pulda berilishi mumkin.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Savdo-sanoat palatasi hamda Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda dasturlar doirasida kreditlar hisobiga mahsulot (xizmat)larning yetkazib berilishida shaffoflikni taʼminlash maqsadida “marketpleys” erkin savdo maydonchasida raqobat muhitini shakllantirish, narxlarning sunʼiy oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik, taʼminotchi korxonalar tomonidan mahsulot (xizmat)larning oʻz vaqtida va sifatli yetkazib berilishini taʼminlash yuzasidan kuchaytirilgan nazoratni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi vakolatli banklar bilan birgalikda 2024-yil 1-iyuldan boshlab mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi monitoringini va ularning samaradorligini baholash mexanizmini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi maqsadli dasturlarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan AT “Xalq banki”ga 2 027 milliard soʻm va “Mikrokreditbank” ATBga 790 milliard soʻm hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan AT “Xalq banki”ga 1 837 milliard soʻm va “Mikrokreditbank” ATBga 1 233 milliard soʻm miqdorida ajratilgan mablagʻlarni ushbu banklarning ustav kapitalini oshirishga yoʻnaltirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2024-yil 1-apreldan boshlab Hunarmandchilikni rivojlantirish, Xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, “Yoshlar — kelajagimiz” dasturlari doirasida mavjud va avval berilgan kreditlarning soʻndirilishi hisobidan shakllanadigan mablagʻlar “Har bir oila — tadbirkor” dasturiga yoʻnaltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markaziy bank manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 2-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-149-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-3777-son qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“33 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda — oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlariga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalari”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-55-son qarorining 1-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) hamda tadbirkorlik subyektlariga 6 oydan 1 yilgacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yildan 4 yilgacha muddatga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yoʻnalishi) uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yildan 4 yilgacha muddatga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshidagi “3 yilgacha muddatga” soʻzlari “3 yildan 4 yilgacha muddatga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g) chorvachilikni rivojlantirish yoʻnalishidagi kreditlar chetdan keltirilgan yoki mahalliylashtirilgan (naslchilik xoʻjaliklarida yetishtirilgan) va veterinariya boʻlimi tomonidan identifikatsiya qilingan (birkalash usuli) chorva mollarini (qoramol, qoʻy, echki) boqish uchun ajratiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-39-son qarori 2-bandining yettinchi xatboshisidan “(naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-306-son qarorining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. 2024-yil 1-yanvardan boshlab oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar 3 yildan 4 yilgacha muddatga 6 oydan 1 yilgacha imtiyozli davr bilan yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratilishi belgilansin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi “Xorazm viloyatida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-89-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi “ushbu mablagʻlar” soʻzlaridan keyin “oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari, shuningdek,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-122-son qarori 1-bandining birinchi xatboshisidagi “ikki yillik imtiyozli davr bilan besh yil muddatga” soʻzlari “uch yillik imtiyozli davr bilan yetti yil muddatga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 373-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari hokim yordamchilari bilan birgalikda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishini va ularning samaradorligini monitoring qilib borish hamda kreditlarning oʻz vaqtida qaytarilishi boʻyicha sektor rahbarlari bilan birgalikda tegishli choralarni koʻrishga masʼul etib belgilansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bino va inshootlar sotib olish va qurish (Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida dala doʻkoni, urugʻlik, mineral oʻgʻit va koʻchat doʻkonlari tashkil qilish hamda yengil konstruksiyali bino va inshootlar qurish, kichik ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish yoʻnalishida qurilishi 25 — 30 foiz yakuniga yetkazilmagan binolar qurilishini yakuniga yetkazish, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq binolarni taʼmirlash bundan mustasno) uchun ajratilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chorvachilikni rivojlantirish yoʻnalishidagi kreditlar chetdan keltirilgan yoki mahalliylashtirilgan (naslchilik xoʻjaliklarida yetishtirilgan) va veterinariya boʻlimi tomonidan identifikatsiya qilingan (birkalash usuli) chorva mollarini (qoramol, qoʻy, echki) boqish uchun oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, kreditlar tomorqasida biznesni yoʻlga qoʻyish uchun oʻzlarining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda tadbirkorlik qilish istagini bildirgan aholiga issiqxona qurish, chorva mollari boqish, tomorqaga mavsumiy ekinlar ekish uchun beriladigan kreditlar biriktirilgan bank va hokim yordamchisining ushbu tadbirlar amalga oshirilishi borasidagi kafilligi asosida naqd pulda berilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13. Oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlariga 33 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda kredit ajratilishida hokim yordamchisining tavsiyanomasi asos hisoblanadi. Bunda tijorat banklari oʻz mablagʻlari hisobidan kreditning qaytmaslik xatarini sugʻurtalaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bir yildan soʻng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qoʻshimcha 50 mln soʻmgacha revolver asosida kredit ajratiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidan “(naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidan “naqdlashtirish imkoniyatisiz tegishli” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 308 — 3011-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“308. Aholiga ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yoʻnalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
309. Yer maydoni 10 sotixdan ortiq boʻlgan tomorqa yer egalariga 50 mln soʻmgacha garovsiz kreditlar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3010. 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun tashabbuskorlarga 100 mln soʻmgacha garovsiz kreditlar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3011. Mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan mahsulotga tegishli zarur maʼlumotlar (motoroller, motokultivator, tikuv mashinalarining motor, dvigatel yoki kuzov seriya raqami) shartnomaga kiritilmasa, marketpleys tizimida shartnoma rasmiylashtirish imkoniyati avtomatik tarzda cheklanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-banddan “shartnoma summasining 0,1 foizidan oshmagan, lekin BHMning 1 foizidan kam boʻlmagan miqdorda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“44. Tuman (shahar) markazlari quyidagi hollarda mahsulot yetkazib beruvchini marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatadi va Nohalol taʼminotchilar reyestriga kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot yetkazib beruvchi va qarz oluvchi oʻzaro kelishgan holda kredit mablagʻini naqdlashtirish orqali maqsadsiz ishlatganligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari joriy etilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan taklif etilayotgan mahsulot va xizmatlar malaka, texnik va tijorat talablariga javob bermasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot yetkazib beruvchi kreditni ajratish va (yoki) mahsulotlarni tanlash (yetkazib berish) jarayonida qarz oluvchilar tomonidan biror-bir xatti-harakatning sodir etilishiga, qaror qabul qilinishiga yoki biror-bir xarid qilish tartib-taomilining qoʻllanilishiga taʼsir oʻtkazish maqsadida qarz oluvchining, tijorat banklarining yoki boshqa davlat organining istalgan hozirgi yoki sobiq mansabdor shaxsiga yoki xodimiga har qanday shakldagi haqni, ishga yollash toʻgʻrisidagi taklifni yoxud istalgan boshqa qimmatbaho ashyoni yoki xizmatni bevosita yoxud bilvosita taklif qilsa, bersa yoki berishga rozilik bildirsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot yetkazib beruvchi raqobatga qarshi harakatlarni sodir etsa yoki qonunchilikni buzgan holda manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqarsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot yetkazib beruvchilar quyidagi hollarda marketpleys tizimida avtomatlashtirilgan holda Nohalol taʼminotchilar reyestriga kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq hisobotida tegishli mahsulot kirim boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unda soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot yetkazib beruvchi 5 va undan ortiq shartnoma boʻyicha mahsulotlar yetkazib berilganligi toʻgʻrisida hisob-faktura rasmiylashtirilgan, biroq hokim yordamchisi tomonidan haqiqatda mahsulot yetkazib berilmaganligi toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 43-bandiga muvofiq xizmat koʻrsatilgan fuqarolarning 30 foizidan koʻpi tomonidan salbiy baholanganda”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son; 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)